O‘rgandim ustodim Maxtumqulidan
G‘ayrat Majid she'ri
O‘zbek va turkman yosh ijodkorlari ijro etgan
Maxtumquli Forog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-badiiy anjumandan
AJINIYOZ IJODIGA BAG‘ISHLANDI
Bugun Bosh prokuraturada maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademisi boshlig‘ining o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Muzaffar Mamasiddiqov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Feruza Muhiddinova va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi, shoir Salim Ashur ishtirok etib, atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan maʼruzalar o‘qidi. Salim Ashur sheʼrlaridan aytdi.
Bosh prokuratura rahbariyati va jamoasi nomidan mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining "Tarixiy xotira beqiyos" nomli kitobi va boshqa esdalik sovg‘alari berildi.
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi jamoasi Feruza Muhiddinova va Salim Ashurga ishtirok uchun o‘z minnatdorligini bildirib, ularning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kinodramaturg va kinorejissyor Uchqun Nazarov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbir "O‘zbekiston 24" radiokanalida keng yoritildi. Muallif — Durdona Ma'diyeva.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
ADABIYOT VA KINONI BIRLASHTIRGAN ADIB YODI
Bugun, 2024-yil 15-noyabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kinodramaturg va kinorejissyor Uchqun Nazarov tavalludining 90 yilliliga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid olib bordi.
Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam, O‘zbekiston va Qoraqolpog‘iston xalq artisti Xayrullo Lutfullayev, taniqli jurnalist, jamoat arbobi Aʼlo Xo‘jayev, O‘zbekiston sanʼat arbobi, kinooperator Abdurahim Ismoilov va boshqalar so‘zga chiqib, Uchqur Nazarovning ijodiy merosi o‘quvchilar va tomoshabinlar uchun xazina ekanini, bu adabiy va kinomeros ko‘proq targ‘ib qilinishi kerakligini taʼkidladi.
– Uchqun Nazarov bilan zamondosh bo‘lgan shoir, yozuvchilari o‘z tengqurlari bo‘lgan, rassomlar, bastakorlar, rejissyorlar, aktyorlar bilan ijodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan edi, – dedi Erkin Aʼzam. – Bu hamkorlikdan so‘ng esa yaxshi asarlar dunyoga keldi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kinodramaturg va kinorejissyor Uchqun Nazarov “Odamlar” (1961) hikoyasi bilan kitobxonlarga tanilgan. Abdulla Qahhor o‘sha yillarda O‘lmas Umarbekovning “Boboyong‘oq” hikoyasi bilan Uchqun Nazarovning “Odamlar” hikoyasini yoshlarning eng yaxshi asarlari qatoriga qo‘shgan edi. Shundan keyin uning “G‘urur” (1965), “Jurʼat” (1977), “Sadoqat” (1965) nomli hikoya va qissalardan iborat to‘plamlari chop etildi. Uchqun Nazarov “Iqror”, “Odamlar”, “G‘urur” kabi hikoyalari bilan kitobxonlar ommasiga manzur bo‘lgan. Uning yirik asari – “Chayon yili” romani ham o‘quvchilar tomonidan iliq kutib olindi.
Uchqun Nazarov bir qancha sahna asarlari ham yaratgan bo‘lib, uning “Oyna” dramasi (1977) avvalgi Hamza nomli akademik drama teatrida muallif tomonidan sahnalashtirilgan.
U kinossenarist sifatida ham barakali ijod qilgan. Uning “Surayyo”, “Qiz va yigit», “Shiddat”, “Alangali sohil” va uch bo‘limdan iborat “Qo‘qon voqeasi” kabi badiiy filmlari tomoshabinlar eʼtiborini qozongan. So‘nggi filmi uchun unga 1977-yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan.
Tadbirda Uchqur Nazarovning qissa va hikoyalar iborat “Yorug‘ dunyo” nomli yangi to‘plami taqdimoti ham o‘tkazildi. Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yozuvchi, kinodramaturg va kinorejissyor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Uchqun Nazarov tavalludining 90 yilliliga bag‘ishlangan xotira anjumanidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Ajiniyoz tavalludining 200 yilligi
ODAMLAR BIRLIGIN KUYLAGAN SHOIR
Prezidentimizning shu yil 16 iyuldagi “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimizda bir qancha ishlar qilindi, yurtimiz bo‘ylab ko‘plab tadbirlar o‘tkazilyapti.
Shoir tavalludining 200 yilligini nishonlash YUNESKOning xalqaro yubileylar rejasiga kiritilgani uning ijodiy merosi umumbashariy ahamiyatga ega ekanini bildiradi.
Shu yili davlat rahbarining qarorida ko‘rsatilgan bir qator ishlar bajarildi. Xususan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyi tashkil qilindi. Mo‘ynoq tumanidagi ijodkor qabri obodonlashtirildi va unga yodgorlik o‘rnatildi. Mazkur tumanda shoir nomidagi ekopark barpo etildi. Shoirning “Asarlar”i o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilindi. Ajiniyoz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maqolalar to‘plamining ikki jildligi chop etildi. Shoir adabiy merosini o‘rganish mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etildi.
Ayni kunda yurtimiz bo‘ylab shoirning 200 yillik yubileyi munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilyapti. Kuni kecha shunday tadbirlardan biri Nukus shahrida bo‘lib o‘tdi. Dastlab ishtirokchilar Nukus shahridagi shoir haykaliga gulchambar qo‘ydi. Shundan so‘ng Oqqush majmuasida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya va badiiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda nafaqat mamlakatimizdan, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya davlatlaridan kelgan olimlar, adiblar ishtirok etdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay O‘rinbayev so‘zga chiqib, Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk mutafakkir tavalludining 200 yilligi YUNESKO doirasida nishonlanadigan xalqaro yubileylar qatoriga kiritilgani, Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining nomini abadiylashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid so‘zga chiqib, Ajiniyozning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashrga tayyorlangan “Asarlar” to‘plami chop etilganini maʼlum qildi.
– Uning butun hayoti murakkab sinovlarga to‘la, el-ulusi, turmushi-ro‘zg‘oridan ayro tushib, musofirlik non-tuzini totgan, shunda ham tushkunlikka tushmay, odamlarning birligi va ahilligini avj pardalarda yangratgan mustahkam irodali va matonatli kuychidir, – dedi Sirojiddin Sayyid o‘z so‘zida. – Shoir hayotidan misol keltiradigan bo‘lsak, uning yakkayu yagona quroli do‘mbirasi va qo‘shiqlari bo‘lgan. So‘z bilan, sheʼr bilan, hazil-mutoyiba va o‘tlig‘ va o‘tkir satrlar bilan g‘animlarni mot qilib, yer bilan yakson etgan, hamisha maydondan g‘olib va muzaffar chiqqan.
So‘zga chiqqanlar shoirning bebaho asarlari qadri yillar o‘tgan sayin ortib borishini aytib o‘tdi.
Tadbirda bir qator olimlar va jamoat arboblariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining “Faxriy yorlig‘”i topshirildi. Sanʼat va madaniyat namoyandalari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi ishtirokchilar kayfiyatini ko‘tardi.
Shuningdek, shoir hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmi yaratildi. Nukus shahrida shoir ijodiga bag‘ishlangan “Ayt, sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan” mavzusida mamlakatimiz yosh ijodkorlarining tanlovi, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlangan insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tadbir davomida Ajiniyozning “Asarlar”i yig‘ilganlarga sovg‘a qilindi. Undan shoirning bag‘ishlovlari, pand-nasihat sheʼrlari, muhabbat haqidagi sheʼrlari, iltijo va hasrat mavzusidagi sheʼrlari, hajv va hazil sheʼrlari, sheʼriy qissalari, aytishuv, shajara va dostoni o‘rin olgan. Tarjimon Rustam Musurmon.
Shu kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Turkiy xalqlar akademiyasi tashabbusi bilan shoirning turk va ozarbayjon tillariga tarjima qilingan kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.
Shoir tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etyapti.
Fozil Farhod
#mahalla_yangiliklari
Adiblar xiyoboni - ma'rifat oshyoni.
🗓 11.11.2024
✅ @mahalla_yangiliklari_tv
#yangi_loyiha
📶 JADIDLAR HARAKATI XALQNI, MILLATNI UYGʻOTA OLDIMI?
O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stligining yana bir ifodasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bag‘irovni qabul qildi.
Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Naxichevonda tug‘ilgan, ammo umrining katta qismini O‘zbekistonda yashab, ijod qilgan. Ozarbayjon xalqini o‘zbek adabiy muhiti bilan yaqindan tanitishda fidoyilik ko‘rsatib kelmoqda. U ko‘plab o‘zbek shoirlari, adiblarining asarlarini ozarbayjon tiliga o‘girgan. Xususan, yaqinda Sirojiddin Sayyidning «Vaqt haykali» kitobini tarjima qilgan. Shoir xalqimizning shonli tarixi va O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi yutuqlaridan, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlardan ilhomlanib yozilgan «O‘zbek kelayotir» qasidasi bilan ham mashhurdir.
Uchrashuvda Akif Bag‘irov yuksak hurmat va minnatdorlik ramzi sifatida Prezidentimizga o‘zi ozarbayjon tilida tayyorlagan «Shavkat Mirziyoyev fenomeni» kitobini taqdim etdi.
Kitobdan siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning "Mening Prezidentim" va "Millatparvar" kitoblaridan saralab olinib, shoir tomonidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan publitsistik esselar o‘rin olgan. U davlatimiz rahbari boshchiligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan asosiy islohot va o‘zgarishlarga bag‘ishlangan. Unda Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ijtimoiy sohani yaxshilash va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash masalalari yoritilgan.
Prezidentimiz shoirga o‘zbek adabiyotini Ozarbayjonda ommalashtirish va ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
www.prezident.uz
13-noyabr — Usmon Nosir tug‘ilgan kun
Usmon Nosir qamoqxona devorlariga ko‘mir bilan sheʼrlar yozib tashlagan. Har kuni ertalab o‘ziga yuvdirar ekan.
Usmon Nosir deganda, yurakda og‘riqsiz gapirib bo‘lmaydi. Hozirgi yoshlarimiz millat gultojlari bo‘lgan Qodiriy, Usmon Nosir, Cho‘lponlarning hayotini yaxshi bilmasdan turib, qo‘liga qalam olmasligi kerak. Ularni chetlab o‘tib, adabiyotga kirib bo‘lmaydi.
Muhammad Yusuf,
O‘zbekiston xalq shoiri
Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻziga ajratilgan qarorgohda ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bagʻirovni qabul qildi.
Uchrashuvda Akif Bagʻirov yuksak hurmat va minnatdorlik ramzi sifatida Prezidentimizga oʻzi ozarbayjon tilida tayyorlagan “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobini taqdim etdi.
Kitobdan siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Mening Prezidentim” va “Millatparvar” kitoblaridan saralab olinib, shoir tomonidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan publitsistik esselar oʻrin olgan.
Prezidentimiz shoirga oʻzbek adabiyotini Ozarbayjonda ommalashtirish va ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Yangi O‘zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi” nomli qardosh xalqlar yozuvchi va shoirlari kitoblari ko‘rgazmasi va adabiy anjumandan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
AJINIYOZ IJODIGA OID KECHA
Shu yilning 9-noyabr kuni Navoiy shahridagi Ma’naviyat markazida "Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash maqsadida «Adabiyot osmonining zevari» nomli adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasidan kelgan bir guruh adabiyotshunos olimlar – Quvanisbay O'razimbetov "Ajiniyoz hayoti va ijodi", Adilbek Seyitbekov "Ajiniyoz ijodida sharq poeziyasi an'analari", Qo'chqarbay Matimov "Ajiniyoz – improvizator shoir" mavzularda ma'ruzalar qilgan bo‘lsa, O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Navoiy viloyati bo'limi rahbari Bahriddin Sadriddinov "Ajiniyoz Qo'siboy o'g'lining o'zbek adabiyotida tutgan o'rni" mavzusida o'z mulohazalarini bayon etdi.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoir Baxtiyor Genjamurod esa Ajiniyoz siymosiga bag'ishlangan she’rlaridan namunalar o'qidi. Ajiniyoz hayoti va ijodini yoritib beruvchi sahna ko'rinishlari, xalq mulkiga aylanib ketgan qo'shiqlar va milliy raqslar davraga o'zgacha fayz kiritdi. Ushbu badiiy kechani tayyorlashda faollik va fidoyilik ko'rsatgan mezbonlarga mehmonlar chuqur minnatdorlik bildirildi. Navoiy davlat universuiteti O‘zbek fililogiyasi fakultetida tahsil olayotgan Qoraqalpoq tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi talabalarining faol ishtiroki alohida qayd etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Jarayon
TALABALARGA TUHFA
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida o‘tkazilgan, taniqli olim va shoir To‘lqin Eshbekning Buxoro madhiga bag‘ishlangan “Buxoroyi sharif ziyosi” she’riy kitobi taqdimotida ma’rifat targ‘ibotchilari, shoir-yozuvchilar, institut professor-o‘qituvchilari, faol talabalar jam bo‘ldi.
Dastlab davlat madhiyasi yangrab, yig‘ilganlar uni jo‘r bo‘lib ijro etishdi.
Institut rektori Sharif Barotov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, barchani yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ ayyom – yurtimiz bayrog‘i qabul qilingan kun bilan qutladi, mehmon ijodkor va uning yangi kitobini tanishtirdi.
So‘z olganlar kitobdan o‘rin egallagan she’rlar, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tishdi. Muallifning izhorlari tinglandi.
Talabalar shoir she’rlaridan aytishdi.
Yakunda muallif kitobning yuz nusxasini institut kutubxonasiga topshirdi. Shuningdek, faollarga Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan badiiy kitoblar ulashildi.
Abdunabi Boyqo‘zievning 70 yilligi
SHOIR, PUBLISIST VA ADIB
Shu yilning 14 noyabr kuni Andijon davlat pedagogika institutida shoir, publitsist va adib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Shuhrat" medali sohibi Abdunabi Boyqo‘ziev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Abdunabi Boyqo‘ziev Andijon viloyati, Izboskan tumani, Teshikmozor qishlog‘ida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini tumandagi bosmaxona ishchisi vazifasidan boshlagan. Shundan so‘ng Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, "Mushtum" jurnali, "O‘zbekiston ovozi", "Xalq so‘zi" gazetalari, "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi, OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kabi joylarda turli lavozimlarda ishlagan.
Birinchi she’ri (Umar Xayyom) 1972 yili tuman gazetasida chop etilgan. Shundan so‘ng turli yillarda uning "G‘uboringni yozgayman", "Men yana kelaman", "Judolig‘ dashti", "Turnalar ketmoqda", "O‘zbeknavo yulduzlari", "Besh navo", "Besh so‘mlik kekkayish", "Teshikmozor hangomalari", "Ay, akam, daryo ekan" kabi kitoblari nashr etildi.
Anjumanni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati rahbari Xurshida Vahobjon qizi ochib, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning tabrigini hamda qimmatbaho sovg‘alarini topshirdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, taniqli shoir Minhojiddin Mirzo Abdunabi Boyqo‘zievning hayoti va faoliyati to‘g‘risida so‘zladi. So‘ngra uyushma raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning tabrigi hamda qimmatbaho sovg‘alar va noyob kitoblar majmuasini taqdim etdi.
Anjumanda so‘zga chiqqan fan doktorlari, professorlar Qozoqboy Yo‘ldoshev, Yo‘ldosh Solijonov (Farg‘ona), Ulug‘bek Hamdam, Qunduzoy Husanova shoirning ijodiy salohiyati haqida to‘xtaldi. "Sharq yulduzi" jurnali bosh muharriri, taniqli shoir Sirojiddin Rauf, Andijon davlat universiteti dotsenti Halim Karim, respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari o‘rinbosari Matluba Yusupova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shohista Nurmatova va boshqalar adibning ijodi hamda fazilatlari haqida so‘zladi. Ijod maktabi o‘quvchilari Abdunabi Boyqo‘ziev she’rlarini yoddan o‘qidi.
Shundan so‘ng, Minhojiddin Mirzo taniqli shoirlar she’rlaridan o‘qigan bir guruh talabalarga mashhur adiblar kitoblaridan sovg‘a qildi. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov va Andijon davlat pedagogika instituti rektoriga uyushma raisi Sirojiddin Sayyidning tashakkurnomasi va qimmatbaho kitoblar jamlanmasini topshirdi. Shuningdek, uyushma nomidan institut kutubxona markaziga ham bir qancha kitoblar to‘plami hadya etildi.
Anjuman nihoyasida so‘zga chiqqan Abdunabi Boyqo‘ziev viloyat hokimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda uyushmaning viloyat bo‘limi va institut rahbariyatiga, tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildirib, kelgusi rejalari haqida to‘xtaldi. So‘ng o‘zining she’rlaridan o‘qib berdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Bugun, 15-noyabr kuni soat 21:00da “Nurafshon” telekanalida efirga uzatiladigan "Uyg‘onish nuqtasi" ko‘rsatuvini tomosha qiling.
Читать полностью…Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirdan
Yozuvchi, kinodramaturg va kinorejissyor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Uchqun Nazarov tavalludining 90 yilliliga bag‘ishlangan xotira anjumanidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Axborot 24 | Ajiniyoz Qo'siboy o'g'lining 200 yilligi
#26sep #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
SHOIRLAR VA SUVCHILAR HAMKASB
- Suvchilar eng pokiza insonlar, chunki ular suv bilan muomala qilishadi. Dunyo suv tanqisligi muammosiga duch kelayotgan va uni hal qilish yo‘llari izlanayotgan hozirgi sharoitda bizning miroblar uchun mana shunday o‘qishlar tashkil etilayotganini ko‘rib, nihoyatda xursand bo‘ldim, - dedi “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalari bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘tkir Rahmatov.
Xalqimizning suyukli ikki ijodkori va shoiri ishtirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv Suvchilar maktabida bo‘lib o‘tayotgan malaka oshirish kurslari doirasida tashkil etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majid suvchilar va shoirlar hamkasb degan fikrni o‘rtaga tashladi. Uning eʼtiroficha, shoirlar yuraklarda hayotga muhabbat uyg‘otadi, maʼnaviy quvvat beradi. Suvchilar esa nabotot va hayvonot olamiga tiriklik suvini yetkazib beradi.
Batafsil
Jarayon
AJINIYOZ TAVALLUDINING 200 YILLIGI
Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida shoir va mutaffakkir Ajiniyoz tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan tantana boshlanish arafasida. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid boshchiligidagi bir guruh ijodkorlar qatnashyapti.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali adabiy-ma’rifiy xotira kechasini to‘liq tomosha qiling!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Davlatimiz rahbari Bokuda ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bagʻirov bilan uchrashdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yangi kitob
AJINIYOZ
Ajiniyozning ijodiy merosi qoraqalpoq tilida qayta-qayta chop etilib, o‘quvchilar qo‘liga yetib borgan. Uning qo‘shiqlari, aytishuv o‘lanlari xalq tilida doston. 2022-yili amalga oshirilgan "Turkiy adabiyot durdonalari" yuz jildlik kitoblar majmuasining o‘ttiz to‘rtinchi jildi "Kunxo‘ja Ajiniyoz, Berdaq" asarlari jamlanmasidan iborat.
Lekin shu paytgacha Ajiniyoz asarlarining to‘lig‘i o‘zbek tilida nashr etilmagan. Davlat rahbarining "Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori munosabati bilan shoirning bizga meros bo‘lib qolgan barcha asarlarining o‘zbek tilidagi nashri ilk bora kitobxonlar qo‘liga yetib bormoqda.
Kitob Yozuvchilar uyushmasi homiyligida o‘zbek va qoraqalpoq tillarida chop etildi.
Tarjimon: Rustam Musurmon
Masʼul muharrir: Aytmurat Alniyazov
Badiiy matnni asliyat bilan solishtirgan: Kengesboy Karimov
Nashriyot: "Adabiyot"
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi O‘zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Yangi O‘zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi” nomli qardosh xalqlar yozuvchi va shoirlari kitoblari ko‘rgazmasi hamda adabiy anjuman tashkil etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi foyesida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasiga 300 dan ziyod kitob joylashtirildi. Kitoblar 10 ta kitob javoniga terilgan bo‘lib, alohida katta javon buyuk shoirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining turli tillardagi tarjimalari, shuningdek, Navoiy va Bobur ijodi haqida xorijlik olimlarning tadqiqotlari jamlangan to‘plamlardan iborat.
Ko‘rgazmadan jahon mumtoz adabiyoti vakillari Yunus Yumro, Jaloliddin Rumiy, Akif Erso‘y, Shandor Petyofi va boshqalarning o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlari, zamonaviy qardosh adabiyot vakillari Chingiz Aytmatov, Anor, Sulton Rayev, Yoqub Umar o‘g‘lining qissa, roman va hikoyalardan iborat to‘plamlar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmada, shuningdek, O‘zbekistonda yashab ijod qilayotgan tojik, qozoq, rus shoir va yozuvchilari, jumladan, Yunus Imomnazar, Paymon, Qaldibek Seydanov, Aleksandr Faynberg, Nikolay Ilinning she’riy va nasriy kitoblari bor.
Alohida javon yosh o‘zbek shoirlarining “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida chop qilingan to‘plamlari, “Nazm bo‘stoni”, “Adib va jamiyat” seriyasidagi kitoblar bilan to‘lgan.
Adabiy anjumanda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi, taniqli shoir Salim Ashur, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshev, uyushma a’zosi, qozoq shoirasi Lola Yunus qizi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Rus adabiyoti kengashi raisi, tarjimon va adib Artyom Goroxov, uyushmaning Tojik adabiyoti kengashi raisi Xisrav Sa’dullo, Respublika turkman milliy madaniy markazi raisi Guldona Avezdurdiyeva, Respublika qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi Rahmatilla Jabborov yangi O‘zbekistonni barpo etishda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, ahillik va hamjihatlik kabi tamoyillar ustuvor ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
E’tirof etilganidek, bunday tadbirlarning o‘tkazilishi yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshev mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish birinchi darajali ahamiyatga ega ekani, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash o‘ta sharafli vazifaligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda qardosh xalqlarning Abdurahmon Jomiy, Maxtumquli, Abay, Chingiz Aytmatov kabi adabiyot namoyandalari nomi abadiylashtirilib, ularga chuqur hurmat-ehtirom ko‘rsatilayotganiga e’tibor qaratdi.
Anjumanda kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqlarimizning qon-qoniga singib ketganini, so‘nggi yillarda yoshlarni kitobxonlikka jalb qilishda salmoqli ishlar amalga oshirilganini e’tirof etishdi, mamlakatimizda turli millat yozuvchilari va shoirlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi.
Ushbu tadbirlar aholini, ayniqsa yosh avlodni respublikamizda yashab turgan millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an’analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirishga faol jalb etishga, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga, jamiyatda ko‘p millatli katta oila tuyg‘usini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Nazokat Usmonova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi