“Maʼrifat_ulashib” Jizzaxda
Kuni kecha Jizzax politexnika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida institutga biriktirilgan taniqli adiblar ishtirokida bir qator tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Institutga biriktirilgan taniqli adiblar institut rahbariyati tomonidan kutib olindi. Dastlab mehmonlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut rahbariyati, adiblar hamda xodimlar ishtirokida institut hududida ko‘chatlar ekildi. Adiblar hamda institutimiz jamoasining G‘allaorol tumanidagi 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qatnashdi.
Shundan so‘ng adiblar talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda “Osh chempionati” tanlovi ishtirokchilarini baholadi. Shuningdek, adiblar talabalarning yashash sharoiti, oilaviy holati, muammolari bilan qiziqib, ular bilan samimiy suhbat qildilar.
#iqtibos
Asqad Muxtor:
Yosh yozuvchi bo‘lish qiyin
Yoshlarni tanqidga sog‘lom munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash uchun avvalo tanqidning o‘zi oqilona, samimiy va ishonarli bo‘lishi kerak. Tanqidni hech kim yaxshi ko‘rmaydi, deyishadi; lekin samimiy, mehribon va talabchan tanqidni talantli yoshlar hurmat qiladilar. Men qayerdadir bir aytgan edim: faqat qog‘oz gul yomg‘irdan qo‘rqadi.
* * *
Yoshlar ijodida yana bir muhim masala shuki, biz yosh adabiyotda janrlar, uslublar rang-barangligiga yetarli e’tibor bermayapmiz. Qissa, hikoya, she’r – janrlar hozircha shulardangina iborat.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida shoir Ulug‘bek Hamdamning “To‘rtko‘cha” romani taqdimoti efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
TAQDIMOT
25-dekabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Komil Sindarovning navbatdagi detektiv asarlari "Qabohat girdobi" va rus tilidagi "Жажда мести" kitoblari, shuningdek Komil Sindarov hamda yozuvchi Jabbor Shukur tashabbusi bilan Boshqirdiston xalq yozuvchisi Marsel Salimning o‘zbek tiliga o‘girilgan "Oltin kitob" asarining ham taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Taqdimot kuni yozuvchiga o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berish, muallifdan qo‘lxat olish va "omadli ishtirokchi" sifatida yozuvchi tomonidan taqdim etilgan "Yangi kitoblar jamlanmasi"ga ega bo‘lish imkoniyati bor. Ha aytgancha, shu kuni yozuvchining boshqa kitoblarini ham maxsus chegirmalar asosida xarid qilishingiz mumkin.
Yozuvchi Komil Sindarovning "Tergovchi" seriyasidagi kitoblari bo‘yicha o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari taqdirlanadi.
Tadbirda onlayn ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.
Vaqt: 25-dekabr soat 11:00da.
Joy: Navoiy shoh ko‘chasi 1-uy.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
ORIF KOMIL VA KUMUSH ABDUSALOMOVA "XIYOBON OQSHOMLARI"DA
2024-yilning so'nggi "Xiyobon oqshomlari" ijodiy kechasi yosh ijodkorlar Kumush Abdusalomova va Orifjon Komilov ijodiga bag'ishlandi. Unda ustoz shoirlar, adabiyotshunoslar, yosh ijodkorlar va she'riyat ixlosmandlari ishtirok etdi.
Ikki yosh shoir ijodi bo'yicha qiziqarli suhbatlar o'tkazildi.
Oqshomda shoirlar Aziz Said va Abdulla Vaxsh ham o'z she'rlaridan o'qib berdi. Adabiyotshunos Musulmon Namozning yosh ijodkorlar she'riyatiga oid sharhlari ham tinglandi.
"Xiyobon oqshomlari" ijodiy kechalari 2025-yilda ham davom etadi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
She'r sehri
Rizvon olmasida imoning sening
Abduvali Qutbiddin she'ri
Muhayyo Rustam qizi o‘qigan
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimova ijodiga nazar.
📍 "Madaniyat va marifat" telekanalida.
📺 "Fonoteka"
🗓 21-dekabr
🕰 18.30
Biz chiqargan kitob
GENERAL JO‘RABEK: DAVR VA QISMAT
Tarix – insoniyatning ortga qaytarib bo‘lmaydigan, qayta yozilmaydigan nodir o‘tmishi, kashf etilmagan buyuk xazina. Ayonki, xolis va haqqoniy, adolatli yoritilgan tarixiy haqiqatlargina xalqning bebaho mulkiga aylanadi. Shu maʼnoda sho‘rolar zamonida “g‘oyat ziddiyatli va murakkab shaxs” sifatida talqin qilingan harbiy arbob, maʼrifatparvar inson Jo‘rabek Qalandar qori o‘g‘li taqdiri haqida mustaqillik davriga kelibgina to‘g‘ri, xolis bahoni aytish imkoniga ega bo‘ldik.
Ushbu kitobda mualliflar bir yarim asrdan ko‘proq davr avval Turkiston zaminida ro‘y bergan hodisotlar, taxt va mansab, boylik talashish ortidan kelib chiqqan urush-nizolar, talotumlarni bugungi kun nazari bilan tahlil qilgan.
O‘ylaymizki, Norqobil Jalil va Ro‘zimboy Hasanning ushbu tarixiy-hujjatli badiasi barcha qatlamdagi o‘quvchilarni keng mushohadaga chorlaydi.
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Taqrizchilar: Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston sanʼat arbobi, adabiyotshunos
Xurshid Do‘stmuhammad, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
Adabiy muharrir: Erkin Aʼzam, O‘zbekiston xalq yozuvchisi
Nashriyot: "Adabiyot"
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘ZMUNCHOQ
Shaxsiyat va sheʼr
Har kishiga Yaratgan bir tabiat bergan. Kimdir hazilga moyilroq. Boshqa birov – o‘ta jiddiy. Baʼzi kimsalarga so‘zlarning maʼnosi – ko‘proq qiziq, boshqalarga – shakliy jihati ham.
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidni ko‘rgan kishi uni “juda jiddiy odam” deb o‘ylaydi. Uncha-munchaga kulavermasligi buni yana ham quvvatlaydi. Holbuki, zohirda har qancha jiddiy ko‘rinmasin, uning feʼlida hazilga moyillik ham – kuchli, u so‘zlarning shakliga ham befarq emas.
Bir kuni taniqli adabiyotshunos Qurdosh Qahramonov bilan birga qabuliga kirdik. Domlani Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo qilish xususida ham gap ketdi.
– Yaxshi bo‘lar ekan-da, – dedi rais kutilmaganda jiddiy turib. – Avvallari Uyushmamizda “JJ”, “NN” bor edi, mana, hozir “AA”, “SS” – bor, endi safimizga “QQ” ham qo‘shilar ekan-da-a!..
Batafsil...
Кириллчада ўқинг!
Gʻazal sog‘inchi
***
Falakka boqmadim, hanuz bir oyu bir qamar bormu?
Goh yolvorib, goh yig‘laram — bu ishimdin samar bormu?
O‘zni eranlarning ul diydiyosina o‘rgatdim,
Ko‘z yoshimdin guhar yo‘qtur — bu ishimga darkor bormu?
Tong chog‘i yeldilar nogoh, Nasimimning nasimimi —
Ayo siz, jondayin kelgan, bizingchun bir xabar bormu?
Mo‘ltirab boqdim mung‘ayib, ne ma’shuqdur salomi yo‘q,
Bir xushlik mujda yetkarsa — bundin Anga zarar bormu?
Xayolim kuffora ketar, bormukin yo afsonamu,
Ayo siz, sajda etganlar, benishondin asar bormu?
***
Muddatidir ay ko‘ngil, devona bo‘lmaymizmi?
Yetganlarday tolibi mayxona bo‘lmaymizmi?
Kapalakki g‘umakdan chiqib, o‘tga talpinmish,
Hikmati ne bo‘ldi, deb so‘zona bo‘lmaymizmi?
Bunda ko‘plik yo‘q erur, yagonadir, yaktodir,
O‘zlik qal’asin buzib, vayrona bo‘lmaymizmi?
Har neki yashirindir, ulug‘ hikmat andadir,
Ishqni qalbga jo aylab, pinhona bo‘lmaymizmi?
Bul aflok xush evrilib, yetsa saodatlik dam,
Ishqdin o‘tlug‘ so‘z aytib, sayrona bo‘lmaymizmi?
Dil, bu dam muddatidir, muddatidir, muddati,
Ul Haq yo‘lini tutgan mardona bo‘lmaymizmi?
Zokir XUDOYSHUKUR
❗️
Xalqaro adabiyotshunoslar e’tirofiga ko‘ra, yilning eng yaxshi o‘n romani
📱 Batafsil: jadid.uz
✅Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
Prezident: "Tadbirkorlikni rivojlantirish – biz uchun strategik vazifa"
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi va tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi.
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/114165
Ma'rifat ulashib Xorazmda
Urganch davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim, professor Qozoqboy Yo'ldosh, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist, yozuvchi Olim Toshboy hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Ochil Tohirning talabalar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkazilayotgani ayni muddao ekani qayd etildi.
Inson ma'naviyatini yuksalishida badiiy adabiyotning o'rni haqida gapirib, yoshlarda badiiy adabiyotga qiziqish uygʻotish, kitobxonlik darajasini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.
Talabalar bilan ijodiy fikr almashildi. Oʻz ijod namunalaridan misollar keltirishdi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda talabalar sheʼriyat, ijod haqida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
🖌 O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Turksoy tashkiloti, Muhammad Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi tomonidan buyuk shoir Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligi munosabati bilan 2024-yil 21-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Erkin Vohidov ijodiy merosi va turkiy adabiyot masalalari” mavzusida uluslararo konferansi bo'lib o'tadi.
Barchani mazkur konferansga taklif etamiz!
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
❗️
Abdulla Oripov izdoshlari
Yurtimizda ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlash va o’tgan buyuk ajdodlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomlarida ijod maktablari tashkil qilingan. Bu safar shunday dargohlardan biri – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ijodidan namunalarni hukmingizga havola etamiz.
✍️ Gulsevar UMRZOQOVA
✍️ Hikmatbek BOYQOBILOV
✍️ Farangiz HAYITOVA
✍️ Guljahon SADINOVA
✍️ Eldurbek ISMATILLAYEV
✍️ Sevinch NURIDDINOVA
✍️ Dilfuza BO‘RONOVA
✍️ Soliha UMAROVA
✍️ Muhammad ODILOV
✍️ Charos KAMOLOVA
✍️ Ruxshona XOLIQOVA
✍️ Zemfira ESONOVA
✍️ Laziza ZIYODULLAYEVA
✍️ Gulhayo NARZULLAYEVA
✍️ Marg‘iyona GULMURODOVA
BU DASHTLARGA...
Aziz Onajonim xotirasiga!
Bizning dashtga bahor erta kelar edi,
Oq turnalar aziz qo‘shni bo‘lar edi.
Yonboshlagan yashil chopon bobo qirlar,
Yelkasiga mindirardi aytib sirlar.
Yomg‘irlarning entikishin tinglardim men,
Shamollarning tashvishini anglardim men.
Onajonim shamol kabi kezar edi,
Tandirga non yopib, oftob uzar edi.
Mehribonim bulut bilan dillashardi,
Yomg‘ir tinar, so‘ng g‘ilmindi qilishardi.
Qora sahar oq niyatlar elar edi,
Maktabxaltam orzu bilan to‘lar edi.
Olti bolam – olti shahar der edi-da,
Olti yoshda yetim qolgan hur edi-da...
Yonib chiroq, turib tuyoq bo‘lsin, derdi,
Men kam dedim, xirmonlaring to‘lsin, derdi.
O‘qish-yozish bilmas edi – taqdir qisgan,
Bu dunyoning toshlog‘ida gulday o‘sgan.
Shahid ketgan og‘asini qo‘msar edi,
Chorijondan tirnoq yo‘q, deb eslar edi.
Qiyomatga uch ko‘za suv g‘amlagandi,
Taqdir uch bor “bolam”latib aldagandi.
Otam esa sukunatning o‘g‘li edi,
Yetti yashar go‘dak kabi to‘g‘ri edi.
Uyimizga mehmon edi qaldirg‘ochlar,
Shomni irim qilishardi simyog‘ochlar.
Dilgir onam un gardlardi boyo‘g‘liga,
Kaftlaridan sir oqardi tun bag‘riga.
Tushlarimda kamalaklar yashar edi,
Tillarimga har kun bir so‘z qo‘shar edi.
Oppoq sutning qaymog‘iday oq tonglarda,
Gul ko‘nglimni cho‘miltirgan ul onlarda...
Mehr emib mening ko‘nglim katta bo‘ldi,
“Alpomish”lar, “Kuntug‘mish”lar yodda bo‘ldi.
So‘ng tanishdim savoli ko‘p olam bilan,
O‘zim bilmay xayrlashdim onam bilan.
Chiqib ketdim men mehrning mehvaridan,
Judo bo‘ldim koinotim gavharidan.
Tandirdagi nonqo‘ygichda qo‘lin izi,
Xudoyim-ey! Qani o‘zi, qani o‘zi?..
Qo‘zigulday toza ko‘nglim bor edi-ya,
Polvon onam, sulton onam bor edi-ya...
Onaginam yomg‘ir kabi yog‘ib o‘tdi,
Azim dunyo bir tomonga og‘ib ketdi.
Bildim: umr oxiri yo‘q sog‘inishdir,
Va yo onam ekkan tutdan uchgan qushdir.
Yurgan edim g‘am haqida sheʼrlar yozib,
Lek bilmasdim qanday bo‘lar g‘amning o‘zi.
Ona, sening borligingdan shoir bo‘ldim,
Yo‘qligingdan g‘am selida toyir bo‘ldim.
Tol beshiklar ko‘kragingga botgani-chun,
Tol tayoqlar ko‘kragimga botdi bugun.
Qaro yerni qayirib bosib yurmading-a,
Sensiz quvonch tatimadi, ko‘rmading-a...
Neni orzu qilish kerak, bilmaydirman,
Yolg‘onchida endi orzu qilmaydirman.
Lopillagan tobutingda ketdi borim,
Kuyib-tutab ketayotir ushbu sheʼrim.
Qizalog‘im chehrasidan izlagayman,
Topolmayman, kulib turib bo‘zlagayman.
Deyman: «Momong ko‘kka uchdi – yulduz bo‘ldi»,
Tongda deydi: «Momo, keling, kunduz bo‘ldi».
To‘n qavisa, chirozlari sheʼr edi-ya,
Shoir onam, chevar onam bor edi-ya!
Onajonim shamoldayin yelib o‘tdi,
Mard kelgandi, mard yashadi – g‘olib o‘tdi.
Ey, yoronlar, yurganimga ishonmanglar,
Sheʼrlar aytsam, tirik, deya quvonmanglar.
...Bu dashtlarga bahor erta kelar edi,
Turna uchsa, dil havasga to‘lar edi.
Endi sira uchgim kelmay qolgan mening,
Orzuyimni zamin yutib olgan mening.
Endi ko‘zim ko‘kka yonib boqolmaydi,
Yerni suygan odam qanot qoqolmaydi.
Bu yer bir payt oddiy tuproq maskan edi,
Ildiz otdim – Ona degan Vatan endi.
Shodmonqul Salom,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
***
Bodomlar potirlab gulladi tongda,
Kuzgi mevalardan ko‘nglim bo‘ldi to‘q.
Bahorni bahordek sevdim, azizim
Undan o‘zga fasl axtarganim yo‘q.
Bog‘larga yarashdi fasli xazonlig‘
Kuydirib-kuydirib o‘tdi saraton.
Muz yo‘llarni sevdim qahratonlarda,
Ko‘klamga yetishga shoshmadim, ishon.
Qish tugashin zarra istamas edim,
Birga yonsak mayli yozlarda abad.
Hamma fasl o‘tsin boshimdan manim,
Faqat, sen yonimdan ketma, muhabbat!
Shoxsanam Nishonova
#tanlov
Tanlovda gʻolib boʻling va kitob sohibiga aylaning!
⁉️ Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ kitobining 2024-yildagi nashriga ega boʻlishni xohlaysizmi?👇🏻
👉🏻Unda „Boburnoma“ asaridagi oʻzingizga yoqqan parchani izohda qoldiring.
👍Eng koʻp munosabat olgan parcha egasi 150 ming soʻm turadigan Boburnoma kitobining sohibiga aylanadi!👇
Tanlov 31-dekabr soat 23:59 gacha davom etadi.
@fannashriyoti
TA'ZIYA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli a'zolari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Xosiyat Rustamovaga otasi Islomali Rustamovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
QOR ZAVQI
Chiroyli yog‘moqda qor, mayda-mayda yog‘ar qor,
Osmondagi bulutlar yerga sepgandek shakar.
Falak cheksiz boylikni boshidan aylab nisor,
Kumush sochayotgandek huzur qilmoqda shahar.
Yer yuragimdek issiq, yer nafasimdek qaynoq,
Qor uchib tushar qushdek qanotlarini kerib.
Oqbadan qorni quchib terlab ketadi tuproq,
Qor objo‘shdagi shakar misoli ketar erib.
Qor yog‘moqda oppoq qor, go‘yo un separ osmon,
Barchaning fikri yodi barakaga cho‘lg‘angan:
Bamisoli falakdan un sepadi tegirmon,
Odamlarning ust boshi oppoq unga bulg‘angan.
***
Qattiq kishnayapti ayoz – oppoq ot,
Yaltiraydi suvning billur kovushi.
Shamol jon holatda qoqmoqda qanot,
Eshitilar qorning oyoq tovushi
Rustam Musurmon,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
"Shavkat Mirziyoyev fenomeni" kitobining taqdimoti o'tkazildi
muxbir: Muhammad Amir Hayotzoda
#Ozarbayjon
12:00 20.12.2024
@hududtv
“O‘zbekiston” radiokanalida O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir efirga uzatildi.
Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
#olis_yaqin_ovozlar
SAVOL
Bilmaysizmi, dunyoni qayta
Yana barpo qiladimi Haq?
Yana quyosh otilib koʻkka
Tun va kunni qiladimi hal?
Yana olam ocharmi chiroy?
Tuproq quchib unadimi gul?
Yana toʻqay madhini kuylab,
Tomoq yirtib sayrarmi bulbul?
Oy yuzini suyib, erkalab,
Subh koʻzidan sizadimi nur?
Yana yerda muhabbat, hasrat
Koʻngillarga solarmi gʻujur?
Siz-chi, qayta tugʻilasizmi,
Meni izlab kelasizmi? Yo
Yana Tangrim Lavhul mahfuzda
Ismimizni yozarmi ayro?
Masihulloh
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
Isteʼdodli shoir Amirqul Po‘lkanning "Sen oyday uzoqsan, Malagim" tanlanlan asarlari haqidagi eshittirish O‘zbekiston radiokanalining "Adabiy jarayon" dasturida efirga uzatildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“Ma‘rifat ulashib” loyihasi doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan ijodiy-ma‘rifiy uchrashuvda Yozuvchilar uyushmasi a‘zoslari - Zuhrabegim Eshonqulova, Nilufar Allamuratova ishtirok etdi.
Читать полностью…QOR
Har tomonda qor, qor, qor…
El bilan tushar, chiqar.
Bulutlar elab elak,
Separ oppoq kapalak,
To‘da-to‘da ucharlar,
Aylanishib qocharlar,
Yellarga yo‘l ocharlar.
Mana, har tomon oppoq,
Maydon, ko֥‘cha, tom, chorvoq.
Yerlar to‘ngan, ko‘k to‘ngan,
Havo charchab bo‘g‘ilgan.
Ko‘kragiga tushgan qor
O‘ziga joy axtarar,
Jimjit uylarni o‘rar…
Cho‘lpon she’ri
Anvarjon Aliyev o‘qidi
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Normurod Norqobilov bilan bo‘lib o‘tgan “Yuzma-yuz” deb nomlangan adabiy uchrashuv efirga uzatildi.
Muharrir: Bahriddin Mahmadaliyev