yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#jadidlar

​Biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz.

Abdulla QODIRIY

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#til_bayrami

Ona tilim

✍ G‘ayrat Majid
🎤 Ernazar Yorbekov

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

​​Taniqli yozuvchi Shodiqul Hamro 60 yoshda

  Shodiqul Hamro 1964-yili Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 1989-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU)ning Jurnalistika fakultetini bitirgan.                                                                        Dastlab “Yoshlik” jurnalida muharrir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida кeyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezident devonida konsultant, “Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri sifatida ishlagan.  Ayni damda Oliy sud muassisligidagi birlashgan tahririyat bosh muharriri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
     Yozuvchining “Suratdagi ayol”, “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Millat xotirasi”, “Qaqnus qanotidagi umr”, “Muazzam” nomli nasriy asarlar to‘plamlari, “Qora kun”, “Ko‘k ko‘l”, “Qaqnus qanotidagi umr” (“Ismsiz”), “Muazzam” nomli qissalari, “Suratdagi ayol”, “Alvon mato ostidagi hayot”, “Hovlidagi daraxt”, “Unutilgan azon pardasi”, “Qushxonadagi voqea”, “Ajrim”, “Tushimdagi olovxon”, “Uyiga qaytayotgan odam”, “Muhabbat maktublari” kabi hikoyalari chop etilgan.

“Yoshlik” jurnali jamoasi yozuvchi Shodiqul Hamroni tug'lgan kuni munosabati bilan jurnalxonlar nomidan muborakbod etadi.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#ruh_tasviri

Botuning ruhida zarif bir tuyg‘u, nozik his, odamiylik bor edi. Xalqqa xizmat qilish g‘oyasi uning miyasidan keng o‘rin olgandi. U rohatni, zavqni mehnatkashlarga xizmat qilishdan olgan… U yoshlik chog‘idanoq, jamoat ishlariga jo‘shqin muhabbat bilan kirishdi va tezda jamoat arboblari orasida o‘ziga munosib o‘rin topdi. Men Botuning siymosida doimo bir insoniy sevgi va fidoyilikni sezardim.


Laziz Azizzoda

Yoz kuni
Qish kuni o‘tib, yoz kuni keldi,
Yer yuzin olgan qorlar tugaldi.
Har kim egnidan paxtalik tushgan,
Yupqa kiyimlar, boqing, kiyilgan.
Chechak ochildi bog‘larda bu kun,
Bulbul chiqarar yoqimli bir un.
Butun og‘ochlar chiqardi yaproq,
Ulug‘ Tangrining qudratiga boq.
Qushlar sayrashuv og‘ochga qo‘nib,
Har kimni ko‘rsang, yurar shodlanib.
G‘ir-g‘ir shamollar yuzga urarlar,
Ko‘ngilga qanday shodlik berarlar.
Qish o‘tdi emdi, ey turonliklar,
Bitsin yalqovlik, turkistonliklar!

Botu
1919-yil, 24-iyun

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#maslahat

Yosh yozuvchiga maslahatlar

Jurnalimizning ushbu sonidan boshlab jahon va o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega mashhur adiblar sevib o‘qigan asarlar ro‘yxatini e’lon qilmoqchimiz. Shubhasiz, bu rukn, ayniqsa, adabiyot ostonasidan endi hatlashga chog‘lanib turgan yosh qalamkashlarga foydali bo‘ladi. Ulug‘ ijodkorlar e’tirof etgan asarlar yo‘l boshidagi iste’dod egalariga mayoq vazifasini o‘tasa, ajab emas.
Ruknimizni XX asrning buyuk so‘z ustalaridan biri Ernest Heminguey (Ernest Hemingway) tavsiyalari bilan boshlamoqdamiz. Ushbu maslahatlar Heminguey huzuriga uzoq yo‘l bosib kelgan boshlovchi qalamkash Arnold Samyuelsonga qarata aytilgan edi. Garchi u kelajakda mashhur yozuvchi bo‘lib yetishmagan esa-da, bu hol Heminguey ro‘yxatining qadrini tushirgani yo‘q…

Batafsil

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mujda

Jurnalimizning yangi soni mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#suhbat

Yevropani zabt etgan traktorchi

Karikaturachilikda bitta narsa muhim. Faqat kulgi uyg‘otib yoki mazax qilib obro‘ olaman deyish xunuk ish rassom uchun. Yoki katta tanlovlarda g‘olib bo‘laman deb, manfaat ortidan ijod qilish ham yaramaydi. Yana bir yomon odat urchiyapti: karikatura oxirgi paytlarda adovat qo‘zg‘ash, fitna yaratish uchun dastak bo‘layapti. Xabaringiz bo‘lsa kerak, Fransiyada Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni kamsitib, karikatura chizishdi. Bu faqat payg‘ambarimizga emas, u zotning ortida turgan butun musulmon ummatini haqoratlash edi. Boshqa narsa emas!

Davomi...

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

QIZIMGA

Yelkamga bosh qo‘yib mizg‘ir oy,
Ruhimga gul ekdi taqdirim.
Seni qanday she’rga sig‘diray,
Xudo bergan eng go‘zal SHЕ’RIM?!
Teran ko‘zlar, sohir kulgilar,
Aytmoqchiday olamga bir sir.
Jannatdanmi olding ulgilab –
Nigohlaring etadi asir…
Osarlarmi u kun tilimdan,
Ruhimga hur qo‘shiqlar qaytsa?!
Shoh ko‘nglingga atab saroyda
Faqat eng rost alyorlar aytsam.
Qisqamidi sabrim shu qadar,
Uzunmidi shunchalik tun yo?
Meni uyda farishta kutar,
Yo‘llarimni to‘smagin, dunyo.

Rashid Xo‘jamov

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nigoh

Mirtemir o‘zining nozik tabiati va hassos qalbi bilan haqiqiy shoir edi. Shuning uchun ham u butun umri mobaynida She’riyatga – Go‘zallikni, Nafosatni, Latofatni kuylash san’atiga sodiq qolib, inson qalbining nafis manzaralarini tasvir va talqin etgan.

Naim Karimov

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

https://online.pubhtml5.com/mdpfp/imci/

“Yoshlik” jurnalining 2024-yil 6-soni bilan tanishing!

Bahodir Iso:
Adabiyot – til hodisasi

Suhrob Ziyo
Tog‘ boshidan “hayt” degan ovoz keldi, yor-yor…

Uzoq Jo‘raqulov:
Sog‘inch

Mamatqul Hazratqulov:
O‘lmas akaning asarlari o‘lmasdir

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Millatning manfaati uchun harakat qilmagan odam oxirat saodatiga erisholmaydi.

***
O‘zimizning manfaatimiz uchun qanday harakat qilsak, millatimiz manfaati uchun ham shu tariqa harakat qilishimiz lozim.


✍️ Abdurauf FITRAT

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hozir_javob

– Siz uchun yozish (ijod) nima?
Javlon Jovliyev: – Ochig‘i, bilmayman! Adabiyot bilan bog‘liq ko‘p orzularim, o‘ylarim bor, lekin aynan nima uchun yozasan, degan savolga bir gap aytolmayman. Boshqa ish qo‘limdan kelmagani uchun emas har holda. Yozayotganimda o‘zimni juda erkin va baxtiyor, kimgadir yoki nimagadir (ko‘proq o‘zimga) kerakli his qilganim uchundir, balki.
O‘n sakkiz yoshimda ham o‘qish, ham ishlashga to‘g‘ri keldi. Shanba va yakshanba kunlari ko‘pchilik kursdoshlarim kutadigan kun edi, ular bu soatlarning nisbatan tez o‘tishi haqida gapirardi, men uchun juda og‘ir va dam olish kunlarini yoqtirmas, shu ikki kun haftaning eng cho‘zilgan kunlari bo‘lib tuyilardi. Chunki o‘sha kunlari kitoblar va yozuvlarimdan uzoqlashib ishga ketishga majbur edim. Shu ikki kunda “men”im o‘zimda bo‘lmas edi, qandaydir tashqarida – sovuqda qolayotgan odamday his qilardim. Topgan choy-chaqam besh kunlik xarajatlarni qisman qoplashga yetardi. Omadsiz yozuvlar qalashib ketganida tushkunlikka tushib asabiylashgan payt ham ko‘p bo‘lardi: “Ey qo‘y, ikki kun emas, yetti kun ishlab, qolgan besh kunlik pulni yig‘sang bo‘lmaydimi?! Baribir bu yozganla¬ringni hech qayer chop etmayapti!” Ammo ish borasida baribir aqlim kirmadi. To‘g‘rirog‘i, har qanday ishdan qochdim. Otamga yordamchi bo‘lmadim. Pul topmadim. Men besh kun kitob o‘qidim va yozdim. Talabalik baholarim esa deyarli qiziqtirmasdi. O‘zimni ko‘proq yozayotganimda tinglashimni angladim. O‘sha ohangni sevaman. Men asarlar ustida ishlayotganimda boshqa hayotda yashayman, o‘zimni kechiraman va biroz ko‘nglim to‘ladi. O‘sha boshqa hayot men uchun juda jozibali, sirli va murak¬kab bir olam bo‘lib qoladi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nigoh

"...Ravshan Fayz musavvirona mahorat sohibi edi. Umrning begʻubor navbahorini, rang-barang gullar, yam-yashil maysalarni ulugʻlash shoir sheʼriyatining asosiy mazmun-mundarijasini tashkil etadi. Ranglar koʻchma maʼnoni ifodalaydi. Shu maʼnoda vaqt ranglari – bolalik, yoshlik va goʻzallikni, mehr-muhabbatni, insonning ezgu amallarini anglatadi. Vaqt ranglari…"

Rustam Musurmon

★ ★ ★

Ko‘nglima orzular solgan qishlog‘im,
Olis-olislarda qolgan qishlog‘im.
Kelib qolarmi, deb har sahar, har shom
Ko‘zlari yo‘limda tolgan qishlog‘im.

Mening maqsadimdan ko‘nglim ko‘p to‘qdir,
Armon nishoniga tegmagan o‘qdir.
Orzuning izmida hamon hayotim,
Lekin bu yo‘llarning adog‘i yo‘qdir.

Aytgil, selmasmidi men tanlagan yo‘l,
Sayrga elmasmidi men tanlagan yo‘l.
Olis-olislarda ovoradurman,
Borsa-kelmasmidi men tanlagan yo‘l.
Ko‘zlari yo‘limda tolgan qishlog‘im...

Ravshan Fayz

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ijodkor_nigohi

Abdulla Oripov
Ba’zan menga savol berishadi:

— Iste’dodingiz bor. She’ringizni qadrlaydigan badavlat turkiy nashriyotlar yer yuzida mavjud. Madomiki, shuncha qiyinchilik bo‘lgan ekan, nega siz o‘z qadringizni bilib, vaqtida chet elga chiqib ketmadingiz?

Javobim doimo bitta:

— Yurtdan mosuvo bo‘lganlarga taqdir o‘zi javob bersin. Biroq... shunga imonim komilki, biron-bir o‘zbek chegaraga yetib turganida «ket!» deb orqasiga tepishgan taqdirda ham yo chalqancha va yoki yuztuban Vatan tuprog‘iga yiqiladi. Menimcha, buning izohiga hojat bo‘lmasa kerak...
Xullaski, har bir she’rning yozilish tarixi ko‘pdan-ko‘p hodisalar bilan bog‘liqdir. Shu kunlarda kamina ona tilimizning mavqeini ta’minlash hukumat qo‘mitasining mas’ul a’zosiman. Xo‘sh, o‘sha malomatlar o‘rinli bo‘lganmikan?
Menimcha, bu illatlarning barchasiga aslida muhit aybdordir.

“Yoshlik”1992/7/8

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mushohada

Farzand – qurbonlik emas!


“...Men qanday yashayotgan bo‘lsam, senam shunday yashab o‘tasan!”
Ish yuzasidan tumanimiz markazining chekka bir mahallasida yurardim. Qoq tush. Matbuotda tanishganimiz, qadrdon bir ukamizning uyi taraflardan o‘tadigan bo‘lib qoldim. Bahonada bir yo‘qlagim kelib, telefon qildim. Javob bermadi. Otasiga “bong” urdim, noiloj. Javobladi. Biroz charchoq, biroz shoshilinch, biroz xavotir aralash ohangdagi gaplaridan uqdimki, ota-bola ertalabdan qayerdadir mehnat qilib, hozirgina tugatishgan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

O‘zingniki – o‘zingnikiga

Burungining odamlari ham qo‘liga gazeta tushsa, bekorchilikdan ko‘z yugurtirib yotar edilar. Ismat chavandoz Faqir boboning jiyani, mening amakim. Chamasi, amakim o‘sha vaqtdagi yoshlar gazetasining to‘rtinchi beti, oxirgi ustunidagi “Turfa olam” degan joyini o‘qib bergan. Emishki, Qozog‘iston cho‘lida ilonlar uyg‘onib, birvarakayiga qo‘zg‘alib, avtomobil yo‘lidan o‘ta boshlagan. Ular shu darajada ko‘p va g‘uj bo‘lib harakatlanganki, natijada bir necha soat avtomobil qatnovi to‘xtab qolgan.

Davomi...

Sobir O‘NAR

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tarjima

Kitob mutolaasi haqida

Shunchaki mutolaa – bu diqqatni to‘plashga majbur etuvchi mashg‘ulot va ovunish uchungina o‘qish – o‘z-o‘zini aldashdir. Loqayd kishilar uchun, umuman, biror narsadan ovunishning hojati yo‘q. Aksincha, ular hamma joyda diqqat-e’tiborli bo‘lishlari, qayerda nima ish bilan mashg‘ul bo‘lishmasin, nima haqda fikr yuritishlaridan qat’i nazar, o‘zlarini butun vujudlari bilan voqealar girdobida his etmoqlari zarur.

Davomi...

Hermann HeSSe

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#jadidlar

Turkistonlik talabalarning taqdiri tafsilotlari

Turkistonlik talabalar Gyote bilan uchrashganmi?
Hozirda ularning avlodlari Germaniyaga yashayaptimi?
Shu savollarga javob olishni istasangiz maqoladan bilib olasiz…

Davomi...

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#ezgulik_ruhi

Brodskiy adabiyotga yangi nafas – yangi ritm, yangi ohang va oʻzgacha teran maʼno olib kirgan shoirlardan. Oʻzi aytganiday, “katta sheʼrlar”, menimcha, “hikoya-sheʼr”lar ham uning ixtirosi desak boʻladi.
(Usmon Azimning “Ezgulik ruhi” maqolasidan).

Oʻlimgacha sevgi ustivor

Qaytayapsan, kim yoʻlingga zor?
Kindik qoning tomgan yurtga boq.
Biron doʻstga na-da hadding bor,
Yuragingning eshigini qoq.

Allaqaydan topib totli may,
Olislarga toʻymay xayol sur.
Gunoh, savob-bari paydar-pay
Uzingdan koʻr, Oʻziga shukur.

Qanday huzur, yoʻqdir hukmdor,
Yoʻqdir birov bilan ishing ham,
Oʻlimgacha sevgi ustivor,
Topilmaydi burchdor kishing ham.

Buncha rohat, bu zulmat aro
Hech kim senga koʻrsatmaydi yoʻl.
Jon huzuri dunyoda tanho
Gʻalo-gʻovur vokzallarda boʻl.

Talpinasan qadrdon yurtga,
Soʻngsiz surur, beayov asror,
Va oʻzingni koʻrasan oʻtda,
Evrilishlar adogʻi bahor.

Rus tilidan Vafo FAYZULLO tarjimasi

“Yoshlik” 1997-yil 1-sonidan

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavallud

Bugun “Yoshlik” jurnalining yuragi, samimiy inson
G'iyosiddin O‘narov tavallud topgan kun
!

G‘iyosiddin Oʻnarovga uzoq umr, oilaviy tinchlik, baxt-saodat tilaymiz.
Aytishlaricha, yaxshi odamlar borligi uchun bu dunyo yashab kelyapti. Bor ovozda aytish mumkin-ki, dunyoning bir burchini shu inson tutib turibdi.
Tug'ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Yoshlik” jurnali jamoasi

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#faylasuf_nigohi

Lev Tolstoy qoidalari

Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy 22 yoshida o‘zi uchun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yo‘riqlar sizu bizga ham katta foyda berishi aniq.

* * *
Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.

* * *
Har kun zaifroq biladigan tilingda she’r yodla.

* * *
Qo‘lingdagi mulkning o‘ndan birini ehson qil.

* * *
O‘n barobar boyib ketsangda, hayot tarzingni o‘zgartirma.

* * *
Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham ko‘r.

* * *
O‘zing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.

* * *
Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.

* * *
Boshqalarning fikrini o‘ylab o‘tirgandan ko‘ra o‘z ustingda ko‘proq ishla.

* * *
Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.


yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nobel

Yozuvchi Xan Gan adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi

Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gan Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi. 
Xan Gan 1970-yilda Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida tugʻilgan. Yozuvchiga Adabiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti “tarixiy jarohatlarga qarshi turadigan va inson hayotining moʻrtligini ochib beruvchi boy sheʼriy nasri uchun” berildi.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hozir_javob

– Siz uchun yozish (ijod) nima?
Orifjon Komil: – Aslida, buyuk ijodkor Xoliqning o‘zi. Biz idrok etib turgan mana shu borliq koinot ham yaratgan zotning ijod namunasi. Agar har bir ijodkor o‘z ijodini ibodat darajasiga chiqarsa yoki muttasil shunga urinsa, asl oliy maqsad sari ildamlagan bo‘ladi deb baralla aytish mumkin.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tahlil

Yaxshi yozay desangiz

“Juda”, “o‘ta” degan so‘zni ishlatmoqchi bo‘lganingizda uning o‘rniga har safar “haddan ortiq” yoki “behad” iborasini qo‘llang. Shunda muharrir bu so‘zlarni o‘chirib tashlaydi va yozganlaringiz binoyiday bo‘ladi-qoladi.
Xulosa: ortiqcha so‘zlarsiz, aniq, ravon, ta’sirli yozing. O‘rinsiz hayajon yoki yasama mubolag‘a sun’iylikka olib keladi.
Sizga birov qalamhaqi taklif qilmagunicha, tekinga yozavering.
Ijodkor bo‘lishni chin yurakdan istang, o‘z ishingizni seving. Faqat pul yo shon-shuhrat uchun yozsangiz, yaxshi natijaga erisha olmaysiz. Bundan hafsalangiz pir bo‘ladi va ijoddan tezda ko‘nglingiz qoladi.
Maqola yozish uchun eng qulay fursat – uni o‘zingiz uchun yozib tugatgan paytingizdir. Faqat shundagina asli nima demoqchi ekaningizni aniq-tiniq anglaysiz.
Mark Tven (1835 – 1910) sarguzasht romanlaridan tashqari, o‘tkir hajvi, hikmatli so‘zlari bilan ham mashhur. Dunyo e’tirof etgan adibning boshlovchi yozuvchilarga bergan maslahatlari, shubhasiz, maktab vazifasini o‘taydi.

Orif Tolib tayyorladi.

Batafsil

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

ZIYOLI AYOL


Quyoshdan qoʻl olib ishga boradi
Va oyni yetalab qaytadi ishdan.
Ziyoli ayol -- bir davlat boʻladi,
Bolam deydi ortib milyon tashvishdan.

Ziyoli ayol bir togʻ boʻlib suyar,
Nasl-nasabini -- Temurxonini.
Mirzo Ulugʻbekni qilgay tarbiya,
Boʻlib u millatning Bibixonimi.

Oqkoʻngil tong erur ziyoli ayol,
Erur oilaning metin ustuni.
Tunlari sovqotgan bolasi misol
Yulduzlarning yopib qoʻyar ustini.

Baʼzan u bir tomchi koʻzyosh boʻladi,
Gaht desa osmonni qoʻlga qoʻndirgan.
Ziyoli ayol -- bir quyosh boʻladi,
Bir yumalab tunni tongga doʻndirgan.

Quyoshki, subhidam ostonasida
Izidan gul sochib odimlarini,
Chin dildan samovot korxonasida
Qoʻllab-quvvatlar oʻz xodimlarini.

Charchamas, u hatto artib yoshini
Qirdagi qorakoʻz lolalarini.
Bogʻcha opasiday silar boshini
Butun Oʻzbekiston bolalarini.

Shuhrat Azizov

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

O‘qilmagan kitoblar


Tuni bilan to‘lg‘onar
Xonam ichra oftoblar.
Ayting, qanday quvonar,
O‘qilmagan kitoblar?

Bir-birin suyab turar,
Kun bo‘yi xayol surar,
Qo‘rqinchli tushlar ko‘rar,
O‘qilmagan kitoblar.

Turar entikib, titrab,
Javonga yelka tirab,
Varaqlari pirpirab,
O‘qilmagan kitoblar.

To‘xta, pariro‘y, deydi,
Loqaydlikni qo‘y, deydi,
Changim artib qo‘y, deydi,
O‘qilmagan kitoblar.

Bo‘lmasam buncha omi,
Bilmabman do‘st-u yovni,
Kechiring men yalqovni,
O‘qilmagan kitoblar!

Bonu SARIMOVA

2023/2-sondan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hikoya

“Jodugar”ning nonlari

U nonlarni oldi-yu, shoshib chiqib ketdi. Ha, u aniq rassom. Endi Marta xonimning bunga aslo shubhasi yo‘q edi. Suratni xonasiga qayta kirgizib qo‘yar ekan, xayollari yana o‘sha sirli xaridor tomon tortdi. Ko‘zoynaklari ostida chaqnab turgan ko‘zlari qan­day mungli va mehribon! Keng peshonasi o‘ziga juda yarashgan. Bir qarashdayoq suratga baho bera olish va qotgan non bilan kun kechirish! Bu dahshat! Biroq ko‘p hollarda qobiliyatni yuzaga chiqarish uchun kurashish­ga to‘g‘ri keladi. Agar bankdagi ikki ming dollar, novvoyxona va mehribon yurak evaziga uni yuzaga chiqara olganida, bu faqat san’at va surat uchun bo‘lgan bo‘lardi.Biroq bularning bari xom­xayoldan o‘zga narsa emas edi.

👉 davomi

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nasr

Ona

Rahmatli otamiz Normatov Boshbek ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi bo‘lganlar. Bola edim. Otamiz odamni titratib yuboradigan bir voqeani onamizga gapirib berganlari hamon esimda.
-Vyazma yo‘nalishidagi bir chog‘roq shaharchani dushmandan ozod qildik, – deya gap boshladi otamiz. – Qahraton qish. Ikki qavatli yog‘och uylar, ko‘cha to‘la o‘liklar... Bir uyning ikkinchi qavatiga chiqsam, latta-puttalar uyumi yonida bir ayol o‘lib yotibdi. Bitta ham dushman yo‘q – qochib ketishgan shekilli. Endi o‘girilib ketmoqchi edim, o‘lik yonidagi latta uyumi qimirlaganday bo‘ldi. Ochib ko‘rsam, yo qudratingdan, tirik chaqaloq o‘lik onasini emib yotibdi!.. Derazaga yugurib borib, pastdagi hamshirani chaqirdim. Zudlik bilan hamshirayu vrachlar yetib kelishdi. Hayratlanarli joyi shundaki, murda sovuqda qotib qolgan bo‘lsa ham chaqaloq emayotgan ko‘krak yumshoq va issiq edi, ikkinchisi qotib yotibdi! Harbiy vrachlar ham hayratda: odam o‘lgandan keyin uzog‘i bilan yigirma daqiqadan so‘ng organizmdagi barcha a’zolar o‘z faoliyatini to‘xtatishi kerak-ku!.. Vrachlarning aytishicha, bu ayolning joni uzilganiga o‘n kun, bo‘lmaganda bir hafta bo‘lgan ekan!.. Hamshiralar tezda go‘dakning tagligini almashtirishdi, qaytadan yo‘rgaklab, shinelga o‘rashdi. Oradan ko‘p ham vaqt o‘tgani yo‘q, bir payt qarasak, hozirgina chaqaloq emib turgan qaynoq va yumshoq ko‘krak ham ikkinchisiga o‘xshab sovuqda qotib yotibdi. Xuddi jigargo‘shasining ishonchli qo‘llarga tushganidan xotirjam bo‘lganday... Birov gapirib berganida ikki dunyoda ham ishonmasdim, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim axir... – deb otamiz hikoyasini tugatdilar.
Nima bu? Bu ne sinoat, ne mo‘’jizaki, ona o‘lganidan keyin ham yuragining bir parchasiga ummon qadar mehr, osmon qadar muhabbat sog‘insa! Tabiat qonunlariga bo‘ysinmaydigan, tibbiyot qonunlarini tan olmaydigan ONA MEHRI oldida butun borliq ta’zimda.

Sharof Boshbekov

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavallud

8-oktyabr — Marina Svetayeva tavallud topgan kun
.

Oqshom cho‘kayotir ulkan shahrimga,
Mudrayotgan uydan chiqib ketaman.
Odamlar o‘ylashar — ayolmi, qizmi,
Xayolim o‘g‘risi — tunga yetaman.

Yo‘limni supurar iyul shamoli,
Qaydadir kuy yangrar elas va elas.
Oh, tongga qadarlik bu mayin havo
Bag‘riga bosadi ko‘ksimni besas.

Ko‘rinar qora tol, derazadan nur,
Baland minorlarning qo‘ng‘iroqlari.
Qo‘lda gul, qushdan ham yengil qadamlar,
Ularga singiyman soya singari.

Tilla iplar kabi yonadi olov,
Yaproqlar hididan behushman, behush.
Kunduzgi tashvishlar, tinch qo‘ying meni,
Do‘stlarim, tushuning, bir tushman, bir tush.


@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

Ilkis baxtli boʻldim tunov kuni men.
Tunov kun tunadim baxt bilan yolgʻiz.
Qoʻqqisdan hayotni ranggo-rang koʻrdim,
Kimningdir koʻngliga oʻrnashdim qaltis.

Birdan kitob kabi ochdi koʻnglini,
Toʻsatdan toʻkildim sahifasiga.
Baxtli boʻlaverdik baxtsiz holda biz,
Ertaklashib bordik daqiqasiga.

Qoʻltiqlashib oʻtdi zulmat oy bilan,
Tongda saharni ham koʻrdik birovla.
Birdan tarqab ketdi ishqiy kayfiyat:
"Birovga atalgan, axir birovga"...

Oʻzgacha ajoyib edi u kecha,
Bu bir ulugʻ taqdir, qaytarilmas his.
Odamlar belgilab olgan dunyoda
Xudodan xavfsirab xayrlashdik biz.

Ilkis baxtli boʻldim tunov kuni men...


Muhammad QODIR

@yoshlikjurnali

Читать полностью…
Подписаться на канал