Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot
“Ishonch” gazetasining 2024-yil 10-sentyabr kungi 112-soni mutolaa uchun havola qilindi.
Читать полностью…Xon atlas festivali
VATANNI O‘RGANISH
Sirojiddin Sayyid she'ri
Oqidi: Shahlo Hojiyeva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Xon atlas festivali
Farog‘at Xudoyqulova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Xon atlas festivali
XON ATLASIM, SHON ATLASIM, JON ATLAS
Momolarim bukilmagan qaddisan,
G‘ururisan, shaʼnidirsan, qadrisan,
To‘fonlarga bo‘yin egmas ahdisan,
Asrlarga bardosh bergan xon atlas.
Ranglaringda yuragim bor, aslim bor,
Sharafim bor, nasabim bor, naslim bor,
Ishqim to‘la yoniq, otash faslim bor,
Nomusimga bayroq bo‘lgan shon atlas.
Boqsam agar, dardlarimga darmonim,
Bir bor kiyib ko‘rmaganga armonim,
Jilo sochib, chiroy ochgan jahonim,
Sendan yiroq bo‘lganlardan ton, atlas.
Sensiz mening ko‘nglum aslo to‘lmagay,
Yal-yal yonib bir kiymasam bo‘lmagay,
Qirq ming jonim yashnab turgay, so‘lmagay,
Jismim uzra quvvat berib yon, atlas.
Vatan kabi ardog‘imdasan mening,
Ko‘zim ichra qarog‘imdasan mening,
Umrim qadar har onimdasan mening,
Tolang uzra boqar ozod tong, atlas.
Sening birla porlab turgay bu yuzim,
Chaman bo‘lgay qadam bosgan har izim,
Suyib kiydim, suyib kiygaydir qizim,
O‘zbekiston qadar menga jon, atlas!
Asrlarga bardosh bergan xon atlas,
Nomusimga bayroq bo‘lgan shon atlas,
Jismim uzra quvvat berib yon, atlas,
Xon atlasim, shon atlasim, jon atlas!
Sayyoraning egnida ham tovlanib,
O‘zligimdan urib turgin bong, atlas!
Sayyora Samandar,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
TAʼZIYA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi, shoir Abdug‘ani Abdurahmonovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Paralimpiya ilhomlari
ASIL YURTNING ASILA QIZI
Parij - 2024 Paralimpiya musobaqalarining rekordchisi Asila Mirzayorovaga
Asil yurtning Asila qizi,
O‘zbegimning erka yulduzi.
Gʻalabangdan yurak entikib,
She’rga tushdi ko‘nglimning so‘zi.
Uzoqlarni ko‘zlagan qizim,
Irodangga bersin-a to‘zim.
Quvonch birla yoshlangan o‘shal,
Ko‘zlaringdan aylanay o‘zim!
Ko‘tarildi bayrog‘u-tug‘lar,
Rekordingdan yurakni cho‘g‘lar.
Sendagi bu shahd-shijoatni
Ko‘rib qo‘ysin "ko‘zi ochiq"lar!
O‘zbekiston elin jonisan,
Vohamizning dur-marjonisan!
Chempionim, Asila qizim,
Sen shu yurtning qahramonisan!
O‘lmasbek Samarqandiy
“Vatanparvar” gazetasining 2024-yil 6-sentabr sonida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, elimizning sevimli shoiri Azim Suyunning turkum she’rlari berildi. Harbiylarimizning Vatan oldidagi muqaddas burchlarini bekamu ko‘st ado etishlarida ulug‘ shoirimizning o‘tli satrlari kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat bag‘ishlashi, shubhasiz.
Читать полностью…***
Para taekvondo bo'yicha terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qo'zievga
Bizning Bobur bolalikdan
Sportga qo‘ydi ixlos.
Taekvando sporti-la
Yuksalib, qildi parvoz!
Yengdi raqibni faqat,
Chiqib dadil maydonga.
O‘zbekiston nomini
Tanitdi keng jahonga!
Charchamasin, tolmasin,
Mohir ustoz – Boburjon.
Yer yuziga dong taratsin
Pahlavon O‘zbekiston!
Abdumannon Toshtemirov
https://www.youtube.com/watch?v=cchO0ebRY48
Читать полностью…😀
❤️🔥 “Jadid” gazetasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 36-soni bilan tanishing:
📱Elektron gazeta
⚫️Oqil SALIMOV:
“Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir!”;
⚫️Mansur JUMAYEV:
“Chin xazina”;
⚫️Rustambek SHAMSUTDINOV, Dilshod HOMIDOV:
“Hurriyat uchqunlari”;
⚫️Oqil ABDUBARNOYEV:
“Paralimpiyachilarimiz tarix yaratmoqda”;
⚫️Muhayyo PIRNAFASOVA:
“O‘zbekistonda transplantologiya istiqbollari”;
⚫️Bahodir KARIM:
“Dahoga ehtirom”;
⚫️Gunnar SHELLENBERGER:
“O‘zbekiston hamkorlikka munosib mamlakatdir”;
⚫️Munavvara USMONOVА:
“She’riyatimizning onaguli edi”;
⚫️Erpo‘lat BAXT:
“Bugungi bolalar adabiyoti muammolari”;
⚫️Muxtor XUDOYQULOV:
“Mumtoz she’riyatning sodiq davomchisi”
⚫️Rustam JABBOROV:
“Turkman elining ulug‘ farzandi”;
⚫️Xurshid ABDURASHID:
“Oq va qora e’tiqod saltanati”;
⚫️Temur SHIRINOV:
“Tarixning vazifasi nima?”;
⚫️Olim OLTINBEK:
“Ittifoq-u g‘ayrat-u himmat kerak...”;
⚫️Bahodir NURMUHAMMAD:
“Ortga qaytish yo‘q”;
⚫️Muhayyo RUSTAM qizi:
“Qilko‘prikdan omon o‘tganlar”;
⚫️Abduvohid HAYIT:
“Olqindi”;
⚫️Abror ZOHIDOV:
“Avlodlarga o‘tib kelayotgan qarzlar”;
Кирилл алифбосида:
👉 @Jadidmedia_rasmiy
😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Paralimpiyachilarimiz ham o‘z tarixlaridagi eng yuqori natijani qayd etishdi
Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi bugun Vatanga qaytib keladi.
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/107107
Paralimpiya ilhomlari
MAHOBAT SOHIBLARI
Jussasiga dunyo hayron,
Yuraklarni etdi vayron,
Siz epchilsiz, misli jayron,
Оfarin, yurt g‘oliblari,
Siz mahobat sohiblari.
Siz hech kimdan kam emassiz,
Mag‘rur, boshi ham emassiz,
Ko‘zlari hech nam emassiz,
Chin nafosat mohiblari,
Siz mahobat sohiblari.
Qalbingizda quyosh yonar,
O‘zbekiston va Shosh yonar,
Tilga kirib goh tosh yonar,
Zafardandir zavqning bari.
Siz mahobat sohiblari,
Oy yarimta emas, butun,
Yarimtaman demas bu kun,
To‘linimsan, kammas bu kun,
Muzaffar yurt g‘oliblari,
Siz mahobat sohiblari.
Nomlarini sanamasmen,
Gar sevmasam, odammasmen,
G‘alabangdan men ham mastmen,
Elning go‘zal yoqublari,
Siz mahobat sohiblari.
Jussasida buyuklik bor,
Alpomishu Barchinlar yor,
Yarashadi endi alyor,
Muzaffar yurt g‘oliblari,
Siz mahobat sohiblari.
Qudratingiz mahobatli,
El ichinda saodatli,
Zo‘r ish bo‘ldi adolatli,
Alpomishning toliblari,
Yashang, yurtim g‘oliblari!
Ashurali Boymurod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Paralimpiya ilhomlari
BIRLASHUV NUQTASI
Ko‘kda yulduz uchdi, nedir bo‘lindi,
Shunda zulmat osmon birdan yorishdi.
Oyning yarmi qora, yarmi to‘lindir,
Dard, sevinch ko‘z yoshi yerda qorishdi.
Topish – yo‘qotishdir, yo‘qotish – topish,
Ne yo‘qotdik bari topildi bugun.
Elga esh bo‘lyapti har xayrli ish,
Yurakda qolmadi hech qanday tugun.
Yurtimning dovrug‘i ochunga ketdi,
Bizni unutmaydi Pariji azim.
Milyonlab yuraklar Olimpga yetdi,
Xalqni birlashtirgan mardlarga taʼzim.
Fozil Farhod
Husniddin Ato fotosi
Paralimpiya ilhomlari
ChEMPIONDIR ASADBEK
Alp qomatli jasur er,
Bekobodda asil sher,
Hamma endi shunday der:
Chempiondir Asadbek!
Yutuqlari bo‘lsin mo‘l,
Duodadir ikki qo‘l,
Shundan ochiq har bir yo‘l,
Chempiondir Asadbek!
Yurt obro‘sin etib yod,
Raqibini qilib mot,
Ko‘ngillarni aylab shod,
Chempiondir Asadbek!
Zarbasi kuchli, jadal,
Ko‘ksida oltin medal,
Sabriga bo‘ldi badal,
Chempiondir Asadbek!
Otasiga gulpayvand,
Onasiga dilpayvand,
Xalqi uchun chin farzand,
Chempiondir Asadbek!
Munira Sulton
Paralimpiya ilhomlari
MEN BUXORO GAZLISIDAN
O‘zbekiston iftixori Sherzod Nomozovning aytimlari
Eyfel minoridan baland,
Yurtim chinoridan baland,
Yigitlik oridir baland,
Men Buxoro Gazlisidan.
Oltinlarim qator, qator,
Yuragimga quyosh botar,
Meni oriyat uyg‘otar,
Men Buxoro Gazlisidan.
Paraolimp shohsupasin,
Titratadi, qadam sasim,
Yana berdim, dyuzdo darsin,
Men Buxoro Gazlisidan.
Ko‘zga boqma, oqsoch dunyo,
Menga mehr sochgan dunyo,
Qalb ko‘zimni ochgan dunyo,
Men Buxoro gazlisidan.
Har tong esar yellar turfa,
Bu dunyoda ellar turfa,
Uzatilgan qo‘llar turfa,
Men Buxoro Gazlisidan.
Kuzatadi sharif shahar,
Dunyoda eng zarif shahar,
Minorali taʼrif shahar,
Jon Buxorom Gazlisidan.
Mustaqillik farzandiman,
Ona yurtim dilbandiman,
Otam kabi bir tantiman,
Men Buxoro Gazlisidan
O‘ttiz ikki tishman bugun,
Shuncha yozu qishman bugun,
Taʼzimda do‘st, dushman bugun,
Men Buxoro Gazlisidan.
Vatan, rahmat, imkon uchun,
Taʼlim, rag‘bat va shon uchun,
Tinchlik, tiniq osmon uchun,
Men Buxoro Gazlisidan.
Bayroq tutgan qo‘lim baland,
Bayrog‘imdan ko‘ksim baland,
Vatan senga mehrim baland,
Men Buxoro Gazlisidan.
Ko‘zlarimning nuri Vatan,
G‘alabamning qo‘ri Vatan,
Doim bo‘lay zo‘ring Vatan,
Men Buxoro Gazlisidan.
Dilbar Haydarova
Farg‘ona oqshomlari
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ko‘hna Rishtonda "Yoshlar mushoirasi" tashkillandi. Taniqli kulol Tohirjon Haydarov muzey-ustaxonasida o‘tkazilgan tadbirda 40 dan ortiq yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Unda sheʼrlar o‘qildi, kuylar jarang sochdi.
Xon atlas festivali munosabati bilan Adiblar xiyobonida bo‘lib o‘tgan milliy liboslar bayrami va she'riyat davrasidan suratlar.
Fotolar muallifi – Ahmad To'ra.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAKLIFNOMA
Hurmatli ijodkorlar va adabiyot muxlislari!
Sizni 2024-yil 12-sentabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Paralimpiya ilhomlari
DUO BERGAN, ISHONCH BERGAN O‘ZBEKISTONIM, RAHMAT!
Rahmat, Paralimpiada, rahmat senga, haqiqat, Rahmat,
Vatan shaʼnini dast ko‘targan o‘zbeklar.
Tig ustidan o‘tganlar, yurt bayrog‘in o‘pganlar,
Yuragi gul o‘zbeklar, joni temir o‘zbeklar.
Rahmat, Paralimpiada, rahmat senga, halollik,
Bizni bilmagan dunyo, assalomu alaykum.
O‘zbekiston madhiyasin qayta-qayta eshitib,
Bizga tan bergan dunyo, assalomu alaykum.
Rahmat, har bir sportchini nihol kabi avaylab,
Olimpga olib borgan O‘zbekistonim, rahmat.
Har birining qoshida vrachlar, murabbiylar,
Volontyorlar, xizmatchilar mehrli jonim, rahmat.
Otadek quchoqlagan, onadek avaylagan
Ey, mehr dunyosida daholiklarim, rahmat.
«O‘zbekiston yutdi» deb yarim tun karnay chalgan,
Vodiyliklarim, rahmat, vohaliklarim, rahmat.
Zarafshonning oltinlarin begona qilmaganlar,
Onalarning bagridagi tilla konlarim, rahmat.
Madhiyamiz yangraganda quvonchidan jim yiglagan,
Otalar jonidagi gurur, shonlarim, rahmat.
Rahmat, Paralimpiada, rahmat, insoniy bardosh,
Asilaxon, Muslimaxon, Elbek Sultonim, rahmat.
Yorqinbek, Qudratilla, Guljanoyu, Tolibboy,
Ikki karra chempionim Bobur Omonim, rahmat.
O‘zbekiston bayrog‘ini quyosh qadar ko‘targan,
Xusniddin Norbek, rahmat, Sherzod Nomozim, rahmat.
Duo qilgan bobolar, duo qilgan momolar,
Ustozlar, murabbiylar, tashakkur, taʼzim, rahmat.
Yuragida oltinlari bolalagan makonim,
O‘ttiz olti millionim, jon ichra jonim, rahmat.
Sportchisin bolasidek aziz ko‘rgan Yurtboshim,
Duo bergan, ishonch bergan O‘zbekistonim, rahmat!
Zulfiya Mo‘minova,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
MUSHOIRA DAVOM ETADI
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilayotgan “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida "Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz" shiori ostida adabiy kecha tashkil qilindi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari — ustoz shoirlar va yosh ijodkorlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayramiga bag‘ishlangan mushoira, Vatan, ozodlik, istiqlol, yurtimizdagi yangilanish jarayonlari, milliy qadriyatlar, o‘zbekona bag‘rikenglik va baxtiyor turmushni tarannum etuvchi she'riyat bazmi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva so‘zga chiqib hozirgi kunda yurtimizda milliy adabiyotimizga, ma'naviyat, kitobxonlik va mutolaa madaniyatiga qaratilayotgan katta e'tiborni ta'kidlashdi.
QADRLI IJODKOR AYOLLAR VA QIZLAR!
9-14-sentabr kunlari mamlakatimiz miqyosida "Xon atlas" festivali o‘tkazilmoqda. Sizlarni 10-sentabr kuni soat 12:00da Adiblar xiyobonida boshlanadigan milliy liboslar bayrami va she'riyat davrasiga taklif etamiz. Tadbir doirasida fotosessiya tashkil etiladi. Bu lahzalarni tarixga muhrlaymiz. Barcha xotin-qizlarni xon atlas bayramida kutamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#kim_nima_deydi
Ustoz shogirdlariga shunday dedi:
– “Yoshlik” talashib-tortishib o‘qiladigan jurnal. Kim uni mutolaa qilsa, aqli teranlashadi va yosharadi…
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#koʻzgu
SAIDAHMAD SIDDIQIYNING BASHORATI
Bekzod IBRAGIMOV
Saidahmad Siddiqiy bugungi sensorli telefonlarimiz, videoqo‘ng‘iroqlar haqida bashorat qilganiga nima deysiz:
Oyinayi barq ila tilufon,
So‘ylashmaqa har kimi bir uchun.
Manzur edi ko‘zguda muxotab
Har kimi tilufona aylasa gab.
HURLIKDAN HALOVAT TOPGAN BU YURAK
Ufq ham qizarib, gulgun tong otdi,
Quyosh shitob bilan kelmoqda qaytib.
Oqshom o‘tganini vaqt ham unutdi,
Nur kezar atrofda qo‘shiqlar aytib.
Kengliklar yastangan mas'um, xokisor,
Oshiqar ziyoga tutib ko‘ksini.
Borliq turfalanib bormoqda oshkor,
Osmon shabnamlarda ko‘rar aksini.
Gullar topgan kabi o‘z makonini,
Kulgichi barq urar yanoqlarida.
Boshiga ko‘tarib qushlar inini,
Polapon ovozi yangrar barida...
Yer-u ko‘k oralab goho zavq toshar,
Goho shavq tizginin eplolmay halak.
Jilg‘alar toshlarga urilib shoshar,
To‘sh urib yelpinar unga sinchalak.
Ana g‘o‘zalarning bo‘yi cho‘zilib,
Ko‘k sari intilib yozmoqda qanot.
Quchog‘ida mitti gulchalar ilib,
Egatlar ichida kezadi hayot.
Boshoqlar to‘lishgan – ta'zimda bug‘doy,
Iliq taft bag‘rida ulg‘ayar rizq-ro‘z.
Bu kunga yetguncha dehqon – hotamtoy,
Qancha zahmat chekdi kecha-yu kunduz…
Choshlanar bu yerda hademay xirmon,
Mehnat-u mashaqqat aylar sarhisob.
Insonga berilgan bu ulug‘ imkon,
Umr kitobini bezar bobma-bob.
Kenglikka tikilib boqar binolar,
Boshlari go‘yoki ko‘kka yetgudek.
Sudralgan bulutlar to‘xtab sin solar,
Yuzidan bo‘salar olib ketgudek...
Shu'lalar toshadi qilgancha jilva,
Dunyo go‘zalligi tomchida ayon.
Hayajon ulashib hapriqqan dilga,
Yetaklab boradi ezgulik tomon.
O‘zlikni o‘ylagan vijdonlar uyg‘oq,
Qaddini ko‘tarib borar nomus-or.
Yurt esa oboddir, el-ulus quvnoq,
Intilmoq davridir, boshqasi bekor!
Ammo chekinmoq yo‘q, chekinmoq nadir,
Chumchuqdan qo‘rqqanlar tariq ekarmi?
Shijoat baxsh etsa qanoat, sabr,
Asli sher bo‘lganlar bo‘yin egarmi?!
Qiyoski, ota bor uyda farog‘at,
Egali har yerning bahori bordir.
Bu yurtga jon tikkan fidolar faqat,
Ertani nurafshon etmoqqa qodir!
Bir lahza tin bilmas, olg‘a intilar,
Dovondan dovonga tikkancha ko‘zni.
Yorug‘ kun kelishin chin qalbdan bilar,
Axir shu maqsadga chog‘lagan o‘zni.
G‘alvali dunyoda ko‘p erur o‘yin,
Osonmas asramoq Vatanni axir.
Girdoblar ichida bo‘lsa-da qiyin,
Ul oqil elparvar g‘olib baribir...
Hurlikdan halovat topgan bu yurak,
Borar umidlarni asrab-avaylab.
U xalqning ichida girdikapalak,
Yurar yurt ishqini qalblarga joylab.
Mehr-u muhabbatdan jo‘shar begumon,
Goh matonat, goho sabot bo‘lar u.
Yuksak parvozlarga undab har zamon,
Navqiron avlodga qanot bo‘lar u.
Oldinga talpinar tolmas shijoat,
Erta-kech millatning g‘amin yeydi u.
Odamlar shod bo‘lsa, topadi rohat,
Mudom xalq dardini dardim, deydi u.
Shonli karvonlarning sarboni yanglig‘,
Toliqmas, horimas, yo‘l tortar ravon.
Oydin niyatlarning davroni yanglig‘,
Elni boshlab borar hur manzil tomon.
Umid chechak otgay har dil qa'rida,
Ko‘zlarda quvonchning otashi yongay.
Eldoshin ko‘tarib yelkalarida,
Oqillar hamisha xalqqa suyangay.
Tonglarni uyg‘otar ezgu xushxabar,
Odamlar ko‘ngliga joylar so‘zini.
Jonin nisor etgan ul zot mo‘'tabar,
Baxshida aylamish elga o‘zini.
Bugun ilm-u irfon bog‘i ko‘rk ochgan,
Tan oladi hatto bu jahon ahli.
Xalqning xizmatiga yugurgan, shoshgan,
Ul elparvar inson sharafga haqli.
Tashabbus, g‘oyalar dilda jamuljam,
Bobolar ruhini shod etgay har kun.
Bunchalar betakror kuch-g‘ayrat, chidam,
Borlig‘in bag‘ishlab ishlaydi butun.
Xalqning qudrati ham unga zo‘r tayanch,
Bunyodkor shashtiga yo‘qdir hech qiyos.
Uning zakovati bebaho bir ganj,
Bu ko‘hna olamda buyukligi rost.
Niyatim shul mening, orzu, ahdim but,
Mudom yashna yurtim, mudom ko‘rkli bo‘l.
Eldoshim, sen uning qo‘llaridan tut,
Toki muqaddas va sharafli bu yo‘l!
Toki xotirjamlik ne'mat atalsa,
Toki qadrlasa uni dun, bashar.
Tillardan umrbod tinchlik taralsa,
Bu Vatan yana ming, million yil yashar.
Dillarga ziyoli damni naqsh etgan,
Uni aziz bilmoq shavkatdir, shondir.
Bizga shunday baxtli tole baxsh etgan,
Jonajon shu zamin — O‘zbekistondir!
O‘tkir Rahmat
Istiqlol tabriklari
“O‘zbekiston” radiokanali
Farog‘at Xudoyqulova,
“Shuhrat” medali sohibasi
Paralimpiada ilhomlari
VATANGA AYLANGAN TERAN TOMIRLAR
Nogoh ilhom do‘ndi tilsiz yurakka,
Nogoh ko‘ksim silab sabolar yeldi.
Shaxd o‘sdi, kuch to‘ldi yana bilakka,
Shabnam qarog‘imni sog‘inib keldi.
Bor bo‘ling, boridan kom qilganlarim,
O‘zida qudratni jam qilganlarim.
Netay, madhingizni bo‘lmas kuylamay,
Yoshingiz aritar qo‘l bo‘lsam, deyman.
Ko‘zingiz o‘rnida ko‘z bo‘lmoqqa shay,
Qutlug‘ qoningizga yo‘l bo‘lsam, deyman.
Bor bo‘ling, ko‘ngilni uyg‘otganlarim –
Shoirdek rizqi but, yuragi yarim.
O‘zni yengmoq – asli o‘zni tanimoq,
O‘zin anglaganning fitrati – hokim...
Kimningdir oyog‘in og‘ritgan yantoq
Sizning ko‘ksingizni tilgandir balkim...
Bor bo‘ling, g‘ururni tug‘ etganlarim,
Qalbdagi g‘uborni yo‘q etganlarim.
Mangu muzaffarsiz, g‘olibsiz, haqsiz,
Ibratsiz idrokdan sarmast har tanga.
Ulug‘larga monand avlodsiz shaksiz,
So‘nmas irodangiz o‘xshar Vatanga.
Or bilan dunyoni mot qilganlarim,
Ajdodlar ruhini shod qilganlarim.
Suhrob Hamroyev
Husniddin Ato fotosi
Paralimpiya ilhomlari
QARO KO‘ZLARINGDA VATAN-SHONING BOR!
Ochiq bo‘lsa hamki, yorab, ko‘zimiz,
Yo‘ldan adashamiz nogoh o‘zimiz,
Nadomatga do‘nar keyin so‘zimiz,
Sen bizga ko‘rishni o‘rgat, Asila!
Garchi ko‘zlaringni to‘sgandir devor,
Garchi zulmat ichra yashaydi diydor,
Yo‘lingdan adashmay yugurding, zinhor
Yiqilmay yurishni o‘rgat, Asila!
Bayroqni ko‘rmasdan yig‘lay olganim,
Diliga quyoshni, ko‘kni solganim,
Ayon bo‘ldi sendan ortda qolganim,
Iftixor tuyishni o‘rgat, Asila!
Sharafdir el uchun tuyolsang og‘riq,
Ne baxtdir, dilingni etolsang tortiq,
O‘zimdan, borimdan, jonimdan ortiq
Elimni suyishni o‘rgat, Asila!
Beg‘amlik-dunyoning bo‘g‘zidagi dor,
Jaholat in qurgan yurakdir bemor,
Ko‘zi ochiqlarga takror va takror
Millat deb kuyishni o‘rgat, Asila!
Olimp kitobida oltin noming bor,
Qaro ko‘zlaringda Vatan-shoning bor,
O‘zbekiston degan aziz joning bor,
Vatan deb turishni o‘rgat, Asila!
Sayyora Samandar
Husniddin Ato fotolari
Paralimpiya ilhomlari
UYG‘OQ YURAKDAGI ARSLON
Asila Mirzayorovaga
Quvvat olib ona zamin bagʻridan
Falakda yoʻlchi bir yulduz uchadi.
Uygʻoq yuragida arslon dami bor
Togʻdayin koʻksimdan jayron uchadi.
Uchqur oʻylaringga solmagin tizgin,
Sharqdan Gʻarbga qoʻngan gulgun kamalak.
Gʻoliblik suratin havoga chizding,
Oftob nurlaridek zarrin ey malak.
Qalbingda joʻshadi ulugʻvor tugʻyon,
Mitti vujudingda ulkan bir yurak.
Yugurding – gumburlar koʻksimda osmon,
Farangda chaqindek hatlading chorak.
Qarshi choʻllarida ungan rayhonim,
Xushboʻy mujdalaring sarafroz etdi.
Alpinbiy yoyidan uchgan paykonim,
Olimp choʻqqisini bexato tutding.
Parvozi yuksak – ey Qaldirgʻoch singlim,
Alpomish ogʻanglar seni olqishlar.
Muzaffar shukuhdan oʻsmoqda koʻnglim,
Hamrohing kaftimdan uchgan oqqushlar.
Asil farzandisan daholar yurtin,
Qarogʻlar sevinchga chulgʻanib ketdi.
Koʻzlari ravshanu uxlab yotganlar,
Qadaming zarbidan uygʻonib ketdi.
Dilafroʻz Choriyeva