#Achchiq_kulgu
Serial
– Oyijon, siz kino seriallarga qiziqqanmisiz?
– Qizim Gvadelupa, menga bo‘lar-bo‘lmas savollarni beravermasdan, bor – Jadini kiyintirib, ukang Jumongni o‘ynatib tur. Birpasdan so‘ng singling Tangemni olib kelgani bog‘chaga boramiz.
Tajriba
Yigit qizdan so‘radi:
– Bir ko‘rishda muhabbatga ishonasizmi?
– Albatta, menda bunaqangi vaziyat juda ko‘p bo‘lib turadi.
“Adabiyot ziyosi” gazetasidan olindi.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#mutolaa_uchun
Jurnalimizning 2023-yilgi 8-soni muqovasi
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Mulohaza
Ruhiyat musavviri
Nazarning ijod yo‘li ko‘pchiliknikiga judayam o‘xshayvermaydi. Odatda, aksariyat yozarmanlar oldin she’r, keyin hikoya, so‘ng qissa, undan keyin roman yozishday yo‘ldan yurishadi. Nazar esa 1984-yilda, ya’ni hali talabaligida “Urush odamlari” degan kattagina qissa yaratdi. Asar 1986-yilda “Yoshlik” jurnalida e’lon qilindi va muallifiga katta shuhrat keltirdi. Shundan so‘ng yozuvchining “Momoqo‘shiq”, “Maymun yetaklagan odam”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Yalpiz hidi”, “Go‘ro‘g‘li yoki hayot suvi” kabi asarlari nashr etilgan.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#achchiq_fikr
Adabiy tilni buzishga jinoiy modda qo‘yilmagan, chunki bunga jazo millatning javobgar a’zosi sifatida har bir odamning o‘zi bilan.
Ahmad A’zam
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
O‘ZLIK
Bizlar qora kunlarga yarolmaymiz, jo‘rajon,
Haqiqatning ko‘ziga qarolmaymiz, jo‘rajon.
O‘tganlarning ruhi shod bo‘lsin deymiz, ilohim!
Yo‘qsa, shahdam O‘ziga borolmaymiz, jo‘rajon!
“Vatan” dedik, ko‘zyoshlar ummonida oqmadik,
To‘yga, uyga tashib non, iymonimiz boqmadik,
Otaga tik boqdig-u, o‘limga tik boqmadik.
Bolamizdan oqibat so‘rolmaymiz, jo‘rajon.
Ustimizda yupun losh, boshimizda shamollar,
Umrimizni ming talosh qilib yaxshi yomonlar.
Ne bo‘lsa-da o‘zingiz yaxshisizlar, yomonlar!
O‘zimizni yomonmiz deyolmaymiz, jo‘rajon.
Ustozimiz shaytonga bir paytlar dars bergan,
Bobom hoji bo‘lguncha yetimlarga qarz bergan.
Hayotimiz yaxshi deb “Bechora”lar arz bergan.
Baxtni baxtsiz bo‘lmasdan tuyolmaymiz, jo‘rajon.
“Sharmandaga shahar keng”, uyalmaymiz, jo‘rajon.
Zanjirlangan it kabi uvillaydi jonimiz,
Biz sher edik, na’rasiz irrillaydi jonimiz.
O‘lsak orsiz qoldim deb tirilmaydi jonimiz,
Nahot yerda oyoqqa turolmaymiz, jo‘rajon?!
Shahrizod SHODIYEV
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Qaysi bir kitobda “sevgi she’r” bo‘lsa,
Bukib qo‘yar edim varoq chetini.
O‘n marta, yuz marta o‘qirdim rosa,
Yoddan aytmaguncha o‘sha betini.
Bugun bir oddiy qiz, bag‘oyat sodda,
Qoracha yuzlari upa-eliksiz.
Surat-u siyratin qoldirdi yodda,
Manguga yodladik ko‘ngil ikkimiz.
Bu aqlim nimaga yetmadi-yetdi
Yodlab kitoblarning son-ming betini?
Qiz qalam ishlatmay she’r yozib ketdi,
Keyin bukib qo‘ydi yurak chetini…
Mansur NAZAROV
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Eslaganim
Talabchan ota, mehribon aka, jonkuyar doʻst va samimiy hamkasb – Uygʻoq qalbli insonlarni xotirlab...
Menga Luqmon Boʻrixon bilan birga ishlash nasib qilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida ijodiy kengashlar kotibiyati xodimlari – Sobir Oʻnar, Luqmon Boʻrixon va men bitta xonada oʻtirardik. Odatdagi ish tartibi bir xil edi: ertalab kimdir barvaqtroq, kimdir sal kechroq keladi. Muhimi, xonamizda har kungiday jam boʻlamiz. Ishimiz duodan boshlanadi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#mitti_hikoya
DUO
Bir kuni Olim avtobus bekatida qari kampirning og‘ir sumka ko‘tarib kelayotganiga ko‘zi tushdi va unga darrov yordam berishga oshiqdi.
Kampirni manziligacha kuzatgach, kampir qo‘lingni och bolam bir duo qilay dedi:
“Allohim, seni odobli, mehribon qilib tarbiyalagan ota-onangdan rozi bo‘lsin!” – deya qayta-qayta omin aytib, uyiga kirib ketdi. Olimning qo‘li duoga ochilganicha havoda qolib ketdi...
✍️ Oydin RAXMATULLAYEVA
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#bir_kuni
Hikmatli so‘z
Andijonlik taniqli adib Qamchibek Kenjaning yubileyi viloyat kasaba uyushmasi binosida juda qizg‘in o‘tadi. Tantanada so‘zga chiqqan “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev so‘zga chiqib, shunday deydi:
− Tahririyat ahli o‘zaro maslahatlashib, tabrik xatini 16 so‘zdan iborat qilib tuzdik, keyin uni 8ga, 8 so‘zdan so‘ng 4 ga va nihoyat, uni 2ta hikmatli so‘zga keltirdik. Shuni yubilarga sovg‘a qilib olib keldik. Topqir va hazilkash muharrir uzundan-uzoq lentasimon serbar buklama qog‘ozni ikki kishiga yoydirib, anjuman ahliga ko‘rsatdi. Unda katta harflar bilan “Obuna bo‘ling!” degan so‘zlar yozilgan edi. Hamma kulib yuboradi, qarsaklar yangraydi.
Sh.O
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Olis_yaqin_ovozlar
Tarbiya
Ohu yolg‘iz bolasi bilan
Borar edi cho‘qqi tomonga.
Nogoh sezdi – daraxt ortidan
Ovchi uni olar nishonga.
Bir lahza ham qimir etmay u,
Bolasiga so‘z qotdi shu tob:
– Qorachig‘im, biz nishondamiz,
O‘tinaman, qulog‘ingni yop.
– Siz kuyunmang, – dedi yosh ohu,
Bo‘l degansiz hamisha botir.
Men qo‘rqmayman o‘q ovozidan,
Ona, mendan olmang xavotir.
Ohu dedi: – Ey nuridiydam,
Quvontirding meni bu zamon.
Nasib qilsa, bu to‘siqlardan
Birgalashib o‘turmiz omon.
Ammo hozir qo‘rqaman, garchi
Dushmanga-ku berarmiz firib.
Lek o‘ljadan ayrilgan ovchi
Nojo‘ya so‘z aytar hayqirib.
Shu so‘z o‘qdek uchib havoda,
O‘qdan battar qalbimni tilar.
Bolam, sening quloqlaringni
O‘sha so‘zdan asragim kelar.
Sabri tugab borar ovchining,
Tayyor turar u o‘t ochishga.
Ammo nechun ona ohuning
G‘ayrati yo‘q sira qochishga.
Qil ustida tursa ham bu jon,
Bir so‘z takror aylanar shu tob.
– Nuridiydam, mening oppog‘im,
O‘tinaman, qulog‘ingni yop…
Bobur ELMUROD
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Tarjima
Alyosha tajang
(Hikoya)
Uning ismi Alyosha emas, u Kostya Valikov edi, lekin qishloq¬da hamma uni Alyosha Tajang deb chaqirardi. Nega uni shunday atashardi: bizning kunimizda kamdan-kam uchraydigan mas’uliyatsiz¬ligi-yu beboshligi uchun…
👉davomi...
Vasiliy SHUKSHIN
@yoshlikjurnali
#Бу_қизиқ
🔹 Машиналаримиз номларининг маъносини биласизми?
Daewoo – Бепоён коинот (корейсча);
Nexia – Ёрқин (испанча);
Damas – Жиловловчи (юнонча);
Tico – Кичик (испанча);
Matiz – Алвон ранг (испанча).
Chevrolet – Луи Шевроле (компания асосчиси) исми:
Lacetti – Лотинча “Lacertus” дан олинган, яъни ёшликка хос;
Captiva – “Махлиё” (ингл. Captivate);
Epica – Эпик;
Spark – Учқун;
Malibu – Калифорния штатида жойлашган шаҳар;
Cobalt – Кобальт кимёвий элемент, у эса ўз навбатида немисча исм Коболддан олинган;
Gentra – “Gentle” сўзидан келиб чиққан бўлиб, хушмуомалалик, нафисликни англатади;
Orlando – Флорида штатида жойлашган йирик шаҳар;
Tahoe – Қўшма Штатлардаги энг катта чучук сувли кўлнинг номи;
Traverse – Ўнқир-чўнқир жойдан ўтиш;
Equinox – Тенгкунлик;
TrailBlazer – Кашшоф (кашфиётчи);
Tracker – Изқувар.
Olimpiya terma jamoamizni qo'llav-quvvatlash uchun O'zbekistondan muxlislar Qatarga yo'l olgan.
/channel/yoshlikjurnali
#mitti_hikoya
Taajjub
Uni “qalami o‘tkir yozuvchi” deyishardi. Bir umr qalamhaqi evaziga kun ko‘rdi. Juma tongida vafot etdi.
Jurnalist marhum yozuvchi haqida ko‘rsatuv tayyorlashga qaror qildi. Shu niyatda uning xonadoniga bordi. Ijodxonasini ko‘zdan kechira turib hayratini yashira olmadi:
– Qiziq, yozuvchining hamma narsasi bor, ammo bir dona ham qalami yo‘q ekan!
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#hajviya
Tulki yili
– To‘g‘ri, qornimiz to‘q, g‘amimiz yo‘q. Lekin biz qachongacha faqat qursoq tashvishi bilan yashaymiz? Hammadan aqllimiz deb kerilamiz-u, izzat-nafsimiz haqida o‘ylashni unutib qo‘ydik!
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#mutolaa_uchun
Jurnalimizning 2023-yilgi 8-sonining PDF formatini havola qilyapmiz!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Yomg‘ir, derazamni chertishni bas qil,
Yomg‘ir, jim ketaver zaminga singib.
Sen bilan ko‘rishsa, portlaydi qalbim,
So‘ng qayga boradi makonsiz sevgi?!
Yomg‘ir, derazamni chertishni bas qil,
Yodimga solmagin hu-uv o‘sha kuzni.
Sen ham tin olarsan tong oldi, lekin,
Boshlasak, to‘xtatib bo‘lmaydi bizni...
Yomg‘ir, derazamni chertishni bas qil…
* * *
Yomg‘irli kun. Sokin musiqa.
Derazamni chertar tomchilar.
O‘ylar ko‘nmas hech bir to‘siqqa,
Hatto meni izlab topdilar.
Sochim tortib o‘ynadi yoshlik,
Ishq ko‘ksimga qo‘rg‘oshin quydi.
Tashqaridan xo‘rsinib kelib,
Baxt yelkamga boshini qo‘ydi.
Derazamning oldida jimman,
O‘yga cho‘mdim, o‘yga yon berdim…
Yomg‘irli kun. Sokin musiqa.
Bi-ir ko‘nglimni aylanib keldim…
Shahobiddin RAVSHANOV
2022/7
@yoshlikjurnali
#Olis_yaqin_ovozlar
***
Qaro tun qa’rida jimgina uxlab,
Nahorlar yotardi vaqtin unutib.
Qorong‘i kechani,
Molini haydab,
Otam ketar edi tongni uyg‘otib.
Osmonda so‘nardi yulduzlar bir-bir,
Hilol tun bag‘riga qo‘yar edi bosh.
Saharlab erinmay onam o‘t yoqqan
Tandirdan erinib chiqardi quyosh.
Najmiddin ERMATOV
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Eslaganim
“Qani, ber-chi birorta she’ringni”
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov asos solgan “Yoshlik” jurnaliga bitta she’r yoki maqolangiz chiqishi uchun ancha uzoqroqdan, kamida “Matbuotchilar uyi”da joylashgan ro‘znomalar chig‘irig‘idan o‘tib kelishingiz kerak. O‘sha paytlarda “Turkiston” (hozirgi “Yoshlar ovozi”) ko‘plab ijodkorlarning ilk ijod namunalarini peshma-pesh bosib turar edi.
Xullas, Yozuvchilar uyushmasiga borgan har qanday ijodkor binoning 3-qavatida joylashgan “Yoshlik” jurnali jamoasini ham bir ziyorat qilib ketar edi. O‘sha vaqtlari yozuvchi Sobir O‘nar boshchiligidagi yoshlikchilar mag‘zi to‘q ijod namunalarini nashr etib, qaysidir ma’noda adabiyotni “elakdan o‘tkazib” turishardi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#Xotira
Akam haqida…
Biz o‘zi aka-ukaning farzandlarimiz. O‘nar boboning Hamro, Hamza, Hazan, Omon degan o‘g‘illari bo‘lgan. Sobir akam Hamzaning, men esa, kenjatoy Omonning farzandlarimiz. U kishi Toshkentda yashagani uchunmi yaqin qarindosh bo‘lsak-da, shunday jurnalist akam borligini bilar, lekin o‘zini yaqindan tanimas edim…
👉davomi...
G‘iyosiddin O‘NAR
@yoshlikjurnali
#Eslaganim
Shoirning she’rlarida dunyo o‘tkinchi, hamma vaqt hamma narsa o‘tadi-ketadi, ammo poklik, muhabbat, yaxshilik, mehr kabi buyuk tuyg‘ular qoladi, degan xulosa balqib turadi.
Xurshid Davron
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Qutlov
Bugun yosh shoira Muattar Mamatkarimova tavallud topgan kun!
Muattar Mamatkarimova 2003-yili 8-mayda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida tug‘ilgan.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti talabasi.
2023-yilgi Seminarning she’riyat yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchisi.
***
Meni tanimadi bu safar qishloq,
Bu safar mehriga bo‘lolmadim mast
Menga begonaday qaragan tollar
Bu gal ilhom bermas, bu gal she’r bermas.
Yana quvvat berib begonalikka
Endi ketmoq kerak—manzilim ayon,
Mungli ko‘zingizga yosh chizib qo‘ygan
Mehmonning izzati bitdi, ayajon.
Ko‘nglim sezib borar olis shaharda
Bir oylik hijronim kutmoqda meni.
Yig‘lamadim, aya, yaxshiman degan
Eng yaxshi yolg‘onim kutmoqda meni.
Sizdan olislatgan orzularmidi,
Erishmoq bo‘lganim erkmidi yoki?
Dadamning uchma-uch maoshi kabi
Uzo-oq kutilishni xohladim balki...
Bilaman, bir kuni jonimga tegar
Sizdan uzoqlikda dilga qo‘ngan g‘ash.
Va yana...
Kibor xonimlarning qizlari kabi
O‘zimni baxtiyor ko‘rsatib yashash.
shunda men qaytaman. Kuting bir kuni
Xushxabar aytmoqqa shaylanar simlar.
Faqat...
Ko‘chamiz boshdagi tollarga ayting,
Menga begonaday qaramasinlar!
Aya, men qaytaman...
#mitti_hikoya
Erk
– Allo?
– Allo, qalaysan? To‘yga chiqasanmi? Senga qarab turibmiz-ku!
– Iye, og‘ayni, uyga mehmon kelishi kerak. Men…
– Eee, mehmon seni ko‘rgani kelarmidi? Bo‘l, chiqaqol!
– Darslarim ham ko‘p…
– Yarim kunda nimani ham qoyillatib o‘rganarding? Ertaga yetkazib olarsan?!
– Boshim ham og‘riyapti…
– Ana, to‘yga chiqsang yozilib ketadi. Bo‘l endi! Chiqasanmi o‘zi, yo‘qmi?
– Istamayman!
– Shunaqa demaysanmi?! Bo‘pti, gaplashamiz…
Muhammadxon Yusupov
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Olis_yaqin_ovozlar
***
Vatanga tomirday tortib turar yo‘l,
Kenglik tugamaydi, cho‘l tugamaydi.
Kun o‘tar,
oy o‘tar,
o‘tib ketar yil,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
Jizzaxda dovon-u adir tugaydi,
Samarqand noniday qadr tugaydi,
Toqatlar tugaydi,
sabr tugaydi,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
Tugar tirikchilik mashmashalari,
Tugar erka qizning xarxashalari,
Tugar yig‘ilar-u qahqahalar-u,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
Tugamas manzilsiz yurakning ohi,
Tugamas bir so‘zga intiq nigohi,
Ulovda yonilg‘i tugaydi gohi,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
Muddati tugaydi hamalning, hutning,
Mevasi tugaydi o‘rikning, tutning,
G‘aznasi tugaydi katta bir yurtning,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
To yo‘lda ekansan,
tugamas huzun,
Umr — to‘rt misra she'r o‘qishlik bir zum,
Haqqa eltadigan yo‘l kabi uzun
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
Suhrob ZIYO
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#achchiq_fikr
Men xalqimni tanqid qilaman, chunki uni sevaman.
Men xalqimga rost so‘zlayman, chunki uni hurmat qilaman.
Karim Bahriyev,
shoir, tarjimon
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Olis_yaqin_ovozlar
Uning…
Qishlarini menga berganmi,
Yog‘ayotgan qorlari kammi,
Sog‘inchlardan oppoq gilamni
To‘shayotir –
Yozida yo‘qman.
Yiroqlarda hilpirar ro‘mol,
Xayolidan o‘chdim, ehtimol,
Hijronlardan yuqtirmay malol,
Yashayotir –
Yodida yo‘qman.
Nigohini mendan berkitib,
Ko‘ksimdagi muzni eritib,
Yuragimning eshigin chertib,
Kelayotir –
Yonida yo‘qman…
Shodi OTAMUROD
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#rolik
Ma'lumot o‘rnida, kecha 1-may kuni 7-marotaba tashkil etilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga start berildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling.⬇️
#mutolaa_uchun
Jurnalimizning 2023-yilgi 7-sonining PDF formatini havola qilyapmiz!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#tadqiqot
She’riyat – adabiy zavq ilmi
Muhiddin Abdusamadning “Men odam emasman” she’rida so‘z va ma’no uyg‘unligini ifoda omuxtalashtiradi. Inkor-inkor-tasdiq tasvir mohiyatini yorqinlashtiradi, “daraxt, odam ham, hatto qumursqa ham oddiygina so‘z” asnosida teran va ko‘lamdor falsafa qad rostlaydi. Qat’iy tarzda muddaoga yo‘g‘rilgan mushohada lirik kechinmani mantiqan dalolatlashga ixtisoslashgan. Gradatsiya usuli (dunyoda – yorug‘ dunyoda) tasavvur tarmoqlanishini hosil qiladi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali