yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hikoya

Ota


Hov naridagi ko‘prik ustida qiy-chuv qilib o‘ynayotgan bolalarning ovozi xayolini bo‘ldi. Daryo uzra yo‘l solgan bu ko‘prik uning bolalik paytlarida hali qurilmagandi, odamlar-u ot-ulovlar kechuvdan o‘tishardi. Yillarning shitobini qarangki, qirq yilning nari-berisida qurilgan mana shu ko‘prik ham go‘yo azaldan bor bo‘lganday tuyuladi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hikoya

Ertakka o‘xshaydi, ertakka…


Kuz har yili o‘zining tillarang libosini yaproqlarda ko‘z-ko‘z qilarkan, olislarga – nafis barmoqlar erkalagan daryo yulg‘unlarini sog‘inib, bir juft shippak yuzini yuvadigan erka jilg‘aning ohanrabo tovushini qo‘msab, chegara bilmas ishqdek tarvaqaylagan, bag‘rida ma’sum sevgini yashirib turgan uzumzorlar tomon beixtiyor yelib ketganimni sezmay qolaman. U yerlarda qolgan ilk muhabbatim izlarini ko‘rib… Entikaman. Ezgin kayfiyat tanamga bir olam shirin og‘riqlar baxsh etadi…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!

Yulduz O‘RMONOVA,
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.


1995-yili 1-avgustda Andijon viloyatida tug‘ilgan.
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Oliy jurnalistika kurslari magistratura bosqichini tamomlagan.
“Iste’dod maktabi-IV” respublika yosh ijodkorlar seminari ishtirokchisi. Prezident stipendianti.

Bedorlik

Bir go‘zal uyqu ber uyg‘otadigan,
Seni ko‘rmoq uchun ko‘zlarim yumay.
Bir go‘zal tuyg‘u ber kuylotadigan,
Tuproq ostida ham so‘z bo‘lib unay.

Bir go‘zal kulgu ber yig‘lotadigan,
Haqiqiy, tabiiy, samimiy bo‘lsin.
Xudojon, belgi ber Buroq otida
Borar Ishq yo‘llarim qadimiy bo‘lsin.

Bir go‘zal uyqu ber uyg‘otadigan...

* * *
Qalbimni, ruhimni ulg‘aytirdi yo‘l,
Tovonim qonadi dovonlar osha.
Kimlarga, nelarga sabr etdi ko‘ngil,
Umr tog‘laridan ko‘kka tirmasha.

Hech kim o‘lgan emas musofirlikdan,
Necha bor bo‘g‘ildim men esa, bilmam.
Xurjunim ortmoqlab ketdim She’r tomon,
Uning tuprog‘ida yashasam gullab...

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#lirika

Lablaring – kulguga abadiy vatan,
Ko‘zlaring – umrimdan buyuk hikoya!

✍️Bobomurod Sa'dullayev
🎤Rayhona Davronova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar


* * *
Sendan maktub kutdim…
Kunlarim o‘tmay,
Qalbimda hech nega qolmadi havas.
Sulaymon boyligin tuhfa etsa ham,
Sening maktubingcha quvontirolmas…

Garchi ko‘zlaringdan jon qolmas omon,
Izhor potrab chiqdi – bo‘lmadi tiyib.
Garchi kiprigimda mezondek nimjon
Necha bir joyidan tugilgan umid…

Ostonam kutsa-da meni orziqib
Ko‘nglimga oyina – za’faron kuzak –
Yo‘lga qarab-qarab toliqqan ko‘zday
Osmonga umidsiz tikilar ko‘lmak…

Axir, yengib borar dilni vasvasa
Yolg‘izman iztirob mamlakatida
Bir parcha nomangdek taftni bosmasa
Ne naf Iskandarning saltanatidan?

Sendan maktub kutdim
Nafasim yutib
Nisor etmoqqa shay bisot – borimni!
Balki olib kelar menga shu maktub
Sening izmingdagi ixtiyorimni…


Bektemir PIRNAFASOV

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Opa


Opa, qara o‘ylarim qolib,
Armon dilni quchib ketdi-yo!
Chap ko‘ksimni zarb bilan yorib,
Qaldirg‘ochlar uchib ketdi-yo.

Bo‘g‘zimga bir og‘riq qadalar,
Lablarimdan to‘kiladi jon.
Ko‘nglimizdek keng bu dalalar,
Tor bo‘lishga ulgurdi qachon?!

Opa, balki qildimmi g‘o‘rlik?
Huv tog‘larga yig‘lablar berdim.
Meni suyab o‘stirgan sho‘rlik,
Yana o‘sha yelkangga keldim.

Keldim, sochim chigallarin yoz,
Bir taskin ber menga tinmasdan.
Sen ko‘nglimni quchog‘ingga bos,
Hayot meni chayr qilmasdan.

Opa, topding bariga yechim,
Yana senga yozayapman she’r!
Ishon, sendan so‘nggi o‘tinchim,
Bolalikka chipta topib ber.

✍️Durdona Bahodirova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

DIYORA

@n_jonuzoq

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Firoq

Eng qimmatli


Nima bo‘libdi-yu, Amir Umarxon bilan Nodirabegim o‘rtasida gap qochibdi. G‘azabga mingan Umarxon:
– Bu saroyda o‘zing uchun nimani eng qimmat deb bilsang, o‘shani ol-da, uyinga jo‘na! – deganicha chiqib ketadi.
Yarim kechasi aravaning taqir-tuquridan uyg‘onib ketgan Umarxon boshida o‘tirgan Nodirabegimdan so‘raydi:
– Bu nima shovqin? Qayoqqa ketayapmiz?
– Siz saroydan o‘zim uchun eng qimmatli narsani olib, otamnikiga ketishimni amr etdingiz. Bu saroyda men uchun sizdan qimmatlisi yo‘q. Shuning uchun sizni olib, uyimga ketayapman.
Sevikli xotinining bu gapidan nihoyatda ta’sirlangan Umarxon bo‘lib o‘tgan voqea uchun uzr so‘rab, aravani ortga qaytarishni buyuribdi va shundan keyin ular umrlarining oxirigacha bir-birlarini ardoqlab, tinch-totuv hayot kechirishibdi.

“Sharq hikoyat va rivoyatlari” kitobidan.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

BUXORODA


Olamni soʻz bilan yaratmish Xudo,
Osmonni, zaminni, turfa dunyoni.
Nur berib koʻngilni yoritmish Xudo,
Ilohiy tushlarim kutar roʻyobni.

Hu-u-uv
Minor tomonda sochlarin oʻrib,
Muhabbat-u, ishqdan yor kuy chaladi.
Balki kelganimdan safolar koʻrib,
Xushiga keladi jin koʻchalari.

Qadim imoratlar mashoyix bilib,
Yiqilgan yoʻllarning koʻnglini xushlar.
Atlasdek qanotin koʻz-koʻzlar qilib,
Koʻzimga qoʻndilar Buxoriy qushlar!

Endi butun dunyo koʻzimda yashar,
Mushfiq nigohlarning yuragi kabi.
Koʻksim oʻsib borar, ishonchim oshar,
Endi qanot qoqib yuksalish tabiiy.

Shamollar kezinar gul-rayhon boʻlib,
Sochimni oʻynoqlar bergancha oro.
Amir Nasrullodan vaʼdalar berib,
Menga kengliklardan soʻylar Buxoro!

Balki kelganimdan safolar koʻrib,
Xushiga keladi jin koʻchalari...

Nilufar Ergasheva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#sezgi

Yilning boshida shunday muqova yasagan edik!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#minbar

“Yoshlik” jurnali iste’dodli ijodkorlarning minbaridir.
Ularni yuzaga chiqarishga yordamlashadi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!

Bugun shoir Xurshid Abdurashid tavallud topgan kun!

Xurshid Abdurashid – 1995-yili 27-iyulda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Oliy adabiyot kursini tamomlagan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” ruknida “O‘sha men edim”, “Faqat u qoldi” nomli she’riy to‘plamlari va “Dardisar” kabi romani nashr etilgan.

“Yoshlik” jurnali jamoasi ijodkorni tavallud kuni bilan tabriklaydi.


Turkiy qo‘shiq


Turkiy yuragim bor, turkiy shuurim,
Hatto ruhim turkiy, o‘zga shonim yo‘q.
Musht bo‘lib tugilgan qo‘llarim turkiy,
Vodarig‘, birgina Turkistonim yo‘q.

Lahjamda turkiylar nafasi bordir,
Shu g‘urur vujudim taxtiga ega.
Oshiq bo‘lsa netay, qul o‘lsa netay,
Qalbim qadim turkning turkulariga.

Bas... Umrim yo‘liga tavallo ne naf,
Qismat bitigi shul... Sachragan qonman!
Turkistonim manim, ming yillik shonim,
Istagingda o‘lmish turkiy isyonman!

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#jurnal_arxividan

Lirik chekinish


Soy bo‘yida bir juft qoratol,
Qushchalarning keng qarorgohi.
Ortimizda adashib qolgan,
Bolalikni eslatar gohi.

Yodingdami:
Xivich otlarda
Bedachelga yo‘l solganimiz?
So‘ng otangning qo‘liga tushib,
“Samanlarsiz” tang qolganimiz?

... Shovillagan bir juft qoratol:
Qushlar uchun oromgoh go‘sha.
Va betinim kishnashib turgan,
Biz yo‘qotgan samanlar o‘sha.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Endi kunlar qaromi, gulqiz?
Tunlar motamsaromi, gulqiz?
Chala bismil qolgan bu yurak,
Yongay tamug‘ aromi, gulqiz?

Sevgi nima? Dardmidi, gulqiz?
Oshiq azal fardmidi, gulqiz?
Chivinchalik nozik bu jonga,
Tog‘day vido shartmidi, gulqiz?

Osmon to‘la abrmi, gulqiz?
Abrmi yo jabrmi, gulqiz?
Maxlasimga qilma e’timod,
Mening sabrim sabrmi, gulqiz?

Bo‘zlab qolgan tevaman, gulqiz,
Mujarrad bir bevaman, gulqiz.
Ketsang, ket-u, ammo unutma:
Seni jondan...
...bilasan, gulqiz!

Ketib nima qilasan, gulqiz?..

Alisher Sabriy

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Darveshona


Ketsang, ketaversang ko‘zingni yumib,
Yer sening yering-u, osmoning bo‘lsa.
Ketsang, ketaversang kechangni ko‘mib,
Chirog‘i yoniq bir makoning bo‘lsa.

Ketsang, ketaversang, senga chikora
Issiq-sovug‘i-yu ochlik-tashnalik.
Ketsang, ketaversang bo‘lib dilpora,
Yorug‘ yuragidan topmay ro‘shnolik.

Ketsang, ketaversang, g‘am ichra beg‘am,
Go‘yo bor dunyoni unutgan qushsan.
Ketsang, ketaversang, ozod va xurram,
Qil ko‘prik ustida raqsga tushsang.

Ketsang, ketaversang, surnay ovozi
O‘ng-u tushlaringni uyg‘otib ketsa.
Ketsang, ketaversang, shu ketganingcha
Haqning jamoliga nigohing yetsa…

Sitora Shamsiddin

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izohsiz

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavsiya

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul xodimi, jurnalist G‘iyosiddin O‘narov
“Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob”ni tavsiya qiladi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi tumanimiz ziyolilaridan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini taqdim etishda davom etadi.

Batafsil:👉https://telegra.ph/Kitob-tavsiyasi-10-son-07-31

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga ulanish:
TELEGRAM|FACEBOOK|INSTAGRAM|QoshrabotManaviyat?si=3XdzeDQIcGwpb5WV">YOUTUBE

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#suhbat

Kuzatish – ijodkor qismati


– Abduqayum Yo‘ldosh ijodi ko‘proq nimalardan oziqlangan? Ya’niki xalq ijodidanmi yoki Sharq va G‘arb adabiyotidanmi?


– Bobomiz baxshi o‘tgan, Qo‘shrabotda taniqli Yo‘ldosh baxshi. Tabiiyki, uyimizda baxshichilikka, ijodga alohida ehtirom bilan qaralardi. Kitoblarga munosabat ham shunga yarasha. Buni qarang, qishlog‘imizda uchta kutubxona bo‘lardi. Va yana alohida kitob do‘koni. Bolaligimdan shu uchala kutubxonaga a’zo bo‘ldim, yangi kitob kelibdi deb eshitsak, do‘konga chopqillab qolardik.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Нодирнинг шеърини кўчада ўқивордиме…

Сифатга рози бўласизлар!)

@xayrulla_hamidov

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ibrat

Ayol muhabbati


Ayollar o‘ylaydi kuchli sevsam yoqaman deb... Afsuski adashadilar. Otashin muhabbatning erkaklarga qizig‘i yo‘q. Erkaklarga muhabbatdan ko‘ra tinchlik, xotirjamlik, tushinuvchan qalb kerak. Muhabbat bo‘lsayu, bu erkak tinchini buzadigan darajaga yetsa, ya’ni me’yordan oshib bezdirsa bu kabi otashin muhabbatga tupuriladi.
Erkak ayolning sirini olish uchun yashaydi. Sirli bo‘lmagan, ya’ni qayta-qayta izhor qilingan muhabbatning tafti bo‘maydi.
Muhabbat faqatgina nafs uchun emas, Alloh roziligiga tobe bo‘lgandagina xayrlidir...

Muzdalifa

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#otam_zamon_hangoma

Tilloli boy


Bir xil gap turib-turib eskiradi. Garchi u o‘z vaqtida juda muhim mavzu, hatto boylikka taalluqli bo‘lsa ham. Ehtimol, biz bilgan odamlar, xususan, boylar hali-hanuz, deylik, shu ko‘rimsiz, tog‘ biqinidagi g‘aribgina qishloqda emas, umuman, yer yuzida yashab yurganlarida, ha, falonchi boy falon shaharda, falon mamlakatda istiqomat qilayotgan ekan, piston bolasiga bunday imorat quribdi, unisining to‘yini bundoq o‘tkazibdi, o‘zi bo‘lsa, haramiga yangi olgan ovro‘palik jononi bilan Maldiv orolidagi shaxsiy villasiga ko‘chib o‘tibdi. Yo‘g‘-e, o‘zi yaqinda Balidan yoshgina juvon bilan qaytuvdi, qarang-a, pul nimalar qilmaydi odamni.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Yurakni yurakka tirkalab o‘tdim,
Bir ishqni bir umr erkalab o‘tdim,
Dil yongan gulxanga o‘t qalab o‘tdim,
Yongina, yona-yon, yongina, yon-yon.

Toblangan xanjarni ko‘ksimga tirab,
O‘zimga hijron-u, senga baxt tilab,
Qara, ko‘nglim mening faqat ishq talab,
Kelgina, kela-kel, kelgina, kel-kel.

Jonini ayagan nodon habibdan,
Bozorga jonlarni solgan tabibdan,
Xudodan qo‘rqmagan ayyor raqibdan
Tongina, tona-ton, tongina, ton-ton.

Yuzsizlik, so‘zsizlik bu atrofim… ko‘n,
O‘zni qiynash nechun, hayot o‘zi jo‘n,
Ko‘nglimiz sevgidan qolganidan so‘ng,
Chil-chila, chila-chil, chil-chila, chil-chil.

Elyor MUROD

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

📝 КЕЛИНЧАК

✍️ Иқбол МИРЗО
🎙 Ирода РАҲМОНАЛИЕВА

🌐@Iqbol_Mirzo_ijodi

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

​​Olimpiada daftari

DIYORA

Yapon kurashida yapon qizini
Ippon usulida yutdi Diyora.
Olimp kitobiga goʻzal ismini
Oltin harf bilan bitdi Diyora.

Qaldirgʻoch-u, lochin kuchiga qarang!
Tan berdi olmon-u, yiqildi farang,
Kosovoga armon boʻldi soʻnggi jang,
Barchasidan bir-bir oʻtdi Diyora.

Oltin olib keldi hammadan oldin,
Yuz oltinga tengdir birinchi oltin!
Nihoyat his qildik gʻalaba totin,
Zafar qadahini tutdi Diyora.

Xushxabar shavqidan polvon elim mast,
Kurash bu – yutgay kim mashqdan erinmas,
Kimning misi chiqsa, tilla berilmas,
Oliy orzusiga yetdi Diyora.

Shohsupaga chiqdi koʻzda yosh bilan,
Bayroqni yuksaltgan magʻrur bosh bilan,
Shu totli lahzani zoʻr bardosh bilan
Ter toʻkib, oy-yillab kutdi Diyora.

Quvonib qutladi Millat Sardori:
“Balli, ey, xalqimning gʻururi, ori!
Sen bois baxtlidir oʻzbek diyori...”
Hammani baxtiyor etdi Diyora.

Diyorimning oltin qizi Diyora,
Toʻmarisning yoniq izi Diyora.
Yurtimning yuzini charogʻon etgan
Oʻzbegimning yorugʻ yuzi Diyora!

------------------------

ДИЁРА

Япон курашида япон қизини
Иппон усулида ютди Диёра.
Олимп китобига гўзал исмини
Олтин ҳарф билан битди Диёра.

Қалдирғоч-у, лочин кучига қаранг!
Тан берди олмон-у, йиқилди фаранг,
Косовога армон бўлди сўнгги жанг,
Барчасидан бир-бир ўтди Диёра.

Олтин олиб келди ҳаммадан олдин,
Юз олтинга тенгдир биринчи олтин!
Ниҳоят ҳис қилдик ғалаба тотин,
Зафар қадаҳини тутди Диёра.

Хушхабар шавқидан полвон элим маст,
Кураш бу – ютгай ким машқдан эринмас,
Кимнинг миси чиқса, тилла берилмас,
Олий орзусига етди Диёра.

Шоҳсупага чиқди кўзда ёш билан,
Байроқни юксалтган мағрур бош билан,
Шу тотли лаҳзани зўр бардош билан
Тер тўкиб, ой-йиллаб кутди Диёра.

Қувониб қутлади Миллат Сардори:
"Балли, эй, халқимнинг ғурури, ори!
Сен боис бахтлидир ўзбек диёри..."
Ҳаммани бахтиёр этди Диёра.

Диёримнинг олтин қизи Диёра,
Тўмариснинг ёниқ изи Диёра.
Юртимнинг юзини чароғон этган
Ўзбегимнинг ёруғ юзи Диёра!

28.07.2024

@n_jonuzoq

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

​​Olimpiada daftari

YURTIM BAYROGʻI

Bayroqlar nahriga aylandi Sena,
Turlanib ne rangin yalovlar oʻtdi.
Faqat bitta bayroq koʻrindi menga –
Vatanim bayrogʻi olovday oʻtdi!

Sehrli tugʻ kabi hilpiragan on
Borliq yaqin keldi qadrdon, oʻzdek.
Goʻyoki Yer yuzi – bir Oʻzbekiston,
Goʻyoki har odam koʻrindi oʻzbek.

Olamni moʻjiza toʻlqini koʻmdi,
Hayajon epkini yetdi har yonga.
Koʻzimning oldida Sena ham doʻndi
Lahzada Sirdaryo, Amudaryoga.

O, yurtim bayrogʻi, senda erur jam
Zarafshon suviday musaffo dilim.
Sen qayerda boʻlsang – qalbim xotirjam,
Yodimdan chiqadi musofirligim.

Bor boʻlgin abadiy, hilpira mangu,
Gʻolib dilbandlarga qanot boʻl mudom.
Koʻrkam jamolingga boqayapman-u,
Oʻzimni muzaffar sezyapman shu dam.

Sen bilan koʻklarga uchamiz – yutsak,
Na-da Yer, samolar uzra toʻlgin Sen.
Chempion farzandlar qoʻlida yuksak
Olimp choʻqqisining toji boʻlgin Sen!

-----------------------------

ЮРТИМ БАЙРОҒИ

Байроқлар наҳрига айланди Сена,
Турланиб не рангин яловлар ўтди.
Фақат битта байроқ кўринди менга –
Ватаним байроғи оловдай ўтди!

Сеҳрли туғ каби ҳилпираган он
Борлиқ яқин келди қадрдон, ўздек.
Гўёки Ер юзи – бир Ўзбекистон,
Гўёки ҳар одам кўринди ўзбек.

Оламни мўъжиза тўлқини кўмди,
Ҳаяжон эпкини етди ҳар ёнга.
Кўзимнинг олдида Сена ҳам дўнди
Лаҳзада Сирдарё, Амударёга.

О, юртим байроғи, сенда эрур жам
Зарафшон сувидай мусаффо дилим.
Сен қаерда бўлсанг – қалбим хотиржам,
Ёдимдан чиқади мусофирлигим.

Бор бўлгин абадий, ҳилпира мангу,
Ғолиб дилбандларга қанот бўл мудом.
Кўркам жамолингга боқаяпман-у,
Ўзимни музаффар сезяпман шу дам.

Сен билан кўкларга учамиз – ютсак,
На-да Ер, самолар узра тўлгин Сен.
Чемпион фарзандлар қўлида юксак
Олимп чўққисининг тожи бўлгин Сен!

27.07.2024

@n_jonuzoq

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!

Vafo Fayzulloh 1963-yili 27-iyulida Buxoro (hozirgi Navoiy) viloyati, Karmana tumanidagi, Tog‘guzar qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy uneversiteti) jurnalistika fakultetida va Moskvadagi Adabiyot instituti Oliy adabiyot kursida tahsil olgan.
“Hut”, “Xabarsiz sevinch”, “Mangu lahza”, “Jon yo‘li”, “Azaliy g‘ussa” kabi she’riy kitoblar, “Chaqmoq yorug‘i” adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plami muallifi.
F.Kafkaning “Jarayon” romanini, “Otamga xat” essesini, M.Materlinkning “So‘qirlar” dramasini, X.Borxes, K.Hamsun, R.Akutagava hikoyalarini, Sh.Bodler, P.Verlen, A.Rembo, I.Brodskiy va M.Svetayeva she’rlarini tarjima qilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.


Dunyo…

Dunyo sening mol-holingga qaraydi,
Ko‘zin olaytirib ayolingga qaraydi,
Temir-toshdan devolingga qaraydi…
Xudo, yuragingga qaraydi do‘stim!

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mujda

Yangi sonimiz mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#jurnalga_qaytib

“Yoshlik”ning 40 yillik to‘yiga


Favqulodda qadamlar sekinlashdi, dunyo adabiyoti “qamalgan” charm sumka ochildi. Pochtachi amaki undan bir jildlangan qog‘ozni oldi. Indamay qo‘limga tutqizdi-da, yo‘lida davom etdi. Bu qog‘oz ko‘zim o‘rgangan “Leninchi” gazetasiga o‘xshamasdi. Shosha-pisha jildiga tikildim, “Yoshlik” degan yozuvga ko‘zim tushdi. Bu Toshkentda nashr etilgan “Yoshlik” jurnalining dastlabki sonlaridan biri edi…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xanda

Do‘st


Afandining yoshlikdan birga o‘sgan do‘sti bor edi. Yillar o‘tib shu do‘sti katta mansabga ko‘tarildi. Afandi uni amaldorlik lavozimi bilan tabriklash uchun mahkamaga kirib bordi. Do‘sti Afandi bilan ko‘rishish o‘rniga:
– Sen kimsan, nima ish bilan kelding! – deb o‘dag‘aylab ketibdi.
– Meni tanimadingmi, nomard! Yoshlikda yong‘oq o‘ynab o‘sgan do‘sting bo‘laman. Seni ko‘r bo‘lib qolibdi, deb eshitib, ko‘ngil so‘ragani keldim, dedi Afandi.

“Adabiyot ziyosi” gazetasidan olindi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал