yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TABRIKLAYMIZ

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, filologiya fanlari doktori, professor, Bahodir Karim "Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi" medali bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli a'zolari mukofotlangan ijodkorlarni ushbu e'tirof bilan muborakbod etadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi. Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Prezident
Matbuot xizmati



Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Ашхобод шаҳрига келди. Давлатимиз раҳбарини Туркманистон Вазирлар Маҳкамаси Раисининг ўринбосари Тангригули Атахаллиев ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент
Матбуот хизмати

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Tabrik

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Muhabbat Hamroyeva "Zamin yulduzlari" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ijodkorni ushbu mukofot bilan qutlaymiz va yutuqlari bardavom bo‘lishini tilaymiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi loyiha

TO‘XTANG, SHE’RLASHAMIZ!

Yozuvchilar uyushmasining "Birinchi kitobim" loyihasida chop etilgan kitoblar uyushma yoshlarining "To‘xtang, she’rlashamiz!" loyihasida adabiyotga qiziqqan yurtdoshlarimizga taqdim etilmoqda.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Han Kang,
Nobel mukofoti sovrindori

“Tarixiy jarohatlarga qarshi turadigan va inson hayotining mo‘rtligini fosh etuvchi shiddatli sheʼriy nasri uchun”.


Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitob

SHE'RIY MATEMATIKA

Bolalar va o‘smirlarda she’rga, so‘z ohanglariga, qofiyadosh so‘zlarga moyillik bor. Ular biror teorema yoki formuladan ko‘ra she’rni tezroq eslab qolishadi. Mumtoz adabiyotimizdagi chiston, muammo, she’riy topishmoq shaklidagi merosimiz ham bolalarni tez fikrlashga o‘rgatish, ularga so‘z va she’r zavqini berishga mo‘ljallanganligi ham bejiz emas.
Bolalar shoiri, tajribali muallim Negmurod Guliyevning ushbu kitobidagi she’riy yo‘l bilan ifodalangan matematik masalalar bolalarda ham she’riyatga, ham fanga ishtiyoq uyg‘ota olishi, shubhasiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etilgan ushbu kitob ijod maktablari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.

Mas'ul muharrir: Aziz Said
Nashriyot: "Adabiyot"


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://youtu.be/VP_Tx4-2vg4?si=BYOAtpscUF9d-1lP

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ma‘rifat ulashib

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Ma‘rifat ulashib” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Adiblar dastlab arxitektura fakulteti muzeyi bilan tanishdi. Shundan so‘ng, fotozona va rasmlar tanlovi ko‘rgazmasini tomosha qildilar. Uchrashuv Mehribon Abdurahmonovaning “Boybo‘sin tavakkal qildi” hikoyasi asosida sahnalashtirilgan tomosha bilan boshlandi.
Tadbirda “Zakovat”, “Munozara-debat” va “Rasmlar tanlovi”ning g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi. “Ulug‘bek yulduzlari” vokal ansamblining kuy-qo‘shiqlari barchani birdek xursand qildi. Kecha 4-son Talabalar turar joyida tashkil etilgan “Mushoira” kechasiga ulanib ketdi. Suhbatlar adabiy-maʼrifiy mavzuga oid fikr-mulohalar bilan qizg‘in kechdi.

SamDAQU Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/taniqli-yozuvchi-shoirlar-qashqadaryoda_643632

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi tarjima kitob

SO‘Z HOQONI


Ozarbayjonlik yozuvchi So‘na Abbosali qizi qalamiga mansub ushbu kitob, XII arsda yashab ijod etgan fors mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri – Xoqoniy Shirvoniy hayoti hamda o‘sha davrdagi Shirvon, Tabriz, Xuroson kabi o‘lkalarda kechgan ijtimoiy-siyosiy voqealar haqida hikoya qiladi.
15–16 yoshlarida sheʼr yozishdagi mahoratini namoyon qila boshlagan nodir isteʼdod sohibining dovrug‘i uni Abul Aʼlo Ganjaviy tomonidan shirvonshohlar saroyiga boshlab boradi.
Umuman kitobda shoirning boshiga tushgan musibatlar, safar va ziyorat yo‘lida kechgan voqealar, ayriliqlar kuyida uning ichki kechinmalari yozuvchining o‘ziga xos falsafasi hamda jonli tasvirlar orqali mohirona qalamga olingan.
Kitobni ozar tilidan o‘zbek tiliga shoira, tarjimon Dilorom Abdurahmon qizi o‘girdi.

Masʼul muharrir: Bayram Ali
Nashriyot: “Nubo nashr”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi tarjima kitob

TURKIYADA CHOP QILINDI

Turkiyaning Antaliya shahripdagi “Ubuntu” nashriyotida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Muhabbat Safoning "Quyoshga yo‘l" sarlavhali kitobi chop qilindi. Kitobga ijodkorning sara sheʼr, esse va hikoyalari kiritilgan.
Tarjimonlar – Parizod Rustamova va Shermurod Subhon. Muharrir – Nasiba Yusupova. Kitob taqdimoti shu yilning 19-20 oktyabr kunlari Antaliyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

6-oktyabr kuni "Madaniyat va maʼrifat" telekanali orqali efirga berilgan "Olamning qalbi" ko‘rsatuvini eʼtiboringizga havola qilyapmiz. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi va tarjimon Risolat Haydarova mehmon bo‘lgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Mahliyo Asqaraliyeva
To’liq video

📺 "Qaqnus"

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O'zJOKUda "Ma'rifat ulashib" loyihasi

2024-yilning 8-oktabr kuni "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Abdunabi Boyqo‘ziyev, Fozil Farhod O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida mehmon bo‘ldi.
Adiblar bilan bo‘lgan ushbu uchrashuv ko'plab iqtidorli yoshlarga qimmatli maktab bo'ldi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Ma’rifat ulashib” loyihasi davom etadi

2024-yil 8-oktyabr kuni Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filialida, shuningdek, Sirg‘ali tumanidagi 277- va 284-o‘rta maktablarda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Risolat Haydarova, Nikolay Ilin va Adhambek Alimbekov bilan ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar adabiyot, mamlakatimizda ijod ahliga ko‘rsatilayotgan e’tibor, kitobxonlik haqida so‘zlab berishdi. Do‘stona, samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirlarda Risolat Haydarova va Nikolay Ilin o‘z asarlaridan o‘qib berishdi. Talaba va o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi. O‘quvchi va talabalar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan keyin ularga kitoblar sovg‘a qilindi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ахборот 24 | В Ашхабаде состоялась церемония награждения группы наших соотечественников

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi.

Prezident
Matbuot xizmati


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедовнинг таклифига биноан амалий ташриф билан Ашхобод шаҳрига жўнаб кетди.

Давлатимиз раҳбари туркман шоири ва мутафаккири Махтумқули Фироғий таваллудининг 300 йиллигига бағишланган халқаро форумда иштирок этади.

Президент
Матбуот хизмати

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

«Ma’rifat ulashib»da ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun, 10-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yoshlar ma’naviyatini oshirish va ularni intellektual jihatdan rivojlantirish maqsadida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda shoir, tarjimon, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Asror Mumin va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shodi Otamurod hamda universitet talabalari, o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuv shoirlar talabalarga o‘zlarining she’rlarini taqdim etdi. Talabalar ularning ijodini katta qiziqish bilan tingladi.
Tadbirda talabalar savollari bilan shoirlarga murojaat qilib, adabiyotning sir-sinoatlari, adiblar ijodiy jarayonlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi. Ijodkorlar faol ishtirok etgan yoshlarga o‘z kitoblarini sovg‘a qildi. "Ma’rifat ulashish" loyihasi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv talabalar qalbida adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi, degan umiddamiz.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#videolavha

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Abduqayum Yo‘ldosh, Faxriddin Hayit va Muhammad Siddiq Rahmatov mehmon bo‘ldi.

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TABRIKLAYMIZ

2024-yilgi Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti janubiy koreyalik adib Han Kangga “tarixiy jarohatlarga qarshi turadigan va inson hayotining mo‘rtligini fosh etuvchi shiddatli sheʼriy nasri uchun” berildi. Bu nom hozirgina Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasida eʼlon qilindi.
Yozuvchi Han Kang 2023-yil noyabr oyida Koreya Respublikasining Kvangju shahrida bo‘lib o‘tgan koreys tilli adiblarning IX xalqaro kongressida qatnashib, maʼruza qilgan edi. Maʼruzadan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid unga uyushmaning esdalik sovg‘alarini topshirdi. Ushbu tarixiy suratlar muallifi Ahmad To‘ra.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari nomidan adiba Han Kangni ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlangani bilan tabriklaymiz!
Yaqin yillarda ushbu mukofot o‘zbek adiblariga ham nasib etsin!

Fozil Farhod

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Шарқ_юлдузи (06/2024)
#Наср

Дилшода Саидолимова

УЧИБ КЕТГАН ҚУШЛАР


Булоқ суви қанчалар тоза, мусаффо. У тоғ бошидан ана шу сифатлари билан
пастга интилади. Лекин ҳамма вақт ҳам дарёга тиниқ етиб келолмайди. Йўлда
лойга қоришиб қолади.

***

Пинҳона изтироб қанчалик оғир бўлса, яширинча қувонч ҳам шунчалик оғир.

***

Етиш мумкин бўлмаган нарсага қўл чўзиш – сувдаги ойни қувлашдек гап.

***

Уруш – бамисоли битмай қолган яра. У тугагандан кейин ҳам узоқ йиллар
кўзлардан қонли ёш, юраклардан аччиқ фарёд отилиб туради


Тўлиқ ўқиш

Бизни кузатиб боринг:
TelegramFacebook | web-sayt

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/atoqli-ijodkor-muhammad-ismoilning-yangi-kitoblari-taqdimoti-otkazildi_643905

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

9-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Muhammad Ismoilning "Ijod Nashr" nashriyoti tomonidan chop etilgan "Boshimdagi tojim onam" va shoir ijodi haqida zamondoshlari fikrlari jamlangan "Qatorda noring bo‘lsa", "Ochiq osmon ostida" nomli kitoblarning taqdimoti hamda "Ko‘ksimni kuydirgan alanga!" deb nomlangan adabiy-badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy kecha bo'lib o'tdi. Adabiy kechadan foto suratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda unga biriktirilgan Buxoro tumanidagi 3-, 43-, 50-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, shuningdek, Buxoro shahridagi Nodir devonbegi madrasasi hovlisida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli adiblar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — Alisher Mirzo, Nurilla Chori, Ibodat Rajabova hamda uyushmaning viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Suhrob Hamroyevlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

MARKAZ XABARLARI

Sen onamga o‘xshaysan Vatan...

Gulnoz Tojiboyeva,
bolalar yozuvchisi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
10-oktyabr – shoir Ma’ruf Jalil tavallud topgan kun

Ma’ruf Jalil 1936-yil 10-oktyabrda Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan.

Uning «Men sizni sevardim», «Rahmat, odamlar» (1970), «Seni o’ylab» (1973), «Notanish yo’llar» (1976), «Qo’shiq ishtiyoqi» (1979), «Men suv ichgan daryolar» (1981), «Parizodim» (1984), «Daryoni izlar shamol» (1987), «Baxtimga sen borsan» (1989) kabi she’riy kitoblari, «Bunyodkor qalb» (1984), «Orol madad so’raydi» (1987) ocherk va publitsistik to’plamlari chop etilgan.

SEN BO’LMASANG YONIMDA

Bog’larda tarovat yo’q, sen bo’lmasang yonimda,
Tog’larda salobat yo’q, sen bo’lmasang yonimda,
Olamda nafosat yo’q, sen bo’lmasang yonimda,
Ko’nglimda halovat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.
Jonimda itoat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.

Qaysi kuni, ey dilbar, qayda menga so’z berding,
Aqlimni olib qanday, ko’nglimga qachon kirding,
Sen lafzi karomatmi yo subhi sabo erding?
Kel, o’zni namoyon qil, pinhona meni ko’rding,
Bir lahza qanoat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.

Kunduz kuni oftobim ko’nglimga qadam qo’ymas,
Tunda to’lin oyimni abr otli sitam qo’ymas.
Gohi ezilib yomg’ir, egnimni shinam qo’ymas,
Erkin nafas olmoqqa yo’llarda alam qo’ymas,
O’yimda halovat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.

Yo’lda adashib yurgan bola kabidir holim,
Majnun dilidan chiqqan nola kabidir holim,
Arqonga madad bo’lmas tola kabidir holim,
Ohu ko’zida bitgan vola kabidir holim,
Umidi saodat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.

Tunni uladim tongga vaslingga to’yarman deb,
G’am lashkarini sabrim tig’i-la so’yarman deb,
So’ng qatli g’amim qonin ko’z yosh-la yuvarman deb,
G’urbatdagi boshimni tizzangga qo’yarman deb,
Umrimda farog’at yo’q, sen bo’lmasang yonimda.

Balki toparman yozda, ehtimol qish topmasam,
Ko’nglim o’rniga tushmas, erta yo kech topmasam.
Ostin-ustun qilurman dunyoni hech topmasam,
Qalamim qilich bo’lar, agar qilich topmasam,
Umrimda davomat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.

O’lkamga bahor yanglig’ uyg’onish olib kelgan,
Hikmat to’la daryoday hayratga solib kelgan,
Iqbol yo’li ko’p og’ir, mayliga, tolib kelgan,
Ma’ruf kabi to’ylarga nog’ora chalib kelgan,
She’rimda harorat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.


Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#tahlil

Yaxshi yozay desangiz

“Juda”, “o‘ta” degan so‘zni ishlatmoqchi bo‘lganingizda uning o‘rniga har safar “haddan ortiq” yoki “behad” iborasini qo‘llang. Shunda muharrir bu so‘zlarni o‘chirib tashlaydi va yozganlaringiz binoyiday bo‘ladi-qoladi.
Xulosa: ortiqcha so‘zlarsiz, aniq, ravon, ta’sirli yozing. O‘rinsiz hayajon yoki yasama mubolag‘a sun’iylikka olib keladi.
Sizga birov qalamhaqi taklif qilmagunicha, tekinga yozavering.
Ijodkor bo‘lishni chin yurakdan istang, o‘z ishingizni seving. Faqat pul yo shon-shuhrat uchun yozsangiz, yaxshi natijaga erisha olmaysiz. Bundan hafsalangiz pir bo‘ladi va ijoddan tezda ko‘nglingiz qoladi.
Maqola yozish uchun eng qulay fursat – uni o‘zingiz uchun yozib tugatgan paytingizdir. Faqat shundagina asli nima demoqchi ekaningizni aniq-tiniq anglaysiz.
Mark Tven (1835 – 1910) sarguzasht romanlaridan tashqari, o‘tkir hajvi, hikmatli so‘zlari bilan ham mashhur. Dunyo e’tirof etgan adibning boshlovchi yozuvchilarga bergan maslahatlari, shubhasiz, maktab vazifasini o‘taydi.

Orif Tolib tayyorladi.

Batafsil

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

YANGI KITOBLAR TAQDIMOTI

🔹 2024-yil 9-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Ko‘ksimni kuydirgan alanga", deb nomlangan adabiy-badiiy, ma’naviy va ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhammad Ismoilning “Boshimdagi tojim — onam" va shoir ijodi haqida zamondoshlari fikrlari jamlangan “Ochiq osmon ostida" kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
   Tadbirda so‘zga chiqqanlar Muhammad Ismoil ijodidagi rangin tuyg‘ularni, yuragidan qaynab chiqqan ilhomning, uning tuyg‘ulari samimiyligini, kitobxonni kechinmalar dunyosiga olib kirish kuchiga ega ekanini e’tirof etdi.

♻️ BATAFSIL

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat ulashib

Shu yilning 9-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yozuvchilar hamda talaba-yoshlar o’rtasida uchrashuvdan videolavha.

🗣 Uchrashuvda G'ayrat Majidov - shoir, yozuvchi, davlat arbobi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari;
Gulbahor Saidg‘aniyeva - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi;
Suhrob Ziyo - shoir, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi ishtirok etdilar.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/shodmonqul-salom-qalbi-bor-inson-vatanga-xiyonat-qilmaydi-video_639915

Читать полностью…
Подписаться на канал