9-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Muhammad Ismoilning "Ijod Nashr" nashriyoti tomonidan chop etilgan "Boshimdagi tojim onam" va shoir ijodi haqida zamondoshlari fikrlari jamlangan "Qatorda noring bo‘lsa", "Ochiq osmon ostida" nomli kitoblarning taqdimoti hamda "Ko‘ksimni kuydirgan alanga!" deb nomlangan adabiy-badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy kecha bo'lib o'tdi. Adabiy kechadan foto suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Jarayon
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda unga biriktirilgan Buxoro tumanidagi 3-, 43-, 50-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, shuningdek, Buxoro shahridagi Nodir devonbegi madrasasi hovlisida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli adiblar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — Alisher Mirzo, Nurilla Chori, Ibodat Rajabova hamda uyushmaning viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Suhrob Hamroyevlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
MARKAZ XABARLARI
Sen onamga o‘xshaysan Vatan...
Gulnoz Tojiboyeva,
bolalar yozuvchisi
❗️
10-oktyabr – shoir Ma’ruf Jalil tavallud topgan kun
Ma’ruf Jalil 1936-yil 10-oktyabrda Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan.
Uning «Men sizni sevardim», «Rahmat, odamlar» (1970), «Seni o’ylab» (1973), «Notanish yo’llar» (1976), «Qo’shiq ishtiyoqi» (1979), «Men suv ichgan daryolar» (1981), «Parizodim» (1984), «Daryoni izlar shamol» (1987), «Baxtimga sen borsan» (1989) kabi she’riy kitoblari, «Bunyodkor qalb» (1984), «Orol madad so’raydi» (1987) ocherk va publitsistik to’plamlari chop etilgan.
SEN BO’LMASANG YONIMDA
Bog’larda tarovat yo’q, sen bo’lmasang yonimda,
Tog’larda salobat yo’q, sen bo’lmasang yonimda,
Olamda nafosat yo’q, sen bo’lmasang yonimda,
Ko’nglimda halovat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.
Jonimda itoat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.
Qaysi kuni, ey dilbar, qayda menga so’z berding,
Aqlimni olib qanday, ko’nglimga qachon kirding,
Sen lafzi karomatmi yo subhi sabo erding?
Kel, o’zni namoyon qil, pinhona meni ko’rding,
Bir lahza qanoat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.
Kunduz kuni oftobim ko’nglimga qadam qo’ymas,
Tunda to’lin oyimni abr otli sitam qo’ymas.
Gohi ezilib yomg’ir, egnimni shinam qo’ymas,
Erkin nafas olmoqqa yo’llarda alam qo’ymas,
O’yimda halovat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.
Yo’lda adashib yurgan bola kabidir holim,
Majnun dilidan chiqqan nola kabidir holim,
Arqonga madad bo’lmas tola kabidir holim,
Ohu ko’zida bitgan vola kabidir holim,
Umidi saodat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.
Tunni uladim tongga vaslingga to’yarman deb,
G’am lashkarini sabrim tig’i-la so’yarman deb,
So’ng qatli g’amim qonin ko’z yosh-la yuvarman deb,
G’urbatdagi boshimni tizzangga qo’yarman deb,
Umrimda farog’at yo’q, sen bo’lmasang yonimda.
Balki toparman yozda, ehtimol qish topmasam,
Ko’nglim o’rniga tushmas, erta yo kech topmasam.
Ostin-ustun qilurman dunyoni hech topmasam,
Qalamim qilich bo’lar, agar qilich topmasam,
Umrimda davomat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.
O’lkamga bahor yanglig’ uyg’onish olib kelgan,
Hikmat to’la daryoday hayratga solib kelgan,
Iqbol yo’li ko’p og’ir, mayliga, tolib kelgan,
Ma’ruf kabi to’ylarga nog’ora chalib kelgan,
She’rimda harorat yo’q, sen bo’lmasang yonimda.
#tahlil
Yaxshi yozay desangiz
“Juda”, “o‘ta” degan so‘zni ishlatmoqchi bo‘lganingizda uning o‘rniga har safar “haddan ortiq” yoki “behad” iborasini qo‘llang. Shunda muharrir bu so‘zlarni o‘chirib tashlaydi va yozganlaringiz binoyiday bo‘ladi-qoladi.
Xulosa: ortiqcha so‘zlarsiz, aniq, ravon, ta’sirli yozing. O‘rinsiz hayajon yoki yasama mubolag‘a sun’iylikka olib keladi.
Sizga birov qalamhaqi taklif qilmagunicha, tekinga yozavering.
Ijodkor bo‘lishni chin yurakdan istang, o‘z ishingizni seving. Faqat pul yo shon-shuhrat uchun yozsangiz, yaxshi natijaga erisha olmaysiz. Bundan hafsalangiz pir bo‘ladi va ijoddan tezda ko‘nglingiz qoladi.
Maqola yozish uchun eng qulay fursat – uni o‘zingiz uchun yozib tugatgan paytingizdir. Faqat shundagina asli nima demoqchi ekaningizni aniq-tiniq anglaysiz.
Mark Tven (1835 – 1910) sarguzasht romanlaridan tashqari, o‘tkir hajvi, hikmatli so‘zlari bilan ham mashhur. Dunyo e’tirof etgan adibning boshlovchi yozuvchilarga bergan maslahatlari, shubhasiz, maktab vazifasini o‘taydi.
Orif Tolib tayyorladi.
Batafsil
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
YANGI KITOBLAR TAQDIMOTI
🔹 2024-yil 9-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Ko‘ksimni kuydirgan alanga", deb nomlangan adabiy-badiiy, ma’naviy va ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhammad Ismoilning “Boshimdagi tojim — onam" va shoir ijodi haqida zamondoshlari fikrlari jamlangan “Ochiq osmon ostida" kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Muhammad Ismoil ijodidagi rangin tuyg‘ularni, yuragidan qaynab chiqqan ilhomning, uning tuyg‘ulari samimiyligini, kitobxonni kechinmalar dunyosiga olib kirish kuchiga ega ekanini e’tirof etdi.
♻️ BATAFSIL
Maʼrifat ulashib
Shu yilning 9-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yozuvchilar hamda talaba-yoshlar o’rtasida uchrashuvdan videolavha.
🗣 Uchrashuvda G'ayrat Majidov - shoir, yozuvchi, davlat arbobi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari;
Gulbahor Saidg‘aniyeva - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi;
Suhrob Ziyo - shoir, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi ishtirok etdilar.
https://uza.uz/oz/posts/shodmonqul-salom-qalbi-bor-inson-vatanga-xiyonat-qilmaydi-video_639915
Читать полностью…#nurafshon tv
📺 "Yangi kunda yana birgamiz"
Shoir G‘ayrat Majid bilan bo‘lgan suhbatni tomosha qiling.
"Qaqnus" koʻrsatuvining keyingi sonida taniqli shoir Nodir Jonuzoq ijodi bilan tanishing
Yakshanba, 20:30
O'tkazib yubormang!
Farg‘onada adabiyot kunlari
“O‘zbekiston” radiokanali "Yaxshi kayfiyat" dasturi
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Sen meni ishontir
Sen meni ishontir muhabbatingga,
Degilki, sen uchun yaraldim, illo.
Yig'‘lab iltijo qil: munis dunyoda
Sening diydoringdan bo‘lmayin judo.
Sen meni ishontir ertaklaringga,
Manguga ketishing bilsam-da atay.
Degilki, bir tola sochim qoldirgum,
Kuydirgin, shu lahza yoningga qaytay.
Sen meni ishontir qayg‘ularingga,
Garchi zaqqum ular, sen degilki, bol-
To‘yib ichaversang, dardlaring ketar,
Faqat taqdiringda qolar bir savol.
Sen meni ishontir sog‘inchlaringga,
Toki men ishonay: sog‘inchlari haq.
Ona o‘limiga ishonmay, go‘rni
Qayta qaziyotgan yetimday ilhaq.
Sen meni ishontir...
Halima Ahmedova
Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz
Baxtli onasiman farzandlarimning
Yana qo‘llarimdan ushladi orzu,
Ko‘ksimga lahza cho‘g‘ tashladi orzu,
Porloq manzillarga boshladi orzu,
Baxtli onasiman farzandlarimning.
Yorijon dilimga dil payvandladi,
Yil o‘tib, ko‘paydi bandu bandlarim,
Bo‘ylari bo‘yimday asal, qandlarim,
Baxtli onasiman dilbandlarimning.
Osoyishta yurtda orzular mo‘ldir,
Baxtga yetaklovchi munavvar yo‘ldir,
Bu yo‘lda yelkadosh shu xalq, shu eldir,
Eldan ayirmasin band-bandlarimni,
Baxtli onasiman dilbandlarimning.
Nilufar Allamuratova
https://uza.uz/oz/posts/xolmuhammad-karimiyning-gordagi-omonat-nomli-kitobi-nashr-etildi_642886
Читать полностью…O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ishtirok etish uchun Moskva shahriga qilgan amaliy tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
“Vnukovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov hamda boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Yangi tarjima kitob
SO‘Z HOQONI
Ozarbayjonlik yozuvchi So‘na Abbosali qizi qalamiga mansub ushbu kitob, XII arsda yashab ijod etgan fors mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri – Xoqoniy Shirvoniy hayoti hamda o‘sha davrdagi Shirvon, Tabriz, Xuroson kabi o‘lkalarda kechgan ijtimoiy-siyosiy voqealar haqida hikoya qiladi.
15–16 yoshlarida sheʼr yozishdagi mahoratini namoyon qila boshlagan nodir isteʼdod sohibining dovrug‘i uni Abul Aʼlo Ganjaviy tomonidan shirvonshohlar saroyiga boshlab boradi.
Umuman kitobda shoirning boshiga tushgan musibatlar, safar va ziyorat yo‘lida kechgan voqealar, ayriliqlar kuyida uning ichki kechinmalari yozuvchining o‘ziga xos falsafasi hamda jonli tasvirlar orqali mohirona qalamga olingan.
Kitobni ozar tilidan o‘zbek tiliga shoira, tarjimon Dilorom Abdurahmon qizi o‘girdi.
Masʼul muharrir: Bayram Ali
Nashriyot: “Nubo nashr”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi tarjima kitob
TURKIYADA CHOP QILINDI
Turkiyaning Antaliya shahripdagi “Ubuntu” nashriyotida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Muhabbat Safoning "Quyoshga yo‘l" sarlavhali kitobi chop qilindi. Kitobga ijodkorning sara sheʼr, esse va hikoyalari kiritilgan.
Tarjimonlar – Parizod Rustamova va Shermurod Subhon. Muharrir – Nasiba Yusupova. Kitob taqdimoti shu yilning 19-20 oktyabr kunlari Antaliyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
6-oktyabr kuni "Madaniyat va maʼrifat" telekanali orqali efirga berilgan "Olamning qalbi" ko‘rsatuvini eʼtiboringizga havola qilyapmiz. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi va tarjimon Risolat Haydarova mehmon bo‘lgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O'zJOKUda "Ma'rifat ulashib" loyihasi
2024-yilning 8-oktabr kuni "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Abdunabi Boyqo‘ziyev, Fozil Farhod O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida mehmon bo‘ldi.
Adiblar bilan bo‘lgan ushbu uchrashuv ko'plab iqtidorli yoshlarga qimmatli maktab bo'ldi.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi davom etadi
2024-yil 8-oktyabr kuni Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filialida, shuningdek, Sirg‘ali tumanidagi 277- va 284-o‘rta maktablarda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Risolat Haydarova, Nikolay Ilin va Adhambek Alimbekov bilan ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar adabiyot, mamlakatimizda ijod ahliga ko‘rsatilayotgan e’tibor, kitobxonlik haqida so‘zlab berishdi. Do‘stona, samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirlarda Risolat Haydarova va Nikolay Ilin o‘z asarlaridan o‘qib berishdi. Talaba va o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi. O‘quvchi va talabalar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan keyin ularga kitoblar sovg‘a qilindi.
Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz
AYOL BAXTLI BO‘LSA...
Ayol baxtli bo‘lsa, umri uzayar,
Hayoti farovon, ko‘ngli munavvar.
Oftobdek mehrini beminnat yoyar,
Ona qalbi ila olami sarvar.
Ayol baxtli bo‘lsa, baxtlidir yori,
Ona - oilaning ulkan ustuni.
Umrbod yorining umid bahori,
Mazmunga boy bo‘lar har o‘tgan kuni.
Farzandlar kuch olar mehrga qonib,
Niholdek o‘sadi ko‘zin o‘ngida.
Onasin bag‘rida har tong uyg‘onib,
Tog‘ kabi yuksalar umrin so‘nggida.
Adolatli jamiyatning ayoli
Faqat ilmi bilan taxtli bo‘ladi.
O‘zbekning qizlari yorga vafoli,
Mehnat orqasidan baxtli bo‘ladi.
Tadbirkor deysizmi, senator, rahbar,
Burchini bajarar, vijdonan halol.
Kamtarin, kamsuqum, gulyuzli lobar,
Qay soha bo‘lmasin faoldir ayol.
Bibixonim kabi shijoati bor,
Intilsa, zabt etmoq kuchiga qodir.
U suygan ko‘ngilning bog‘lari bahor,
Bir gulning hajrida ne oshiq zordir.
Momolardan o‘tgan buyuk jasorat,
Fidoyi bo‘lolmas yurtiga har kim.
Bugun ayollarda asl mahorat,
Biri fermer bo‘lsa, birisi hokim.
Imkoni cheksizdir xotin-qizlarning
Onalar ulug‘dir yorug‘ jahonda.
Parvozi yuksakdir oydin yuzlarning
Qadri baland erur O‘zbekistonda.
Zuhra Begim
QORAQALPOQ QASIDASI
Buyuk tamaddunga beshikdir Turon,
Ko‘rdim o‘zni bir on tarix qaʼrida.
Ellikta hikmatni asragan qo‘rg‘on,-
Og‘ir o‘yga toldim Ellikqalʼada.
Qo‘yqirilgan qalʼa, Guldursun qalʼa,
Inson zakosining ajib siyrati.
Qirqqiz qalʼalar-u, Qo‘rg‘oshin qalʼa,
Ayozqalʼalarda o‘tmish suvrati.
Qoratog‘ tizmasi bo‘ylab tutashgan
Toshlarning ko‘zida armonni ko‘rdim.
Sulton Uvays tog‘i bilan dillashgan
Chog‘imda o‘tgan ul zamonni ko‘rdim.
Vafoli oshiqday qumning bag‘rini
Shamolga bermasdan quchar saksovul.
Ildizlari kesar to‘fon qahrini,
Barxanlarni aslo qo‘rqitmas dovul.
Hayot bordir cho‘lning har zarrasida,
Sahroning qaʼridan taralar qo‘shiq.
Bepoyon dashtlarning tashna dilida
Ming yillardan buyon yaralar qo‘shiq.
Berdaq, Ajiniyoz – dildagi surur,
Millatning iftixor to‘la kitobi.
Amudaryo uzra yangraydi mag‘rur
Ibroyim og‘aning o‘tli xitobi.
Ustoz To‘lapbergan Qaipberganning
Bo‘g‘zini to‘ldirgan shu Qoraqalpoq.
Dilini mashʼalday yoqib berganning
Ruhi barhayotdir, u mangu uyg‘oq.
Kengesboy og‘aning otash so‘zida
Qoraqalpoq degan bir dilni ko‘rdim.
Xalila og‘aning vazmin ko‘zida
Shoirlarin sevgan bir elni ko‘rdim.
Sahrolar bag‘rini kuydirar hamon,
Otajon torini yig‘latgan dardlar.
Hasratlar domidan chiqqaysan omon,
Tinglasang, yurakdan ketgaydir gardlar.
Cho‘lning o‘rtasida tovlanib turgan
Aqchako‘l - shoirlar oshiqqan makon.
Uning sohilida yonib so‘z aytgan
Abdulla Orifda bormikan armon?
Muhammad Yusuf-u Iqbol Mirzoni
Mavjlar jilosida ko‘rgayman zohir.
Kaftlarimga tutib bergay dunyoni
Agar sheʼr o‘qisa ul Mahmud Toir.
Daraxtlar tushiga hatto kirmagan,
Qaqragan sahro-yu cho‘l edi Mo‘ynoq.
Quchog‘ida yaproq o‘ynab-kulmagan,
Bog‘larning bo‘yiga zor edi tuproq.
Novdalar bo‘y cho‘zar mag‘rur ko‘k tomon,
Yashil makon bo‘ldi qaqragan Mo‘ynoq.
Umidvor qushlarni yo‘llaydi osmon,
Salom, bog‘u bo‘ston, jon Qoraqalpoq!
Asli oson emas ko‘zingga boqib,
Taʼrifingga loyiq biror so‘z aytmoq.
Mehrimni poyingda gulxanday yoqib,
Shunda ham urindim bir, Qoraqalpoq!
Lutf aylasang, ko‘rdim o‘tli nazmning
Yuragimga tutash kalomlarini.
Keldim, qabul ayla jon Xorazmning
Keltirdim otashin salomlarini!
Maʼrifat chirog‘i o‘chmas toabad,
Ey, ilm mayog‘i, mangu yonib tur.
Sen bo‘lsang, jaholat chekingay abad,
Qalʼalar bag‘rida uyg‘oq tafakkur!
Sayyora Samandar,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Yangi kitob
O‘N DOLLAR
Yoqub Umaro‘g‘li turk dunyosi adabiyoti va adabiy aloqalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan adib, olim va jamoat arbobi. Turk tilida ijod qilgan atoqli yozuvchi o‘zbek adiblari bilan yaqin do‘st va faol ijodiy hamkor edi.
Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan “Mumtoz sheʼriyat” xalqaro festivali va TurkSOY Yozarlar birligining birinchi yig‘ilishida qatnashib, adabiy maʼruza qilgani esimizda. Bu dilbar inson bilan suhbatlashish hamisha mazmunli va maroqli bo‘lgan.
Yozuvchining asarlari boshqa turkiy tillar qatori o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan hamda chop etilgan. “O‘n dollar” deb nomlangan quyidagi kitobga uning “Kechki sayr”, “Ikki chinor”, “Qand” kabi o‘ndan ortiq hikoyalari kiritilgan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarannum etilgan ushbu asarlar kitobxonlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Tarjimon: Boboxon Muhammad Sharif
Masʼul muharrir: Rustam Musurmon
Nashriyot: “Adabiyot”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Axborot 24 | A.Avloniy nomidagi milliy mahorat instituti binosiga press-tur
#8oct #uzbekiston24
❗️
Muso Toshmuhammad o‘g‘li nega o‘ziga Oybek taxallusini tanlagan?
📱 Batafsil: jadid-media.uz/abadiy-yashamoq-kulmoq-istayman
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
❗️
FARG‘ONADA "MA'RIFAT ULASHIB"
"Jadid" gazetasi bosh muharriri, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, "Jadid" gazetasi bo‘lim mudiri, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Shavkat Do‘stmuhammad va Respublika "Qalqon" jamoatchilik guruhi rahbari, uyushma a'zosi Anvar Mirzolar "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti va Farg‘onadagi O‘zbekiston-Koreya xalqaro universitetlarida hamda ularga biriktirilgan maktablarda ijodiy uchrashuvlarda bo‘lishdi.
Uchrashuvlar davomida adabiy suhbatlar bilan bir qatorda Siyosiy qatag‘on qurbonlari, jadidlik harakati namoyandalarining ayanchli taqdiri, arxivlardan topilgan, "Jadid" gazetasi va Jadid-media.uz saytida e'lon qilib borilayotgan ma'rifatparvar oydinlarga taalluqli muhim hujjatlar, keng ahamiyatga ega maqolalar xususida ham so‘z bordi.
✅Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining navbatdagi sammitida ishtirok etdi.
Читать полностью…