Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
Olimpiada ilhomlari
FAXRIYA
Ular — dilda lovullagan o‘ti borlar,
Asl mardlar daftarida oti borlar.
“Bolam”, deya chorlaganda Ona Vatan,
“Labbay” degan tillarida toti borlar.
Gʻalaba deb kelgan, eldan duo olib,
Yurakda burch, bilakda kuch, mushti g‘olib.
“O‘zbekiston” deb chaqirsa, chaqnab ko‘zi,
Bo‘y ko‘rsatar zarra titroq sezmay tizi.
Qo‘llab turаr otasining ishonchi-yu,
Onasining “bolajonim” degan so‘zi.
Shiddat, shaxdin jamlab, jangga tushdi, ana,
Aniq mo‘ljal olar g‘olib mushti, ana.
Chempionlik belbog‘ini taqmoq go‘zal,
Keng dunyoga shohsupadan boqmoq go‘zal.
Yangragan chog‘ ona Vatan madhiyasi
Balandlagan bayrog‘ini o‘pmoq go‘zal.
Olqish yog‘ar, o‘zbakiy sha’n va or g‘olib,
Olovlangan muhabbat-u izhor g‘olib.
Hasanboyi, Bahodiri, Diyorasi,
Alisheri, Ulug‘begi — ko‘z qorasi,
Xullas, o‘n uch chempionli ulug‘ elni
Qutlar Parij, qutlar Eyfel minorasi.
Turfa tilda e’tiroflar yo‘llar jahon,
Olimp gashtin surar ona O‘zbekiston.
Zamira Ro‘ziyeva
TAKLIFNOMA
2024-yil 23-avgust kuni soat 15:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, isteʼfodagi polkovnik Zikrilla Neʼmatovning “Qatag‘on o‘pqoni" nomli pyesalar to‘plami va bolajonlar uchun "Olamni angla, bolam" nomli kitobi taqdimoti o‘tkaziladi. Ushbu taqdimotga barchani taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ҳудудий электр тармоқларининг бошқарувини хусусий секторга бериш Самарқанд вилоятидан бошланади.
Читать полностью…#mujda
Jurnalimizning mundarijasi bilan tanishing!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Эндиликда тадбиркор аукциондан ер сотиб олганда унга қўшилган қиймат солиғи ҳисоблаш бекор қилинади.
Читать полностью…Президент: Жаҳон савдо ташкилотига кириш - чуқур ўйланган ва узоқни кўзлаган танлов, ислоҳотларимизнинг ажралмас қисми.
Читать полностью…✅OROMGOHLAR MADHIYASINI YARATISH BO‘YICHA
✏️ “ENG YAXSHI ShЕ’R”✏️ TANLOVI E’LON QILINADI
G'olib bo‘lgan eng yaxshi she’r muallifiga
1️⃣0️⃣,0️⃣0️⃣0️⃣,0️⃣0️⃣0️⃣ (o'n million) so'm pul mukofoti beriladi.
✏️ShЕ’RLARINGIZNI quyidagi telegramm bot manziliga yuboring!👇
/channel/Oromgohlar_uzb_bot
⏺Eng yaxshi deb topilgan she’r respublikamizning taniqli san’atkorlari tomonidan qo‘shiq qilib ijro etiladi.
💬Tanlov haqida batafsil ma'lumot💬
✅Biz hamisha siz bilan birgamiz!
📱 Ozbekistonoromgohlari">Youtube | 📱 Web | 📱 Telegram
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova ishtirokida ijodkor ayollar bilan uchrashuvdan fotolar.
Muallif – Ahmad To‘ra
Президент Қорақалпоғистон фаоллари билан ҳудудни янада ривожлантириш вазифаларини муҳокама қилди
Читать полностью…Президент Шавкат Мирзиёев Кегейлида узумзор ташкил қилган ёшлар билан суҳбатлашди
Читать полностью…Yangi kitob
RUS ADIBINING ASARI YO‘LDOSH ESHBEK TARJIMASIDA
Mamin Sibiryak – rus adabiyotining yetuk vakili. Ijodining salmoqli qismini bolalar ma’naviy olamini boyitadigan ertak va hikoyalar tashkil qiladi.
Yozuvchining badiiy mahorati inson va tabiat, inson va nabotot, inson va hayvonot dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarni yoritishda namoyon bo‘ladi.
Ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati ham o‘ziga xos. Yosh kitobxonning tafakkur dunyosi, idrok qilish darajasiga mos gaplar tuzadi, ibora va maqollardan ustalik bilan foydalanadi: “Aytilgan gap – otilgan o‘q. Bir gal havo aynib turganda Boy Yeryomka bilan ovga jo‘nadi. It, negadir, istamaygina xo‘jayiniga qarab-qarab pastdan ketdi.
– Bor, boraver, yalqovlik qilma, – to‘ng‘illadi chol (“Boy va Yeryomka” hikoyasidan).
Ushbu iqtibos Mamin Sibiryakning yaqinda “Firdavs-shoh” nashriyotida chop etilgan “Asrandi” nomli kitobidan olindi. Rus tilidan Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi.
Kitobdan rus adibining bir necha ertaklari va “Qo‘noq”, “Yo‘lda”, “Ovchi Yemelya”, “Ayiqcha”, “Qishlov”, “Bo‘zbo‘yincha”, “Xilvatu ovloqlarda”, “Asrandi”, “Qari chumchuq” kabi hikoylari o‘rin olgan.
Mazkur kitobni o‘qir ekansiz, tarjimaning ham alohida bir san’at, mahorat, mashaqqat va pirovardida saodat maktabi ekaniga yana bir bor amin bo‘lasiz.
Sevimli ijodkorimiz, usta va ustoz tarjimon Yo‘ldosh Eshbekka barcha adabiyot ixlosmandlari, xususan, yosh kitobxonlarimiz nomidan minnatdorlik bildiramiz.
Xalqimiz, adabiyotimiz, ma’naviyatimiz baxtiga doimo sog‘-salomat bo‘ling, Ustoz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
https://uza.uz/uz/posts/626615
Читать полностью…Президент Шавкат Мирзиёев Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий маркази Қорақалпоғистон филиалини бориб кўрди.
Читать полностью…Президент Шавкат Мирзиёев Дастурий маҳсулотлар ва ахборот технологиялари технологик паркининг Қорақалпоғистон филиалини бориб кўрди.
Читать полностью…Yangi kitob
MUAZZAM
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli yozuvchi Shodiqul Hamroning “Muazzam” nomli qissa va hikoyalardan iborat to‘plamida: “Muazzam”, “Qaqnus qanotidagi umr”, “Qora kun”, “Ko‘k kol” qissalari hamda “Alvon mato ostidagi hayot”, “Kushxonadagi voqea”, “Unutilgan azon pardasi”, “Qaytayotgan odam”, “Tushimdagi Olovxon”, “Suratdagi ayol”, “Hovlidagi daraxt” nomli hikoyalari joy olgan.
Yozuvchining mistik ruhda yozilgan qissa va hikoyalarida voqealar rivojining kutilmagan o‘zgarishlarga uchrashi, insonning ichki kechinma va tuyg‘ularini nozik pardalarda ochib berishi hamda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlariga to‘xtalishi alohidalik kasb etadi.
Muharrir: Bunyod Pattayev
Nashriyot: “Ochun”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Нукус шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан навбатдаги очиқ мулоқоти бўлиб ўтди.
Читать полностью…Ер ости бойликларини ўзлаштиришга тадбиркорлар кенг жалб этилади.
Читать полностью…Президент давлат харидида маҳаллий маҳсулот улушини ошириш чораларини белгилаб берди.
Читать полностью…Саноат корхоналаридан электр ва газга ўрнатилган лимитдан ошиб кетган 2 карра кўп тўлов ундириш амалиёти бекор қилинади.
Читать полностью…Президент мамлакатимиз бизнес муҳитида рўй берган катта ижобий ўсиш ҳақида.
Читать полностью…Шавкат Мирзиёев: Спортчиларимизга ўхшаб тадбиркорлар ҳам бизнинг байроғимизни, маҳсулотларимизни дунёга чиқаришига ишонаман.
Читать полностью…Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishda ijodkor ayollar oldingi safda bo‘lmog‘i kerak
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova ishtirokida oilalarni mustahkamlashda, xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirishda ijodkor ayollarning ishtirokini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida ta’kidlanganidek, xalqimizga ma’rifat ulashish, oila mustahkamligini ta’minlashda, ayniqsa, qizlar tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etishda onalar, munis opa-singillarimizning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekani alohida ta’kidlandi. Bu boradagi vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 22 dekabrda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ham alohida ta’kidlangan, har bir soha va yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Davomi...
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova ishtirokida ijodkor ayollar bilan uchrashuvdan fotolar.
Muallif – Ahmad To‘ra
Кегейли туманида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Қорақалпоғистон Республикасини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш масалалари муҳокамаси бўйича йиғилиш бўлиб ўтди.
Читать полностью…Президент Шавкат Мирзиёев Қорақалпоғистон Республикаси Кегейли туманидаги Жузимбағ маҳалласида бўлди ва ёшлар билан учрашди.
Читать полностью…Ta'ziya
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a'zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qo‘chqor Norqobilga onasi Xursand momoning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Президент Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий марказининг Қорақалпоғистон филиали билан танишди
Читать полностью…Президент IT-паркнинг Қорақалпоғистон филиалида бўлди
Читать полностью…Президент Шавкат Мирзиёев Қорақалпоғистонда йирик объектларни ишга туширди ва янгилари қурилишига старт берди
Читать полностью…Президент Шавкат Мирзиёев Қорақалпоғистонда шамол электр станциялари ва саноат корхоналари қурилишини бошлаш, йирик мажмуаларни ишга туширишга бағишланган маросимда иштирок этди.
Читать полностью…