yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali

1962

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Saytimiz: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali

#xush_kelyapsan

Bahor keldi seni so‘roqlab…

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#qutlov

28-fevral – yosh shoira Shahina Usmonova tavallud topgan kun!

Fevralning so‘nggi tushi


...va yana boshlandi tushunarsiz his,
Mitti jussa ichra ulkan qalb ishg‘ol...
Hijolat chekadi yigirma sakkiz...
Ilk bora sodir bo‘lgandek bu hol.

– Bir umr tugadi – qisqa taqvim bu,
toqatsiz pirpirab boqadi ko‘zlar,
– To‘xtating! Men unga tegishlimanku!
(kechib kecholmayin ketadi fevral...)

So‘ng qismat raqs tushar bir g‘olib kuyga,
Masxara qilgandek tuyular bari.
– Yil bo‘yi urinding asrab qolmoqqa,
Shafqatsiz haqiqat tarozilari.

Baribir yengadi ertaga bahor,
Tunlari ortidan kelaverar kun.
– Bilaman, qishning xudbinligi bor,
Lek fevral boshqacha edi-da Ochun!

Xushsiz yiqilaman, ostimda bulut,
Xotirlar sharpadek yeladi bir bir.
– Shu’lalar yo'qolar, bo‘ldi, bass, unut,
Qisqa taqvim kabi kelib ketgandir.

Sekin uriladi derazaga yel,
Uyg‘onib ketaman bu ajib tushdan.
Lahzalar ichikar, ertasiga chin
Fevral-la ayrilib qolamiz qishdan.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#nazm

* * *
Gulgunsan, olovsan, yondiradursan,
Ishqmisan, bormisan, o hayot tilsim?!
Neki bor barini san ko‘radursan,
Haq so‘zim haqdursan,
dilim och, sim-sim.

Mehvar to‘shagida mehring ilinji,
Jarang soch tilimda, yashnatib dilim.
Obi kavsarimsan, talpinib inju,
Haq so‘zim haqdursan,
dilim och, sim-sim.

Neki bor, maysalar kabi bosh urgay,
Shabnamdan bol so‘rib, ko‘zga yosh urgay,
Bari ko‘kargan so‘ng nur talosh bo‘lgay,
Haq so‘zim haqdursan,
dilim och, sim-sim.

O‘tdilar, o‘tmoqda yanchilib donlar,
Neni chaplamoqda oh siyohdonlar,
O‘zni asramasdan jon berib jonlar,
Haq so‘zim haqdursan,
dilim och, sim-sim.

Bunda ketar yo‘lchi dorul baqoga,
Chang solib, yo‘l to‘sma, yirtiq yoqoga,
Mazlumlar titramish aytib ismingni –
Haq so‘zim haqdursan,
dilim och, sim-sim.

Xayrulla Xolto‘rayev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#olis_yaqin_ovozlar

NEKI NASIB ETSA...

Neki nasib etsa, barisi boʻldi,
Demak, yozilmagan bundan ortigʻi.
Qay kuni toʻkildim, paymonam toʻldi,
Boʻgʻzimni kuydirdi bir ogʻriq, yigʻi.

Men jonim qiynadim jondan oʻtkazib,
Eng ogʻir qiynoqqa shaylanib bordim.
Koʻnglimga chizilgan xarita bilan
Olovli yoʻllardan aylanib bordim.

Bilaman, eng ogʻir soʻroq kutmoqda,
Olisdan koʻrindi Puli Siroting.
Gunohkor bandangman, deya ovundim,
Aybsiz Parvardigor shu – sening oting.

Qismatim ming yillar avval bitilgan,
Oʻzingcha nimadir toʻqima, ochun.
Bir marta aylanib chiqdim dunyoni,
Menga asotirlar oʻqima, ochun.

Islomjon QOʻCHQOROV

@yoshlikjurnali
http://yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#nazm

Maktub


Hovlimda atirgul o‘sardi,
Ochilsa yurakka o‘xshagan.
Bevafo bir qizcha uzardi,
Yuqori qavatda yashagan.

Gul emas, bitilgan aslida,
Sevgimning javobsiz maktubi.
Chekilgan azoblar qasdida,
Qonimga bo‘yardim men uni.

Qiz esa shunchaki varaqlab,
Hislarim ustidan kulardi.
“Sevadi, sevmaydi?” – so‘roqlab,
Dilimning bandlarin yulardi.

Samoga sochardi maydalab,
Ko‘ksimni chirmagan hislarim.
O‘zgardi bir necha qaytalab,
Yuragim manzilin izladim.

Kunlar ham almashib yillarga,
Olisga chorladi taqdir – yo‘l,
Maktublar keladi qaydandir
Ichida o‘ralgan atirgul.

O‘qiyman deyman-u, netaman,
O‘zgaga baxtini tutgan dil.
Maktubin olovga otaman,
Samoga sochilar atirgul.

Dilshod ShUKUR

“Yoshlik” / 2023 / 9

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#bilasizmi?

Bilasizlarmi, odam nima uchun ikki oyoqlab yurishni o‘rgangan?


Eng avvalo bir narsani alohida ta’kidlamoqchiman: men umrim davomida faqat o‘z miyam bilan o‘ylaganim uchun, mustaqil ravishda fikrlay olganim uchun hech qachon afsuslangan emasman. Men mulkdor oilasida dunyoga kelganman. Yer-mulkimiz katta edi. To‘qqiz yuzta batrak ishlar edi. Men esa erkatoy edim; beysbol o‘ynaydigan koptogim, qo‘lqopim bor edi. O‘n ikki yilcha diniy kollejda saboq olganman. To‘gֲ‘rirog‘i, o‘n ikki yil mobaynida diniy aqidalar bilan boshimni qotirishdi. Lekin men oqibatda inqilobchi bo‘lib yetishdim. Chunki men umr bo‘yi faqat o‘z miyam bilan o‘yladim, mustaqil fikr yuritdim. Chunki men kimlardir o‘ylab topgan shirin yolg‘onlarga ishonmadim. Shaxsiy mulohazalarim, o‘ylarim, kuzatishlarim oqibatida inqilobchi bo‘lib yetishdim.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

Sobir O‘nar xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Bugun, 25-fevral kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, yozuvchi Sobir O‘nar tavalludining 61 yilligi munosabati bilan adib o‘zi tahsil olgan Quvkalla qishlog‘idagi 70-umumta’lim maktabida xotira kechasi o‘tkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Muhammad Ismoil, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mudiri, yozuvchi B.G‘oziddinov hamda adibning sinfdoshlari, yaqinlari, maktab o‘quvchilari, tuman tashkilotlari mas’ullari qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar adib asarlari mazmuni, ulardagi qahramonlarning hayotiyligi, Sobir O‘narning insoniy fazilatlari haqida gapirdi.

Tadbir doirasida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida “Sobir Oʻnar asarlari bilimdoni” intellektual oʻyini o‘tkazildi hamda g‘oliblar faxriy yorliq va badiiy kitoblar bilan taqdrilanishdi. Shuningdek, 70- va 87-umumta’lim maktablari kutubxonalariga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#Eslaganda

Sobir O‘nar voqealar ketidan quvmaydi, aksincha, aksariyat mulohaza yuritadi, shu asno kitobxonni ham fikrlashga undaydi. Tafakkurni uyg‘otadi. Kashfiyot mulohazalari tang qoldiradi...

Abduhamid PARDAYEV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#shoir_qalbi

Dilim tushdi

Ash’orima yurak zohir,
Ham ko‘ngil, ham tilak zohir,
Ishq domiga tushib oxir,
G‘am shahriga yo‘lim tushdi.

Tangrim, abad sitammi ul,
Ko‘rsatmading bir yorug‘ yo‘l,
Ko‘klaringga cho‘zgandim qo‘l,
U shalvirab qo‘lim tushdi.

Jonim dilga quchib bo‘ldim,
Tildan tilga ko‘chib bo‘ldim,
Dunyosidan kechib bo‘ldim,
Boshimga bir o‘lim tushdi.

Yomonimdan yaxshim ko‘pdir,
Ko‘nglimga boq, naqshim ko‘pdir,
Ishqim cheksiz, rashkim ko‘pdir,
Faqat senga dilim tushdi.

Jamshid HAQBERDI

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#hikoya

Peredelkinoda birinchi kun


Sizda ham shunday bo‘ladimi?
Deylik, to‘satdan, xayolingizda allaqayoqdandir paydo bo‘lgan, sang‘i bir xavotir qalqadi-da, so‘ng ko‘nglingizda vahima uyg‘otadi. Tahlikaga tushasiz. Boshingizga chippa yopishgan battol o‘ydan qutulolmaysiz…
Tongni Peredelkinoda qarshi oldik.
Ohh, yomg‘ir… Salqin. Havo sof, nafas olganing sari yengillashasan. O‘rmon va yomg‘ir… Tabiat “atri”dan sarxush tortasan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#olis_yaqin_ovozlar

Niqob


Ko‘rindi shodlikka o‘ralgan alam,
Sen shoshib yashirding dil azobingni.
Ko‘zlar aldamaydi, bilasan, erkam,
Ayt, qayga ko‘masan iztirobingni?!

Tokay bardoshingni sarflab kulguga,
Jilmayib qaraysan o‘tgan-ketganga.
Bilaman, qarz olib chiqasan tundan
Niqobga, kuningni abgor etgandan!

U shodlik niqobi, sotilar tekin,
Shoshil, berkitishga ozdir fursating.
Men esa jo‘nayman toshga o‘ygani
Qora xayolimning oppoq suratin.

Sanjar TOShBEKOV

“Yoshlik” / 2023 /9

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#xotira

Azimdan she'r xuddi momaqaldiroqdan chiqqan chaqindek chiqadi. Bu togʻ momaqaldirogʻi, togʻlar chaqinlari, togʻlarning yolqinlari edi.

Ibrohim GʻAFUROV

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#Qutlov

21-fevral – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Xoliyor Safarov tavallud topgan kun!

Mag‘lubiyatidan g‘alaba

Ravshanning otasi og‘ir xastalikdan vafot etgach ikki opasi bilan uni onasi yolg‘iz o‘zi katta qildi. Ravshan bir amallab kollejni bitirdi-yu, ro‘zg‘or tashvishini batamom yelkasiga oldi. Mana o‘n yildirki duradgorlik bilan mashg‘ul. Uylanib uch farzandli bo‘ldi. Ammo yuragida bir armon bor: otasi o‘g‘lining olim bo‘lib, el ichida shuhrat topishini orzu qilgan edi. Onasi buni bot-bot eslab turadi. Mushtipar endi armonlarining ushalishini nevaralari¬dan umid qiladi. Ravshanga garchi olimlik nasib etmagan bo‘lsa ham, onasini xursand qilish o‘yida. Qo‘li ishdan bo‘shagan paytlari darhol kitobga yopishadi.

👉Davomi…

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#tarix

Bugun men tugʻilgan xonadon "Yoshlik" jurnalidan maktub olganiga rosa qirq yil toʻlgan kun😍.

Nurilla Choriyev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#nigoh

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#nigoh

Shoir kim?


Bu savolga yuzlab javoblar bor. Har kim o‘z anglamidan kelib javob beradi. Shuning uchun ham ular xilma-xil, rang-barang. Bu borada shoir Rauf Parfining ham o‘z qarashlari bor. Bu qarashlar ko‘proq uning “Shoir” she’rida o‘z ifodasini topgan. Abdulla Oripovga bag‘ishlangan bu she’rning ilk variantlari 1965-yildan boshlanadi. Shoir bu she’r ustida besh yil ishlagan va uni 1970-yil sanasi bilan e’lon qilgan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#qutlov

28-fevral – shoira Nargiza ODINAYEVA
tavallud topgan kun!

TANISH AZOB

Bitta ko‘ylagimni uch yil kiyaman,
Qilgan ibodatim ming yil bir ishqqa.
Bir tanish azobni ming yil suyaman,
Ammo yig‘ilarim har kuni boshqa.

Ko‘zimga botgani eskirgan savdo,
Tush ko‘rib bo‘lganman, emas tasodif.
Qo‘limda o‘ynayman dunyoni, ammo
Chalkash bir chiziqda kuyib borar kift.

Ona sog‘inchidan shoshib choy damlar,
Tonggi hislaringdan bir piyola ber!..
Tun bo‘yi mudragan hissiz odamlar
Mening yuragimga non botirib yer.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#nigoh

Adabiyotda – barcha sohalarda boʻlgani kabi – natija muhim. Aslida, yaxshi asar dunyoga kelishining oʻzi bir moʻjiza. Ammo... qani endi, ong- shuuringizni, qalbingizni algʻov-dalgʻov qilib tashlaydigan, kulib turib yigʻlatadigan, yigʻlab turib kuldiradigan, sahifalarni titrab-qaqshab, oʻzingizdan qizgʻanib oʻqiydigan, kechalari uxlatmaydigan asar qoʻlingizga tushib qolsa....

Abduqayum YOʻLDOSHEV

"Yoshlik" 2020/1

@yoshlikjurnali
http://yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#iqtibos

Kitob doʻkonining boshqalaridan ajoyib farqi shuki, bu doʻkonga har bir xaridor oʻz tarozusi bilan keladi.

Omon Matjon

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#iqtibos

Har bir avlod o‘zini oldingi avloddan aqlliroq, keyingi avloddan donoroq hisoblaydi.

Jorj Oruell

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#iqtibos

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#olis_yaqin_ovozlar

Qish. Fevralning suronli tuni,
Koʻk bulutli, yoʻq yulduz, oyim.
Guvlar shamol buzib uyquni,
Tashqarida qiyomat qoim.

Kimdir ogʻir ingradi birdan,
Musht oʻqtalar serzarda chaqmoq.
Tagʻin falak yomgʻirlar bilan
Savaladi uni betoʻqmoq.

Kim ekan u kelgan bemahal?
Oʻgʻrimikin toleyi qora?
Va yo yorin kutgancha mahtal,
Qoʻlga tushgan oshiq bechora?!

Ne boʻlsa ham mard ekan, qurgʻur,
Sahargacha beroldi bardosh.
Soʻng besharaf bulutlar bir-bir
Chekindilar va chiqdi quyosh.

Derazaga otildim shu on,
Bilayin deb kim tungi dongdor.
Tashqarida turardi shodon
Yuz-koʻzlari koʻkargan bahor.

Humoyun QUVONDIQOV
2022/2

@yoshlikjurnali
http://yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#xotirlab

Hurmatli Luqmon Bo‘rixon muxlislari!


Bu yil yozuvchi Luqmon Bo‘rixon tavalludiga 60 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan adib hayoti va ijodi haqida xotira kitobi tayyorlashni reja qildik! Sizlardan iltimosimiz, yodnoma va bag‘ishlov she’rlaringizni bizga yuborsangiz.

Luqmon Bo‘rixonning ruhi shod bo‘lsin!

Izoh: maqolalarni adibning qizi Mayram Bo‘rixonzoda yig‘yapti.
Telegram (91)1347887

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#iqtibos


G‘oyalar qimmat turadi. Shuning uchun ularni arzon emas, bebaho odamlar bilan bo‘lishish kerak.

Inobat Ahatova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#nigoh

Alla


“Alla” kalimasini aytish bizda qachondan urf bo‘lganligi ma’lum emas, ammo turli xalqlarda uning turlicha qo‘llanishiga ko‘ra hududlarga ajratish mumkin. Aytaylik, O‘zbekis­ton va Tojikiston xalqlari o‘rtasida aytiladigan alla (“allayo-alla, alla, bolam (bacham), alla”) deyarli bir xil (faqat Tojikistonning ba’zi hududlarida “lalayik” shakli mavjud), ammo turkmanchada “alla” so‘zi ortidan “hu” tovushining ham eshitilishi (“alla hu alla”) bizga “Alloh” ismini ham eslatadi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#Eslash

22-fevral – shoir Azim Suyun tavallud topgan kun!

EY DO‘ST
(Qayirmalar)

* * *
Ey do‘st!
Odam Atoni, Tangrim, odam yaratdi,
Momo Havoni unga hamdam yaratdi.
O, aslida aklu kuch egasiga
Ilohiy muhabbatu ilhom yaratdi.

* * *
Ey do‘st!
Gulsiz meva tutar anjir degani,
Yor gulsiz bo‘lsa ham bir kelsa qani?
Chechakni yelkada tutgan qoyadek
Boshimga ko‘tarib yurardim uni.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#siz_uchun

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#Qutlov

21-fevral – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va huquqshunos Do‘stbek Sulaymonovning tug‘ilgan kuni!

U 1981-yili 21-fevralda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining Quvkalla qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. Yozuvchining “Cho‘qqilarga intilib”, “Salom qani?”, “Zavol bo‘lgan umrlar”, “Badiiy ijod sirlari” asarlari nashr etilgan.

Yozuvchining “Buqalamun” asarini shu havoladan o‘qishingiz mumkin.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#eslaganim

Bahodir juda noziktabiat odam edi. Uning do‘stligi beqiyos – mehr-u shafqat ila yo‘g‘rilgan. Unga do‘st bo‘lganimdan faxrlanaman.

Usmon Azim,
O‘zbekiston xalq shoiri

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali

#olis_yaqin_ovozlar

Jadidman


Men o‘sha – haqiqat izlagan,
Lek topa olmagan o‘zidan.
Men o‘sha – tarixda “tuzlangan”,
Yosh emas, qon chiqqan ko‘zidan.

Qo‘limda zanglagan kishanlar,
(Bo‘ynidan bog‘langan ozodlik).
Xandon otib kuldi dushmanlar,
Bolalar yuzida mung, hadik.

Ming bora chirandim, hayqirib,
Mudragan do‘stlarni ko‘tardim.
Ammo yov tankasi ayqirib,
Izvoshni botqoqqa itardi.

Atrofim zolimga yon berdi.
Ilojsiz, kechdilar erkidan.
Ko‘nmagan men kabi jon berdi,
Kishanni yechdilar ruhidan.

Zamonlar keladi, bilaman,
Kun kelib, yuksalar bu millat,
Turkiston bo‘lajak bog‘, chaman,
Tug‘ida hurlig-u haqiqat.

Jadidman – ma’rifat istagan.
Fikrati kishansiz bir jonman.
Avloniy, Qodiriy, Behbudiy,
Fitratman, Cho‘lponman, Usmonman.

Hayotjon ABDULLAYEV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал