#iqtibos
O‘zbak qayerda tavallud topadi – ana o‘sha yerda o‘ladi! O‘zbak o‘z el-yurtida o‘ladi! O‘zbak o‘z o‘lan-to‘shagida o‘ladi! O‘zbak - ana shunday o‘zbak!
📚 "Otamdan qolgan dalalar"
✍ Tog‘ay Murod
@yoshlikjurnali
#iqtibos
Bahor devorlarning oftobroʻyo etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor goʻristondan boshlanadi. Ilk maysalar mungli doʻppaygan qabrlar yonboshidan unib chiqadi. Toʻngʻich chuchmomalar eng avval sukutga choʻmgan qabriston ustida mayus qoʻngʻirogʻini chaladi. Bagʻri qon qizgʻaldoqlar birinchi boʻlib mana shu yerda ochiladi.
✍️Oʻtkir Hoshimov
📖 Dunyoning ishlari
#yoshlikjurnali
#iqtibos
Choʻqqiga olib chiquvchi yoʻllar qanchalar koʻp boʻlmasin, inson u choʻqqini bir doʻstning yordamisiz aslo zabt etolmaydi.
✍Yeji Koshinskiy
📚“Rangin qushcha”
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
***
Quyoshga borini yutqazar kunduz –
(bir soyaga mushtoq yaproqning
umididek puchdir hozir yomgʻir haqda oʻylamoq)
Mana, koʻz yoshlarim, istagancha ich.
Oʻz ichiga choʻkib boradi kecha –
(bir gʻunchaning sigʻmagani kabi
gulkosasiga
tarang tortilar koʻngil)
Choʻkma, choʻksang, yuragimga choʻk.
Qush tilin tushunmas daraxtlar –
(almisoqdan qolgan soʻzlarni
chaqadek sanaydi tonggacha shahar)
Senga Sulaymondan xabar bor, ey, Qush.
Tobora bugʻlanib kichrayar anhor –
(oʻrgimchak toʻr toʻqir qiz sochlaridan
taqdirning hukmiga boshin egar qiz)
Qoʻrqma, toʻldirib beraman iztirob bilan.
Bundan tashqari, Bir Sheʼr xira tortar yozilmay –
(zulumotga oshiq gung baliqlarning
tasavvuri yoʻqdir parvoz haqida)
Seni kimdir yozsin, endi kelmas u.
Bashorat Otajonova
@yoshlikjurnali
#abadiyat
“Yoshlik” jurnalining ilk soni.
Halima Xudoyberdiyeva she’rlari.
@yoshlikjurnali
#tavallud
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Nedir yetishmaydi,
nedir ortiqcha,
Nelardir ko‘ksimda turibdi titrab.
Yuragim sendayu, bilmayman hanuz,
Ichimdan yana ne bormoqda sitrab?
Cho‘kib ketaverdim ko‘zim yoshiga,
Izimdan soyadek qolmadi g‘urbat.
Nigohing har tunda quchib, men bilan,
Azobda yanchilib chiqdi muhabbat.
To‘qnash kelavergach har kuni senga
Hislarim zinadan ketdi qoqilib.
Seni topolmayin sovuq xonangdan,
Xavotir men bo‘lib chiqdi otilib.
Qush bo‘lib uchsamu cheksiz samoga,
Qayta tutashmasa, senga yo‘llarim.
Ming yil sog‘inchingdan ichikib yana,
Kaftin ochib qolsin mayli qo‘llarim.
Shomda ham to‘xtamas qushlar chug‘uri,
Hasratlarim esa tindi bo‘g‘zimda.
Sevgilim, qaragin, sening sevgingmi,
Chaqinday chaqnagan mening ko‘zimda?!
Bibigul Adiyeva
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
Qachondir suv kelar behizorlarga,
Burungi o‘g‘ridek devordan oshib,
Men senga atirgul, chechak tutarman
Bir bahya tikanlar ketar qonashib.
Bu tong kecha kabi sokin va jim-jit,
Qiqirlab kulasan, tolmaydi labing.
So‘ng uyga qaytasan, shoshib, entikib,
Ibodatga qaytgan kampirlar kabi...
Ko‘nglimni so‘ramay ketasan, ko‘nglim –
Hali qushlar uchib, yetmagan qirg‘oq.
Ilonlar chirmashgan koshonalarga
Mendan sovchi bo‘lib borar qaldirg‘och!
Men senga yetishga ulguray, armon,
O‘tib ketmasaydi umrimning yarmi,
Axir, men yashashga nomus qilarman
Laylak tashlab ketgan baxtlarni!
Humoyun FATTOH
@yoshlikjurnali
#dolzarb
"Yoshlik" yosh ijodkorlarning minbari, u orqali xalqimizning iste'dodli farzandlari ijodi bilan yaqindan tanishib borish imkoniyati bor.
Shunday ekan, keling, jurnalimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini adabiyot ixlosmandlari orasida ommalashishiga o'z hissangizni qo'shing!
TAKLIFNOMA
18-sentabr kuni soat 16:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir hamda “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz.
@yoshlikjurnali
#nazm
Dasht haqida ballada
Tog‘lar kichraydi, pasaydi osmon,
Yashab bo‘lmaydi-ku axir engashib.
Jo‘nadim balandroq osmonlar tomon,
Ortimdan Boysunning dashti ergashdi...
Usmon Azim
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
SHAHAR BERDIM, XABAR BER
Vasfing goʻzal yor sani,
Ishqim ayondir mani,
Yetishmoqqa yoningga
Bir yoʻl koʻrsat borgani.
Ishq sachratding dilga san,
Sheʼr undirding tilga san,
Yolgʻiz oʻzing bilgaysan,
Bir yoʻl koʻrsat borgani
Har zarrangga oshiqman,
Va marrangga oshiqman,
Tonglari isming yangrar,
Bir jaranggga oshiqman.
Insofi yoʻq yor sanim,
Yoki koʻngli tor manim,
Mayli koʻksim yor manim,
Bir yoʻl ko‘rsat borgani.
Olisda sirlardasan,
Koʻz olar nurlardasan,
Bu qaro yerlardan ham,
Bir yoʻl koʻrsat borgani.
Kaft chizigʻi yoʻlmi yo,
Yaqin ekan, yor, samo!
Har zarramda borsano,
Bir yoʻl koʻrsat borgani!
Dilyoritgich qamar ber,
Mayli, kun, ber sahar ber,
Shahar berdim, xabar ber,
Manzilingga borgani.
Niyatullo Elbek oʻgʻli
@yoshlikjurnali
#adib_ijodxonasi
Taqiqdagi kitobxonliklar
Aqlimni tanib otam rahmatlining qo‘lida ketmon ko‘rganman. Dalada ishlardi, g‘o‘za sug‘orardi. Aslida, degrezlar avlodidanmiz, qozon quyardik, omochga tish yasardik, deganlari esimda. Otakasbni nega davom ettirmaganining sababini ancha keyin tushunganman.
Onamga kelsam… Samarqandning Xo‘jandi guzarida tug‘ilgan. Otasi Shirinxo‘ja bobomiz madrasa ko‘rgan kishi bo‘lgan. Biroq zamona ko‘tarmagani sabab ilm-u iqtidorini oshkor qilavermagan.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#hikoya
Eshik ortidagi odam
Atoqli yozuvchi, ustozim Sobir O‘narning
porloq xotirasiga bag‘ishlayman.
Muazzin xuftonga azon aytgan payt.
Masjid yonidagi uyda sham bir qatim nur taratayotgan palla.
Uy ichidagilar chuvillashib, urushib-talashib – yoqama-yoqa bo‘lib, ba’zida xandon otib kulib, ba’zan hovuri tingan po‘rtanadek tin olib, eshikni kimdir taqillatayotganini sezmadi.
Ular eshik ortidagi kishining kimligini, qandayligini, ichida nedir dard-u hasrati, aytar gapi, ehtimol, uy ichidagilarga asqotar ko‘magi borligini bilishmadi.
Ular uchun tashqaridagi odam tamomila mavhum, ehtimol, o‘tkinchi bir kishi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#kun_tarixi
12-SENTYABR — SHAVKAT RAHMON TAVALLUD TOPGAN KUN
QASAM
Shavkat Rahmon degan
bir o‘jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim ma’nisin juda ko‘p o‘ylab,
sayladim so‘zlarning
saralarini.
Har bir so‘z
yuz so‘zning o‘rnini bosar —
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so‘z yetajak yuzta umrimga,
har biri baxsh etar
ruhimga shodlik.
Hozirlik ko‘rarkan buyuk safarga,
pushtirang pardali minglab darchadan
mo‘ralab o‘tirgan go‘zal so‘zlarni,
qoldirib ketaman endi barchaga.
Aslida atirgul bo‘yin taratgan
bu o‘ynoqi so‘zlar menikimasdir.
Menga nonday zarur, qilichday keskir,
zaharday mard so‘zlar bo‘lsayoq basdir.
Sayladim so‘zlarning saralarini,
kurashlar shamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman,
endi har narsa —
egilgan narsalar tegar g‘ashimga.
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim,
tokim buyuk tog‘lar saltanatida
egilgan boshlarni
qilichlar kessin.
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
Xomush daraxtlarni quchib qoʻy bir-bir,
Baxtsiz kuzaklarning koʻngillarin ol.
Gullarni sazoyi qilmoqda kimdir,
Buguncha ularning yonlarida qol.
Avayla, quyoshning rangpar nurlarin,
Keyin huv yigʻloqi osmonni ovut.
Alvon yaproqlari oʻt qalab ketgan
Lov-lov yonar bogʻlarni sovut.
Erkala, qushlarni, ohularni jim,
Meni qanday suysang shundayin suygin.
Harir mezonlarda dildirab turgan
Moychechaklar boʻyiga toʻygin.
Balki bu ularning soʻnggi ifori,
Bahor kelgunicha bormizmi, yoʻqmi?
Unutma ma'sum teraklarni ham
Koʻzlaridan oʻpib qoʻy, xoʻpmi?
Mashhura Alimardon qizi
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
Yomg'ir ne?!
Ko'k qizin hislari.
Ishqni-da rad etgan havosi.
Qidirib oshig'in izlarin
Zaminga yog'ilgan xavotir...
“Yoshlik” jurnali 5-son
✍Rayhona Davronova
🎤Sitora Naimjonova
@yoshlikjurnali
#xotirot
Ketishim shart edi, na iloj ketdim,
Yolg‘izlik qa'rida qoldirib seni.
Shu ma'yus ko‘zlarga jo bo‘lar endi,
Tun degan azobning bo‘yi va eni...
Omon Matjon
@yoshlikjurnali
#tavallud
20-sentyabr – yosh iste'dodli shoir Humoyun Fattoh tavallud topgan kun.
Ozodaga
Qo‘shtepa,
ko‘chalar olmali, qushli,
Erta kirib kelar, kuz – sohibjamol.
Har doimgidan ham esmoqda kuchli,
Demak, sochlaringni sog‘ingan shamol!
Kuylagim kelyapti, tevarak jimdir…
So‘zingni hijjalab etaman tafsir,
O‘zgarib ketadi butunlay tarhim,
Men – shoirman, suyun batafsil,
Men – shoirman, baxtingga qarshi.
Cheti uchib ketgan ko‘nglimni sindir…
Tasbehli qo‘llarda uzatilar may,
Bir qultum ichmayman, va’dami, va’da.
Masjiddan chiqaman ibodat qilmay,
Kechir, qo‘llaringni qaytardim, qadah!
Yig‘lagan men emas, rubobdir, simdir...
Chekinma, men cho‘kdim chekingan sari,
Necha yil men sorig‘ o‘tdim bahordan.
Ishongin, qoshingga bir kecha g‘arib,
Ishongin, qoshingga ulug‘ shahardan
Shaytonga gul otib, qaytadi kimdir...
Humoyun Fattoh
@yoshlikjurnali
#xotirot
Yetmish yulduz yog‘ilib,
Yarim oycha to‘lolmas.
Yetti yanga yig‘ilib,
Bitta ona bo‘lolmas...
Muhammad Yusuf
@yoshlikjurnali
#shoir_qalbi
Shunchaki...
U menga “Gʻururing bormi”, deb aytdi.
Rostdan ham gʻururim bormi, meni?
Oshiqlarda gʻurur boʻlarmikan?
Uchratsam soʻrardim Majnundan,
“Sahrolarda nega tentirab yuribsiz,
Ogʻa, gʻururingiz bormi, sizni?” deb.
Shayx Sanʼondan soʻrardim.
“Nega bu ostonalarda tuproqqa
belanib yotibsiz, shayxim? Turing,
Gʻururingiz qani, sizni? deb...”
Zulayxodan soʻrardim
Nega Yusufni taʼqib etasiz, malikam
Gʻururingiz qani sizni, deb?..
“Gʻurur”, “Ishq” bir-biriga mos kelarmi bu soʻzlar?
Oshiqlarning kuygan qalbidan boshqa
yana nimasi bor?
Qalbki ishgʻol etilgan.
Sarhadlari buzilgan...
Lashkarlari tor-mor boʻlgan,
Mustamlaka qalb...
Oʻzidan tongan, faqat Unga tobe boʻlgan qalb.
Maʼshuqlar qanday baxtli,
Sevilish qanday saodat.
Kim sevilgan boʻlsa Tangrining nazari
tushgan boʻladi, deyishadi.
Oshiq kim unda?
Ehtimol kim koʻproq ishqdan aziyat cheksa,
Kim koʻproq suysa, oʻsha oshiq sanalar.
Demak, koʻproq suygan, koʻproq azob chekishga mahkum.
Bu yoʻldan allaqachon ketmoqchi edim,
Ammo ishon qoshindan hech qayerga ketolganim yoʻq.
Necha bora qasamlar ichdim.
Oʻzing ayt qanotlari kuygan parvona
Shamning poyidan boshqa
Qayerga ham borardi.
Toki hamon oshiqman,
Hamon ojizu notavonman.
Mudom oyoqlaring ostida xorman...
Gʻururim bormi, mening gʻururim..
Muhammadsiddiq RAHMATOV
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#nazm
To‘ldiraman har kun kamini,
O, naqadar o‘chman hashamga.
Hayot bari jonzotlarini
Dafn etar mening jussamga.
Xosiyat Rustamova
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
Inson umri davomida yoʻl qoʻygan eng katta xatolarga muhtojlik tufayli qoʻl uradi. Pulga muhtojligi tufayli emas, mehrga muhtojligi tufayli...
Xayrli kech.
Shahobiddin Luqmon
@yoshlikjurnali
#iqtibos
Ha, bu olamni faqat muhabbatgina yangilab, tozalab, uygʻotib turishga qodir ekan.
”Qoʻrqma”
Javlon Jovliyev
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
KECHIKKAN SHEʼR
— Kofe ichasizmi? Qanaqasidan?
— Biroz shirin boʻlsin... tabassum bilan,
Yashil boʻlib koʻrinasiz va
Yomgʻir hidi keladi Sizdan!
Soʻng sukut choʻkadi, ogʻriqli sukut,
Soʻzga zor qoldirib til-zabonimni
Xudo koʻrsatmasin, sevib qolsangiz,
Qandayin asrayman mitti jonimni?!
Barcha xayollarga berasiz tartib,
Sogʻinchingiz biram koʻrkam, azizim.
Qishdan qanday chiqdi koʻnglimiz, bilmam,
Koʻzimizni ochsak koʻklam, azizim...
Umid bilan bogʻlab ertangi kunni,
Ikki manzil aro yashaymiz, garchand.
Hali uygʻonmagan tonglarimiz koʻp,
Hali sevilmagan Quyoshlar qancha...
Biz kimmiz, sevgida ustoz koʻrmagan,
Tajriba yigʻmagan shogirdday goʻyo.
Xat yozsa, barmogʻi hayajonlangan,
Goʻzal oshiqlarni unutgan dunyo...
Nihoyat tarqaydi sukutlarimiz,
Entikib yugurgan yurak sasidan
... va sekin soʻraysiz, jilmayib, kulib,
— Kofe ichasizmi? Qanaqasidan?
Kumush OʻSAROVA
@yoshlikjurnali
#tavsiya
Yosh ijodkorning murojaati:
“Yoshlik”ka qanday chiqsa bo‘ladi, dedi.
Xodimning javobi:
Narvonda yoki osilib chiqasiz…
(Karikatura muallifi: Mahmud Eshonqulov)
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#tavsiya
– Ey kamandir, men “Yoshlik” jurnalini o‘qishim kerak. Unda bugungi yoshlarning asarlarini mutolaa qilib boraman!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#shunchaki
Hozir qaysi adabiy nashrni o‘qiyapsiz, degan so‘rovnoma qildik! Kuzating, xulosa sizdan!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Xotira
Shoirning she’rlari istibdodga, zulmga, yolg‘onga qarshi qayralib, billurlashib ketgan kristallga o‘xshaydi; yorug‘likka, erkka, ozodlikka intilib, toshni yorib o‘sgan metin irodali giyohga mengzaydi. Nazarimda, shoirning shaxsi – faoliyati ham, ijodi – asarlari ham siqiq, biqiq qirg‘oqning temir irodasiga qarama-qarshi oqib, qarshilik, zidlik tufayli tiniqlashib, shaffoflashib ketgan pok suvlarga o‘xshaydi.
Salim Ashur
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Tarmoqlarda alifboning dastlabki koʻrinishi quyidagi shaklda tarqala boshladi
Turkiy mamlakatlarning umumiy alifbosi qabul qilindi.
Bakuda Turkiy dunyoning umumiy alifbosi boʻyicha komissiyaning 3-yigʻilishi yakuniga yetdi. Unda 34 harfdan iborat umumiy turkiy alifbo tasdiqlandi.
Yigʻilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo barcha mamlakat vakillari ishtirok etdi. Unda 1991-yil olimlar tomonidan taklif qilingan, lotin yozuviga asoslangan alifbo boʻyicha dastlabki loyiha qayta koʻrib chiqildi.
Yangi alifboning har bir harfi turkiy tillarda mavjud turli fonemalarni aks ettiradi.
@yoshlikjurnali
#mehmon
“Yoshlik”da to‘laqonli a’zo bo‘lib ishlash nasib etmagan
Hayotimda yoshlik so‘zi bilan bog‘liq shirin xotiralar ko‘p. Atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning “Yoshlik devoni”, boshlovchi shoir va adiblarning ilk asarlari jamlangan to‘plamlar – “Yoshlik” almanaxlari, teleradio kanallarimizning “Yoshlik” studiyalari orqali berib borilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar…
Ko‘ngli ko‘k bilan bo‘ylashgudek orzularga to‘la yangi nomlar, yangi iste’dodlar va ularning panjasiga panja urib, shu qatorda o‘zni ko‘rmoq istagi…
👉davomi...
@yoshlikjurnali