Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
Президент:
“Албатта, Паралимпиядада эришилган ҳар бир ютуқ, ҳар бир натижа беқиёс аҳамиятга эга.
Чунки тўрт йилда бир марта ўтадиган бундай йирик халқаро мусобақа орқали дунё ҳамжамияти ҳар бир қатнашчи мамлакатда инсоннинг жисмоний ва маънавий салоҳиятини рўёбга чиқаришга қандай эътибор қаратилаётганига баҳо беради.
Шу боис, сизлар тарихий ютуқларингиз билан Ўзбекистон шаънини, юртимиз нуфузини юксак босқичга олиб чиқдингиз, десак, ҳақиқатни айтган бўламиз”.
Facebook|Instagram|X
Ўзбекистон жамоаси 10 та олтин, 9 та кумуш, 7 та бронза – жами 26 та медални қўлга киритиб, умумжамоа ҳисобида 13-ўринни, Осиё қитъасида 3-ўринни, туркий ва ислом мамлакатлари ҳамда Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги бўйича 1-ўринни эгаллагани таъкидланди.
Паралимпия ўйинларида бундай рекорд натижа илгари ҳеч қачон бўлмагани қайд этилди.
“Бу – сизларнинг тинимсиз меҳнатингиз, букилмас иродангиз, истеъдод ва маҳоратингиз самарасидир. Бу – юртимизда инсон қадрини амалда таъминлашга қаратилган тизимли ишларимиз натижасидир.
Ўз Ватанини жону дили билан севадиган, метин иродали, юрагида ўти бор инсонларгина шундай улуғ ишларга қодир бўлади.
Халқимиз сизлар билан чексиз фахрланади. Катта раҳмат сизларга!”,
- деди давлатимиз раҳбари.
Facebook|Instagram|X
Кўксарой қароргоҳида Президент Шавкат Мирзиёев Париждаги Паралимпия ўйинларида юртимиз шарафини ҳимоя қилган спортчилар, уларнинг ота-оналари ва мураббийлари билан учрашув ўтказмоқда.
“Сиз, азиз спортчилар Франциянинг Париж шаҳрида бўлиб ўтган 17-ёзги Паралимпия ўйинларида рекорд натижаларга эришиб, мамлакатимизга мана шундай байрам руҳини олиб келдингиз.
Барчангизни оламшумул ютуқ ва натижаларингиз билан ўз номимдан, эл-юртимиз номидан чин юракдан самимий табриклайман”,
- деди давлатимиз раҳбари сўзининг аввалида.
Facebook|Instagram|X
Yangi kitob
AJAL CHORLAGAN KUN
Normurod Norqobilovning ushbu yangi to‘plamida "Uch sariq gul", "Tog‘ odami", "Ajal chorlagan kun" nomli qissalar o‘rin olgan.
Yozuvchi muhabbat, vafo, tantilik va sog‘inch kabi hislarni tafakkurdagi aksini undagi qahramonlar obrazlar orqali hamda so‘zning badiiy jilosi bilan ifodalab berishga uringan. Asardagi har bir jumla va har bir qahramon buni o‘z o‘rnida uddalagan.
Muharrir: Bunyod Pattayev
Nashriyot: “Ochun”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Diqqat, videokasting!!!
📈Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Sheʼryurak” adabiy tanlovi uchun videokasting eʼlon qiladi.
👉Bu kastingda 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar ishtirok etish imkoniyatiga ega;
✅ «Eng yaxshi videorolik» mualliflari tanlov uchun saralab olinadi.
☝️Videorolikda Enaxon Siddiqova asarlarini ifodali o‘qish va kreativ yondashish talab etiladi.
✅Materiallari ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha 20 sentyabr soat 18:00 ga qadar quyidagi telegram manzilga yuborilishi kerak:
/channel/evim_tanlov
🎉Tanlov g‘oliblariga quyidagi mukofotlar topshiradi:
🥇1-o‘rin uchun Noutbook;
🥈2-o‘rin uchun Smartfon;
🥉3-o‘rin uchun kitoblar jamlanmasi.
❗️Eslatma: Tanlov uchun ijodiy ishlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo‘lgan holda taqdim etish talab etiladi.
Prezident qarori bilan 2024-yil Samarqandda Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630-yilligi keng nishonlanadi
Qomusiy olim sharafiga qurilgan yodgorlik majmualari mukammal taʼmirlanadi, “Ziji jadidi Koʻragoniy” asari oʻzbek, rus va ingliz tillarida qayta nashr qilinadi, Samarqandda xalqaro konferensiya oʻtkaziladi.
“Vatanparvar” gazetasining 2024-yil 13-sentabr sonida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, millat shoiri Shavkat Rahmonning turkum she’rlari berildi. Harbiylarimizning Vatan oldidagi muqaddas burchlarini bekamu ko‘st ado etishlarida ulug‘ shoirimizning o‘tli satrlari kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat bag‘ishlashi, shubhasiz.
Читать полностью…Axborot 24 | Yozuvchilar uyushmasida «Turksoy» tashkiloti bosh kotibi Sulton Rayevning kitobi taqdimoti
Читать полностью…O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tarbirdan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
OR QO‘SHIG‘I
G‘ijimlanib yotar quyosh bir chetda –
Mayizdek puchmaygan tog‘lar muk tushgan,
Shavkat Rahmon zavol topgan muhitda
Sarg‘aygan gullarga eng ko‘p yuk tushgan.
Nam yegan kesakdek uvalanar kuz,
Gullamoq ishqi yo‘q bog‘lar qonida.
Sip-silliq gaplar bor,
Yo‘q bir tirik so‘z,
Shavkat Rahmon yo‘qdir shohlar yonida.
Uyg‘onsang bulbullar o‘lgan tonglarda
Mayda shiorlar va nag‘malar qolgan,
Ammo qush saslari kezar onglarda,
Yurakda bir turkiy tamg‘alar qolgan.
Orlar qo‘zg‘alarmi,
Mudramasmi qalb,
Shamoldek choparmi ozod isyonlar!
Xazondek dildirab titramasmi xalq,
Sal izza bo‘larmi falon-pismonlar.
Yurt-ku butun hali, ammo qo‘rqaman:
Bugun mayda-mayda so‘z sotgan taraf,
Mabodo qo‘liga tushsa bu Vatan,
Sotib yubormasmi mayda-maydalab...
12.09.2024
Nosirjon Jo‘rayev
12-sentabr – Shavkat Rahmon tug‘ilgan kun
TURKIYLAR
Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig‘lar suroni,
urhoga o‘rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil xudoni.
Qilichlar zangladi…
falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do‘stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.
Ilvasin yigitlar,
bobir yigitlar,
sajdaga bosh qo‘ydi yovga ters qarab,
g‘ullarni kemirib yig‘ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.
Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar.
xotin-xalaj qoldi motam ko‘tarib,
«bizga tik qarama» buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.
Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,
zebu zabari,
ters qarab o‘ling deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.
Lahadga kirdilar o‘zlarin qarg‘ab,
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari,
tug‘ingiz dedi yov teskari qarab,
yovlarga ters qarab tug‘ildi bari.
Tug‘ildi,
tug‘ildi,
tug‘ildi qullar,
qirqida qirilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.
Jo‘mardlar qirilgan Turonzaminda
do‘zaxiy tajriba pallasin ko‘rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to‘ng‘iz kallasin ko‘rdim.
Bu holdan buvaklar bo‘g‘ilib o‘lar,
qul Bilol ezilib yig‘lar falakda…
O‘zlarin yondirar borliqdan to‘ygan
Badaxshon laʼliday asl malaklar.
Mo‘minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo‘yib jallod toshiga.
O‘grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,
faqat boshiga.
Bormi er yigitlar, bormi er qizlar,
bormi gul bag‘ringda jo‘mard nolalar,
bormi bul tufroqda o‘zligin izlab,
osmonu falakka yetgan bolalar.
Bor bo‘lsa,
alarga yetkarib qo‘ying,
bir boshga bir o‘lim demagan ermas,
shahidlar o‘lmaydi,
bir qarab to‘ying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
QASAM
Shavkat Rahmon deganbir o‘jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim maʼnisin juda ko‘p o‘ylab,
sayladim so‘zlarningsaralarini.
Har bir so‘zyuz so‘zning o‘rnini bosar –
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so‘z yetajak yuzta umrimga,
Har biri baxsh etarruhimga shodlik.
Hozirlik ko‘rarkan buyuk safarga,
pushtirang pardali minglab darchadan
mo‘ralab o‘tirgan go‘zal so‘zlarni
qoldirib ketaman endi barchaga.
Aslida atirgul bo‘yin taratgan
bu o‘ynoqi so‘zlar menikimasdir.
Menga nonday zarur qilichday keskir,
zaharday mard so‘zlar bo‘lsayoq basdir.
Sayladim so‘zlarning saralarini,
kurashlar shamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman, endi har narsa –
egilgan narsalar tegar g‘ashimga.
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim,
tokim buyuk tog‘lar saltanatida
egilgan boshlarni qilichlar kessin.
Shavkat Rahmon
Teatr – ibratxona!
NUKUSDA TEATR MAVSUMI QO‘CHQOR NORQOBIL ASARI BILAN OCHILDI
Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatrida ham bu yilgi tomosha mavsumi ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyatda boshlandi. Teatr sahnasida taniqli dramaturg Qo‘chqor Norqobilning “Uydagi gap ko‘chada” komediyasi namoyish etildi. Sanʼat muxlislarining olqish va eʼtirofiga sazavor bo‘lgan mazkur asarni isteʼdodli rejissyor Umrbek Bekturg‘anov sahnalashtirgan.
Mazkur sahna asarida bugungi hayotimizdagi og‘riqli muommalar negizi turli ziddiyatlar va achchiq kinoyalar orqali taʼsirchan ko‘rsatilgan. Jumladan, ahloqiy tarbiya va kishilar o‘rtasida samimiyat rishtalari taranglashib, izzat – hurmat tuyg‘ulariga putur yetayotgani, ommaning mobil telefonlarga mutloq bandi va mute bo‘lib, kitobxonlik va mutolaadan tamoman uzoqlashib borayotgani, savodsizlik kasalligi urchiyotgani achchiq kulgi zamiridagi xavotir bilan badiiy talqin qilinadi.
Muhimi, mazkur komediya orqali har bir tomoshabin maʼlum maʼnoda o‘z hayot tarzini ko‘rganday bo‘ladi.
– Qo‘chqor Norqobil asarlarida personajlar xarakteri alohida ajralib turadi, – deydi Qaroqalpog‘iston Sanʼat arbobi Po‘lat Aytmurodov. – Har birining o‘z yuki, eng muhimi, o‘ziga xos haqiqati bor. Bundan tashqari, umuminsoniy g‘oyalar keng qamrovda talqin etiladi.
– Qoraqalpoq teatrlarida atoqli dramaturg Qo‘chqor Norqobilning oltinchi asari sahnalashtirildi, – deydi O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Qoraqapog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kenesboy Karimov. – Ularning har birida dolzarb, qoraqalpoq xalqi hayotiga ham aloqador mavzular qalamga olingan. Dramaturg tomoshabin ko‘nglida fikr uyg‘otadigan, ogohlikka undaydigan masalalarni ko‘ra biladi, shu bilan birga, milliy qadriyat va ahloqiy tushunchalarni yuksak darajada ulug‘lay oladi.
Darhaqiqat, bungacha dramaturg Qo‘chqor Norqobilning Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Nur soyada qolmaydi” (Rejissyor Najmiddin Ansatboyev, O‘zbekiston xalq artisti. 2011 yil), “Suv ko‘rmay etik yechma” (Rejissyor Jalg‘ashboy Sultaboyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Qaraqalpog‘iston xalq artisti. 2014 yil), “Bir bola va besh ayol taqdiri” (Rejissyor Najmiddin Ansatbayev, O‘zbekiston xalq artisti. 2015 yil), “Gul olmagan guzallar” (Rejissyor Sarsenbay Uzaqbayev, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist. 2016 yil), Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida esa “Olmoqning bermog‘i bor” (Rejissyor Umrbek Bekturg‘anov. 2022 yil) kabi asarlari sahna yuzini ko‘rgandi. Ular hanuz qaraqolpoq teatrlarida namoyish etilmoqda.
Muallifning navbatdagi asari “Uydagi gap ko‘chada” komediyasi ham uzoq yillar mobaynida sahnada o‘z o‘rniga ega bo‘lib qolishiga tilakdoshmiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob
G‘ORDAGI OMONAT
Hikoya va qissalari bilan o‘qirmanlarning mehrini qozongan adib Xolmuhammad Karimiyning ilk romanini Siz azizlarga havola qilyapmiz.
Asarni o‘qir ekansiz, muallifning xalq hayotidan naqadar yaxshi xabardor ekanini anglaysiz. Unda ming yillardan buyon o‘zligimizga singib ketgan aziz va moʻtabar, o‘ziga xos milliy qadriyatlarimiz qahramonlarning umr yo‘lini yoritib boradi. Ayni shu hol manzaralar tasvirida ham izchil davom ettirilganiga guvoh bo‘lasiz. Mutolaa jarayonida g‘ayrat va shijoatga to‘la millatimizning bugungi yoshlari asar qahramonlari bilan hamfikr va hamroh bo‘lib qolgandek ich-ichidan kechadigan his-tuyg‘ulardagi hamohanglikni his etib boradi.
Kitob o‘quvchilar mehrini qozonishiga ishonamiz.
Loyiha rahbari:
Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Masʼul muharrir:
Orziqul Ergash,
O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi a'zosi
Nashriyot: "Adabiyot"
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Xon atlas festivali
AYOL
Munira Ramazonova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Токио Паралимпия ўйинларидан сўнг кейинги сафар албатта кучли “ўн бешталикка” кирамиз, деб эзгу ният қилинган эди.
Ўтган йиллар давомида шу мақсад йўлида тинимсиз меҳнат қилинди. Спортчиларимиз учун барча зарур шароитлар яратилиб, юксак марралар учун пухта замин тайёрланди.
Натижада Ўзбекистон бу йилги Паралимпия ўйинларида биринчи марта энг кўп таркиб билан, яъни 9 та спорт тури бўйича 65 нафар спортчи билан иштирок этди.
Айниқса, пара велоспорт бўйича вакилларимиз ушбу мусобақаларда илк бор қатнашганини алоҳида эътироф этиш лозим.
Facebook|Instagram|X
Ушбу халқаро спорт анжуманида дунёнинг 168 та давлатидан 4 минг 400 га яқин энг кучли ва маҳоратли спортчилар иштирок этгани унинг нуфузи ва миқёси нақадар улкан эканидан далолат беради.
“Шу маънода, Паралимпия ўйинлари – бу чинакам ирода, жасорат ва матонат, эзгулик ва гуманизм намойиши, десак, тўғри бўлади.
Сиз, азму шижоатли фарзандларимиз ғоят кескин беллашувларда юксак марраларни эгаллаб, мусобақаларнинг ҳақиқий қаҳрамонларига айландингиз”,
- деди Президент.
Facebook|Instagram|X
«Xalq so‘zi» gazetasining 2024-yil 13-sentyabr kungi 188-soni mutolaa uchun havola qilindi. Unda "Olimp uzra hilpirar O‘zbekiston bayrog‘i" kitobi haqida Rahmat Bobojonning "Matonatli atletlarimiz g‘alabalariga bag‘ishlangan guldasta" maqolasi eʼlon qilingan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimovaning "Qaboxat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar" kitobi taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Shavkat Mirziyoyev paralimpiyachilarni mukofotladi
Prezidentning “Parij shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi.
Qarorni o‘qish...
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimovaning "Qaboxat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar" kitobi taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Tahlilnoma | TURKSOY bosh kotibi Sultan Rayev: O‘zbekiston – dunyodagi lokomotiv davlatlardan biri
Читать полностью…O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tarbirdan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
O‘ROZBOY ABDURAHMONOV 75 YOSHDA
Bugun, 2024-yil 12-sentabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tarbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Uni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid kirish so‘zi bilan ochdi. Kechada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Kengesboy Karimov, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher, filologiya fanlari doktori, professor Sarigul Bahodirova, “Xalq so‘zi”, ”Народное слово” gazetalari bosh muharriri O‘tkir Rahmat, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Nurali Qobul, Abdunabi Hamro, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Neʼmatullo Xudoybergenov, rassom Sodiqjon Rahmonov va boshqalar so‘zga chiqib, yozuvchining o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotiga qo‘shgan hissasi, asarlaridagi g‘oyalarning ahamiyati va adibning fazilatlari haqida so‘zladi.
– Qoraqalpog‘iston desa ko‘z oldimga O‘razboy Abdurahmonov keladi, – dedi jurnalist Mehribon Qurbonniyozova. – Chunki ish bilan qutlug‘ go‘shaga borsak, bizni doim qarshi olardi, biz O‘rozboy akani orqa qilib, to‘g‘ri u kishinikiga borardik. Hujjatli filmlar, ko‘rsatuvlar tasvirga olishimizga hamisha ko‘maklashardi. Adibning o‘zi ham ko‘plab hujjatli filmlar ssenariysiga mualliflik qilgan. Mustaqillik yillari “O‘zbekiston” telekanalida namoyish etilgan “Temir tulpor parvozi”, “Mizdakxon”, “Xorazmning oltin xalqasi”, “Ayoz qalʼa”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Moziyxona”, “Qo‘ng‘irot soda zavodi” singari hujjatli filmlar adib yozgan ssenariylar asosida tasvirga olingan.
O‘rozboy Abdurahmonov 1949-yil 27-avgustda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegayli tumanida tavallud topgan. Xo‘jayli shahridagi 1-sonli maktabda taʼlim olib, Toshkent milliy universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini (1973) tamomlagan. “Jetkinshek” gazetasi, “Amudaryo” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, masʼul kotib bo‘lib ishlab yurgan kezlari adib qalamining charxlanishida muhim bir davr bo‘ldi.
So‘zga chiqqanlar adib Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasida direktor, Qoraqalpog‘iston Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari muovini, “O‘zbektelefilm”ning Qoraqalpog‘iston bo‘limi direktori hamda Yozuvchilar uyushmasi raisining muovini lavozimlarida ishlagan kezlari ko‘plab xayrli ishlar qilganini alohida taʼkidlashdi.
Adib bir tomonidan hajviyotning rivojiga katta hissa qo‘shgan bo‘lsa, boshqa tomondan qoraqalpoq adabiyotiga esse janrini olib kirdi. G‘arb adabiyotida mashhur bo‘lgan esse janrini sharqona mazmun bilan boyitdi. “Orolim – dardim mening” (1985) essesi YUNESKO medali sovrindori bo‘ldi. 1987 yili chop etilgan “Changalzor payg‘ambari halokati” essesi esa “ekstrasens” niqobi ostidagi diniy ekstremistlar to‘dasining kirdikorlarini fosh etib, jahonning yetakchi tillarida chop etildi.
Adibning birinchi kitobi “Bir muhabbat tarixi” nomi bilan “Qoraqalpog‘iston” nashriyotida 1977-yilda chop etilgan. 2009 yilda “Tanlangan asarlar” kitobi nashr qilinib, asarlari o‘zbek, rus, ozarbayjon va tatar tillariga o‘girilgan.
O‘rozboy Abdurahmonovning ko‘p qirrali ijodi mustaqilligimiz tufayli munosib taqdirlandi. Unga 1999-yili “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi”, 2000-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, 2004-yili “Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi” 2018-yilda esa “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari berildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari O‘rozboy Abdurahmonovni qutlug‘ 75 yoshi bilan qutlaydi. Adibga uzoq umr, ijodiy barkamollik tilaydi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Qanoti bor so‘zlar
TURKIYLAR
Shavkat Rahmon she'ri
Shoirning o‘zi o‘qigan
O‘zbekiston Yozuvchilaru uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qo‘chqor Norqobilning “Uydagi gap ko‘chada” komediya premerasidan suratlar.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#mehmon
“Yoshlik”da to‘laqonli a’zo bo‘lib ishlash nasib etmagan
Hayotimda yoshlik so‘zi bilan bog‘liq shirin xotiralar ko‘p. Atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning “Yoshlik devoni”, boshlovchi shoir va adiblarning ilk asarlari jamlangan to‘plamlar – “Yoshlik” almanaxlari, teleradio kanallarimizning “Yoshlik” studiyalari orqali berib borilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar…
Ko‘ngli ko‘k bilan bo‘ylashgudek orzularga to‘la yangi nomlar, yangi iste’dodlar va ularning panjasiga panja urib, shu qatorda o‘zni ko‘rmoq istagi…
👉davomi...
@yoshlikjurnali
KENGASHGA RAIS TAYINLANDI
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Rusiyzabon adabiyot kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov qatnashdi.
Minhojiddin Hojimatov o‘z so‘zida yozuvchi va tarjimon Artyom Goroxovni Kengash raisi vazifasiga tayinlangani bilan tabrikladi va uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Bundan tashqari, Kengash aʼzolari kelgusi oy uchun rejalarni, tarjima faoliyatini rivojlantirish va yoshlar bilan ishlash masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#mulohaza
“HAR NE ISTARSEN...”
Qutlibeka RAHIMBOYEVA
– Bir kompaniyaga bordim. O‘zimning qanday ustaligimni aytdim, soha bilimdonlari bir soatdan oshiqroq savol-javob qilishdi. “Nahot shuncha narsani mustaqil o‘rgangan bo‘lsangiz...”, deb hayron ham bo‘lishdi. Keyin “uch million oylikka rozi bo‘lsangiz, sizni ishga olamiz”, deyishdi. Sekin surishtirsam, mendek mutaxassislar sakkiz million maosh olishar ekan. Mayli, menga uncha berishmasin, “hech bo‘lmasa, besh million bering”, desam, “Uch”gayam jon deng, o‘qimagan bo‘lsangiz, bir kaftcha keladigan qattiq qog‘ozingiz yo‘q”, deb yubordi. Eshigini sekin yopib chiqdim.
📱 Batafsil: jadid-media.uz/har-ne-istarsen
———
👍 – batafsil o‘qib chiqdim
🫡 – endi o‘qiyman
😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Xon atlas festivali
VATAN
Gulinigor Avezova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi