yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Yolg‘on

Og‘ir sumkalarni ko‘targan ayol taksi to‘xtatdi. Yonida bolasi. Manzilga yetib borishganda kirakash odamgarchilik yuzasidan ayolning sumkalarini ko‘tarishib eshigigacha olib bordi. Bolakay to‘xtab unga savol berdi:
– Siz dadam bo‘lasizmi?
Erkak tushunmay, bolaning onasiga qaradi.
Ayol dovdirab qoldi. U dadasining qayerdaligini ko‘p so‘raydigan o‘g‘liga doim “Otang bir kun uyimizga keladi. Uning mashinasi bor” derdi. Dadasi ularni tashlab ketganda bolakay juda kichkina edi...

Sitora AZIZOVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nishondasiz!

❌zarqlanasiz
✅zavqlanasiz

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Yana ko‘zmunchoqday g‘ildiraydi vaqt,
Yana yuragimga yuklar vazifa.
Dunyo shovqinidan yetmasin deb zarb,
Oyni ham mehri-la uxlatgan onam.

Yana olmos kabi charxlanar sabr,
Yana haddan oshar umid bechora.
Qaro nigohlardan o‘lmasin deb qalb,
Ishqimning ko‘ziga uyqu begona.

Qaddim shay ruhimga tirgak turgani,
Lek ilhom qo‘lida hamon tutqunman.
Ko‘nglim yig‘lagani – ko‘zim kulgani,
Ne baxt, dunyolardan ozod bir qulman!!!

Himmatoy NOZIMOVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tadqiqot

“Bir soat, ijozat ayla, quvonay…”


Yomg‘ir qachon tig‘ga aylanadi?! Sevilmagan inson dastlab og‘rinadi, bu og‘riq g‘azabga, g‘azab o‘chkorlikka, nafratga aylanib boradi. Shoir shu jarayonni anglatar ekan, sevilmagan bu oshiqning yomg‘irga evrilganini ifodalaydi. Faqat o‘ta g‘azabnok holatda, ya’ni shitob bilan yog‘ayotgan yomg‘ir tomchidan tig‘ga aylana oladi. Sevilmasa-da, sevgani sabab seviklisining yashirinishini so‘ramoqda, buni “Zinhor senga, ey yor, yomonligim yo‘q” deb ta’kidlamoqda. She’rning ikkinchi qismida yomg‘irga aylanib, tuproqqa singgan oshiq “Tindimmi, indimmi, oxir-ul kalom” deb o‘z holati o‘zgarganini, g‘azabidan tushganini ifodalab, maysa, chechaklarga “yorimga salom ber” deb o‘tinmoqda.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tomoshobogʻ

Yozguvchining ibodati

— Ey xudoyim, bergil menga ilohiy rag‘bat.
— Marhamat!
— Va oz-moz pul-muldan, kelmasa malol.
— Bemalol.
— Bir mashina bo‘lsa... sutrang, sozidan.
— Roziman!!!
— Chog‘roqqina chorbog‘ ko‘plik qilmasdi.
— Balki shu basdir?!
— Ham xorijga besh bor sayohat yilda.
— Insofni bilda!
— Kattaroq unvonga etsayding noil.
— Qoyil!
— Eng muhimin unutibman — iste’dod g‘ami.
— Sengami?
— Yo‘q mengamas! Falonchiga bermagin uni.
— Nedir mazmuni?
— Shundog‘am ishlari yurishar doim.
— Xudoyim-m-m...

Lyudmila Xanadeyeva

Ruschadan Qing‘ir Mirzo tarjimasi

Yoshlik”/1988/11

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavallud

4-noyabr — yosh isteʼdodli shoira Nozima Habibullayeva tavallud topgan kun!

YUK


Bu tugun —
Shahlo ko‘zlari ko‘kargan,
Bir qo‘lida bola ko‘targan
Loy ko‘chadan takror o‘tarkan,
Joni palaxmonidan uchqur
Ayolniki.

Bu to‘rva —
Burchida bir burda qotgan non,
Qotganidan uch kun o‘tgan non,
Qor kuraydi, yuragi vayron,
Vatanida mo‘ltirab to‘rt jon.
Qozonida qaynatgan sho‘rva,
Halolniki.

Bu chamadon —
Qotgan nondek tarasha, taqir,
Qullariga qul bo‘lgan, asir,
Cho‘ntagi hasharga muntazir,
Umri bo‘yinbog‘idan arzon,
Zavolniki.

Bu savat
Yeb-ichardan bo‘lak dardi yo‘q,
To‘ylarining pirovardi yo‘q,
Davrasida biror sarti yo‘q,
Hashamatdan ortiq xarji yo‘q,
Isroflari qavatma-qavat
Hammolniki.

Bu she'r—
Tutqichi yo‘q og‘riqlar haqda,
Og‘rig‘iga bog‘liqlar haqda,
"Qodir esang uyg‘ot"-u,shartta,
Qay birini ko‘tarayin der,
Xayolniki...

Nozima Habibullayeva

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

★ ★ ★

Qasam ich,
Osiyo,
Soro,
Maryam,
Fotimatuz Zahro,
Robiya
va Laylo haqqi...

Qasam ich,
bulgʻanmagan daryolar,
erimagan qorlar,
ochilmagan gʻunchalar,
toʻkilmagan yaproqlar,
ichilmagan buloqlar haqqi...

Qasam ich,
qindagi qilichlar,
teshilmagan zirhlar,
egilmagan yoylar,
otilmagan oʻqlar haqqi...

Qasam ich,
ochilmagan goʻrlar,
yirtilmagan qafaslar,
qonga belangan jasad ila
janoza oʻqilgan shahidlar haqqi...

qasam ich,
ismat hijobi ortidagi pokiza yuzlar,
iffatdan egilgan jannatiy boshlar,
haq sari bosilgan mustaqim qadamlar
va zangor kimxob yopingan tobutlar haqqi
“Xiyonat qilmadim”, deb qasam ich!..

Asqar Mahkam

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

* * *

Ona, to‘plab chiqsa — bardoshlaringiz,
Shuncha yillar to‘kkan ko‘zyoshlaringiz,
Yeru osmon selu yomg‘ir, do‘l bo‘lardi.
Bir vohani ko‘mardi suv,
Bir vohani g‘arq etguvchi ko‘l bo‘lardi.

Ajinlaringizni o‘ylasam agar,
Bir-biriga ulab, boylasam agar —
Surxondan to Toshkentgacha,
Toshkentdan to Surxonga qadar
Sog‘inch to‘la, armon to‘la yo‘l bo‘lardi.

Sirojiddin Sayyid she'ri

Erkin Bozorov o‘qidi

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Ijodkor

– Men katta yozuvchi bo‘lmoqchiman! – dedi u xotiniga, farzandlariga, – Ijod qilayotganimda
xalal bermanglar!
U tunu kun ijod qildi. Unga ko‘zlarini mo‘ltiratib tikkan qizini ham, yurak yutib bo‘yniga
osilolmagan o‘g‘lini ham ko‘rmadi. Juftiga aytolmagan so‘zlarini kitobiga bitdi. Oilasiga
ko‘rsatolmagan g‘amxo‘rlikni kitobda isbotladi!
U tanildi. Uning shoh asarlari minglab nusxalarda chop etildi. U shonu shuhratga burkandi.
– Endi yetar, – dedi bir kun qo‘lidagi qalamni qo‘yib, – keksayibman...
Shunday deya atrofiga qaradi: hech kim yo‘q edi.
U bir uyum kitoblari ichra yolg‘iz qolgandi.

Nodirabegim

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tomoshobogʻ

Mark Tven bir kuni...

Bir kuni Mark Tvendan birinchi marta ishlab topgan pulingizni eslay olasizmi, deb so‘radilar.
— Ha, — dedi u. — Maktabda o‘qib yurardik. U paytlar hamma bolalar maktab mulkini ko‘z qorachig‘idek saqlardilar. Bizning maktabimizda shunday qonunga amal qilinardi. Agar o‘quvchi partaga ruchka yo pichoq bilan biron belgi qo‘ysa, u butun maktab o‘quvchilari oldida tan jazosi olardi yoki besh dollar jarima to‘lardi.
— Ota, — dedim bir kuni, — men partaga ismimni yozib maktab qonunini buzib qo‘ydim. Endi men jarima to‘lashim yoki tan jazosi olishim shart.
— Sem, — dedi otam, — butun maktab oldida Klemens nomi tilga olinsa, bu yaxshi emas. Mayli, jarima to‘layman. Biroq men seni jazosiz qoldirishni xohlamayman. Yur, direktorning oldiga boramiz.
— SHunday qilib otam bilan birga direktorning huzuriga bordik. Men direktordan kechirim so‘radim. Ikkinchi marta takrorlanmaydi, deb va'da berdim.
— Xullas, men besh dollarni saqlab qoldim.
— Bu mening hayotimda birinchi marta ishlab topgan pulim edi.

“Yoshlik”/1988/10

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ibrat

Iltifot

Hukmdorlardan Bahromgo‘r bir kuni ovga chiqdi. Bir kiyikni uchratib uni ovlamoqchi bo‘lganda, kiyik qochib ketdi. Bahromgo‘r uning orqasidan quvlay-quvlay, nihoyat bir qabila yashaydigan yerga yetib keldi. U qabilaning Qabiysa ismli bir sardori bor edi. Kiyik tashnalikdan betoqat bo‘lib Qabiysaning chodiriga kirib keldi, hob tili bilan undan panoh istadi. Qabiysa unga suv berdi, qornini to‘ydirdi. Shu topda Bahrom chodir eshigi yoniga yetib keldi. Qabiysaga do‘q qilib:

— Ey arab, mening ovim sening chodiringga kirdi. Darhol uni chiqarib menga topshir! — dedi.

— Ey suvoriy, yaxshi yigit, mendan panoh istab chodirimga kirgan jonivorni sening qo‘lingga topshirishim muruvvatdan emasdir,— deb javob berdi Qabiysa.

Bahromgo‘r qattiq so‘zlab, unga hujum qilib, kiyikni chiqarib berishni talab qildi. Qabiysa uning siyosatidan qo‘rqmay, aytdi:

— Ey yigit behuda so‘zlarni so‘zlama, mendan panoh istab chodirimga kirgan bechora jonivorni nechun sening qo‘lingga topshiray? Qo‘lingdagi o‘q-yoy bi-lan meni o‘ldirsang, o‘shandagina kiyikni olishing mumkin bo‘ladi. Agar meni o‘ldirsang qabilam ahli seni tirik qo‘ymaydi. Kel, o‘z joningga rahm qilib, bu bechora jonivorni qo‘lga olib, o‘ldirish savdosidan kech. Agar hirsing tomiri tinch turmasa, eshigim yonida bog‘liq turgan go‘zal va chopqir otimni egar, jabdug‘i bilan senga beray.— Bahromgo‘r Qabiysaning hamiyatiga tahsinu ofarin qildi. Uning otiga iltifot qilmay o‘z saroyiga qaytib ketdi. Ertasi kuni Qabiysani o‘z saroyiga chorladi, unga ko‘p iltifotlar qilib, e’zozladi.

Bayt:
Istagach bir qatra daryodin panoh,
Ayladi unga sadafdan takyagoh.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Chin sevgi bitigi

Sevgi haqida yozmagan shoir yo‘q hisobi. Lekin ularning hammasi ham yurakka yetib bormaydi. Yurakka yetib borish uchun shoir yuragi sevgi olovida porillab yonishi kerak. Yongan yurak “chars-churs” etib yonadi. Uning har bir charsillashi bittadan she’r bo‘lsa, barchasi bir bo‘lib, butun boshli dostonni tashkil etadi. Menga qolsa, sevgi haqidagi bitiklarning barini bir yerga to‘plab, chin va yolg‘onga ajratib chiqqan bo‘lardim. Shunda “Shodon quyosh” chin bitiklar safidan joy olardi. Uning eng muhim, eng kuchli qirrasi ham shu – sevgi otashida yongan yurakning samimiy nolalari!

Qolgan gaplar dostonning badiiy o‘ziga xosliklari haqidagi ilmiynamo mushohadalarga aylanadi, xolos. Masalan, bunday: doston avtobiografik xarakterga ega kabi. Chunki shoir ismining bosh qahramon ismi bilan bir ekanligi, uning tug‘ilgan yurti haqidagi ma’lumot, voqealar kechgan makon va zamonning mos kelishi… bularning hammasi dostonning boshdan va ko‘ngildan kechgan rost tuyg‘udan yaralganidan dalolat.

She’riy dostonning vazni turfa xil: bir og‘irlashadi, bir o‘ynoqlaydi, bir “ma’yuslanadi”, bir “umidlanadi”. Chunki ishq oshiqni shunday turfa ko‘ylarga soladi. Bu narsa aynan vaznlarda va vaznsizliklarda ko‘rinadi.

