Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimovaning “Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar” kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Jadid momolarga bag‘ishlangan asar taqdimoti
Bugun Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimovaning “Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda yozuvchilar, shoirlar, adabiyot ixlosmandlari, yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Kechada uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiton xalq shoiri Mahmud Toir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Mo‘minova, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, filologiya fanlari doktori Suvon Meli so‘zga chiqdi.
Maʼlumki, shu yilninng 19-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori eʼlon qilingan edi. Ushbu hujjatda 1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgani, bu yurtdoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlangani, minglab kishilar nohaq quloq qilingani, surgunlarga jo‘natilgani, ular orasida atoqli davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, diniy ulamolar, harbiy soha va sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi-dehqonlar va ularning oila aʼzolari bo‘lgani yoziladi.
– Tarixiy hujjatda qatag‘on qurbonlari va jadidlar hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan to‘plam – kitoblar tayyorlash va ularning taqdimotlarini o‘tkazish vazifasi belgilangan edi. Ana shu qarorga javoban, shoira Sharifa Salimova “Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar” nomli sheʼriy romanini nashr etdi, deya taʼkidladi Minhojiddin Mirzo.
Mazkur asar sheʼriy roman bo‘lib, unda muallif XX asrning 20-30-yillarida siyosiy zulmlar qurboni bo‘lgan bir qancha xotin-qizlarning qismatlari va insoniy siymolarini yoritishni o‘z oldiga adabiy-badiiy maqsad qilib qo‘ygan.
– Ushbu roman jadid momolar haqidagi birinchi asardir, – dedi Mahmud Toir. – Sharifa Salimovaning o‘zbek adabiyotida hali hech kim qo‘l urmagan qutlug‘ ishga bel bog‘lab, taqdim etgan ijod namunasi katta jasoratdir.
Asar uch qism, o‘n uch fasldan iborat. Fasllarning har birida siyosiy mustabid zulm qurbonlari – Xayrinisa Majidxonova, Maryam Sultonmurodova, Sobira Holdorova, Shodixon Tojiyeva singari sar osmonining chin yulduzlari bo‘lmish ayollarning taqdirlari – boshlariga tushgan mislsiz azob, ko‘rguliklari yoritilgan. XX asrning 70-yillaridan keyin xalqimiz o‘zining bu kabi farzandlarini tanidi. Sharifa Salimova to‘qqiz sheʼriy faslda to‘qqiz nohaq ayblangan ayol qismatini yoritib beradi. Har bir fasl alohida bir doston kabi o‘qiladi. Ushbu kitob Yozuvchilar uyushmasi homiyligida “Ijod nashr”da chop etildi. Unga G‘ayrat Majid muharrirlik qilgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulovaning qo'shiqlari esa ijod ahliga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Tadbir yakunida Sharifa Salimovaga so‘z berildi. Shoira barchaga o‘z minnatdorligini izhor qildi.
Zulayho Ahmadjonova
#Mustaqillikning_33_yilligi
Gap uqmas
Qobiljon Shermatov she'ri
Shoirning o‘zi o‘qigan
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” anʼanaviy ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlash marosimidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi” nomli xotira kechasidan foto suratlar.
Muallif – Ahmad To‘ra.
TAKLIFNOMA
Ertaga, 29-avgust kuni soat 11:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Sharifa Salimovaning "Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAKLIFNOMA
Hurmatli ijodkorlar! Sizlarni 2024-yil 28-avgust kuni soat 11:00da O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi” deb nomlangan xotira kechasiga taklif etamiz.
Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
https://jadid-media.uz/qaddi-tik-qadri-baland-qoraqalpogim/
Читать полностью…O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimidagi nutqi
https://president.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
https://www.president.uz
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zikrilla Neʼmatning “Qatag‘on o‘pqoni” va “Olamni angla, bolam!” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Diyor yangiliklari
“Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
Jarayon
“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi o‘tkazildi
Sirdaryoda mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Eng ulug‘, eng aziz” anʼanaviy respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda keyingi bir yil ichida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati yoritilgan publitsistik maqolalar, jurnalistik ishlar, yozuvchi-shoirlarning badiiy asarlari va eng yaxshi kitoblar ko‘rib chiqildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, mukofotlangan OAV xodimlari, g‘oliblar orasida bir necha kitoblar mualliflari, adib va shoirlardan Elmurod Mavlonov, Yanglish Hasanova, Abdurazzoq Burliyev, Ilyos Quvondiqov hamda yosh ijodkorlardan Yorqinjon Hayitboyev, “Zomin seminari-2024” ishtirokchisi Odina Abdimo‘minova ham bor.
G‘oliblarga viloyat hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Sirdaryo viloyati bo‘limi
Qaqnus
#25aug #madaniyat
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Diqqat! Ijodkorlar uchun tanlov
Unda 18 yoshdan boshlab barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/announcement/109
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimovaning “Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar” kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
https://uza.uz/oz/posts/yaxshilikka-baxshida-umr-sohibasining-yodi_630160
Читать полностью…Olimpiada ilhomlari
TO‘PLAMIMIZ PREZIDENT TOMONIDAN SPORTCBILARGA SOVG‘A QILINDI
Bugun biz uchun tarixiy kun bo‘ldi. Sportchilarimizning qahramonliklari kuylangan to‘plamimizni davlatimiz rahbari ularga tuhfa etdi.
Yaqinda Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz atletlari beqiyos mahorat, matonat va iroda ko‘rsatib, milliy sportimiz rivojida yangi sahifa ochdi. 13 medalni qo‘lga kiritib O‘zbekistonni dunyo bo‘yicha 13-o‘ringa olib chiqdi. Sportchilarimizning olamshumul yutuqlari yurtimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati va ulkan imkoniyatlarini yana bir bor dunyoga namoyon etdi. Ushbu yuksak g‘alaba Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga atletlarimiz tomonidan to‘yona bo‘lgan bo‘lsa, ijodkorlarimiz esa ularga ijodiy ishlarini to‘plab tortiq qildi.
28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda ushbu sovg‘ani qahramonlarimizga tortiq qildi va bu haqda shunday dedi:
"Olimpiadachilarimizning buyuk g‘alabasi butun xalqimiz qatori ijod ahlini – shoirlar va jurnalistlar, sanʼatkor va blogerlarni ham ruhlantirib yubordi. Sizlarning shaʼningizga atab o‘nlab sheʼrlar, maqolalar yozildi, hatto chet ellarda ham qo‘shiqlar kuylandi. Bu tarixiy voqeaga bag‘ishlab, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Olimp uzra hilpirar O‘zbekiston bayrog‘i" deb nomlangan yangi kitob kuni kecha nashrdan chiqarildi.
Bugun sizlar kabi qahramonlarimiz jasorati tarannum etilgan ushbu kitobni har biringizga esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etar ekanmiz, ijodkorlarimizga ham albatta rahmat aytamiz".
Prezidentning bu eʼtirofi har bir yozuvchi-shoirni xursand etdi.
Kitobdan davlat rahbarining tabrigi o‘rin oldi.
Sirojiddin Sayyid, Mahmud Toir, O‘tkir Rahmat, Xosiyat Bobomurodova, Zulfiya Mo‘minova, Quchqor Norqobil, Bobur Bobomurod, Shahodat Isaxonova, Guliston Davletova, Abdumajid Azim, Zikrilla Neʼmat, Ashurali Boymurod, Gulbahor Jumayeva, Abdunabi Hamro, Sayyora Samandar, Nosirjon Toshmatov, Sirojiddin Rauf, Nodir Jonuzoq, G‘ayrat Majid, Botir Ergashev, Shodmonqul Salom, Orif To‘xtash, Farog‘at Xudoyqulova, Asadulloh Solih, Baxtiyor Yo‘ldoshev, Faxriddin Hayit, Fozil Farhod, Zohidjon Olov, Shavkat Bobomurod, Nasrullo Ergash, Dilnoz Mushfiq, Yelena Navro‘zovaning sheʼrlari to‘plam sahifalarini bezadi.
Qudratilla Rafiqov, Asror Mo‘min, Norqobil Jalilov, Husan Karvonli, Ozod Rajabov, Sarvar To‘rayev, Dilshod Karimov, Maʼmura Zohidova, Shahnoza Soatova, Otabek Bakirovning Olimpiada haqidagi tahliliy maqolalari kitob sahifalarini boyitdi.
Sadir Japarov, Xo Si Son, Hamid Hamidov, Sulton Kanazarov, Utarbek Asranqulov, Sayfullo Kulayev, Bek Shimatning iliq so‘z va sheʼrlari to‘plamning "Do‘stona eʼtiroflar" bo‘limidan joy oldi.
To‘plamga jahon ommaviy axborot vositalarida sportchilarimizning yutuqlari to‘g‘risida eʼlon qilingan eng sara maqolalarni ham kiritdik.
Kitobni tayyorlashda bir qator ijodkorlar qatnashdi.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid.
Ijodiy guruh: G‘afur Shermuhammad, G‘ayrat Majid, Botir Ergashev, Salim Ashur, Rustam Musurmon, Muhiddin Abdusamad, Muhammad Siddiq, Ahmad To‘ra.
To‘plovchi: Fozil Farhod.
Fotograflar: Anvar Ilyasov, Abdullo Fayzullayev, Alimurod Mamadaminov.
Musahih: Ulug‘bek Xalilov.
Dizayner: Muhammadxon Yusupov.
Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etildi.
Alqissa, sheʼrlar, maqolalar, eʼtiroflar yig‘ildi, saralandi, o‘qildi, tahrir bo‘ldi, sahifalandi. Xullas, ikki hafta degandi bu ijodiy ish "Olimp uzra hilpirar O‘zbekiston bayrog‘i" nomi ostida bosmadan chiqdi. Bugun kitobimizni davlatimiz rahbari qo‘lida ko‘rib, sportchilarimizga tuhfa etilganini eshitib, juda xursand bo‘ldik, charchoqlarimiz chiqib ketdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi” nomli xotira kechasidan foto suratlar.
Muallif – Ahmad To‘ra.
Jonkuyar, yurtparvar shoira yodi
Bugun Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Uyushma foyesida Enaxon Siddiqovaning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid suratlar hamda uning asarlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Zalda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, harbiylar, shoiraning oila aʼzolari jam bo‘ldi.
Kechani Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Unda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, senator Gulnora Maʼrupova, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Suvon Meli, professor Yo‘ldosh Solijonov va boshqalar so‘zga chiqdi.
– Enaxon Siddiqova ham ijodda, ham ijtimoiy hayotda faol edi, – dedi Mahmud Toir. – Uning yuksak tashabbuskor harakatlari, siyosiy jarayonlardagi tiniq so‘zi, ijodkor ayolning kuch-qudratidan, ziyosidan dalolatdir.
Shoira hayoti davomida Farg‘ona viloyati hokimliklarida masʼul vazifalarda ishlab, yurt rivoji yo‘lida faollik ko‘rsatdi. Adibaning “Qorako‘z turnalar”, “Ko‘nglim ufqlari”, “So‘z ustidagi dunyo”, “Eʼzozli ayollar”, “Ona haqida qo‘shiq”, “Barxanlarda ungan gul” singari o‘nlab asarlari kitobxonlar qalbidan munosib joy egalladi.
– Enaxon Siddiqovani “Ona” dostonini o‘qib chiqqanimda, shoirani kashf qilganman, – dedi Suvon Meli. – Uning ijodini eng cho‘qqisi ham ona haqidagi yozilgan asarlaridir. Sheʼriyatini o‘qirkansiz, u nafaqat shoira, balki faylasuf ekaniga ham guvoh bo‘lasiz.
Taniqli sanʼatkorlar ijrosida shoira sheʼrlariga bastalangan qo‘shiqlar tinglandi. Yozuvchilar uyushmasi tomonidan shoiraning eng sara asarlari jamlangan “Saylanma” hamda "Enaxon Siddiqova zamondoshlar xotirasida" nomli kitoblar nashrga tayyorlanayotgani taʼkidlandi. Tadbir yakunida adibaning qizi Nigora Mannopova so‘zga chiqib, onasining ijodiga, xotirasiga bo‘lgan eʼtibor va eʼtirofdan minnatdorligini bildirdi. Mehmonlarga uyushmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Zulayho Ahmadjonova
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” anʼanaviy ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari
Davomi...
«Xalq so‘zi» gazetasining 2024-yil 27-avgust kungi 174-sonidan olindi.
Читать полностью…Ozarbayjonning “Manevr.az” saytida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Noriniso Qosimovaning turkum sheʼrlari Husniddin Hayit tarjimasi bilan turk tilida eʼlon qilindi.
https://manevr.az/index.php?newsid=139445
"Sharq taronalari" - O‘zbekistonning jahon ahlini tinchlik-totuvlikka, qardoshlik va ahillikka chaqiradigan ezgu daʼvati
Читать полностью…#Mustaqillikning_33_yilligiga
"Oʻgʻlim"
Masihulloh Madaminov,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
https://uza.uz/uz/posts/andizhonlik-izhodkorlar-taqdirlandi_629182
Читать полностью…Jarayon
UCH AVLOD UCHRASHUVI
Kuni kecha Samarqand shahar "Nuroniylar maskani"da "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Unda shoirlar, yozuvchilar, mahalla faollari va ijodkor yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoira Oygul Suyundiqova xotira va qadrlashнинг аҳамияти, istiqlolimizning 33 yillik tantanasi mavzusida so‘zladi. Shoira yig‘ilganlarga o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi.
“Nuroniylar” jamg‘armasi shahar bo‘limi rahbari Xurshid Nurullayev, uyushma a‘zolari - Zuhra Begim, Ta‘lat Abdullayev, Oygul Mamatova, yozuvchilar - Gulruh Yusupova, Abdualim Sulaymonov shoiraning ijodi haqida to‘хtaldi. Qurbonali Hasanov va Anora O‘tamurodova jonli qo‘shiqlar ijro etib, davraga fayz kiritdi.
Shoira tadbir ishtirokchilariga kitoblaridan sovg‘a qildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi
#shoir_va_qalb
Yaproqlar sarg‘ayar…
Tushunaman, shartmas, albatta, afsus,
o‘z vaqti-soati bor-ku har damning…
Faqat… nega buncha shoshib kelar kuz,
nega buncha yo‘li uzoq ko‘klamning?
* * *
Nega havas qilmay sobitligingga,
Har bahor qaytadan gullay olmoq – baxt…
Har nechuk, zaminda qadamlarimdan
Sening ildizlaring mustahkam, daraxt.
Ikrom ISKANDAR
@yoshlikjurnali
TAKLIFNOMA
Hurmatli ijodkorlar! Sizlarni 2024-yil 28-avgust kuni soat 11:00da O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi” deb nomlangan xotira kechasiga taklif etamiz.
Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Qanoti bor so‘zlar
KITOB OLING
Sirojiddin Sayyid she'ri
Turli soha vakillari o‘qigan
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati