yozuvchilar_uz | Неотсортированное

Telegram-канал yozuvchilar_uz - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4586

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Подписаться на канал

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taklifnoma

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan 29-noyabr kuni soat 10:00da Adiblar xiyobonida gul qo‘yish marosimi va Yozuvchilar uyushmasida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Topilma

“QASSOBGA MOY QAYG‘U...”

Labzakda, seysmologiya instituti yonidagi uyda turardim. Bir kuni ertalab ishga ketayotsam, institut direktori, taniqli akademik ishxonasi oldidagi hovlida sayr qilib yurgan ekan, borib salom berdim. Hol-ahvol so‘rashdik. Direktor negadir xomush, parishon ko‘rinardi.
– Domla, – dedi dabdurustdan, – mana, siz yuqorida ishlaysiz, ayting-chi, tepadagilar bizning ins­titutimizni unutib yuborishmaganmi ishqilib?
– Nega unday deyapsiz? – dedim ajablanib.
– Negaki, institutimizga hech qanday e’tibor yo‘q-da, – dedi u kishi kuyunib. – Qarang, yetti qavatli mana shu binoda bor-yo‘g‘i ellikta xodim qolgan, besh qavati huvillab yotibdi. Oylik kam, ilmiy ishlarga mablag‘ yetishmaydi. Bilasizmi, bir vaqtlar, – dedi u jonlanib, – ya’ni 66-yilgi zilziladan keyin bizga e’tibor nihoyatda kuchli edi. Bu yerdan Rashidovning oyog‘i uzilmasdi, boshqa rahbarlarni-ku, qo‘yavering. Hozir rayon hokimining qorovuli ham bizdan xabar olmaydi.
– Xo‘sh, muammolaringizni hech ko‘tarib chiqdingizmi? Masalan, Fanlar akademiyasi yo hukumatga mu­rojaat qildingizmi? – deb so‘radim.
Direktorning yuzida xavotir alomatlari paydo bo‘ldi.
– Murojaat qilsam bo‘ladiku-ya, – dedi uh tortib, – lekin rahbarlarning ko‘ziga yomon ko‘rinib qolarmikanman, deb qo‘rqaman-da. Bu yog‘i pensiyaga ketishimgayam besh-olti yil qoldi.
– Ha, endi, domla, bola yig‘lamasa, ona sut bermaydi-da, – dedim yo‘l ko‘rsatib, – bunaqangi ilmiy-tadqiqot institutlari ko‘p bo‘lsa, hammasining ahvolini tepadagilar qayoqdan bilsin. Sizga maslahatim – jamoa nomidan bir xat yozib rahbariyatga murojaat qiling.
Domla bechoraning yuzi qayg‘uli tus oldi:
– Xat yozish qiyin emas-u, ammo-lekin... – U bir zum o‘ylanib turdi-da, keyin chin dildan afsuslanib: – Biz­ning baxtimizga, Toshkentda bir qattiqroq zilzilayam bo‘lmayapti... – dedi.
– E, qo‘ying, domla, nafasingizni issiq qiling-ey! – de­dim shoshib
– Zora, bizga ozgina e’tibor bo‘larmidi, deyman-da, – dedi akademik domla orzumandlik bilan.

Xayriddin Sulton

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan loyiha muhokama qilindi

27.11.2024

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://youtu.be/O3MEyCmoQaI?si=wzEIYsGbtmy71FB1

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Sheʼriyat – dillarni, ellarni bog‘lovchi maʼnaviy ko‘prik

   Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida XVI Turkiy she‘riyat  festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, Turkiya Yozarlar birligi raisi Musa Kazim Aritsan, Turksoy Yozarlar birligi raisi Ulug‘bek Eshdavlat, TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Riza Tezjan va boshqalar so‘zga chiqdi.
   Dastavval uyushma raisi Sirojiddin Sayyid turkiy davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami ishtirokchilarini qutladi. Ushbu sheʼriyat bayramining o‘tkazilishi adabiy aloqalar rivoji yo‘lidagi eʼtiborning amaliy ifodasi hamda turkiy davlatlar shoirlarining ijodiy diydorlashuvi ekanligini taʼkidladi. 
   – Hazrat Navoiyning yurtidagi bunday xalqaro sheʼriyat bayramida ishtirok etayotganimdan behad mamnunman, – dedi Turkiya Yozarlar birligi raisi Musa Kazim Aristan. – Bizning ajdodlar asriy maʼnaviy, maʼrifiy, adabiy rishtalar bilan o‘zaro bog‘langan. Bu mushtaraklikni, ildizlarimizning ko‘hnaligini Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham ko‘rish mumkin. Sheʼriyat esa inson qalbidagi tuyg‘ularning eng go‘zal ifodasidir.
   Tantanali kechada mezbonlar va mehmonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirishdi.
   Festival davomida 100 jildli "Turkiy adabiyot durdonalari" majmuaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
   Ayni damda festival doiasida mushoira bo‘lib o‘tmoqda. Unda shoirlar – Sirojiddin Sayyid, Usmon Azim, Mirzo Kenjabek, G‘ayrat Majid, Sharifa Salimova, Aziz Said, Rustam Musurmon, Botir Ergashev hamda qozog‘istonlik Ulug‘bek Eshdavlat, turkiyalik Mehmet Kurtoglu, Osman O’zbahchi, Atıf Bedir, qirg‘izistonlik Nuriza Omurbayeva, Melis Mamatxan Uuluning sheʼriy chiqishlari adabiyotning dillarni, ellarni bir-biriga bog‘lovchi maʼnaviy ko‘prik ekanini yana bir karra  namoyon etdi.

Zulayho Ahmadjonova

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami qatnashchilari ishtirokida mushoira boshlandi. Marhamat, tomosha qiling.

https://fb.watch/w6GSSNzvX_/

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivalining ikkinchi kunidan fotolar.
Festival o‘zi ishini davom ettirmoqda.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivalining ikkinchi kuni Adiblar xiyobonidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.
Unda jam bo‘lganlar ulug‘ mutafakkir shoir xotirasiga taʼzim bajo keltirishdi. Mumtoz adabiyotimizda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Festival o‘zi ishini davom ettirmoqda.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/xvi-turkiy-sheriyat-festivaliga-start-berildi_661262

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayondan suratlar.

Muallif – Ahmad To‘ra.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

#Adabiy_saboq

Adabiyot – so‘zga jon bag‘ishlamoqdir

* * *
Adabiyot, ayniqsa, she’riyat shunday narsaki, xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham shuhrat qozonishga sabab bo‘laveradi. Lekin ijodkor shuhratning ketidan quvib, yengil-yelpi mavzularga berilsa, xalqqa, adabiyotga, xususan, o‘z-o‘ziga katta zarar yetkazadi.

* * *
Ijodkor uchun faqat bolalik xotiralari yoki mahdud tuyg‘ulari yetarli mavzu bera olmaydi. Ijodkor asl vatan farzandi bo‘lishi, xalqini buyuk g‘oyalar bilan ta’minlashi, insonlarga yuksak fazilatlardan saboq berishi uchun o‘z vatani, o‘z xalqi tarixini o‘rganishi zarur.

Mirzo Kenjabek

Batafsil

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

E'tirof

CHORI AVAZ HAQIDA

Shu yilning aprel oyida Boku shahridagi AMEA ilmiy kutubxonasining akademik zalida atoqli va taniqli shoir Chari Avazning ozarbayjon tilida nashr etilgan she’rlar kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda taniqli turkolog olim Romiz Asqar (rahimahulloh, Alloh rahmat qilsin), shoirning do‘stlari professor Yashar Qosim, dotsent Akif Azalp, professor Nurboy Jabborov, shoirning turmush o‘rtog‘i Zebo Omonova shoir haqida o‘zlarining ajoyib fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shoirning she’rlari va shaxsiyati haqida iliq xotiralar eslandi.
Bu ajoyib tuyg'u edi. Bugun Zebo Omonova menga Chori Avaz haqida “Chori Avazning yashil yo‘li” nomli hujjatli film yubordi. Filmga Boku taqdimoti kiritilganini ko‘rib, yana o‘sha kunga qaytdim. Zebo xonim, sizlarga Alloh taolo sabr bersin.

Almaz Ulvi Binnatova

CHORI AVAZNING YASHİL YO'Lİ! HUJJALI FİLM

https://youtube.com/watch?v=Uf0NFYt4t28&feature=shared

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Turkmanistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-21-noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri va Turkmanobod viloyatlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning taniqli madaniyat namoyandalari, sanʼatkorlar va adiblar ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Abduqayum Yo‘ldoshev, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Nosirjon Jo‘rayev Maxtumxuli Firog‘iyning 300 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan o‘zbek-turkman shoir va yozuvchilari ishtirokidagi anjumanda qatnashdi.
Tadbir doirasida ikki qardosh xalq adabiyotidagi mushtaraklik, xususan, Maxtumquli ijodining turkiy xalqlar va dunyo adabiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z bordi.
Anjumanda Maxtumqulining O‘zbekistonda nashr etilgan muhtasham “Saylanma” kitobi Turkmaniston davlat kutubxonasiga taqdim etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Maxsus reportaj | Qardosh xalqlar do`stligi: Ashxabodda O`zbekiston madaniyati kunlari
#24nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

To‘ra Sulaymon ijоdiga bag‘ishlangan tanlov

Maktablarda ko‘rik-tanlovlar, musobaqa va bellashuvlar talaygina. Ammo Yashnobod tumanidagi 255-sonli maktab ma‘muriyati tashabbusi bilan uyushtirilgan tanlov bo‘lakcha, boshqalariga mutlaqo o‘xshamaydi. Adabiyotga oshno, ijodiylik va bilimdonlikni birlashtirgan mazmunli tanlov O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlanib, “Kitobxon ona” deb nomlandi.
O‘ziga xos adabiyot va san‘at kechasiga aylangan tadbirga adaiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshev, shoir Muhiddin Abdusamad, Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri maslahatchisi Azizbek Turdiyev, taniqli yozuvchi Nabijon Boqiy, To‘ra Sulaymonning qizi Yulduz Begaliyeva ishtirok etdi.
E‘tiborlisi, unda o‘quvchilarning onalari olti guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun bahs yuritdi. Yakunda kitobsevar onalar turli nominatsiyalar bo‘yicha alohida e‘tirof etildi.

Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami qatnashchilari ishtirokida mushoira boshlandi. Marhamat, tomosha qiling.

https://fb.watch/w7KLdn2PI_/

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi



28-noyabr – rus shoiri Aleksandr Blok tavallud topgan kun

Aleksandr Blok 1880-yil Rossiyada dunyoga kelgan. Peterburg universitetini tamomlagan.

Ilk to’plami — «Go’zal Bonu haqida she’rlar» (1904) rafiqasi Lyubov Mendeleyeva (kimyogar D. Mendeleyevning qizi)ga bag’ishlangan. Dastlab Blok simvolist shoir sifatida tanilgan. 1905-yilgi inqilobiy o’zgarishlar ta’sirida simvolizmdan voz kechib, ijtimoiy mavzuda «Shahar», «Vatan», «Dahshatli olam», «Qasos» turkum she’rlari va «Tomoshaxona», «Atirgul va xoch» kabi dramalar yozgan.

Uning «O‘n ikki» poemasi va ko‘plab she’rlari Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Jamol Kamol, Mavlon Ikrom, Omon Muxtor, Oygul Suyundiqova va boshqalar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

KUZ KUNI

Ketayapmiz angʻiz boʻylab jim,
Sening bilan yonma-yon , doʻstim.
Yoziladi koʻngillar bu kez
Cherkovida qishloqning yolgʻiz.

Viqorli kun – kuz kuni sokin,
Eshitilar qargʻalar betin
Doʻstlarini chorlaydi bir-bir,
Oʻhtin-oʻhtin yoʻtalar kampir.

Gʻallalarga enadi havo,
Koʻzga singib boradi samo
Tizim-tizim turna izida,
Boʻgʻiq ovoz, vido boʻgʻzida…

Uchar, uchar argʻamchi kabi
Yigʻlab borar yoʻlboshchi qalbi.
Bu ne tovush, nimaning isi,
Qaydan keldi kuzning yigʻisi?

Pastak uyli qishloqlar ichra,
Quchib boʻlmas oʻtloqlar ichra
Qora tortib borgan olis kun
Lovullaydi zoʻr gulxan beun…

Yolgʻizlardan yolgʻizim, yurtim,
Yuragimga eng yaqin etdim!
Shoʻrlikkinam, ayolim mening,
Buncha achchiq koʻz yoshing sening!..


Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat bayrami "O‘zbekiston 24" radiokanalida keng yoritildi. Muallif — Durdona Ma'diyeva.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://youtu.be/4QR4YvTbKeI?si=lKP6zvXSDQTW8NJO

26.11.2024

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/adabiy-diydorlashuv_661599

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Jarayon

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivalining ikkinchi kunidan fotolar.
Festival o‘zi ishini davom ettirmoqda.

Muallif – Ahmad To'ra.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Туркий тилли давлатлар халқаро шеърият байрами қатнашчилари иштирокида мушоира бошланди. Марҳамат, томоша қилинг.

https://fb.watch/w6GSSNzvX_/

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ахborot 24 | Ochiq eshiklar kuni

#27nov #uzbekiston24

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

26-29-noyabr kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokida XVI Turkiy she’riyat bayrami o‘tkazilmoqda. Ushbu bayram doirasida turli tadbirlar, adabiy uchrashuvlar, mushoiralar tashkil etiladi. Adabiy bayramga barchani taklif etamiz.
Ertaga soat 9:00 da barchangizni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tadigan ochilish marosimida kutamiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

FESTIVAL BOSHLANDI

Xabar berganimizday, 26-29 noyabr kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokida XVI Turkiy tilli davlatlar xalqaro sheʼriyat festivali boshlandi.
Bugun aksar mehmonlar Toshkent shahriga yetib keldi. Hozirda TURKSOYga aʼzo bo‘lgan Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari “Do‘rmon” ijod uyiga joylashtirildi.
Mehmon ijodkorlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid boshchiligidagi mezbon yozuvchi-shoirlar bilan birga “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Uch ming yillik tarixga ega tariximiz bilan tanishdi.

Muallif – Ahmad To‘ra.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

❗️
HAZRATI INSON
Sirojiddin SAYYID

El-ulus dardida chekkan g‘am-hasrat,
Hazrati insondir Navoiy hazrat.
“Boburnoma” asli hasrati Bobur,
Uni bitgan inson – hazrati Bobur.


📱 Batafsil: jadid.uz/hazrati-inson

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://xabar.uz/post/olam-ichra-buyuk-hikmat-izladi

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

TAKLIFNOMA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida 26-29 noyabr kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokida XVI Turkiy sheʼriyat festivali o‘tkaziladi. Ushbu festival doirasida turli tadbirlar, adabiy uchrashuvlar, mushoiralar o‘tkaziladi. Adabiy bayramga barchani taklif etamiz. Dastur ilova qilinmoqda.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati

XALQARO TURKIY SHEʼRIYAT FESTIVALI


(TOSHKENT 2024 yil, 26-30 noyabr)

Festival Mehmet Dog‘an xotirasiga bag‘ishlanadi

 1-kun

26 noyabr, seshanba

Soat 15:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yiladi.

2-kun

27 noyabr, chorshanba

09:00-10:00 da Adiblar xiyoboni bilan tanishish, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish.

10:30-11:30 da Tantanali ochilish marosimi (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida). Videorolik namoyishi.

So‘zga chiquvchilar:

1. Sulton Rayev – TURKSOY Bosh kotibi;

2. Sirojiddin Sayyid – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi;

3. Musa Kazim Aritsan – Turkiya Yozarlar birligi raisi prof.;

4. Ulug‘bek Eshdavlat – Turksoy Yozarlar birligi raisi;

5. Ali Riza Tezjan – TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari;

Sertifikat taqdim etiladi

11:30-12:30 da Yoqub Umar o‘g‘lining “O‘n dollar” kitobi taqdimoti.

14.30-16.00 da “Alisher Navoiy va XXI asr sheʼriyati: Erkin Vohidov va Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlanadi”. Mushoira (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida).

16.00-17.00 da uchta asosiy mukofot taqdim etiladi. Shoirlarni taqdirlash marosimi.

17.00-18.30 da “Sheʼriyat kelajagi va sunʼiy intellekt”.

So‘zga chiquvchilar:

1. Usmon O‘zbaxche

2. Ali K.Metin;

3. Atif Badir;

4. Mehmet Ayji;

5. Ali Sali.

3-kun

28 noyabr, payshanba

09.30-10.30 da Abdulla Qodiriy ijod maktabi va Qodiriy memorial muzeyi bilan tanishish

10.30-12.30 da Mehmet Dog‘an xotirasiga bag‘ishlangan mushoira. (“Turon” kutubxonasi katta zalida).

14.00-16.00 da Qirg‘iz shoiri Aliqul Osmonov xotirasiga bag‘ishlangan mushoira.

16.00-18.30 da Qozoq shoiri Abay xotirasiga bag‘ishlangan mushoira.

19.00-21.00 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nomidan tantanali qabul marosimi.

4-kun

29 noyabr, juma

9.00-20.00 da Toshkentning diqqatga sazovor joylariga sayohat.

9.00-13.00 da Hazrati Imom meʼmoriy majmuasi. Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi.

14.00-18.30 da Toshkent tarixi muzeyi. Suzuk ota meʼmoriy majmuasi.

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Taklifnoma

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 27-noyabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda adib va tarjimon, uyushma aʼzosi Shuhrat Matkarimning “Boljon” nomli hikoya va qissalar kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu adabiy kechaga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

https://uza.uz/oz/posts/normurod-norqobilov-tabiatning-kamtar-kuychisi_660236

Читать полностью…
Подписаться на канал