yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Diqqat!

Yaxshi asarlarni o‘qishdan charchamang!
Jurnalimizni targ‘ib qilib, tekin mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ling!

Kanalimizga:
– 30 ta odam qo֪‘shganga – 2024-yil 3 oylik obuna;
– 40 ta odam qo‘shganga jurnalimiz eski sonlaridan 5 tadan tanlab olasiz;
– 50 ta odam qo֪‘shganga – 2024-yil 6 oylik obuna;
– 100 ta odam qo֪‘shganga – 2024-yil bir yillik obuna;
Siz kanalning taklif havolasini tarqatasiz, va qo‘shilgan odam sizning nomingizdan sekretshot qilib quyidagi havolaga jo‘natadi: @Narzullayevich04

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xulosa_sizdan

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mustaqillikning_33_yilligi

"Vatan chegarasi"

Shodi Otamurod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Fikr

Yozuvchi hamisha xalq tarafida turishi lozim. Xalqqa suyanishi lozim. Xalq dilidan kelib chiqmog‘i lozim. Boisi, xalq mangu yashaydi! Xalq o‘zgarmaydi. Siyosat esa o‘zgarib turadi. Almashib turadi, zamonga qarab, vaqtga qarab...

Tog‘ay MUROD

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Toshkanim

✍Gʻayrat Majid
🎙Mahmud Namozov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Bir quchoq so‘z keltirdim sizga,
Shudringlar solingan so‘z keltirdim.
Iching.
Hovuringiz bosilsin!
Qoshlari qaldirg‘och qanotli qizga,
Oshiq yuragidan sevgi keltirdim.

Tong keltirdim!
Uyg‘oning,
Bolangizni o‘ping peshonasidan.
Quyosh botishini kuzating.
Ma'shuq yelkasiga suyanib,
Ona tizzasiga bosh qo‘yib kuzating ufqni!

Maysani keltirdim!
Tizza bo‘yi maysa,
haydang ko‘nglingizni shu maysazorga.
Bir juft qizg‘aldoqni quchoqlab yoting,
Yetim qo‘zichoqqa non bering qo‘lda,
Ko‘zlari yoshlangan oyni yupating.

Men sizga tonglarni,
kunlarni keltiray,
Keltiray jannatning xush iforlarin.
Hovuchingiz tuting,
sevgi to‘ldiray,
Oppoq bo‘salar-la siylang yorlarni.

Faqat yashang!
kutmang olmaning iltifotini.
Xudoning marhamati shu!
Ketmang onangizni tashlab safarga.
Men barini sizga keltiraman,
Siz esa yashang,
Yashang,
iltimos!

Muhammad Ali G‘afforov

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Adabiyotdan boshqa hech narsa umrni bag‘ishlashga arzimaydi!

Usmon Azim

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

📃Tog‘ o'tirar vodiyda tanho...
✍ Shavkat Rahmon
🎤 Nilufar
Ergasheva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Sog‘inch


Kech kirmayin botibdi,
Quyosh ranjibdi chog‘i.
Yig‘lagandir. Ortibdi
Oyning yuzida dog‘i.

Mo‘ltirar umid sinib,
Nigohi to‘la savol.
Og‘ir-og‘ir xo‘rsinib,
Og‘ir o‘y surar xayol.

Oqshom she’r o‘qir tinmay,
Ko‘k tebranar bir mayin.
Men yana uyqu inmay,
Bedor bo‘lishim tayin...

O‘rtada hijron hakam,
Huvillagan baxt bog‘i.
Kel, axir, sog‘inchning ham
Adog‘i bor, adog‘i.

Nigora MUHAMMAD


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#bu_qiziq

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Hayot

Matonatga qalbim esh bo‘lib,
Orzularim bog‘lasin qanot.
Tashvishlarga sabrim pesh qilib,
Yashamoqqa haddim bor, hayot!

Bir iz qolsin inson ortida,
Ikki umrin qilguvchi obod.
Jonbaxsh etgan zotlar oldida,
Ado bo‘lmas farzim bor, hayot!

Unga chopib, bunga yugurib,
Umrim yelib o‘tyapti, nahot.
Behud o‘tgan fursatlar uchun,
To‘lab bo‘lmas narzim bor, hayot!

O‘zing buyuk ustozsan, beshak,
Har o‘giting bo‘lgaydir imdod.
Umr bo‘yi men o‘rganajak
Hali ancha darsim bor, hayot.

Yaqinlarim ko‘nglin qilib to‘q,
Mehrim izhor qilaman bot-bot.
Kimga yoqar, kimga esa yo‘q,
Shunday yashash tarzim bor, hayot.

Ne sinovlar qarshisida tik,
Borki g‘aming simirdim, hayhot.
Lek yuragim bir burchi kemtik,
Senga shundan arzim bor, hayot

Menga baxtdan qarzing bor, hayot...

Sadoqat Hamrayeva

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#arxiv

Kimlarni taniyapsiz?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#eslaganim

O‘sha qiz kim bo‘ldi?


“Yoshlik” jurnalining tashkil bo‘layotgani haqidagi xushxabar biz – talabalar orasida ovoza bo‘lib ketgandi. Ayniqsa, nimadir qoralab yurgan men kabi o‘spirinlar hayotida muhim bir voqea yuz beradiganday mujda edi bu. Shuning uchun o‘zim ham birinchi sonni intizorlik bilan kutganman. 1982-yili, fevral oyi oxirlarida bo‘lsa kerak, kimdandir bugun jurnalning nishona soni taqdimoti bo‘lishini eshitib, talabalar shaharchasidan Toshkentning ma’muriy markazida joylashgan “Dom znaniye” (hozir bu binoda O‘zbekiston rus drama teatri faoliyat ko‘rsatadi) binosiga hovliqib, elburundan yetib borganim esimda.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#saboq

Dunyoning oxiriga yetdim, deganning zavoli tayin


* * *
Insoniyat tarixida o‘tgan jamiki bosqinlar natijasi – istilo qilingan elni yashashni unutib, tirikchilik qilibgina kun o‘tkazishga ko‘ndirish, bu ikki tushunchaning o‘rnini almashtirib yuborish bo‘ldi. Hozir ham shunday. Bu muddaoni bir bosqinchi qo‘polroq, ibtidoiyroq usullarda amalga oshirgan bo‘lsa, boshqasi juda ustalik bilan, nafsiy-madaniy yo‘l bilan hayotga tatbiq etdi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shoir_qalbi

Bugundan Muhammadali Gʻafforov shoirlar safida.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nigoh

Kim tanidi?

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Iftixor

Kecha “Yoshlik”, bugun dunyo qahramoni!

“Yoshlik” jurnali tahririyati Asila Mirzayorova va butun Oʻzbekistonimizni “Oltin” medal bilan tabriklaydi! Gʻalaba bardavom boʻlsin!

Izoh: Suratdagi sahifalar jurnalimizning 2023-yil 9-10- sonidan olindi.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

***
Lahzalar sudralar, ketish-ku oson,
Millarning millarga ko‘chishiday gap.
Ko‘ksimga bir armon qo‘nar, Xudojon,
Kunlarning kaftiga bosolmadim lab.

U hayot istadi, men-chi tobora
Hislarni sonlarda chaqdim mukammal.
Dildan voz kechaman aqlimga qarab,
Tiriklik sulhiga qilaman amal.

Bu qanday tariqat?!
Bezdim o‘zimdan,
Ko‘nglim kapalakning qanotiday mo‘rt.
Eltaman boshoqni sudrab inimga,
Goho shu boshoqqa sig‘inaman, ko‘r!..

Shundan yurakka ham urayapman do‘q,
Qo‘lingga ol deyman tosh-u tarozi.
Mayli, qo‘yavergin, hayot tabarruk:
Mehrning sinig‘i, qadrning ozi.


Nuriddin RASULOV

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Қизиқ билгилар

ТАХАЛЛУСИ ИСМИДАН МАШҲУР ШОИР-АДИБЛАР


Фурқат — Зокиржон Холмуҳаммад ўғли

Муқимий — Муҳаммад Аминхўжа Мирзахўжа ўғли

Чокар — Муҳаммад Юсуф Муҳаммад Ёқуб ўғли

Ҳазиний — Зиёвуддинхон Каттахожа ўғли Ҳўқандий

Чархий — Асқарали Ҳамроали ўғли

Элбек — Машриқ Юнус

Уйғун — Раҳматилла Отақўзиев

Миртемир — Миртемир Турсунов

Шуҳрат — Ғулом Алимов

Рауф Парфи — Турсунали Парпиев

Садриддин Айний — Садриддин Саидмуродзода

Махсум Горкий — Алексей Пешков

Жек Лондон — Жон Гриффит Чэйний

О Ҳэнри — Вилям Сидней Портер

Марк Твен — Сэмуэл Ленгҳорн Клеменс

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

***

Kuz yaqin,
Olisda otamsiz dashtlar,
Huvillab qolgandir uyimiz kabi.
Qaytib borolmayman,
Kelolmam tashlab...
Uvada tushlarim istaydi ta’bir.

Har kun quyosh silar yelkalarini
Devorda ilingan qadrdon chopon.
Izillab boraman, bir taskin tilab
O, unda hamma jim, hamma bezabon.

Kuz yaqin,
Eskirar saraton dardi,
Hademay o‘t yoqar fasli parishon.
Bilmam, qay tuyg‘ular topsa ham yakun,
Bir sog‘inch yashaydi mahshargacha to
Kuz yaqin...

Madina Norchayeva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#moziy

Kimlarni tanidingiz?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#davra_suhbati

Shakl “zulmi” va izlanish erki

Murod MUHAMMAD DO‘ST:


– Eng yaxshi milliy an’analar adabiyoti­mizning hayotiy kuchini kamaytirmaydi. Ular yozuvchi badiiy bo‘yoqlarini boyitadi, uning izlanishlarini ijodiy istiqbolli yo‘lga solib yuboradi. Yozuvchi o‘tmish yozma yodgorliklaridan juda ko‘p va xo‘p narsalar topadi. Ularda qanchadan qancha shakl imkoniyatlari bor! Turgan gap, faqat ijodiy yondashilsagina. Allaqachon to‘plab, deyarli to‘la nashr etilgan, hamma topib o‘qishi mumkin bo‘lgan dostonlarda hali qo‘l urilmagan boy qatlamlar bor.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#shoir_va_qalb

Yaproqlar sarg‘ayar…


Tushunaman, shartmas, albatta, afsus,
o‘z vaqti-soati bor-ku har damning…
Faqat… nega buncha shoshib kelar kuz,
nega buncha yo‘li uzoq ko‘klamning?

* * *
Nega havas qilmay sobitligingga,
Har bahor qaytadan gullay olmoq – baxt…
Har nechuk, zaminda qadamlarimdan
Sening ildizlaring mustahkam, daraxt.

Ikrom ISKANDAR

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Ushalmas orzular


Senli xayollarni surish ham bir baxt,
Orzu – men hayotdan qochib borar joy.
Shunday ma’vo bo‘lsa: dengiz, tog‘, daraxt,
Bir kulba, bir stol, ikki finjon choy.

Ko‘zlarim ko‘zingdan quvonchlar ichsa,
Shudringday bug‘lansa xatolarimiz.
Diydor sharobidan sarmast ilgichda
Ustma-ust ilinsa paltolarimiz...

Soatlar bo‘lmasa o‘sha makonda,
Adashiblar ketsa hisoblarimiz.
Bir umrga baxtdan masrur javonda.
Yonma-yon terilsa kitoblarimiz...

Sitorabonu SHOMURODOVA

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#otam_zamon_hangomalari


Tilloli boy

Bir xil gap turib-turib eskiradi. Garchi u o‘z vaqtida juda muhim mavzu, hatto boylikka taalluqli bo‘lsa ham. Ehtimol, biz bilgan odamlar, xususan, boylar hali-hanuz, deylik, shu ko‘rimsiz, tog‘ biqinidagi g‘aribgina qishloqda emas, umuman, yer yuzida yashab yurganlarida, ha, falonchi boy falon shaharda, falon mamlakatda istiqomat qilayotgan ekan, piston bolasiga bunday imorat quribdi, unisining to‘yini bundoq o‘tkazibdi, o‘zi bo‘lsa, haramiga yangi olgan ovro‘palik jononi bilan Maldiv orolidagi shaxsiy villasiga ko‘chib o‘tibdi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Kuzga necha kun bor…


Kuzga necha kun bor…O‘nmi yo o‘n besh,
Ayt, barglar qachondan sarg‘aya boshlar.
Mening yuragimda adashgan ishqni,
Nega quritmaydi ko‘zdagi yoshlar.

Axir sekin-sekin qovjirar endi,
Viqor bilan turgan ko‘m - ko‘k daraxtlar,
Kuzdan oldin bizni kutib olarmi,
Kuz kelmasdan avval qurigan baxtlar.

Sarg‘ayib oyog‘im ostida yotgan,
Kuzgi xazonlarmi, ishqmidi yoki,
Sening yo‘laringni kutgan u porloq,
Nigohim sarg‘ayib ketdi hattoki.

Endi yonmayapti mening ko‘zlarim,
Endi avvalgiday porlamayapti,
Ajabo… Zaminda hech narsa meni,
Endi xazonlarday chorlamayapti…

Unutdim…
Kuzga necha kun bor?
O‘nmi… Yo o‘n besh?..

Mahliyo Karimova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

E’TIQOD

Qizaloq ota-onasining yuzini yerga qaratmaslikka tirishardi. Ulg‘ayib, maktabga borgach ham shuni o‘yladi. Bir kuni unga “o‘g‘ri” deb tuhmat qilishganida, endi ota-onasi o‘zini yomon ko‘rib qolishidan qo‘rqib ketdi. Yig‘ladi. Ota-onasiga aybsiz ekanini aytgisi, ularni juda ko‘rgisi keldi…
Axir, qizaloq ularni biror marta ko‘rmagandi.

✍️Bayram Ali

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mujda

Yangi sonimiz muqovasi.
Kitob ko‘tarib turgan shoira qizni kim tanidi?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал