yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Toshkent davlat transport universiteti va 213 va 218-maktablarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Ashurali Boymurod, Kumush Abdusalomova va Rustam Jabborov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Diydor zavqi samimiy muloqot, sheʼriy lahzalarga boy bo‘ldi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taklifnoma

Yozuvchilar uyushmasida 18-oktabr kuni soat 15:00da uyushma aʼzosi Humoyun Akbarning “Yomg‘ir” sheʼrlar to‘plami  va “Anaxita” romani taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#bugun #Xotira     
📌 
16-oktabr O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavallud topgan kun.

 🎤Respondentlar - adabiyotshunos, filologiya fanlari nomzodi Rahmon Qo‘chqor, farzandlari Gulnora Nosirxo‘jayeva va Kamola Ibragimova                                        
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 - Toshkent hududi va 103'1da Respublika bo‘ylab) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

“Ma‘rifat ulashib” loyhasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari - Nuriddin Aminjon, Chorsham Ro‘ziyev hamda Mirzakarim Toshboltayev ishtirokida Yashnobod tumanidagi 23-,156-, 216-sonli umumta‘lim maktablarida davra suhbati uyushtirildi.
Samimiy muloqotda taniqli ijodkorlar o‘z hayot va ijod yo‘li haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi. Jumladan, o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar xususida alohida to‘xtalib o‘tdilar. Tadbirda o‘quvchilar adiblar tomonidan yozilgan sheʼrlarni aytib berdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adiblardan javob olishdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Arosat”

Nodir Jonuzoq sheʼri

Sitora Shomurodova o‘qidi

"Qaqnus"

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

📺"Nurafshon TV" taqdim etadi.

📚"BUGUN ADABIYOTDA..." 
ko‘rsatuvining navbatdagi sonida O‘zbekiston xalq shoiri, faylasuf olim Abdulla Sher portretiga chizgilar.
✅ Ko‘rsatuvning batafsil jarayonlari ushbu videoda.

🎤Muallif: Gulnora Otajonova
🎥Tasvirchi: Olim Latipov
🎙Matnni o‘qigan: Jasur Islomov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat ulashib

Kuni kecha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Ma‘rifat ulashib” loyihasi asosida adabiy-ma‘rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari - Muhammad Ismoil va jurnalist Zamiraxon Ro‘ziyeva o‘z ma‘ruzalari bilan ishtirok etdi.
Talabalar shoirlarning mualliflik sherlaridan o‘qidi. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida universitet hududida adiblar va talabalar ishtirokida ko‘chatlar ekildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Adib yodi

Bugun Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar jam bo‘ldi. Tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Kechada O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova, O‘zbekiston axborot agentligi rahbari Abdusaid Ko‘chimov, O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor, yozuvchining qizi Gulnora Nosirxo‘jayeva so‘zga chiqdi.
Tadbirda adibning hayoti, mehnat faoliyati, yaratgan asarlari xususida so‘z bordi. Insoniy fazilatlari, ustozlik o‘gitlari, iliq xotiralar yodga olindi.
- “Zo‘ldir”, “Bir o‘likka bir tirik”, “Sochqi” kabi asarlari nomi bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi, - dedi Ibrohim G‘afurov. - Abduqahhorning dramaturgiyasi yumor, kulgu, ajoyib pichinglari bilan ajralib turadi. Shu tufayli ham o‘zbek adabiyotida original nomga ega bo‘lgan asarlar qoldirdi. U respublikamiz teatrlarini rivoji yo‘lida jon kuydirdi.
Abduqahhor Ibrohimov “Toshkent ko‘chalari”, “O‘zbeki­ston – uyg‘ongan o‘lka” hujjatli-maʼrifiy filmlar muallifi. Uning “Arra”, “Meni aytdi demang”, “Bu zamon o‘g‘loni”, “Tusmol”, “Mayli, mayli”, “Ofarin”, “Puch”, “Shayton yo‘li” komediyalari Toshkent va viloyat teatrlari sahnalarida qo‘yilgan. “Birinchi bo‘sa”, “Tusmol” singari ko‘plab pyesalari Respublika­miz hamda Ozarbayjon, Tojiki­ston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Rossiya teatrlarida sahnalashtirilgan.
- Abduqahhor Ibrohimovni “Birinchi bo‘sa” asari orqali taniganmiz, - dedi Abdusaid Ko‘chimov. – Ushbu pyesa sahnalashtirilgan paytda katta voqeaga aylangan edi. Bu insonda juda katta ilm, cheksiz madaniyat mujassamligiga ko‘p marotaba guvoh bo‘lganman.
- Otam maqtovni juda yaxshi ko‘rar edi. Bugungi otam haqidagi fikrlarni tinglarkanman, hozir ular eshitib, xursand bo‘lib turgandek tuyuldi menga, - dedi adibning qizi Gulnora Nosirxo‘jayeva. – Barchaga birdek namuna bo‘la oladigan inson edilar. Ijodi va xotirasiga bo‘lgan hurmat va eʼtibor uchun tashakkur.
Tadbirda adibning yozgan asarlari, sahna yuzini ko‘rgan pyesalari o‘zbek adabiyotining maʼnaviy merosiga aylanishi taʼkidlandi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-maʼrifiy tadbirdan foto suratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

17-okytabr kuni soat 15:00da Yozuvchilar uyushmasida atoqli shoir Chustiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ijodkorlar andijonlik yoshlar bilan uchrashdi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tafsilot: "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasidagi tadbirlarning mazmun mohiyati haqida

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#yosh_kitobxonga_tavsiya

Maqsud SHAYXZODA
“Mirzo Ulug‘bek” tarixiy tragediya

Temurxon naslidin sulton Ulug‘bek,
Ki, olam ko‘rmadi sulton aningdek.

Hazrati Alisher Navoiy shu qadar yuksak ta’rif bergan buyuk shoh va munajjim, alloma Mirzo Ulug‘bek haqida injako‘ngil shoirimiz Maqsud Shayxzoda 1959 yili katta dramatik asar yaratgan edi. Asar hozirgi Milliy teatr sahnasida ellik besh yil burun sahnalashtirilib, Shukur Burxonday buyuk san’atkorning ijrosi bilan o‘zbek teatr san’atining oltin fondiga kirgan. Mazkur asarni bugungi kunda qayta o‘qib, Shayxzodaning hech mubolag‘asiz, haqiqiy mumtoz asar yaratganini anglaymiz. Uni sira ikkilanmay Shekspir tragediyalari bilan qiyoslasak bo‘ladi. Shoh va alloma, ota va o‘g‘il, ona va o‘g‘il, jamiyat va adolat, inson va uning hayotdagi vazifasi borasida teran mushohadalarga undaydigan “Mirzo Ulug‘bek” pyesasini bugungi globallashgan dunyoning muammolariga qarshi o‘ziga xos bir badiiy qo‘llanma sifatida qabul qilish mumkin. Mutaassiblik va ilmu irfon, jaholat va ma’rifat, yuksak insoniy tuyg‘ular bilan ma’naviy qashshoqlik o‘rtasidagi murosasiz kurash tragediyaning markaziy g‘oyasi bo‘lgani bilan bugungi kunlarimizga hamohanglik kasb etadi. Shu boisdan ham asar joriy bir yil davomida ham Samarqand teatri, ham poytaxt Milliy teatri sahnalarida qo‘yildi. Muhimi, Shayxzoda ilgari surgan g‘oyalar va ehtiroslar qayta jonlanib, katta sahnalarda jarangladi va Shayxzodani ham zamondoshimizga aylantirdi. Har qanday ijodkor o‘z asari bilan shunday taqdirga munosib topilsa, u barhayot baxtli ijodkordir.

Batafsil

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Kun iqtibosi

Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti kitob va kutubxonalarda.

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat ulashib

"Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining talabalar turar joyida ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Asror Mo‘min va shoir Shodi Otamurod mehmon bo‘ldi.
Ular talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot qilib, yoshlarni o‘z sohalarida muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, to‘g‘ri kasb tanlash va kelajakdagi maqsadlarga erishish haqida qiziqarli ma‘ruzalar qildi. Bu jarayonda ustozlar zamonaviy texnologiyalar, ijodiy yondashuvlar va intellektual resurslardan to‘g‘ri foydalanishning ahamiyati haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/millat-shaniga-uning-tarixiga-umrini-bagishlagan-zahmatkash-olim-yodi_646408

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#mahalla_yangiliklari

"Insonlar ma'rifati - jamiyat ravnaqi!".

🗓 16.10.2024

@mahalla_yangiliklari_tv

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

ONA TILIM O‘LMAYDI

Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda”.

“Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!”
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan. 

Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor. 

“Vaʼzingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi”.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”. 

– Hey, bu qanday aqida! –
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom. 

Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
– Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon! 

Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
– Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga! 

Fuzuliy yondi:
– Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”. 

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb sanʼat, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

“Faust” yondi gurillab,
“Xamsa” o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

Erkin Vohidov,
O‘zbekiston Qahramoni,
O‘zbekiston xalq shoiri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

ZAHMATKASH ADIBGA EHTIROM KO‘RSATILDI

     Buxoro davlat universitetida zahmatkash adib, mohir tarjimon Jo‘ra Fozil tavalludining 75 yilligi munosabati bilan adabiy-ma‘rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
     Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar, adabiyotshunos olimlar, yoshlar, oila a‘zolari jam bo‘ldi.
     Dastlab universitet talabalari tomonidan adib asarlaridan namunalar yig‘ilganlar e‘tiboriga havola qilindi. So‘z olganlar Jo‘ra Fozil shaxsiyati, asarlarining adabiyotimizdagi o‘rni, o‘ziga xosligi xususidagi fikrlarini, samimiy tilaklarini bildirdi.
     Tadbir asnosida adibning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan chop etilgan “Yo‘l” nomli kitob taqdimoti ham o‘tkazilib, yig‘ilganlarga tortiq etildi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat hududiy bo‘linmasi xonandalari ijro etgan taronalar barchaga manzur bo‘ldi.
     Yakunda adib siymosini gavdalantirgan, ijodini tarannum etgan Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat pedagogika institutining bir guruh faol talabalariga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan kitoblar ulashildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
❗️O‘tkan kunlar” nima uchun aeroportlarda sotilmaydi? – Mark Riz bilan suhbat

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarini ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Riz Qodiriy asarlari, jadidlik harakatining ahamiyati, rejasidagi kitoblar, kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar, o‘zbek tilining jozibasi kabi mavzularda Jadid-media.uz’ga intervyu berdi.

Tarjimonning o‘rinli takliflari, jiddiy mulohazalari, o‘tkir fikrlari bilan JADIDmedia-ol4fc">YouTube sahifamizdagi video orqali tanishing.


📱 To‘liq video:
https://youtu.be/V3N3AzCt-GE

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Xushxabar

CHUSTIYNING "SAYLANMA"SI

   Bu yil g‘azalnavis shoir Chustiy tavalludining 120 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanyapti. Sana munosabati bilan shu kunlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot” nashriyotida chop etilayotgan ushbu kitobdan shoir g‘azallari, muxammaslari, boshqa janrdagi sheʼrlari va tarjimalari o‘rin olgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-maʼrifiy tadbirdan foto suratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
Abdulla Qodiriy oilasi davrasida

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Mushoira zavqi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari - Shahriyor Shavkat va Nozima Habibullayeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ijodkorlar tomonidan “She‘ryurak” loyihasi doirasida maroqli mushoira o‘tkazildi. Ijod maktabi o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan adabiyot haqidagi savollarga o‘rinli javob oldilar.
She‘riy kechada iste‘dodli o‘quvchilar ham o‘z chiqishlari bilan sahnaga fayz ulashdi. Uchrashuv yakunida maktab direktori Nigoraxon Mannopova shoirlarga minnatdorlik bildirdi.
Bir so‘z bilan aytganda, adabiyot kechasi unutilmas va zavq-u shavqqa boy bo‘ldi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbek tili

Ravshan Madumarov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Abduqayum Yo‘ldoshev, Faxriddin Hayit va Muhammad Siddiq Rahmatov Qashqadaryo viloyatida "Maʼrifat ulashib" tadbirlarida qatnashdi. Jarayon “Qashqadaryo” telekanalining "Yoshlar hayoti" ko‘rsatuvida keng yoritildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ijodkorlar yoshlar davrasida

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#bugun #Xotira     
📌 
15-oktabr O‘zbekiston xalq yozuvchisi, san’at arbobi Ibrohim Rahim tavallud topgan kun.

 🎤Respondent - uning shogirdi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adib Abdunabi Boyqo‘ziyev                                          
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 - Toshkent hududi va 103'1da Respublika bo‘ylab) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif - Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#iqtibos

* * *
Iste’dodli odam boshqa bir iste’dod egasiga hech qachon hasad qilmaydi. O‘zgalarning muvaffaqiyatiga hasad qilish omadsizlarga xos narsa.

* * *
Muammosi bo‘lmagan yozuvchining o‘zi yo‘q. Lekin ijod odamni ba’zi bir muammolardan qutqaradi. Har holda menda shunday: agar shu haqda yozmasam, muammo meni g‘ajiydi, botinimda yashab, meni ich-ichimdan xarob qiladi. Muammo haqida yoza boshlasam, o‘zimni shu azobdan xalos bo‘lganday sezaman.


Anar, Ozarbayjon xalq yozuvchisi

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…
Подписаться на канал