Jarayon
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivalining ikkinchi kunidan fotolar.
Festival o‘zi ishini davom ettirmoqda.
Muallif – Ahmad To'ra.
Туркий тилли давлатлар халқаро шеърият байрами қатнашчилари иштирокида мушоира бошланди. Марҳамат, томоша қилинг.
https://fb.watch/w6GSSNzvX_/
TAKLIFNOMA
26-29-noyabr kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokida XVI Turkiy she’riyat bayrami o‘tkazilmoqda. Ushbu bayram doirasida turli tadbirlar, adabiy uchrashuvlar, mushoiralar tashkil etiladi. Adabiy bayramga barchani taklif etamiz.
Ertaga soat 9:00 da barchangizni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tadigan ochilish marosimida kutamiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
FESTIVAL BOSHLANDI
Xabar berganimizday, 26-29 noyabr kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokida XVI Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat festivali boshlandi.
Bugun aksar mehmonlar Toshkent shahriga yetib keldi. Hozirda TURKSOYga aʼzo bo‘lgan Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari “Do‘rmon” ijod uyiga joylashtirildi.
Mehmon ijodkorlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid boshchiligidagi mezbon yozuvchi-shoirlar bilan birga “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Uch ming yillik tarixga ega tariximiz bilan tanishdi.
Muallif – Ahmad To‘ra.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
❗️
HAZRATI INSON
Sirojiddin SAYYID
El-ulus dardida chekkan g‘am-hasrat,
Hazrati insondir Navoiy hazrat.
“Boburnoma” asli hasrati Bobur,
Uni bitgan inson – hazrati Bobur.
TAKLIFNOMA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida 26-29 noyabr kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokida XVI Turkiy sheʼriyat festivali o‘tkaziladi. Ushbu festival doirasida turli tadbirlar, adabiy uchrashuvlar, mushoiralar o‘tkaziladi. Adabiy bayramga barchani taklif etamiz. Dastur ilova qilinmoqda.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati
XALQARO TURKIY SHEʼRIYAT FESTIVALI
(TOSHKENT 2024 yil, 26-30 noyabr)
Festival Mehmet Dog‘an xotirasiga bag‘ishlanadi
1-kun
26 noyabr, seshanba
Soat 15:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yiladi.
2-kun
27 noyabr, chorshanba
09:00-10:00 da Adiblar xiyoboni bilan tanishish, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish.
10:30-11:30 da Tantanali ochilish marosimi (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida). Videorolik namoyishi.
So‘zga chiquvchilar:
1. Sulton Rayev – TURKSOY Bosh kotibi;
2. Sirojiddin Sayyid – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi;
3. Musa Kazim Aritsan – Turkiya Yozarlar birligi raisi prof.;
4. Ulug‘bek Eshdavlat – Turksoy Yozarlar birligi raisi;
5. Ali Riza Tezjan – TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari;
Sertifikat taqdim etiladi
11:30-12:30 da Yoqub Umar o‘g‘lining “O‘n dollar” kitobi taqdimoti.
14.30-16.00 da “Alisher Navoiy va XXI asr sheʼriyati: Erkin Vohidov va Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlanadi”. Mushoira (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida).
16.00-17.00 da uchta asosiy mukofot taqdim etiladi. Shoirlarni taqdirlash marosimi.
17.00-18.30 da “Sheʼriyat kelajagi va sunʼiy intellekt”.
So‘zga chiquvchilar:
1. Usmon O‘zbaxche
2. Ali K.Metin;
3. Atif Badir;
4. Mehmet Ayji;
5. Ali Sali.
3-kun
28 noyabr, payshanba
09.30-10.30 da Abdulla Qodiriy ijod maktabi va Qodiriy memorial muzeyi bilan tanishish
10.30-12.30 da Mehmet Dog‘an xotirasiga bag‘ishlangan mushoira. (“Turon” kutubxonasi katta zalida).
14.00-16.00 da Qirg‘iz shoiri Aliqul Osmonov xotirasiga bag‘ishlangan mushoira.
16.00-18.30 da Qozoq shoiri Abay xotirasiga bag‘ishlangan mushoira.
19.00-21.00 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nomidan tantanali qabul marosimi.
4-kun
29 noyabr, juma
9.00-20.00 da Toshkentning diqqatga sazovor joylariga sayohat.
9.00-13.00 da Hazrati Imom meʼmoriy majmuasi. Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi.
14.00-18.30 da Toshkent tarixi muzeyi. Suzuk ota meʼmoriy majmuasi.
Taklifnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 27-noyabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda adib va tarjimon, uyushma aʼzosi Shuhrat Matkarimning “Boljon” nomli hikoya va qissalar kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu adabiy kechaga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Jarayon
Adabiy anjuman o‘tkazildi
Buxoro davlat universitetida Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Buxoro adabiy muhiti: kecha va bugun” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi. Tadbirda Buxoro adabiy harakatchiligi tarixi va bugungi manzarasiga oid muhim kuzatishlar tinglovchilar e‘tiboriga havola qilindi.
Anjuman ishida Turkiya, Tojikiston singari davlatlar olimlari ham o‘z ma‘ruzalari bilan ishtirok etdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi
Olamning qalbi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi Orziqul Ergash bilan suhbat
#24nov #madaniyat
Davr | Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan "Jadidlar izidan" respublika ko'rik tanlovining Toshkent shahar bosqichi
Читать полностью…Sheʼriyat – dillarni, ellarni bog‘lovchi maʼnaviy ko‘prik
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida XVI Turkiy she‘riyat festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, Turkiya Yozarlar birligi raisi Musa Kazim Aritsan, Turksoy Yozarlar birligi raisi Ulug‘bek Eshdavlat, TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Riza Tezjan va boshqalar so‘zga chiqdi.
Dastavval uyushma raisi Sirojiddin Sayyid turkiy davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami ishtirokchilarini qutladi. Ushbu sheʼriyat bayramining o‘tkazilishi adabiy aloqalar rivoji yo‘lidagi eʼtiborning amaliy ifodasi hamda turkiy davlatlar shoirlarining ijodiy diydorlashuvi ekanligini taʼkidladi.
– Hazrat Navoiyning yurtidagi bunday xalqaro sheʼriyat bayramida ishtirok etayotganimdan behad mamnunman, – dedi Turkiya Yozarlar birligi raisi Musa Kazim Aristan. – Bizning ajdodlar asriy maʼnaviy, maʼrifiy, adabiy rishtalar bilan o‘zaro bog‘langan. Bu mushtaraklikni, ildizlarimizning ko‘hnaligini Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham ko‘rish mumkin. Sheʼriyat esa inson qalbidagi tuyg‘ularning eng go‘zal ifodasidir.
Tantanali kechada mezbonlar va mehmonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirishdi.
Festival davomida 100 jildli "Turkiy adabiyot durdonalari" majmuaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Ayni damda festival doiasida mushoira bo‘lib o‘tmoqda. Unda shoirlar – Sirojiddin Sayyid, Usmon Azim, Mirzo Kenjabek, G‘ayrat Majid, Sharifa Salimova, Aziz Said, Rustam Musurmon, Botir Ergashev hamda qozog‘istonlik Ulug‘bek Eshdavlat, turkiyalik Mehmet Kurtoglu, Osman O’zbahchi, Atıf Bedir, qirg‘izistonlik Nuriza Omurbayeva, Melis Mamatxan Uuluning sheʼriy chiqishlari adabiyotning dillarni, ellarni bir-biriga bog‘lovchi maʼnaviy ko‘prik ekanini yana bir karra namoyon etdi.
Zulayho Ahmadjonova
Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami qatnashchilari ishtirokida mushoira boshlandi. Marhamat, tomosha qiling.
https://fb.watch/w6GSSNzvX_/
Jarayon
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivalining ikkinchi kunidan fotolar.
Festival o‘zi ishini davom ettirmoqda.
Muallif – Ahmad To'ra.
Jarayon
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivalining ikkinchi kuni Adiblar xiyobonidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.
Unda jam bo‘lganlar ulug‘ mutafakkir shoir xotirasiga taʼzim bajo keltirishdi. Mumtoz adabiyotimizda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Festival o‘zi ishini davom ettirmoqda.
Jarayondan suratlar.
Muallif – Ahmad To‘ra.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#Adabiy_saboq
Adabiyot – so‘zga jon bag‘ishlamoqdir
* * *
Adabiyot, ayniqsa, she’riyat shunday narsaki, xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham shuhrat qozonishga sabab bo‘laveradi. Lekin ijodkor shuhratning ketidan quvib, yengil-yelpi mavzularga berilsa, xalqqa, adabiyotga, xususan, o‘z-o‘ziga katta zarar yetkazadi.
* * *
Ijodkor uchun faqat bolalik xotiralari yoki mahdud tuyg‘ulari yetarli mavzu bera olmaydi. Ijodkor asl vatan farzandi bo‘lishi, xalqini buyuk g‘oyalar bilan ta’minlashi, insonlarga yuksak fazilatlardan saboq berishi uchun o‘z vatani, o‘z xalqi tarixini o‘rganishi zarur.
Mirzo Kenjabek
Batafsil
@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz
E'tirof
CHORI AVAZ HAQIDA
Shu yilning aprel oyida Boku shahridagi AMEA ilmiy kutubxonasining akademik zalida atoqli va taniqli shoir Chari Avazning ozarbayjon tilida nashr etilgan she’rlar kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda taniqli turkolog olim Romiz Asqar (rahimahulloh, Alloh rahmat qilsin), shoirning do‘stlari professor Yashar Qosim, dotsent Akif Azalp, professor Nurboy Jabborov, shoirning turmush o‘rtog‘i Zebo Omonova shoir haqida o‘zlarining ajoyib fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shoirning she’rlari va shaxsiyati haqida iliq xotiralar eslandi.
Bu ajoyib tuyg'u edi. Bugun Zebo Omonova menga Chori Avaz haqida “Chori Avazning yashil yo‘li” nomli hujjatli film yubordi. Filmga Boku taqdimoti kiritilganini ko‘rib, yana o‘sha kunga qaytdim. Zebo xonim, sizlarga Alloh taolo sabr bersin.
Almaz Ulvi Binnatova
CHORI AVAZNING YASHİL YO'Lİ! HUJJALI FİLM
https://youtube.com/watch?v=Uf0NFYt4t28&feature=shared
Turkmanistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 18-21-noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri va Turkmanobod viloyatlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning taniqli madaniyat namoyandalari, sanʼatkorlar va adiblar ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Abduqayum Yo‘ldoshev, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Nosirjon Jo‘rayev Maxtumxuli Firog‘iyning 300 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan o‘zbek-turkman shoir va yozuvchilari ishtirokidagi anjumanda qatnashdi.
Tadbir doirasida ikki qardosh xalq adabiyotidagi mushtaraklik, xususan, Maxtumquli ijodining turkiy xalqlar va dunyo adabiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z bordi.
Anjumanda Maxtumqulining O‘zbekistonda nashr etilgan muhtasham “Saylanma” kitobi Turkmaniston davlat kutubxonasiga taqdim etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Maxsus reportaj | Qardosh xalqlar do`stligi: Ashxabodda O`zbekiston madaniyati kunlari
#24nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
To‘ra Sulaymon ijоdiga bag‘ishlangan tanlov
Maktablarda ko‘rik-tanlovlar, musobaqa va bellashuvlar talaygina. Ammo Yashnobod tumanidagi 255-sonli maktab ma‘muriyati tashabbusi bilan uyushtirilgan tanlov bo‘lakcha, boshqalariga mutlaqo o‘xshamaydi. Adabiyotga oshno, ijodiylik va bilimdonlikni birlashtirgan mazmunli tanlov O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlanib, “Kitobxon ona” deb nomlandi.
O‘ziga xos adabiyot va san‘at kechasiga aylangan tadbirga adaiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshev, shoir Muhiddin Abdusamad, Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri maslahatchisi Azizbek Turdiyev, taniqli yozuvchi Nabijon Boqiy, To‘ra Sulaymonning qizi Yulduz Begaliyeva ishtirok etdi.
E‘tiborlisi, unda o‘quvchilarning onalari olti guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun bahs yuritdi. Yakunda kitobsevar onalar turli nominatsiyalar bo‘yicha alohida e‘tirof etildi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
Ijodiy muloqot zavqi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida shoir Shuhrat Sayyidning "Yassaviyni eslab", "Xaziniyni eslab", "Shavqiyni eslab" nomli turkum kitoblari taqdimoti va ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda "Sharq yulduzi" jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Ashur, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi boshlig‘i G‘ulom Abdiyev, pedagoglar va yoshlar ishtirok etdi.
Suhbat davomida Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining sheʼriy chiqishlari yig‘ilganlarga mushoira zavqini berdi.
Tadbir qatnashchilari O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida ham bo‘lib, buyuk shoirning hayoti va ijodiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.
Yakunda shoir Shuhrat Sayyid yangi kitoblarini mehmonlarga ulashdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi
Adabiy kecha ijodkorlarni birlashtirdi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida shoira Enaxon Siddiqova xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova Enaxon Siddiqova adabiy merosi haqida ma‘ruza qildi. Shundan so‘ng, Ogahiy, Erkin Vohidov va Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari o‘quvchilari Enaxon Siddiqova she‘rlari va o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishdi. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahr-u bayt bellashuvi esa qizg‘in tus oldi.
Mazkur ijodiy tadbir yakunida faol ishtirok etganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
/channel/erkinvohidovmaktabi
KUZ ASHʼORI
Qovrilsa ham quyosh o‘tida,
Yoz o‘zini baxsh etdi butun.
Shamol namchil tog‘lar ortida
Bulutlarni boqdi to‘qson kun.
Sabri jamil yozga ming rahmat,
Chilla ko‘rgan mevalar shirin.
Shamoldan ham rozimiz minbaʼd,
Niyatlari garchi yashirin.
Ezgulikdir uning bor o‘yi:
Suvga qonsin dov-daraxt, o‘tlar…
Yetovida yurar yil bo‘yi
Yelinlari tarang bulutlar.
Sirojiddin Rauf