Axborot 24 | Ajiniyoz Qo‘siboy o‘gli tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi va film taqdimoti
#20nov #uzbekiston24
Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi manaviy ma'rifiy tadbiridan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
#iqtibos
Kitob yoki jurnalni internet sahifalaridan ham oʻqisa boʻladi. Ammo internetda kitobga xos hid yoʻq, sahifalarini varaqlashdek huzur yoʻq. Eng asosiysi, uni yostigʻing tagiga qoʻyib boʻlmaydi...
Togʻay Murod
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbiridan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
https://www.yuz.uz
VATAN BAYROGʻI
Ko‘klamdayin sahiy, ochiqqo‘l,
Osmonday sof, suvday beg‘ubor.
Oyi tanho, yulduzlari mo‘l,
Ko‘ksimizni yashnatgan tumor.
Nigohlarim quvnaydi har vaqt,
Ozodligning ramziga qarab.
O‘zbekligim o‘zi ulug‘ baxt,
Bayrog‘imdan tuyaman sharaf.
Yaratganga shukrona aytib,
Sajda uchun egilganda bosh.
Balqib chiqar tiyib bo‘lmaydi,
Yurakdan she’r, ko‘zlarimdan yosh!
Tomirlarda mavjlanadi qon,
Vatan deya ko‘ksimda surur.
Yuksaklarda hilpiraydi shon,
Bo‘yimdanda balandroq g‘urur!
Niyatullo Elbek o‘g‘li
Prezident Shavkat Mirziyoyev COP-29da: “Yashil” energetikani rivojlantirish bo‘yicha bitim, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, Milliy pavilyon va ozarbayjonlik shoir bilan uchrashuv
Prezident.uz
VATAN
Mening bobolarim yovqur bo‘lganlar,
Boshni baland tutmoq qutlug‘ saodat.
Ortda qolmaganlar, uchqur bo‘lganlar,
Vijdon-la yashashni qilganlar odat.
Yegan har luqmasi halol, shubhasiz,
O‘zganing haqidan doim qilgan or.
Ilingani bo‘lgan shirin kalom, so‘z,
Va ezgu ishlarga bergan ixtiyor.
Qasam, o‘rtadadir sharafim, sha’nim,
Jahongir zotlarga bahaqqi ixlos.
Agar tanti kelsa, mard kelsa g‘anim,
Gunohidan kechgan ikkilanmay, rost.
Qayon borgan bo‘lsa mening ajdodim,
Hamisha porlagan xurshidi irfon.
Qurmoq, tuzmoq degan umrim, hayotim,
Yurtni obod etgan, elni farovon.
Hazrat bobolarim, iymon tufayli
Ko‘nglida barq urgan sidqu sadoqat.
Hasad, adovatga bo‘lmagan mayli,
Aslo xiyonatga qilmagan toqat.
Boshiga tushsa ham tashvish, malomat,
Ko‘tarmagan haqqa qarshi tig‘ini.
Adolat yalovin ko‘targan faqat,
Mudom yuksak tutgan tinchlik tug‘ini.
O‘zbekiston – Vatan, ey ko‘ngil uyg‘on,
Yod et ajdodlaring, yoqqin chirog‘in.
Mangu zafaringga tan bersin jahon,
Ko‘tarib yashagin Vatan bayrog‘in.
G‘ayrat Majid
O‘ZBEKISTON BAYROG‘I
Senda ko‘m-ko‘k osmonimning rangi bor,
Erk yo‘lida qonlar tomgan jangi bor,
Nurdek toza muhabbatning tongi bor!
Shu yurtdadir bulbullarning sayrog‘i –
Hilpirayver, O‘zbekiston bayrog‘i!
Jasur cho‘pon qo‘lidagi tayog‘im –
Shiroqlarga yo‘l ko‘rsatgan mayog‘im;
Sahroda nish urgan maysa, qiyog‘im...
Bu el asli himmatga eng boyrog‘i –
Hilpirayver, O‘zbekiston bayrog‘i!
Mujassamdir senda vodiy, dengizlar,
Manguberdi labin bosgan chin izlar;
Bor vujudin vahm bosib Chingizlar,
Ozod bo‘ldi hur o‘lkaning har yog‘i –
Hilpirayver, O‘zbekiston bayrog‘i!
Amir Temur baland tutgan yalovsan,
Har mushkulning chorasiga qalovsan,
Ufqlarda yolqinlangan olovsan!
Dilda Vatan madhiyasin yangrog‘i –
Hilpirayver, O‘zbekiston bayrog‘i!
Baxt ulg‘ayar sen qadalgan joyingda,
Ne-ne maʼno yulduzingda, oyingda!
Bugun men ham tiz cho‘karman poyingda...
Sen o‘zingsan tafakkurning qayrog‘i –
Hilpirayver, O‘zbekiston bayrog‘i!
Noriniso Qosimova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Axborot 24 | «Abdulla Qodiriy ijodi va yangi o`zbek adabiyoti» mavzusidagi anjuman
#18nov #uzbekiston24
O‘ZBEKISTON BAYROG‘I
Ko‘ngilda ochilar Vatan degan bog‘,
Yurakda yuksalar iftixor tog‘i –
Bashar osmonida hilpiragan chog‘
Ona O‘zbekiston bayrog‘i.
Ko'm-ko‘k osmon, oq yo‘l, yam-yashil Vatan,
Yangi chiqqan oy va o‘n ikki yulduz,
Qizil chiziq – millat tomirida qon –
Chambarchas bog‘langan yil, oy, tun-kunduz.
Davlat bayrog‘i bu – el-yurt timsoli,
Unda Ulug‘bekning yulduzlari bor.
Beruniy, al-Xorazmiyning misoli,
Buyuk tafakkurning ildizlari bor.
Botir suvoriylar olib chopgan tug‘,
Yovqur bobolarim ko‘targan yalov.
Amir Temur tuzgan saltanat – yo‘ruq,
Muqanna yondirgan mashʼala, olov.
Buyuk millat uchun, ulug‘ xalq uchun
Baland bo‘lib kelgan hamisha bayroq.
Istiqlol nuridan qamashdi ochun,
O‘zbekning yuksalgan bayrog‘iga boq.
Rustam MUSURMON,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil bo‘ldi
Ijtimoiy rolik Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti tomonidan tayyorlangan.
❗️
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat opera va balet teatrida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir haqida batafsil videoda.
✅Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi manaviy ma'rifiy tadbiridan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Ey ulug‘ bayroq
To‘maris jangohga solganida ot,
Tug‘ga aylantirdi boshda ro‘molin.
Ota yurt oriyat qalqoni bo‘lib,
Jahonga ko‘rgizdi g‘animning holin.
Oy to‘lgan kechada qonga bo‘yalib,
Dushmanni sahroda yengganda Shiroq,
Qilich izi tushgan yaktak parchasin
To‘zon uchirganda har gal yuksakroq,
Tunni tuta -tuta bir dard, bir to‘lg‘oq,
Hiloldek tug‘ilding, ey ulug‘ bayroq.
Turk -sir yerlarida urug‘in yig‘ib,
Millatin asradi donishmand Hoqon.
Ulug‘ qoyatoshlar bag‘rini o‘yib
Bir tarix yozildi - muhtasham doston.
To‘rt yondan g‘animlar bosqinin yanchib,
Sarkarda To‘nyuquq hayqirganda mard.
G‘olib askarlarning harb qo‘shig‘idan,
Larzaga kelganda samo - yetti qat.
Zafar naʼshasida yangrading har choq,
Yuksalding, yuksalding, ey ona bayroq.
Seni Jaloliddin ko‘tardi baland,
Ko‘ksida asradi Najmiddin Kubro.
Temur lashkarining quvvati harchand
Oshdi qilganida ko‘zga to‘tiyo.
Samarqand, Buxoro, Xiva ko‘ksida
Moviy gumbazlarning rangiga do‘nding.
Istiqlol baxsh etgan oppoq tonglarda
Oy-u yulduz bo‘lib toleʼga qo‘nding.
Asl baxtdir sening borliging nechog‘,
Bor bo‘lgin, bor bo‘lgin, ey ulug‘ bayroq
Askarlik xizmatin boshlar har o‘g‘lon,
Qasamyod qiladi qarshingda cho‘kib.
Maydonda muzaffar bo‘lganda polvon,
Ko‘zga yosh oladi bayrog‘in o‘pib.
Avlodlar shuurin yoritgan ziyo,
Iqbol ramzidirsan, ozodlik ramzi.
Mangulik g‘urursan, nomussan, orsan,
Dunyoda millatning hayotlik ramzi.
Vatan osmonida ilohiy chiroq,
Masnadi sarbaland, ey ulug‘ bayroq!
Shoira Shams
18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Surxondaryoda o‘tkazilgan bayram tadbiridan suratlar.
Читать полностью…18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbiridan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
❗️
⚡️Filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov bilan adabiyot, davr, jadidlik harakati va gazetalar nashri xususida suhbat
📱 To‘liq video:
https://youtu.be/X9mdU8Om3ns
✅Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
no comment | 18 - noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun
#18nov #uzbekiston24
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini tayinlash to‘g‘risida"gi Farmoni
Prezident.uz
O‘ZI QUTLUG‘ AJINIYOZ,
SO‘ZI QUTLUG‘ AJINIYOZ.
Olis sahro qo‘ynida qabr,
Ziynatlari savobu sabr,
Ey Allohim! Yog‘dirgil ajr,
Bulkim, shoir Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Xalqi uchun jonin niyoz,
Aylagan ul borin niyoz,
Duolaru zorin niyoz.
Shulkim shoir Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Farishtalar qo‘rib yotar,
Tuprog‘i ham nur taratar,
Ajib ifor dil yayratar
Nuri ravzon Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Buyuk ustoz, piri komil,
Ulug‘lardan ulug‘ homil,
El-yurtiga qo‘rg‘on sohil,
Cheksiz ummon Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Yassaviydek bobomdir ul
Koni hikmat- kalomdir ul
Yaratgandan inʼomdir ul
Husni davron Ajiniyoz!
Ajiniyoz, Ajiniyoz.
Kunlar, oylar, yillar o‘tar,
Hamon uyg‘oq, bedor yotar,
Jim kuzatib, jim uyg‘otar
Mangu uyg‘oq Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Turkiy elning fazilatin -
Ilmi odob zeb-ziynatin,
Dildan kuylab bor qimmatin
Etdi doston Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Madrasalar ko‘rgan shoir,
Qurʼon ilmin ichgan shoir,
Eʼtiqodda ulkan shoir,
Daho shoir Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Dilga joylab Alloh ishqin,
Navoiycha navo mashqin.
Jayxundayin toshqin-toshqin
Daryo shoir Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Qo‘llarida muzaffar tug‘,
Qalbi otash, qalbi o‘tlug‘,
So‘zi qutlug‘, o‘zi qutlug‘
Qutlug‘ shoir Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz !
Bahra oling har pandidan,
Ilmi g‘aybning payvandidan,
Har bir imlo, har bandidan
Hikmat yog‘ar Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Haqqa yetib faryodlari,
Bukun hosil murodlari,
Uyg‘onib xalq bunyodlari,
Shodon bo‘ldi Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz !
Ushaldi bor armonlari,
Yashnab yurtin bo‘stonlari,
Obod bo‘lib oshiyonlari
Obod bo‘ldi Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz !
O‘tdi qancha yaxshi-yomon,
Sinov otlig‘ ko‘p imtihon,
Shukr, keldi doril zamon,
Qutlug‘ bo‘lsin Ajiniyoz,
Ajiniyoz, Ajiniyoz.!
Bu kun to‘ylar to‘ylaringiz,
Jahon ko‘rib bo‘ylaringiz,
Kuylanmoqda kuylaringiz
Ulug‘ bobom Ajiniyoz,
Qutlug‘ bobom Ajiniyoz.!!!
Munojotxon Nurmatova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
#Millat_bayrogʼi
🇺🇿Davlatimiz bayrog'ida buyuk ajdodlarimizning aqlu-zakosi, millat iftixori, yurtimizning kelajak taraqqiyoti mujassam.
Rassom Elnur Egamov Davlat bayrog'imizga o'ziga xos ramziy timsollar ila yondashgan san'at asarini siz ham tomosha qiling.
📌 O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, adib Abdunabi Boyqo‘ziyev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlanadi.
🎤Respondent — uning shogirdi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Quvonchbek Mamiraliyev.
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 va 103'1da soat har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.
📆Muallif — Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
ANDIJON AXBOROTI | SHOIR ABDUNABI BOYQO‘ZIYEV 70 YOSHDA 15.11.2024 YIL
Telegram | AndijonVTRK">Youtube | Instagram | Facebook
EL-YURTNING UMIDLARIGA OQ YO‘L TILANDI
Shu yilning 15-16-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilda “Jamg‘arma stipendiati” deb e’tirof etilgan stipendiatlari, jamg‘armaning bitiruvchilari hamda xorijiy vatandoshlar ishtirokida “Istiqbolli yoshlarni xorijda tayyorlash – Yangi O‘zbekistonda kadrlar siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Ushbu tadbirda 500 ga yaqin stipendiat, vazirlar va tashkilot rahbarlari, idoralar mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari ijodiy jamoalari hamda jamg‘armaning mas’ul vakillari ishtirok etdi.
Seminarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisning o‘rinbosari G‘ayrat Majid, uyushma matbuot kotibi Fozil Farhod qatnashib, ma’ruza qildi. Chet mamlakatlarga o‘qishga ketayotgan yigit-qizlarga oq yil tilab, qaytgach, bilimlarini mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida safrlashga chaqirdi. Shoirlar yig‘ilganlarga o‘z she’rlaridan aytib berdi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasining asosiy maqsadi – yosh, iqtidorli va istiqbolli kadrlarni xorijda maqsadli ravishda o‘qitish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash hamda mamlakatdagi keng qamrovli islohotlarga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida xorijdagi vatandoshlar bilan muntazam muloqot o‘rnatish, oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlar bilan innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2018 yil 25 sentyabr kuni davlat rahbari farmoni bilan tashkil etilgan. Jamg‘arma iqtidorli va istiqbolli yoshlarimizning orzu umidlarini ro‘yobga chiqarishda, iqtisodiyotimizning turli sohalari uchun ilg‘or xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va turli kompaniyalarida ta’lim olgan, stajirovka o‘tagan va malaka oshirgan yosh mutaxassislar bilan ta’minlashning mustahkam instituttsonal manbai sanaladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlarida jami 600 nafardan ortiq, xususan, 535 nafar 2021-2023 yillardagi tanlov g‘oliblari jamg‘arma stipendiatlari, jumladan, bakalavriat dasturida 273 nafar, magistraturada 171 nafar va doktorantura dasturida 91 nafari ta’limni davom ettirmoqda.
Har yili jamg‘arma tomonidan e’lon qilinadigan ochiq stipendiya tanlovlarida vazirliklar va idoralar mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar faol ishtirok etib kelyapti.
Bugungi kunga qadar xorijning nufuzli ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida Jamg‘armaning stajirkovka o‘tash dasturi bo‘yicha 232 nafar, malaka oshirish dasturi bo‘yicha 737 nafar hamda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha 337 nafar, jami 1300 nafardan ortiq stipendiat muvaffaqiyatli ta’lim olib, yurtimiz taraqqiyoti va rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelyapti.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati