#Dildaftar
***
Axir, men – zaminda yashagan osmon,
Axir, men – osmonga yetmagan ovoz.
Axir, bu dunyoning rostligi – yolg‘on,
Axir, bu dunyoning yolg‘onligi – rost.
Odil Ikrom
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Tabassum
Do‘stlik
Bir kishi qushga qarab o‘q uzgan ekan, o‘qi xato ketibdi. Yonida turgan do‘sti buni ko‘rib:
– Ofarin! – deb baqiribdi.
– Nima, meni kalaka qilyapsanmi? – debdi mergan xijolat bo‘lib.
– Yo‘q, do‘stim, sen o‘qni shu qadar to‘g‘ri otding-ki, agar bundan boshqa qush bo‘lsa, chap berolmasdi…
Ubayd Zakoniy
“Adabiyot ziyosi” gazetasidan olindi.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#qutlov!
Bugun 21-may yosh shoira E’zoza Usmonova tavallud topgan!
***
Muhabbat – tumonant odamlar,
Ularning dunyodan orttirgan g‘amlari, kamlari, to‘lgani.
Ba’zida so‘z demay, yig‘lamay ketgani, tark etgani.
Ich – ichdan qulagan kulgusi, o‘lgani.
Ne bo‘lsa bo‘lgani, lokinam
Yashayman degani,
Dunyoga bergani sog‘inchlar, sevinchlar, ovunchlar,
Bo‘g‘izga qadalgan bog‘ichlar
Kesguncha yashamoq zavqini,
Yashayman degani!
Muhabbat – xotira,
Goh ermak, goh afsus, orziqish aralash,
Nenidir lahzaga tutmoqlik,
Suyunib-suyunib bolangning
Daftari ortiga berkitib,
shu lahza holingni,
She’r qilib qoralash!
Va shoshib
Ko‘rib qolmasin chun qaysidir ko‘zning,
Tumonant odamlar ichiga
O‘zingni otasan.
Bundan buyog‘i
Muhabbat yaratish,
Sukut aralash...
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Olis_yaqin_odamlar
* * *
Afifam,
nihoyat men seni topdim
va darhol tanidim – chaqnadi yodim,
munavvar mayoqqa evrildi taftim,
charog‘on hislarga to‘ldi hayotim.
Angladim, jamiki hasratlarimni
chilparchin etarsan kaftingda yanchib,
bemajol xayolim hayratlarini
to‘kursan,
kokiling – nurafshon qamchin.
Angladim, bu qismat go‘zaldir g‘oyat,
chehrangda malaklar tajallisi bor.
Meni tiriltirar... meni... nihoyat...
sochingdan ufurgan anbarin ifor.
Va yana angladim,
dunyoda huzun
beg‘ubor mehring-la topgay intiho.
Go‘yoki, bu oqshom umrimday uzun,
go‘yoki, she’r bitsa, kelgay Imtihon.
Shohjahon SHODMONOV
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#tanqidiy_suhbat
Himoyaga chiqqanning hammasi ham olimmi?
Aksariyat yosh tadqiqotchilar adabiy jarayondagi asarlarni badiiy tahlil qilishda jahon adabiyotshunosligidagi mavjud tajribalarga tayanmoqdalar. Natijada faqat poetik shakl unsurlari e’tirof etilmoqda. Vaholanki, badiiy asarlarni baholashda uning badiiy semantikasidagi poetik qonuniyatlar birlamchi sanaladi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
***
Issiq oʻlkalarga uchib ketgandek
Yoshlik turnalari qaytmaydi garchand,
Davom etayotgan shirin tushlardek
Shoir umri mangu yoshlikka payvand...
Oftobga yukungan oq sochli togʻlar -
Etagida gulxan yoqilgay bahor,
Gulxan zarralari ol qizgʻaldoqlar
Yoshlik sepi kabi yashnaydi takror.
Gar tunab qolmaysan biror bekatda
Yoshlikning qanoti tolmas karvoni,
Shoshilma bu tansiq ezgu fursatda
Shoirning dilida hayot tugʻyoni.
Hargiz bu guzarda chalma zangoʻla,
Ilhom qushlarin choʻchitma zinhor,
Sen boq, bu yurakda ishq - qoʻshiq toʻla,
Oʻrik gullariga chulgʻangan bahor!
Halima Xudoyberdiyeva,
Oʻzbekiston xalq shoiri
/channel/Dilafruz_Choriyeva
#xotira
Halima Xudoyberdiyeva shoir bo‘lib tug‘ildi, shoir bo‘lib yashadi va shoir bo‘lib dunyoni tark etdi.
Eshqobil Shukur
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#xotira
Halima Xudoyberdiyeva – yuragida yo‘lbars o‘kirib, sirtdan
mayin jilmaygan, yirik shaxsiyat egasi edi. Ammo shunday kuchli
tuyg‘ularini ham o‘zbek ayoliga xos tarzda, andisha bilan aytardi.
Qozoqboy Yo‘ldoshev
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#hikoya
Qiltanoq
Tillarang peshlavhaga qora harflar bilan rahbarning ism-sharifi yozilgan eshikdan Moyliboy og‘a ko‘zlarida tabassum o‘ynab, sekingina sirg‘alib chiqdi. Uni yarim soat avval kirib ketganidan buyon qabulxonada intiq bo‘lib kutayotgan Sobir hovliqib joyidan turdi. Moyliboy og‘aning qo‘lidagi o‘zining hujjatlari solingan ko‘k jildni ko‘rib, “Nima bo‘ldi, og‘a?”, deb so‘ramoqchi edi, og‘zini ochib ulgurmay, Moyliboy og‘a imo qildi: “Xonaga yur!”
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#hikoya
Sovg‘a
Do‘kon gavjum edi. Ra’no oyna ostiga har-xil taqinchoqlar chiroyli terib qo‘yilgan rastaga yaqinlashdi. Ana u! O‘sha zirak! Jozibali tovlanib turibdi!
Qiz hayajondan qo‘lidagi pulni mahkam g‘ijimladi.
👉davomi...
(Biz shu muallifni yo‘qotib qo‘ydik).
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#mutolaa_uchun
Jurnalimizning 2023-yilgi 9-10-soni muqovasi
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Achchiq_fikr
Til – shunchaki gapirish yoki yozish emas, til – odamning tiynati, dil oynasi, madaniyati, odam olgan jami tarbiyaning hosilasi.
Ahmad A’zam
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#mitti_hikoya
“O‘lmaydigan bo‘ldim”
Sodiq suvchi oltmishga kirdi, lekin shifokor kim, ukol nima bilmadi. Rahima bibi uni paxtazorda tuqqan ekan. Shundanmi, Sodiqning topgani ham, yo‘qotgani ham dala bo‘ldi. Dalasining sho‘rini yuvdi, ko‘ngli o‘sdi, bug‘doy maysalariga sharbat berdi, ko‘ksi osmon bo‘ldi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#Dildaftar
SIZ BOR DUNYOLARDA
Siz bor dunyolarda hammasi go‘zal,
Barchasi nurlangan, farahli, quvnoq.
Taqdirimda uyg‘oq atirgulimsiz,
Ranglari mast qildi – qizil, pushti, oq.
Siz bor dunyolarda hammasi go‘zal,
Qarshimda tiz cho‘kar hatto tog‘larim.
Yovning qilichini tortib olganman,
Ko‘nglimni qonatmas hijron ohlari.
Siz bor dunyolarda hammasi go‘zal,
Jannat iforini topganday bo‘ldim.
Engashdim, atirgul g‘unchalarida
Ilk bo‘sa ta’mini totganday bo‘ldim.
Siz bor dunyolarda hammasi go‘zal,
Mening har qadamim sog‘inchga loyiq.
Meni chorlayotir o‘tli bir diydor,
Borar manzilimmi Laylining joyi.
Siz bor dunyolarda hammasi go‘zal,
Tong qarshi oladi kunduzi bilan.
Sokin kechalardan kechib bo‘lmas hech,
Osmon qarab turar yulduzi bilan.
Siz bor dunyolarda hammasi go‘zal,
Barisi mumkinday – go‘yo oddiy hol.
Yo‘qotib qo‘yganday chegarasini
O‘zni unutmoqlik – kelmaydi malol.
Siz bor dunyolarda hammasi go‘zal,
Hayot kelgandayin o‘z maromiga.
Yurak lug‘atini varaqlayman men –
Qay ism yarashgay baxtning nomiga.
Siz bor dunyolarda hammasi go‘zal...
Shodi OTAMUROD
07.05.2024
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
***
Ranglimidi dunyo o‘shanda?
Muhabbatli... Yana kim bilsin...
Bizdek baxtli tuyulmas edi
Ikkimizdan boshqa hech kimsa...
Oq-qoradir endi bor taraf,
Sen menga kam... Men senga kamman...
Nega baxtli tuyular endi
Ikkimizdan tashqari hamma?
Iroda Rahmonaliyeva
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
Dard
Vujudimga singib ketgan ishq,
Ko‘ngil to‘lmas gar kuylamasam.
Mening har bir yozgan she’rlarim
Haqiqatga ichilgan qasam!
Ko‘zlarimda porlagan uchqun,
Bu samodan to‘kilgan nurlar.
Yuragimda ochilgan orzu –
Tun qizlari namozshomgullar...
Umidlarim xazon bo‘lmagay,
Yashnatadi dilimni bahor.
Yetmish ikki tomirlarimni
Gullatguvchi bir buyuk dard bor.
Haq mehridan bunyod bo‘lganman,
Kimligimni bilgaymi hayot?!
Murg‘akkina, kichik jussamda
Qancha ishq bor, qancha iste’dod.
Kimligimni bilgaymi hayot?!
Jahongir NAMOZOV
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Ана_ҳолос
⚡️Бугун 3600 та Жентра ҳеч қандай эълонсиз сотилибди.
🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇
/channel/+UjOf6LoeHTEyZWQy
#esse
Maestro savol beradi
Ammo ayrim yozuvchilar borki, o‘yladim men, ulardan buning o‘lsa – o‘ligi ortiq, yigit men o‘ylaganimdan ko‘ra ham g‘ayritabiiy ravishda nihoyatda qat’iy edi; haqiqatan, yozuvchilikka jiddiy munosabat – ikkita muhim talabdan bittasi bo‘ladi. Ikkinchisi, ming afsuski, – iste’dod! Yigitning yozuvchilikdan tashqari yana bir sullohona g‘oyasi bo‘lib, bu – ochiq dengizga chiqish orzusi ekan. Qisqasi, uni ixchamgina kemamizga tungi qorovul qilib ishga yolladik.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#yoshlar_ovozi
***
Sen maddohning qalamiga yuqmagan so‘z,
Haqgo‘ylarning dilidagi ohsan, Vatan.
Yuragimning sarhadini qoplaydi muz,
Ko‘hna tarix – o‘tmishingga boqsam, Vatan.
Elga zulm qilsa basmi, qilich sermab?!
Otasiga bosh ko‘targan odam ermas.
Nima uchun Abdullatif javob bermas?
Oqibatning darvozasin qoqsam, Vatan.
Chingiziylar xayolida mulk fikrati,
Hamla qilsa, qalqon qilib oriyatin,
Jang qilarkan, Temur yovni zir titratib,
Husaynning sadoqati oqsar, Vatan.
Kim-kimlarning poyida xor el ishonchi.
“Qulluq qilgil!
Zaboningni mixlabon jim!”
Roziydim-a haq so‘z bo‘lib tomchi-tomchi,
Qodiriyning qalamidan yog‘sam, Vatan.
Kimsa borki, yov poyiga boshin urgan,
Qavmi och-u, yurtni sotib davron surgan,
Nafs amri-la har gunohga boshin burgan,
Zarra garding sog‘inchida yoq san, Vatan.
Sen turkiysan – asti zavol topmagan til.
Og‘riqlari Amu bo‘lsa, umidi – Nil.
Jaloliddin, Kubrolaring o‘lmagan, bil.
Ko‘klam qayta kurtak ochgan bog‘san, Vatan!
Rayhona Davronova
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
Sarbast
Dilda yashil haqiqatlar bisyor edi,
Ajab, hazon saroblarga yo‘l burding.
O‘rtamizda ismsiz bir his bor edi,
Sen u hisni o‘ldirding.
Nigohingni izlaganim izxor edi,
Izlam bitdi. Axtarimni so‘ndirding.
Jimman. O‘rtamizda jonbaxsh so‘z bor edi,
Sen u so‘zni o‘ldirding.
Ko‘zlarimiz o‘qir edik ishq sabab,
Deb o‘ylardim, achchiq-achchiq kuldirding.
Minnatdorman. Garchi jonim yonsa-da,
Yolg‘on qanday go‘zalligin bildirding.
Ortiq meni topolmaysan o‘zimda ham.
Ketdim. Ketguvchiga mudom yo‘ldir keng.
O‘rtamizda senu men yo‘q, biz bor edi,
Sen u “biz”ni o‘ldirding.
Yulduz O‘rmonova
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Mulohaza
“Yoshlik” har bir xonadonda bo‘lishi kerak bo‘lgan nashr (+video)
– “Yoshlik” jurnalining dastlabki sonlaridanoq Erkin A’zam, Xayriddin Sultonov, Murod Muhammad Do‘st kabi ijodkorlar tez elga tanildi, – deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Ashur.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#xotira
Halima opa, elning dardli, suyumli shoirasi Halima Xudoyberdiyeva haqida nima deyish mumkin? Uning kitoblari she’rlardan emas, aslida, ana shunday sabolardan tuzilgan. Muqovani ochdingiz, tamom – sahifalar hilpiray boshlaydi, satrlar epkini yuzga uriladi, undan ko‘ngilga o‘tadi va yurak ham bir
yaproq singari titroqqa tushadi.
Sirojiddin Sayyid
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#xazina
* * *
Yoshlik bir g‘unchadir, yo‘ldoshi sevgi,
Yurakda yolqini saqlasa mangu,
Vafo derlar buni, azizroq ne bor?
Qarilik ham oydin, ishqimiz mangu...
Oybek
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#buyuklar_gapi
Ahmoqning yetti belgisi bor.
1. O‘zi uchun foydasiz narsalar haqida ko‘p gapiradi.
2. Undan so‘ralmagan paytda fikrini bildiradi.
3. Ko‘p kuladi.
4. O‘zini hammadan aqlli deb biladi.
5. O‘rinli tanqidni qabul qilmaydi.
6. O‘z fikrini hech qachon o‘zgartirmaydi.
7. Hukmida bo‘lmagan hodisalarni o‘zgartirishga urinadi.
Jaloliddin Rumiy
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
Chorlov
Dil, sano aytmoqqa kel,
Tavallo aytmoqqa kel.
Qoqib ishq darvozasin,
Sallamno aytmoqqa kel.
Ko‘ngilga berib dashnom,
Qoldirmading nom-nishon,
Cho‘kib qoldi ko‘zga shom,
Tong, da’vo aytmoqqa kel.
Mehrim tushib nomardga,
Ishqim qorishib gardga,
Xasta qilgan bu dardga,
Hamd, davo aytmoqqa kel.
Hislar sochimdek chigal,
Bir himmat ko‘rsat bu gal,
Chekinsin hatto ajal,
Kuy, navo aytmoqqa kel.
Dil, sano aytmoqqa kel,
Tavallo aytmoqqa kel.
Qoqib ishq darvozasin,
Sallamno aytmoqqa kel.
Guliruxsor UMMATOVA
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Biz kuzda uchrashdik rostini aytsam,
Kuzak yaprog‘idek sargashta hislar.
Topganim buyuk dard Xudoga qasam,
Ko‘zlaring qaridan o‘zimni izlar.
Bizni kuz yomg‘iri qildi yuzma-yuz ,
G‘uborim oqizar har kecha shabnam.
Ey osmoniy hislar, yerdan umid uz,
Visolgacha bizni ko‘tarmas yer ham.
Men - yozda sovqotgan odamman, odam!
Sen - taftin qizg‘ongan aldamchi quyosh.
Yuragim ichikib, sitilar. Har dam
Xazonning bag‘riga qo‘yganida bosh.
Shu tentak boshimni olsamu ketsam,
Aldamchi yellarga bermay bag‘rimni,
Shamol bo‘lib mag‘rur oldimdan chiqsang,
Quchog’ingga olib buyuk dardimni.
Seni menga Xudo dard qilib bergan,
Og‘riqliman shukr ishq dardi bir-la.
Bir kun yo‘llarimiz tutashsa agar,
Xudoyim sabrimni baxt bilan siyla.
Seni kuzaklarda topdim aslida…
Guliruxsor Tohirjonova
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Ko‘ksim – O‘riklisoy, yuragim – Zomin.
Ruhimda qad rostlab bormoqda tog‘lar.
Sharqirab oqsam-u soyning bag‘rida,
Yana quchog‘ingda uyg‘onsam tonglar.
Dilni o‘rtab borar noaniq tuyg‘u,
Hislarim qurshadi go‘yo falakni:
Seni sevganchalik, ey O‘riklisoy,
Sevib ulgurmovdim hech bir malakni.
Dalalarda
Oppoq dalalarda oqqa burkanib,
Paxtalar termoqda yuragi oq qiz.
Dilimga o‘t qalab qo‘ygan g‘oyibiy,
Bugun qarshimdadir ko‘ngli uyg‘oq qiz.
Tasodifmi, taqdir, uchrading bugun,
Yuragim to‘xtadi chekishdan ozor.
Sening hayotimga uchrashing sabab,
Oppoq dalalardan katta qarzim bor.
Umidjon QO‘ZIYEV
2022/7
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz