yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Sensiz huvillagan dunyoga bir boq,
Na baxti bor uning, na bahori bor.
Qishloq qabristoni chetida shundoq,
Orzularimizning do‘ng mozori bor.

Qabrtoshi ham bor hasrat shaklida,
Unga isming o‘yib-o‘yib yozilgan.
Va mening opalik mehrim bor g‘arib,
Toshkent tomlarida dorga osilgan.

Sensiz bu dunyoning hech vaqosi yo‘q,
Taslim bo‘lgisi bor, jim bo‘lgisi bor.
Endi buyuklikka ham da’vosi yo‘q,
Soxta kulgusi-yu, chin yig‘isi bor.

Qaragin, nimasi qoldi dunyoning,
Faqat bitmaydigan yaralari bor.
Bag‘ri kuyib bitgan onasi bor va
Yana yetim qolgan bolalari bor.

Men borman kuzakka yetmay to‘kilgan,
Isrofil suriga raqs etgan telba.
Yetdim deganida qattiq yiqilgan,
Qayta turolmagan, tirilmagan va.

Sen ketib nimasi qoldi dunyoning?!.

Majnuna

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#maktub

Kapalak bag‘ridagi quvonch


Ilk bor Feruza Xayrullayevaning she’rlarini o‘qiyotganimda, qishlog‘idan tog‘lar bosh olib ketgani haqidagi, o‘z bo‘yidan oshmagan (tog‘ga aylana olmagan) qirlarni har ko‘rganda yig‘lamaslik uchun ham tuprog‘iga qaytolmaganidagi iztirobning ifodasidayoq, o‘zim sezib-sezmay, she’rga chirmashib bo‘lgandim. O‘quvchini shoirga hech bir dard ikkisidagi umumiy dard kabi favqulodda bir kuch bilan bog‘lab ololmasligiga ishonganman shunda. Balki, boy berib bo‘lingan bolalikdir o‘sha tog‘lar…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Shivirlar daraxtning yashil tillari,
Ba’zan yaproqlarday to‘kilgay dilim.
Horib yastanadi qishloq yo‘llari –
O, mening Xudoga cho‘zilgan qo‘lim.

O, olis yo‘llarning tanish g‘ubori
Sizga yuz bosmasam hayotim bekor.
Boqsam ko‘ylaklaklari yaltiroqlarning,
Xuddi yuragini bosganday g‘ubor.

Axir u yoqlarda ko‘z ochar birga,
Yostig‘im chetida mudragan sahar.
Yopiq derazalar, yopiq eshiklar,
Oq tongni xonamga qo‘ymaydi shahar.

Qancha yig‘laganman o‘zimga ayon,
Bazan qirg‘og‘idan toshkanday dengiz.
Men ketsam suyganlar etmang g‘alayon
Siz axir, o‘shanda qayda edingiz?!

Ko‘rdim. Balandlarning dili poygakda,
Bugun balandlardan tolayotirman.
Eski qishlog‘imga yangi ko‘ylakda,
Eski qalbim bilan borayotirman.

Gulrux Xudoyorova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qahramon_ayollar

Mari Kyuri (1867–1934)


Ikki yangi elementni hamda termo radioaktivlikni kashf qilgan polshalik fizik olima rentgen nurlaridan unumli foydalanish rivojiga ham katta hissa qo‘shgan. Kyuri ikki turli soha, ya’ni fizika va kimyo bo‘yicha alohida-alohida Nobel mukofotini olgan yagona inson hisoblanadi va bu natija hali-hanuz yangilanmagan. Faoliyati davomida Kyuri ko‘p hollarda omadsizlik va kamsitilishlarga uchradi, kimyo va fizika ayol kishi shug‘ullanadigan soha emas deya unga qarshi chiqqanlar ham bo‘ldi, biroq u o‘z maqsadlari tomon olg‘a intildi, uning ilmiy ishlari eng dolzarb hamda bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan tarixda o‘chmas iz qoldira oldi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

‼️Ижтимоий тармоқларда ёшга доир чеклов қўйилмоқда

⭕️АҚШнинг айрим штатларида ижтимоий тармоқлардан фойдаланишда ёшга доир чеклов қўйилмоқда.


Telegram | Facebook | YUZ">YouTube | Instagram

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Yoshlik koʻprigidan oʻtdim emaklab,
Endi muammolarga izlayman chora.
Qaniydi qaytadan chaqaloq boʻlib,
Onamning koʻkragin emsam bir bora.

Sargardon yuribman shahar-u qishloq,
Kunlar hayotimga bermayapti zeb.
Maylimi aldasang meni ey hayot,
Seni qaytaraman bolalikka deb.

Yodimda tuproqqa belanib chopgan,
Tosh tepib oyogʻim qilganim mayib.
Har tun tushlarimda koʻraman takror,
Qoʻshni qiz qoʻl siltab turar jilmayib.

Men ekkan darxtlar ulkan bogʻ boʻldi,
Soya salqin boʻldi hovlimiz toʻri.
Yana mahkam quchib, yana erkalab,
Otajon, pashsha-yu chivindan qoʻri.

Men hayron, bilmadim qachon ulgurdim,
Ajinlarim sanab ezilar yurak.
Xudo farzand bersa koʻziga qarab,
Yoshligim sogʻinib yigʻlasam kerak.

Bahodir Jovliyev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#ijod

Bola emizayotgan ayol


Manglayida xushbaxtlik tug‘i,
Xudolarning kiradi suqi,
Nigohida muhabbat ufqi,
Bola emizayotgan ayolning.

Jon oyati aytgan allasi,
Ijobatdir har bir duosi,
Bek, sultondir unga bolasi
Bola emizayotgan ayolning.

O‘n gulining gullar to‘qqizi,
Yo‘q armoni, yo‘qdir qayg‘usi,
Dargohiga yetadi tizi
Bola emizayotgan ayolning.

Quchog‘ida gullaydi jannat,
Farishtalar sig‘ingan xilqat,
Joynamozsiz qilar ibodat –
Bola emizayotgan bu ayol.

Enaxon SIDDIQOVA,
O‘zbekiston xalq shoiri

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#shunchaki

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

* * *
O‘zingdan o‘zgaga, ey yor, mani begonalardan qil,
Jamoling nuriga tun-kun mani parvonalardan qil,

Firoqing dardida ko‘nglim chekar har lahza dard-u g‘am,
Nazar tashlab qulinga bir, mani giryonalardan qil.

Yonarman dardi ishqingda, ki bag‘rim tah-batah qondir,
Najot istar ko‘ngil sandan, yo‘lim mayxonalardan qil.

Talabgoring erurman chin kuyar ishqingda bu jonim,
Yaqin aylab jamolinga mani so‘zonalardan qil.

Ayondir, rahmati ishqing, hayot baxsh aylagay menga,
Borar yo‘lim sengadir, yor, mani mardonalardan qil.

Malohat birla ko‘nglimga muhabbat jomini tutding,
Labim yetsin ki poyinga mani ostonalardan qil.

Tilab Mahmud rizoyingni turar hajringdakim behol,
Panoh-u sarvarim sensan, mani hamxonalardan qil.


Ismoil MAHMUD

Muallifning boshqa she'rlari bilan ham tanishish istagida bo‘lganlar saytimizga marhabo!

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yangilik

Quyidagi havola orqali qadrdon “Yoshlik”ingizning instagram sahifasi bilan tanishishingiz mumkin:
https://www.instagram.com/reel/C7bgoQvsy-O/?igsh=aThwcDI2bWplM3Qx

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#ijod

...Onajon, bir sir bor sirdan ulug‘roq,
Bir go‘zal orzu bor baridan suyuk:
Bir she’r yozsam edi – she’rdan ulug‘roq,
Bir odam bo‘lsaydim – shoirdan buyuk!

©Nasrullo ERGASH

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#ibrat

Bo‘ydoqlarga nasihat

Donishmandning huzuriga hadeb uylanolmagan, uylanishda ishi yurishmagan bir bo‘ydoq kelib, unga dardini doston qilib, shikoyat qila ketibdi. Shunda donishmand yigitga:
– Ikkilarni ikkida ishga sol, – deb maslahat beribdi.
Ikkilarni ikkida ishga solgan yigitning to‘yi tez kunda yurishib, boshi ikkita bo‘lib, ipsiz bog‘lanib, baxtli, taxtli bo‘lib ketibdi.
U “Ikkilar” nima deysizmi?
Ikkidan murod, ikki qo‘l, ikki oyoq, ikki ko‘z, ikki lab...
Ikkida ishga sol degani, tungi soat ikki. Ya’ni, yarim kechasi ikkida ko‘rpanga jafo qilib, o‘rningdan tur. Ikki oyog‘ingni yerga qadab, ikki rakaatdan namoz o‘qi. Ikki ko‘zingdan tinmay yoshlar to‘kilsin. Ikki qo‘lingni ochib, ikki labingni pichirlatib, til va dil ikkisini ishga solib astoydil duo-iltijo qil, demakdir.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olisga_boqib

Qirq yillik qadrdonim – “Yoshlik”


Sulaymon Rahmonning hayajoni menga ham yuqdi. “Yoshlik” jurnalining ilk sonida, yana O‘zbekistonning atoqli shoiri “oq yo‘l”i bilan yosh shoirning chiqishi yaxshigina e’tirof edi.

To jurnal chiqquncha hamkurslarim-u, do‘stlarimga churq etmadim. Bilib bo‘ladimi, palakat bosib she’rlarim chiqmay qolsa… Nihoyat, 1982-yil yanvar oyi oxirlarida jurnal qo‘limga tegdi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#bu_qiziq

UCH MUHIM NARSA


Hayotda uch narsani ehtiyot qilib ishlating:
– qadamni;
– qalamni;
– qasamni.

Uch narsani pok tuting:
– tanani;
– kiyimni;
– xayolni.

Uch narsani ishga soling:
– aqlni;
– himmatni;
– sabrni.

Uch narsadan parhez qiling:
– gunohdan;
– afsusdan;
– faryoddan.

Uch narsani bulg‘amang:
– qalbni;
– tilni;
– ko‘zni.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Nedir yetishmaydi,
nedir ortiqcha,
Nelardir ko‘ksimda turibdi titrab.
Yuragim sendayu, bilmayman hanuz,
Ichimdan yana ne bormoqda sitrab?

Cho‘kib ketaverdim ko‘zim yoshiga,
Izimdan soyadek qolmadi g‘urbat.
Nigohing har tunda quchib, men bilan,
Azobda yanchilib chiqdi muhabbat.

To‘qnash kelavergach har kuni senga
Hislarim zinadan ketdi qoqilib.
Seni topolmayin sovuq xonangdan,
Xavotir men bo‘lib chiqdi otilib.

Qush bo‘lib uchsamu cheksiz samoga,
Qayta tutashmasa, senga yo‘llarim.
Ming yil sog‘inchingdan ichikib yana,
Kaftin ochib qolsin mayli qo‘llarim.

Shomda ham to‘xtamas qushlar chug‘uri,
Hasratlarim esa tindi bo‘g‘zimda.
Sevgilim, qaragin, sening sevgingmi,
Chaqinday chaqnagan mening ko‘zimda?!

Bibigul Adiyeva

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlar_ovozi

“Faqat qog‘oz gul yomg‘irdan qo‘rqadi”


Yosh ijodkorlarning ijodiy ishlarini kitob ho­lida nashr etilgani! Kitobga “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” deb nom berilgani! Adiblar xiyobonida taqdimoti bo‘lib o‘tgani! Har bir ishtirokchi o‘z ismini kitobda ko‘rib quvonganini xolis kuzatib, miriqdim. Ular orasida mening ham nomim bor ekanidan zavqlandim. Ayni lahzalarni xotiram­ning qatlariga fotolavhalar holida muhrladim.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov!

Abdullayev Hayotjon 1991-yili 13-iyunda Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻida tugʻilgan. “Ishq daftari”, “Yomgʻirga aylansam...” she’riy toʻplamlari nashr etilgan. “Yangi Fargʻona” gazetasining adabiy xodimi.

* * *
Men darveshman bashang kiyingan,
Rizqin terib yurgan dunyoda.
Yiqqanimni ko‘rolmas hecham,
Do‘stlar, chunki to‘rvam samoda.

Men artistman rolin bilmagan,
Buyuk Zotning istagi – qonun.
Bu sahnadan qay vaqt ketaman?!
Shamlar so‘nar har parda sayin.

Savdogarman foyda topmagan,
Mavhumlikka naqdni sotaman.
Savdo qilib baxti chopmagan,
Baxt axtarib, vaqtni sotaman.

Yo‘lovchiman manzili aniq,
Ammo borar so‘qmoqlar tugun.
Topganimni etaman tortiq,
Parcha mato, tor kulba uchun.

Asli kimman? – azaliy savol,
Bir zarradan bunyod bo‘lgan jon.
Tiriklikda eng buyuk a’mol,
Atalsaydim – Hazrati inson.

Hayotjon ABDULLAYEV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hikoyat

Quyosh nechta?


Hazrati Mavlono Rumiyni bir tantanali yig‘inga taklif qilishdi. U yerga mamlakatining eng ziyoli va badavlat kishilari yig‘ildi. Kun yarmiga borganda Rumiydan bir zodagon so‘radi:
– Hazrat, biz sizga qanday ishonaylik, Alloh qalblarda deysiz-u, yana u yagonadir deysiz?
Hazrat dasturxondan o‘n dona piyola oldi va suv quya boshladi,
piyolalar lim to‘lgach, shunday dedilar:
– Mana qarang, bu o‘nta piyolada o‘nta quyoshning aksi bor, aytingchi bu bilan quyosh o‘nta bo‘lib qoldimi?..

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qatra

AYOL QALBI


Ayol eridan qattiq hafa bo‘lib qovog‘ini uyib oldi.
– O‘zim olmasam, hecham olib bermaysiz, – dedi qo‘lidagi qimmatbaho atirni ko‘rsatar ekan.
Erkak soniyalar taraddudlanib qoldi. “Eh-he-ey, buni puliga boshdan-oyoq kiyinsa bo‘ladiku. Qirqqa kiribam, bu xotinni aqli kirmadi-da. Nima kerak ekan-a shu... Endi arazlagani ortiqcha. Nima desam ekan”, deb o‘yladi-yu, tashiga chiqarmadi. Keyin quvlik bilan xotinining qulog‘iga shivirladi:
– O‘zingni tabiiy iforing yoqadi menga!
Qoshlarini chimirib o‘tirgan ayolning shu zahoti yuzi yorishib, ko‘zlari quvonchdan porladi. Eriga mehr bilan termulib, atirni joyiga qo‘ydi.
“Xudoga shukurey qutuldim!” – o‘yladi erkak.
“Bilgandim! Hali ham sevadi!” – o‘yladi ayol.

Mastura Abduraim qizi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Osmon guldiraydi

Derazadan bo‘yladi. Ikki-uch qadam narida oq oralab ulgurgan sochlari eski ro‘molidan chiqib turgan, allaqachon yuziga ajinlar chang solgan oyisini ko‘rdi. U bir muddat joyida turgach, o‘g‘lining uyg‘onganligiga amin bo‘lib, molxona tomon ketdi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Sobir_Oʻnar_60_yilligi

Собир Ўнарни ёд этиб…


Собир Ўнар даврада бўлди. Адибнинг асарлари, суратлари, қаҳрамонлари, болалик излари қолган йўллар, сой бўйи, беғубор, шўхчан пайтлари сакраган ариқлар, тенгқурлари билан чопалаб ўтган ёғоч кўприк, ёнбошлаганча қўлини иягига тираб китоб мутолаасидан завқланган ўқувчилик йилларини эсга солаётган улкан дарахтлар, боғда сайраётган булбуллар “Собиржон ҳозиргина шу ерда эди...” дейишаётгандек...

👉davomi...

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#shunchaki

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!


Bek ALI – 1992-yili 6-iyunda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan.
Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi. “Men axir senman”, “Voh” nomli she’riy kitoblari nashr etilgan.


MЕN AXIR SЕNMAN

“Kimning ko‘zlaridan izlaysan meni...”
Rauf PARFI

Olis makonlarda bo‘lib faromush,
Bog‘chalarga tushib qolganda yo‘ling.
Atirgul qoshida turgancha xomush
Qizil yaproqlarin silarmush qo‘ling.

Ko‘zlarin silarmush, qoshin silarmush,
Tikon tilib-tilib, loshin silarmush.
Nozik barmoqlaring, qismatdoshimning –
Bechoraning yolg‘iz boshin silarmush.

Men-ku jununvashman, men-ku Majnunman,
Qochib qayga bording! Dunyo, gardunman!
Bag‘rimda uxlagin, bag‘rimda uyg‘on,
Tunman!
Tunligimdan juda mamnunman!

O, tongman – uyg‘onib sizlaysan meni,
Bog‘chada gullarga so‘zlaysan meni.
Mening menligim yo‘q, men axir senman!
Kimning ko‘zlaridan izlaysan meni!?


Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#saboq

To‘rt narsadan hech qachon uyalmang:
– eski kiyimlardan;
– kambag‘al do‘stlardan;
– qari ota-onadan;
– oddiy hayotdan.


Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Президент Шавкат Мирзиёев Макка шаҳрида бўлиб турган Мусулмонлар идораси раиси, муфтий шайх Нуриддин Холиқназар билан телефон орқали мулоқот қилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlar_ovozi

Xayrli...


Xayrli tong derding har kuni,
So‘rganday bo‘larding telbaning holin.
Shu so‘zni eshitish ilinji meni,
Har kun uyg‘otardi quyoshdan oldin.

Hadya qilar eding xayrli kunlar,
Berganday bo‘larding dunyo muhabbat.
Bir kunlik o‘zimda yashashim uchun,
Shu so‘zlar yetarli bo‘lardi faqat.

Orzu qilmagandim ortiqcha baxtni,
Ortiqcha so‘zlarga yo‘q edi xushim.
“Xayrli tuning”ni aytarding har kech,
Sendan iboratday bo‘lardi tushim.

Bir hovuch shodlikni ko‘ksimga solib,
Yelkamga ortardim dunyoning kuchin.
Balki, men dunyoga kelganligim rost,
Sendan shu so‘zlarni eshitish uchun.

Xayrli so‘zlarga yasading yakun,
Xayr deding birdan, qaynadi qonim.
Balki, meni shod deb o‘ylarsan, lekin,
Tonglarim xayrsiz bo‘lyapti, jonim!

Kunlarim xayrsiz bo‘lyapti, jonim!!!

Venera Nurmamatova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qaytish

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mujda

Yangi son mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#bu_qiziq

G‘oya muallifi: Shahnoza Yo‘ldosheva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#maktub

“ADABIYOTIMIZNING CHIN DO‘STI”
Nurilla CHORIYEV

⚫️ Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Shukur Xolmirzayev, Qamchibek Kenja, Tog‘ay Murod, Xayriddin Sulton, Nazar Eshonqul, Luqmon Bo‘rixon kabi adiblarimizning asarlarini turk tiliga tarjima qilish bilan birga, muntazam o‘zbek adabiyotshunosligiga oid adabiy-tahliliy maqolalar ham e’lon qilib kelmoqda.

Batafsil
: jadid-media.uz/adabiyotimizning-chin-dosti/

➡️@Jadid_media⬅️

Читать полностью…
Подписаться на канал