yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

MAXTUMQULI

Shoir ukam, o‘qi, Maxtumqulini,
Hikmatga yo‘g‘rilgan pandu nasihat.
G‘animat demish u umr yo‘lini,
Ha, umr o‘tkinchi, umr g‘animat.

Bepisand boqmagil ko‘hna olamga,
Hali may ichmabsan qismat qo‘lidan.
Faqat bilganingni olgil qalamga,
Buni ham o‘rgangil Maxtumqulidan.

Abdulla Oripov

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbek tilim boshqalarga qandoq, bilmayman, lekin men uchun dunyoda eng boy, eng go‘zal, eng barkamol til. O‘zbekcha gapirib tilim chiqqan, qo‘limga qalam olib o‘zbekcha yozganman, qalbim sevinchlari va iztiroblarini o‘zbekchada qog‘ozga tushurganman. Unga mehrimni, minnatdorligimni izhor etib bir kitob yozsam degan niyatim bor. Yozganlarim she‘r bo‘lmasa-da she‘rdek o‘qilsa, deyman. Ona tilimning ko‘rki, barvasta qomati sahifalardan bo‘y ko‘rsatib tursa, deyman. Orzularim ko‘p. Qani edi parvozim orzularim qadar yuksak bo‘lsa...

"So‘z latofati" kitobidan

Erkin Vohidov,
O‘zbekiston xalq shoiri

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Yosh_kitobxonga_diqqatiga

Gabriel Garsia MARKES.

“Atirgulning tikoni”, hikoya.

Bu muhabbat haqidagi go‘zal va mahzun asar. Unda butun hayoti hashamga, farovonlikka burkangan sohibjamol Nena Dakonte va Billi Sanchesning sevgi kechinmalari tasvirlab berilgan. Markes deyarli har bir asarini sermazmun, serishora, qaysidir ma’noda muallif badiiy g‘oyasini o‘zida mujassam etgan satrlar bilan boshlovchi adiblar sirasiga kiradi. “Atirgulning tikoni”da ham shunday alomatni kuzatamiz: “Kechga yaqin chegaraga yaqinlashganlarida Nena Dakonte nikoh uzugi taqilgan barmog‘idan hamon qon tomchilayotganini ko‘rdi”. Asar personajlari qizning ko‘nglidan kechayotgan pok muhabbat hislaridan emas, uni o‘rab turgan boylik, hokimiyat, dabdabali turmushdan ko‘proq hayratlanishadi. Nena esa sevgi sharobidan mast. Qo‘lidagi jarohatni ham keyin payqaydi. Hikoya fojiaviy yakun topsa-da, o‘quvchi ko‘ngliga yorug‘ bir tuyg‘u kirib keladi. Inson umrining bahosi hasham, dabdaba ichida o‘tganligi bilan emas, bir lahza bo‘lsa-da, pokiza muhabbat og‘ushida kechganligi bilan o‘lchanishiga yana bir karra amin bo‘ladi. “Atirgulning tikoni”ni o‘qish jarayonida buyuk adibga xos teran ifodadan zavqlanamiz.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

BU KUZ...

Qachon o‘zgaradi dunyoning tarzi,
Tinarmi ko‘ngilning azaliy arzi,
Hali tugamasdan bahordan qarzi,
Firoq shaklidagi to‘lovmi bu kuz?..

Qaydan kelayotir bu o‘tli ohlar,
O‘tinga aylandi savol-so‘roqlar,
Ko‘ksimda yonadi oltin yaproqlar,
Yurak shaklidagi olovmi bu kuz?..

Shodi OTAMUROD

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Termiz davlat pedagogika institutida “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

BILDIRISH

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xodimi Gulobdon To‘rayevaning onasi Hafiza ayaning janozasi bugun peshin namozidan so‘ng Yakkasaroy masjidida o‘qiladi.
Uy manzili: Yakksaroy tumani Shohjahon ko‘chasi 2-uy 8-xonadon. Joylashuv ilova qilinyapti.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

👉
Kitobni qanday o‘qish va o‘qitish kerak?

Kutubxona sari ketarkanman, har doimgidek tokchalarga bir xilda taxlangan jild-jild eski kitoblar, chang bosib yotgan javonlar va bitta kitobni topib berguncha 10-15 daqiqa kuttiradigan qo‘rs kutubxonachi xodimlar ko‘z oldimdan o‘tib, bolalarimni bekor olib boryapman-da, hali bular o‘qishni ham bilmaydi-ku, degan ming turli xayollar kechdi ko‘nglimdan.

To‘liq maqola: jadid-media.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAʼZIYA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma xodimi Gulobdon To‘rayevaga onasi Hafiza aya To‘rayevaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Ma'rifat ulashib" ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari o'tkazilmoqda

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TOVUQ OVI

Qalin qor yoqqan qish kunlaridan birida Tulkinisa ovga chiqishga erinibdi.
— Bo‘yim baravar qorga botib, sichqon yoki quyonlarning ortidan yugurib yurish menga zarilmi? Yaxshisi qishloqqa borib, tovuqxonadan bironta tovuqmi yoki xo‘roznimi o‘g‘irlab kela qolay! — deb ming‘irlabdi u o‘ziga-o‘zi.
Tulki tezgina qishloqqa borib, qaysi uydagi tovuqxonaga o‘g‘irlikka tushsam ekan, deb o‘ylay boshladi. Shu payt tulkining kelganini Mosh laqabli mushuk ko‘rib qolibdi. Mosh tomga chiqib, qattiq miyovlay boshladi:
— Olapar, tez yugur, tovuq o‘g‘risi keldi!
Moshning ovozini eshitgan Olapar yugurib kelib, Tulkinisani haydab yuboribdi. Dumidan ayrilishiga sal qolgan Tulkinisaning hafsalasi pir bo‘lib, quyon ovlash uchun o‘rmonga yo‘l olibdi.

Gulnoz Tojiboyeva,
bolalar yozuvchisi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi asarlar taqdimoti

Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida serqirra adiba Sabohat Norbo‘tayevaning “Mashʼalaga aylangan yurak” va “Sahna majnunlari” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimligi kotibiyati mudiri Umid Abdullayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi rahbari vazifasini bajaruvchisi Noriniso Qosimova muallifni yangi asarlar bilan qutladi.
Shuningdek, taqdimotda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Aliqul Xonimqulov, professor Ravshanbek Mahmudov, “Universitet ovozi” gazetasining bosh muharriri Munavvar Pardayev kitob qahramoni Adham Abdullayevning sanʼat sohasidagi boy merosi, rango rang obrazlari talqini, chin insoniylik xislatlari haqida firk yuritdi.
Kecha davomida sanʼatkorlar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 25-oktabr kungi 216-sonidan olindi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

CHO‘LPONNI IZLAB ...

("Kunduzsiz kechalar" spektaklidan so‘ng)


Nega nolang ko‘pdir,
tinch yashamaysan...
Ruhingni muttasil chorlaydi bir nur?
Shunchaki quvonib kun o‘tkazmaysan,
Ayt, qaysi g‘amingdan sezmaysan surur...

Bilmadim...
qaysi kun sen asir bo‘lding,
Muhabbat saroyin hijronlariga.
Kundan-da, oydan-da go‘zallashding
Va...aylanding mangu ishq dostonlariga...

Noming
aytgan borki, taʼzimda qalbim,
Vatanim, jonimsan, boru yo‘g‘imsan.
To‘pponcha tirasa tirab o‘z jonin,
Titramay jilmaygan jadid og‘amsan!

...Kuzgi bog‘lar ichra faryoding tinglab,
Milliy teatrga bordim пиёда....
Sahnada... Afsuski, o‘tirar yig‘lab,
Soliha ismli tengsiz farishta...

Tanho rejissyor Qodir ul Egam.
Savollarim ichga yutdim men zo‘rg‘a..
Ko‘zda yoshlarimni ko‘rmasin g‘anim,
Soyabonsiz ketdim yomg‘irda, og‘a...

Axir, bilib bo‘lmas, sarhadlar hadsiz
Bozori ichinda ne savdolar bor.
Balki, tomoshabin ichida sassiz
Qotil avlodlari o‘tirar hushyor...

Kuzgi bog‘lar ichra faryoding tinglab,
Milliy teatrga bordim пиёда....

Muxtasar Tojimamatova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

LOYIHA DILLASHUVGA AYLANDI

"Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasida Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida mehmon bo‘lib turgan Aziz Said, Dilshod Rajab, Orif To‘xtash bilan faollar zalida ijodiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Filial ijodkor yoshlari, dastlab, shoirlarning hayoti va ijodi haqida ma‘lumot berib, she‘rlaridan o‘qidi. Aziz Said qalamiga mansub asar asosida sahna ko‘rinishi, Dilshod Rajab she‘riga bastalangan qo‘shiq talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Orif To‘xtash bolaligi, talabalik yillariga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish qilindi.Tadbir qizg‘in nuqtaga yetdi. Shoirlar bilan muloqot boshlandi. Bir-biridan qiziq, sermazmun savollarga ijodkorlar javob qaytardi. Adiblar ijodkor yoshlarga oq yo‘l tiladi.
"Ma‘rifat ulashib" loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

26-oktyabr kuni soat 14:00da Abdulla Qodiriy ijod maktabida atoqli yozuvchi Abdulla Qodiriyning arab tiliga tarjima qilingan “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Taqdimotga barchani taklif etamiz.
Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasi Abdulla Qodiriy istirohat bog‘i.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maʼrifat ulashib

Andijon davlat tibbiyot institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Sayfiddin Rafiddinov, Abdujabbor Obidov, Abdulla Ayizov talabalar bilan yuzma-yuz adabiy suhbatga kirishdi.
Unda ijоdkorlar o‘zlarining ijodiy faoliyati, adabiy islohotlar haqida so‘z yuritdi. Sheʼrlar o‘qildi, мulohazalar tinglandi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi



28-oktyabr – yapon shoiri Takuboku Ishikava tavallud topgan kun

Ishikava Takuboku 1886-yil Yaponiyaning Xansyu orolidagi Sibutami qishlogʻida tugʻilgan. Qashshoq qishloq rohibining oilasida tugʻilgan goʻdakka Xadzime ismini berishgan. Takuboku — shoirning taxallusi boʻlib, “kakku” maʼnosini anglatadi.

Shoirning “Intilish” deb atalgan ilk kitobi yapon sheʼriyatiga yangi ovoz, kuchli shaxs kirib kelganidan darak berdi. Ikkinchi toʻplami “Bir kaft qum” esa yapon sheʼriyatining gultoji boʻldi. Anʼanaviy tankaning mavzu doirasini kengaytirgan Takuboku oʻz sheʼriy bitiklarida inson hayotining buyuk manzaralarini yaratdi. Ogʻir xastalik shoir umrini erta xazon qildi. U yigirma yetti yoshga toʻlmay vafot etdi.

Yaponiyada Takubokuni juda sevishadi. Mamlakatda shoirga qoʻyilgan yuzlab haykallargina emas, uning sheʼrlariga qoʻyilgan minglab yodgorliklar mavjud.

* * *
Uxlayotib
Yuragimni qiynadim rosa.
U hamon ishonar:
“Ertaga, albatta, yaxshi kunlar kelar,
Ertaga, albatta…”


Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Yangi kitoblar taqdimoti

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Farid Usmonning joriy yilda yettita kitobi nashrdan chiqdi. Kitoblarga nazmiy, nasriy, tarixiy asarlar jamlangan bo‘lib, har biri o‘z mavzusi, badiiyati bilan eʼtirofga loyiq.
"Ruh bulbuli" devoni to‘ldirilgan ikkinchi nashr bo‘lib, unga adabiyotshunos adib Jovli Xushboq so‘zboshi yozgan. "Chingizxon avlodlari" tarixiy maʼlumotlar asosida yozilgan esseda muallif o‘sha davr voqealarini o‘quvchilarga tasvirlab beradi. "Navoiy tug‘ilgan joy", "Andijon tarixidan kichik bir lavha", "Navoiy ishlamoqda" kitoblari ham yoshu keksa kitobxonni o‘ziga qiziqtira oladi, kerakli maʼlumotlarga ega qiladi. "Xandardin tarixi" kitobi esa Bishkekda nashr etilgan tarjima kitobdir.
Taqdimotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Xurshida Vahobjon qizi, Nusrat Abdusalom, Vosit Ahmad, Durbek Qo‘ldish, Ikromjon Asliy va boshqalar ushbu asarlarning ahamiyati, badiiyati haqida so‘zladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ma'rifat ulashib

Termiz davlat pedagogika institutida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar tashrifi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ma'rifat ulashib

   Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Yunusobod tumanida joylashgan 260-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Toshkent davlat axborot texnologiyalari universitetining ustozi, shoira Adiba Umirova bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir jarayonida xalqimizning boy ma’naviy merosi, o‘zbek tilining mukammaliligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, shoira o‘zining "O‘‘zbeklar" nomli she’ridan parcha o‘qib berdi. Tadbir davomida o‘quvchilar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish muhim masala ekani aytib o‘tildi. Qizg‘in va samimiy suhbatlar go‘zal mushoirаga ulanib, o‘quvchilar o‘zlari yod olan she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.
   Tadbir davomida o‘quvchilar ma’naviyati yana-da oshirildi, ularning ziyoli bo‘lib yetishishlarida bu uchrashuv katta ko‘makchi bo‘ldi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Ma‘rifat ulashib” loyihasi doirasida yurtimiz adabiy muhitiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan shoirlarimiz bilan ma‘naviy-ma‘rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda taniqli adiblar Axtamqul Karim, Nurboy Jabborov va Nabi Jaloliddin mehmon bo‘ldi.
Kechaning asosiy qismida talabalar bilan suhbat tashkil etildi. Dilnoz Mushfiq ijod namunalaridan o‘qidi. Uchrashuv davomida mehmonlar o‘zlarining hayot yo‘llaridan misol keltirgan holda yoshlarimizni ilm-ma‘rifatli va Ona vatanimizga muhabbatli insonlar bo‘lishga chorlab, o‘z sheʼrlaridan taqdim qildi. Shundan so‘ng, universitet yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan Zakovat, insho va diktant yozish tanlovlari g‘oliblari munosib taqdirlandi.
Ijodkorlarga universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Zulfiya Mo‘minova "Renessans" telekanalining "Yulduzli oshxona" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. Unda isrofga yo‘l qo‘ymaslik, suvni behuda oqizmaslik, non va non mahsulotlarini axlat qutisigacha olib bormaslik ayolga bog‘liqligi haqida kuyunib gap aytildi. Isrof va uvol qilmaslik haqida mahorat darsi, desa ham bo‘ladi. Albatta, sheʼr va yumor ham bor.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Ajiniyaz" filmini suratga olish ishlari boshlandi

muxbir: Aydana Allambergenova

#Qoraqalpog’iston Respublikasi

25.10.2024

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

“O‘zbekiston” radiokanalida taniqli adib Sobir O‘narning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

YOMG‘IR YOQQAN KUNDA...

Yomg‘ir yoqqan kunda esladim sizni
Esladim, o‘shanda kuz fasli edi.
Xiyobon bag‘riga chorlarkan bizni
Bog‘ning ikkimizga havasi keldi.

Shivirlab, qo‘limga qo‘lingiz berib,
“Sevaman” dedingiz quloqlarimga.
Bugun xiyobonda xayolan yurib,
Sog‘inch sabab bo‘ldi titroqlarimga.

Qanchalar baxtiyor edik azizim,
Yuraklar quvonchdan jo‘shib, to‘lg‘ondi.
Maʼsuma ko‘ngillar qilganda bazm,
Mehrga yo‘g‘rilgan hislar uyg‘ondi.

So‘ng hayot bizlarni ayro yo‘l tomon,
Yo‘lladi, o‘rtada manzillar olis.
Qayda bo‘lsangiz ham bo‘ling, deb omon,
Duolar qilaman, niyatim xolis.

Sokin xayollarning bag‘riga cho‘mdim,
Yomg‘ir yuvib ketdi biz bosgan izni.
Otash sevgimizni dilimga ko‘mdim,
Yomg‘ir yoqqan kunda esladim sizni.

Zuhra BEGIM

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#jadidlar

IBROHIM DAVRON

⚫️Ibrohim Davron 1874-yili Qoʻqonda tugʻilgan.
⚫️Qoʻqonda suratxona va kutubxona tashkil etgan.


📱 Batafsil: jadid-media.uz

😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"Ma‘rifat ulashib" loyihasi – Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida

Zamondosh shoir va yozuvchilar, adabiyot darg‘alari respublikamiz bo‘ylab “Ma‘rifat ulashib” dasturi doirasida barcha oliy va umumta‘lim dargohlarida yoshlar bilan uchrashmoqda. Ma‘rifat karvoni TTA Termiz filialiga yetib keldi.
Kuni kecha professor-o‘qituvchilar va talabalar Nurboy Jabborov, Axtamqul Karimov hamda Nabi Jaloliddin kabi adiblarni ko‘tarinkilik bilan kutib olishdi. Shundan so‘ng mehmonlar filial faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan ijodkorlar va yoshlar uchrashuvi adabiyot ixlosmandlariga manzur bo‘ldi.
Uchrashuv chog‘ida mehmonlar filial bog‘iga yangi nihol ekib, oliygoh uchun ko‘p yillar xizmat qila oladigan esdalik qoldirdi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Yosh_kitobxonga_tavsiya

Abdulla QAHHOR. “Haq so‘zning kuchi”.

Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1989-y.
…Yuqori sinflarda o‘qib yurgan kezlarim, jurnalda bir qissacham bosilib chiqdi-yu, o‘z-o‘zidan “maktab klassigi”ga aylandim-qoldim. Xatlar, sal lofi bilan aytganda, kuniga qoplab keladi deng. O‘zimcha “Yozish oppa-oson ish ekan-ku! Eh-he, men hali…”, deya g‘o‘ddayib ham qo‘yaman. Taqdirning inoyatini qarangki, xuddi shu mahallari qo‘limga Abdulla Qahhor asarlari olti jildligining oxirgi tomi tushib qoldi. Hamon esimda, muqovasi qora edi. Kitobni bir o‘qidim, ikki… Maqolalar, suhbatlar, xatlardan tashkil topgan kitob meni osmondan yerga tushirib qo‘ydi, adabiyot kosibchilik emas, o‘ta murakkab, mashaqqatli hunar ekanligini anglatdi. Men sharillatib yozib tashlayotgan ko‘p mashqlarim “Bo‘ri tishiga sera kislotasining ta’siri” qabilidagi dovdirash, to‘g‘rirog‘i “adabiy brak” ekanligini, “yozuvchi o‘zi his qilmagan narsa to‘g‘risida yozsa, buni o‘qigan o‘quvchi ham hech narsani his qilmasligini” tushundim. Men “yozilgan narsani o‘chirish, kitobxonga zarur gaplarnigina qoldirish uchun iste’dodning o‘zi kifoya qilmasligini, insof ham kerakligini” anglab yetdim. Qarasam, yozganlarimda qoldirishdan ko‘ra o‘chirilishi kerak bo‘lgan joylari ko‘proq ekan…
Qisqasi, bu kitob men uchun o‘ziga xos adabiy kurs bo‘ldi. Kitobdan olingan uzun-uzun iqtiboslarni yon daftarimga ko‘chirib charchamasdim. Oltinchi jild uzoq yillar yostig‘im ostida saqlanadigan kitob bo‘ldi. Shunga qaramasdan, rosa targ‘ib-tashviq etganimdan so‘ng qiziqib qolib, uni olib ketgan bir havaskor tanishim qaytarish muddati kelganida “yo‘qotib qo‘ydim” deb bahona qilganida rosa kuyganman…
Nihoyat 1989-yili Abdulla Qahhorning maqola va suhbatlari besh jild­lik “Asarlar”ning beshinchi jildida chop etildi. Shundan buyon bu kitobni yonimdan qo‘ymayman.
O‘ylab qarasam, Qahhor qalamga olmagan mavzuning o‘zi qolmaganday. Kuni kecha “Yoshlik”chilar “O‘zingiz yoqtiradigan asarlar haqida bir nima yozib bering”, deb qolishganida, men beixtiyor ulug‘ adibimizning “Yaxshi jurnalning qulog‘i xalq ko‘ksida bo‘lishi kerak” degan maqolasini esladim. Yodingizdadir: “Jurnalning endigi vazifalari adabiyotimiz oldida turgan umumiy vazifalardan kelib chiqadi. Adabiyotimiz oldida turgan vazifalar esa hamon xalq hayotini bo‘yamasdan, buzmasdan ko‘rsatish, yaxshi hayot kechirish uchun kurashda xalqqa chin ko‘ngildan yordam berish bo‘lib qoladi”. Hayratlanmay bo‘ladimi: xuddi shu bugun aytilayotganday tuyuladigan bu haroratli so‘zlar 1958 yili qog‘ozga tushgan.
O‘zingiz ayting, bunday kitobni qayta-qayta o‘qimay bo‘ladimi…

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#mahalla_yangiliklari

"Insonlar ma'rifati - jamiyat ravnaqi!".

🗓 16.10.2024

@mahalla_yangiliklari_tv

Читать полностью…
Подписаться на канал