yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ibrat

Adolat mushti

Xasta bo‘lgan bir odam shifokorga:
— Tomir urishimni tekshirib, dardimni aniqla dedi.. Shifokor bemorni tekshirib ko‘rdi.. Hech umid yo‘q. O‘limi yaqin edi. Bemorga:
— Bor, ko‘ngling nima tusasa shuni qil. Parhezga ehtiyoj yo‘q, dedi.
Bemor xursand, ko‘ngli xohishiga ko‘ra daryo bo‘yiga bordi. Qarasa, bir darvesh yuz qo‘lini yuvyapti. Taqir boshini ko‘rishi bilan bir tarsaki urgisi kedtsi. Aslida shifokor ham: «Ko‘ngling nima xohlasa shuni qil», degan edi. Shunday qilmasa, dardi og‘irlashadi. Qo‘lini ko‘tarib, taqir boshiga bir tarsaki tushirdi. Darvesh achchiqlandi, joyidan saqrab turdi. U ham bemor odamga musht bilan javob bermoqchi bo‘ldi. So‘ngra e’tibor bersa, eti suyagiga yopishgan bir jasad… Ursa yiqilib o‘ladi. Tegmadi, ammo, bemorni qozining huzuriga olib bordi. Shikoyatini aytdi:
— Bu odam hech bir sababsiz meni urdi. Jazo berishingizni so‘rayman. Qozi bir darveshga, bir bemorga qaradi. Bemorning oyoqda turadigan holi yo‘q… Ichi achidi. shikoyatchiga:
— Ko‘rmayapsanmi, bu odamning eti suyagiga yopishib qolgan, bunaqalar o‘lik hisoblanadi. Men tiriklarga hukm chiqaraman. Voz kech bu da’voyingdan, dedi.
Darvesh da’vosida qatiy turdi:
— Mening hech bir gunohim yo‘q ammo urgani aniq, o‘lik bo‘lsin, tirik bo‘lsin, men adolat istayman, dedi.
Qozi:
— Yaxshi, unday bo‘lsa deb, bemor odamdan so‘radi:
— Oz bo‘lsa ham puling bormi? Bemor javob berdi:
— Olti dirham pulim bor. Boshqa hech narsam yo‘q Qozi hukm chiqardi:
— Yaxshi, uch dirhami o‘zingda qolsin. Uch dirhamini bu odamga ber. U bechora ham yo‘qsul..
Qozining bu hukmiga bemor g‘azablandi. Aslida qozining ham tumshug‘iga bir musht tushirgisi bor edi. Chiday olmadi. Modomiki bir tarsakining jazosi uch dirham ekan, qolgan uch dirhamni ham qoziga beraman deb o‘yladi va o‘rnidan turib qozining tumshug‘iga bir musht tushirdi.
Qozi g‘azab bilan sapchib o‘rnidan turdi. Shu payt bemor odam:
— Qozi janoblary, nega qizishasiz? Sizning hukmingiz adolatga tayanadi. O‘zingiz uchun ravo ko‘rmagan hukmni birovga qanday ravo qo‘rasiz? Shu olti dirhamni oling, ikkingiz bo‘lishing, deya mahkamadan chiqib ketdi.
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mutolaa

“Yoshlik” jurnali o‘qirmanlari uchun jurnalning 1982-yil 4-sonini havola etmoqdamiz!

Jurnalni onlayn o‘qish!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Aql yoshda emas boshda

Bundan besh-olti yil avval taniqli italyan yozuvchisi Alberto Moravia: “Endi qarib qoldim, yozuvchilikni tashlamasam bo‘lmaydi, shekilli”, deb bayonot bergan edi. Italiyada chiqadigan “Panorama” jurnali esa shosha-pisha A.Moraviani “insof”ga chaqirdi, ya’ni, soqoli oqargan chog‘ida ham ijodiy faoliyatini to‘xtatmagan mashhur tarixiy shaxslarning bir quloch ro‘yxatini e’lon qildi. Masalan, Platon 81 yoshida – yangi kitobini yozayotgan paytida vafot etgan ekan; Setseron 63 yoshida oxirgi ilmiy risolasini yozib bitirgan; Makelanjelo 87 yoshida Rimdagi muhtasham qasrni pardozlash bilan ovora bo‘lgan; Galileo Galiley 72 yoshida yulduzlar haqidagi ta’limotini yaratgan; Nyuton ham 72 yoshida o‘zining ilmiy asarlariga so‘zboshi yozgan; Gyote o‘limidan sal oldin “Faust”ga so‘nggi nuqta qo‘ygan; Krilov 68 yoshida yunon tilini o‘rgangan va keyingi yetti yil badalida yunon adabiyoti durdonalarini rus tiliga o‘girgan... Ko‘rinib turibdiki, xurmatli otaxon, aql yoshda emas, boshda ekan...

