yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

O‘tmish ko‘z yumgan voqea

Aprel – ayol. Beqaror, jumboq, makr-hiy­lali va jozibali. Subhi-sodiqdan tabassum qiladi. Yuvinish xonasida, nonushtada, kiyim jovonida, ko‘zguda, har bir nigohda mehr-muhabbat jilva qiladi, hayotga tashnalik ufurib turadi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Yo‘llarda kechadi besiyoh umrim,
Aylanib qoladi yolg‘onlar chinga.
Yillardan yillarga o‘tadi qo‘rim,
Kim bo‘lib boraman sening qoshingga?!

Men turgan zamonning boshi qayoqda,
Osmonning belidan o‘tar ko‘priklar.
Bobom choy xo‘plagan yuz yillik bog‘da
Kuzni ham lovullab gullar o‘riklar.

Bir savat olmadek yurak sochildi,
Qarshimda turibdi tavkkul dunyo.
Ranglar atrofimga ro‘dapo ildi,
U aytgan o‘yinni boshla, so‘fiyo...

Nargiza ODINAYEVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xazinadan

Shamolga qarshi turgan ayol

Umuman, inson, xususan, ayol hamisha kimgadir kerak bo‘lishga muhtoj, bu tuyg‘u, suv o‘simlikni gurkiratgani kabi, qalb tirikligini ta’minlaydi. Kerak bo‘lmay qolgani hamon ayol tarovatini, hayotga qiziqishini, mohiyatini unutadi. Gulnoza Ernazarovaning “Tiyramoh tushlari” nomli qissa va hikoyalar to‘plami ayni holat ifodasiga bag‘ishlangan de­yish mumkin. Unda jamlangan bitiklar bir umumiy jihatga ega – ularning barchasida anglamsiz xilqat sanalmish ayol dunyosiga kirishga uriniladi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlar_ovozi

***
Qalbimda yonmoqda sen yoqqan chiroq,
Ko‘zlarim hamono yo‘lingga mushtoq,
Sen ketgan yo‘llarda tanamda titroq,
Endi qaytmaysanmi yoshlik bahorim?

Senga o‘xshataman Ona quyoshni,
Qani u? Qayerda? So‘rarmi yoshni?
Moviy samolarga ko‘tarib boshni,
So‘rayman qaytarmi yoshlik bahorim?

Uzun kechalarda senla yonma-yon,
Yuragim jiz etar sog‘inib hamon,
Sen menga taqdirdan berilgan ehson,
Qaytarmisan yana yoshlik bahorim...

Munisaxon Mambetsaliyeva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#adib_ijodxonasi

Hamdardim ~ adabiyot

Ijodkor, jumladan shoir va yozuvchi jamiyatning ilg‘or ziyolisi, o‘z o‘rni, nuqtai nazari va so‘ziga ega shaxsi darajasiga ko‘tarilmog‘i nihoyatda ahamiyatli. Shakllangan va qon-qonimizga singib ketgan steriotiplarning hatto yaxshilaridan ham – agar ular badiiy tafakkur parvoziga to‘g‘anoq bo‘lsa – kechmoqqa odatlanmoq kerak vaqti-vaqti bilan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#jurnal_arxividan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov

Umidabonu Hasanxo‘jayeva 2001-yili 25-martda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi.

* * *
Moviy ko‘ylak osmon,
Qo‘ng‘ir teri yer,
Shaffof tuyg‘ularning iskanjasida,
Sevgilim,
Oq-qora ko‘zlaring shafoatga ber,
Bir baxtlar bostirib kelmoqda,
Chida...

Huvillagan mavsum,
Imillagan yil,
Ichikkanim sari,
Kechikkaning sari,
Butun xayolingga to‘kib yubordim,
O‘limday lazzatli daqiqalarni...
To‘lsa ko‘ngil to‘lar,
Poymona to‘lar,
O‘ylar ezib borar jonimni sim-sim,
Sevgilim...
Sendan ketadigan qaysidir yo‘lda,
O'zimning boshimga yetishdan qo‘rqdim!

Shivirlaydi shamol tinglagan bari
Mavjudot odatiy yashashga shoshgan,
Sevgilim,
Ikkimiz istagan vojib kuylarni,
Axir eshitmaydi Xudodan boshqa...

To‘rtta tomon turbat,
To‘rt tomon g‘urbat!
To‘rtta tomon ta’qiq,
Sevgilim, ishonch ber sahih,
Bir qatim!
Ming yilki muallaq qo‘llarim muhlat
Bermoqdan toliqqan qaysidir tongda,
Sen ista! Ohanglar ista shu fursat,
Chidab ber!
Yonsak suv tutmaydi, so‘nsak shijoat
Sevgilim,
Ikkimiz bir bo‘lgan makonda,
Biz emas,
Odamlar g‘alati...

Yaxshiyam eshitmas, Xudodan boshqa...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

МЕН ҲАЁТГА МУХЛИСМАН...

Эссе

Шодмонқул Салом

батафсил—https://telegra.ph/Shodmonqul-SALOM-03-23-4

@Shodmonqul_SALOM

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

TELEFON

Boyvachcha yangi, qimmatbaho telefon sotib oldi. Eng avvalo kimga qo‘ng‘iroq qilsa ekan? Ha, ammasining o‘g‘liga! Rangpar, kambag‘algina-yu, o‘zicha osmon, bundoq yo‘qlab kelmaydiyam, ko‘rolmaydi-da!
Qo‘ng‘iroq qildi-yu, rangi oqardi. U hozirgina qiynalib jon beribdi, anchadan beri og‘ir kasal ekan, davolatisholmabdi.
Shu payt nimadir miyasini qizdirib yuborganday bo‘ldi. Ha-ya, yap-yangi qimmatbaho telefon...

Jahongir Zaynobiddinov


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Kitob – boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.

*
Yozuvchi yolg‘onni to‘qiydi-yu, haqiqatni yozadi.

*
Shoir bo‘lish yaxshi, shoirlik da’vo qilish yomon.

Asqad Muxtor

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#jurnal_arxividan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

ADAShGAN O‘G‘RI

Yarim tunda Farhod kutubxona yonidagi do‘konga o‘g‘rilikka tushdi. Do‘konning orqa derazasidan sekin ichkariga kirib, atrofga qaradi. Rastalarda kitoblar turardi.
– E, hamma yoqda kitoblar-ku! – ming‘irladi Farxod. – Shuncha mashaqqat bilan adashib kutubxonaga tushibman! Tong yorishyapti. Ertaga tunda, narigi binoga tushaman.
O‘g‘ri sekin orqasiga qaytib, yana derazadan tashqariga chiqdi. Pastga tushib, do‘kondan uzoqlashdi.
Ertasi kuni do‘kon sohibi do‘konini ochib, ichkariga kirdi. Odatdagidek do‘kon ichini aylanib chiqdi. Avval oziq-ovqat, keyin kiyim-kechak, oxirida kanselyariya mollari sotiladigan bo‘limga o‘tdi. Shunda kitoblar sotiladigan rastaning orqa tomonidagi deraza ochiq qolganini ko‘rdi...

Feruzbek Ziyodullayev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Tashbehsiz sevgi

Tabassum kecharkan yuzingda,
Seni kulgilarsiz sevaman.
Orzular qolmagan menda,
Hissiz, tuyg‘ularsiz sevaman.
Ishq – tan olish bo‘lsa bordir,
“Yo‘q”larsiz, “ha”larsiz sevaman.
Seni sen bo‘lgan-u bo‘lmagan
O‘shal lahzalarsiz sevaman.
Yurak nima istar? Shu onda ijro,
Seni taqlidlarsiz sevaman.
Qalbimda muhabbat barpo,
Maqtov-tanqidlarsiz sevaman.
So‘z qoldir o‘rtada. Men o‘qiy,
Seni sukut bilan sevaman.
Unut de, unutay. Yurakka cho‘kib,
O‘shal unut bilan sevaman.
Sevgi taqdir uchun befoyda,
Yengil-og‘irlarsiz sevaman.
Bulut qiziqtirmas, osmon joyida.
Seni… Yomg‘irlarsiz sevaman.
Yurakka sen ko‘chib o‘tding, kel endi,
Hayotimga ko‘chgin. Sevaman.
Yomg‘irni gapirma. U tindi,
Tashqaridan… ichkin sevaman.
Muhabbat yurakka yutqiziq,
Nochor choralarsiz sevaman.
She’r nima? Tugaydi. Sevgi… yo‘q,
Seni metaforalarsiz sevaman.

Xurshid ABDURASHID

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Men seni har kuni Xudodan tilab,
Faqat Xudo uchun sevgim keladi.
Qalbingga yomg‘irdek yog‘ib, tomchilab,
Ruhingda buloqdek tingim keladi.

Sezdingmi?
Yoningga bordim xayolan,
Xonangda uzoq va darbadar kezdim.
Tunda derazangga yuragim bilan,
Sog‘inchning million xil suratin chizdim.

Huv ana sochlaring to‘zg'itgan shamol,
Ko‘ksimdan otilgan ohlarim edi.
Ma’yus nigohingdan sachragan g‘ubor,
Ishqimga qazigan chohlaringmidi?

Bilaman, umringda chaqmoqdek chaqib,
Muhabbatga yo‘ydim hamma ozoring.
Isming yuragimga yer kabi yaqin,
Nega osmon qadar uzoq diydoring?

Menga atalmagan kunlaring haqqi,
So‘nggi bor rostini ayta qolsayding.
Sen meni har kuni Xudodan tilab,
Faqat Xudo uchun seva olsayding...!

Xushnudbek Hodiyev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

Qishlog‘im

Xayolot darchasin ochsam ohista,
Bepoyon qishloqni ko‘radi ko‘zim.
Ketarkanman o‘sha oq avtobusda,
Yurakda qandaydir sog‘inchni sezdim.

Ey, otamday suyuk purqivor tog‘im,
Bolaligim o‘tgan, ey, ona qishloq,
Huvillamay turib yuragim bog‘i,
Onamning bag‘riga yetsaydim tezroq.

Ana, huv tog‘terak o‘sibdi chunon,
Ko‘payibdi qirda suluv lolalar.
Qushlarning ajoyib navosi shu on
Men sevgan qo‘shiqni yodimga solar.

Avtobus to‘xtadi, tanish ko‘chada
Qishlog‘imning nafis iforin tuydim,
O‘zgarib ketgan bu aziz go‘shada
Men chindan o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim.

Chiqmog‘im kerak-da xayoldan tezroq,
Va ortga qaytaman endi ko‘nmasdan,
Men uchun suyukli, bu mo‘jaz qishloq –
Meni mehri bilan ulg‘aytgan Vatan!

Mohinur QODIROVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

NAVRO‘ZNOMA

Tun edi navosiz navo daydigan,
Bir sovuq, bir qora havo daydigan.
Navro‘ziy nasimlar keldilar nogoh
Ko‘ksimni ko‘klarga havolaydigan.

Izladim tun ipin uzguvchi shamni,
Kun chiqdi – kulgusi kezdi olamni,
Qo‘shiqlar to‘qidim ko‘kni, ko‘klamni,
Yerni kuylaydigan, navolaydigan.

Baxt isi yoyildi yog‘in-yomg‘irdan,
Varraklar o‘sdilar baxmal adirdan –
Dehqoni xokisor ruhimni yerdan
Ko‘kka yo‘llaydigan, ravolaydigan.

Tarnovda sumalak eridi, indi,
Indi-yu boychechak boshida sindi,
Tuproqdan tiriklik ifori undi,
Sumalak pishirdim – davolaydigan.

Kuyladim – quyoshni navolaydigan,
Cho‘ponlar dashtidan havolaydigan.
Navro‘ziy nasimlar mujda keltirdi –
Sovugan ko‘ngilni davolaydigan.

Mansur Jumayev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

QO‘ShNI QIZ

Bolaligimda mahalladosh do‘stim bilan qog‘ozdan samolyot yasab uchirardik! Samolyotim baland uchgani bois qo‘shni qiz doim men bilan o‘ynardi.
Yillar o‘tdi, ulg‘aydik. Hozir men dehqon, do‘stim uchuvchi. Har kuni dunyoning turli tomonlariga balandlardan uchadi. Qo‘shni qiz xozir u bilan birga.

GUL

– Dadasi, tug‘ilgan kuningizga nima sovg‘a qilay?
– Gul!
– Voy, erkaklarga ham gul sovg‘a qiladimi?
– Sen boshlab berasan-da!
– Unda ayting, qanaqa gul bo‘lsin?!
– Hech kimda yo‘g‘idan! Faqat men uchun ochilganidan.
– Shunaqa gul bormikan?
– Bor! Mana hozir meni tinmay savolga tutib o‘tiribdi!

Aziz NUR

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Bilaman, sening ham azoblaring bor,
goho og‘riqlarga berolmaysan chap.
Sen ham sirlaringni qilmaysan oshkor,
Xo‘rsinib qo‘yasan ko‘zguga qarab.

Bilaman, sening ham xayollaring bor,
Yomg‘irda ivigan qanotday og‘ir.
Sen ham bitta tushni ko‘rasan takror,
hayot ham ro‘yoga aylanar oxir…

Bilasan, mening ham hislarim sarson,
men ham yasholmayman ko‘ksimni kerib.
Bilasan, mening ham yurak-bag‘rim qon
sening kulgularing sinig‘in terib.

Dunyoga yalinib cho‘kmaymiz ham tiz,
muhabbatimizdan taralar viqor
va baxtga intilib yashayveramiz,
axir bizda yana ming yil umr bor!

Shohinur Usmonova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

ONA
– O‘g‘il kutyapsizmi, qizmi?
– Farzand kutyapman.

ALLA
Nigina derazani taraqlatib ochdi-yu, hovlida qo‘g‘irchog‘iga alla aytib turgan ovsinining qizchasiga baqirdi:
− Ovozing o‘chsin, bolamni uyg‘otib yuborasan!

BEVA
Bu oddiy operatsiyadan mingdan bir kishi tirik chiqmasligi mumkin edi. Afsus, Nazarov shu omadsizlardan biri bo‘ldi. Lekin operatsiya muvaffaqiyatsiz o‘tganining sababi butunlay boshqa...
Jarroh G‘ulomov Matlubaning bemor Nazarov yotqizilgan palatadan chiqib ketayotganida ko‘rgan, yuragida anglab bo‘lmas hissiyotlar uyg‘ongan edi.
− Bu ayol bemorning kimi bo‘ladi? − deb so‘ragandi u hamshiradan.
− Ikki kundan buyon shu yerda, xotini bo‘lsa kerak...


Nilufar OBIDOVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_odamlar

***
Eshitishdan toʻydi eshituvchilar,
Notiqning gʻayrati oshgan bir mahal.
Nozik qoʻllarimga qarayman kulib,
Otamning charchagan qoʻllari dagʻal.

Eshitishdan toʻydi eshituvchilar,
Uzun tilim bilan quloqni yopdim.
Kimningdir yoshlikda chopdi omadi,
Oʻtinning oʻrniga qoʻlimni chopdim.

Otamning charchagan qoʻllari dagʻal,
Chopilgan qoʻlimni bogʻlay boshlayman.
Yulduzlar tovushsiz yigʻlayotgan payt
Shalpang qulogʻimni chaynab tashlayman.

Otamning charchagan qoʻllari dagʻal,
Baqirgim keladi ba’zan ogʻriqdan.
Onamning koʻzlari hordiqni bilmas…
Oʻzimni oʻchirgim kelar borliqdan.

Zoir Zokirov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kayfiyat

Shingil tabassumlar

* * *

Afting qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkala.

* * *

Aql bilan birni ko‘ndirasan, baqir bilan – mingni.

* * *

Aqling bo‘lmasa, bir kun ilgari harakat qil.

* * *

Tarbiyasiz xotin teshik tog‘oraga o‘xshaydi.

Mirza AHAD

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

QARI QIZ
– Oq otli shahzodangni kutyapsanmi haliyam?..
– ...
– Balki, shu safar rozi bo‘larsan?
– ...
– Ee, o‘zing bilasan... Senga gapirdim nima-yu, gapirmadim nima, men ketdim.
Eshik yopildi.
– Oyi, xolam ketdi. Ko‘chaga chiqishni xohlaysizmi? – qiz keksa onasiga termildi.
– ...
– Ha, tushundim. Hozir aravachangizni olib kelaman.

HURMAT
– Xotin. Umar qo‘ng‘iroq qildi. Bu oy pul jo‘natmas ekan.
– O‘zi shu Umaringizni topgani o‘zidan ortmaydi.
Ikki oydan so‘ng.
– Umarjondan ayrilib qoldik, onasi. Bolam bechora ikki oydan beri shifoxonada ekan. Bu qanday ko‘rgilik? Umarjon bolam...
– Voy, bolam... Bolamni topib bering, Umarjonimni topib bering!

Shohruh NAJOT

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
“Men sening ko‘yingda telbadan battar”
Yolg‘izlikni sevadigan shoirman.
Shu ko‘yim sen tomon ostona hatlab
O‘tolmasam, nima degan shoirman?

Yo‘q! Aksi, tashlasam qadamlarim sust,
Yoki sening har bir shiddating keskir.
Mening qarog‘imning sarhadida kuz –
qarog‘ingning soqchisi sezgir.

Anvar Botir


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tabrik

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov

Bugun 20-mart kuni shoira Sitorabonu Shomurodova tavallud topgan kun!

Sitorabonu Shomurodova – 1992-yil 20-mart kuni Samarqand viloyati Urgut tumani Tegana qishlog‘ida tug‘ilgan. “Iqrorman” she’riy to‘plami nashr etilgan. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi (2021).

YO‘LLAR

1.Bu umrim yo‘llardan iborat,
Tog‘ga, bog‘ga, chohlarga bordim.
Lek hech qachon bu qadar go‘zal,
Bo‘lmagandi bosganim odim.

Goh toraydi, gohi kengaydi
Ravon yo‘llar, notekis yo‘llar.
Sen tomonga yurayotganda
Qadamimda ochilar gullar...

2.Yo‘llardan iborat bu hayot,
Kelmoqlikning ketmoqlari bor.
Qo‘llaringdan qo‘l uzaman, dod,
Yelkamda burch sirtmoqlari bor.

Yo‘l boradi o‘yday chuvalib,
Tomog‘imga tiqiliar “uh”lar
Sendan olis ketayotganda
Yo‘llarimga qoqilgan mixlar...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#shukuh

RAMAZON

Ulug‘ niyat bilan umrim bezatsang,
Xatoim tong va shom qadar tuzatsang,
O‘ttizta kuningda sabr o‘rgatsang,
Nafsimga o‘ttizta dor qil, Ramazon.

O‘zing bag‘ishlagin ruhimga shifo,
Rabbim nurlaridan etma mosuvo,
Ruhimning ozig‘i – ibodat, duo,
Ko‘nglim halovatga yor qil, Ramazon.

Imon-u ixlosda barchani teng qil,
Gunohi kamaysin, savobin ming qil,
Odamzot fe’lini yanada keng qil,
Yomonning yo‘lini tor qil, Ramazon.

Tangrim marhamati tugab-bitmasdir,
Bir nazar qilsa gar, shu o‘zi basdir,
Tong-u shom orasi ilohiy darsdir,
Saflarda meni ham bor qil, Ramazon.

Shodi OTAMUROD

14.03.2024

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Buxoroda maktab o‘quvchilari avtobusi YTH’ga uchradi

Maʼlum boʻlishicha, oʻquvchilar teatrga olib ketilayotgan boʻlgan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/21976

Rasmiy sahifalarimiz👇


Telegram | Facebook | YouTube |X

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

“Goratsio, yer va koʻkda shunchalik koʻp tilsimlar borki, ular olimlaringning tushiga ham kirmagan. Ularni bizning idrokimiz tasavvur ham eta olmaydi”.

Shekspir, “Hamlet”dan.


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

QIZ

Ona bezovta, ota bezovta.
Ota: − O‘g‘il bo‘ladi.
Qaynona: − O‘g‘il bo‘ladi!
Amma: − O‘g‘il bo‘lishi kerak.
Ovsinlar: − O‘g‘il bo‘lsin-da...
Ona: − Nevaram o‘g‘il tug‘ilsin-da...
Vaqti keldi...
Shifokor: − Tabriklaymiz, malikalarday...
Besh yildan so‘ng.
Qizdan so‘rashdi: − Yangi yilga nima sovg‘a kutyapsan?
Qizcha: − O‘g‘il bola bo‘lib qolishni!

TILAK

− Dadasi, O‘g‘iloy, O‘g‘ilshod, O‘g‘ilxon qo‘ydingiz, endi bu qizimizga nima deb ism qo‘ymoqchisiz?
− Qizlarbas!
Shundan so‘ng bu xonadonda chaqaloq yig‘isi eshitilmadi.

Mavluda SAMARIDDINOVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Taklif

O‘zbekiston turizm salohiyatini oshirmoqchi bo‘lsa, birinchi bo‘lib yo‘llarni ta’mirlashi kerak!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал