yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#adib_ijodxonasi

Adabiyot mangu yoniq qalb nuridir


Ha, adabiyotni iste’dodlilar yaratadi, iste’­dodsizlar esa qora quyunday doim ular atrofida charx urib, daholikka da’vogar bo‘lib yuraveradi. Bu ham kun-u tundek, azaliy holat erur.
Mendan ko‘pincha, nimalar yozayapsiz, deb so‘rashadi. Yozayapman, lekin o‘sha yozayotgan narsam haqida avvaldan bir narsa deyishdan hamisha istihola qilaman. Avvaldan aytish, nazarimda, non o‘rniga xamir tutishdek bir gap emasmi?!

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tabassum

O‘qing, faqat kulmang


Yarimta mo‘ylov shogird ustozidan so‘radi:
— Ustoz, nega men 12 yildan beri o‘qishga kira olmayapman? Buning sinoati nedir?
Ustoz chuqur o‘yga toldi va vazminlik bilan javob berdi:
— Bo‘tam, siz tong quyoshining tog‘lar ortidan sekin-astalik bilan chiqishini, maysalar ustidagi qirovni qitiqlab eritib, tiniq shabnam tomchilariga aylantirishini kuzatasizmi?
— Albatta, ustoz.
— Tog‘dan sharqirab, olamga shovqin solib tushayotgan sharsharaning, daryoda sokin mavjlanayotgan suvning so‘zlariga quloq solasizmi?
— Shubhasiz, ustoz.
— Kumush qadahga to‘ldirib quyilgan mayning yuzida o‘z aksingizni ko‘rganda chuqur o‘yga tolasizmi? Hayotning ma’nosi haqida fikr yuritasizmi?
— Juda ham ko‘p marta, ustoz.
— Oydek suluv go‘zalning ko‘ksiga boshingizni qo‘yib, uning har bir yurak urishida namoyon bo‘lgan muhabbatni vujudingizda xis qilasizmi?
— Deyarli har kuni, ustoz.
— Haa, padaringga la’nat! Eshshak, vaqtingni bunaqa bekorchi narsalarga sarflamasdan ketingni bir joyga qo‘yib, qunt bilan o‘qiganingda hozir universitetda professor bo‘lib yurgan bo‘larding! Hee mol!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Havola

Jurnalimizning 2023-yildagi qaysi soni sizga manzur bo‘lgan?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#saboq

• Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma, qo‘lingdan keladigan ishga ham va’da berma.
• Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang, uyatga qolasan, qo‘lingdan keladigan ishni esa va’da bermasdan ham bajarsa bo‘laveradi.

O‘tkir Hoshimov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun yosh shoir Shukur Latif va Gulzoda Karimova tugʻilgan kuni!

Shukur LATIF 1998-yili Fargʻona viloyati Buvayda tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universiteti Filologiya fakultetini tamomlagan. Ijodkorlarning an’anaviy zomin seminari qatnashchisi. Hozirgi kunda “Jadid” gazetasida faoliyat olib bormoqda.

***
Tabassum ortiqcha, kulgu begona,
Gʻam-anduh sodiq doʻst, dardlar hamxona.
Bu dunyo zulmatdan iborat, faqat
Ovunar xolos dil quyosh bahona...

Kuz – koʻyim, qish – gumon, bahor – afsona,
Yoz – hijron, visol yoʻq – umr sarsona...
Hazonday toʻkilib yasharman mudom,
Haqiqatga eltar yoʻl shu yagona...


Gulzoda KARIMOVA 2003-yil Fargʻona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Ijodkorlarning an’anaviy zomin seminari qatnashchisi. Hozirda O‘zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi.

“Bahorsiz kunlarga oʻt qoʻyib yubor…”
Madina Norchayeva

Dengizlar ortiga ketdim koʻmilib,
Sathida kul boʻldim, ivimagan kul.
Bir ishq istar edim va bitta yonish
Oʻtinchim uchun.

Qayiqlar oʻtadi yurak chayqatib
Va osmon gumburlar, boshlanar jala.
Sevmoqlik eng oliy qonunlarimga
Qurilgan qalʼa.

Nurab boryapman bahor yoʻq, yoz yoʻq.
Yilimda mujassam faqat bir fasl.
Kuz...
Yuraksiz vujudda gulxan va olov
Yonar muttasil.

Dengizlar ortiga ketdim koʻmilib,
Sathida kul boʻldim, ivimagan kul.
Bahorsiz kunlarga oʻt qoʻyib yubor
Muhabbat uchun.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izlanish

Donolar o‘tdilar – safari uzoq


Ko‘hna Turkiston yeri ko‘plab ma’rifatparvar ulamolarga beshik bo‘lgani barchamizga ayon. Xotirasi o‘chmas quyoshdek porlaguvchi milliy uyg‘onish davri vakillarini tanimoq, ular haqida o‘rganmoq bugungi avlodning tom ma’nodagi burchidir. Xususan, jadidchilik to‘g‘risida gap ketganida bu harakatni boshlab bergan fidoyi inson Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida fikr yuritmaslikning iloji yo‘q.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Audio_hikoya

✍️Sobir Oʻnar

📖 “Otamzamon hangomalari” turkumidan. ”Oʻtirikni eplay bilmadi”.

🎙 Hikoyani Shaxobiddin Ravshanov oʻqidi


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga ulanish:
TELEGRAM|FACEBOOK|INSTAGRAM|QoshrabotManaviyat?si=3XdzeDQIcGwpb5WV">YOUTUBE

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Yastanib yotibman. Bir varoq,
Qog‘ozga o‘xshayman chang to‘zgan.
Vujudimni ezg‘ir bir so‘roq,
Muhtojlik sezaman bir so‘zga.

Bir so‘zki, nafasi Isoday,
Bir so‘zki, Turonday ulug‘vor,
Bahridan o‘tib ham yasoning,
Uni topolmagan ulug‘lar...

Yuzimga fasli kuz tufurar,
Davr zaptidan ranglarim xira.
Meni ko‘mar bir chimdim tuproq,
Seskantirar bazan oxirat.

Yastanib yotibman. Bir varoq,
Qog‘ozga o‘xshayman tashlandiq.
Shoir so‘zni chaplab bo‘liboq,
Jonholat savatga tashlaydi!

Diyorbek Mahmudov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xulosa

Muallif: Mahmud Eshonqulov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

https://www.youtube.com/watch?v=pJUcA_nkK8Q

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#saboq

Yozuvchilar uchun o‘n qoida

Nosirdan, shoirlikdan tashqari, tarixchi va biograflikni ham egallash talab etiladi. Binobarin, u insonlarning turmush tarzi, hayoti (ma’lum bir davrdagi ma’lum bir mamlakat miqyosida) bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi lozim. Murasaki Shikibudan to Ixara Saykakugacha bo‘lgan yapon yozuvchilarining asarlari bunga isbot.

Akutagava RYUNOSKE

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xulosa

Muallif: Mahmud Eshonqulov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#esse

Bug‘doy donalari


Roman xudo, ozodlik va axloq haqida. Ayni bugungi kunimiz, ayni bugungi yosh umrimiz haqida. Biroq biror munaqqid asarning shu tomoni haqida hatto qulog‘imizga shipshib ham qo‘ymadi. Biz o‘zimizcha o‘qidik va ma’nolar izladik. O‘qib-o‘qib, bir xayolimiz Nitshega, bir xayolimiz Sartrga tortadi…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#adib_ijodxonasi

Adabiyot jamiyat taqdiridir!

Adabiyotda ustoz-shogird yoki yozuvchidan yozuvchi, shoirdan shoir chiqadi dega­niga ko‘p ham ishonmayman. Adabiyotni yaratganning in’omi sifatida qabul qilaman. Xudo sevgan bandalarini qo‘liga qalam berib sinovdan o‘tkazyapti, deb o‘ylayman. Nazarimda, qalami borlar bu yo‘ldan faqat yurak bilan – ko‘ngil bilan o‘tadi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Bedorlik


Bedorligim sezganday go‘yo,
Derazamdan mo‘ralaydi oy.
Men bilmagan qandaydir sirni
Aytmoq istar menga hoynahoy.

Derazamni ochaman asta,
Oy shu’lasi yoritar xonam.
Netay, ko‘nglim yorishmaydi hech,
Sog‘inganman seni, yagonam.

Uyqu kelmas ko‘zlarimga hech,
Entikaman kulishing qo‘msab.
Bir nuqtaga tikib nigohing,
Yonimda jim turishing qo‘msab.

Suhbatingdan olaman huzur,
Shirin so‘zing – ko‘nglim malhami.
Tabassuming – umrimning nuri,
Ta’riflolmas shoir qalami.

Bedorligim sezganday go‘yo,
Derazamdan mo‘ralaydi oy.
O‘z xonangda tun quchog‘ida
Sen ham bedor mendek hoynahoy.

Sherbek ISLOMOV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Adib_ijodxonasi

Do‘mbira mening ilk ustozim

Onam bechoraning aytishicha ilon yilida tug‘ilgan ekanman. Urush, qahatchilik. Ikki akam frontga ketishgan. Non aziz pallalar edi. Chorvadorning qora o‘tovida qo‘zilar bilan ko‘kanlashib ulg‘aya bordik. Sinfdan-sinfga yuqorilagan sari kitobxonlik kasaliga yo‘liqib qoldim.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tarjima_hikoya

Parda ortidagi qo‘g‘irchoq


Yozgi ta’til boshlandi. Le’Avr o‘g‘il bolalar maktab-internati yo‘lagida yuk chamadon tutgan o‘quvchilar hushtak chalgancha, maktab bilan xayrlashib chiqib ketishardi. Ammo bu mamnuniyat kayfiyati shapkasini qo‘liga ushlab olgan Mehrdodga yot edi. U xuddi kemasi dengizga cho‘kib ketgan tujjordek chamadoni ustida ma’yus turib qoldi. Kal, meshqorin direktor yaqinlashib: “Siz ham ketyapsizmi?” deb so‘radi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun shoira Mehrinoz Abbosova tavallud topgan kun!


Mehrinoz Abbosova 1995-yilning 23-iyul kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, “Shuhrat” medali sohibasi. “Men yoshlikman”, “Yulduzrang qo‘shiqlar” nomli she’riy kitoblari chop etilgan.

* * *
Nechun yuragingda g‘ussalar g‘olib,
Nega kerak bo‘ldi shuncha ko‘z yoshlar?
Hozir faryod solib, vahima solib,
Bulutlar boshingga yig‘ila boshlar.

Muhimi, ichingda yashama hurkib,
O‘sha qiyofangda bo‘laver zohir.
Senga gullar tutib, senga tiz cho‘kib,
Kimsan – Bahor keldi qoshingga axir...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

* * *
Qasdimga huv tog‘lar toshlarin otsa,
Yorilib ketsa-da bosh egmam hecham.
Faqat tinch yurgizmas toshlari botsa,
Turtinib-surtinib ulg‘aygan ko‘cham.

Ayanchmas ummon yo sahro, o‘rmonda
O‘limga tik boqib, qolmog‘im tanho.
Do‘st-u yor bo‘lsa-yu to‘rtala yonda,
Hech kim tushunmasa, shudir muammo.

Ranjima, cho‘chitmas, gulim, so‘lishing,
To‘kis baxt yo‘q azal sevgi yurtida.
Asl foje menga sening bo‘lishing
Qarsillab yopilgan eshik ortida...

Shukur Latif

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hajviya

Zo‘raki hamroh


Jannatxon eshikii avaylab ochdi-yu mushukday ovoz chiqarmay ichkari kirdi. Bir lahza kesakiga suyanib turdi. Keyin qo‘shiqning avjiga yaqinlashgan xonanda singari ohista tomoq qirdi. Urol Mardiyevich nozik yo‘tal sohibasini darrov tanidi. Ammo o‘zini gazeta o‘qiganga solib o‘tiraverdi. Jannatxon chillasi chiqmagan kelinchakday istig‘no bilan erkalandi:
— Bizni tashlab, nomard, sizga yo‘l bo‘lsii!!

👉davomi...

(Korikatura muallifi: Mahmud Eshonqulov)

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#suhbat

Yozuvchi, filologiya fanlari nomzodi,
dotsent Olim Toshboyev bilan suhbat

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xazinadan

Bilasizlarmi, odam nima uchun ikki oyoqlab yurishni o‘rgangan?


Men yana bir narsaga afsus qilaman; hech kim menga to‘g‘ri yo‘lni — inqilobiy yo‘lni ko‘rsatmadi, hech kim menga inqilobiy ruhdagi birorta kitobni mutolaa qilishni tavsiya etmadi. Natijada men juda ko‘p oldi-qochdi kitoblarni — axlatxonalarni titkilab chiqishga majbur bo‘ldim. Jahon adabiyoti durdonalari bilan, dunyo tarixi durdonalari bilan ancha kechikib tanishdim.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov

Yosh shoir Muhammadali G‘afforov tavallud topgan kun!


Muhammadali G‘afforov 1997-yili 18-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.

* * *
O‘zimni aldashdan charchadim,
Charchadim hammani aldashdan.
Men seni hech qachon sevmadim,
Men sarob xo‘plagan sarxushman.

Yo‘ldaman, manzilsiz yo‘lovchi,
Sahroman bir karvon o‘tmagan,
Podshoman, mehrga tilanchi,
Shoirman biror she’r bitmagan.

Tuproqman yuzimga sochilgan,
Yelkanman dengizda kemasiz.
Kuz kelmay to‘kilgan yaproqman,
Ochilgan qabrman egasiz.

Na’raman yo‘lbarsning bo‘g‘zida,
Azroil qoshida ohman men.
Bordekman dunyoning ko‘ksida,
Yo‘qman men, aslida, yo‘qman men.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov

Yosh yozuvchi Shavkat DO‘STMUHAMMAD tavallud topgan kun!

Shavkat DO‘STMUHAMMAD 1996-yili 17-iyul kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistranti. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi bilan “Birinchi kitobim” ruknida “Koinot himoyachisi” ssenariy va pyesalar to‘plami nashr etilgan.


* * *
Boybovaning bolalari. (Hikoya)

Qishlog‘imiz mol yetishtirish bilan nom chiqardi.


Men esa qassobman.

O‘limdan go‘zallik qidiraman. Ayniqsa, kuchbermas novvosning boshini yerga xam qilib, tortib shoxidan bog‘lab…
Oldingi oyoqlarini birlashtirib chandib, orqa oyog‘ining narigisidan arqon o‘tkazib, biqinidan itara solib arqonni tortib yiqitganim jonliqning alamzada alpozidan…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Bolaligim oppoq qordek pok ekan,
Unda dunyo ertaklardan yaralgan.
Kaftingga tekkanda eriydi tikan,
Hamma joydan ishq qo‘shig‘i taralgan.

Bugun esa kurtak yozar ziddiyat,
Tuman kabi tarqalibdi o‘y-xayol.
Ezgulikni qilavergin sen niyat,
Bolalikka goho qaytib bemalol.

Minara Qalbayeva

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm_va_hayot

Mening yurtim


(Onamning derazasi)

Onamning derazasidan yo‘lga
boqar kitobim:
Zag‘izg‘onlar hamrohligida.
Tog‘larning yuragini ko‘rar
kimda-kim
Aytgan bo‘lsa vido gumrohligiga.
Derazaning tepasidan o‘tar
Turnalar,
Sevinchi nim, nolalari nim –
Oqlaganday bahorning haqqin
Uchib ketayotir Shimolga.
Yodlaganday kuzning dardini,
Janubga yetmoq uchun kamolga
Turnalar ila
Onamning derazasidan yo‘lga
boqar kitobim.
Turnalarning yo‘li –
Odamning yo‘li,
Odamning qismati kabi mardona –
Zarafshon daryoginam bir loyqa oqar
Bir tiniq ko‘ngli.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Yo‘llar yutib yubordi qadrim,
Bormay desam yanada og‘ir.
Yuragimda sudrab chorig‘in,
Muhabbatim o‘zimday faqir.

Bugun menday bechorani ham,
Boy qilar deb o‘ylayman dunyo.
Biroq sizga yetmaydi nolam,
Yuzin burib turadi Xudo.

Kimga ko‘kdan yog‘iladi nur,
Kimga yerdan unadi ziyo.
Meni desa debdi-da bir hur,
Senga hurlar kammidi, Xudo?!

Peshonamga bir urib mushtin,
Shu yoziqni qo‘yganmi bitib.
Qismat qarshi bo‘lsa-da bir kun,
Kelishingiz yashayman kutib.

Lochinbek Hasanov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jahon_adabiyotidan

QUM ODAM
hikoya

...Hozir Robining kayfiyati yomon bo‘lganligi uchun biron-bir g‘ayritabiiy narsani idrok etishga qodir emasdi. Osmondan yulduz uchib tushganini ko‘rib esa, ensasi qotdi, xolos…
👉Davomi…

Rey BREDBERI

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

***

Agar nurman, agar oftob,
Va yo yog‘du va yo mohtob,
Na bo‘lsam ham manim yakto
Madorim bo’l…

Agar gulgun, agar durkun,
Va yo so‘lg‘in va yo hurkir,
Na bo‘lsam ham, sen ey ko‘rkim,
Harorim bo‘l…

Agar qushman, agar xushman,
Va yo o’ngman va yo tushman,
Na bo‘lsam ham dilim xushlar
Qarorim bo‘l…

Agar tergar, agar sergap,
Va yo ko’ksing tilar mergan…
Na bo‘lsam ham faqat senga
Bororim bo’l…

Iroda RAHMONALIYEVA

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…
Подписаться на канал