"Yoshlik" jurnali 1986-yil 1-son
“Tomoshabog‘” ruknidan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov

30-oktyabr – yosh yozuvchi Manzura ABDULLAYEVA tavallud topgan kun!


1994-yili tug‘ilgan. Namangan davlat universitetining Filologiya fakultetini o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishini tamomlagan.
“O‘xshashimni topmassiz aslo”, “Umid tugib keldim dunyoga”, “Sizni uchratmaguncha”, “Quyosh ertaga qaytar”, “Qumg‘on”, “Bolako‘z”, “Ishoqxon Ibrat – serqirra ijod sohibi”, “O‘qiganlarim va uqqanlarim” “The sun will definetly return”, “Stories”, “Xonzodabegim” nomli kitoblari nashr etilgan.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi.


Beshik

– Ismatvoy, hoy Ismatvoy!
Tongda ko‘cha tomondan kelgan chaqiriq beshiksoz ustaga odatdagidek yoqimli eshitilmadi. Shoshib ovoz berish o‘rniga uy ichidagi divanda biqinib yotganicha boshidan choyshabni sidirib, ko‘zlarini arang ochdi. Chuqur ufladi. Yuragi siqildi. Yana yuzlarini yopib, yonboshiga ag‘darildi. Aksiga olganday tag‘in kimningdir tovushi qulog‘iga chalindi. Bu gal erkakniki emas, ayolniki edi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Abbosbek Fayzullayev — Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi!

Bugun, 29-oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seulda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan qitʼa futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.

OFK tomonidan yil yakunlariga bagʻishlangan taqdirlash marosimida Oʻzbekiston milliy jamoasi hamda SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Osiyoning 2024-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

Birinchi bor koʻnglim tushdi kimgadir,
Ilk marta oʻzgaga bogʻlandim ipsiz.
Qizigʻ-a, ishq haqda sheʼrlar yozyapti,
Oʻzidan boshqani oʻylamagan qiz.

Bilmayman, qoʻlingdan tutmoqlik tugul,
Koʻzlar toʻqnashganda nima deyishni.
Xullas, bola qalbim senga beryapman,
Oʻzing oʻrgatarsan qanday sevishni...

Visola

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavallud

29-oktyabr — shoira Muhayyo Rustam qizi tavallud topgan kun!

* * *

Ruhimga qorishdi bir ishq ifori
Umrimning kuzini gulga koʻmdi baxt.
Lojuvard bir yulduz kabi jimirlab
Osmonga sanchildi uchayotgan Vaqt.

Ohuning taʼbiday nozikdi dilim,
Nedirki, tanovvul istadi dundan.
Manzur maqomatga tutashdi yoʻlim,
Koʻngil may sipqordi soqiy ochundan.

Sabo safosida samoʼ etdi tong,
Abru naysondayin eridi jonim.
Ming yillik gʻazotdan vayron uyimga
Xush kelding, ey mening, sohib omonim.

Koʻksimdagi yurak – jayron jigari,
Shafe muhabbatim samandar boʻydir.
Va matlub va margʻub naim oshiqlik
Oʻtkinchi dunyoda abadiy kuydir.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#bir_kuni

Navoiy bir kuni…

Musiqiy ilmida zamonasining yagonasi bo‘lmish mavlono Alishoh bir kuni davlatmand oliy hazrat Navoiyga arz qilib, “Sizning oliy iltifotingizdan va marhamatingizdan umid shulki, vaqf boshqaruvchilari olti oylik maoshimni birdaniga bersalar, har oyda ularga bosh og‘rig‘i bo‘lib yurmasam”, dedi. Oliy hazrat javob qildi:

– Mavlono, umrimizdan olti kun qolganmi-yo‘qmi, bilmaymiz. Nima uchun siz omonat hayotga bu qadar e’tiqod qilib, olti oylik maoshni oldindan talab qilasiz?

Mavlaviy janoblari dedi:

– Siz buyruq beravering, ular pulni beraversinlar. Bordiyu o‘lib qolsam, o‘sha pul go‘ru kafanimga yarab qolar.

Shunda on hazrat dedilar:

– O‘ligi ham bir balo, tirigi ham bir balo deganlari siz ekansiz-da?!

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hikoya

Boybovaning bolalari

O‘limdan go‘zallik qidiraman. Ayniqsa, kuchbermas novvosning boshini yerga xam qilib, tortib shoxidan bog‘lab…

Oldingi oyoqlarini birlashtirib chandib, orqa oyog‘ining narigisidan arqon o‘tkazib, biqinidan itara solib arqonni tortib yiqitganim jonliqning alamzada alpozidan…

Dumini orqa oyoqlari orasidan o‘tkazib mahkam tortganimda qimirlay olmay qolishidan, epchillik bilan to‘rt oyog‘ini chiy­ganimda alamli ixrashidan…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#bir_kuni

Maqsud Shayxzoda bir kuni...

Urushdan keyingi qiyinchilik yillari hozirgi Sayilgoh
koʻchasining xiyoboniga yaqin joyida bir gadoy oʻtirardi, Hazrat
Shayxzoda domla xiyobonning narigi tomonidagi Yozuvchilar
uyushmasiga boradigan boʻlsa, shu bechoraga uch-toʻrt soʻm beray
deb, atayin koʻchaning oʻsha gadoy oʻtirgan tomonidan yurardi. Bu
odat boʻlib ketib, gadoy ham shunga oʻrganib qolgan ekan.
Bir kuni domla oʻsha joyga yaqin qolganda choʻntakka qoʻl
solsa, pul yoʻq – kostyumini almashtirganida pul avvalgi
kiyimida qolibdi. Sir boy bermay “Salom” deb oʻta boshlabdi.
“Ey, birodar”, deb qolibdi shunda gadoy. Domla maqsadga
tushunib: “Pulim yoʻq” desa, “Ishlash kerak!”, debdi gadoy.

Maqsud Shayxzoda

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kino

“Otamdan qolgan dalalar”

O'zbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani asosida suratga olingan filmni e'tiboringizga havola etmoqdamiz.

Ushbu roman "Yoshlik" jurnalining 1993-yil 1-sonida eʼlon qilingan.

"Yoshlik"ni kuzatib boring!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yosh_kitobxonga_diqqatiga

Gabriel Garsia MARKES.

“Atirgulning tikoni”, hikoya.

Bu muhabbat haqidagi go‘zal va mahzun asar. Unda butun hayoti hashamga, farovonlikka burkangan sohibjamol Nena Dakonte va Billi Sanchesning sevgi kechinmalari tasvirlab berilgan. Markes deyarli har bir asarini sermazmun, serishora, qaysidir ma’noda muallif badiiy g‘oyasini o‘zida mujassam etgan satrlar bilan boshlovchi adiblar sirasiga kiradi. “Atirgulning tikoni”da ham shunday alomatni kuzatamiz: “Kechga yaqin chegaraga yaqinlashganlarida Nena Dakonte nikoh uzugi taqilgan barmog‘idan hamon qon tomchilayotganini ko‘rdi”. Asar personajlari qizning ko‘nglidan kechayotgan pok muhabbat hislaridan emas, uni o‘rab turgan boylik, hokimiyat, dabdabali turmushdan ko‘proq hayratlanishadi. Nena esa sevgi sharobidan mast. Qo‘lidagi jarohatni ham keyin payqaydi. Hikoya fojiaviy yakun topsa-da, o‘quvchi ko‘ngliga yorug‘ bir tuyg‘u kirib keladi. Inson umrining bahosi hasham, dabdaba ichida o‘tganligi bilan emas, bir lahza bo‘lsa-da, pokiza muhabbat og‘ushida kechganligi bilan o‘lchanishiga yana bir karra amin bo‘ladi. “Atirgulning tikoni”ni o‘qish jarayonida buyuk adibga xos teran ifodadan zavqlanamiz.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Kunlardan bir kun ibn Sino Buxorodan Xorazmga karvon bilan yoʻlga tushibdi. Bundan xabar topgan aygʻoqchilar bu haqida Xorazmshohga xabar berishibdi.

Xorazmshoh tabibni yoniga chaqirtirib, uni sinab koʻrish uchun quyidagi savollarni beribdi:
— Birinchi savol: yeyaverasan-yeyaverasan — hech mazasini topmaysan. Bu qanaqa taom. Ikkinchi savol: davolayverasan-davolayverasan— hech davolab boʻlmaydi. Bunaqa kasal?

Shunda ibn Sino shohni hayratda qoldiradigan quyidagi javobni beribdi:

Ibn Sinoning aqlli javobi:
1.Shoshilib yeyilgan taom.
2.Axmoq odam.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Xudo har bir bandaning yo‘lini alomatlar bilan belgilab qo‘ygan. Alomatlarning faqat sen uchun yozilganini o‘qiy olmog‘ing darkor.

Alkimyogar
P.Koelo


Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Yoshlik, bu – orzu. Bu – ishonch. Bu – jasoratga intilish. Bu – lirika va romantika. Bu – kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Bu – istiqbolning boshlanishi.

N. HIKMAT

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Kun_hikmati

Millatning manfaati uchun harakat qilmagan odam oxirat saodatiga erisholmaydi.

Abdurauf FITRAT

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavallud

30-oktyabr – O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tavallud topgan kun!

ILINJ


Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,
Kipriklarim o‘psalar bas gardlaringdan.
Men bir nasim bo‘lib keldim, men bir nasim,
Aytib o‘tsam deyman ko‘hna dardlaringdan.

Almashdilar seni nomu rutbalarga,
Munglug‘ bo‘lib qolding botib shubhalarga.
Hilollaring qaytar yana qubbalarga,
Moziylarga so‘ylab-so‘ylab zorlaringdan.

Menga qadim minorlardan bir sas yetar,
Shul sas mening ko‘nglim oxir serfayz etar.
Menga dunyo kerak emas, bir xas yetar
Yassaviylar yotgan aziz yerlaringdan.

Oqsaroyga qay kunki yuz burgandim men,
So‘nmish shonu shavkating deb kuygandim men.
She’r aytishni sal-palgina o‘rgandim men
Chinorlarda yig‘lab yotgan barglaringdan.

Bu dunyoda ko‘ngillarga chirog‘ yoqsam,
Mozorlaring sukutidan saboq olsam,
Tiniqqina buloq bo‘lib oqib qolsam
Olloyorlar nazar qilgan jarlaringdan.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mujda

Yangi sonimiz yetib keldi tahririyatimizga!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Odamlar seni faqat ishi tushgandagina eslashsa xafa bo‘lma, xursand bo‘l!
Demak, sen sham ekansan, ularning hayoti zulmatga cho‘mganda sen tomon shoshib qolishadi.


Jaloliddin Rumiy

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mutolaa

“Yoshlik” jurnali o‘qirmanlari uchun jurnalning 1982-yil 3-sonini havola etmoqdamiz!

Jurnalni onlayn o‘qish!

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Istak

Ruhim bir yovvoyi ohang istaydi,
Bu bandi ko‘ngilning mayli-yechilmoq.
Shu qadar to‘ydirib yubordi, rosti,
Xonaki mushukdek umr kechirmoq.

O‘, aziz cho‘qqilar, orzu cho‘qqilar.
Ne etib tarqatay tumanday g‘ashni?
Ko‘rsatsam, har onda ming o‘y cho‘qilar,
Yurakka, siz kabi baland yashashni.

To‘fonlar gurlasa, to‘lqinlar ursa,
Qirg‘oqlar chekinsa haddidan qaytib.
Bu mushtoq ko‘zlarim dengizni ko‘rsa,
Dengizday ketolsa-to‘rt tomon daydib.

Betizgin ohangning shiddatin ichib,
His etsam bulutlar nafaslarini.
Sindirib chiqolsam, -tosh kabi uchib-
Ko‘ksimning yaltiroq qafaslarini...

Ruhim bir yovvoyi ohang istaydi,
Tokay sokingina kulmoq, ingramoq.
Hey Osmon, ichimda bo‘ron muzlaydi...
Tinglamoq istayman, seni tinglamoq.

Jaloliddin Sayidov

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnalui

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hozir_javob

– Siz uchun yozish (ijod) nima?
Muyassar Tilovova: – Men uchun yozish yoki ijod kasb emas. Bu holat shunchaki kayfiyat, ko‘ngil mayli bilan sodir bo‘ladi. Nazarimda, bu ishni kasb yoki tirikchilik manbayiga aylantirib olish ijodkorning fojiasi. Chunki yaxshi asar, original mavzu doim ham tug‘ilavermaydi. Bu yig‘ilib-yig‘ilib ma’lum vaqtda portlaydi. Nasrdagi ijodimni talabalik yillarimda, universitetdagi muhit ta’sirida boshlaganman. Ungacha prozada yozishga biroz uquvim kelishini o‘ylab ham ko‘rmaganman.
Inson har doim yaxshi suhbatdoshga ehtiyoj sezadi. Adabiyot mana shunday tirik dardlarni bag‘riga olgan suhbatdosh. Tirik dardlar esa tirik odamlarni har doim ikki dunyo orasidagi muvozanatda ushlab turadi. Men uchun mana shu tirik dardlar ehtiyoj bo‘lsa, Adabiyot – sodiq yo‘ldosh.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yosh_kitobxonga_diqqatiga

Xayriddin SULTONOV.

“Yo, Jamshid!”, hikoya.

O‘tgan asrning 80-yillarida ilg‘or, namunali ishchi-dehqonlar, paxtakorlar hayotidan chuchmal asarlar ko‘paygandan ko‘payib, adabiy jamoatchilikni ancha bezdirib qo‘ygan edi. Xuddi shunday dilgir kunlarning birida, o‘zining qator ajoyib asarlari bilan ustozlar nazariga tushgan navqiron adib Xayriddin Sultonovning “Yo, Jamshid!” hikoyasi paydo bo‘ldi. Adabiy muhitda bamisli chaqmoq chaqnadi! Nima uchun? Chunki Xayriddin Sultonovning ushbu jajji asarida hali o‘zbek o‘quvchisiga xiyla notanish olam – qimorbozlar hayoti qalamga olingan edi. Hikoyada tasvirlar, ifoda shu qadar tiniq va jonliki, o‘yinda katta pul yutqazib qo‘ygan O‘rinboyning uyiga beixtiyor o‘zingiz ham kirib borganday bo‘lasiz. Asar qahramonlari, personajlari, har biri o‘z xarakteri, o‘z xatti-harakati bilan shundoqqina ko‘z oldingizda gavdalanadi. O‘rinboy qimorga boy bergan. Qarzni ertalabgacha to‘lashi kerak. Xonadonda vahimali sukunat. Qarindoshlar yig‘ilishdi. O‘sha qarz pulni to‘plab berish yuzasidan maslahat boshlangan. Hikoyani o‘qish davomida hayotda qimorga yutqazishdan ko‘ra qarindoshlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, samimiyat, bag‘rikenglik yo‘qolib borayotgani katta fojia ekanligini anglab boramiz. Negadir hikoya qahramoni O‘rinboyni yaxshi ko‘rib qolasiz. Unga xayrixohlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Bu, ayniqsa, hikoyaning yakuniy satrlarida yana bir karra ko‘rinadi. “Yo, Jamshid, xalqim bahamjihat bo‘lsin! Yo, Jamshid, yigitlar yuzi yerga qaramasin!” deb hayqirging keladi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

NODIRA


Nodira ― Samoning maʼsuma qizi,
Kirlangan dunyoda suvday pokizam.
Zulmatga borimni, mayli, yutqizib,
Nur tutsam bir kosa, qonsang toki san.

Nodira, poyingga jonimni ekib,
Koʻzimning yoshidan koʻngil undirsam.
Jamiki dardlarning boshini egib,
Qoshingga baxtlarni boʻyin sundirsam.

​​Nodira, osmonim garchi qop-qora,
Xira tortib borar garchi yulduzim,
Sen umid koʻzlarin tikkan dunyoda,
Alamki, qorayib bormoqda yuzim.

Nodira, koʻkda ot oʻynatib borur
Bir norgʻul suvoriy quyoshdan enib,
Ikki jahoningni aylagay yorugʻ,
Quyoshday boshiga koʻtargay seni!

Nodira, taqdirni yasharsan alqab,
Biz ― ojiz kaslarga qilgay alam-o!
Ayt, qanday goʻzaldir, dunyoga faqat
Koʻngil koʻzi bilan qaramoq!?

Nurmuhammad Abduzoirov

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bobosoʻz_izidan

​​“Birpas”mi, “ikkipas”?..

“Biz bilan birpas oʻtiring”, deymiz. Umuman birpas soʻzini biz koʻp ishlatamiz. Lekin uning tarixini, kechmishini, sakkiz ogʻa-inidan bir oʻzi yolgʻiz qolganligini, yetti aka-ukasi esa, tarix toʻzonlarida yoʻq boʻlib ketganligini bilmaymiz. Qizigʻi shundaki, birpas soʻzidagi pas qismi tilimiz tarixida “kechaning sakkizdan biri” degan maʼnoni anglatgan. Shuning uchun ham, kechaning bir pasi, kechaning ikki pasi, uch pasi, toʻrt pasi, besh pasi, olti pasi, yetti pasi va nihoyat, sakkiz pasi kabi iboralar tilimizda ishlatilgan. Bir kecha sakkizga boʻlingan. Xullas, ular jami sakkiz ogʻa-ini boʻlishgan. Shuningdek, pas soʻzining “rioya, eʼtibor”, “saqlash, qoʻriqlash” degan maʼnolari ham boʻlgan. Birpas soʻzining paydo boʻlish tarixi “Oʻzbek adabiy tili leksikasi tarixi” kitobida shunday izohlangan. Yaponlarda ham shunga oʻxshash holat kechaning hayvonlar nomi bilan sotalarga boʻlinishi bor.

✍️ Eshqobil SHUKUR
📚 Bobosoʻz izidan


Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nasr

“Yoshlik” jurnalining 1993-yilgi 1-soni.


Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani.
“Yoshlik” jurnalining 1993-yil 1-sonida ilk bor e’lon qilingan.

Yoshlik” bilan qoling!

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavallud

27-oktyabr – yosh iste’dodli shoir Olimjon Suyarov tavallud topgan kun!

DOʻSTLARIM


Janub tomon qushlarimni quvdi shamol,
Xayrlashar siltab-siltab qanotlarin.
Ortlaridan uzoq-uzoq tikilaman,
Men ularning dillarini qonatmadim.

Gʻoyib boʻlar osmonimdan oq bulutlar,
Yuragimga xavotirlar oʻrmalaydi.
Qushlarini kuzatgan bu gʻarib koʻngil,
Bulutlarni nahot qaytib koʻrmagaydir.

Vaqtlar oʻtib, qushlar yana qaytib kelar,
Paydo boʻlar osmonimda yana bulut.
Ammo u dam bulut oʻzga, oʻzga qushlar,
Yurakdan xech avvalgilar b oʻlmas unut.

Olimjon Suyarov

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Mirtemir domla: “O‘zi yomon odam emas. lekin she’rlarini o‘qib bo‘lmaydi”

Sa’dulla Siyoyevning “Tazarru” deb nomlangan kitobida Mirtemir domla haqida qiziq bir xotirani o‘qib qoldim. Domlaning shoirlikdan 70 gaz yiroq bir qo‘shnisi bo‘lgan ekan. Yoshi o‘tinqirab qolganiga qaramay she’riyatga davosi katta bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kuni u muqovasi chiroyli kitob chiqarishga ham ulguribdi. Eng qizig‘i, kitobga Mirtemir domladan so‘zboshi ham yozdirib olibdi. Kitob do‘konini aylanib yurib Sa’dulla Siyoev haligi shoirning peshtaxtada yarqirab turgan kitobiga ko‘zi tushibdi. Kitobni varaqlash asno Mirtemir domlaning imzosiga ko‘zi tushib ko‘nglidan: “Ulug‘ allomalar ham adasharkan-da” degan ishtiboh o‘tibdi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, Mirtemir domlaning xonadoniga hol so‘rashga borgan Sa’dulla Siyoev: “Biz sizdan xafamiz”, deya o‘pkalagan bo‘libdi. Asl voqeadan xabar topgan Mirtemir domla jilmayib so‘z boshlabdi.

– Senga hayronman. So‘zboshini yaxshilab o‘qib ko‘rdingmi? Shoir debmanmi, yo‘qmi? – deya qo‘liga kitobni tutqazibdi.
Sa’dulla Siyoyev so‘zboshini ikki marta o‘qib chiqibdi. Biroq biror joyda shoir degan so‘zni topa olmabdi. Mirtemir domla qo‘shnisini “qo‘shiqchi”, “nazmgo‘y”, “she’riyat oshig‘i” degan so‘zlar bilan maqtagan ekan.

– Kunday qo‘shnim, ne qilay, bo‘tam? Kunda-kunoro she’r ko‘tarib kiraverib, bezor qilib yubordi. O‘zi yomon odam emas. Lekin she’rlarini o‘qib bo‘lmaydi. Axir, qo‘shnichilik haqini to‘lash kerak-da, a labbay? U yog‘ini so‘rasang, odamning yuzi issiq, – debdi.
Mana bu ikki misra she’r shu shoirniki ekan. Balki oralaringizdan o‘sha shoirni taniganlar chiqar:
Qutlug‘ bo‘lsin, paxtakorlar, xirmoningiz,
Bu dunyoda hech qolmasin armoningiz.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

BOG‘

Qorong‘i bog‘ ichra oydin bir yo‘lak…
Xufton yulduziday titraydi yurak.
Sevgilar, sog‘inchlar, qayg‘ular bilan
Shu bog‘da shu kecha uchrashsam kerak…

Suvday totli sohir suxanlar bilan,
Gulga do‘ngan aziz xok-tanlar bilan,
Hazrati Xizr va chiltanlar bilan
Shu bog‘da shu kecha uchrashsam kerak.

Falakda bir gulzor, yerda bir gulzor,
Har tilda ming da’vo, har dilda ming zor,
Mening ham Xudoga aytar arzim bor,
Shu bog‘da shu kecha aytolsam kerak.

Boryapman o‘z izim, o‘z so‘zim bilan,
Ko‘ksimdagi otash yulduzim bilan,
O‘zini izlagan o‘z-o‘zim bilan
Shu bog‘da shu kecha uchrashsam kerak.


* * *
Aylanayin ovozingdan, Suv,
Iforingdan aylanay, Havo.
Ko‘nglim ichra aziz bir tuyg‘u,
To‘lqin-to‘lqin esadi navo.

Himmatingdan aylanayin, Yer,
Hayot, senga sharaf va sano!
To‘lib borar ko‘zlarimga nur,
Yuragimga to‘lmoqda Xudo.

Aylanayin ovozingdan, Suv,
Iforingdan aylanay, Havo.

VASF

Javzoning o‘n beshinchi kuni…
Oy to‘ldi.
Xushbo‘y shamol esdi tog‘lar tomondan.
Tun shunday go‘zal ediki,
U haqda she’r yozay desam
Yolg‘onchiga o‘xshab qolaman.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yosh_kitobxonga_tavsiya

Lev Tolstoy

“San’at nima?”

(Chto takoye iskusstvo?) falsafiy publitsistik traktat

San’at haqida juda ko‘p yozilgan. Uning asl mohiyati, qanday ehtiyoj zarurati ekanligi, tabiati, namoyandalari borasida nihoyatda ko‘p asarlar bor. Lekin Lev Nikolayevich Tolstoyning “San’at nima?” nomli qariyb ikki yuz sahifali badiha, risola, ilmiy, falsafiy, ijtimoiy traktat, badiiy publitsistika kabi nazariy ta’riflar bilan janr xususiyatini belgilasa mumkin bo‘lgan asari mushohadalarning nihoyatda teranligi va keng qamrovliligi bilan hayratlarga soladi. Mutafakkir zot san’at hodisalari minglab odamlarning yillar davomida chekadigan azoblari, intilishlari hisobidan dunyoga kelishini mushohada ob’yektiga aylantiradi. San’atning turli tabaqa toifalarida jarayonning qanday kechishini kuzatadi. Dirijyorning qo‘l ostidagi musiqachilarga zulm qilishi, haqoratlashi, garchi juda xunuk kayfiyat paydo qiladigan manzara bo‘lsa ham, lekin pirovardida insonga baxtiyor daqiqalar ulashishi bilan ahamiyatlidir. Risolani xulosalar ekan, Tolstoy bobo “San’at zo‘ravonlikka barham berishi kerak. Va faqat san’atgina bunga qodir” degan fikrni ilgari suradi hamda insonlarni san’atgina birodarga aylantirishi, kimligi, qandayligidan qat’i nazar, bir-biriga muhabbat uyg‘ota olishi mumkin bo‘lgan, insonlarga ilohiy tuyg‘ular ulashib, uning o‘zini-da ilohiy dunyolarga yetaklab ketuvchi mo‘jizaviy bir hodisa deya ta’riflaydi. Tolstoyning san’at xususidagi hayratlari va mushohadalari, nazarimizda, har bir san’atkor uchun ibratlidir.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал