yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#bu_qiziq

Qahramon ayol

Jeyn Ostin (1775–1817).

Romantik komediyalar qirolichasi Jeyn Ostin Angliyada tug‘ilgan. Uning asarlarida ayollarning jamiyatdagi roli va o‘rni chiroyli tarzda yoritilgan. “G‘urur va andisha”, “Aql va zehn” asarlari dunyoga tani­lishiga sabab bo‘lgan. Ostin eng mashhur romanlarning muallifi ekanini ancha payt yashirgan, vafotidan so‘ng esa ukasi Henri asarlar Jeynga tegishli ekanligini ommaga oshkor qildi. Uning asarlari hali-hanuz o‘z qiymatini yo‘qotmagan.

2022/8

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlar_ovozi

Pulbola


– Yigirma yillik tajribam davomida biror marta bunaqasiga duch kelmaganman. G‘alati hol. Kurtagiga qaraganda xurmoniki bo‘lsa kerak. Qayerda, qanday o‘sib chiqqan – ildizini topolmadim. Qo‘l tomirlariga singib ketgan ekan. Doimiy nazoratda bo‘lgani yaxshi. Hamkasblarim bilan maslahatlashay. Hozircha yeb-ichishiga diqqatli bo‘ling, – dedi tayinlab.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#rivoyat

Tarbiya


Qadimda uch pahlavon oralarida kim tarbiya berishda ilg‘orligini aniqlamoqchi bo‘lishibdi. Uchalasi ham bittadan shogirdlarini chaqirishibdi. Har bir shogird o‘z ustoziga tosh otib, bu san’atni qanchalar o‘zlashtirganini namoyish etishi kerak ekan. Birinchi pahlavon shogirdi otgan toshlarga epchillik bilan chap beribdi. Ikkinchi pahlavon otilgan toshlarni ustalik bilan shogirdiga qaytaribdi. Uchinchi pahlavonning shogirdi qancha majburlashmasin, ustoziga tosh otishdan bosh tortibdi. Holis hakamlar shu uchinchi ustoz-shogirdni g‘olib deb topishibdi. Qolgan ikki pahlavon norozi bo‘lishibdi:
– Axir, ular tosh otish san’atini ko‘rsatib berishmadi-ku!
– To‘g‘ri, – debdi hakam. – Lekin u shogirdini ustoziga tosh otmaydigan qilib tarbiyalabdi…

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Elning_suyugi

Yo‘ldosh Eshbek – xalq dardlari kuychisi


Yo‘ldosh Eshbek – chin vatanparvar, millatparvar, insonparvar shaxs. Uning vatansevarligi sun’iylikdan xoli, dili-yu tilida, zohir-u botinida jamlangan xislat. U Turon va Turkiston g‘oyasi, qadimiy Vatan g‘ami bilan yashaydi. Yo‘ldosh og‘a bor davrada oddiy bashariy suhbatlarda ham so‘z mavzuyi Vatan tarixi, millat dardi, daxlsiz Turkiston kengliklari tomon buriladi. U o‘zbek shoirlarining mana shu g‘oyani asos qilib olgan vakillarini o‘ta qadrlaydi va ulug‘laydi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#maslahat

KELAJAKDA FAQIR BO‘LIB KETADIGAN ODAMNING 15 BELGISI:


1. Erta turishni yoqtirmaydi;
2. Imkon tug‘ildi deguncha dam olishni yaxshi ko‘radi;
3. Intiluvchan odamlarni “pul uchun jonini ham beradi bu” deb hisoblaydi;
4. Har kungi mashg‘uloti bir xil: oshxona, televizor, internet, yotoq va hojatxona;
5. Ishsiz, ishga joylashsa maoshi oz deb noliydi;
6. Boy odamdek xayol suradi, ammo harakat qilmaydi;
7. Doim birovga suyanib yashaydi;
8. Internetga ko‘p vaqtini sarf qiladi;
9. Jonini qiynagisi kelmaydi;
10. Bir ish qilsa “qovun” tushiradigan odati bor;
11. Yaxshi ko‘rgan so‘zi: “o‘sha kun kelaversinchi”;
12. Pulni tejashni bilmaydi, pul bo‘ldi deguncha tezroq ishlatib yuborish payiga tushadi;
13. Qarz olishni yaxshi ko‘radi;
14. Aql o‘rgatishga usta bo‘ladi;
15. Eng muhimi: ko‘p yolg‘on gapiradi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#unutilmas_ovozlar

ISYONKOR


Dod dedim, shu kecha dod dedim,
Tushun, ey odamizod, dedim.
Isyonkor shamollar elchidek,
U endi hijrondan shod, dedim.

Avvalim, oxirim, zohirim,
Ko‘ksimga muhabbat o‘qlarin
Bexato qadagan mohirim,
Bir dardlar ichinda tentisam,
Oshiqqa baxt-mukofot, dedim.

Yursam-u, yo‘llardan gul unsa,
Men boqsam, ko‘zlaring nur bo‘lsa
Va senga eltar bir yo‘l bo‘lsa,
Tangrim deb O‘ziga yolvorsam,
Baxtlarga to‘lsaydi xotirim.
Avvalim, oxirim, zohirim!

Ko‘klamlar ko‘z ochar ko‘nglimda,
Bodomzor bildirar ishq sirin.
Ko‘ksimda she’r hidi gupurar,
Hislarim — binafsha, nastarin...

Yuz boshli ayriliq kelodir,
“Hijron!” deb o‘kirib, baqirib...
Quturib, oʻkirib, ayqirib...
Kel, meni qutqar, ey botirim —
Muhabbat — avvalim, oxirim...

Xonzodabegim Jamolova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Shamol tinim bilmay chalayotir nay,
Quyosh bulutko‘rpa yopinib olgan.
Yam-yashil hislarga burkangancha may,
Majnunvash oshiqqa aylanib qolgan.

Qushlarning tilida aytib izhorni,
Nihoyat ishqiga kelar ro‘baro‘.
Gullarning yuzidan o‘pich olguvchi,
Bahor yomg‘irini sevib qolgan u.

Rabbim, ko‘z yoshday pok yomg‘ir ber, yomg‘ir,
Tashnalikdan rangi sarg‘aygan mayga!
Uning oshiqqa xos og‘riqlaridan,
Mening dard deganim ming chandon mayda!

Maydan sevmoqlikni o‘rgangim kelar...

Laylo SOBIR qizi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Savol

Jurnalimizda asarlari chop etilgan mualliflar bormi?
(She’r, nasr maqola nomini va yil, sonini keltirsin).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Xavotir

Mensiz nima kechdiykin holing,
Qon bosiming oshardi tinmay.
Kim boshingni bosib yarim tun,
Qora qahva damlar erinmay?

Kech qolmagin deya tonglari
Uyg‘otarmi erkalab, suyib?
Balki, ishga ketgansan, yuzi
Artilmagan tuflingni kiyib...

Chuvalashib ketar o‘ylarim,
Xavotirlar qilmaydi kanda.
Seni olib ketgan yo‘l qarab
Yashamoqlik qismat ekan-da.

Ushlab olgan yumushlar mahkam
"Ketma", – deya qo‘lingdan tutib.
Parvo qilma, umrim yetsa bas,
Yashayvergum ming yil ham kutib.

Faqat bo‘yi o‘sib armonning,
G‘iybat bolam ko‘zin yoshladi.
Alamzada, quturgan itlar
Yuragimni g‘ajib tashladi.

Muyassarxon ERGASHEVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#savol

“Yoshlik” jurnalida chop etilgan qaysi asarlarni o‘qigansizlar?!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tarjima

– Nahotki? Qanday qilib?
– Kitob o‘qiyotgan lahzalarda odamning miyasidagi avval bir-biridan yiroqda bo‘lgan, ajralib qolgan asab hujayralari jipslasha boshlaydi, tamomila yangicha tuzilma (struktura)larni vujudga keltiradi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#esse

Jo‘rabek Ramazon


Jo‘rabek – yuzida o‘sha sokin tabassum – bizga peshvoz chiqqan bo‘ladi. “O‘zingizdan, o‘zingizdan…” deb, chorpoyaga joylashamiz. Hol-ahvol so‘rashamiz… Jo‘rabek men bilan birinchi bor ko‘rganida qanday bosiq so‘rashgan bo‘lsa, xuddi shu tarzda so‘rashadi. Na bir qadam yaqin kelgan, na bir qadam olis ketgan. Ammo men bilaman-ku, biz yaqinmiz! Juda yaqinmiz! Yurakdoshmiz! Biz she’r degan bir balo dardga yo‘liqqanmiz! Ha, o‘sha… O‘sha – “…ki turgali toqat emas”! O‘sha!..

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

SIZSIZ YOG‘GAN YOMG‘IR HAQIDA


Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Sezdim, maysalarning titroqlarini.
Va sizni o‘yladim kimni ko‘proq sevasiz,
Menimi yoki yomg‘irni?

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Har neki begona,
har kimsa tanish.
Nigohingiz qidiraman,
izlayman tovushingizni,
Yurak topsa deyman bir dam osoyish.

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Tomchilar labimda uchdi sirpanchiq.
Men sizdan uyaldim,
bu gunoh edi axir,
Mashinalar termulib o‘tdi
ko‘zlarin har damdan kattaroq ochib.

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Sog‘inchim yodimga soldi tomchilar.
Yig‘ladim!
Kechiring,
kulaman degandim faqat,
aytilmagan sirlar yog‘di tomchilab.

Tomchilab, tomchilab yog‘di yomg‘irlar,
Tomchilab, tomchilab yog‘di bor sirim.
Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Men sizdan yomg‘irpo‘sh kutdim, hech kimim!

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda...

Parizoda Ro‘ziboyeva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#reklama

She’r muallifi: Bahodir Jovliyev
O‘qidi: Taxminabonu Hasanova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

* * *
Yomg‘irlardan seni so‘radim:
– Qayda yorim, qayda dilrabo?
Yomg‘ir bo‘lib yog‘di yuragim,
Bosib o‘tding behis, beparvo.

Oyog‘ingni o‘pdi bir tomchi,
Poshnang bilan ezding sarosar.
Sen bilmading, sezmading, afsus…
O‘sha tomchi men edim, dilbar.

Bir baxtiyor tomchiman bu kun,
Visoling-la bezangan – bashang!
Balki, qattiq sevganim uchun
Yumshoq bo‘lib tuyuldi poshnang.

Zohidjon OLOV

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Farrux Jabborov 1985-yili 31-mayda Jizzax tumani Sharilloq qishlog‘ida tug‘ilgan. 2007-yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetining bakalavriaturasini, 2012-yili O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetining magistraturasini tamomlagan. “Men qaytib kelaman” (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) kitobi, “Oltin ko‘prik” yosh ijodkorlar to‘plamini nashrga tayyorlashda ishtirok etgan.
Hikoyalari “Qavatma-qavat”, “Olam bus-butun…”, “Topar oyi” o‘quvchilar ko‘nglidan joy olgan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tavsiya

G‘oya muallifi: Shahnoza Yo‘ldosheva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tabassum

Shoir ko‘chasi


Erkin aka bir kuni kechki ziyofatdan uyiga qaytayotib taksiga chiqdi. Yo‘l-yo‘lakay “O‘ngga yuring, endi chapga buriling”, deya haydovchiga yo‘l ko‘rsatib bordi. Nihoyat, o‘zi yashaydigan Huvaydo mahallasiga borganida haydovchining ensasi qotib, yonidagi yo‘lovchiga iddao qildi:
– E-e, shunchalik boshimni qotirmay, Erkin Vohidovning ko‘chasida turaman desangiz bo‘lmaydimi?!
Erkin aka jilmaygancha bosh irg‘ab, noiloj “ayb”ini bo‘yniga oladi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hayrixoh

“Yoshlik” – tajriba, bag‘rikenglik maydoni

“Yoshlik” jurnali chiqa boshlagan paytlarni eslasak, “ayni vaqtida” degan iborani kengroq talqin etishga to‘g‘ri keladi. Chunki yangi jurnal ta’sis etilishi ko‘p jihatdan ayni vaqtida yuz bergan VOQEA edi!
Avvaliga adabiy jamoatchilik davralarida “Yoshlik” jurnali ta’sis etilar emish, degan mish-mish tarqadi. Ko‘p o‘tmay mish-mish hayotiy tasdig‘ini topdi: “Yoshlik” jurnali ta’sis etilgani chinakam bayramga aylandi! Buning sabablari bor edi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

⚡️Илмдан бошқа нажот йўқ ва бўлмагай

Millat umidi жамоаси Ўзбекистон ёшларини илм маърифатга ундовчи ажойиб ижодий иш тайёрлашибди.

Фақат илмли ёшларгина мамлакат ва халқни кўтариши, ўзга халқлар олдида юксак ҳурматга сазовор қилиши мумкин. Буюк ўтмиши, келажакка умиди бор халқнинг замонавий дунёда ҳам муносиб ўринда бўлишга ҳаққи бор.

Шу маънода ушбу видеони кўриб, мағзини уққанлар уни яқинларига ҳам улашиб, ундаги эзгу ғоянинг янада қулоч ёзишига ҳисса қўшишлари мумкин.

Millat Umidi
Umidjon Ishmukhamedov - ғоя муаллифи
Zohidjon Olov - шеър муаллифи
Zohirshoh Jurayev - ижроси, мусиқаси муаллифи.

👉 @r_kusherbayev

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#fikr

Odamlar seni muvaffaqiyatingni istashadi, lekin ulardan o‘zib ketishingni xohlashmaydi!

Xursandbek Tuliboyev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#parodiya

Ko‘karboyevning yangi filmi


O‘tgan yili kinokissalarni obod qilgan “Otashin sevgi” yoxud “BMQ”, ya’ni “Bo‘ribosar va bir muhabbat qissasi” filmining rejissyori Mastonqul Ko‘karboyevdan yangi film! “Otashin sevgi” yoxud “BMQ”, ya’ni “Bo‘ribosar va bir muhabbat qissasi – 2”.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoyalar

O‘G‘RI

Biz Nodira bilan bolalikdan yaqin dugonalar edik.Toki uning oyisining qo‘lida oyimning tilla uzigini ko‘rib qolmaguncha...

AFSUS

Nodir sud zalida dadasi va oyisiga mag‘zun qarab qo‘ygancha, bir yil oldin uylari shiftidan qaldirg‘och uyasini buzganligini eslab chuqur “oh” tortdi...

ISHONCH

Durdona sinfdoshlari oldida yerga mayus boqqancha yum-yum yig‘ladi. Chunki dugonasi aytgan eng muhim sirdan barcha xabardor bo‘lgandi...

TASODIF

Har safar itni ko‘rsa Sobirni masxara qiladigan o‘rtoqlari bu gal uni mazax qilmasdan o‘zlari katta itdan qochishdi...

Muallif: Oydin Rahmatullayeva

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xanda

So‘nggi sahifadan


– Bilasanmi, gazetani odatda qaysi sahifadan boshlab o‘qishadi.
– Boshi va so‘nggi sahifasidan.
– Nega?
– Chunki shu betlarda lotin alifbosida maqolalar beriladi.

(Mahmud Eshonqulning karikaturarasidan foydalindi).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlar_davrasida

"Yoshlik" uchrashuvlari

Gʻallaorol tumani “Samarqand” mahalla fuqarolar yigʻinida “Yoshlik” jurnali tahririyati tashabbusi bilan adabiy-maʼrifiy kecha oʻtkazildi.
Kechada mazkur mahallada istiqomat qilayotgan kitobxon yoshlar qatnashdi. Uchrashuvda “Yoshlik” jurnali bosh muharriri va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan yuksak eʼtibor, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqidagi fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

👉davomi...

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Achchiq_kulgu

Xasis va shoir


Bir shoir xasis bir boyni maqtab qasida yozibdi va boyga o‘qib beribdi. Oradan biror hafta o‘tibdi, ammo boy hech qanday iltifot ko‘rsatmabdi. Shoir yana in’om kutib, qit’a yozibdi. Yana boydan sado chiqmabdi. Birmuncha vaqt o‘tgandan keyin noumid bo‘lib qolgan shoir boy haqida hajviya yozibdi. Bu gal ham boy iltifot qilmabdi. Noiloj qolgan shoir boyning eshigi oldiga kelib cho‘kkalab o‘tirib olibdi.
Boy tashqari chiqsa, shoir ostonada bamaylixotir o‘tirgan ekan.
– Ha, oriyatsiz mahluq, – debdi boy, – maqtading – indamadim, tama qilib qit’a yozding – parvo qilmadim, hajviya yozding – o‘zimni bilmaganlikka soldim, endi nima umidda eshigimda o‘tiribsan?
– O‘lsang, birato‘la marsiyani ham o‘zim yozay degan umidda o‘tiribman! – debdi shoir.

“Adabiyot ziyosi” gazetasidan olindi.

(Mahmud Eshonqulning karikaturarasidan foydalindi).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал