yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Kun_haqiqati

JURNALIST O‘ZI KIM?


Jurnalist: o‘z gazetasi tomonidan tahrir qilinadigan yozuvchidir.
Adrian Dekursel

Barchaga yoqadigan narsa yozishni boshlaganingiz lahzadan siz jurnalist emassiz. Shu daqiqadan boshlab siz shou-biznes uchun ishlaydigan qalamkashsiz, xolos.
Frenk Miller

Diplomatlar jurnalistlarga yolg‘on aytib, gazetadan o‘zlari to‘qigan yolg‘onlarga ishonishadi.
Karl Kraus

Jurnalistikaning birinchi qoidasi: o‘quvchi fikriga quloq soling va ularning muammolarini ko‘taring.
Aleksandr Koubern

Jurnalist hech qachon o‘ziga katta baho bermasligi, o‘z manfaatlarini xalq manfaatidan ustun qo‘ymasligi lozim.
Mixail Lomonosov

Yangilik yo‘qligi yaxshi xabar, jurnalistlarning yo‘qligi esa undan-da zo‘r xabardir.
Nikolas Bentli

Jurnalistlar o‘zlari tarqatadigan xabarlar bilan, ofitsiantlar o‘zlari olib keladigan taomlarga nisbatan ishtahasi bo‘lmagandek, qiziqmaydilar.
Xugo Shteynxaus

Har kuni bo‘shliqni to’ldirish mahoratiga ega bo‘lgan kasb egalarini taniysizmi? Bu jurnalistlardir.
Deym Rebekka Uest

Gazetalar yozadigandek hammasi yomon bo‘lgan kunga yetishishdan Xudoning o‘zi asrasin.
Uil’yam Peni Eder Rojers

Mutlaqo fikrga ega bo‘lmay turib, uni bayon qilish haqiqiy jurnalistik mahoratdir.
Karl Kraus

Jurnalist ishi Danay (yunon mifologiyasiga binoan qadimgi yunonlarning nomi) qizlarining faoliyatiga o‘xshaydi. Xudolarning qahri kelib qizlarga tubsiz bochkani suv bilan to‘ldirish buyurilgan edi.
Karel Chapek

Jurnalistika va adabiyotning farqi nimada? Farq shundaki, jurnalistikani o‘qish shart emas, adabiyotni esa o‘qishmaydi.
Oskar Uayld

Manba: Nargis Qosimovaning veb-blogi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Sen ketib borarsan, shamol sochingning,
Rangiga bo‘yaydi tunning bag‘rini.
Ortingdan ichikkan go‘dakday zor-zor,
Madorsiz tuyg‘ular chopar og‘rinib.

Sen ketib borarsan, beg‘am, betashvish,
Men senga termulib behush qaytaman.
Ko‘nglimda bir kurtak tag‘in urar nish,
Ertak ozor bilan tugar qaytadan.

Sen ketib borarsan, o‘rtamizdagi
O‘tmish yarasini silar – talangan.
Pinhona tikilgan o‘t nigohingdan
Yuzimga tutashib ketar alanga.

Keyin men ketarman, gohi o‘ylarim,
Gohi oyoqlarim sarxush chalkashib.
Men sendan uzoqlab ketganim sari,
Men senga shunchalar bo‘larman yaqin.

Sen ketib borarsan o‘ychan va sokin,
Men ketib borarman sipqorgancha may.
Yonimga jilmayib chiqqan ayolni
Sening isming bilan chaqirdim bilmay.

O‘rtamiz shu tunday uzun cho‘zilgan,
Nuraydi bir oniy visolning ko‘shki.
Sen ketib borarsan, ikki ko‘zingda
Dengizday chayqalib boradi ishqim.
Sen ketib borarsan...

Islom Ali

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#saboq

Millatning manfaati uchun harakat qilmagan odam oxirat saodatiga erisholmaydi.

***
O‘zimizning manfaatimiz uchun qanday harakat qilsak, millatimiz manfaati uchun ham shu tariqa harakat qilishimiz lozim.

Abdurauf FITRAT

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#saboq

Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.

Amir TEMUR

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#oʻzbekcha_gapiramiz

“Oyina.uz” boshqa tildagi muqobili qo’llaniladigan o’zbekcha so’zlarni eslatib o’tishda davom etadi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov!

Bugun yozuvchi Bayram ALI tavallaud topgan kun!


Bayram ALI – 1991-yili 23-iyunda tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.
“Bolangman, Dunyo”, “Kuz yomg‘irlari” kabi nasriy kitoblari chop etilgan. Asarlari ingliz, rus, tojik tillariga tarjima qilingan.


👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hajviya

Qaysar qalamkash


Yigitcha tutqazgan qog‘ozlarni yulqib olar ekan, shoshilibgina o‘qishga kirishdi. Mashqlarga bir-ikki nazar tashladi-yu, tezgina soatiga qarab so‘z boshladi.

– An’anaviylikdan qochish kerak, inim. She’rlarda faqat hissiyot, faqat tuyg‘u. Nuqul muhabbatni kuylab she’r yozaversangiz, yozaversangiz, mulohaza qilishga, o‘ylashga undaydigan she’rlarni kim yozadi, axir?

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Siz kutasiz. Menam boraman,
Uchib borodurman xuddi oʻq.
Faqat... oldin xat yuboraman,
Oʻsha xatni yozganimcha yoʻq.

Halima Xudoyberdiyeva she'ri Mahliyo Asqaraliyeva ijrosida.

📺 “Qaqnus”

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlar_ovozi

JADIDLAR


Yozganlarim asli qasamyod,
Yashasaydi jadidlar naqli.
Ma’rifatli millatlar ozod,
Ma’rifatli millatlar Haqli...

Yodimda bor sillasi qurib,
Orzularin ulg‘aytirgan sas.
El o‘zini tanimay turib,
Najot keldi buyuk, muqaddas.

Va ko‘ksimda fig‘onlar toshdi,
Va xayolim o‘g‘irladi yel.
Va dardlarim tog‘lardan oshdi,
Bu tog‘larda yo‘q edi ko‘ngil...

Ko‘zlarimda yondi to‘rt tomon,
Balki, imdod o‘tli murosa.
Kim ham beun yashardi, tamom,
Bu sukunat aqlini olsa?!

Yuraklarga baxsh etib sabot
Yashasaydi jadidlar naqli,
Ma’rifatli millatlar obod,
Ma’rifatli millatlar Haqli!

Hulkaroy SATTOROVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Latifa

Shuhrat

Bir shoir mavlono Jomiyning oldiga bir g‘azal keltirib, dedi:
– Ey mavlono, siz ham ma’qul ko‘rsangiz, shu g‘azalni shahar darvozasiga osib qo‘ysalar, men ham biroz shuhrat taratsam.
– Mayli, – dedi, Jomiy she’rni o‘qigach, – lekin ehtiyot bo‘l, el bu sening she’ring ekanligini bilsa, yoniga o‘zingni ham osib qo‘yadi.
(Ilgari eng yaxshi she’rlarni katta-katta qilib yozib, shahar darvozasiga osib qo’yganlar. Bundan murod shoirni hammaga tanitish edi).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavsiya

“Yoshlik” jurnalining sodiq o‘quvchilari bor.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Nevarakulcha

So‘z san’ati

Nazm yaralur,
Nasrlar yaralur,
Azal, abad
Asrlar yaralur.

Bino bo‘lur
Sof adabiyot,
So‘zdan go‘zal
Qasrlar yaralur.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#suhbat

– “Lison ut-tayr”da sherni talab yotgan chumolilar bor. Gabriel Garsia Markesning qahramonini ham ana shu jonivorlar talab o‘ldiradi. Har ikkala holatda ham jamiyat va uning bir zarrasi bo‘lgan inson hayotiga doir ramzlarni ko‘ramiz. Adabiyot esa ramzlar, grotesklar, metaforalar va boshqa badiiy tafakkur vositalari bilan so‘zlaydi...

Davomi👉


Ne’mat ARSLON

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Haqiqat

Ҳаётда ҳам шундай: эгриларга ҳеч кимнинг иши йўқ, ҳамма зарба тўғриларнинг бошига тушади.

Зарбалардан чўчиманг, тўғри бўлинг!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mutolaa

Jurnalimizning 2023-yil 9-10-sonlarini o‘qishingiz mumkin!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda!

🏛 Bugun Talaba va o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Chori bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini samarali ta’minlash metodlari, kitobxonlikni targ‘ib etish va adabiy badiiy jarayonlar haqida ma’lumot berildi.

☑️Bundan tashqari markaz bo‘lim boshlig‘i Mansur Boysariyev tomonidan “Talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash” mavzusida tyutorlar uchun dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Tyutorlar uchun tashkil etilayotgan mazkur malaka oshirish darslari nazariy hamda amaliy darslar bilan davom etmoqda. Bugungi amaliy seminar mashg‘uloti interaktiv usullar orqali yuqori kayfiyatda tashkil etilmoqda.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xotira

Xonzodabegim qaysi mavzuga qo‘l urmasin, qaysi yo‘nalishda she’r bitmasin, doim o‘z ovozini boshqalardan ajratib turishga intilardi. Uning she’r tuzish uslubida, qofiya, tashbehlar topishda o‘ziga xos jozibasi bor edi. Vatan haqida yozadimi, ota-ona, do‘stlik, muhabbat – qaysi mavzuda ijod qilmasin, doim she’riga bitta yangi jumla, yangi fikr, yangi nafas olib kirish uning odati edi.

👉davomi...

Nurali JALIL,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hikoya

Yettinchi palata


Bir ko‘zimda ketma-ket ikkinchi jarrohlik! Yana o‘sha yettinchi palataga yotdim. Tasodifmikan? Yoki oydin qizlarim tanib, qadrdon xonamga yo‘llashdimi? G‘alati palata, jud-dayam g‘alati. Qo‘sh tavaqali oq eshikdagi lavhga “Tibbiy turizm bemorxonasi” deb yozilgan. Bu nimasi ekan? Ommalashib ketgan “turizm” so‘zining shabadasi Respublika ko‘z mikrojarrohligi shifoxonasigayam yetibdi-da? Balki, chet elliklarga mo‘ljallangandir bu oppoq, yumshoq o‘rinlar?

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Ketish


Ruhi etayotir falakda sayr,
Jismi tuproqlanar ketsak qirq qadam.
Bizga qay kun tongda demasdan xayr,
Bobomning yoniga jo‘nadi dadam.

Ichikdim, barchasi bo‘lsin baxayr,
Dilimni tushunmas bunda bedillar.
Ketganda omon bo‘l, sog‘ bo‘lgin, xayr,
Deyishni o‘rgatgan dadam edilar.

Ayrilganim ayon bo‘ldi tog‘imdan,
Uydan olisdaman chiqsam qirq qadam.
Bugun Toshkent sari ketar chog‘imda
Ilk bor omon bo‘l, deb aytmadi dadam.

Erkin HOJIMUHAMMAD

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#saboq

Xalqlarning milliy shuurini izhor qilishda va shu bilan xalqlarni bir-biriga tanitib inoqlashtirishda badiiy so‘z ustalarining xizmatini qancha qadrlansa mubolag‘a bo‘lmaydi.

Maqsud ShAYXZODA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#shunchaki

Yuksalish – oʻz qoʻlingizda!

(Saidmurod Xolbekov sahifasidan olindi)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov

Bugun yosh shoira Sevinch Avazova tavallud topgan kun!

Avazova Sevinch Po‘lat qizi 1999-yil 22-iyunda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Uning ijod namunalari “Oila davrasida”, “Vatanparvar”, “Tong yulduzi”, “Gulxan”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Jahon adabiyoti”, “Kitob dunyosi”, “Adabiyot ziyosi”, “Yoshlik”, “Xalq so‘zi” singari bir qator respublika gazeta va jurnallarda chop etilgan. “Yosh kitonxon” tanlovi g‘olibasi.

***
YER baxtlidir, chun atrofida
OY parvona bо‘lar erta-kech.
QUYOSH baxtli, chunki girdida
ZAMIN aylanadi oshig‘ich.

Tegramdagi yо‘llar uniki,
Doim ta’qib etadi meni.
Bilmam, sevgi bu – his qilishmi
Samoviy jismlar baxtini?!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mujda

Kechikkan mutolaa!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mumtoz_minbar

***
Mani jondan oʻsondirdi, jafodan yor oʻsonmazmi?
Falaklar yondi ohimdan, murodim sham’i yonmazmi?

Qam-u bemorina jonon davoyi dard edar ehson,
Nechun qilmaz manga darmon, mani bemor sonmazmi?

Gʻamim pinhon tutardim man, dedilar yora qil ravshan,
Desam ul bevafo, bilman, inonarmi, inonmazmi?

Shabi hijron yonar jonim, toʻkar qon chashmi giryonim,
Uyodar xalqi afgʻonim, qaro baxtim uyonmazmi?

Guli ruxsoringa qarshu koʻzimdan qonli oqar suv
Habibim, fasli guldur, bu oqar suvlar boʻlanmazmi?

Dagildim man sanga moyil, san etding aqlimi zoyil,
Manga ta’n aylayan gʻofil sani koʻrgach, oʻtonmazmi?

Fuzuliy, rind-u shaydodur, hamisha xalqa rasvodur,
Soʻringkim, bu na savdodir, bu savdodan oʻsonmazmi?


FUZULIY

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tarjima_hikoya

Shinchao


Yoshim o‘ttiz ikkiga to‘libgina bolaligimning bir parchasi qolgan qadrdon go‘shaga keldim…

O‘shanda o‘n ikki yashar qizaloq edim…

Ming to‘qqiz yuz to‘qson beshinchi yilning yanvarida oilamiz –dadam, onam, men va singlim Da Yon Germaniyaga qaytib keldik. Ikki yil avval Berlinda bir muddat yashab, Koreyaga qaytgan edik. Bu safar dadam Plauen shaharchasidagi korxonaga ishga joylashdi. Atigi besh yil muqaddam ikki Germaniya hali birlashmagan davrda Plauen Sharqiy Germaniyaga tegishli edi. Tashlandiq binolar-u huvullagan bog‘lar, avtobus bekatida to‘planib o‘tiradigan, ustidan badbo‘y aroq isi anqigan erkaklar… Mana shu men bilgan Plauen shaharchasi manzaralari edi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Fikr

Adabiyot – jamiyatdagi qatlamlarni birlashtiruvchi eng ishonchli ko‘prik.

Olim Toshboyev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!

Feruza Xayrullayeva 1993-yili 19-iyunda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi. “Birinchi kitobim” ruknida “Qaqnus parvozi” nomli she’riy kitobi chop etilgan.

Havorang maktub

Dengizning ifori kelar borliqdan,
Sen tug‘ilgan makonlar kabi.
O‘ylayman, Xudoyim qudrati bilan
Ko‘zlaringni yaratganida
Jilmaygandir farishtalar ham.

Kuzataman bahorni sokin,
chalinyotgan musiqa misol.
Oqib kirar tomirlarimga,
Binafsharang havodek yog‘du.
Va unadi kipriklarimdan,
Yashil, pushti havorang kulgu.

Yakun topmas nihoyat ertak,
Yakun bo‘lmas ilohiy xatm.
Titrayotgan barmoqlarimga
kirar ekan halovat rangi.
bugun seni sog‘ina turib
qayg‘u emas, baxtdan yig‘ladim…

Feruza XAYRULLAYEVA


yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavsiya

Siz qaysi asarni oʻqiyapsiz?

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#saboq

Ustoz aytardi:
– Agar o‘qisang-u o‘ylamasang – chalkashib qolasan. Agar o‘ylasang-u o‘qimasang – shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.

Konfutsiy

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kichik_tavsiya

• Hayotda nima ish qilsang ham tanqid qilaveradiganlar topiladi. Sening to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekaning ularga qiziqmas, ularga tanqid qiziq.
• Shunday ekan hayotingni kimlarningdir gap-so‘zlariga qarab belgilama!
• Ishonaver – o‘sha tanqidchilar sendan ma’sumroq emas!
• Ba’zisining yuragida ig‘vo urchigan bo‘lsa, boshqasining jigarida hasad o‘rnashgan.
• Ig‘vogarni haqda sobit bo‘lish bilan jazola!
• Hasadgo‘yni esa haq yo‘ldagi g‘alabang bilan jigarini ez!

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал