yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligini tomosha qiling:

https://www.facebook.com/share/v/19faSZ3dYg/

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
CHO‘LPON BILAN UCHRASHUV
Ozod MO‘MIN XO‘JA

Eski Jo‘vada Cho‘lpon domlani uchratib qoldim. Salom berdim. Shoir meni tanidi va alik olib, “Kutubxonaga borib turibsizmi?”, deb so‘radi. Men tasdiqladim. Uning yonida bir go‘zal rus ayoli bor edi. Keyinroq bildimki, u shoirning xotini ekan.


📱 Batafsil: jadid.uz/cholpon-bilan-uchrashuv

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Biz chiqargan kitob

ZAMON QASRI

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning ushbu yangi to‘plami mazmun-mundarijasi asosan keyingi yilda yozilgan sheʼrlar, "Zamon qasri" nomli doston va manzumalardan iborat. Shoir zamon, zamon qahramoni va zamondoshlar azmu shijoati bilan ezgu orzu-umidlarini avj pardalarda tarannum etadi. Davr shiddatlari nazmiy shiddatlarga aylanadi, dunyo talotumlari shoirning yuragidan o‘tadi. Taʼbir joiz bo‘lsa, zamon minbari shoirning qalbi minbariga evrilib, bu minbarda yangragan sheʼrlar sizga ham zavq bag‘ishlaydi degan umiddamiz.

Masʼul muharrirlar: Ahmadjon Meliboyev, G‘ayrat Majid
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAYINLOV

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoira Farida Afro‘z uyushma raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
   Bugun shu munosabat bilan Yozuvchilar uyushmasida Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari hamda uyushma jamoasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘inni uyushma raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid olib bordi. So‘zga chiqqanlar Farida Afro‘zga ushbu masʼuliyatli vazifani vijdonan va halol bajarishda muvaffaqiyat tiladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

SEN OYDAY UZOQSAN, MALAGIM


Ushbu kitobga o‘zbek dostonchiligining asoschilaridan biri Muhammadqul Jomurod o‘g‘li Po‘lkan shoirning nabirasi, O‘zbekiston xalq baxshisi Umarqul Po‘lkanning farzandi arjumandi – taniqli shoir, tarjimon, publitsist Amirqul Po‘lkanning sara sheʼrlari, dostonlari va tarjimalari, shuningdek, hikoyalar, esselar va publitsistik risolalari kiritilgan. O'qing va mutolaa zavqidan bahra oling.

Loyiha rahbarlari: Saodat Po‘lkanova, Maqsud Po‘lkanov
Masʼul muharrir: Odil Ikrom
Muharrir: Ulug'bek Xalilov
Adadi: 1000
Nashriyot: "Ijod Nashr"


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#nazm

Yoshlik


Yoshlik! Seni kuylamagan kim,
Ertaklaring so‘ylamagan kim,
Qariganda o‘ylamagan kim,
O‘ylab yana kuylamagan kim?
Bitmoq bo‘ldim men ham senga bayt,
Yosh yurakning haqqi bormi, ayt?

Yoshlik, asli mening o‘zimsan,
Keng olamga boqqan ko‘zimsan.
Yozgan she’rim, aytgan so‘zimsan,
Kecham, ertam, ushbu ro‘zimsan.
Bitmoq bo‘ldim sen uchun ash’or,
Ammo o‘zni kuylamoq dushvor.

Yoshlik – gulu gulg‘uncha ekan,
Bu gul olam turguncha ekan,
Yoshlik – behad tushuncha ekan,
Poyoni yo‘q garduncha ekan.
Bitmoq bo‘ldim men unga doston,
O‘ylarimga topmadim poyon.

Yoshlik, dildan shavq ketgani yo‘q,
Yurak seni tark etgani yo‘q,
Yurak seni tark etgani yo‘q,
Demak, qadringga yetgani yo‘q.
Yoshlik, seni kuylab bilurman,
Ammo bugun yoshlik qilurman.

Yoshlik – ishqu oshiqlik mayli,
O‘zi Majnun ham o‘zi Layli,
Subhi olam uning tufayli.
Mayli, unga bitmasam mayli,
Na bir g‘azal, na bir musaddas,
Uning o‘zi she’rdan muqaddas.

Erkin Vohidov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Termiz shahrida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
Erkin Vohidov izdoshlari

Yurtimizda ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlash va o’tgan buyuk ajdodlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomlarida ijod maktablari tashkil qilingan. Shunday dargohlardan biri – Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ijodidan namunalarni hukmingizga havola etamiz.

✍️ Shahlo SAFAROVA
✍️ Gulyora HOSHIMJONOVA
✍️ Doniyorbek OLIMOV
✍️ Mohlaroy TO’LQINOVA
✍️ Muhammadyusufxon UBAYDULLAYEV
✍️ Mehriniso OLIMOVA
✍️ Shodiyona JO’RABOYEVA
✍️ Mushtariybonu SULAYMONOVA
✍️ Dilyorbek MUHAMMADQOSIMOV
✍️ Farangiz DAVLATOVA
✍️ Ikromjon ABDUSATTOROV
✍️ Gulsevar QOSIMOVA
✍️ Nodira AKBARALIYEVA
✍️ Laylo AMINJONOVA
✍️ Tasanno ABDUVAHOBOVA

📱 Batafsil: jadid.uz/erkin-vohidov-izdoshlari

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 29-noyabrdagi 49-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

Nazokat USMONOVA:
“Adabiy diydorlashuv”
Abdushukur HAMZAYEV:
“Omonatga xiyonat kechirilmaydi”
Xurram RAHIMOV:
“Ikki poytaxtning yakdil xabarnomasi”
Farhod QURBONBOYEV:
“Ma’naviy ekspertiza – qonun talabi”
Malik BOY MUHAMMAD:
“Muzey ochgan otaxon”
Zarnigor IBROHIMOVA
yozib oldi:
“Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim”
Halima AHMEDOVA:
“Kuzgi olmalarning nafasi o‘tkir”
Ozod MO‘MIN XO‘JA:
“Cho‘lpon bilan uchrashuv”
Muhammadqosim OLIMOV:
“Qat’iyat va jasorat sohibi”
Zarnigor IBROHIMOVA
yozib oldi:
“Boburnoma” Dante diyorida”
Ro‘zimboy HASAN:
“Kitobsiz uy”
N.HABIBULLAYEVA:
“She’riyatga oshno matematik”
Asqar JO‘MASHEV, Sabit NURJANOV:
“Qoraqalpoq jadidi Sayfulg‘abit Majit taqdiri”
FITRAT:
“Muxtoriyat – milliy laylatul qadrimiz”
Nurxon ELMIRZAYEVA:
“Tuproqqa “ekilgan” ajal urug‘i”
Maqsud JONIXONOV:
“Insofli yoshlar”
Eshqobil SHUKUR:
“Pirog va cheburek”

Кирилл алифбосида:

👉 @Jadidmedia_rasmiy

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2024-yil 30-noyabr kungi 244-sonidan olindi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

EʼLON

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari diqqatiga! Endilikda Adiblar xiyoboniga moshina bilan kirishni huquq-tartibot organlari xodimlari nazorat qilyapti. Uyushmaning avtoturargohiga moshina bilan kirishda yoningizda aʼzolik guvohnomangiz bo‘lishini so‘raymiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ISSIQ KO‘L

Bu azim kentda sevimli adib Chingiz Aytmatovni ko‘p xotirladim, ruhi shod bo‘lsin

Tin oldimi
Bu ko‘hna gardun,
Tek turdimi azim daryolar?
So‘ylab-so‘ylab mengacha o‘tmish,
Bitmadi lek hadsiz faryodlar.

Rivoyatlar eltgan bu irmoq,
Olatovning* zabardast nasli.
Xo‘v tog‘larga oq ro‘mol yopgan,
Bulutlarning ko‘z yoshi asli.

Sutchoy eltgan manov ejening*,
Kiprigida shudringmidi shay.
Tushlarida oq kema ko‘rib,
Olislarga
boqar bolakay…

Dunyo asli anov o‘tovdir,
O‘rozqulning yuragidek tor.
Ona bug‘i ko‘zidek olam,
Beshiklari allasiga zor.

Qo‘l silkigan qirg‘oq bo‘yida,
Tarix – karaxt,
Go‘yo ko‘ru kar.
Ters bo‘lmasin ochun, deb halak,
Sohil bo‘ylab chopar olapar…

*Olatov - Qirg‘izistondagi tog‘ning nomi
*Eje- opa (qirg‘izcha)

Nargiza Asadova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

SEHRLI DARAXT SHOXLARI


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Adabiyot” nashriyoti tomonidan “Sehrli daraxt shoxlari” (o‘zbek she’riyati klassiklari) kitobi chop etilib, unda Alisher Navoiy, Paxlavon Mahmuddan tortib Erkin Vohidov va Abdulla Oripov kabi yurtimizning atoqli so‘z ustalari asarlarining rus tiliga o‘girilgan ijod namunalari jamlangan. Tarjimalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nikolay Ilin tomonidan amalga oshirildi, kitob muharriri Risolat Haydarova. Kitob keng kitobxonlar ommasi uchun, shuningdek, faoliyati jihatidan rus tilida taqdim etilgan o‘zbek she’riyatini tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qituvchilar va adabiyotshunos olimlarga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

______________________

Новая книга

ВЕТВИ ВОЛШЕБНОГО ДЕРЕВА

Издательством «Адабиёт» при Союзе писателей Узбекистана издана книга «Ветви волшебного дерева (классики узбекской поэзии)», содержащая переводы на русский язык произведений выдающихся мастеров слова нашей страны от Алишера Навои и Пахлавана Махмуда до Эркина Вахидова и Абдуллы Арипова включительно. Переводы осуществлены членом СП Узбекистана Николаем Ильиным, редактор книги – Рисолат Хайдарова. Книга адресована как широкому кругу читателей, а также педагогам и литературоведам, чья деятельность связана с анализом узбекской поэзии в предъявлении на русском языке.

Информационная служба Союза писателей Узбекистана

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"ADABIYOT" NASHRIYOTI KO‘RGAZMADA

Shu kunlarda Turkiya Ruspublikasida 21-Anqara kitob yarmarkasi bo'lib o'tyapti. Ushbu tadbirda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari hamda respublikamizda faoliyat yuritayotgan nashriyotlar ishtirok etyapti. Xususan, ko‘rgazmada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi "Adabiyot" nashriyoti direktori Nodir Suvonov ham qatnashyapti. Nashriyotda chop etilgan bir qancha kitob yarmarkada namoyish etilyapti.
Eslatib o‘tamiz, 29-noyabr kuni boshlangan ko‘rgazma 8-dekabrga qadar davom etadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

1-dekabr Qoraqalpoq tili bayrami kuni. Ayyom qoraqalpoq eliga, butun xalqimizga muborak bo‘lsin!

She'r muallifi: Ibroyim Yusupov

Tarjimonlar: Omon Matjon, Yangiboy Qo‘chqorov

Ijrochi: Erkin Bozorov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Eslaganda

Adabiyot bitta menga kerakmi?

Azim Suyun qoq yarim tunda yangi she’rini tugatgach, Qozoqboy Yo‘ldoshevga o‘qib berib, olqish olay degan niyatda qo‘ng‘iroq qilibdi.
– Alo, yaxshimisiz?
– Ha, yaxshi...
– Nima qilyapsiz?
– Yarim oqshom nima qilishim mumkin, uxlayapman.
Bu javobdan shoirning qattiq jahli chiqib:
– Nima, adabiyot bitta menga kerakmi?! – deb go‘shakni qo‘yibdi.

Qozoqboy Yo‘ldoshev hangomasidan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Ijodiy_uchrashuv

Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari - Nazar Eshonqul, Norqobil Jalilov hamda Abdumajid Azimov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

➡️ Batafsil

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishida mamlakatimizda adabiyot, madaniyat va sanʼat, ilm-fan sohalarini rivojlantirish, o‘zining betakror ilmiy va ijodiy merosi, ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir va yozuvchilar, bastakorlar, olimlar, kino va teatr sanʼati namoyandalarining tavallud sanalarini keng nishonlash hamda chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish belgilangan.
   Ushbu muhim topshiriq ijrosi yuzasidan 4-dekabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyining ochilish marosimi hamda soat 11:30 da Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida adib tavalludining
90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tadi.
   Barchani ushbu tadbirlarga chorlaymiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

MAKTABGA YOZUVCHILAR UYUSHMASIDAN SOVG‘A

Yashnobod tumanidagi 255-umumtaʼlim maktabida O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Mazkur tadbirning ahamiyatli tomoni, maktablarda o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar, musobaqa va bellashuvlarga mutlaqo o‘xshamaydigan, o‘quvchilarning adabiyotga oshno onalari o‘rtasida To‘ra Sulaymon asarlari asosida “Kitobxon onalar” tanlovi tashkil etildi.
Albatta, ushbu noodatiy tanlov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbariyatini befar qoldirmadi. Mamlakatimizda aholi o‘rtasida kitobxonlik targ‘ibotiga munosib hissa qo‘shayotgani uchun maktabi direktori Dilora Jo‘rayeva Yozuvchilar uyushmasining “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlandi.
Bugun uyushma vakillari maktab jamoasiga “Tashakkurnoma” hamda o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘z ichiga jamlagan 200 dona turli badiiy kitoblar jamlanmasini topshirishdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

DIQQAT EʼLON!

Bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalar bojxona postlaridagi bo‘sh lavozimlarga xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi.
Mazkur lavozimlarga tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, yoshi o‘n yettidan kam bo‘lmagan va o‘ttizdan oshmagan, o‘zining shaxsiy, ishchanlik va axloqiy sifatlari, sog‘ligi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga ko‘ra bojxona organi xodimining xizmat vazifalarini bajarishga qodir, bo‘yi 165 sm.dan kam bo‘lmagan oliy maʼlumotga ega ERKAKLAR (20 nafargacha) hamda bo‘yi 160 sm.dan kam bo‘lmagan oliy maʼlumotga ega XOTIN-QIZLAR qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida doimiy yashashlari, erkak nomzodlar esa muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilgan yoxud oliy taʼlim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishlari lozim.
Nomzodlar chet tillaridan birini mukammal bilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga ko‘ra, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan, sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qatʼi nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar xizmatga qabul qilinmaydi.
Yuqoridagi talablarga mos kelmagan, saralash bosqichlaridan o‘ta olmagan yoki o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri maʼlumotlar bergan, shuningdek belgilangan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan nomzodlarni xizmatga qabul qilish rad etiladi.
Tanlovda ishtirok etish arizalar joriy yilning 13 dekabriga (shu kuni ham) qadar https://customs.uz/uz/services/vacancy havolasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar bilan tanishish havolasi: https://new.customs.uz/uz/services/vacancy/questions
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun hududiy boshqarmalarning telefon raqamlari: https://new.customs.uz/public/docfiles/1690367527.pdf

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/adabiyot-dostlik-qardoshlik-bayrami_663268

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
“BOBURNOMA” DANTE DIYORIDA

Yaqinda Italiyaning tarixiy ilmiy-ommabop adabiyotlarga ixtisoslashgan yetakchi nashriyotlaridan biri “Sandro Teti Editore” nashriyot uyi Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asarini ilk bor italyan tilida ommaviy tirajda chop etdi.

Italiyada bugungi kungacha buyuk Bobur yaratgan imperiyani “Mo‘g‘ullar davlati” deb atab kelguvchilar ham bor. Bizning tarjimamiz va nashrimiz ushbu tarixiy adolatsizlik va xatolikni to‘g‘rilashga, mazkur imperiyani ilmiy haqiqatga mos ravishda “Boburiylar saltanati” deb atashga zamin yaratadi.


📱 Batafsil: jadid.uz/boburnoma-dante-diyorida

📱 To‘liq video:
https://youtu.be/KKLF1weYHeA

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
QORAQALPOQ TILIM MENING
Kengesboy KARIMOV

Amu, Orol bo‘ylarinda
Tuqqan yurtim, elim mening.
Bobomlardan meros qolgan
Qoraqalpoq tilim mening.

Kuylamasam “Alpomish”ni,
Tarqarmikin cherim mening.
Parvoz qilgan ulkan qushday
Qoraqalpoq tilim mening.


📱 Batafsil: jadid.uz/qoraqalpoq-tilim-mening

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yo‘ldosh Mirzayev — 80 yoshda

     Termiz shahar Matbuot uyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan “Surxon oqshomlari” mushoira kechasi hamda shoir, nosir, publisist Yo‘ldosh Mirzayevning 80 yoshga to‘lgani munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda so‘z olgan ijodkorlar - Narzulla So‘fiyev, Haydar To‘rayev, Sharofat Jalilova, Dilnoz Mushfiq, Donoxol Jumayeva adibning ijodiy faoliyatiga to‘xtaldi. Yosh ijodkorlar sheʼrlar o‘qidi. Samimiy qutlovlar izhor qilindi.
   Tadbirni uyushmaning viloyat bo‘limi rahbari Mengnor Ollomurodov olib bordi. Yakunda shoir Yo‘ldosh Mirzayevga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Muzaffar Qurbonov,
Yozuvchilar uyushmasi
Surxondayo viloyat bo‘limi adabiy xodim
i

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Bugun Sariosiyo tumanidagi 45-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi kutubxonasiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 150 taga yaqin o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari tuhfa etildi.
  Ular orasida jahon va o‘zbek adabiyoti adiblari - Gyote, Chingiz Aytmatov, Naim Karimov, Iqbol Mirzo, Tohir Malikning durdona asarlari hamda 30 ga yaqin yosh ijodkorlarning sh‘eriy to‘plamlari o‘rin olgan. Endilikda o‘quvchilar badiiy adabiyotdan yana-da ko‘proq mutolaa qilishlari mumkin.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

RASUL HAMZATOV

(Tanlangan asaralar)


   Taniqli avar shoiri Rasul Hamzatovning "Mening tog'istonim" badiasi va "Onalarni asrang" dostoni jahon adabiyoti durdonalari qatoridan o'rin olgan. "Mening Dog'istonim" badiasida Vatanga muhabbat, milliy urf-odatlarga, umuminsoniy qadryatlarga hurmat, sof sevgiga sadoqat ajib rang-bo'yoqlarda tasvirlangan. Benazir shoir bu asarida xalq hikmatlari, iboralari, hikmatlaridan unumli foydalangan.
Shuningdek, kitobga zamondosh adiblarning rasul Hamzatov haqidagi e'tiroflari, shoirning "o'zim haqimda uch og'iz so'z" tarjimai holi va yosh kitobxonlarga ma'lumot berish maqsadida, tarjimonning Rasul hamzatov haqidagi maqolasi kiritildi. O'ylaymizki, ular sizning shoir haqidagi bilimlaringizni boyitadi.

Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Tarjimon: Asror Mo'min
Muharrir: Oydin Alauddinov

Nashriyot: "Adabiyot"

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://youtube.com/watch?v=kugpJQL1ZBw&si=GuENsphtrzfacjVZ

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi



2-dekabr – O‘zbekiston xalq shoiri Ramz Bobojon tavallud topgan kun

Ramz Bobojon 1921-yil Toshkent shahrida dunyoga keldi. Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Shoirning «She’rlar» (1939), «Hadya» (1940), «Oltin kamalak» (1949), «Vodiy bo‘ylab» (1949), «Tanlangan asarlar» (1958), «Sevgi sirlari» (1963), «Senga, sevgilim» (1969), «Birinchi parvoz» (1980), «Muhabbatga ta’zim» (1980) va «Sening mehring» (1996) kabi she’riy to‘plamlari va «Saylanma»si nashr etilgan.

1987-yil O‘zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo‘lgan.

* * *

Sevgilim!
Yodimda oʻsha tun
Oq-oppoq olmaday oymoma…
Yulduzlar yigʻilsa bir butun,
Sochilsa shoirga manzuma…

Sevgilim!
Yodimda shalola
Daryoga qoʻshilib oqqani,
Uyqudan turolmay Kamola
Uyalib,
Goʻdakday boqqani…

Sevgilim!
Yodimda oqqushlar
Toʻsh urib daryoda suzgani,
Yulduzdan toʻqilgan kumushlar
Toʻlqin-la oʻynashib oʻzgani…

Sevgilim!
Yodimda ilk bora
Sevgini tilimga olganim,
Dardingni dilimga solganim,
Na qilay, Oʻzingga havola!


Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ахborot 24 | XVI Turkiy she'riyat festivali
#30nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

YOMG‘IRLAR YOG‘ADI SEN BOR SHAHARDA

Rahmat Bobojon she'ri
Muhayyo Rustam qizi o‘qidi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…
Подписаться на канал