yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

SEN, JONIM, MANA SHU BOG‘LARNIKISAN

(turkumdan)

Bog‘larda xazonlar sipohi
Azaldan muzaffar bir lashkar...
Bugun menga qarshi anduhlar
Birlashgan... birlashgan... birlashgan...

Biron-bir mehribon ko‘rinmas
Navoiy kuylagan saf aro.
Yaproqlar to‘kilar tinimsiz —
Zaʼfaron... zaʼfaron... zaʼfaron...

Asta-sekin qosh ham qoraydi,
Hamrohdirman yolg‘iz menga man.
Bir kuyni kuylayman tinimsiz —
Yengaman... yengaman... yengaman...

Sokinlikdan qattiq dimiqqan
Borlig‘im shahd tilar, g‘ulu tilar.
Yog‘ib-yog‘mas, tarqab-tarqamas
Bulutlar... bulutlar... bulutlar...

Hali yulduzlardek charaqlarim bor
Bordir bulutlardek bo‘zlarim.
Bo‘lgim kelayotir osmonning
Ko‘zlari... ko‘zlari... ko‘zlari...

Matnazar Abdulhakim

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ona tilim

G‘ayrat Majid she’ri
Ernazar Yorbekov o‘qidi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat ulashib

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida yoshlar ma‘naviyatini oshirish va ularni intellektual jihatdan rivojlantirish maqsadida "Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida ijodkor ustozlar bilan keng ko‘lamli uchrashuv tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Asror Mo'min va shoir Shodi Otamurod talabalar bilan adabiyot, ijod olamining sehrli olami haqida suhbat qurishdi. Davrada yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yana-da ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ахborot 24 | Ashxobodda Maxtumquli Firog‘iy nomiga bag‘ishlangan maxsus yubiley medallarni topshirish marosimi bo‘ldi
#10oct #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga kitob sovgʻa qildi

Bugun, 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ashxobod shahrida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Berdimuhamedovni shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan xalqaro forum yuksak darajada oʻtkazilgani bilan samimiy muborakbod etgan.
Shundan soʻng tomonlar Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, koʻp qirrali hamkorlikni, ayniqsa siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.
Jumladan, oʻzaro tovar ayirboshlash jadal oʻsayotgani, birgalikda chegaraoldi savdo hududi barpo etilayotgani, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida hamkorlik kuchayib borayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, ikki davlat yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqqan. Boʻlajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi ham muhokama qilingan.
Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisiga Maxtumqulining oʻzbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari toʻplamini sovgʻa qilgan.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Guliston davlat pedagogika instituining kutubxonasida Qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz ijodini chuqur o‘rganishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Yosh kitobxon oila" tanlovining hududiy bosqichlari davom etmoqda

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga tashrifi doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

EY DIL

Botir Kamolning mazkur to‘plamidan sheʼrlar, qo‘shiqlar, sheʼriy qissa, afforizmlar va to‘rtliklar o‘rin olgan. Inson qalbi misoli olmos. Isteʼdodli ijodkor mazkur kitobida ko‘ngilning eng nozik qirralarini qalamga olgan. Muallifning o‘zbek, rus, fors-tojik, turk tillarida tuhfa etgan ushbu asari nazm ixlosmandlari qalbida jo‘shqin tug‘yonlarni uyg‘otishiga shubha yo‘q. O‘qing va bahra oling.

Muharrir: Isroil Subhoniy
Nashriyot: "Buxoro nashr"


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Eshqobil Shukur yozuvchi Shukur Xolmirzayev haqida...

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat ulashib

Muhiddin Abdusamadning “Onajon”, “U”, “Parvozga shay daraxt”, “Uchayotgan kipriklar” kabi bir qancha she‘riy to‘plamlari ingliz, rus, ozarbayjon va qozoq tillariga tarjima qilingan.
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbirda shoir o‘zining ko‘rgan-kechirganlari, mehnatlari va tajribalarini yoshlar bilan baham ko‘rdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Ma'rifat ulashib" loyihasi Samarqand shahridagi kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14-tayanch maktabida

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumdagi nutqi

Президент Шавкат Мирзиёевнинг шоир ва мутафаккир Махтумқули Фироғий таваллудининг 300 йиллигига бағишланган халқаро форумдаги нутқи

Выступление Президента Шавката Мирзиёева на международном форуме, посвящённом 300-летию поэта и мыслителя Махтумкули Фраги

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the International Forum dedicated to the 300th anniversary of poet and philosopher Magtymguly Fragi’s birthday

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
Adabiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Han Kangga berildi. Uning mukofot sohibi boʻlganidan keyingi ilk taassuroti qanday?

Bolaligimdan barcha yozuvchilarni birday koʻrganman. Ular hayotning maʼnosini izlashadi. Baʼzida adashadi, baʼzida esa qatʼiyatli boʻlishadi. Ularning barcha saʼy-harakati, kuch-gʻayrati menga ilhom manbayi boʻlib xizmat qilgan.


📱 Batafsil: jadid-media.uz/adabiyot-boyicha-nobel-mukofoti-han-kangga-berildi

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayondan suratlar

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Mahalla” radiokanalining "Kitob va kelajak" dasturida yozuvchi Habib Siddiqning “Nimkosa” kitobi haqidagi mushohadani tinglang.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
FARGʻONADA ADABIYOT BAYRAMI
Muhammadjon OBIDOV

Anjumanda ulug‘ allomalar, marhum ijodkorlar bilan birga, bugun yetuk asarlar yaratayotgan Hamid Burhonov, Nosir Zohidov, Karimabegim, Abdulatif Muhammad kabi shoir va adiblar haqida e’tirof so‘zlari aytildi.


📱 Batafsil: jadid-media.uz/farg%ca%bbonada-adabiyot-bayrami

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Andijon axboroti | Shoira Munavvara Tillaboyevaning 80-yilligiga bag‘ishlangan kecha. 10.10.2024-yil.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taniqli adib Shodiqul Hamro 60 yoshda

  Shodiqul Hamro 1964-yili Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 1989-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Dastlab “Yoshlik” jurnalida muharrir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida кeyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezident devonida konsultant, “Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri sifatida ishlagan.  Ayni damda Oliy sud muassisligidagi birlashgan tahririyat bosh muharriri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
     Adibning “Suratdagi ayol”, “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Millat xotirasi”, “Qaqnus qanotidagi umr”, “Muazzam” nomli nasriy asarlar to‘plamlari, “Qora kun”, “Ko‘k ko‘l”, “Qaqnus qanotidagi umr” (“Ismsiz”), “Muazzam” nomli qissalari, “Suratdagi ayol”, “Alvon mato ostidagi hayot”, “Hovlidagi daraxt”, “Unutilgan azon pardasi”, “Qushxonadagi voqea”, “Ajrim”, “Tushimdagi olovxon”, “Uyiga qaytayotgan odam”, “Muhabbat maktublari” kabi hikoyalarichop etilgan.
   Bir qator hikoyalari asosida telenovellar tayyorlangan. Shuningdek, ko‘pgina asarlari audio kitob qilingan. Shodiqul Hamroning hikoyalari umumtaʼlim maktablari darsligiga kiritilgan. Norboy Xudoyberganov, Ahmad Otaboy, Nazar Eshonqul, Salim Ashur, Uzoq Jo‘raqulov va boshqa taniqli adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar uning qissa va hikoyalari haqida ilmiy va adabiy-tanqidiy maqolalar eʼlon qilib, betakror isteʼdodini munosib baholagan.
     U XX asr adabiyotining Xorxe Luis Borxes, Yasunari Kavabata, Fridrix Dyurrenmatt  kabi buyuk namoyandalari va jahon nasrining yana boshqa ko‘plab mumtoz adiblari  hikoyalarini yuksak badiiy mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girgan.  
    Shodiqul Hamroning ijodi va faoliyati hukumatimiz tomonidan munosib baholanib, “Jasorat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining ko‘p sonli aʼzolari  adibni qutlug‘ 60 yoshi bilan samimiy muborakbod etadi. Uzoq umr, sihat-salomatlik va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi.

 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz asarlari turk tiliga tarjima qilindi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Oʻzbek ijodkorlari Turkmaniston tomonidan taqdirlandi

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/25240

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Farg‘onada tashkil etilgan “Adabiyot bayrami” tafsilotlari.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

JIDUda o'zbek adiblari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Batafsil
Батафсил

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#maslahat

Yosh yozuvchiga maslahatlar

Jurnalimizning ushbu sonidan boshlab jahon va o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega mashhur adiblar sevib o‘qigan asarlar ro‘yxatini e’lon qilmoqchimiz. Shubhasiz, bu rukn, ayniqsa, adabiyot ostonasidan endi hatlashga chog‘lanib turgan yosh qalamkashlarga foydali bo‘ladi. Ulug‘ ijodkorlar e’tirof etgan asarlar yo‘l boshidagi iste’dod egalariga mayoq vazifasini o‘tasa, ajab emas.
Ruknimizni XX asrning buyuk so‘z ustalaridan biri Ernest Heminguey (Ernest Hemingway) tavsiyalari bilan boshlamoqdamiz. Ushbu maslahatlar Heminguey huzuriga uzoq yo‘l bosib kelgan boshlovchi qalamkash Arnold Samyuelsonga qarata aytilgan edi. Garchi u kelajakda mashhur yozuvchi bo‘lib yetishmagan esa-da, bu hol Heminguey ro‘yxatining qadrini tushirgani yo‘q…

Batafsil

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

GO‘ZALLIK

Kuzning rutubatli oqshomi edi,
Bog‘lar sokingina chekar edi oh.
Ruhimda bir hazon ayyomi edi,
Ajib go‘zallikka duch keldim nogoh.

Misli xayol edi u malak siymo
Chiroy olamining tengsiz sayqali.
Ko‘zlarim oldida turardi go‘yo
Navoiy g‘azalin tirik haykali.

Bir zum ko‘zlarimdan yo‘qoldi uyqu,
Bir zum bahor kabi yorishdi olam.
Bir zum xayolimdan chekindi qayg‘u,
Bir zum yuragimdan ketdi g‘am-alam.

Bir zum go‘zallikning huzurida jim
Samoviy hislarga bo‘lib qoldim band.
O, dono tabiat, o buyuk hakim,
Hikmat ko‘rmadim hech men senga monand.

O‘zing yuraklarga cho‘ktirib kadar,
Xalos ham qilursan rahm etgan damda.
Shunday go‘zallarni yaratmasang gar,
Qolib ketarmidik bir umr g‘amda.

Abdulla Oripov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

11-oktabr qoraqalpoq shoiri Shiyrin Xalmuratova tavallud topgan kun

KAFTIDA AVAYLAB KO‘TARGAN XALQIM

Gullagan davrda
Yashab men bugun
Sheʼrlarimni senga
Kuylagan vaqtim.
Yuragimning o‘tli
Haroratin yig‘ib
Aziz ko‘ngillarga
Joylagan vaqtim.

Ilhom kunlarimda
Shirin so‘z izlab
Bir sheʼr deya jonni
Qiynagan vaqtim.
Shoirlik baxtini
Men sizdan oldim
Kaftida avaylab
Ko‘targan xalqim!

Sen ulug‘ xalq bo‘lding
Qadimdan buyon
Qancha asru zamon
Boshingdan o‘tdi.
Bahodir qizlaring
Qilich olib qo‘lga
Savash maydonida
Botirlik etdi.

Farovon zamonda
Tug‘ildim o‘zim,
Yov yo‘q hozir menga
Bеlni bog‘lashga.
Sening shuhratingni
Saqlamoq uchun
Qalam berding menga
Sheʼrlar yozishga!

Shuhrat va obro‘ni
Men sendan oldim
Kaftida avaylab
Ko‘targan xalqim!
Otalar erligi
Bobolar dong‘i
Bizga sheʼrlar bilan
Yod bo‘lib qoldi.

Sening xalqligingni
Yoqlagan zotlar
Shoirim deb qadrlab
Suymoqda meni.
Sen uchun pokman men,
Sen uchun tozaman!
Sen uchun qiynalib
Sheʼrlar yozaman.

Kaftida avaylab
Ko‘targan xalqim!


AYLANAYIN

Yashil gilam, xushbo‘y guldan yaralgan
Aylanayin keng feʼlli dalangdan.
Sen tarafga talpinganda yuragim
Chiqib qochgim kelayotir qaʼlangdan

Ko‘kda bulut ko‘rsa shodlanib cho‘pon,
Yaylov oralaydi uyg‘onib tongdan.
Cho‘ponni kuttirib oromin olgan
Qizilqumga yoqqan yomg‘irlaringdan.

Qumda shamol tursa changni sovurib,
Tevarak- atrofni ketar qovurib
Cho‘pon yigit otar yoqqa yugurib
Kuzu bahor esgan dovullaringdan.

Cho‘pon mehnatiga olqishlar aytib,
Taxtako‘pir yoqdan ortimga qaytib,
Chimboyga yetganda mehrigiyong tortib
Ko‘nglimni ko‘targan ovullaringdan.

Paxtakor, sholikor, cho‘ponlar kutgan
Bir-birin mehnat-la yashnab gullatgan
Saylab va umid-la bo‘z yerga ekkan,
Sharbatlarga to‘la qovunlaringdan.

Shiyrin Xalmuratova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

11-oktabr qoraqalpoq shoiri Shiyrin Xalmuratova tavallud topgan kun

KAFTIDA AVAYLAB KO‘TARGAN XALQIM

Gullagan davrda
Yashab men bugun
Sheʼrlarimni senga
Kuylagan vaqtim.
Yuragimning o‘tli
Haroratin yig‘ib
Aziz ko‘ngillarga
Joylagan vaqtim.

Ilhom kunlarimda
Shirin so‘z izlab
Bir sheʼr deya jonni
Qiynagan vaqtim.
Shoirlik baxtini
Men sizdan oldim
Kaftida avaylab
Ko‘targan xalqim!

Sen ulug‘ xalq bo‘lding
Qadimdan buyon
Qancha asru zamon
Boshingdan o‘tdi.
Bahodir qizlaring
Qilich olib qo‘lga
Savash maydonida
Botirlik etdi.

Farovon zamonda
Tug‘ildim o‘zim,
Yov yo‘q hozir menga
Bеlni bog‘lashga.
Sening shuhratingni
Saqlamoq uchun
Qalam berding menga
Sheʼrlar yozishga!

Shuhrat va obro‘ni
Men sendan oldim
Kaftida avaylab
Ko‘targan xalqim!
Otalar erligi
Bobolar dong‘i
Bizga sheʼrlar bilan
Yod bo‘lib qoldi.

Sening xalqligingni
Yoqlagan zotlar
Shoirim deb qadrlab
Suymoqda meni.
Sen uchun pokman men,
Sen uchun tozaman!
Sen uchun qiynalib
Sheʼrlar yozaman.

Kaftida avaylab
Ko‘targan xalqim!


AYLANAYIN

Yashil gilam, xushbo‘y guldan yaralgan
Aylanayin keng feʼlli dalangdan.
Sen tarafga talpinganda yuragim
Chiqib qochgim kelayotir qaʼlangdan

Ko‘kda bulut ko‘rsa shodlanib cho‘pon,
Yaylov oralaydi uyg‘onib tongdan.
Cho‘ponni kuttirib oromin olgan
Qizilqumga yoqqan yomg‘irlaringdan.

Qumda shamol tursa changni sovurib,
Tevarak- atrofni ketar qovurib
Cho‘pon yigit otar yoqqa yugurib
Kuzu bahor esgan dovullaringdan.

Cho‘pon mehnatiga olqishlar aytib,
Taxtako‘pir yoqdan ortimga qaytib,
Chimboyga yetganda mehrigiyong tortib
Ko‘nglimni ko‘targan ovullaringdan.

Paxtakor, sholikor, cho‘ponlar kutgan
Bir-birin mehnat-la yashnab gullatgan
Saylab va umid-la bo‘z yerga ekkan,
Sharbatlarga to‘la qovunlaringdan.

Shiyrin Xalmuratova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarini ingliz tiliga o‘girgan tarjimon Mark Ris bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida Mark Ris taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarga berilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi hamda tarjima nazariyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#mujda

Jurnalimizning yangi soni mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat bo‘stoniga oshno yoshlar

Poytaxtimizdagi Xalqaro Vestminster universitetida «Maʼrifat ulashib» loyihasi doirasida ijodkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yuksak saviyada tashkil etildi. Yoshlar maʼnaviyatini yana-da oshirish va ularni intellektual jihatdan rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Suvon Meli, Rahmon Qo‘chqor va To‘lqin Eshbek talaba-yoshlar bilan dildan suhbatlashdi.
Adiblarning ijod olamiga oshno etuvchi so‘zlarini maroq bilan tinglagan iqtidorli talabalar hamda o‘quvchilar ham o‘zlari mutolaa qilgan badiiy kitoblari haqida so‘zlab berdilar.
Ijodiy uchrashuvlar Shayxontohur tumanidagi 320-chi va 192-maktablarda ham davom etdi. Kitobsevar o‘quvchilar taniqli adabiyotshunos olimlarning maʼruzalarini hamda sheʼrlarini katta qiziqish bilan tingladilar.
Ijodkorlar uchrashuvda faol ishtirok etgan yoshlarga o‘zlarining yangi kitoblarini sovg‘a qildilar. Loyihasi doirasidagi tadbir navqiron yigit-qizlar uchun o‘ziga xos adabiy saboq bo‘ldi.

Shahriza QURBONOVA,
Farida ISMAILOVA,
Xalqaro Vestminster universiteti xodimlari

Читать полностью…
Подписаться на канал