yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Odatiy yakunga bas keldi qismat!
Oxirsiz yo‘llar o‘z boshiga yetdi.
Ko‘zingdan ko‘zimga nur o‘rlagan payt
Ko‘zlarim ochildi...
Ko‘z yumding,
Ketding...

Haddini unutmas silayi rahm.
Fursatlar kechganda sokin, qimtinib,
Men senga aylanmoq istadim,
Sen esa eslading kimnidir.

Va ketding,
Ko‘zingga g‘arq bo‘ldi bari.
Chiqmayin zulmatning devorin yorib,
Ko‘ksimga qamalgan yolg‘iz suvoriy
Alahlab tingladi sensiz tunlarni.

Endi yuz, ming yillar andishali, jim,
Men yashayveraman odamday xuddi.
Faqat, ayt, ko‘tarib tolmasmi ruhim
Qovurg‘angdan yaralmagan vujudni?..

Umidabonu HASANXO‘JAYEVA,

Farg‘ona viloyati

2022/6

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#ertak_hikoya

O‘zimizning Quqquboy

Bu dunyoda muxbirlikdan qiyin yumush yo‘q. Sichqonning teshikdan chiqishini poylagan mushukdek, quloqlarni ding qilgancha qayerda yangi xabar bor ekan, deb kutib yashaysan. Yangilik – muxbir qozoniga tashlangan to‘ma. U bo‘lmasa, tirikchiliging ham rasvo: maqola kam yozilgach, oylikning ham cho‘g‘i bo‘lmaydi. Nachora, peshonaga bitilgani shu ekan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#achchiq_fikr

Insonlik – birovga hamdardlikdir. Adabiyot shu insonga, insoniyatga, millatga va xalqqa yetayotgan ozorlarni sezish, ifodalash va unga malham bo‘lishdir!

Karim Bahriyev,
shoir, tarjimon

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#bir_kuni

“Zakaz” she’rlar nimaga o‘xshaydi?

Samarqandda bo‘lgan bir uchrashuvda muxlislar Iqbol Mirzoga shunday savol berishadi:
– Aytingchi, siz “zakaz” she’rlar ham yozasizmi?
– Ha, davr talabiga ko‘ra goho yozib turishga to‘g‘ri keladi.
– Yaxshi shoir bilan yomon shoirning farqi nimada?
– Yaxshi shoir beshik, yomoni esa yashik yasaydigan ustalarga o‘xshaydi.
– Unda “zakaz” she’rlar nimaga o‘xshaydi?
Yashiklardan yasalgan beshikka o‘xshaydi.

Majlis

Majlisda rahbar Iqbolga so‘z berayotib, “ishxonada kam ko‘ramiz”, deya qistirib o‘tadi. Shoir so‘zga chiqqach, eshitilar-eshitilmas qilib, “ishqilib, ko‘p ko‘rmasalaring bo‘ldi”, deydi.

Boshdagi shogird

Shogirdlaridan biri haqida kimdir Iqbol Mirzoga shunday debdi:
– Shu shogirdingiz ajoyib-da, ustoz! Biz uni Iqbol akani shogirdi deb doim boshimizda ko‘tarib yuribmiz.
Shoir bu gapga kulimsirab shunday javob qilibdi:
– Men uni deb bosh ko‘tarolmay qoldim.

Shodmon Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mutolaa_uchun

Jurnalimizning 2023-yilgi 5-sonining PDF formatini havola qilyapmiz!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#achchiq_fikr

Millatning intellektual darajasi uning kitobxonlik darajasi bilan o‘lchanadi. Kitobxonlik rivojlanmas ekan, davlat ham, millat ham tanazzulga yuz tutadi.

Qozoqboy Yo‘ldoshev,
professor

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar


Garov


Qalbda uvvos solib yig‘lar orzular,
Sog‘inch torlaridek uzilgan rishta.
G‘ururing, g‘ururim sinamoq uchun,
Kel, garov bog‘laymiz sog‘intirishdan.

Bir dam tin olsaydi sog‘inchga to‘lgan,
Osmonni ko‘targan kuraklarimiz.
Bu galgi bahsimiz biroz o‘zgacha –
Garovga qo‘yilgan yuraklarimiz.

To‘xtatib qo‘ysaydim jallod nigohing
Nayzadek ko‘zimga sanchilgan damni.
Azizim, shu qadar og‘ir ekan-a
Sog‘inish qarshingda turgan odamni.

Qara, ko‘ryapsanmi, shul g‘ururni deb,
Charchadik biz o‘zni ovuntirishdan.
Sen bo‘lding, men bo‘ldim, biz bo‘lolmadik...
Garov bog‘laymizmi sog‘intirishdan?

Aziza ShOKIROVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

* * *
Bilsang, oshno, bizning qishloqda
Qo‘shiq aytar sokin jilg‘alar.
Men g‘aribdan uzoq-uzoqda,
Bog‘ qo‘ynida bir qiz uyg‘onar.

U menga deb yozmaydi maktub,
Men haqimda surmaydi xayol.
Dimog‘iga iforlar tutib,
Izhorlarim yetkazar shamol…

Elbek ERKIN

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Президент Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева молодежной сборной команде Узбекистана по футболу

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mutolaa_uchun

Jurnalimizning 2023-yilgi 3-sonining PDF formatini havola qilyapmiz!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!

Bugun yozuvchi Anvar Suyun tavallud topgan kun!

Yozuvchi Anvar Suyun – 1983-yilning 29-aprelida Samarqand viloyatining Sharqiy tegrasi, mamlakatimizning dengiz sathidan eng baland hududi, G‘o‘bdintog‘ adirlaridagi Eshmonto‘b qishlog‘ida dunyoga kelgan.
Ilk tahsil olgan maskani: Bulung‘urning 25-o‘rta umumta’lim maktabi.
Keyingilari: SamDU qoshidagi litsey-internat, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika
fakulteti.
Kitoblari: “G‘o‘bdintog‘ hikoyalari”, “Eshmonbek” nomli qissa va hikoyalar to‘plami nashr
etilgan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Mening go‘zal to‘siqlarim bor,
Qibla emas to‘rtta tomonim.
Shular ichra ozodman, ishon,
Shular ichra erkinman, jonim.
Ozod dilga qafasmas ro‘zg‘or,
U bergaydir uchmoqqa qanot.
Yorning qalbi – eng go‘zal dunyo,
Nigohlari – eng katta najot.
O‘g‘lon kerak asl janglarda,
Aytsin, desang, nomingni halol.
Yurtga alplar qaytmog‘i uchun,
Ayol bo‘lsin hamisha ayol.

Shohsanam Nishonova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Eslaganim

Muhammad Yusuf katta bilim va hayotiy tajribaga, keng dunyoqarash, yuksak ijodiy mahoratga ega, shu bilan birga, kuchli iroda hamda fidoyi yurak sohibi edi. Ayni sifatlari bilan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf bizga unutilmas saboqlar berib ketdi.

Iqbol MIRZO

@yoshlikjurnali
yoshlikjurna.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

⭕️⭕️⭕️ Муҳаммад Юсуф таваллуд кунига ўзгача видеоролик

Тўғриси, юртимизда Муҳаммад Юсуфнинг шеърларини ёд билмас киши йўқ. 26 апрель шоирнинг 70 йиллик таваллуд куни.

Андижон вилояти ҳокимлиги тақдим этган мазкур роликда Vodiy1.uz журналисти Элмурод Эрматов, актёр Ғайрат Аҳмедов, журналист Хайрулла Ҳамидовлар ҳамкорликда ижод қилган.

Видеони сифатли форматда кўриш учун Ютубга ўтиш

Vodiy1.uz расмий канал. Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yubiley_yoshlar

Kibrsiz odam(lar)


O‘zi Muhammad Yusuf adabiyotga kech kirib keldi. Esingizdadir, o‘sha “Yoshlik” jurnalida «tank­lar ham paxta teradi, Zambaraklar bug‘doy o‘radi hali» degan mazmundagi she’ri chiqqanda bir kunda mashhur bo‘lib ketuvdi. Biz talabalar hayron bo‘lganmiz: yoshi Sirojiddin Sayyiddan ham katta, qayerda biqinib yurdi ekan, tavba…
Nazarimda Muhammad Yusuf rostdan ham adabiyotga bir kunda kirib kelib, o‘zining muqim o‘rnini topib olgandek…

👉davomi...

(Ikki buyuk ijodkorning yubiley yoshi bu yil. Muhammad Yusuf - 70 yosh, Sobir O‘nar - 60 yoshni qarshi olar edi!)

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mutolaa_uchun

Jurnalimizning 2023-yilgi 6-sonining PDF formatini havola qilyapmiz!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar


***
Tog‘larga yelka tut suyanch istarlar,
Quchoq och bog‘larga gullarin ochar.
Biroq bir onadan zinhor qiz so‘rab
O‘tinma, uqtirar: sen juda nochor.

Cho‘llarga ko‘zyosh to‘k, dengizga nur ek,
Shamollarga zavq ber, tunlarga sukut.
Ammo bir otaga qizingni ber deb,
Yuz tutma, qo‘lingda bo‘lmasa yoqut.

Balki sen istagan seni sendan ko‘p
Istashin anglatur bo‘salari cho‘g‘.
Lek sen osmonni sev, yomg‘irlarni o‘p,
Angla shundan o‘zga vafo ta’mi yo‘q.

Olomon atasa noming dardbadar,
Har xoin tig‘ini ko‘ksingga qada.
Sarhadsiz yurt izlab boshlagin safar,
Asli Vatansizda bo‘lur hur Vatan!

2024

O‘lmas Raimqulov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlar_ovozi

Ovchi

U kiyib yurgan etigini olganiga shu qish besh yil to‘ladi. Biroq bu safar qadrdon etigi pand berdi, shekilli: qadam bosishga qiynalar, barmoqlari va tizzasidagi og‘riq soniya sayin avjlanardi. Yana biroz oqsab yurdi-da, sirpanib yiqildi…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#bilasizmi

🗣 OTM to’lov-kontraktining 35 foizi O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to’lab berilishini bilarmidingiz?

Videoni oxirigacha ko’ring va batafsil ma’lumotga ega bo’ling!

#yoshlarittifoqi #imtiyoz

✅ Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram 📱Instagram 📱Facebook

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

BAHOR


Shoirga
yoqmaydi yashash shaharda,
Ko‘zlari g‘amginroq, so‘zlari latif.
Xayolan suratlar chizar saharlab,
Olamda yo‘q bo‘lgan ranglar ishlatib.

Darsga jim ketadi,
saqlagancha jon,
Satrlar otilar dil degan jardan.
Yozilgan she’rlari va yozilmagan
She’rlari mazmunli “ma’ruza”lardan.

Oqargan
kostyumin yelkaga ilib,
Kezganda shaharni tushlik kezlari,
Toraygan ko‘ngliga kirar suqilib,
Kamtar onalarning kibor qizlari…

Afsus, bu kecha ham
osmon oysizmi,
Bu tun ham darchaning ko‘zi yoshlandi,
Daraxtlar, uyg‘oning, uyalmaysizmi,
Shoirning ko‘nglida bahor boshlandi.

Humoyun Fattoh

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#suhbat

Mungli kechmish

– Qahramon aka, Siz ko‘p yillik ilmiy izlanishlaringizni Buxoro amirligi tarixini o‘rganishga bag‘ishlagansiz. Bugungi yoshlarga, jurnalxonlarga qiziqki, Turkiston tarixida 164 yillik davrni egallagan Buxorodagi mang‘itlar sulolasi o‘zi qanday mavqega ega bo‘lgan?
– Keling, o‘zaro gurungimizni eng avvalo mang‘itlar sulolasi emas, balki “92 bovli o‘zbek eli”ning bitta shoxobchasi bo‘lgan mang‘itlar urug‘idan boshlaylik.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mutolaa_uchun

Jurnalimizning 2023-yilgi 4-sonining PDF formatini havola qilyapmiz!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hajviya

Ijaraga ota kerak(mas)mi?

…Ayolning ko‘z yoshini ko‘rib rektorning ham ko‘ngli yumshadi. Bo‘lmasa-ku, shuncha vaqt darslarda qatnashmagan talabani hech qachon kechirmagan bo‘lardi. Mushtiparning yurakni ezib yuboruvchi hasratu nolalaridan keyin fakultet dekanini koyidi – talabasining holidan xabar olmaganim uchun. Axir bechora to‘rt oydan buyon og‘ir ahvolda yotgan bemor otasiga qarash bilan ovora ekan.

👉davomi...

Habib SIDDIQ

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ярим финалда Индонезия устидан 2:0 ҳисобида ғалаба қозонди.

Ушбу ғалаба Ўзбекистон жамоасига Осиё кубоги финали ва Париж олимпиадасига йўлланма беради.

Ғалаба барчага муборак бўлсин!

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Vatan nima, loʻli qiz


– Najot nima, lo‘li qiz?
– Rizq uzatgan saxiy qo‘l.
– Nafrat nima, lo‘li qiz?
– Kovushlarim ezgan yo‘l.

– Muhabbat ne, lo‘li qiz?
– Siynamdan o‘pgan shamol.
– Ayriliq ne, lo‘li qiz?
– Etagimdagi yamoq.

– Hayot nima, lo‘li qiz?
– Tinmay aylanar urchuq.
– O‘lim nima, lo‘li qiz?
– Yelkamdagi och xurjun.

– Siyosat ne, lo‘li qiz?
– Ustimdan kulyabsanmi?
– Haqiqat ne, lo‘li qiz?
– Mozorni ko‘ryabsanmi?

– Erk nimadir, lo‘li qiz?
– Zulum tog‘in o‘pirish.
– Shirk nimadir, lo‘li qiz?
– Qiyomatga tupurish.

– Vatan nima, lo‘li qiz?
– O‘lay agar bilmayman.
– Millat nima, lo‘li qiz?
– Yotga oshkor qilmayman.

– Biz o‘xshashmiz, lo‘li qiz,
Yagona farq (urma do‘q),
Bevatansan, millat bor,
Menda vatan!.. Millat yo‘q.

Jontemir

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Uzoq_yaqin_ovozlar

Sevgi punktuatsiyasi

Undab o‘tding har kun sevishni,
– Hayotingni rangga bo‘ya! – deb.
Beadabday jimjit turishim
so‘zlaringga nuqta qo‘yadi.

Va har safar senga sezdirmay
fig‘onim o‘t, holatim mulzam.
Yuragingni ezmaydimi, ayt,
Men tomonda qolgan ko‘p nuqta?

Sening esa saboting metin,
Dadil hali bosar qadaming.
Hayotimni munavvar etib,
Yo‘llarimga gullar qadading.

Kim o‘ylardi, kimlarga kerak
Menday bitta dag‘al, to‘pori?
Bilasanmi, kunda kun ora
So‘roqlarim borar yo‘qolib.

Ishonchim haq, iymonim komil,
Seni menga yuborgan ufqdan.
Sezamanki, sen kelmagan kun
Hayotimga qo‘yilgay nuqta.

Anvar BOTIR

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mulohaza

She’r ham, shoir ham millat uchun oyna

XXI asrda yozilgan she’rlarda tuyg‘ularning o‘z ohangini topib ifoda etish, ruhiyatni quyuq tasvirlashga urinish ko‘zga tashlanadi. Bu yaxshi bir tomondan. Ammo chekka qishloqda yozning jaziramasida yer chopayotgan dehqonga sizning ruhingizda kechayotgan talato‘plarning qizig‘i bormi?

👉Davomi…


@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bugun_Muhammad_Yusuf_tavallud_topgan_kun

Iymon qoʻshigʻi

Umrning har kuni bayrammas, to‘ymas,
O‘char oqshomi bor oldinda chiroq.
Ko‘ylagingga qarab jannatga qo‘ymas,
Ajrim bo‘lar bir kun savob-u gunoh.
Cho‘yan doshqozonga shayton o‘t qalar,
Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar.

Noming tutgan tuzing totmay ketmasin,
Uyingga har kuni yostiq yetmasin.
To‘rtta mayizingni qush ham yeb ketar,
Uying chetlab odam zoti o‘tmasin.
Berk saroymas, ochiq ayvon qutqarar,
Mezbonni bir kuni mehmon qutqarar.

Xor qilib o‘ynama har kimsa boshin,
Yigit g‘aribi-yu qizning yuvoshin.
Ko‘shkingni ko‘z-ko‘zlab, zaringdan so‘zlab,
Mustarin ko‘zidan oqizma yoshin.
Kimda-ketar husn, kim xush bo‘y tarar,
Lolani xokisor rayhon qutqarar.

Botinda boshqa-yu zohir bo‘laksan,
Avval boshqa eding, oxir bo‘laksan.
Ko‘ngil ko‘chasida, ko‘ngil ko‘yida,
Kelgan izga qaytib borar yo‘laksan.
Bunda har kim o‘zi qul – jon qutqarar,
Na shoh, na hakimi Luqmon qutqarar.

Muhammad YUSUF

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Odob

Shogirdning ustoz oldidagi odoblari:
1. Avvalo, salom berish va kirishga izn so‘rash.
2. Behuda gaplarni gapirmaslik;
3. Ruxsatisiz so‘z boshlamaslik.
4. Unga “Falonchi bu borada boshqacharoq gapirgandi” va shu kabi so‘zlar ila e’tiroz bildirmaslik.
5. Odamlar “shogirdi ustozidan ko‘ra bilimdon ekan”, deb gapirishlari istagida unga qarshi chiqishdan saqlanish.
6. Dars vaqtida boshqalar bilan so‘zlashmaslik.
7. Darsdan boshqa narsalar bilan chalg‘imaslik.
8. Ustoz turganda shogird ham o‘rnidan turishi.
9. U haqda yaxshi gumonda bo‘lish, ya’ni ko‘rinishidan noto‘g‘ri ishdek tuyulgan bir ishini ko‘riboq, u haqida yomon fikrga bormaslik.

Imom G‘AZZOLIY rahimahulloh

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Sadaqa


U bobosining «Sadaqa muhtoj kishilarga, beva-bechoralarga beriladi» degan so‘zlarini esladi. So‘ng «mana shu kaftimga qo‘ygan pulingizni qanday ko‘tarib tursam, dunyo sizni ham shunday ko‘tarib, ardoqlasin», degandek umidvor holda sadaqa so‘rayotgan lo‘li qizga qaradi. Unga pul berishni ham, bermaslikni ham bilmay ikkilanib qoldi. «Bu muhtojlardanmi? Bechorami?»
– O‘yladi u. Keyin shimining orqa cho‘ntagidan ikki yuz so‘mlik chiqarib uzatdi. Xuddiki uning sadaqa berib bo‘lishini kutib turgandek avtobus kelib to‘xtadi.
Bu voqea manzilga yetib borguniga qadar unutilgan edi. Bekatga yetib, yo‘l haqini to‘lash uchun cho‘ntagiga qo‘l suqdi. Kissavurlar «tozalab ketgan» va go‘yo rahmlari kelgandek qoldirib ketgan besh yuz so‘mni olganidan so‘ng...
– Yana ikki yuz so‘m, – dedi pattachi yigit uning qo‘lidan pulni olarkan.

Asliddin MUSTAFO

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал