Taʼziya
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va keng sonli aʼzolari taniqli bolalar shoiri, uyushma aʼzosi O‘ta Berdiyor vafoti munosabati bilan adibning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#tavsiya
Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug‘ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak.
Lev Tolstoy
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Taklifnoma
22-noyabr kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining katta majlislar zalida Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, uyushma aʼzosi Normurod Norqobilovning “Yuzma-yuz”deb nomlangan adabiy-badiiy kecha hamda "Qoyalar ham yig‘laydi”, “Tog‘dagi yolg‘iz odam”, “Ajal chorlagan kun”, “Dasht-u dalalarda” nomli qissa va romanlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Taklifnoma
22-noyabr kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyida "Xiyobon oqshomlari" sheʼriyat kechasi bo‘lib o‘tadi. Unda "Yangi sheʼr sahnasi" dasturi ham o‘tkaziladi. Kecha mehmonlari shoirlar - Gulrux Xudoyorova va Jaloliddin Said. Mushoira davomida uch nafar eng yaxshi sheʼr muallifiga sovg‘alar topshiriladi.
Barchangizni sheʼriyat soatida kutamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
"Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan 9 nafar yosh ijodkorlarning birinchi kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
"Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan 9 nafar yosh ijodkorlarning birinchi kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
VATAN SURATI
Baʼzan kitoblar ham aldaydi, do‘stim,
Fikrlar tumtaroq, so‘zlar yaltiroq…
Sen Vatan suratin ko‘rmoqchi bo‘lsang,
Bobolarning o‘ychan ko‘zlariga boq.
Bu ko‘zlarda millat tarixi bordir,
Bu ko‘zlarda yashar xalqning qismati.
Yuz ellik yil sendan yashirilgan sir –
Oqsoch Turkistonning muqaddas xati.
Er bo‘lib ot mingan jasur To‘maris,
Qurbonjon dodholar yashar bu ko‘zda.
Hazrat Sohibqiron, Navoiy, Feruz,
Boburday podsholar yashar bu ko‘zda.
Bu ko‘zlarda chaqnar Cho‘lpon yulduzi,
Qodiriy bitgan cho‘ng tarix aksi bor.
Ibrohim Mo‘minning bo‘g‘ilgan sasi,
Shu ko‘z qarog‘idan hayqirar takror.
Momolarning o‘ychan ko‘zlariga boq,
Sen unda minglarning dardin ko‘rasan.
Urushlar, qirg‘inlar, qatag‘onlarning
Azobli kunlarning gardin ko‘rasan.
Bu teran nigohda qorishib ketgan
Xalqning dardu g‘ami, quvonchu baxti.
Ildizlari zamin qaʼriga yetgan,
Bu ko‘zlarda o‘sar Iymon daraxti.
Vatan – tarix asli, tarix – Vatandir
Agar egilmasin desang shu bayroq.
Shukrona aytgin-da bugungi kunga,
Keksalarning mag‘rur ko‘zlariga boq.
Ruhingga iliq bir nur to‘lar shunda,
Qadding ham bayroqday tik bo‘lar shunda!
Abdunabi Hamro
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi bilan tanishdi.
Читать полностью…Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qo‘ymoqda
Prezident.uz
Yangi kitob
G‘AROYIB SHAMOL
Muallif Naima Anvarovaning ushbu kitobidani o‘rin olgan "G‘aroyib shamol" nomli fantastik hikoyasida dars qilishni yoqtirmaydigan bolakaylarning hayoti tasvirlanadi. Shuningdek, unda "Sayyoralar suhbati", "bir so‘zli bo‘ri", "Ayiq bilan tulki" kabi qator ertaklar ham jam bo‘lgan.
O‘qing va zavq oling.
Muharrir: Nazokat Nazarova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Axborot 24 | Senatning yangi tarkibdagi birinchi majlisi o‘tkazildi
#20nov #uzbekiston24
Taklifnoma
21-noyabr kuni soat 15:00da Yozuvchilar uyushmasida "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida 9 nafar yosh ijodkorlarning birinchi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘gli tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlanаdi
Ajiniyoz
Ajiniyoz, sen istagan zamon keldi,
Alyorlaring yillar ichra omon keldi.
Noming abad eʼzoz topdi el ichida,
Bulbulzabon shoirlarga davron keldi.
Qoraqalpoq-o‘zbek yo‘li mangulikdir,
Yorug‘-yorug‘ maqsadlarga yetgulikdir.
Qardoshlikka, do‘stlikka jon fido aylab,
Ne g‘ov bo‘lsa, birga yengib o‘tgulikdir.
Ajiniyoz, sen istagan zamon keldi,
Gulshaningda g‘unchalaring xandon keldi.
Hayotsanki o‘zbegimning yuragida,
Hikmatlaring dilga, tilga har on keldi.
Har bayoting xazinasi ming bir hikmat,
Ko‘ngillarga sochib turar nuri ziynat.
Ajiniyoz, noming boqiy yodimizda,
O‘zbegimdan senga bo‘lgay mangu hurmat.
Ajiniyoz, sen istagan zamon keldi.
Shoira Shams,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
❗️
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat opera va balet teatrida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir haqida batafsil videoda.
✅Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida atoqli shoir Chustiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tadbir efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Mening birinchi kitobim
Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasida "Mening birinchi kitobim" loyiha doirasida respublikamizdagi ijod maktablarida tahsil olayotgan yosh qalamkashlarning 9 nafarini ilk kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid olib berdi. Unda Ijod maktablari o‘quvchilarining ijodiy ishlarini doimiy chop etish tizimini yo‘lga qo‘yishga va yosh ijodkorlarni kashf etishga eʼtibor qaratildi. O‘quvchilarning ijodiy ishlari Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Mening birinchi kitobim" loyihasida “Adabiyot” nashriyotida 500 nusxadan nashr qilindi. Mazkur jarayonga Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid badiiy rahbar, Botirjon Ergashev masʼul muharrirlik qilgan.
- Xabaringiz bor, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Respublika yosh ijodkorlariningg Zomin seminarida 2024-yildan boshlab mamlakatimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan ijod maktablari o‘quvchilari ham ishtirok etishmoqda. Atoqli adiblar nomi bilan atalib, badiiy ijodga ahamiyat berayotgan mazkur o‘quv dargohlarida ko‘plab iqtidorli yoshlar yetishib chiqmoqda, deya taʼkidladi yozuvchi Maʼmura Zohidova.
Ijod maktablarining eng isteʼdodli o‘quvchilari ijodi kitob holida chop qilindi va taqdimotda o‘qirmanlarga havola etildi. Xususan, Nigina Rustamboyevaning "Baxt gullari", Gulsevar Umrzoqovaning “Yomg‘ir”, Zulhayo Mingboyevaning “Istak”, Nurdana Biysenbayevaning "Qo‘shiq ham gurrinler", Rohila Ro‘zimannopovaning "Barglar nidosi", Mohira Diniqulovaning "Yurakka maktub", Marjona Eshqulovaning “Iftixor”, Odina Rustamjonovaning “Orzularim”, Muxlisaxon Haydarovaning "Moviy orzular" kabi kitoblardir.
Ushbu kitoblar asosan nazm janrida bo‘lib, nashrga Erkinjon Hojimurodov, Xulkar Sherzodova, Maʼmura Zohidova, Zulfiya Satbayeva, Iroda Rahmonaliyeva tayyorlagan.
Tadbirda mualliflarga birinchi kitoblari va qalam haqqi topshirildi. Xonandalar va ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari namoyish qilindi.
Zulayho Ahmadjonova
"Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan 9 nafar yosh ijodkorlarning birinchi kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
#olis_yaqin_ovozlar
★ ★ ★
Agar nurman, agar oftob,
Va yo yog‘du va yo mohtob,
Na bo‘lsam ham manim yakto
Madorim bo‘l…
Agar gulgun, agar durkun,
Va yo so‘lg‘in va yo surgun,
Na bo‘lsam ham, sen ey ko‘rkim,
Harorim bo‘l…
Agar qushman, agar xushman,
Va yo o‘ngman va yo tushman,
Na bo‘lsam ham dilim xushlar
Qarorim bo‘l…
Agar tergar, agar sergap,
Va yo ko‘ksing tilar mergan…
Na bo‘lsam ham faqat senga
Bororim bo‘l…
Iroda Rahmonaliyeva
@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz
“Kitob dunyosi” gazetasining 2024-yil 26-sentabrdagi 9-10-sonida shoir Yo‘ldosh Eshbek bilan suhbat e’lon qilindi. Suhbatda adabiyotning inson kamolotidagi o‘rni, adib va jamiyat, tasavvuf va nafs tarbiyasi, ijodkorning ijodiy laboratoriyasi, so‘z salmog‘i, davrimiz adiblari ijodidagi fikriy kashfiyot kabi masalalar o‘ziga xos uslubda aks etgan.
Ushbu suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz.
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida atoqli shoir Chustiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tadbir efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
#Audiomaqola
“Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Ayt, sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan” nomli maqolaning audio variantini tinglashingiz mumkin.
https://www.yuz.uz
“Ajiniyoz” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida o‘zbek va qoraqalpoq elining faxri, ma’rifatparvar shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining hayoti va ijodi aks etgan “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan “Qaraqalpaqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
Ssenariy muallifi Muratbay Nizanov, sahnalashtiruvchi rejissyor Qudrat Otajonov.
Prezident 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi
Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/25647
Axborot 24 | Ajiniyoz Qo‘siboy o‘gli tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi va film taqdimoti
#20nov #uzbekiston24
Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi manaviy ma'rifiy tadbiridan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.