yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

Tartib raqam va medallarimiz soniga bir nazar soling.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Olimpiada kundaligi

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Oʻzbekiston delegatsiyasiga toʻrtinchi oltin medalni taqdim qildi!

Parijdan yana bir xushxabar. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi. Murosasiz ruhda oʻtgan final jangida yurtdoshimiz meksikalik Marko Alvaresni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Ushbu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar ayni paytga kelib 4 ta oltin va 3 ta bronzani tashkil qilmoqda. Tasanno, Asadxoʻja!

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Президент Шавкат Мирзиёевга Марказий Осиё давлат раҳбарларининг Фахрий нишони топширилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#shukuh

Ikki karra olimpiada chempioni Hasanboy DO‘STMATOVga


G‘oliblik supasin yaratib qo‘yding,
Jahonga nur-ziyo taratib qo‘yding
Oltin medal taqib osmon falakka
Yuzimni falakka qaratib qo‘yding!

Sayfullo Qulayev,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Ўзбекистон жамоаси Париж Олимпиадасида 18-ўринга кўтарилди.

Ўзбекистон ҳисобида ҳозирча 3 та олтин ва 2 та бронза медали бор.

Умид қиламизки, бу сафар кучли ўнталикка кирамиз.

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

🥇 Ulugʻbek Rashitov – ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbek taekvondochisi!

Ulugʻbek Rashitov Olimpiya oʻyinlarining ikki karra gʻolibligiga erishgan birinchi o’zbek taekvondochisi sifatida oʻz nomini sportimiz solnomasiga muhrlab qoʻymoqda. -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimni 2:X hisobida magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 2 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda. Barakalla, Ulugʻbek! Biz sen bilan faxrlanamiz!

👍@PARIS2024

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#oyina

Farzandingga qaysi tilda taʼlim bersang, ertaga shu millatga xizmat qiladi.

Mustafo Choʻqay

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hikoya

Azizlar haqida jumboq


DEVOR DUNYOmizni ikkiga ajratgan. NARIGI va BERIGI DUNYOlarga. Narigi dunyoni jannat deyishadi. Har tugul shunday gap bor. Hech kim u yerdan qaytmagan bo‘lsa ham. Ehtimol, doimiy dunyodan ketishning o‘zi maftunkor tuyilsa kerak. Ilk bor qadam tashlagan va yashagan dunyomizdan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Fikr

Adabiyotning eng katta dushmani, o‘qimaydigan o‘quvchilardir.

G‘.O‘nar

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xotira

Mustaqilligimizning chin fidoyisi


Mashhur so‘z ustasi – Mashrab Boboyevday hassos dramaturg, ajoyib yozuvchi, nozikta’b tarjimon, dilkash shoir, milliy serialimizning asoschisi – dongdor ssenarist haqida uzundan-uzoq sarlavha qo‘yib yozish – injiq o‘quvchining nazarida serso‘zlikday tuyilishi tabiiy.
… Nachora.
Ishonamanki, agar Mashrab Bo­boyev adabiyotimizda javlon urmaganida, milliy adabiyotimiz juda kemtik, ancha fayzsiz bo‘lib qolar edi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kun_fotosi

Nazira Boymurodova olgan surat...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Olimpiada daftari

DZYUDO

Buyuk Navoiyning polvon adashi
Yurtga tuhfa qildi yana bir medal.
Bayroq koʻtarildi. Yuksaldi shashti,
Bir kuni oltin ham tovlangay yal-yal!

Diyora, Muzaffar va Alisherbek
Pismiq pichinglarga qoʻydi tugal chek.
Koʻrsatdi nelarga qodirdir oʻzbek,
Mayliga, kelsa ham kimlarning gʻashi.

Oʻzbekcha kurash ham bir kuni, beshak,
Olimp dasturiga boʻlgaydir bezak.
Ungacha yarashar maqtanib desak:
Oʻzbekniki boʻldi yapon kurashi!

-------------------------

ДЗЮДО

Буюк Навоийнинг полвон адаши
Юртга туҳфа қилди яна бир медал.
Байроқ кўтарилди. Юксалди шашти,
Бир куни олтин ҳам товлангай ял-ял!

Диёра, Музаффар ва Алишербек
Писмиқ пичингларга қўйди тугал чек.
Кўрсатди неларга қодирдир ўзбек,
Майлига, келса ҳам кимларнинг ғаши.

Ўзбекча кураш ҳам бир куни, бешак,
Олимп дастурига бўлгайдир безак.
Унгача ярашар мақтаниб десак:
Ўзбекники бўлди япон кураши!

3.08.2024

@n_jonuzoq

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xanda

O‘zini katta tutuvchi odam


Ishxonamizga olis qishloqdan yoshi kattaroq bir kishi keldi. Bir mahal akaning telefoni jiringlab qoldi.
– Alo, kim bu?
– …
– Qayga telefon qilyapsan? – Ha, senmi? Men hozir Toshkanddaman. Bosh vazir qabulidaman, deb telefonni o‘chirdi akam.
Aka biling-ki, “Yoshlik” jurnali xonasida o‘tirganini bilmaydi.

(Karikatura muallifi Mahmud Eshonqulov)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Sen g‘olib!


Alpim tik turdingmi, bugun go‘ringda,
Irib tushmoqdami boshingda falak?
Ayolga musht urar Olimp ringida
Erkaklik qavmiga isnod kapalak...

Erkak ayolman deb boshlayapti bahs,
Yetdimi olamning bo‘g‘zigacha kir?
Olimp jangiga ham kirib keldi nahs
Odam bo‘lolmadik, Xudoyim, kechir.

O‘t ketdi. Kuymoqda bu qanday zamon?
Titrar qabohatdan ozurda ko‘nglim.
Tubanlik yuziga zarb berganing on
Biz uchun g‘alaba qilganding, Singlim!

Quyosh yer qa’rida qolmagay botib,
Nur albat tantana qilar dunyoda!
Mudragan olamni qo‘yding uyg‘otib,
Sen yutding! Yutqazdi Olimpiada.

Qo‘chqor Norqobil

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

🥈 Akbar Jo’rayev — Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari kumush medali sohibi!

Og’ir atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo’rayev o’z sovrinlari orasiga Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining kumush medalini ham qo’shib qo’ydi. -102 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz dast ko’tarishda 185 kg, siltab ko’tarishda 219 va umumiy hisobda 404 kg bilan kumush medalga sazovor bo’ldi. Barakalla, Akbar!

🚀 @SPORT_TV ✅️

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

🥉 Gʻulomjon Abdullayev – Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari bronza medali sohibi!

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida yana bir medal. Unga erkin kurashchimiz Gʻulomjon Abdullayev mualliflik qildi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz bronza medali uchun bahsda qirgʻizistonlik Bekzat Almaz o'g'lidan ustun keldi va uchinchi oʻrinni egalladi. Barakalla, Gʻulomjon!

Shuning bilan, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin va 3 ta bronzaga yetmoqda.


🚀 @SPORT_TV ✅️

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#rivoyat

Sinov


Bir podshoh yo‘lning o‘rtasiga bitta tosh qo‘yibdi. Va aytibdiki, ko‘raychi insonlar bu toshni ko‘rib, odamlar nima qilar ekan.
Vazir o‘tib qopti. Toshni ko‘rib: “Podshohga maslahat solaman, yo‘ldagi toshlarni olib qo‘yadigan shtat tashkil qilamiz”, debdi.
Mirshabboshi toshni ko‘rib: “Vazirga maslahat qilaychi, bu toshni tashlaganga qanaqa jazo bersak bo‘ladi”, debdi.
Shoir bo‘lsa “Yo‘lning o‘rtasida ajib tosh ko‘rdim”, deb she’r to‘qibdi.
Shu ko‘chadan bir qishloqlik oddiy dehqon kishi ham o‘tib qolibdi. Qarasa yo‘lning o‘rtasida tosh yotibdi. Yelkasidagi xurjunini bir chekkaga qo‘yib, o‘sha toshni olib tashlabdi. Ne baxtkim, toshning ostida bir hamyon tilla va bir qog‘oz bor ekan.
Sulton toshni ostiga tilla qo‘yar ekan yonida shunday yozuv qoldirgan ekan.
“Bu oltinlar xalq uchun, qo‘llarini toshning ostiga qo‘ya olganlar uchun”.
Roviy aytadiki, insonlar nafaqat yo‘llarning ustidagi, balki yuraklaridagi, aqllaridagi umr yo‘llaridagi toshlarni olib tashlamaguncha komil bo‘la olmaydilar.

Yunus Emro Yulduz,
Turk shoiri

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kun_xazili

Muhiddin ABDUSAMADga


Jussasi bosadi tosh,
Sevgan taomidir osh.
Yelkasin o‘rtasida
She’rga to‘la zukko bosh!

Abdurazzoq Obro‘y

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

🔥🥇Hasanboy Do‘smatov ikkinchi bor Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritdi

Boks bo'yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining final bahsida hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov -51 kg vazn toifasida mezbon fransiyalik Billal Bennamaga qarshi ringga ko'tarildi.

Hakamlarning yakuniy qaroriga ko'ra, Hasanboy Do‘smatov raqibi ustidan g'alaba qozonib, ikkinchi bor Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritdi.

📲 @UZSPORT_TV

Instagram | Facebook | Twitter | Youtube | Rutube

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#shukuh

Yana bitta quyosh


Yo‘q, Diyora, ishongin, illo,
Haqiqatdir shoirning so‘zi.
Hovuchingda medalmas tillo,
Hovuchingda quyoshning o‘zi.

Qo‘llaringni cho‘zgancha g‘olib,
Parijdagi falak-osmonga,
Yana bitta quyoshni olib,
Keltirding-ku O‘zbekistonga.

Sayfullo QULAYEV,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

DARAXTLAR


Sizning davrangizga yo‘q menda bardosh,
Soppa-sog‘ ko‘ringan karlar, karaxtlar.
Men o‘zimga topdim yangi suhbatdosh,
Hasratim tinglaydi endi daraxtlar.

Ha, ular jimgina osgancha quloq
Gohida shovqinsiz tebranib qo‘yar.
“Yelkadosh” do‘stginam, ahvolimga boq,
Yiqilsang daraxtlar beminnat suyar.

Daraxtlar quyoshga intilib o‘sgan,
Marra qilib olgan nurni, ziyoni.
U tashlab ketmoqchi bo‘layotgandek
Odamlari sulloh, ablah dunyoni.

Uning xayollari ko‘kka yetadir,
Yulduzlar saylida yuradi xushhol.
O, mash’um o‘tmishim ta’qib etadir,
– Men ketdim, yulduzim, xayr, yaxshi qol…

Daraxtlar – suhbati oromijonlar,
Taskin axtarurman sizdan ehtimol.
Boshimda tegirmon aylangan onlar,
Bir sizga yukindim, qildim dardihol.

Xo‘rsindim, oh urdim va shunda sizning
Angladim tashvishli titrog‘ingizni.
Men uchun har kuzda bandidan uzib
Ko‘zyoshdek to‘kdingiz yaprog‘ingizni.

Daraxtlar – suhbati oromijonlar…

© Islomjon QO‘CHQOROV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Qaragin,
Ko‘zimda ulg‘ayib boradi sog‘inch!
Bo‘ronday uvillar ichimda bir g‘am,
Senga atalmagan maktublarim bor,
Sen uchun to‘kilgan yoshlar bor, ichsang!
Mavjudman yo‘qlikning ko‘chalarida,
Mavhumsan, ko‘ksimdan otilar o‘kinch,
Ey, nurday yolqinli, kuyday sokinim,
Bemajol vaqtlardan so‘rayman har kech.
Kech! Kechib ketma, yengilma, tolma,
Mendayin yiqilib qolma, oromim.
Bu ruhimga taskin beruvchi ishq bor,
Sen bor va sening-la bir go‘zal yoding!
Yengilma!

Mohlaroyim YO‘LDOSHXO‘JAYEVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kun_xazili

Faxriddin HAYITga


Qattiq ishlar Faxriddin,
Manglayidan ter chiqar.
Kavlab ko‘ring cho‘ntagin,
Faqatgina she’r chiqar.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!

Bugun yosh shoira Mahliyo Xurramova tavallud topgan kun!

Mahliyo Xurramova 2004-yilning 6-avgustida Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va Adabiyoti universiteti talabasi.

* * *
Mudragan koʻzimning halqalarida,
Manguga istigʻroq aylamish xayol.
Anglanmagan tushlar pana-panada,
Talqinin bilmoqqa tutilmish savol...

O, sen qayda eding, ey soʻngsiz maʼvo?
Koʻksimda bong urgan sukutmi, afsun?
Menga begonadir muvaqqat dunyo,
Koʻklarda kezindim ibodat uchun

“Men jangchi edimku!”, qichqiriq, sado,
Qachon gʻanim bilan tuzilgandi sulh?
Bungacha yozmishning barchasi xato,
Hali oʻzligimga qaytolganim yoʻq!

Gʻazabnok boʻronlar etolmas qaram,
Ichimda isyonning ruhlari qadim.
Bir mujda kelar-u tokay, jununga
Hamon begonaman, begona edim.

Begona edim!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kun_xazili

Xurshid ABDURASHIDga


Qayta yozish shoirni toblaydi,
She’r yozishni Xurshid boplaydi.
Qog‘ozga to‘ladi xonasi,
Farrosh xola rosa dodlaydi.

Hazillar muallifi: Abdurazzoq Obro‘y

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xazina

Uzoqlashib borayotgan yoshligim,
Yana qaytib kelarmisan beboshligim…

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#saboq

Do‘st topish uchun yillar kerak bo‘lsa, uni yo‘qotish uchun lahzalar kifoya.

Donishmand Kalxo‘y

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mujda

Yangi O‘zbekiston yoshlarining adabiy-ijtimoiy jurnalining 4-soni nashrdan chiqdi!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Ҳасанбой Дўсматов - финалда

Лазизбек Муллажонов ҳам финалда!

Читать полностью…
Подписаться на канал