#iqtibos
Qilgan ishing haqiqat bo‘lgandan keyin, uni birovga gapirib o‘tirish shart emas.
📚 "Kitob o‘qib beruvchi"
✍ Bernhard Shlink
@yoshlikjurnali
#hozir_javob
– Siz uchun yozish (ijod) nima?
Shuhrat Orif: – Ijod men uchun Alloh bilan ruhiy bog‘lanishning noyob ko‘rinishi. Buning noyobligi shundaki, bunday ilohiy robita xudoning hamma bandasiga ham nasib etavermaydi.
Ijodkor biror-bir asar ustida ishlar ekan, u boshqacha ruhiy kayfiyatga tushadi, o‘zida ilohiy dardni his qiladi. Asar g‘oyibona, ko‘rinmas va faqat qalbda kechadigan ilohiy ta’sirlar hosilasida dunyoga keladi. Kuchli iymon mahsuli bo‘lib, ilohiy ilhom quvvat bilan yozilgan asarlarni o‘qiganimizda qalbimiz entikadi va dardni tuyamiz.
Bir so‘z bilan aytganda, ijod men uchun o‘ziga xos ibodatdir.
She’rni “shoirning yig‘isi” degan bo‘lardim. Boshqalar oshkora yig‘lasa, shoir she’r vositasida yig‘laydi, “to‘kiladi”.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#iqtibos
Zamindan mahrum qilish mumkin, boylikdan mahrum qilish mumkin, hayotdan ham mahrum qilish mumkin. Lekin inson xotirasiga tajovuz qilish… chidab bo‘lmas fojiadir.
📚 “Asrga tatigulik kun”
✍ Chingiz Aytmatov
@yoshlikjurnali
#iqtibos
Mayda odamlarning yurti mayda koʻrinadi, afsona odamlarning tugʻilgan maskani esa afsonaga aylanadi.
📚 “Soʻngsoʻzlar”
✍ Usmon Azim
@yoshlikjurnali
#iqtibos
…hayot bemaqsad odamlarni birinchi jazolaydi, keyin yaxshi niyat bilan harakat qilganlarni, eng so‘nggida yaxshilarning payini qirqqanlarni…
Sobir Oʻnar
@yoshlikjurnali
#tavallud
4-oktyabr — shoir A’zam Oʻktam tugʻilgan kun!
NEGA
Kun uzun, kun issiq — malollar kelur,
Tunlari qop-qora savollar kelur,
Tong chogʻi musaffo xayollar kelur,
Aqlim mening tiniq tortmadi hanuz.
Yetti oq-qorani ajratish oni,
Bu umr, bu oʻlim kimning ehsoni?
Har lahza shu qarzni uzish imkoni,
Bildim, chin sarvatni yigʻmadim hanuz.
Eng ulugʻ soʻzdan-da titramas yurak,
Koʻzimga yosh kelmas — bu nedan darak,
Xalqimga ne berdim vaʼdadan boʻlak,
Ekkan niholim yosh, mevasiz hanuz.
Mahkam bogʻlasam-da rost yoʻlga belni,
Koʻngil ravshan emas, dogʻi bor dilning,
Yurtimni tanidim, bildim-ku elni,
Biroq unutmadim oʻzimni hanuz.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#iqtibos
Agar bolalarni sho‘xliklari uchun jazolamoqchi bo‘lsangiz, tog‘liklar odatiga ko‘ra istagan joyiga urishingiz mumkin, lekin yuziga qo‘l tegizish mumkin emas. Tog‘liklarni yozilmagan qonuni shu: inson yuzi daxlsizdir.
Dog‘iston - mening yuzim. Hech kimning mening yuzimga daxl qilishiga yo‘l qo‘ymayman!
📚 "Mening Dog‘istonim"
✍ Rasul Hamzatov
@yoshlikjurnali
#hozir_javob
– Siz uchun yozish (ijod) nima?
Shodmonqul Salom: – Yozish avval-boshda havas, shon-shuhrat havosi edi. Sal-pal yozishni o‘rgangandan so‘ng, yozishning zahmatini, zavqli og‘rig‘ini tuydim. Bugun menga yozish Xudoga yolvorishga aylanyapti.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
UNUTISH NEʼMATMI
Unutish neʼmatmi,
jazomi – bilmam,
esingdan ogʻgudek sevgan chogʻingda.
Unutmayin desang –
yurak yorilar,
unutsang –
armonlar oʻsar bogʻingda.
Halovatsiz kechgan kunlar umringni,
yemirib boradi,
qiladi gʻorat.
Sen uchun barcha rang tusin yoʻqotar,
Borligʻing birgina undan iborat.
Olis boʻlganingda,
har bir lahzada,
qanday tura olgung, axir, qaqshamay?
Kezsang koʻchalarni –
tanishlar boqar,
Yursang ham oʻzingga, garchi oʻxshamay.
Boʻgʻriqib ketasan,
dilda kalom yoʻq.
Yolgʻon boʻlgan umr tuyular uzun.
Mayus siypalaysan,
labing bosasan,
yosh toʻkib oʻpasan oyogʻin izin.
Neʼmatmi, jazomi –
bilmadim, lekin,
unutsang –
jon berar iztirob qushi.
Unutsang –
bariga yasalar yakun,
hech gapmas qoningning sovib qolishi.
Sirojiddin Ibrohim
@yoshlikjurnali
#nazm
Sevgidan so'ylarding u kun entikib,
So'ylarding visolning yaqin kelishin.
Men bo'lsam ko'zimni qaygadir tikib,
O'ylardim dunyoning savdoli ishin.
Bugun-chi, bir o'zim, yuribman tanho,
Sevgi ham visol ham bo'ldilar abas.
Barchasi manguga tark etdi, ammo
Faqat o'sha o'ylar tark etgan emas.
Abdulla Oripov
@yoshlikjurnali
#tadqiq
IZTIROB TOMCHILARI
Zamonaviy she’riyatimizning yorqin vakili Eshqobil Shukur hayqirmay nola qiladigan shoir. Isyoni ichida ijodkor she’riyatining jon tomiri bobo so‘z paydo bo‘lgan zamonlarda. Milliy tafakkurda ildiz otmaydigan “izm”larga berilmasligi sababi shundadir, ehtimol.
She’r – shoir tabiati. She’rlaridagi zalvor, og‘ir, mungli sadolar fe’l-atvoriga monand ijodkor adabiy hayoti, nazarimda, ikki bosqichdan iborat.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#Tabrik
USTOZ
Mundoq oʻylab qarasam,
Sizga bitmabman hech sheʼr.
Qalam haqqiga qasam,
Sizsiz zabun edi Yer.
Ne boʻlgʻay holi, maʼlum,
Xatsiz yoʻli xatodir.
Dunyoda ilk muallim,
Shaksiz, Odam Atodir.
Koʻkdan imon gavhari
Zaminga tushmish bot-bot.
Paygʻambarlarning bari
Edi hazrati Ustod.
“Oʻqi!” deya avomga
Ulashmish inju sirlar.
Yoʻllab buyuk dovonga,
Shamchirogʻ tutmish pirlar.
Nodir Jonuzoq
@yoshlikjurnali
#tavallud
1-oktyabr — Halima Ahmedova tavallud topgan kun
SEN MENI ISHONTIR
Sen meni ishontir muhabbatingga,
Degilki, sen uchun yaraldim, illo.
Yigʻlab iltijo qil: munis dunyoda
Sening diydoringdan boʻlmayin judo.
Sen meni ishontir ertaklaringga,
Manguga ketishing bilsam-da atay.
Degilki, bir tola sochim qoldirgum,
Kuydirgin, shu lahza yoningga qaytay.
Sen meni ishontir qaygʻularingga,
Garchi zaqqum ular, sen degilki, bol-
Toʻyib ichaversang, dardlaring ketar,
Faqat taqdiringda qolar bir savol.
Sen meni ishontir sogʻinchlaringga,
Toki men ishonay: sogʻinchlari haq.
Ona oʻlimiga ishonmay, goʻrni
Qayta qaziyotgan yetimday ilhaq.
Sen meni ishontir...
Halima Ahmedova
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
Kun quyoshni belayotgan sokin oqshom,
Tun tilida menga kuylab bersang qani,
Shu hilvatga choʻkkan qalbni aldab tagʻin,
Ketasanmi?!
Hali tunning gʻoʻr nafasi yorishmasdan,
Oftob senga yoʻl uzatsa nurlaridan.
Men ket desam, qoʻllarimiz qovushmasa,
Ketasanmi?!
Bari gʻoyib, bir ayriliq tayin bizga.
Yonmoq - gʻoyib,
hislaringga qonmoq - gʻoyib.
Nigohing-la bir soʻz demay, ey ajoyib,
Ketasanmi?!
Balki, tole bordir,
Balki baxt bordir
Ketajak yoʻlingda ishq kelar gʻolib.
Qoʻlingga tutqazsam ruhimni, olib
ketasanmi?!
Bonujon
@yoshlikjurnali
#iqtibos
Ayol sizni juda qattiq sevsa, hushyor bo‘ling. Otashin muhabbat - rashkka, rashk - shubhaga, shubha - xudbinlikka, xudbinlik - dushmanlikka aylanishi mumkin.
✍ O‘tkir Hoshimov
@yoshlikjurnali
#nazm
O‘RGANDIM
Toshday uchib, qushday qo‘nishni o‘rgandim,
Dard jondin o‘tganda, kulishni o‘rgandim,
Hech nima topmadim, desam bu — yolg‘on,
Toshkentda sovqotmay yurishni o‘rgandim.
Oppoq tulporlarday bir tonglar otdi,
Orzusi tugagan shomlar tosh qotdi,
Oylar ufqqamas, yelkamga botdi,
Tunlarga oy bilan borishni o‘rgandim.
Boshga yulduz tekkan jonon kechalar,
Dil bu buroq ondin qanday kecholar?
Ko‘zlarda goh yashil, oq tangachalar,
Jimirlab turganda sevishni o‘rgandim.
Hasrat yuragimda sayrashni o‘rgandi,
Fursat toliqqanda to‘xtashni o‘rgandi,
Kulfat chin ko‘ngildan yig‘lashni o‘rgandi,
Ularning baridan yashashni o‘rgandim,
Baridan mard bo‘lib o‘lishni o‘rgandim.
Shodmonqul Salom
@yoshlikjurnali
#nigoh
Rassom, yozuvchi Boboravshan Gʻoziddinovning yoshligini chizibdi.
yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#nazm
★ ★ ★
Sevgi – hali nomi topilmagan rang,
Oshiqlar oshiqib moʻyqalam izlar.
“Ishqingda devona boʻlaman”, demang,
Hozir telbalarni sevmaydi qizlar.
Koʻzlaring – yomgʻirda ivigan poʻstin,
Sevdingmi, chora yoʻq, olgʻa kurashga!
Mening bu qishloqi, toʻpori doʻstim
Yaramaydi hatto soat soʻrashga.
Sevgi – setorlarga sigʻmagan bir kuy,
Ohangi osmondan baland, ziyoda.
Dunyoning eng sodda oshiqlari-ey,
Uchrashuvga chiqib yurmang piyoda.
Mana men, tovusdan chiroyli qizning
Oʻgʻirlab yashadim xayollarini.
Zulmat qulflangan mudroq xonada
Quchoqlab yigʻladim roʻmollarini.
Alvido, muhabbat!
Alvido, yoshlik!
Koʻksimda bir nima kun sayin muzlar.
Bir qiz deb bir umr devona boʻldik,
Afsus, telbalarni sevmaydi qizlar.
Joʻrabek RAMAZON
@yoshlikjurnali
#tavallud
5-oktabr — Faxriyor tavallud topgan kun!
Keldigim, kelmaging bunchalar qiyin?
Kuldigim, kulmaging bunchalar qiyin?
Bildigim, bilmaging bunchalar qiyin?
Suydim,allayor-allayor,
kuydim,allayor-allayor!
Bu ko‘ngil emrandi, azobim - bilgich,
visoling falajdir, hijroning - kelgich,
tabassum ko‘rmagan shikasta kulgich.
Suydim,allayor-allayor,
kuydim,allayor-allayor!
Baxtning darvozasi zanglab yotadi,
yurak ochilmog‘in angnib yotadi,
ortiga oy botar, yulduz botadi.
Suydim,allayor-allayor,
kuydim,allayor-allayor!
Ne nayson edingki,abr kelmadi,
qoshing qarosidan qadr kelmadi,
na jahr-u na zikr-u sadr kelmadi.
Suydim,allayor-allayor,
kuydim,allayor-allayor!
Ko‘ngil oynasiga ko‘z yosh to‘kildi,
falakdan oy bilan quyosh to‘kildi,
umid kosasidan bardosh to‘kildi.
Suydim,allayor-allayor,
kuydim,allayor-allayor!
Dildan yulib oldim har bitta baytni,
kulindim,tilindim, alyorlar aytdim,
shoyad tunlarimga suydigim qaytsa.
Suydim,allayor-allayor,
kuydim,allayor-allayor!
@yoshlikjurnali
#tavallud
Onangning bisoti faqat oq yoʻldir,
Seni tortib tursin tuproq, ona til.
Qayda yurma, qancha umr koʻrma, baribir,
Tobutda boʻlsa ham yurtingga intil!
✍️ Aʼzam OʻKTAM
🎤 Sanjar SAʼDULLAYEV
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
Takabburlik
Yo‘l kezadi... ko‘zginasin
Samolardan uzmay sira,
Daho bilib o‘zginasin,
Maromini buzmay sira.
Do‘st-u g‘anim royishiga
Qaramaydi. Unga nima?!
Kambag‘al-u boy ishiga
Yaramaydi. Unga nima!?
Yo‘l kezadi... burni bilan
Bulutlarni kesib borar.
Yo‘l ham o‘rni-o‘rni bilan
G‘aflatini sezib borar!..
...Garchi bu kun so‘zim yoqmas,
Balo – tilim rostidadir.
Vale ko‘kdan chalpak yog‘mas,
Chohlar oyoq ostidadir!
Alisher Sabriy
@yoshlikjurnali
#topilma
So‘rovnomada qaysi asarni mutolaa qilgingiz kelsa, ushbu yoshlikjurnali.uz saytdan topasiz!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#tavallud
3-oktyabr — Sergey Yesenin tavallud topgan kun!
Yig‘lamasman, qilmasam fig‘on,
O‘tgan o‘tdi, afsus aytmasman.
Oltin sochdi boshimdan xazon,
Men yoshlikka endi qaytmasman.
Avvalgidek o‘t olib, shaydo –
Yonmas cho‘g‘i sovugan yurak.
Endi moviy kengliklar aro
Yalangoyoq chopmasam kerak.
Yuragimga cho‘kdi hazinlik,
Yo‘q u shodon, sho‘x-sho‘x so‘zlarim.
Qani yovqur, mard o‘spirinlik,
Qani zavqqa to’lgan ko‘zlarim?
Endi orzu-havaslarim kam,
Tushmidi yo o‘ngmidi hayot?
Keng daladan bamisli ko‘klam
O‘tgandekman minib uchqur ot.
Vafosizdir o‘tkinchi gardun,
Dunyo bilan xayrlashgan on –
Yashaganing, ko‘rganing uchun
Rozi bo‘lib shukur ayt, inson!
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Qanday boriladi Baxtga
Va qayerda Baxt?
Yoʻlga otlanganmiz bu dam sevinib.
Baxtlilar, mabodo kelmasa malol,
Yuboringiz Baxtning “joylashuv”ini.
Samolyot kerakdir, ehtimol, unga,
Agar u osmonda boʻlsa Oy kabi.
Yerda boʻlsa agar, avtobus zarur,
Yer tagida boʻlsa, metro eltadi.
Har holda, u mavjud.
Baxt bordir yaʼni,
Bor boʻlgani kabi sevgi olamda!
Yor boʻlgani kabi insonga tole,
Zor boʻlgani kabi odam odamga.
Baxt qayerda oʻzi? Pirpirar kiprik,
U yurak titrogʻin etib ifoda.
Baxt, balki, uzoqda turar moʻltirab,
Ishongin, u ham bor – sen bor dunyoda!
Men seni eltaman unga, azizam,
Vaʼda qolib ketmas shunchaki... sheʼrda.
Ammo...
Sen bilmaysan, o, Semurgʻ qushim,
Sen qayerda boʻlsang, Baxt oʻsha yerda!
Xurshid Abdurashid
@yoshlikjurnali
"Avvalo o‘qituvchining o‘zi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli ta’minlangan bo‘lishi kerak"
"Ta’lim – sohalar ichida eng dolzarbi, maktab – eng muhimi bo‘lsa, o‘qituvchilik kasblar orasida eng ulug‘idir. Men sizlarni juda hurmat qilaman"
"O‘qituvchi kasbini jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzuim, kerak bo‘lsa, armonim edi" – Prezident
@yoshlikjurnali
#iqtibos
Sheʼr qafas yukini koʻtara olmaydi. Uning nola chekkani yoxud haddan tashqari koʻp kulgani uchun qafasga tiqib boʻlmaydi. U qush kabidir. Parvoz qilmasa oʻladi.
✍Abduvali Qutbiddin
@yoshlikjurnali
Noʻnoq nazmim uchun afv et, xalqim,• Matnazar Abdulhakim she'ri
Na olim, na fozil, na soʻz piriman.
Oʻz vaqtida daftar topshira olmay
Qolgan bolalarning biriman.
#eslaganim
“Odamning soyasi quyoshga tushdi…”
…O‘sha damlar g‘ovak qamishdek bo‘ychan talaba edim. Yarim och, yarim to‘q, goh universitet, goh tahririyatlar ostonasida it talagan tovuqning pariday to‘zg‘igan ikki daftarni qo‘ltiqlab yurardik.
Haminqadar maosh zavqidan tashvishi ko‘p talabaning kundalik xarjini qoplamasa-da, hayot bilan kurashishga mahkum edik.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#nazm
Quyosh botayotgan payt edi,
Oyoqlarim ostida xazon.
Quyosh botayotgan payt edi,
Sen uzoqdan bo‘lding namoyon.
Quyosh botayotgan payt edi,
Chiqib kelaverding ufqdan.
Quyosh botayotgan payt edi,
Junjikib turardim sovuqdan.
Quyosh botayotgan payt edi,
Intizor yelkamga qo‘yding bosh.
Quyosh botayotgan payt edi,
Botdi oxir bag‘rimga quyosh...
Sadriddin Salim Buxoriy
@yoshlikjurnali