# Jahon_nasri
BO‘LAJAK SHOIR.
Hikoya
Bu tayoqdek qiltiriq, pardek oppoq yuzli, dengizdek moviy ko‘zli, sochlari to‘zg‘ib ketganidan jingalaklashgan bolakayni ko‘chaning boshqa bolalari uncha yoqtirishmasdi. Nima uchun degan savol paydo bo‘lgandir sizda. Ehtimol, boshqalarning Kostinikidek moviy ko‘zlari yo‘qligi, ko‘pchilik insonlar moviy ko‘zlarni yaxshi ko‘rishi bunga sababdir…
👉Davomi…
Arkadiy AVERCHENKO
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Nazm_va_hayot
MENI TUSHUNSAYDI ODAMLAR
Men kitobman mashhur, nomimni, afsus,
Qarovsiz yillarning changlari bosgan.
Men pichoqman, keskir damimni nafsiz,
Yaroqsiz qo‘llarning zanglari bosgan.
Meni tushunsaydi odamlar –
Titiliii-ib ketsaydim...
Katiliii-ib ketsaydim...
Har kun darsxonada go‘zal toliba
Qoldirmay o‘qisa varaqlarimni.
Har kun oshxonada go‘zal sohiba
Bildirmay to‘g‘rasa yuraklarini –
Titiliii-ib ketsaydim...
Katiliii-ib ketsaydim...
Keyin odamlarga toliba meni
Suyunib-suyunib sharhlab bersaydi.
Keyin odamlarga sohiba meni
Kuyunib-kuyunib charxlab bersaydi.
Titiliii-ib ketsaydim...
Katiliii-ib ketsaydim...
Meni tushunsaydi odamlar...
Rustam MUSURMON
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Yoshlik_xazinasidan
"Yoshlik" jurnali 1988-yil 1-son
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Munosabat
Yozuvchi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Olim TOSHBOYEVning yoshlar, kitob va kitobxonlik masalalari bo‘yicha fikrlaridan bahramand bo‘ling!
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Olis_yaqin_ovozlar
***
Botayotgan kunga
qaramoq o‘gir.
So‘ngan haqiqatga,
qarab jilmayish,
“yaxshi xizmat qilding,
buguncha xayr”,
deb kunga alvido aytmoq –
azobli.
Bugunning
qaytmasligini o‘ylasang,
o‘ylasang,
bir kundan keyin ham senga
hech kim
haqiqatni aytmasligini...
Ketayotgan kunga,
qanday qaraysan!?
Nega ojizlarga,
ojizligingni
ko‘rmoqlikka imkon bergansan,
Quyosh?!
Jizg‘anak bo‘layotgan,
ufqqa qarab,
miyig‘ida kular,
iztirob...
Suhrob ZIYO
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Mulohaza
***
Adabiy ta’sir yozuvchining orginalligiga xalal yetkazmaydi, aksincha, uning mahoratini oshiradi, hayotning chuqur qatlamlarini va uzoqni ko‘rishga o‘rgatadi. Taqlid esa, aksincha, boshqa yozuvchiga ko‘r-ko‘rona ergashish, unda tasvirlangan hayot lavhalarini “o‘zlashtirib”, mexanik suratda ko‘chirishga olib keladi, natija o‘laroq, taqlidchining yozuvchi sifatida burdi ketadi.
G‘aybulloh as-Salom
yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Tun sukutin buzar bexos aksiriq,
Qaro yopinchiqda mizg‘ir saraton.
Ko‘zlarni achitgan ko‘zyosh-ki – siniq,
Makonin qidirar ko‘kka qarabon.
So‘ngra manzil tomon chiza boshlar yo‘l,
Tuproq-la qovushib butlaydi tanin.
Oqshom otli to‘rdan uzatguncha qo‘l,
Bedor qolaverar men va Sevganim.
2024
O‘lmas Raimqulov
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Qutlov
Bugun yosh shoira Mashhura Abdurayimova tug‘ilgan kun!
Mashhura Abdurayimova 2002-yilning 5-iyulida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabini tamomlagan. O‘zbekististon Jurnalistika va Ommaviy komminkatsiyalar universiteti talabasi.
“Mitti yulduzchaman”, “Yurtim, madhing kuylayman” nomli she’riy kitoblari chop etilgan. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi
***
Qishloqda...
Juda baxtli yashar odamlar.
Kaftdakkina yeri, osmoni bilan.
Qishloqda...
Juda baxtli yashar odamlar,
Ham qayg‘u, orzusi, armoni bilan.
Bolalari shaharga ketgan,
Biri davlat izlab, biri yurt izlab.
Tahajjuddan bomdodga qadar,
Momom-chi, ularga baxt so‘rar bo‘zlab.
Men entikib keldim shahardan,
Qishloqning dardiga xuddi doriday.
Netay sovib ketibdi ko‘nglim,
Onamning tandirda qolgan noniday.
Yuragimda bolalar sog'inch.
Ko'ksimga botadi alamli tikan.
Chiroqlar ko‘p shaharda ammo,
Lek, netay yulduzlar ko‘rinmas ekan.
Tong yorishmay ko‘cha supirar,
Sochlari supirgi suluv bir malak
O‘n to'qqiz yosh endigina u,
Orzusi - shaharda qolgan kelinchak...
Turshak, mayiz to‘la jamadon,
Kenjasiga momom taxlar safarlik.
Olim bo‘lib qaytsa-ku yaxshi...
Yo‘qsa, ortar yana bitta “shaharlik”
Qishloqda...
Juda banddir rosti odamlar,
Kundalik tashvishi, yumushi bilan.
Qishloqda...
Juda baxtli rosti odamlar,
O‘zlari kashf etgan turmushi bilan.
Mashhura Abdurayimova
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
6.04.2024 yil
PEDAGOGIKA FAKULTETI
IJODIY KECHA
Pedagogika fakultetining talaba yoshlari ortasida Besh muhim tashabbusning to
rtinchi tashabbusi doirasida Ozbek adabiyoti vakillari ijodi bilan yaqindan tanishish va ularga bag
ishlangan adabiy-badiiy kechalar o`tkazish maqsadida
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shodi Otamurod va Mansur Jumayev va "Yoshlik" jurnalining muharrir bilan hamkorlikda badiiy kecha o'tkazildi.
Tadbirda shoirlar tomonidan she'rlar aytildi va she'riyat olamiga qiziqishi ortgan talabalar tomonidan shoirlarning she'rlari ijro etildi.
👉Bizni kuzatishda davom eting.
/channel/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy
#Haqiqat
Shaxs nima degani?
O‘zini va o‘zligini anglagan odam shaxs bo‘ladi. Millati bilan, vatani bilan, adabiyoti bilan qattiq bog‘langan bo‘ladi shaxs. Har qanday og‘ir va yengil sharoitda ko‘pchilikka o‘rnak bo‘ladigan kishi – shaxs. Har qanday murakkab sharoitda ham yo‘lini qilib haqiqatni ifodalaydigan odam – shaxs. Shaxsning zimmasidagi masʼuliyat juda katta bo‘ladi. Talantli shoir va yozuvchilarda shaxsiyat shakllanmasa, u talant yukini ko‘tara olmaydi, adabiyot uchun ko‘zlangan ishlarni qila olmaydi. Аdabiyot uchun shaxs kerak.
Ibrohim Haqqul
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#ibratli_dunyo
Qadim zamonda bir odam uylandi. Birinchi kuni onasi va xotini bilan dasturxon atrofida o‘tirib, yangi kelinchak bo‘lgani uchun ayoliga taomning katta qismini alohida e’tibor, mulozamat bilan uzatdi. Arzimagan bir qismini esa o‘ta bee’tiborlik bilan onasining oldiga daq etib qo‘ydi. Xotini donishmand ayol edi. Hoziroq meni taloq qilishini so‘rab turib oldi. Er sababini so‘ragan edi:
— Qon tortadi, sizdan bola ko‘rib, shu ona kabi xor bo‘lishni istamayman, — deb javob berdi ayol.
Ming afsuski, ayrim ayollar eri tarafidan qaynonasidan ko‘ra ko‘proq izzat ko‘rsalar, o‘zlaricha g‘oliblik nash’asini suradilar. Bilmaydilarki, har kim ekkanini o‘radi. Yemoqning qusmog‘i ham bor. Alqissa, ayol talog‘ini olib, eridan ajrashdi. Vaqt o‘tib Alloh unga boshqa bir yaxshi erni nasib etdi. Yillar o‘tdi, bola-chaqali bo‘ldi.
Bir kuni tuya ustidagi kajava ichida borardi. Bolalari atrofida parvona bo‘lib, xizmatiga shay turardilar. Yo‘lda bir karvonga duch keldilar. Karvon ortida abgor ahvoldagi yoshi katta bir kishi yalangoyoq piyoda borardi. Unga hech kim e’tibor bermas edi. Bolalariga o‘sha odamning oldiga olib borishlarini so‘radi. Olib borishgach, haligi odamga dedi:
— Meni tanidingizmi? Men sizning sobiq xotiningiz bo‘laman. Sizga qon tortadi, har kim ekkanini o‘radi, demaganmidim? Ko‘ryapsizmi, bolalarim meni qanday izzat-hurmat bilan olib yurishibdi. Endi o‘zingizning ahvolingizga bir qarang. Buning sababini bilasizmi? Siz onangizni xo‘rlagan edingiz. Mana endi jazoyingizni olyapsiz...
Ibrat izlaganga — ibratdir dunyo
Doniyor Yusupov sahifasidan olindi
#Qutlov!
Parizoda Ro‘ziboyeva 2001-yilning 28-iyunida Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tamomlagan. “Tong taronasi”, “Qalbim sozi” nomli she’riy kitoblari chop etilgan. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi
Biroz gaplashaylik,
Go‘shakni ko‘tar,
Bu dunyo unutsin dunyoligini.
Baxtlarni orqalab bo‘lmaydi axir,
Bilamiz, tushlarning ro‘yoligini.
Biroz gaplashaylik,
Go‘shakni ko‘tar,
Ichimga yutaman yig‘ilarimni.
Holingni so‘rayman garchi bilsam ham,
Yashirib dodlarim yig‘ilganini.
Biroz gaplashaylik,
Go‘shakni ko‘tar,
Xohlasang jimgina tinglayman so‘zing.
Axir bahor gulin hidlamay turib,
Sochimga qo‘llari tegmoqda kuzning.
Biroz gaplashaylik,
Go‘shakni ko‘tar,
Chidamoqqa kuchim yetar bariga.
Garchi bir so‘zim yo‘q senga aytmoqqa,
Sening ham rahming yo‘q ko‘ngli yarimga.
Biroz gaplashaylik,
Go‘shakni ko‘tar...
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Qutlov!
Beknazar Qorajonov 1990-yili 28-iyunda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi Moltob qishlog‘ida tug‘ilgan.
Mehnat faoliyati davomida 2012–2014-yillar “G‘allaorol ovozi” gazetasi bo‘lim mudiri, 2014–2017-yillar tuman “Barkamol avlod” bolalar to‘garak rahbari, 2017–2020-yil tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida uslubchi, 2020-yil Yoshlar ishlari agentligi G‘allaorol tuman bo‘limida Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis, 2023-yil Yoshlar ishlari agentligi G‘allaorol tumani bo‘limida Mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Respublika yosh ijodkorlarining “Zomin seminari” ishtirokchisi.
O‘zbekiston Oliy Majlis senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi.
2019-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Beknazar Qorajonov kelajakda ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlab turadigan rahbar bo‘lishiga ishonamiz!
@yoshlikjurnali
#Dilga_yaqin
Muallif va ijroda Islom ALI
@IslomAli_shoir kanalidan olindi.
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Olis_yaqin_ovozlar
O‘TINCH
Biroz gaplashaylik,
Go‘shakni ko‘tar,
Bu dunyo unutsin dunyoligini.
Baxtlarni orqalab bo‘lmaydi axir,
Bilamiz, tushlarning ro‘yoligini.
Biroz gaplashaylik,
Go‘shakni ko‘tar,
Ichimga yutaman yig'ilarimni.
Holingni so‘rayman garchi bilsam ham,
Yashirib dodlarim yig'ilganini.
Biroz gaplashaylik,
Go‘shakni ko‘tar,
Xohlasang jimgina tinglayman so‘zing.
Axir bahor gulin hidlamay turib,
Sochimga qo‘llari tegmoqda kuzning.
Biroz gaplashaylik,
Go‘shakni ko‘tar,
Chidamoqqa kuchim yetar bariga.
Garchi bir so‘zim yo‘q senga aytmoqqa,
Sening ham rahming yo‘q ko‘ngli yarimga.
Biroz gaplashaylik,
Go‘shakni ko‘tar...
Parizoda RO‘ZIBOYEVA
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Nazm_va_hayot
TESKARI
Yoshlikda vulqondek shiddat bor, biroq
Noyob tajriba yoʻq keksalikka xos.
Qarichilik esa shiddatdan yiroq
Uning bor davlati tajriba, xolos.
Yoshlikdagi gʻayrat, shijoat, shiddat
Qarigan chogʻda ham boʻlsaydi agar...
Hazrati inson, deb atalmish xilqat
Balki, boʻlar edi yana mukammal.
Ammo hayot bunga bermayin imkon,
Ustimizdan yayrab kulaverarkan.
Kuch ketib, belimiz shovshagan zamon
Tajriba tirjayib kelaverarkan.
Abdusaid KOʻCHIMOV
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Barhayot_satrlar
IRODA
Fasl tanlamaymiz. Hammasi bahor,
Qovjiraydi faqat yolg‘on-yashiqlar.
Biz abadiy nekbin. Mangu umidvor.
Biz – ko‘ngli sovishni bilmas oshiqlar.
Qishlar va bahorlar, yozlar va kuzlar
Biz uchun barobar yangroq torlardir.
Yerga yog‘a olmay yongan yulduzlar
Bizlar qalovini topgan qorlardir.
Tog‘dek toqatlardan mo‘miyodek sirqib,
Do‘stlarga atalgan dil rozlarimiz.
Qanotimiz po‘lat. Hech bo‘lmas qirqib.
Jaranglab turadi parvozlarimiz.
Matnazar ABDULHAKIM
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
QAQNUS
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, taniqli shoir G‘ayrat Majid “Qaqnus” ko‘rsatuvining bu galgi mehmoni.
Marhamat, tomosha qiling!
To‘liq video.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#shunchaki
Maydalashgan ijodkorlardan katta adabiyot kutib bo‘lmaydi!
G‘iyosiddin
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#fikr
Asar tanlov, maqtov yoki mukofot uchun yozilmaydi. Yurak amri bilan, vijdonga, vatanga xiyonat qilmay yozish kerak.
Sobir Oʻnar
#suhbat
Qalb olami rostgo‘ylikni yoqtiradi
– Shoyim aka, sheva so‘zlardan foydalanish asar jozibadorligini oshiradi, deyishadi. Badiiy asarda tildagi yo‘qsillikni sheva so‘zlar orqali “joy-joyiga” qo‘yishga qanday qaraysiz?
– Til sofligi uchun kurash ijodga ruh, g‘oyalarga yuksaklik baxsh etishi haqida avvallari ham aytganman. Abdurauf Fitratning qayd etishicha, “Eronda arabcha hokim bo‘lgan bir zamonda yozilgan “Shohnoma”da arabcha so‘zlar yo‘q darajada ozdir. Firdavsiy bu ikki tilakni (birinchi tilak, Eron usulini arabdan sovutib, eronli tuyg‘usini bermak; ikkinchi tilak, arab tilini Erondan surib chiqarmak) bilib, onglab ishga kirishganini bildirmakchi bo‘lib yozadurkim:
Base ranj burdam soli si,
Ajam zinda kardam ba dini forsi,
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#Qutlov!
Mahfuza IMOMOVA 1989-yili 4-iyulda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. Hindistonning Bangalor universitetida tahsil olgan.
“Yorug‘ yo‘l” nomli she’riy to‘plami chop etilgan.
* * *
Keldim,
Kelmasidan tong sabolari
Quyosh nayzalarin sanchmasdan keldim.
Yelkamda yo‘llarning iddaolari,
Yillar istibdodin yanchmasdan keldim.
Keldim,
har yaproqqa so‘ylamay keldim,
Haddimdan o‘zgaga bo‘ylamay keldim.
Na-da bir tadorik, na shubha gumon,
Hattoki bir bora o‘ylamay keldim.
Men shunday mard keldim,
serjur’at keldim,
Kelmasam bo‘lmasdi, kelsam bo‘lmasdi.
Ko‘zlar ham to‘lar-ku, nechun to‘lmas dil?
Men shunday dard keldim, lojuvard keldim.
Keldim,
ostonangda turibman kutib,
Shoshma, eshikni tez ochib yuborma.
O, donishmand zot,
Mo‘ysafid Hayot –
Sen meni havoga sochib yuborma.
Yer qattiq, ko‘k baland, umr sarsari,
Yurakda ko‘z ochsin bari shodliklar.
Go‘zallik, muhabbat, baxtdan tashqari,
Sen meni ayirma parishonlikdan...
Keldim...
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Qutlov!
Bugun shoir Xayrulla Xolto‘rayev tavallud topgan kun!
Xayrulla Xolto‘rayev 1984-yili 4-iyulda Surxondaryo viloyati Boysun tumani Ko‘lqamish mahallasida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Ko‘nglim ko‘zgusi” nomli she’riy to‘plami nashrdan chiqqan.
* * *
Ishq meni o‘g‘irlab ketgan u kecha,
Yurakni o‘zingga qaytar mohitob.
Yupatma yig‘lasam nurli tonggacha,
Umr bir soniya, o‘tarkan shitob.
Garchi ko‘p yugurdim, umrim arzimas,
Nurni istagandim ko‘ngil dardimas.
Men-ku bariga ham ko‘nardim, evoh,
Umr bir soniya, o‘tarkan shitob.
Evohki, ishqda jim yonmoq lazzatdir,
Dilni dilga bermoq biroz fursatdir.
Shunday fursat kutdim, yugurdim, chopdim,
Umr bir soniya, o‘tarkan shitob.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Hordiq dam olishmi yoki charchash?
“Yoshlik”chilar bilan Tohir Malik domlani yoʻqlab borganimizda til tozaligi, soʻz qoʻllash masalasida ham suhbat qurgan edik. Oʻshanda domla hordiq soʻzini yanglish ishlatish ommalashib ketganini aytgandi. Hordiq – horish, charchash. U chiqariladi, olinmaydi. Hordiq chiqarish – charchoqni chiqarish, yaʼni dam olish. Hordiq olish esa – charchoq olish, yaʼni charchash, toliqish.
Biroq baʼzi soʻzlar oʻziga oʻzi antonim maʼnoda ham qoʻllanadi. Ayrim soʻzlardagi xatolar esa ommalashadi, lugʻatlarga kiradi va toʻgʻri deb qabul qilinadigan boʻladi. Qisqacha aytganda, gʻalati mashhurga aylanadi. Hordiq ham shundaylardan.
Izohli lugʻat hordiq soʻzini ikki xil maʼnoda sharhlaydi:
1️⃣ Ish-mehnat, harakat qilib charchagan, tolgan holat; horgʻinlik, charchoq.
2️⃣ Dam.
Demak, bu soʻzni dam, dam olish, charchoq chiqarish maʼnosida ham qoʻllash mumkin. Xato emas.
@oriftolib
***
Умримдан топай деб ҳаловат, ҳордиқ,
Шу қисмат, шу шароб этилган тортиқ,
Қадаҳдан кўз ёшим тоширма ортиқ,
Шуни увол қилмай, тўкмайин бошқа.
Сенга деб қалбимдан офтоб борадир,
Ҳар бекат келганда тўхтаб борадир,
Юрак гулханида тутаб борадир,
Ғамга хумор қилма, чекмайин бошқа.
Шоди ОТАМУРОД
28.06.2024
#mutolaa
Xonadonida “Yoshlik”(gi) bor insonlar, baxtli odamlardir!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#tabrik
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli jurnalistlar!
(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi).
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz