Ijodiy muloqot zavqi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida shoir Shuhrat Sayyidning "Yassaviyni eslab", "Xaziniyni eslab", "Shavqiyni eslab" nomli turkum kitoblari taqdimoti va ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda "Sharq yulduzi" jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Ashur, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi boshlig‘i G‘ulom Abdiyev, pedagoglar va yoshlar ishtirok etdi.
Suhbat davomida Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining sheʼriy chiqishlari yig‘ilganlarga mushoira zavqini berdi.
Tadbir qatnashchilari O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida ham bo‘lib, buyuk shoirning hayoti va ijodiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.
Yakunda shoir Shuhrat Sayyid yangi kitoblarini mehmonlarga ulashdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi
Adabiy kecha ijodkorlarni birlashtirdi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida shoira Enaxon Siddiqova xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova Enaxon Siddiqova adabiy merosi haqida ma‘ruza qildi. Shundan so‘ng, Ogahiy, Erkin Vohidov va Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari o‘quvchilari Enaxon Siddiqova she‘rlari va o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishdi. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahr-u bayt bellashuvi esa qizg‘in tus oldi.
Mazkur ijodiy tadbir yakunida faol ishtirok etganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
/channel/erkinvohidovmaktabi
KUZ ASHʼORI
Qovrilsa ham quyosh o‘tida,
Yoz o‘zini baxsh etdi butun.
Shamol namchil tog‘lar ortida
Bulutlarni boqdi to‘qson kun.
Sabri jamil yozga ming rahmat,
Chilla ko‘rgan mevalar shirin.
Shamoldan ham rozimiz minbaʼd,
Niyatlari garchi yashirin.
Ezgulikdir uning bor o‘yi:
Suvga qonsin dov-daraxt, o‘tlar…
Yetovida yurar yil bo‘yi
Yelinlari tarang bulutlar.
Sirojiddin Rauf
Axborot 24 | Ijod maktabi o`quvchilarining ilk kitoblari taqdimoti
#23nov #uzbekiston24
«Har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev
https://www.yuz.uz
Mujda
“Hurriyat” gazetasining 2024-yil 20- noyabr kungi 46-sonida “Ma’naviy ekspertiza” guruhi a’zolari Olim Toshboyev va Sherzod Ochilov hammuallifligidagi “Atti-batti, o‘tta-bo‘tta...” yoki yengil-yelpi, mazmunan o‘ta sayoz, bachkana kuy-qo‘shiqlarning salbiy ta’siri xususida” sarlavhali maqola chop etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri atrofida “yashil” belbog‘ barpo etish loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirida ishtirok etadi.
Yangihayot tumaniga tashrif buyurib, sanoat korxonalari faoliyati va mahalladagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.
https://www.yuz.uz
BOLALAR SHOIRI XOTIRASI YURAGIMIZDA YASHAYDI
O‘zbekiston bolalar adabiyoti, maʼnaviyati va xalq taʼlimi og‘ir judolikka uchradi.
Taniqli bolalar shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi O‘ta Berdiyor 95 yoshda vafot etdi.
O‘ta Berdiyor 1930-yil 12-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining G‘allachi qishlog‘ida tug‘ilgan.
1949-yili Buxoro davlat pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan.
Shoir bobo o‘zining uzoq yillik umri va mehnat faoliyatini maktabga, bolalar tarbiyasiga baxshida etgan. 1949-yildan 1994-yilgacha Chiroqchi tumanidagi 27-maktabda tarix fanidan dars bergan.
Uning taʼlim-tarbiya sohasidagi mehnatlari “O‘zbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.
Shoirning “Qachon odam bo‘laman?”, “Ikki mehr birlashsa”, “Bahor sanʼati”, “Cho‘pon bola orzusi”, “Jilg‘aning yo‘li”, “Ertaklar”, “Ko‘ngil va muhabbat qarimaydi”, “Qirq oyoqqa qirq paypoq”, “Ota nasihati” nomli bolalarga bag‘ishlangan sheʼrlar va ertaklar to‘plamlari nashr etilgan.
O‘ta Berdiyor bolalarga bag‘ishlab yozilgan “Tasalli” va “Oriyat” nomli kitoblari uchun 2024-yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Vatan uchun yashaylik” tanlovi g‘olibi bo‘lgan.
Yaqindagina O‘ta Berdiyor tavalludining 95 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida adabiy tadbir o‘tkazish rejalashtirilgandi. O‘ta Berdiyorning o‘zbek bolalar adabiyotiga qo‘shgan yuksak xizmatlari uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Faxriy yorlig‘”i, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining “Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan edi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Adabiyot” nashriyoti tomonidan O‘ta Berdiyorning bolalarga bag‘ishlangan “Shahardan xat” nomli sheʼrlar va dostonlar kitobi nashr etilgan edi. O‘shbu mukofotlar va kitob shoirning oila aʼzolariga topshirildi.
Taniqli bolalar shoiri, maʼnaviyatimizning faol fidoyisi, zahmatkash ijodkor, qadrli ustoz O‘ta Berdiyorning porloq xotirasi yuragimizda saqlanadi.
O‘ta Berdiyorning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildiramiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida atoqli shoir Chustiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tadbir efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Mening birinchi kitobim
Kuni kecha Yozuvchilar uyushmasida "Mening birinchi kitobim" loyiha doirasida respublikamizdagi ijod maktablarida tahsil olayotgan yosh qalamkashlarning 9 nafarini ilk kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid olib berdi. Unda Ijod maktablari o‘quvchilarining ijodiy ishlarini doimiy chop etish tizimini yo‘lga qo‘yishga va yosh ijodkorlarni kashf etishga eʼtibor qaratildi. O‘quvchilarning ijodiy ishlari Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Mening birinchi kitobim" loyihasida “Adabiyot” nashriyotida 500 nusxadan nashr qilindi. Mazkur jarayonga Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid badiiy rahbar, Botirjon Ergashev masʼul muharrirlik qilgan.
- Xabaringiz bor, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Respublika yosh ijodkorlariningg Zomin seminarida 2024-yildan boshlab mamlakatimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan ijod maktablari o‘quvchilari ham ishtirok etishmoqda. Atoqli adiblar nomi bilan atalib, badiiy ijodga ahamiyat berayotgan mazkur o‘quv dargohlarida ko‘plab iqtidorli yoshlar yetishib chiqmoqda, deya taʼkidladi yozuvchi Maʼmura Zohidova.
Ijod maktablarining eng isteʼdodli o‘quvchilari ijodi kitob holida chop qilindi va taqdimotda o‘qirmanlarga havola etildi. Xususan, Nigina Rustamboyevaning "Baxt gullari", Gulsevar Umrzoqovaning “Yomg‘ir”, Zulhayo Mingboyevaning “Istak”, Nurdana Biysenbayevaning "Qo‘shiq ham gurrinler", Rohila Ro‘zimannopovaning "Barglar nidosi", Mohira Diniqulovaning "Yurakka maktub", Marjona Eshqulovaning “Iftixor”, Odina Rustamjonovaning “Orzularim”, Muxlisaxon Haydarovaning "Moviy orzular" kabi kitoblardir.
Ushbu kitoblar asosan nazm janrida bo‘lib, nashrga Erkinjon Hojimurodov, Xulkar Sherzodova, Maʼmura Zohidova, Zulfiya Satbayeva, Iroda Rahmonaliyeva tayyorlagan.
Tadbirda mualliflarga birinchi kitoblari va qalam haqqi topshirildi. Xonandalar va ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari namoyish qilindi.
Zulayho Ahmadjonova
"Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan 9 nafar yosh ijodkorlarning birinchi kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Jarayon
Adabiy anjuman o‘tkazildi
Buxoro davlat universitetida Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Buxoro adabiy muhiti: kecha va bugun” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi. Tadbirda Buxoro adabiy harakatchiligi tarixi va bugungi manzarasiga oid muhim kuzatishlar tinglovchilar e‘tiboriga havola qilindi.
Anjuman ishida Turkiya, Tojikiston singari davlatlar olimlari ham o‘z ma‘ruzalari bilan ishtirok etdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi
Olamning qalbi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi Orziqul Ergash bilan suhbat
#24nov #madaniyat
Davr | Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan "Jadidlar izidan" respublika ko'rik tanlovining Toshkent shahar bosqichi
Читать полностью…Prezident Yangihayot tumani Xushnud mahallasidagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
Prezident.uz
#Xotira
“Nozim Hikmatning turk nazmida inqilob azmini tutgan umid va armonga yo‘g‘iriq sarbast navolari asrimiz havolarini tenglik va erkinlik kuylariga to‘ldirib turibdi”
Tilak Jo‘ra
* * *
Qor kesdi yo‘lni.
Sen yo‘q eding.
Tiz cho‘kdim qarshingda,
sayr etdim yuzingni ko‘zlarimni yumib.
Kemalar kechmaydi, o‘choqlar o‘chmaydi,
sen yo‘q eding.
Qarshingda devorga suyangandim,
gapirdim,
gapirdim,
gapirdim og‘zimni ochmasdan.
Sen yo‘q eding.
Qo‘llarim-la to‘qindim senga,
qo‘llarim yuzimda edi.
Nozim Hikmat
Tarjimon Rauf Parfi
Yoshlikjurnali
@yoshlikjurnali
Prezident tashrifi: yashil makonlarni ko‘paytirish, industrial taraqqiyotni jadallashtirish va odamlar farovonligini oshirish yo‘lida
https://www.yuz.uz
#fikr
Kitob – bir xazina, mutolaa – yorqin tabassumli hayotga boshlovchi mash’aldir.
***
Kitob va mutolaa Sizni qudratli ijod bulog‘iga boshlaydi. Kitob va mutolaa Sizni ko‘pdan ko‘p yangi bosqichlarga ko‘taradi.
Muso Toshmuhammad o‘g‘li OYBEK
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Taʼziya
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va keng sonli aʼzolari taniqli bolalar shoiri, uyushma aʼzosi O‘ta Berdiyor vafoti munosabati bilan adibning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#tavsiya
Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug‘ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak.
Lev Tolstoy
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Taklifnoma
22-noyabr kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining katta majlislar zalida Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, uyushma aʼzosi Normurod Norqobilovning “Yuzma-yuz”deb nomlangan adabiy-badiiy kecha hamda "Qoyalar ham yig‘laydi”, “Tog‘dagi yolg‘iz odam”, “Ajal chorlagan kun”, “Dasht-u dalalarda” nomli qissa va romanlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Taklifnoma
22-noyabr kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyida "Xiyobon oqshomlari" sheʼriyat kechasi bo‘lib o‘tadi. Unda "Yangi sheʼr sahnasi" dasturi ham o‘tkaziladi. Kecha mehmonlari shoirlar - Gulrux Xudoyorova va Jaloliddin Said. Mushoira davomida uch nafar eng yaxshi sheʼr muallifiga sovg‘alar topshiriladi.
Barchangizni sheʼriyat soatida kutamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
"Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan 9 nafar yosh ijodkorlarning birinchi kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
"Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida ijod maktablarida tahsil olayotgan 9 nafar yosh ijodkorlarning birinchi kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.