Doston adabiyotdagi an’analar ruhida bitilgan.

Doston tashbehlarga, o‘xshatishlarga, umuman, badiiy san’atlarga to‘la. Bitta chiroylisini keltiraman: “Ko‘zlaring kuladi – sevgi shaklinda..”.. Mayli-da, tashbeh ulug‘ ustozlar ijodini yodga solsa. Axir, doston an’analar ruhida bitilgan, dedik. Xurshid – ustozlar yo‘lining haqiqiy davomchisi. Lekin o‘z yuragi, o‘z sevgisi, o‘z qismati bilan davom ettiradi u! Boshqasiga ko‘nmaydi…

“Shodon quyosh” nomi bejiz tanlanmagan. Chunki sevgilining ismi Shodiya. U oshiqning yu¬ragini ham quyoshdek qizdiradi. Sevgi quyoshi u!..

…xullas, dostonni shu tarzda juda uzoq ta’riflash mumkin. Lekin bularning hammasi bir bo‘lib ham doston haqida eng birinchi aytgan fikrimizga teng kelolmaydi: dostonda “XXI asrga kelib urfdan qoldi, eskirdi, yo‘q bo‘ldi..”., deyilgan otashin sevgining – chin tuyg‘uning baland bo‘yli suvrati chizilgan.

Demak, sevgi yashayapti…

Ulug‘bek HAMDAM

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavallud

1-noyabr — yosh isteʼdodli shoira Iroda Rahmonaliyeva tavallud topgan kun!

Koʻngilginam ohidan, chap koʻksim bulogʻidan,
Koʻzimning qirgʻogʻidan ummon kelar, kelmasang.

Armongullar oʻragan koʻngil koʻshkim nuragan,
Qaygʻulashkar yuragim tomon kelar, kelmasang.

Holimdan xushhol boʻlib, yanoqlari ol boʻlib,
Ravzamga qirol boʻlib xazon kelar, kelmasang.

Men...yengildim...sen gʻolib! Xayolimni qoʻporib,
Hayotimni qoʻporib toʻzon kelar, kelmasang!

Koʻzlarimga qon kelar, boʻgʻzimga bir jon kelar,
Umrimga qiron kelar, qiron kelar, kelmasang!

...Libosiga nur singgan, farishta u koʻringan,
Va oʻshanda...oʻlimga zamon kelar, kelmasang...

Iroda Rahmonaliyeva

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ibrat

Mehmon

Bir kishi ulug‘ martabali bir odamdan anchagina pul qarz olgan bo‘lsa ham, qarzini o‘z vaqtida ado etmagan, va’dasidan ko‘pgina vaqt o‘tkazgan edi. Nihoyat, pul egasi qarzdordan pulini undirib olishni o‘zining katta bir xizmatchisiga havola qildi.

Xizmatchi qarzdorning uyiga bordi, unga qattiq-qattiq so‘zlar aytib, amaldordan olgan pulni darhol chiqarib berishni so‘radi. Qarzdor u xizmatchiga:
— Meni xojang yoniga olib bor, unga aytadigan maxsus so‘zim bor,— deb qayta-qayta o‘tindi. Uning yig‘lamsirab, zorlanib o‘tinishi bag‘ritosh xizmatchining ham ko‘ngliga ta’sir qilib, hojasi huzuriga olib keldi.

Amaldor bir qancha kishilar bilan o‘tirib osh yeyishda mashg‘ul edi. Xizmatchi u qarzdorni amaldorga ko‘rsatib:
— Bu kishidan pulingizni darhol chiqarib berishini so‘rab qattiq muomala qilgan edim, ko‘p tavba-tazarru qilib, sizning yoningizga olib kelishimni o‘tindi, rahmim kelib olib keldim. Endi nima qilsangiz o‘zingiz bilasiz,— dedi,

Amaldor xizmatchini ham, qarzdorni ham oshga taklif qildi. Ular ham ovqatlanishga mashg‘ul bo‘ldilar. Ovqatdan keyin amaldor haligi xizmatchiga:
— Bu qarzdor endi mening mehmonim bo‘ldi. Aziz mehmonimdan pulimni talab qilishim muruvvatdan emas. Bu bechora odam muhtojlik ichida qolgani uchun pulimni keltirib berishga qodir bo‘la olmagan. Uning shunday holda ekanini oldinroq bilgan bo‘lsaydim, seni uning yoniga yubormasdim. Endi men u pulimdan voz kechdim, aziz mehmonimning o‘ziga bag‘ishladim. Bundan keyin bu mehmonimning uyiga borib, uning ko‘nglini og‘ritma,— dedi. Qarzdor mehmonning ko‘nglini ko‘tarib, in’om-ehson qilib, izzat-hurmatini bajo keltirib, uyiga qaytishiga ruxsat berdi.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Kutish


Osmon kulaverdi,
Poyimga cho‘kdi
tunning tovonini erkalagan yer.
Xazonlarni tutib, ko‘zimni yopdim,
Endi ko‘zlarim ko‘r,
Qo‘rqmay kelaver.

Men qo‘rqoq ruhimni olovda yoqdim,
Beixlos tanimda tatimadi nur,
Bag‘ri ko‘k,
Ko‘ksi ko‘k,
Osmoni ko‘m-ko‘k
Tog‘larga oshiqqan ko‘nglim behuzur.

Men halovat istab, bir safo istab,
Bir yo‘lga haliyam tushmagan odam.
Men ko‘nikib bo‘ldim, men ko‘nib bo‘ldim
Ko‘rmagan kunimni ko‘rganimga ham.

Bir taskin sado ber, ey yorijonim,
Hurlarga ko‘nglimdan afsun o‘qib ber,
Sehrgar oqshomlar tonglarni o‘pdi,
Endi halovat yo‘q,
Endi kelaver...

Sevinch Abdazova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hozir_javob

– Siz uchun yozish (ijod) nima?
Nargiza Odinayeva: – Bu savolga javob berishdan oldin “halovat” tushunchasiga to‘xtalsam, chunki har bir ijodkor uchun yozish – halovat. “Qaysi jihati bilan halovat bo‘lsin?” degan savolga, halovat insonning o‘zi uchun yetmagan moddiy va ruhiy unsurlarni qabul qilishi hamda ortiqchasini chiqarib yuborishi, deb javob berish mumkin.
Dabdurustdan yozishga o‘tirish qorin ovqat istamagan payti dasturxon yozishdek gap. Kuzatgan bo‘lsangiz, ochiqib ovqatlangan odam ma’lum darajada halovat topadi, aksincha, to‘q qorin bilan dasturxonga o‘tirgan odamning taomlanishida hafsalasizlik yaqqol ko‘rinib turadi. Yozishdan oldin, ta’bir joiz bo‘lsa, “madda” to‘planadi (qo‘polroq o‘xshatish, bu holni boshqacha nomlayolmadim). O‘sha madda me’yoriga yetib pishgach, yoriladi: shu paytda odam ko‘zi charaqlab ochilganini his qiladi. Men uchun ehtiyoj ana shu daqiqadagi holat. Mabodo, o‘sha “madda” to‘planmasa-chi? Unda yozishdan halovat ham, ma’no ham yo‘q.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nishondasiz!

“Cambridge sertifikati” universitetga kirishingizga yordam berishi mumkin, ammo savodxon bo‘lishingizga nafi tegmaydiganga o‘xshaydi.

(Otabek Safarovning facebookdagi sahifasidan olindi).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Nasr

Yolg‘iz odam

Xullas, otam boqqa ketmay, men o‘rin-ko‘rpalarni yig‘may, bobom zikrini boshlashga ulgurmay darvoza vazifasini o‘tovchi g‘ov yog‘ochdan uzun bo‘yli, qomatiga judayam yarashib tushgan kostyum-shim kiygan, yoshi oltmishdan oshgan bo‘lishiga qaramay o‘zini yaxshi saqlagan xushsurat kishi hatlab o‘tdi.

Bobomning huzuriga har kuni o‘nlab mehmon kelishiga o‘rganib qolgan bo‘lsak-da, bunchalik erta tashrifdan biroz ajablandik, rosti.

Batafsil

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Shaxmatda o‘yin tugagandan keyin shoh ham, piyoda ham bir qutiga solinadi.

Anis Mansur


@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

https://youtu.be/UGPdRRbwx14?si=rUXnHJxhIxvGPo9U

Taniqli yozuvchi Gʻafur Shermuhammadning "Quduq" qissasi asosida tasvirga olingan filmni tomosha qilishni tavsiya etamiz.

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tabrik

Bugun yosh shoir Bobomurod SA’DULLAYEV tavallud topgan kun!

U 2004-yili 3-noyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabni a’lo baho bilan tamomlab, hozir O‘zbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi.
Bobomurod Sa’dullayev “Yoshlik” jurnalida ham muharrir bo‘lib ishlab kelmoqda. Yosh shoirga bardamlik, sog‘lik-salomatlik, qalamidan har doim hammaning ko‘nglidan joy oladigan she’r yozilishini tilab qolamiz.

* * *
Men qaysi hislarga tobeman hamon,
Qaysi tuyg‘ularning quvdim ortidan.
Xayolim – sargardon, ko‘zlarim – komron,
Ko‘chib ketayapman shoir yurtidan.

Endi daraxtlarning barglari ma’yus,
Yulduzlar o‘z sirin sochar qa’riga.
Entikib, shodumon aytilmaydi so‘z,
Ko‘ngilning huzurbaxsh malaklariga.

Qismat bitib borar o‘z qissasini,
Yongandim sevgida xas yanglig‘ kuyib.
Ma’sum tushlarimning hikoyasini
Sabuhiy yomg‘irlar ketdilar yuvib.

Endi men maktublar to‘qiyman kimga,
Kimning xatlarida ismim yashirin?..
Taqdirdan cho‘chigan muhabbatimga
Xudoni pesh qilib yig‘lashim tayin...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tomoshobogʻ

Gogol tiriklayin ko‘milganmi?

Ayrim tadqiqotchilar Gogol letargik uyquga ketish oqibatida tiriklayin ko‘milgan degan taxminni ilgari surishadi. 1852-yilda Gogol vafot etgach, u Moskvadagi Danilov monastiri qabristoniga dafn etilgan. 1930-yilda monastir yopilgach, qabriston ham ko‘chiriladi. 1931-yilning 31-may kuni Gogol qabri ochilib, jasadi Novodeviche qabristoniga qo‘yiladi. Bu jarayonni tadqiq qilgan olimlar qabr ichidagi jasadning siljib, qo‘zg‘alganligini ta’kidlashgan. Yana bir guruh olimlar Gogolning shifokorlar tomonidan zaharlanganligi taxmini mavjudligini ham aytishmoqda. Uning jasadi yorib ko‘rilganida simob miqdorining yuqoriligi aniqlangan. Ushbu taxminlar va farazlarning qaysi biri haqiqatga yaqinligi bizga qorong‘u. Insonga xos qiziquvchanlik buyuk Gogolning ruhini qayta bezovta qilib, qabr toshlarini u yoqdan bu yoqqa ko‘chirishga ehtiyoj tug‘diradi. Bu taxminlar o‘z yechimini topadimi-yo‘qmi, buni faqat vaqt ko‘rsatadi. Ammo adibning jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini hech kim inkor eta olmaydi. Juda qisqa umri davomida shusiz ham ruhiy azob-uqubatlar iskanjasida yashagan adib ruhini tinch qo‘yish olijanoblik emasmi?

"Yoshlik"2010/3

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Alloma

Kunlardan bir kun shoir Azim Suyunning muxlislaridan biri telefon qilib, so‘raydi:
– Azim aka! Kecha “Diyor” gazetasida “Allomalar haqida hangomalar” ruknida Siz haqingizda yozilgan hangomalarni o‘qib, maza qildik. Qoyil! Sizning alloma ekaningizni bilmas edik, biz uchun bu yangilik bo‘ldi.
– Ajabo! – deydi shoir bunga javoban. – Haqiqatni yozadigan gazetalar ham bor ekan-da!

Kim nimaga qodir?

Azim Suyun o‘z tengdoshlari bilan adabiyotga kirib kelgan yillari adabiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar juda jonli, maroqli bo‘lardi.
Kunlardan bir kun Usmon Azimning uyida shoirlar to‘planib, o‘zaro nimanidir qizg‘in muhokama qilishadi. Gapdan gap chiqib, hamma beixtiyor maqtanishga tushib ketadi. Adabiyotga, she’riyatga daxli yo‘q gaplarni bir chetda indamay eshitib turgan Azim Suyun nogoh shunday luqma tashlaydi:
– O‘lay agar, she’r yozishdan boshqa ish qo‘limdan kelmaydi, jo‘ralar!

Sh.O

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

Qo‘lyozmaga o‘xshagan umr,
Uni faqat qoralamoq bor,
Lekin imlo xatolarisiz
Ko‘chirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Suvday serob quvonchlar ichra
Erib ketar g‘ussalar tuzday,
O‘zgasiga bu namakobni
Ichirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Ishq keladi kutilmaganda
Telefonning xatxonasiga
Kelgan xatday, uni ko‘ngildan
Kechirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Yo‘lda taksi kutgan singari
Taraddudda turibdi baxtlar,
Unga yetmay yurakni qushday
Uchirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Ortda qolar yo‘l, taksi, borliq,
Va yurakning parchalarini
telefonning xatxonasidan
O‘chirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Suhrob Ziyo

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Qoʻshnilarning yoʻli

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Yozuvchilik qismatdir

Men dastlab hikoyalar mashq qila boshlaganimda ular nima uchun zarur ekanligi haqida zarracha tasavvurga ega emasdim. U paytlarda hikoyalarimni bosib chiqarishlari uchun yozgim kelardi, biroq keyinchalik tushunib yetdimki, doʻstlarim meni koʻproq yoqtirishlari uchun yozarkanman, bu — bor gap. Soʻngra esa yozuvchilik hunari va boshqa yozuvchilar ijodini tinimsiz oʻrganish jarayonida shubhasiz adabiyot, ayniqsa, roman oʻzining yuksak vazifasiga ega, degan xulosaga keldim...

Shu narsa aniq: yozuvchilik degani — agar kimdaki bor ekan, hech qayoqqa qochib qutilishi mumkin emas va bu yozishi zarur ekanligini tan olishidir, chunki u shundagina dahshatli bosh ogʻrigʻi va laʼnati kundalik ikir-chikirlar ustidan gʻalabaga erishadi.

Gabriel Garsia Markes

“Yoshlik”/1988/3-son

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ibrat

Boqiy umr

Aytishlaricha, mo‘tabar bir odamning majlisida bir olim, fozil kishini ko‘p ta’rif va tavsif qildilar, Mo‘tabar odam u olimni ko‘rib suhbatidan foydalanishni orzu qilib, uni shu majlisga da’vat qilish uchun o‘z qarindoshini yubordi. Olim majlisga kelgach, salom berib hamma bilan ko‘rishdi. Keyin mo‘tabar odamga ta’zim qilib:

— Majlisingizga da’vat qilganingiz uchun tashakkur etaman, ming yil rohat va farog‘atda umr kechiring, — dedi.

Mo‘tabar odam olimning so‘ziga taajjub qilib aytdi:
— Majlisimizda hali o‘tirmay turib, mumkin bo‘lmagan so‘zni og‘zingizdan chiqardingiz, bir odamning ming yil umr ko‘rishiga aql bovar qiladimi?! Bunday so‘zni aytish sizdek olim va fozil kishiga munosibmikan?

— Insonning tirikligi faqat jismning boqiyligi bilangina emas. Odam ming yil umr ko‘rmasligini hamma biladi. Lekin o‘lgandan keyin qolgan yaxshi nom yana bo‘lak umrdir. Sizning olijanob, marhamatli, shafqatli odam ekanligingizni xalq unutmay, nomingizni doimo hurmat bilan yod etib turadi. Vafotingizdan keyin ham qilgan yaxshiligingizni xalq unutmaydi, nomingizni ko‘nglida abadiy saqlaydi, degan ma’noda «ming yil umr ko‘ring», — dedim, — deb javob berdi olim.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#shoir_qalbi

* * *
Nahot, shuncha yashab qo‘ydimmi?
Nahot umrim boryapti tugab.
Ortsa ortdi g‘amlar ko‘ksimda,
Men kimnidir qo‘ydimmi suyab.

Nigohlarga boqdim,
Sovidim,
Umr – darz kosada
Bol tutgan Xayyom.
Mehribonim, nega kechikding,
Yuragimga kirdi-ku oqshom.

Biz olamning ikkita qutbi,
Diydoridan ayrilar hushi.
Agar bo‘lsa ikki dunyosi,
Men Yusufning ko‘rajak tushi!

O‘ngdan kelar tushlar-ku, ammo,
Bu dunyoning yo‘qdir Yusufi…

Nargiza Asadova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал