yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

📚”Dardisar”

“Qachondir Samarqand oshi bilan vodiy oshi oʻrtasidagi farqni ilmiy jihatdan oʻrganib chiqaman. Fizika hamma narsaga qodir. Oʻshanda koʻrasiz, qaysi osh zoʻrligi haqidagi bahslarga nuqta qoʻyiladi. Oʻylab qarasam, bizga eng kerakli ilm shu ekan…”

Xurshid Abdurashid

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

SEVAMAN

Saharda miltirab turgan yulduzni,
Yulduzni opichlab otgan kunduzni,
Kunduzdan yuzlari yorishgan qizni
Sevaman!

Kechaning holini bilmaydi qamar,
Kecha ham quyoshdan emas boxabar,
Quyosh shu zaminga tekkunga qadar
Sevaman!

Sevaman, koʻksimda jon bor tabiiyki,
Sevib sevilish ham Xudoning mulki,
Mening avvalim shu, oxirim shuki,
Sevaman!

...Poyimga xazonlar toʻshagan kuzni,
Xazonda yer chizib qaragan koʻzni,
Azizam, tushuning, men sizni, sizni
Sevaman!

Masihulloh

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hajviya

Valine’mat

Tabiatimdagi tortinchoqlikni bir amallab yengib, general Shmigalovning kabinetiga kirdim. General stol yonida o‘tirar va qartada “kapriz de dam” usulida fol ochardi.
– Nima xizmat, azizim? – muloyimgina so‘radi u, ishora bilan kresloga o‘tirishga taklif etarkan.

👉davomi...

(Rus tilidan Oybek MO‘MINOV tarjimasi)

(Karikatura muallifi Mahmud Eshonqulov)

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Arxivdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hikoya

Tufli


– Dada!
– Ha, nima deysan?
– Bigizni ko‘rmadingizmi?
– Yo‘q. O‘zi nima qilmoqchisan bigizni?
– Tuflimni tikib olishim kerak, tagi ko‘tarilib qolgandi.
– Tunov kuni bozordan olgan tuflingmi?
– Ha, o‘sha. Kecha jismoniy tarbiyadan futbol o‘ynagan edik, bir martagina to‘p tepganimni bilaman, tuflimning og‘zi to‘pga tegar-tegmas ochilib qoldi!

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kim_nima_deydi

Ustoz shogirdlariga shunday dedi:
– “Yoshlik” talashib-tortishib o‘qiladigan jurnal. Kim uni mutolaa qilsa, aqli teranlashadi va yosharadi…

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xotirot

Garchi shuncha mag'rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo'l, hatto bir qadam
O'tma g'urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O'par doim peshonasidan.

Erkin Vohidov

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tarjima_hikoya

Qotil

– Hayotimiz qanchalar o‘zgarib ketdi – o‘ylashning o‘zi qo‘rqinchli! Ancha ilgarimidi? Bundan besh yilcha avval rus jamiyati birgina zo‘ravonlik haqida eshitib qanchalar dahshatga tushar va xavotirlanardi. Posbonlar qamoqda amaldorlarni do‘pposlar, zemstvo boshlig‘i esa talabani hurmatsizlik qilgani uchun qamoqqa olardi.

👉davomi...

Rus tilidan Dilnoza Yusufaliyeva tarjimasi

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#sheʼriyat

Nafrat eski, muhabbat eski,
Dard eskidir, tabobat eski,
Borliq menga tobe emaski,
Xudolikka daʼvo aylasam.

Nay eskidir, navo ham eski,
May eskidir, mavo ham eski,
Har ishq degan roviy emaski,
Tariqatin bajo aylasam.

Din eskidir, diyonat eski,
Vafo eski, xiyonat eski,
Qarshimdagi Usmon emaski,
Oʻzni tiyib xayo aylasam.

Vazn eski, turoq ham eski,
Koʻksimdagi firoq ham eski,
Bu gaplarim yangilikmasku,
Shoirlikka daʼvo aylasam.

Ravshan Haqmurod

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#paralimpiya

Sherzod Namozov — ikki karra Paralimpiada chempioni

Parij Paralimpiadasida para dzyudo bahslarida Oʻzbekiston dastlabki medalini qoʻlga kiritdi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xotirot

Yoshlik chogʻim edi, shoʻxligim tutib
Ismim oʻygan edim bitta terakka.
U ham jarohatday ketibdi bitib,
U ham yuksalibdi mensiz yuksakka
.


Abdulla ORIPOV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nishondasiz

Izoh sizdan!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mutolaa

Fikrlayotgan inson iztirobi


Muallif insoniyat yo‘lini yaxlit holda tasavvur etishga urinadi. Asriy mezonlar, qadriyatlarni puchga chiqarishga urinayotgan “Yangi inson” bilan bahsga kirishadi. Uni o‘zgacha rakursda badiiy talqin etadi. Shoir “Yangi inson”da odamzodni tobora o‘z o‘pqoniga tortayotgan, mahv etishga urinayotgan fojialar girdobi va ertaga hammaning “yangi inson”ga aylanish xavfi xususida yozadi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Kunlar qorong‘udir, oqshomlar sassiz,
Rango-rang yillarni butkul unutdim
Qaro bir kulbaga berkinib hissiz,
Badbaxt sharoblarni gazaksiz yutdim.

Tutdim barmoqlarda qadahni epkin,
Kaftimda jon berdi oppoq duolar.
Boshsiz quloqlarga so‘zimni ekdim,
Qay eshikka ensam qaytdim Xudolab.

Vidolar o‘qidim sevmang meni bas,
Oshiqlik – o‘limga ichilgan qasam.
Boqmagin nigohim qaro bir qafas,
Bu qafas dunyodan uzar darg‘azab.

Mudroqman o‘ngimda siyo daryolar,
Sug‘orar qarolik to‘kin yerlarni.
Uyg‘otgin sug‘urib olay xulyodan,
Tushlarimda ungan oppoq she’rlarni.

2024

O‘lmas Raimqulov

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

Men senga qo‘shilib yig‘lay olmasman,
Faqat bosh egaman qayg'ungga so‘zsiz.
Men senga talpinib, aslo tolmasman,
Men seni sevaman, yig‘layotgan qiz!

Yo'ldosh Eshbek

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

Ikki koʻngil birlashgan joy - ufq
Quyoshni-da yoqib yuborgay.
Shunga dunyo oʻt olmasin deb,
Bizni Xudo ayro yuborgan...

Ketsam,
kuyma...
ishqimiz xolis,
Yurak doim hamohang urar.
Bizning ushbu ayriliq bois
Ikki dunyo bogʻlanib turar!

Shukur LATIF

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

📚"Qarzga olingan umr"

Ayrim odamlar juda kech ketadi, ayrimlar esa aksincha — juda erta. Vaqtida ketganga nima yetsin...

Erix Mariya Remark

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#saboq

So‘zlarini o‘ylamay turib gapirgan kishi, olgan javobidan xafa bo‘lmasin!

Mavlono Rumiy

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xotirot

Qaltis lahzalar bor —
dosh bermak mushkul,
biroq chidaganlar tirik xotirda,
goho elitarlar — nafasi mushkin,
goho ko‘rinarlar ko‘zingga tig‘day.

Shavkat Rahmon

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nigoh

8-sentyabr – Rasul Hamzatov tug‘ilgan kun!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

KETISH

Gumon ko‘ylagining yoqalarin yirt,
Ro‘yoga yo‘liqqan darvesh tashnaman,
Yetmish ikki tomirim uzilar chirt-chirt,
Sen haqingda o‘ylay boshlasam...

Ayqirib kelyotir sog‘inch ajdaho,
Ko‘kka o‘rlab-o‘rlab aytib bayotin,
Poklikka singishib mezonlar aro
O‘chmadi yoding...

Fasllar libosin yechdi erinmay,
Ishqimiz bitilgan teraklar o‘sdi
Daryoga to‘kilgan tomchidek inmay,
Taqdir yo‘l to‘sdi...

Yozsa adog‘i yo‘q so‘zlardan dil ziq,
Somon yo‘llar aro pastlab ketdi yer,
Isming – yuragimga tortilgan chiziq,
Manglayimda ter...

Muallaq bir navo allalar tanni,
Shovqinli sukutga to‘ldi o‘ng-u so‘l,
Omon bo‘l, unutma, qalbi vatanni,
Sevgilim, oq yo‘l!

Latofat Amirova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Talantli shoir Bahodir Jovliyevdan she’r.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hikoya

Beshik


– Ismatvoy, hoy Ismatvoy!
Tongda ko‘cha tomondan kelgan chaqiriq beshiksoz ustaga odatdagidek yoqimli eshitilmadi. Shoshib ovoz berish o‘rniga uy ichidagi divanda biqinib yotganicha boshidan choyshabni sidirib, ko‘zlarini arang ochdi. Chuqur ufladi. Yuragi siqildi. Yana yuzlarini yopib, yonboshiga ag‘darildi. Aksiga olganday tag‘in kimningdir tovushi qulog‘iga chalindi. Bu gal erkakniki emas, ayolniki edi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#paralimpiya

Husniddin Norbekov — 3 karra Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻlgan ilk oʻzbekistonlik sportchi

Delegatsiya bayroqdori Paralimpiya rekordini oʻrnatib, Oʻzbekiston delegatsiyasiga Parijdagi 8-oltin medalni keltirdi!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ruhfaryodi

PANTOMIMA UCHUN SYUJET

Ishonmassan bu gapga, doʻstim,
Gunglarda ham zabon boʻladi.
Tilim mening – shu ikki qoʻlim,
Ular yigʻlar, ular kuladi.

Oʻxshamaysan yomon odamga,
Yaqinroq kel, tishlab olmayman.
Sigʻmayapman bugun olamga,
Bilasanmi, sevib qolganman!

Mana, bunday uning yuzlari...
Mana, bunday uning koʻzlari...
Mana, bunday uning lablari...

Ergashaman soyasi boʻlib,
Afsus, menga qiz qiyo boqmas.
Jerkir, ketar ustimdan kulib,
Balki, unga gungligim yoqmas.

Davrasiga olgani zamon
Madhiyalar oʻqib xushtorlar
Barmoqlarim dodlaydi:
– Yolgʻon!
Aldar seni shakarguftorlar.

Bor olamda shunday bir tuygʻu,
Til bilan ham boʻlmaydi aytib.
Koshki shuni tushunsaydi u,
Yonginamga kelsaydi qaytib.

Qalbim bilan allalar edim,
Erkalardi koʻzlarim sekin.
Ne ham derdim, nima ham derdim,
Zorim boru zoʻrim yoʻq lekin.

Yuraversin u mayli magʻrur,
Men tomonga tushmay yoʻllari.
Balki, endi vasfin bir umr
Kuylab oʻtar shoʻrlik qoʻllarim.

Balki, siylar meni ham taqdir,
Bir kun nomin aytarman dadil.
Jon chiqarda qaytarmish, axir,
Soʻqirga koʻz, soqovlarga til!

Shu tasodif boʻlmasa u kun.
Oʻz “tilim”dan qilmasin judo –
Soʻnggi imo-ishora uchun
Qoʻllarimga kuch bersin xudo:

Mana, bunday uning yuzlari,
Mana, bunday uning koʻzlari,
Mana, bunday uning lablari...

Muhammad Rahmon

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#bu_qiziq

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hikoya

Dog‘

Ertalab yuz-qo‘lini yuvayotgan professor beixtiyor ko‘zguga qaradi-yu, qotib qoldi: uning ikki qoshi o‘rtasida tangadek qora dog‘ paydo bo‘lgan edi.

– Yo, tavba?! – dedi u ko‘zlarini uzolmay, esi og‘ayozdi. Vujudini minglab savollar chulg‘ab oldi: “Bu qanday paydo bo‘ldi? Yo avval ham bormidi? Bor bo‘lsa, nega shu kungacha ko‘rmadim? Yo bir kechada… Ishqilib ketarmikin?..”

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#novella

Demak


Ilm odami uchun qiziq bunday tafsilotlar. Bundan ham qizig‘i, ilm odamining miyasida tasodiflar tufayli sira kutilmagan fikrning namoyon bo‘lishi va undan sizib va balki portlab chiqadigan xulosa! Mushtarovning shuurida ana shunday portlash ro‘y berdi. Yigirma birinchi asr poeziyasi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaganligi va umuman keyingi davr she’riyatidan yaxshi xabardor bo‘lganligi sababli angladiki, Benishon ismli (balki taxallusdir) shoir mahalliy adabiyotda mavjud emas.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…
Подписаться на канал