yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tasvir

«Kichik» odamlarda katta qalb ko‘rgan adib

Inson irodasi va sha’niga tiklagan badiiy obidalari tufayli Chingiz Aytmatovni ko‘pchilik ilm va ijod ahli Lev Tolstoy, Mixail Sholoxov, Gabriel Markeslarga qiyoslaydi. Bu to‘g‘ri. Chunki har bir davr o‘z g‘oyalarining ifodasi o‘laroq ana shunday mutafakkirlarni tarix sahnasiga olib chiqadi.

Tasavvuf talqiniga ko‘ra, olamning yaratilishidan maqsad – inson, insonning yaratilishidan maqsad komil insondir. Komillikka yo‘l – shodu xurramlikka yo‘l emas, qayg‘uga safar, musibatlarga safar. Haqiqiy talantning hayot va ijod yo‘li ham xuddi shunday – mashaqqat va zahmatlardan yaraladi, o‘zlikni anglash va tinglashga da’vat etadi, ma’naviy poklanish va yuksalishga chorlaydi.

Batafsil

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tarjima

Bir ayol qimmatbaho kiyimlar sotiladigan do‘konga kirishda eshik og‘zida turgan faqir bir erkakka ko‘zi tushdi. U eshikka suyanganicha kiyimlarga termulib turar edi. Ayol erkakni do‘kon ichiga chaqirib, kiyimlar orasidan o‘ziga yoqqanini tanlab olishi mumkinligini aytdi. Erkak uyalib qarshisida turgan bolalar kiyimiga qaradi. Ayol esa uni tushunib, sotuvchidan o‘sha kiyimdan ikki juftini xaltaga solib berishini so‘radi. O‘zi esa chetroqdan haligi erkakning quvonchini kuzatib turdi. Birozdan keyin erkak kiyimlarni qo‘liga olib, ayolga ko‘p rahmatlar aytgancha dukondan chiqib ketdi. Ayol esa kiyimlar pulini to‘lash uchun to‘lov chekini so‘radi. Chekni qo‘liga olgan ayol kutilmaganda boshqa yozuvga ko‘zi tushdi.

Do‘kon egasi unga shunday yozib qo‘ygan edi:

«Bizda insoniylik qiymatini o‘lchay oladigan apparat yo‘q!»

Sadaqani ko‘paytiring, rizqingiz ziyoda bo‘ladi.

Namozingizda xushʼni ko‘paytiring, halovatingiz ortadi.

Ota-onangizga yaxshilik qilishni ko‘paytiring, muvaffaqiyatlaringiz ko‘payadi.

«Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning yo‘lini ochib qo‘yur. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur..» (Taloq 2, 3)

«Kim Allohga taqvo qilsa...» — bu shart.

«U zot uning yo‘lini ochib qo‘yur...» — bu vaʼda.

«Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur...» — bu esa mukofot.

Shartlarga rioya qiling, vaʼdaga haqli bo‘lasiz va mukofotni qo‘lga kiritasiz.

Ikrom Sharif tarjimasi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#ijodkor_nigohi

Adabiyot – inson sirlari haqidagi fan

…yozuvchi kichik hikoya yozadimi, kattaroq qissa-romanmi, albatta, yangi gap aytishi kerak. Aslida, yozish – ko‘ngil mayli. Yozuvchi-shoirdan uni yoz, buni yoz deb talab qilish – ijod erkinligining muqaddas tamoyiliga zid. Ijod ahliga faqat bitta talab qo‘yilishi mumkin: nimani yozsang yoz, ammo toza va haqqoniy yoz!

Batafsil

Erkin A’zam

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#jadidlar

Qodiriyni ko‘rganman-u

(Hikoya)

Men Abdulla Qodiriyni ko‘rganman-u ko‘rdim, deb aytolmayman. Bunga Hakim Nazir aybdor.
Marg‘ilon bozorining beshik rastasi shinam choyxona bo‘lar edi. Domlam Obidjon aka bilan bitta non, bir hovuch mayiz olib, endi choy chaqirgan edik, domla:
– Ana, u yoqqa qara… – deb qoldilar shivirlab, – Abdulla Qodiriy o‘ltiribdi.
Men qaradim ikkita soddagina, do‘ppili kishi shaxmat surishyapti. Shu o‘yinga juda berilgan paytim, gazetada chiqqan chigil masalalarni yechib, grosmeysterlarning o‘yinlarini tahlil qilardim. Haligilarning taxtasiga qarasam – juda qiziq vaziyat!… Alyoxin bilan Kapablankaning mashhur partiyasi-ku bu!
– Narigisi yutadi – dedim.
– O‘shanisi Qodiriy-da, – dedi Obidjon aka.
Mening fikri-zikrim taxtadagi vaziyatda edi, – shu vaziyatda buyuk Kapablanka taxtdan yiqilgan.
Qodiriyni ko‘rdimu ko‘rdim, deb aytolmayman.
Buning Hakim Nazirga nima dahli bor, dersiz? Hakim aka «Lenin uchquni»da ishlardilar. Shu gazetada chiqqan xabarlarim uchun qalam haqi o‘rniga (pul bolani buzadi, degan bo‘lsalar kerak) u kishi menga shaxmat yuborganlar. Donalari jajji, yiltiroq, taxtasi sirlangan. Bunaqasini ko‘rmagan edim, Qo‘ltig‘imda olib yurib, shu o‘yinga ruju qo‘ydim. Bolalik zkan-da…
Bolalik ham qoldi. Shaxmat ham qoldi. Qodiriy esa umrim, kasbim, taqdirim…
Bunday bo‘lishini kim bilib o‘tiribdi deysiz!

1992-yil.

Asqad MUXTOR

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hajviya

Jazo

…Hamma narsaning ibtidosi, intihosi bor. Umri tugasa, chinor ham yiqiladi, buloq quriydi, anvoyi gulchambar xor-xasga aylanib, supurindiga tushadi. Zamonning zayli bilan Meliqulov ham otdan tushib, piyoda bo‘lib qoldi. Kech kuz. Yomg‘ir shivalab yog‘yapti. O‘rol Mardiyevich plashining yoqasini ko‘tarib, avtobus bekatida turibdi. Ilhaq bo‘lib yo‘lga qaraydi. Shu payt yonginasiga g‘izillab qizil «Jiguli» kelib to‘xtadi. Rulda sochini chambarak qilgan suluv bir qiz o‘tiribdi. Qiz o‘ng yonboshiga engashib Meliqulovni chaqirdi:
— Ho‘v, o‘rtoq piyoda, o‘tirsinlar, tashlab ketaman!

Batafsil

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mutolaa

Izoh sizdan azizlar!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *

Men vaqtda bormanki, xotimam mavhum:
beshon yillarimni berkitgan tunning
qarogʻida yongan bu billur tuxum
istalgan lahzada sinishi mumkin.

Mohiyatan unda men — sariq chaqa.
Balki shuning uchun oldimdan ketmay
ortimdan ergashgan tarso toshbaqa
yigʻlaydi yigʻisin fahmiga yetmay.

Men vaqtda bormanki, vaqt ignasidan
tikib tugilajak umrimga tugun
shikasta gʻoyalar dafinasidan
chorasiz kuzatib turishim uchun.

Men vaqtda bormanki, tonggi noayon
kechamning. Yoʻlimning yakuni — adam.
Bu mangu maʼbadda neki namoyon
jilvalanaverar oʻlim rangida.

Azizbek Yusupov

Yoshlikjunali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mutolaa

“Yoshlik” jurnali o‘qirmanlari uchun jurnalning 1982-yil 1-sonini havola etmoqdamiz!

Jurnalni onlayn o‘qish!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qismat

Don Kixot

Don Kixot sermubolag‘a ritsarlik romanlari mutolaasiga mukkasidan ketib, axiyri o‘zi ham sarguzashtlar ishtiyoqiga tushib qoladi. U dunyoni, o‘z davri va hayotini tubdan o‘zgartirishni istaydi. Bu yo‘ldagi urinishlari esa chappasiga aylanib, kitobxonda beixtiyor kulgi uyg‘otadi. “Savobli” sa’y-harakatlari oxir-oqibatda yomonlikka xizmat qiladi. Shu ma’noda Don Kixot ezgulikning omadsiz kurashchisidir.
Atoqli ispan adibi Migel de Servantes (1547–1616)ning qahramoni Don Kixot yozuvchining o‘zidan ham mashhur, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘z davrining mashhur ritsarlik romanlariga parodiya tarzida yozilgan “Don Kixotning sarguzashtlari” asarida reallik ulug‘lanadi. Bu boqiy kitob yaratilganidan so‘ng ritsarlik romanlarining umri tugab, realistik nasrga keng yo‘l ochildi. “Donkixotlik” atamasi deyarli barcha tillarda “soddadillik”, “xayolparastlik”, “xomxayollik” so‘zlari bilan yonma-yon qo‘llanila boshladi. Asli, ispan tilida ham “Don Quijote” so‘zi “behuda orzularga beriluvchi, beg‘ubor idealist” ma’nosini anglatadiki, muallif asar qahramoni – Kexana ismli idalgo(zodagon)ga bu nomni tanlagani bejiz emas.
Don Kixot va Sancho Panso komik juftligi o‘rtasidagi tafovut voqealar rivoji davomida yaqqol ko‘rinadi. Olijanob xayolparast ritsar va sodda mug‘ombir qurolbardori o‘zaro qarama-qarshi ikki dunyoqarashni ifodalaydi. Adabiyotshunos olim Uzoq Jo‘raqulov bu haqda: “…insonning ideal dunyosi va real dunyo uchrashgan nuqtada fojia – Hazrati Inson fojiasi maydonga keladi”, deb yozadi. Shu jihatdan Don Kixot hayot va xayolning ko‘rinmas chegaralarida adashgan inson qiyofasini namoyon qiladi.
Har davrning o‘z donkixotlari bor. Ehtimol, shuning uchun ham bu obraz butun yer yuzida o‘lmas timsolga aylangandir.

Dilrabo Mingboyeva

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yosh_kitobxonga_tavsiya

Maqsud SHAYXZODA
“Mirzo Ulug‘bek” tarixiy tragediya

Temurxon naslidin sulton Ulug‘bek,
Ki, olam ko‘rmadi sulton aningdek.

Hazrati Alisher Navoiy shu qadar yuksak ta’rif bergan buyuk shoh va munajjim, alloma Mirzo Ulug‘bek haqida injako‘ngil shoirimiz Maqsud Shayxzoda 1959 yili katta dramatik asar yaratgan edi. Asar hozirgi Milliy teatr sahnasida ellik besh yil burun sahnalashtirilib, Shukur Burxonday buyuk san’atkorning ijrosi bilan o‘zbek teatr san’atining oltin fondiga kirgan. Mazkur asarni bugungi kunda qayta o‘qib, Shayxzodaning hech mubolag‘asiz, haqiqiy mumtoz asar yaratganini anglaymiz. Uni sira ikkilanmay Shekspir tragediyalari bilan qiyoslasak bo‘ladi. Shoh va alloma, ota va o‘g‘il, ona va o‘g‘il, jamiyat va adolat, inson va uning hayotdagi vazifasi borasida teran mushohadalarga undaydigan “Mirzo Ulug‘bek” pyesasini bugungi globallashgan dunyoning muammolariga qarshi o‘ziga xos bir badiiy qo‘llanma sifatida qabul qilish mumkin. Mutaassiblik va ilmu irfon, jaholat va ma’rifat, yuksak insoniy tuyg‘ular bilan ma’naviy qashshoqlik o‘rtasidagi murosasiz kurash tragediyaning markaziy g‘oyasi bo‘lgani bilan bugungi kunlarimizga hamohanglik kasb etadi. Shu boisdan ham asar joriy bir yil davomida ham Samarqand teatri, ham poytaxt Milliy teatri sahnalarida qo‘yildi. Muhimi, Shayxzoda ilgari surgan g‘oyalar va ehtiroslar qayta jonlanib, katta sahnalarda jarangladi va Shayxzodani ham zamondoshimizga aylantirdi. Har qanday ijodkor o‘z asari bilan shunday taqdirga munosib topilsa, u barhayot baxtli ijodkordir.

Batafsil

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#shaxs_va_sheʼriyat

SHE’RIYATNING O‘KTAM OVOZI

A’zam O‘ktamning chin do‘stlaridan biri chiroqchilik, ikkinchisi ishtixonlik edi. Gar­chand “Bitta do‘stim yo‘q mening, oh, Shu bo‘ldimi taqdirim?” deb yozgan bo‘lsa-da, shoir ikkita jonajon do‘st topgan edi.

Batafsil

Bahodir Karim

Yoshlikjunali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tarjima

So‘qirlar


Kunlardan bir kun peshin chog‘i yosh yozuvchi Abe qirollik bog‘iga sayrga keldi. Biroz atrofni kuzatgandan so‘ng o‘rindiqda o‘tirdi. O‘rindiqda xush siymoli, muloyim bir chol ham o‘tirardi. Mehribon yuzli chol yosh Abe tarafga yuzlandi va biroz taraddudlanib:
– Siz kimsiz? – deya so‘radi.
– Menmi? Men yosh yozuvchi Abeman! – deb javob qaytardi yosh yozuvchi.
– Yaxshi san’at, – deya tirjaydi chol, – qiziqarli va hurmatga sazovor.
Abe ham unga boshdan oyoq nazar solib:
– Xo‘sh, o‘zingiz kim bo‘lasiz? – deya so‘radi.
– Menmi? Men qirolman.

👉davomi...

(Rus tilidan Rahmat Bobojon tarjimasi)


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar


* * *
1


Manam sayyod,
Manam ohu,
Na-da mezon uzun-yuluq.
Haqni izlab yo‘lga tushgan
Oshiqlarga qulluq-qulluq!

Tavozeli boshim egib,
Qo‘l ko‘rmagan qo‘ltiq quchsam.
Ikkovlashib keng adirda,
Nay chalsangiz,
Samo tushsam!..

Xafsalam pir bo‘lmas hargiz,
Darveshonda o‘lmas sazo.
Bir bor yo‘qlab kelmasangiz,
Hushim azob,
Tushim qazo,
Jonsiz loshim larzon-larzon.

2

Gung...
Quloqqa so‘zlar tiqiq,
Yig‘lay desam, bilguvchi yo‘q.
Ichay desam, soqiy o‘zim,
Quyay desam, ichguvchi yo‘q.
Juldur-juldur egnim qabo,
To‘rt tomonim dasht-u yobon,
O‘lsam o‘ldur mohitobon,
Tirik bo‘lsam, kechguvchi yo‘q.

Zumrad samo qalqib hazin,
Besh tomonda kuy otashin,
Yoqib yubor jonsiz loshim,
Oshiqdayin yonguvchi yo‘q.

Chirs-chirs yonar gulxan ezgin,
Sevgi hamma yoqda to‘zgan,
Ayo tanho Haqdan o‘zga
Toshlarga ishq solguvchi yo‘q.

3

Haqni izlab yo‘lga tushgan,
Oshiqlarga qulluq-qulluq!

Ahrorjon ABDUMANNONOV

2023/2

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kino

"Anoyining jaydari olmasi"

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zamning "Anoyining jaydari olmasi" hikoyasi asosida suratga olingan “Chantrimore” filmini taqdim etmoqdamiz.

Ushbu hikoya "Yoshlik" jurnalining 1982-yil 2-sonida eʼlon qilingan.

"Yoshlik"ni kuzatib boring!

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mutolaa

“Yoshlik” jurnali o‘qirmanlari uchun jurnalning 1982-yil 2-sonini havola etmoqdamiz!


Jurnalni onlayn o‘qish!


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tilimiz_dilimiz

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

TANISH AZOB

Bitta ko‘ylagimni uch yil kiyaman,
Qilgan ibodatim ming yil bir ishqqa.
Bir tanish azobni ming yil suyaman,
Ammo yig‘ilarim har kuni boshqa.

Ko‘zimga botgani eskirgan savdo,
Tush ko‘rib bo‘lganman, emas tasodif.
Qo‘limda o‘ynayman dunyoni, ammo
Chalkash bir chiziqda kuyib borar kift.

Ona sog‘inchidan shoshib choy damlar,
Tonggi hislaringdan bir piyola ber!..
Tun bo‘yi mudragan hissiz odamlar
Mening yuragimga non botirib yer.

Nargiza ODINAYEVA

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nasihat

Dori

Nevaralar bir tishlab tashlab ketgan olmaning u yoq-bu yog‘ini pichoqda kesib yeb o‘tirsam, nevaram kelib so‘radi:
- Doda, nimaga bizlardan qolgan olmani yeb o‘tiribsiz? – Keyin hosilining ko‘pligidan zo‘rg‘a shoxini ko‘tarib turgan olma daraxti tomon iyak qoqdi. – Ana, ko‘p-ku.
- Senlardan qolgani dori-da, bolam.
- Dori? Qanaqa dori?
Shunda rahmatli katta enamning: “Uvol qilmagin, bolam, ko‘r bo‘lib qolasan” degan gapi esimga tushib, jilmaygancha javob qildim.
- Ko‘zni ravshan qiladigan dori, qo‘zim...

Sharof Boshbekov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

Samoda xayoldaman, Yerda mudom sheʼrdaman,
Dunyoda qayerdaman, fanoda qayerdaman,
Men bahor-kuzlarimda Xudoda sayrdaman,
Sayri diliston ichra dillash va gullash koʻrdim,
Xizr yurgan yoʻllarni osmonga tutash koʻrdim...

Eshqobil SHUKUR

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qaqnus

“Qaqnus” ko'rsatuvining bu galgi sonida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli shoir Nodir Jonuzoq mehmon bo'ldi.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#surat_va_siyrat

“Yoshlik” jurnalining kosmosga sayohati. Omon Matjon bosh muharrirlik davrida…

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mujda

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

* * *
Iste’dodli odam boshqa bir iste’dod egasiga hech qachon hasad qilmaydi. O‘zgalarning muvaffaqiyatiga hasad qilish omadsizlarga xos narsa.

* * *
Muammosi bo‘lmagan yozuvchining o‘zi yo‘q. Lekin ijod odamni ba’zi bir muammolardan qutqaradi. Har holda menda shunday: agar shu haqda yozmasam, muammo meni g‘ajiydi, botinimda yashab, meni ich-ichimdan xarob qiladi. Muammo haqida yoza boshlasam, o‘zimni shu azobdan xalos bo‘lganday sezaman.


Anar, Ozarbayjon xalq yozuvchisi

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#ijodkor_nigohi

Haqiqiy yozuvchi men odamni tarbiya qilyapman, demaydi. Uni mo'ljallamaydi. Bu - o'rtacha yozuvchilarning ishi.

Bizda yetishmay kelayotgan narsalardan eng muhimlari - ijodda halolligu hayotda mardlikdir!

Shukur Xolmirzayev,
O'zbekiston xalq yozuvchisi

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hajviya

Bir podshoh she’r yozib saroy ahliga o‘qib beribdi. Hamma maqtabdi. Faqat Afandi jim turganmish. Podshoh:
– Sen nima deysan? – desa Afandi:
– Bunaqa rasvo she’rni eshitmaganman, – debdi.
Podshohning jahli chiqib, uni zindonga tashlabdi. Bir haftadan keyin Afandini shohning yoniga olib borishibti. Podsho yangi yozgan she’rini o‘qib berib, – qalay chiqibdi? – desa, Afandi indamasdan o‘girilib ketayotganmish.
Podshoh:
– Qayoqqa? – desa, Afandi:
– Zindoningiz qayerda edi? – dermish.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Antiqa xushomad

Aleksandr Dyuma o‘z davrining atoqli vrachlaridan biri Gistal bilan tushlik qiladi. Do‘xtir yozuvchidan “Mulohazalar kitobi”ga biror narsa yozib berishni so‘raydi. Bu kitobga ko‘pincha davo topgan bemorlar o‘z dil izhorlarini bitishar edi.
Dyuma ilk jumlasini yozadi:
“Do‘xtir Gistal hamma oilalarni davolaydigan vaqtdan boshlab shifoxonalarni berkitish kerak”.
Bu gapni o‘qigan vrach taltayib ketadi:
– Paxtaniyam tozasidan qo‘ydingiz-ku, taqsir!
Shundan so‘ng Dyuma fikrini shunday tugallaydi: “Va ikkita yangi qabriston ham ochish zarur...”

@yoshlikkurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Ayolni qadrlagan el ulug‘ bo‘ladi. Chunki ayol yaratadigan millat farzandlarining ilk Vatani, ko‘zlari yumuq holda ham chayqaladigan beshigi – ona vujudi. Shu bois ham biz Onani Vatan deb ulug‘laymiz. Uning himoyasiga jon qadar shay turamiz. Bilgan odamga Vatan – Onadir.

Abdulla ORIPOV

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…
Подписаться на канал