yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kino

Taniqli yozuvchi Murod Muhammad Do‘stning "Sovchilik hangomasi" asosida olingan “Galatepalik avliyo” filmini taqdim etmoqdamiz.
Kitobxonlarimiz orasida ushbu film adibning “Galatepaga qaytish” asari asosida olinganligi haqida qarashlar bor.
Aslida esa ushbu film "Yoshlik" jurnalining 1984-yilgi 12-sonida eʼlon qilingan “Sovchilik hangomasi” asosida sur'atga olingan
.


"Yoshlik" bilan qoling!

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Ilm-fan va din bir-biriga raqib emas. Ular shunchaki bir hikoyani so'zlayotgan ikki tilga o'xshaydi.

📚 "Ibtido"
✍ Den Braun

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov

28-sentyabr - shoir Shahobiddin Ravshanov tavallud topgan kun!

* * *
Yomg‘ir, derazamni chertishni bas qil,
Yomg‘ir, jim ketaver zaminga singib.
Sen bilan ko‘rishsa, portlaydi qalbim,
So‘ng qayga boradi makonsiz sevgi?!

Yomg‘ir, derazamni chertishni bas qil,
Yodimga solmagin hu-uv o‘sha kuzni.
Sen ham tin olarsan tong oldi, lekin,
Boshlasak, to‘xtatib bo‘lmaydi bizni...

Yomg‘ir, derazamni chertishni bas qil…

* * *
Yomg‘irli kun. Sokin musiqa.
Derazamni chertar tomchilar.
O‘ylar ko‘nmas hech bir to‘siqqa,
Hatto meni izlab topdilar.

Sochim tortib o‘ynadi yoshlik,
Ishq ko‘ksimga qo‘rg‘oshin quydi.
Tashqaridan xo‘rsinib kelib,
Baxt yelkamga boshini qo‘ydi.

Derazamning oldida jimman,
O‘yga cho‘mdim, o‘yga yon berdim…
Yomg‘irli kun. Sokin musiqa.
Bi-ir ko‘nglimni aylanib keldim…


2022/7

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Birodarlar, biz hamisha adolat, adolat deymiz. Tildan qo‘ymaymiz. Adolatsizlikni ko‘rib, xuni - biyron bo‘lamiz. Hayotdan, taqdirdan noliymiz.
Adolat yo‘q, adolat osmonda, deymiz.Yo‘q, birodarlar, adolat yerda! Oyoqlarimiz ostida! Adolat tuproqqa qorishib yotibdi!


📚 "Ot kishnagan oqshom"
✍ Togʻay Murod

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavallud

27-sentabr — Rauf Parfi tavallud topgan kun!

Yoshlik zangor fasl, kechdi, sarg‘ardi,
To‘kildi u. Shafqat bilmas bargrezon.
Qora sovuqlarga otib yubordi,
Shamollar poyida sinmoqda xazon.
Yoshlik zangor fasl. Kechdi. Sarg‘ardi.

Harna o‘tdi, mendan o‘tdi, omon bo‘l,
Qancha faryod qilmay qaytarib bo‘lmas.
Har qalay oldinda bordir so‘nggi yo‘l,
Toki yetguningcha xotirot o‘lmas,
Harna o‘tdi, mendan o‘tdi, omon bo‘l.

Vido tabassumli olam, yoshligim,
Ko‘zlarimda qotgan jolam, yoshligim,
Ko‘klarga yetmagan nolam, yoshligim,
Suvga cho‘kib ketgan bolam, yoshligim,
Vido tabassumli olam, yoshligim.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

So‘nggi poyezdning
so‘nggi vagoniga
chiqdi…
O‘tirdi
so‘nggi o‘rindiqqa
so‘nggi yo‘lovchi…
O‘ylab ketdi
so‘ngra
yo‘l bo‘yi
so‘nggi yo‘q nimarsalarni.

Ikrom Otamurod

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

O‘zgam,
Ketishingiz go‘zal naqadar,
Bohasham kelishning shumidi qasdi?
Manim ko‘zimda yosh
qalqidi biroz,
Axir oddiygina qolib bo‘lmasdi.

Bu kuzak dardimni yangilab o'tdi,
Bu-kuzak... Siz esa baxtni yangilang.
Ming bir lahzalarda tirilib,
o‘ldim...
Men shunday mavjudlik tuydim siz bilan.

O‘zgam,o‘zgacharoq ketdingiz bu gal,
Na ortga boqdingiz, na oldingiz tin.
Allohga shukurki, bu ketishdan ham
Bir xayr qidirdim.

Har bitta so‘roqning rizosi bordir,
Ketish va qolishdir bizni o‘rtagan.
Faqat iltijoyim: million yildirki,
Duolarim qursin sizni so‘ragan.

O‘zgam, ketishingiz go‘zal naqadar...

Gulzoda O'rinboyeva

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nishondasiz

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas.
Bir mahalla nigohni ko‘rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.

Sadoqatmi? Kimga kerak u?..
Behudadir ko‘zyoshing seli.
Yulduz boiib yog‘ildi bir sas:
U - begona. U endi kelin...

To‘y — bu asli badjahl ota,
Baxtli bo‘lsin qizim degani.
Uni senga bermasman, bo‘tam,
Tirik ekan ko‘zim degani.

Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Qonimda bir g‘ashlik o‘rmalar.
Men olovga otarman endi
Yuragimni qiyma-qiymalab...

Yoqa ushlab qolsin ko‘rganlar,
Olovlarga otdim uni, bas.
Yonib ketsin chirsillab qalbim,
Sevish kerak, yashash shart emas..!

“Yoshlik” jurnalining 1983-yilgi 8-soni.
Muhammad Yusuf she’rlari.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#shoir_qalbi

* * *
Ey, Ishq, tovoningda yanchilgan xasman,
Bo‘yla, bu ozurda holima mastman.
Tomchiday to‘kildim, qorishdim yerga,
Man – hu-uv samodagi Nurga havasmand.
Suydim Miysoq otlig‘ musallam onni,
Yashil tuproq qolib, zangi osmonni.
Paymonamiz limdur, yo‘llasin sovchi,
Kelsa, “suyunchiga bergaymiz jonni”.
Ey, Bir, olam yo‘qdir, bir sen atosan,
Noshud bandalarni o‘ynab yotosan.
Illo, shu bepisand nazzorangga hamd,
Muqaddam-u boqiy, buyuk Yaktosan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

Axtam devona

Axtam devonaning didiga qoyil!
Devona Mashrabdan gʻazal oʻqiydi.
Kuni, huv, tollarning tagida oʻtar,
Tolning chivigʻidan savat toʻqiydi.

Eski choponini egniga ilib,
Koʻchadan oʻtadi qilib xirgoyi.
Bilmam, yolgʻizligi sabab boʻlibmi,
Qishloqda nom oldi jinni, savdoyi.

Hamma yaxshi tanir Axtamqul cholni,
Axtam devonani hamma taniydi.
Suv keltirib bersa, qanday yaxshi-ya!
Oʻtinlarni yorib bersa qaniydi.

Oʻttiz yil haydagan traktoriga
Mehri tushib qolgan boʻlsa kerag-ov.
Gʻildirak loyini silab yigʻladi
Hujjatlarni soʻrab kelganda birov.

Tanishi yoʻqmikan borib aytgani,
Nega yum-yum yigʻlar kirib shu yoshga.
Axtam devonaning, Axtam jinnining
Tanishi yoʻq edi… Xudodan boshqa!

Kumush Abdusalomova

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

Besehr ertak

Biz uch og‘a-ini edik,
Qo‘shchi edik mehnatkash.
Akam bir kun yer timdalab, Zerikdimi, dedi:— Bas!..
U sehrli daryo suvin
Ichaverdi simirib...
Daryo bo‘lib ketdi akam,
Qirg‘oqlarni yemirib.

Biz uch og‘a-ini edik,
Mehnatda edik fido.
Ho‘kiz quvib charchadimi,
Ukam ham bir kun — e voh!—
Bir jodugar qush ortidan
Chopaverib adashdi...
Shamol bo‘lib ketdi ukam,
To‘ldirib dala-dashtni.

Daryo bolam — alqar otam,
Shamol bolam — suyunar.
Mening esa shudgor kechib,
Tovonlarim o‘yilar.
Ming yillarki, qo‘sh haydayman — Peshonamda achchiq ter...
Meni ham bir olqang, ota!
Men yer bo‘ldim, ota, yer...

Usmon Azim

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

Qaytish

Qaytaman...
Barmogʻim tegishi bilan
Darvoza uygʻonib, choʻchib yigʻlaydi.
Yoʻlaklar – oyogʻim taftini bilgan
Har bosgan izimga koʻchib yigʻlaydi.

Soyam tik turar-u qoʻlimdan ushlar,
Birma-bir oʻnglanar chap ketgan tushlar,
Kaftimdan don yegan qadrdon qushlar
Charx urib boshimda uchib yigʻlaydi.

Tirilar izma-iz oʻtgan kunlarim –
Xotirga tosh kabi botgan gunglarim...
Koʻnglimdan rang olgan maʼsum gullarim
Koʻzimning yoshini ichib yigʻlaydi.

Ismimni bagʻriga oʻygan daraxtlar,
Soʻng meni yoʻqotib qoʻygan karaxtlar.
Boshimdan sochadi zarrin varaqlar–
Tilla barglaridan kechib yigʻlaydi.

Ostona...
Titranar siniq tovushim:
“Men keldim!”
Boʻshliqqa singar qovushib.
Onamning poy-patak boʻlgan kovushi
Olifta tuflimni quchib yigʻlaydi...

 Nodir Jonuzoq

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

Ijarada

Oy sanoqda,
kunlar sanoqda,
Toʻlab qoʻyish kerak uyga pul.
Bahor kelib boʻldi qishloqda,
Navosini boshladi bulbul...

Nega keldim bu dimiq yerga?
Havosidan qisyapti nafas...
Nahot erkin va erka sheʼrga
Ona boʻlsa shunday tor qafas?

Yuz kun yurmay, yuragim – zada,
Choʻgʻ ustida turganday boʻldim.
Gapning rosti, yorugʻ dunyoda
Ijarada yurganday boʻldim...

Choʻntagimni qoqib ol, sohib,
Olganingga boʻlsang bas rozi.
Faqat, menga mehribon boqib,
Qolishdan gap ochmagin hozir...

Uyimga ketaman...

Bahodir Iso

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

SHIRIN ORZU


Tongdek yorugʻ sheʼrlar yozaman,
Istarasi non kabi issiq.
Yuraklarga kirib boradi,
Yuragimdan boshlangan qoʻshiq.

Guldek goʻzal sheʼrlar yozaman,
Yorishadi tunlarim tongdek.
Oshiq yigit chin sevgi ila,
Yorin yuzin siypalagandek.

Nurdek toza sheʼrlar yozaman,
Lablarimda quyoshning labi.
Odamlarga yoqadi sheʼrim,
Goʻdakning sof kulgusi kabi.

Boldek shirin sheʼrlar yozaman,
Tunga tugib uyqularimni.
Uygʻotadi bir kuni sheʼrim,
Odamlarning tuygʻularini.

Bir sarbaland sheʼrlar yozaman,
Yuraklarim hayratga toʻliq.
Ohanglari onamdek sodda,
Satrlari Vatandek ulugʻ.

Men shunday sheʼr yozmoQim uchun,
Parvonaman tunlari shamga.
Yorim kelib qoʻllarimdan tut,
Qoʻllaringni qoʻygil yelkamga...

Guljamol Asqarova

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nasr

“Yoshlik” jurnalining 1984-yilgi 12-soni.

Murod Muhammad Do‘st "Sovchilik hangomasi"

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavallud

29-sentyabr — yosh iste'dodli shoir Niyatullo Elbek tavallud topgan kun.

Ketdim...
Seni tashlab xayollar bilan,
Ko'klardan tushganding, ko'kka sovurdim.
Va yana javobsiz savollar bilan,
Tirik xotiralar bilan ovunding.
O'tli hislaringni topa olmay tang,
Shamol shivirida hech ne sezmaysan.
Yelkasida pidjak ildirib olgan -
Kimnidir ko'rganda meni eslaysan.

Niyatullo Elbek o'g'li

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Biz hali qaytamiz bu manzillarga,
birda yomgʻir boʻlib,
birda qor boʻlib.
Men kuzak shaklinda qaytaman qaytsam,
Sen qaytsang qaytasan gulbahor boʻlib.

Biz hali qaytamiz, takror va takror
aytilur biz suygan forsiy qoʻshiqlar.
Shunda yoʻlimizga gʻov boʻlmas zinhor
tizzamizdan quyi baland toʻsiqlar.

Biz hali qaytamiz,
qaytamiz ishon,
qaytadi bizlarni tark etgan yoshlik.
Oʻshanda koʻzimdan tomib turar jon,
oʻshanda qalbingdan haydalar gʻashlik.

Biz hali qaytamiz,
xayrlashish yoʻq,
ungacha sogʻinchni yopinib yurgin.
Sen axir kuchlisan, to kelgunimcha
koʻnglingni bir oʻzing koʻtarib turgin.

Biz hali qaytamiz bu manzillarga,
gohida yoʻq boʻlib,
goho bor boʻlib.
Men yomgʻir shaklinda qaytaman qaytsam,
Sen qaytsang qaytasan oppoq qor boʻlib...

Orifjon Komil

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#shoir_qalbi

Sevgi


Ko‘kka sig‘di,
yerga sig‘di,
bir uyga sig‘di,
bir satr,
bir chizgi,
bir kuyga sig‘di,
bir qatra,
bir qadah,
ko‘zaga sig‘di,
jussaga,
g‘ussaga,
bo‘saga sig‘di,
bir lahzaga sig‘di,
ming yilga sig‘di,
ko‘zga sig‘di,
ko‘ngilga sig‘di,
bir inja kiprikda qalqib turdi u,
shunda ham esini yig‘madi:
aqlga sig‘madi,
aqlga sig‘madi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xotirot

Keksa qayrag‘ochning ildizin ochib,
Tortdilar qo‘sh arqon solib beliga.
Ammo u tuproqqa panjasin sanchib,
Sira qo‘zg‘almasdi ungan yeridan...

Erkin Vohidov

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Faqat bolaga oʻxshagan odamlargina chindan seva oladi.

📚 Siddhartha
✍Hermann Hesse


@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xotirot

Bir qarasam, do‘st-u yordan ko‘nglim to‘qday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yo‘qday...

Abdulla Oripov

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Kulishni bilmaydigan odam - baxtsiz odam. Yig‘lashni bilmaydigan odam esa ikki hissa baxtsiz!

O‘tkir Hoshimov
"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"


@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavallud

25-sentyabr – Aziz Said tavallud topgan kun!

Oʻn besh yoshda edi u,
– Dada, nega sizlar jim yashaysizlar?
Bu dunyoni tozalash kerak
Xudbinlardan, muttahamlardan,
Axir, ular
Bitta ham sheʼr bilishmas yoddan.

Oʻn sakkiz yoshda edi u,
– Dada, hamma savollarni bilardim,
Aytdim.
Nega oʻqishga qabul qilishdi, menimas,
Qudrat magazinchining qizini?
U bitta ham sheʼr bilmaydi yoddan.

Yigirma bir yoshda edi u,
– Muhabbatni men sevardim-ku,
U ham sevardi, koʻzlari aytardi.
Nega kelin boʻldi raisimizga?
Axir oʻgʻli bitta ham sheʼr bilmaydi yoddan.

Yigirma toʻrt yoshda edi u,
– Dada, boshligʻingiz bilan janjallashibsiz,
Nima keragi bor, tinchgina uzaylik toʻyning qarzini.
U... bitta ham sheʼr bilmasdi yoddan.

Aziz SAID

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xotirot

Eskirgan tuyg‘uning qismati ham shu,
Shart emas bu holga yoqa yirtmoqlik.
Muhabbatning sharti jim termilmoqdir,
Muhabbatning sharti emas yetmoqlik.

Guljamol Asqarova

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hikoya

To‘xtasin


Bu qishloqqa ilgari kelmaganman.
Hozirgi zamonda bir joyga borish muammo emas. “Damas”chilar xohlagan joyingizga eltib qo‘yadi. Ko‘zlangan manzilni va yozilajak maqolamning bosh qahramoni – cholni topish qiyin kechmadi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Taqdirdan qocholmaysan. Qochdim degan yering ham taqdirdir.

Shams Tabriziy

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mujda

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Bizga juda kam vaqt berilgan. Hech kim qancha yashashini bilmaydi, buni men ham bilmayman, lekin yoshligimda imkon qadar ko'p narsaga ulgurishim kerakligini his etyapman.

📚"Stiv Jobs"
Uolter Ayzekson

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xotirot

Bu yo‘llarda mendan keyin ham
Yana kimdir tentirar behud.
Kim bo‘lar u, agar men bilsam,
Oyog‘iga keltirgum sujud...


Asqar Mahkam

@yoshlikjurnali

Читать полностью…
Подписаться на канал