Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
12-sentabr – Shavkat Rahmon tug‘ilgan kun
TURKIYLAR
Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig‘lar suroni,
urhoga o‘rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil xudoni.
Qilichlar zangladi…
falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do‘stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.
Ilvasin yigitlar,
bobir yigitlar,
sajdaga bosh qo‘ydi yovga ters qarab,
g‘ullarni kemirib yig‘ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.
Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar.
xotin-xalaj qoldi motam ko‘tarib,
«bizga tik qarama» buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.
Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,
zebu zabari,
ters qarab o‘ling deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.
Lahadga kirdilar o‘zlarin qarg‘ab,
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari,
tug‘ingiz dedi yov teskari qarab,
yovlarga ters qarab tug‘ildi bari.
Tug‘ildi,
tug‘ildi,
tug‘ildi qullar,
qirqida qirilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.
Jo‘mardlar qirilgan Turonzaminda
do‘zaxiy tajriba pallasin ko‘rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to‘ng‘iz kallasin ko‘rdim.
Bu holdan buvaklar bo‘g‘ilib o‘lar,
qul Bilol ezilib yig‘lar falakda…
O‘zlarin yondirar borliqdan to‘ygan
Badaxshon laʼliday asl malaklar.
Mo‘minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo‘yib jallod toshiga.
O‘grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,
faqat boshiga.
Bormi er yigitlar, bormi er qizlar,
bormi gul bag‘ringda jo‘mard nolalar,
bormi bul tufroqda o‘zligin izlab,
osmonu falakka yetgan bolalar.
Bor bo‘lsa,
alarga yetkarib qo‘ying,
bir boshga bir o‘lim demagan ermas,
shahidlar o‘lmaydi,
bir qarab to‘ying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
QASAM
Shavkat Rahmon deganbir o‘jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim maʼnisin juda ko‘p o‘ylab,
sayladim so‘zlarningsaralarini.
Har bir so‘zyuz so‘zning o‘rnini bosar –
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so‘z yetajak yuzta umrimga,
Har biri baxsh etarruhimga shodlik.
Hozirlik ko‘rarkan buyuk safarga,
pushtirang pardali minglab darchadan
mo‘ralab o‘tirgan go‘zal so‘zlarni
qoldirib ketaman endi barchaga.
Aslida atirgul bo‘yin taratgan
bu o‘ynoqi so‘zlar menikimasdir.
Menga nonday zarur qilichday keskir,
zaharday mard so‘zlar bo‘lsayoq basdir.
Sayladim so‘zlarning saralarini,
kurashlar shamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman, endi har narsa –
egilgan narsalar tegar g‘ashimga.
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim,
tokim buyuk tog‘lar saltanatida
egilgan boshlarni qilichlar kessin.
Shavkat Rahmon
Teatr – ibratxona!
NUKUSDA TEATR MAVSUMI QO‘CHQOR NORQOBIL ASARI BILAN OCHILDI
Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatrida ham bu yilgi tomosha mavsumi ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyatda boshlandi. Teatr sahnasida taniqli dramaturg Qo‘chqor Norqobilning “Uydagi gap ko‘chada” komediyasi namoyish etildi. Sanʼat muxlislarining olqish va eʼtirofiga sazavor bo‘lgan mazkur asarni isteʼdodli rejissyor Umrbek Bekturg‘anov sahnalashtirgan.
Mazkur sahna asarida bugungi hayotimizdagi og‘riqli muommalar negizi turli ziddiyatlar va achchiq kinoyalar orqali taʼsirchan ko‘rsatilgan. Jumladan, ahloqiy tarbiya va kishilar o‘rtasida samimiyat rishtalari taranglashib, izzat – hurmat tuyg‘ulariga putur yetayotgani, ommaning mobil telefonlarga mutloq bandi va mute bo‘lib, kitobxonlik va mutolaadan tamoman uzoqlashib borayotgani, savodsizlik kasalligi urchiyotgani achchiq kulgi zamiridagi xavotir bilan badiiy talqin qilinadi.
Muhimi, mazkur komediya orqali har bir tomoshabin maʼlum maʼnoda o‘z hayot tarzini ko‘rganday bo‘ladi.
– Qo‘chqor Norqobil asarlarida personajlar xarakteri alohida ajralib turadi, – deydi Qaroqalpog‘iston Sanʼat arbobi Po‘lat Aytmurodov. – Har birining o‘z yuki, eng muhimi, o‘ziga xos haqiqati bor. Bundan tashqari, umuminsoniy g‘oyalar keng qamrovda talqin etiladi.
– Qoraqalpoq teatrlarida atoqli dramaturg Qo‘chqor Norqobilning oltinchi asari sahnalashtirildi, – deydi O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Qoraqapog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kenesboy Karimov. – Ularning har birida dolzarb, qoraqalpoq xalqi hayotiga ham aloqador mavzular qalamga olingan. Dramaturg tomoshabin ko‘nglida fikr uyg‘otadigan, ogohlikka undaydigan masalalarni ko‘ra biladi, shu bilan birga, milliy qadriyat va ahloqiy tushunchalarni yuksak darajada ulug‘lay oladi.
Darhaqiqat, bungacha dramaturg Qo‘chqor Norqobilning Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Nur soyada qolmaydi” (Rejissyor Najmiddin Ansatboyev, O‘zbekiston xalq artisti. 2011 yil), “Suv ko‘rmay etik yechma” (Rejissyor Jalg‘ashboy Sultaboyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Qaraqalpog‘iston xalq artisti. 2014 yil), “Bir bola va besh ayol taqdiri” (Rejissyor Najmiddin Ansatbayev, O‘zbekiston xalq artisti. 2015 yil), “Gul olmagan guzallar” (Rejissyor Sarsenbay Uzaqbayev, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist. 2016 yil), Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida esa “Olmoqning bermog‘i bor” (Rejissyor Umrbek Bekturg‘anov. 2022 yil) kabi asarlari sahna yuzini ko‘rgandi. Ular hanuz qaraqolpoq teatrlarida namoyish etilmoqda.
Muallifning navbatdagi asari “Uydagi gap ko‘chada” komediyasi ham uzoq yillar mobaynida sahnada o‘z o‘rniga ega bo‘lib qolishiga tilakdoshmiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob
G‘ORDAGI OMONAT
Hikoya va qissalari bilan o‘qirmanlarning mehrini qozongan adib Xolmuhammad Karimiyning ilk romanini Siz azizlarga havola qilyapmiz.
Asarni o‘qir ekansiz, muallifning xalq hayotidan naqadar yaxshi xabardor ekanini anglaysiz. Unda ming yillardan buyon o‘zligimizga singib ketgan aziz va moʻtabar, o‘ziga xos milliy qadriyatlarimiz qahramonlarning umr yo‘lini yoritib boradi. Ayni shu hol manzaralar tasvirida ham izchil davom ettirilganiga guvoh bo‘lasiz. Mutolaa jarayonida g‘ayrat va shijoatga to‘la millatimizning bugungi yoshlari asar qahramonlari bilan hamfikr va hamroh bo‘lib qolgandek ich-ichidan kechadigan his-tuyg‘ulardagi hamohanglikni his etib boradi.
Kitob o‘quvchilar mehrini qozonishiga ishonamiz.
Loyiha rahbari:
Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Masʼul muharrir:
Orziqul Ergash,
O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi a'zosi
Nashriyot: "Adabiyot"
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Xon atlas festivali
AYOL
Munira Ramazonova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Xon atlas festivali
ONA TILIM
Abdulla Oripov she'ri
O‘qidi: Dilfuza Qarshiboyeva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Farg‘ona oqshomlari
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ko‘hna Rishtonda "Yoshlar mushoirasi" tashkillandi. Taniqli kulol Tohirjon Haydarov muzey-ustaxonasida o‘tkazilgan tadbirda 40 dan ortiq yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Unda sheʼrlar o‘qildi, kuylar jarang sochdi.
Xon atlas festivali munosabati bilan Adiblar xiyobonida bo‘lib o‘tgan milliy liboslar bayrami va she'riyat davrasidan suratlar.
Fotolar muallifi – Ahmad To'ra.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAKLIFNOMA
Hurmatli ijodkorlar va adabiyot muxlislari!
Sizni 2024-yil 12-sentabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Paralimpiya ilhomlari
DUO BERGAN, ISHONCH BERGAN O‘ZBEKISTONIM, RAHMAT!
Rahmat, Paralimpiada, rahmat senga, haqiqat, Rahmat,
Vatan shaʼnini dast ko‘targan o‘zbeklar.
Tig ustidan o‘tganlar, yurt bayrog‘in o‘pganlar,
Yuragi gul o‘zbeklar, joni temir o‘zbeklar.
Rahmat, Paralimpiada, rahmat senga, halollik,
Bizni bilmagan dunyo, assalomu alaykum.
O‘zbekiston madhiyasin qayta-qayta eshitib,
Bizga tan bergan dunyo, assalomu alaykum.
Rahmat, har bir sportchini nihol kabi avaylab,
Olimpga olib borgan O‘zbekistonim, rahmat.
Har birining qoshida vrachlar, murabbiylar,
Volontyorlar, xizmatchilar mehrli jonim, rahmat.
Otadek quchoqlagan, onadek avaylagan
Ey, mehr dunyosida daholiklarim, rahmat.
«O‘zbekiston yutdi» deb yarim tun karnay chalgan,
Vodiyliklarim, rahmat, vohaliklarim, rahmat.
Zarafshonning oltinlarin begona qilmaganlar,
Onalarning bagridagi tilla konlarim, rahmat.
Madhiyamiz yangraganda quvonchidan jim yiglagan,
Otalar jonidagi gurur, shonlarim, rahmat.
Rahmat, Paralimpiada, rahmat, insoniy bardosh,
Asilaxon, Muslimaxon, Elbek Sultonim, rahmat.
Yorqinbek, Qudratilla, Guljanoyu, Tolibboy,
Ikki karra chempionim Bobur Omonim, rahmat.
O‘zbekiston bayrog‘ini quyosh qadar ko‘targan,
Xusniddin Norbek, rahmat, Sherzod Nomozim, rahmat.
Duo qilgan bobolar, duo qilgan momolar,
Ustozlar, murabbiylar, tashakkur, taʼzim, rahmat.
Yuragida oltinlari bolalagan makonim,
O‘ttiz olti millionim, jon ichra jonim, rahmat.
Sportchisin bolasidek aziz ko‘rgan Yurtboshim,
Duo bergan, ishonch bergan O‘zbekistonim, rahmat!
Zulfiya Mo‘minova,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
MUSHOIRA DAVOM ETADI
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilayotgan “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida "Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz" shiori ostida adabiy kecha tashkil qilindi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari — ustoz shoirlar va yosh ijodkorlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayramiga bag‘ishlangan mushoira, Vatan, ozodlik, istiqlol, yurtimizdagi yangilanish jarayonlari, milliy qadriyatlar, o‘zbekona bag‘rikenglik va baxtiyor turmushni tarannum etuvchi she'riyat bazmi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva so‘zga chiqib hozirgi kunda yurtimizda milliy adabiyotimizga, ma'naviyat, kitobxonlik va mutolaa madaniyatiga qaratilayotgan katta e'tiborni ta'kidlashdi.
QADRLI IJODKOR AYOLLAR VA QIZLAR!
9-14-sentabr kunlari mamlakatimiz miqyosida "Xon atlas" festivali o‘tkazilmoqda. Sizlarni 10-sentabr kuni soat 12:00da Adiblar xiyobonida boshlanadigan milliy liboslar bayrami va she'riyat davrasiga taklif etamiz. Tadbir doirasida fotosessiya tashkil etiladi. Bu lahzalarni tarixga muhrlaymiz. Barcha xotin-qizlarni xon atlas bayramida kutamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#kim_nima_deydi
Ustoz shogirdlariga shunday dedi:
– “Yoshlik” talashib-tortishib o‘qiladigan jurnal. Kim uni mutolaa qilsa, aqli teranlashadi va yosharadi…
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#koʻzgu
SAIDAHMAD SIDDIQIYNING BASHORATI
Bekzod IBRAGIMOV
Saidahmad Siddiqiy bugungi sensorli telefonlarimiz, videoqo‘ng‘iroqlar haqida bashorat qilganiga nima deysiz:
Oyinayi barq ila tilufon,
So‘ylashmaqa har kimi bir uchun.
Manzur edi ko‘zguda muxotab
Har kimi tilufona aylasa gab.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qo‘chqor Norqobilning “Uydagi gap ko‘chada” komediya premerasidan suratlar.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#mehmon
“Yoshlik”da to‘laqonli a’zo bo‘lib ishlash nasib etmagan
Hayotimda yoshlik so‘zi bilan bog‘liq shirin xotiralar ko‘p. Atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning “Yoshlik devoni”, boshlovchi shoir va adiblarning ilk asarlari jamlangan to‘plamlar – “Yoshlik” almanaxlari, teleradio kanallarimizning “Yoshlik” studiyalari orqali berib borilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar…
Ko‘ngli ko‘k bilan bo‘ylashgudek orzularga to‘la yangi nomlar, yangi iste’dodlar va ularning panjasiga panja urib, shu qatorda o‘zni ko‘rmoq istagi…
👉davomi...
@yoshlikjurnali
KENGASHGA RAIS TAYINLANDI
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Rusiyzabon adabiyot kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov qatnashdi.
Minhojiddin Hojimatov o‘z so‘zida yozuvchi va tarjimon Artyom Goroxovni Kengash raisi vazifasiga tayinlangani bilan tabrikladi va uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Bundan tashqari, Kengash aʼzolari kelgusi oy uchun rejalarni, tarjima faoliyatini rivojlantirish va yoshlar bilan ishlash masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#mulohaza
“HAR NE ISTARSEN...”
Qutlibeka RAHIMBOYEVA
– Bir kompaniyaga bordim. O‘zimning qanday ustaligimni aytdim, soha bilimdonlari bir soatdan oshiqroq savol-javob qilishdi. “Nahot shuncha narsani mustaqil o‘rgangan bo‘lsangiz...”, deb hayron ham bo‘lishdi. Keyin “uch million oylikka rozi bo‘lsangiz, sizni ishga olamiz”, deyishdi. Sekin surishtirsam, mendek mutaxassislar sakkiz million maosh olishar ekan. Mayli, menga uncha berishmasin, “hech bo‘lmasa, besh million bering”, desam, “Uch”gayam jon deng, o‘qimagan bo‘lsangiz, bir kaftcha keladigan qattiq qog‘ozingiz yo‘q”, deb yubordi. Eshigini sekin yopib chiqdim.
📱 Batafsil: jadid-media.uz/har-ne-istarsen
———
👍 – batafsil o‘qib chiqdim
🫡 – endi o‘qiyman
😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Xon atlas festivali
VATAN
Gulinigor Avezova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
“Ishonch” gazetasining 2024-yil 10-sentyabr kungi 112-soni mutolaa uchun havola qilindi.
Читать полностью…Xon atlas festivali
VATANNI O‘RGANISH
Sirojiddin Sayyid she'ri
Oqidi: Shahlo Hojiyeva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Xon atlas festivali
Farog‘at Xudoyqulova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Xon atlas festivali
XON ATLASIM, SHON ATLASIM, JON ATLAS
Momolarim bukilmagan qaddisan,
G‘ururisan, shaʼnidirsan, qadrisan,
To‘fonlarga bo‘yin egmas ahdisan,
Asrlarga bardosh bergan xon atlas.
Ranglaringda yuragim bor, aslim bor,
Sharafim bor, nasabim bor, naslim bor,
Ishqim to‘la yoniq, otash faslim bor,
Nomusimga bayroq bo‘lgan shon atlas.
Boqsam agar, dardlarimga darmonim,
Bir bor kiyib ko‘rmaganga armonim,
Jilo sochib, chiroy ochgan jahonim,
Sendan yiroq bo‘lganlardan ton, atlas.
Sensiz mening ko‘nglum aslo to‘lmagay,
Yal-yal yonib bir kiymasam bo‘lmagay,
Qirq ming jonim yashnab turgay, so‘lmagay,
Jismim uzra quvvat berib yon, atlas.
Vatan kabi ardog‘imdasan mening,
Ko‘zim ichra qarog‘imdasan mening,
Umrim qadar har onimdasan mening,
Tolang uzra boqar ozod tong, atlas.
Sening birla porlab turgay bu yuzim,
Chaman bo‘lgay qadam bosgan har izim,
Suyib kiydim, suyib kiygaydir qizim,
O‘zbekiston qadar menga jon, atlas!
Asrlarga bardosh bergan xon atlas,
Nomusimga bayroq bo‘lgan shon atlas,
Jismim uzra quvvat berib yon, atlas,
Xon atlasim, shon atlasim, jon atlas!
Sayyoraning egnida ham tovlanib,
O‘zligimdan urib turgin bong, atlas!
Sayyora Samandar,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
TAʼZIYA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi, shoir Abdug‘ani Abdurahmonovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Paralimpiya ilhomlari
ASIL YURTNING ASILA QIZI
Parij - 2024 Paralimpiya musobaqalarining rekordchisi Asila Mirzayorovaga
Asil yurtning Asila qizi,
O‘zbegimning erka yulduzi.
Gʻalabangdan yurak entikib,
She’rga tushdi ko‘nglimning so‘zi.
Uzoqlarni ko‘zlagan qizim,
Irodangga bersin-a to‘zim.
Quvonch birla yoshlangan o‘shal,
Ko‘zlaringdan aylanay o‘zim!
Ko‘tarildi bayrog‘u-tug‘lar,
Rekordingdan yurakni cho‘g‘lar.
Sendagi bu shahd-shijoatni
Ko‘rib qo‘ysin "ko‘zi ochiq"lar!
O‘zbekiston elin jonisan,
Vohamizning dur-marjonisan!
Chempionim, Asila qizim,
Sen shu yurtning qahramonisan!
O‘lmasbek Samarqandiy
“Vatanparvar” gazetasining 2024-yil 6-sentabr sonida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, elimizning sevimli shoiri Azim Suyunning turkum she’rlari berildi. Harbiylarimizning Vatan oldidagi muqaddas burchlarini bekamu ko‘st ado etishlarida ulug‘ shoirimizning o‘tli satrlari kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat bag‘ishlashi, shubhasiz.
Читать полностью…***
Para taekvondo bo'yicha terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qo'zievga
Bizning Bobur bolalikdan
Sportga qo‘ydi ixlos.
Taekvando sporti-la
Yuksalib, qildi parvoz!
Yengdi raqibni faqat,
Chiqib dadil maydonga.
O‘zbekiston nomini
Tanitdi keng jahonga!
Charchamasin, tolmasin,
Mohir ustoz – Boburjon.
Yer yuziga dong taratsin
Pahlavon O‘zbekiston!
Abdumannon Toshtemirov
https://www.youtube.com/watch?v=cchO0ebRY48
Читать полностью…😀
❤️🔥 “Jadid” gazetasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 36-soni bilan tanishing:
📱Elektron gazeta
⚫️Oqil SALIMOV:
“Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir!”;
⚫️Mansur JUMAYEV:
“Chin xazina”;
⚫️Rustambek SHAMSUTDINOV, Dilshod HOMIDOV:
“Hurriyat uchqunlari”;
⚫️Oqil ABDUBARNOYEV:
“Paralimpiyachilarimiz tarix yaratmoqda”;
⚫️Muhayyo PIRNAFASOVA:
“O‘zbekistonda transplantologiya istiqbollari”;
⚫️Bahodir KARIM:
“Dahoga ehtirom”;
⚫️Gunnar SHELLENBERGER:
“O‘zbekiston hamkorlikka munosib mamlakatdir”;
⚫️Munavvara USMONOVА:
“She’riyatimizning onaguli edi”;
⚫️Erpo‘lat BAXT:
“Bugungi bolalar adabiyoti muammolari”;
⚫️Muxtor XUDOYQULOV:
“Mumtoz she’riyatning sodiq davomchisi”
⚫️Rustam JABBOROV:
“Turkman elining ulug‘ farzandi”;
⚫️Xurshid ABDURASHID:
“Oq va qora e’tiqod saltanati”;
⚫️Temur SHIRINOV:
“Tarixning vazifasi nima?”;
⚫️Olim OLTINBEK:
“Ittifoq-u g‘ayrat-u himmat kerak...”;
⚫️Bahodir NURMUHAMMAD:
“Ortga qaytish yo‘q”;
⚫️Muhayyo RUSTAM qizi:
“Qilko‘prikdan omon o‘tganlar”;
⚫️Abduvohid HAYIT:
“Olqindi”;
⚫️Abror ZOHIDOV:
“Avlodlarga o‘tib kelayotgan qarzlar”;
Кирилл алифбосида:
👉 @Jadidmedia_rasmiy
😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling