yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Adabiy_saboq

Adabiyot – so‘zga jon bag‘ishlamoqdir

* * *
Adabiyot, ayniqsa, she’riyat shunday narsaki, xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham shuhrat qozonishga sabab bo‘laveradi. Lekin ijodkor shuhratning ketidan quvib, yengil-yelpi mavzularga berilsa, xalqqa, adabiyotga, xususan, o‘z-o‘ziga katta zarar yetkazadi.

* * *
Ijodkor uchun faqat bolalik xotiralari yoki mahdud tuyg‘ulari yetarli mavzu bera olmaydi. Ijodkor asl vatan farzandi bo‘lishi, xalqini buyuk g‘oyalar bilan ta’minlashi, insonlarga yuksak fazilatlardan saboq berishi uchun o‘z vatani, o‘z xalqi tarixini o‘rganishi zarur.

Mirzo Kenjabek

Batafsil

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tavsiya

Atoqli san’atkorning “Ona” va “Tabassum” hikoyasini o‘qisangiz, san’atkorning adabiy mahoratiga ham tasanno deysiz.

Batafsil

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Fikr

Biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz.

Abdulla QODIRIY

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Buyuklar_hayoti

Mark Tven ishlayotgan tahririyatga bir kuni qurollangan bosqinchi kirib, tahdid qiladi:

– Qo‘lingni ko‘tar! Yo pulni berasan, yo o‘lasan! Qani, tezroq qimirla!

– Xayriyat-ey! – deydi muharrir kulib. – Yana kimdir she’r ko‘tarib keldimikan deb qo‘rqqandim.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mashhurlar_hayoti

Qalamning quli

Onore de Balzak o‘zining katta-kichik asarlari bilan el og‘ziga tushib, Farangistonning eng mashhur yozuvchisiga aylangan payt­lar. Minglab kitobxonlar, ayniqsa, ayollar uni bir bor ko‘rishga ishtiyoq­mand, ne-ne kazo-kazolar u bilan tanishib, suhbatini olsam deydi. Adib esa qulog‘igacha qarzga botganiga qaramay, ana shu yuksak obro‘-e’tiborga munosib uy-joy qiladi, hashamatga intilib yashaydi. Xizmatkorlar yollaydi, zotdor otlar, dabdabali izvosh-u foytunlar saqlaydi. Lekin ana shu xo‘jako‘rsin farovonlik deb Balzak o‘zini bir umr mashaqqatli mehnatga mahkum etadi. Oylab, ertay-u kech tinim bilmay yozadi... Bu haqda uning o‘zi bir do‘stiga shunday degan ekan: “Men o‘zimga shunday hayotni ravo ko‘rganman. Tun-u kunning farqiga bormay ishlayveraman. Ha, shunday, siyoh va qalam­ning quliga aylanganman...”

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shoir_yozganda

Umr

Kunlar ayyor, juda-juda shum,
Oyoq uchda yurishib asta.
Chiqarmayin xatto tovshin,
Ortta qolar, ex, bir nafasda.

Oylar esa, donishmand oylar,
O‘tishar ko‘zingga tik qarab.
Vaqt yukini dilingga joylar,
Nimanidir etganday talab.

Yuzda qamchi izin qoldirib,
Savab o‘tar berahm yillar.
Goho boshga oppoq qor urib,
Gohi esa sochingni yular.

Olimjon SUYAROV

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tanqid

Adabiyotga o‘g‘ri mushukday tuynukdan tushadigan odamlar ham bo‘ladi. Bular adabiyotni hunardan kasbga, ya’ni sababi tirikchilikka aylantirib olishadi. Bunaqa odamlar qadim zamonda ham bo‘lgan, hozir ham bor, ehtimol, bundan keyin ham bo‘lsa.

Abdulla Qahhor

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tarjima

Olti bolani boqish

Turk adibi Aziz Nesindan “Shuncha hikoyani qanday yozgansiz?” deb so‘rashsa, “Oltita bolang bo‘lsa, sen ham yozar eding...”, deya javob bergan ekan.

"Yoshlik"2021/1

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#fikr

Kitob – bir xazina, mutolaa – yorqin tabassumli hayotga boshlovchi mash’aldir.

***
Kitob va mutolaa Sizni qudratli ijod bulog‘iga boshlaydi. Kitob va mutolaa Sizni ko‘pdan ko‘p yangi bosqichlarga ko‘taradi.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li OYBEK

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ilhom

O‘ttiz bor aylandi tole quyoshim…

* * *
O‘ttiz yoshning o‘yi rasida,
Atirgulday nafisdir xayol.
Xotiramning qo‘nalg‘asida,
Mangu qo‘noq bo‘lar bir ayol!

Ko‘z qirini tashlar, qimtinar,
Qaltiraydi qo‘llari – nozik.
Nigohlari ma’sum, jim turar,
Uyaladi, qarolmaydi tik!

Ruhim ezar ayni shu turish,
Yuragimni silab, o‘yadi.
Sezdirmasdan qiladi yurish,
So‘ng ruhimni yengib qo‘yadi.

O‘ttiz yoshning umidi go‘zal,
Kelajakka tutadi gullar.
Muhabbatning oldida azal,
Titrab turar gul tutgan qo‘llar.

Xotiramning qo‘nalg‘asida
Iymanadi umidvor ayol!
Shu turishi uning aslida,
Sevasanmi, degan bir savol.

Bahodir BAHROM

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#fikr

“She’r – shoirning ijtimoiy vijdoni”.

Asqad MUXTOR

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavsiya

Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug‘ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak.

Lev Tolstoy

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Sen bilan...


Sen bilan baxtiyor baxtsizman,
Podshohman va lekin taxtsizman.
Tirikman, sen bilan o‘likday,
O‘likman, sen bilan tirikday.
Yolg‘onsiz yolg‘ondir so‘zlarim,
Fig‘onsiz fig‘ondir so‘zlarim.
Ko‘ngilsiz ko‘ngilli zobitman,
Toatsiz ishparast obidman.
Jilovsiz jilovdir muhabbat,
Sinovsiz sinovdir muhabbat.
Sen bilan hisobsiz azobman,
Sen bilan azobsiz hisobman.
Shoshaman sen tomon, yo‘lim yo‘q,
Ming bora quchaman, qo‘lim yo‘q...
Sen bilan baxtiyor baxtsizman,
Podshohman va lekin taxtsizman...

Davlatjon Karimov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Mol-mulk, mansab, shuhrat uchun ur janjal-sur janjal qilayotganlar bolaligini yo‘qotgan sho‘rlik kimsalardir.

Abdulla ORIPOV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Achchiq_fikr

Hozir hech kimni hech narsa bilan ajablantirolmaysiz. Hammaning qo‘lida bittadan telefon, boshqa hech narsa kerak emas...

Erkin A’ZAM,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

Izoh: Maqolaning to‘liq variantini 2023-yil 6-sonidan o‘qiysiz!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ana_shunaqa

Tarixda qolish

Bernad Shou elga tanilib, obro‘-e’tibor qozongan payt. Kunlarning birida ko‘chada uni bir velosipedchi urib yuboradi. Xayriyatki, hech kim og‘ir jarohat olmaydi. Ikkovlari ham qattiq qo‘rqib ketishadi, xolos. Velosiped mingan kishi yugurib kelib, yozuvchidan to‘xtovsiz uzr so‘ray boshlaydi. Ammo Shou uning uzrini qabul qilmaydi:

– Omadi kulmagan odam ekansiz-da, ser! Yana ozgina g‘ayrat qilganingizda, mening qotilim sifatida tarixda qolardingiz.

Batafsil

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavallud

25-noyabr – shoir Bobur Elmurod tavallud topgan kun
!

★ ★ ★

Hali otmagan tong. Osuda kecha,
Hali soʻnggigacha koʻrinmasdi yol.
Notanish yigitning qabri ustida
Turar, endigina uzilgan bir gul.

Kimning izhori bu, uyqusiz bu kech,
Tongni ham ottirmay kelgan kim, yo Rab.
Kim u, odamlarga bildirmasdan hech,
Bir yigit yodini yurgan xotirlab.

Ehtimol bir roʻzgʻor bekasidir u,
Bolalari bordir, emasdir gʻarib.
Pinhon – koʻzlariga kelmasdan uyqu,
Qabristonga kelgan taskin axtarib.

Balki keksadir u, yoshdir, lek mudom
Oʻzini baxtiyor etolmagan u.
Balki koʻngil berib yurgan bir zamon,
Hamon koʻngil uzib ketolmagan u.

Lablarim pichirlar, bilmam shu onda
Yaratgan egamdan nelarni soʻrdim.
Yuraklar urmagan bu qabristonda,
Yurak urib turgan bir hisni koʻrdim.

Mana, kun yorishib, oqarmoqda tong,
Mana, songgigacha koʻrinmoqda yoʻl.
Kelar – kop narsani bilmay olomon,
Kelar – qabrlarga qoʻyish uchun gul.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlar_ijodi

★ ★ ★

Hijron bosdi kunning yuzini,
Tun qo'ynida uxladi shamol
Oy bag'riga otdi o'zini
Bir bezovta, bir bejo xayol.

Xotirlar — qush, qo'nib boshimga
kechmishlarim yodimga solar.
Umid boylab bir bardoshimga
bu sargardon ruhimni olar.

O, azizim kezib darbadar
hech umrimga kirmaydi bahor
Toki seni unutgim qadar
Yuragimda yashab tura qol.

Sitora Naimjonova

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ana_shunaqa

Antiqa xushomad

Aleksandr Dyuma o‘z davrining atoqli vrachlaridan biri Gistal bilan tushlik qiladi. Do‘xtir yozuvchidan “Mulohazalar kitobi”ga biror narsa yozib berishni so‘raydi. Bu kitobga ko‘pincha davo topgan bemorlar o‘z dil izhorlarini bitishar edi.
Dyuma ilk jumlasini yozadi:
“Do‘xtir Gistal hamma oilalarni davolaydigan vaqtdan boshlab shifoxonalarni berkitish kerak”.
Bu gapni o‘qigan vrach taltayib ketadi:

– Paxtaniyam tozasidan qo‘ydingiz-ku, taqsir!
Shundan so‘ng Dyuma fikrini shunday tugallaydi: “Va ikkita yangi qabriston ham ochish zarur…”

Batafsil

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xotira

“Nozim Hikmatning turk nazmida inqilob azmini tutgan umid va armonga yo‘g‘iriq sarbast navolari asrimiz havolarini tenglik va erkinlik kuylariga to‘ldirib turibdi”
Tilak Jo‘ra

* * *
Qor kesdi yo‘lni.
Sen yo‘q eding.
Tiz cho‘kdim qarshingda,
sayr etdim yuzingni ko‘zlarimni yumib.
Kemalar kechmaydi, o‘choqlar o‘chmaydi,
sen yo‘q eding.
Qarshingda devorga suyangandim,
gapirdim,
gapirdim,
gapirdim og‘zimni ochmasdan.
Sen yo‘q eding.
Qo‘llarim-la to‘qindim senga,
qo‘llarim yuzimda edi.

Nozim Hikmat

Tarjimon Rauf Parfi

Yoshlikjurnali
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hikoya

Do‘mbira chertgan daryo

Qishning uzoq kechalari odamlar bir-birinikiga o‘tib gurungni qizitishardi. Biz ham otalarimizga ergashib yo qochib-pusib payraha o‘tin gurillab yonayotgan mehmonxonaga kirib, poygakdan joy olardik-da quloq tutardik. Oldiniga qishloq “yangiliklari”, maroqli mish-mishlar avj olardi: falonchi unday qipti, pistonchi bunday qipti, Rayimqul boboning oti uloq ayiripti, O‘mir o‘tirikchi ayiqni ushlapti, past ovullik Ko‘charning erga tegmagan qizi qo‘chqordek o‘g‘il tug‘ibdi, yuqori ovullik Abdulla qoraning g‘arami yonib ketibdi, usta Yormat urchuqbosh olaman, deb tosh ostida qolibdi, Zargar bobo latiba-sirg‘a yasab beraman, deb Pardaxol momoning qo‘yniga kiripti, Abshukur Lo‘mmi yo‘qolgan eshagini topibdi. Uni hamsoyasi Zulfiqor bobo minib yurgan ekan…

Batafsil

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Esla

Men yolg‘on gapirganlarni yaxshi ko‘raman!

– …Meni ularning yolg‘on gaplariga tarafdor deb o‘ylaysizmi? Bo‘lmagan gap!

Men yolg‘on gapirganlarni yaxshi ko‘raman! Aldoqchilik insonni boshqa mavjudotlardan ustun qilib turadigan birdan bir narsa. Aldasang, haqiqatga yetib borasan! Men aldoqchilik qilganligim uchungina odamman. Oldindan o‘n to‘rt marotaba aldamasdan turib bironta haqiqatga yetib bormaganlar, balki bir yuzu o‘n to‘rt marotaba aldagandirlar, bu esa o‘z novbatida ancha faxrlansa arziydigan narsa; biz esa o‘z aqlimiz bilan aldashni ham bilmaymiz! Sen meni alda, lekin aldaganda o‘z aqling bilan alda, ana o‘shanda men seni balkim o‘pib qo‘yaman. O‘z aqling bilan aldash bu boshqalarning aqli bilan haqiqatni so‘zlashdan ming karra yaxshiroq; o‘z aqling bilan aldasang, sen odamsan, bo‘lmasa sen parrexta parrandasan! Haqiqat qochib ketmaydi, hayotni esa boy berib qo‘yish mumkin; ko‘rganmiz. Xo‘sh, hozirgi ahvolimizda bizni kim deyish mumkin? Hech bir istisnosiz bizning hammamiz fan, taraqqiyot, tafakkur, kashfiyotlar, ideallar, istaklar, ko‘ngilchanlik, aql-idrok, tajriba va hokazo, va hokazo hamma, hamma, hamma, hamma, masalalarda gimnaziyaning birinchi tayyorlov sinifida o‘tiribmiz! Boshqalarning aqli bilan tirikchilik qilish juda yoqib qolgan…
Razumixin
“Jinoyat va jazo” romanidan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Muddat bor – zamonga daxl qilmagan,
Nur bordir – tegmagan birorta manglay.
Voqe bor – hech bir zot ko‘ra bilmagan,
Hech kimning boshini chertmagan anglam.

Sabil koinotda azim safar bor,
Charxfalak kaftidan oqar tamaddun.
Tosh kabi yo‘llaraga muk tushar asror,
Irmoqlar amallab o‘tar qamaldan.

Parilar pinjida mujdalar yashnar,
Qanotlar ostida avom bor gavjum.
Tasavvurdan nari cheksizlik yashar,
Devorlar ortida bir qudrat mavjud.

O‘z o‘rnin topadi omonat anjom,
Ketarmiz asta bu go‘shani tashlab.
Biroq do‘st-u dushman bordir har qachon,
Sening ham, mening ham qonimga tashna…

* * *
Ruhim panoh bilsa yurak qa’ringni,
Hayyomning jomida to‘lg‘ongandek may.
Cho‘chitib yubormay kipriklaringni,
Tushlaringga kirib borsam sezdirmay.

Yashasam umrimni sochingga burkab,
O‘ylaring rangida bexush qarisam.
Qoyalar kunjidan bir kaft suv tarab,
Horg‘in qushlaringga tutsam, farishtam!

Ko‘nglingga chuqqurroq yetganim sayin,
Xotirjam dunyodan voz kechib kulsang.
Mehr-la jonimni olsa Azroyil,
Sening xayollaring shaklida o‘lsam!

Tayyorman, bu tunda ishqingni kuylab
Nigohing tubida uyg‘onsam basir.
Roziman,
Qismatim bir nafas siylab
Ko‘zlaring rangida bitsa Musavvir…

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Pero sotuvchi

Viktor Gyugo chet el safariga ketayotgan edi. Chegara xizmatchisi so‘rovnoma to‘ldirayotib, undan nima ish qilishini so‘radi.
– Yozaman, – deb javob berdi adib.
– Nima bilan tirikchilik qilasiz? deb so‘rayapman.
– Pero bilan.
– Yaxshi, unda “Gyugo – pero sotuvchi” deb yozib qo‘yamiz.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tavsiya

Qo‘lga tushganini emas, obdon tanlab — saralab o‘qing. Did va tafakkuringizni tarbiyalang.

Turgenev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_xazinasidan

Topilma

Prollar (ya’ni boshqaruv tizimida boʻlmagan oddiy xalq, aholining 85 foizi) oʻz tabiatiga koʻra past tabaqadir va ularni bir necha oddiy qoidalar asosida hayvon kabi itoatda tutib turish lozim. Mohiyatan partiya prollar haqida koʻp narsani bilmasdi. Koʻp bilishning keragi ham yoʻq. Ular mehnat qilsalar va koʻpaysalar boʻldi – boshqa payt bilganlarini qilsinlar. Argentina kengliklarida oʻtlab yurgan sigir-u qoʻylar kabi oʻz holiga tashlab qoʻyilgan prollar hamisha oʻzlarining yovvoyi va tabiiy hayot tarziga qaytardilar – ajdodlari izidan borardilar.

Ular balchiqda tugʻiladilar, voyaga yetadilar, yigirma yoshda ishlay boshlaydilar, qisqa payt jismoniy va hirsiy qudratga ega boʻladilar, yigirma yoshda uylanadilar, oʻttizdan oshib-oshmay yoshliklari oʻtadi, odatda oltmish yoshga borib vafot etadilar. Ogʻir jismoniy mehnat, uy va bolalar tashvishlari, qoʻshnilar bilan janjallar, kino, futbol va asosiysi, qimor-u gardkam oʻyinlari – ularning ongi shundan boshqasini sigʻdirmaydi.

Ularni boshqarish qiyin emas. Ular orasida hamisha Fikr politsiyasining josuslari aylanib yuradi; mishmish tarqatadi, xavflilarni topib aniqlaydi va yoʻq qiladi. Biroq ularni partiya mafkurasiga da’vat qilishga intilmaydilar. Chunki prollarning siyosatga katta qiziqishi nomaqbul sanalardi. Ulardan talab qilinadigan ish vaqti uzaytirilganida yoki oziq-ovqat ta’minoti qisqartirilganda kerak boʻlib qoladigan soxta vatanparvarlik edi. Ular biror narsadan norozi boʻlsa ham – ba’zida shunday boʻlardi – bu norozilik jiddiyroq hech narsaga olib bormasdi, chunki ularda biror umumiy gʻoya boʻlmagani bois norozilik qandaydir mayda ahamiyatsiz tashvishlar bilan cheklanib qolardi. Katta ofatlar, fojialar ularning e'tiboridan chetda qolaveradi. Odatiy politsiya ular bilan deyarli shugʻullanmaydi. Jinoyatchilik avjida, davlat ichidagi yaxlit bir davlat: oʻgʻrilar, bosqinchilar, fohishalar, narkofurushlar, turli-tuman tovlamachilar, firibgarlar; biroq bu narsalar prollar orasidan tashqariga chiqmagani uchun ularga eʼtibor qilinmaydi. Barcha axloqiy masalalarda ularga ajdodlarining urf-odatlariga ergashish imkoni berilgan. Ular zino uchun jazolanmaydi, oilaviy ajrashishlarga ruxsat berilgan. Darvoqe, agar qiziqish bildirsalar diniy ibodatlar ham ularga man etilmaydi. Prollar shubha-gumon qilishga ham arzimaydi. Partiyaning shiori shunday: "Prollar va hayvonlar erkindir.

“1984”
Jorj Oruell


Yoshlikjurnali
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Dilbar_satrlar

Ovunch

Yetim tun ingraydi mohning bag‘rida,
Osmon hovuzida suzar og‘riqlar.
Shabning ko‘rpasiga o‘ranib olib
Har kecha yulduzlar yig‘laydi ingrab.

Azob qaynab chiqar yerning qa’ridan,
Havolar bo‘g‘ilib oladir nafas.
Qir-adir bag‘rini qonlarga bo‘yab,
Lolaqizg‘aldoqzor bosh ko‘tarar, bas!

Tushida burgutga do‘ndi musicha,
Tushida kapalak bo‘lishdi qurtlar.
Yetim tunga tongni hadyalar qilib,
Mehridan sadaqa beradir qushlar...

Xonzodabegim Jamolova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar


TIRIK TANOVAR


                    Ona tilimga bag'ishlayman

Borligingga qiloldim bovar,
Necha-necha yil o'tdi, afsus.
Assalom, ey, tirik tanovar!
Assalom, ey, suyukligim – so'z!

Hovuch-hovuch qo'shiq keltirdim,
Jo'shib kuyla, to'lg'onib kuyla.
Ovozingdan uyg'onsin derdim
Mudroq o'ylar, faromush o'ylar.

Mana, zalil ohanglarimda
Ko'z ochadi fasohat sim-sim.
Kuyla, tokay ko'ngling yarimta,
Mening mendan yaralgan hissim?!

Hulkaroy Sattorova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#latifa

Shoir o‘g‘risi


Bir kuni hakim Anvariy Balx bozoridan o‘tib borar edi. Qarasa, bir joyda xaloyiq to‘planib turibdi. Shoir u yerga borib ko‘rdi-ki, bir kishi Anvariyning qasidalarini o‘z nomidan o‘qib, hammani og‘ziga qaratib turardi. Xaloyiq uning she’riyatidagi salohiyati va o‘qishiga ofarin der edi. Anvariy u kishiga murojaat qilib dedi:
– Ey, kimning she’rlarini o‘qiyapsan?
– Shoir Anvariynikini.
– Anvariyni taniysanmi o‘zing? – dedi Anvariy.
– Qiziq ekansan-ku, – dedi u kishi, – Anvariy menman-da.
– Yo alhazar, – dedi Anvariy yoqasini ushlab. – Men she’r o‘g‘risini eshitgan edim-u, ammo hanuzgacha shoir o‘g‘risini ko‘rmagan edim.

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

Agar nurman, agar oftob,
Va yo yog‘du va yo mohtob,
Na bo‘lsam ham manim yakto
Madorim bo‘l…

Agar gulgun, agar durkun,
Va yo so‘lg‘in va yo surgun,
Na bo‘lsam ham, sen ey ko‘rkim,
Harorim bo‘l…

Agar qushman, agar xushman,
Va yo o‘ngman va yo tushman,
Na bo‘lsam ham dilim xushlar
Qarorim bo‘l…

Agar tergar, agar sergap,
Va yo ko‘ksing tilar mergan…
Na bo‘lsam ham faqat senga
Bororim bo‘l…

Iroda Rahmonaliyeva

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал