#Bir_kuni
O‘zimga aytmaysizmi?
Urush yillari Yozuvchilar uyushmasi binosida she’riyat kechasi bo‘layotgan ekan. Yosh, iqtidorli shoirlardan hisoblanmish Hasan Po‘lat ishtiyoq bilan she’r o‘qiydi: «Bizga ko‘mir kerak, ko‘mir!..»
Zamona talabi, hukmron mafkura tazyiqi adabiyotni, she’riyatni shunday nochor ahvolga solib qo‘ygandi.
Shu mahal qaerdandir uyushma qorovuli kelib qoladi-yu qo‘lini paxsa qilib, minbardagi shoirning so‘zini bo‘ladi:
– Ko‘mir shunchalik zaril ekan, bir og‘iz o‘zimga aytmaysizmi, toptirib berardim.
Sh.Otabek
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Prezident qaroriga asosan bir guruh qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ular orasida "Yoshlik" jurnali mualliflari ham bor. Xususan, Eshpo‘latova Mohira, Chilmurzayeva Maftuna, Suyunova Shamsiqamarlarning ijodi bilan jurnalimiz orqali tanishgansiz. Barcha ijodkorlarni bu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz.
Читать полностью…#Mitti_hikoya
Do‘st
Uni tushunadigan birgina dardkash do‘sti bor edi. Maktabda kamsitishganida, barcha kabi emasligidan qiynalib o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganida, hatto institutga kirib bedor kechalari dars tayyorlab yurgan kezlarida faqat shu dardkashi bilan suhbatlashardi. Mana bugun u yetuk mutaxassisga aylanib, ishxonasidan ilk maoshini olib, birinchi bo‘lib o‘sha do‘stini yo‘qlab kelib maqtandi.
Suhbati yakunida esa “Sen eng yaxshi do‘stimsan” deb, o‘z aksini ko‘rsatib turgan toshoynadan uzoqlashdi...
Behruz Olimjonov
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
“Yosh kitobxon” tanloviga 2024-yil uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi
Ishtirok etish uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali roʻyxatdan oʻting! Arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi rasmda tanishib olishingiz mumkin.
Barcha kitobxon yoshlarga omad tilaymiz!
📚 @yoshkitobxonuz
#Adib_ijodxonasi
Adabiyot mangu yoniq qalb nuridir
Hozir o‘ylab qolaman. Nechun bu xil holat va hodisalarga bolalikdayoq duch kela boshlaganman? Bundan tashqari, azim kentda yashab turib, nechun hozirda umrimning yarmi tog‘u toshlarda, dashtu sahrolarda kechmoqda? Javob esa bitta – bu qismat. Taqdirning menga atalgan in’omi bu. Bolalikdan ertaklar olamida ulg‘ayishim esa taqdirning tuhfasidir.
👉Davomi...
@yoshlikjurnali
#Bir_kuni
O‘xshashlik
Shoir Turob To‘la bir-biriga sal-pal o‘xshabroq ketadigan odamlarni ko‘rsa, farqlay olmas ekan. U jumhuriyat radiosida ishlab yurganida bir kuni taniqli xonanda Orif Alimahsumovni ko‘rib qolib, shunday deydi:
– Nega shu mahalgacha apparatlarni tuzattirmadingiz?
– Iye, Turob aka, bu men... Orif Alimaxsumovman.
– E, darvoqe... Men sizni radio uyining direktori G‘afur Rahimov deb o‘ylabman.
... Yana bir kuni Turob aka mashhur xonanda Tavakkal Qodirovni uchratib, gap qotadi:
– Siz Tavakkal Qodirovga juda ham o‘xshar ekansiz.
Hangu mang bo‘lib qolgan xonanda noiloj o‘zini tanitadi:
– Turob aka, men o‘sha – siz aytgan Tavakkal Qodirovning o‘ziman!
Turob aka negadir bo‘sh kelgisi kelmaydi:
– Yo‘q, siz yozuvchi Rustam Rahmonga ko‘proq o‘xshaysiz!
Sh.Otabek
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Mitti_hikoya
Ehtiyotsizlik
Yaylovda chorvani o‘tlatib yurgan vaqtda holdan toygan onani to‘satdan novvos suzib oldi.
– Ko‘zga qarash kerak edi, oyi, – dedi barzangiday o‘g‘il to‘shakka mixlangan onaga...
Abdulaziz Ahmad
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Olis_yaqin_ovozlar
* * *
Qasdimga huv tog‘lar toshlarin otsa,
Yorilib ketsa-da bosh egmam hecham.
Faqat tinch yurgizmas toshlari botsa,
Turtinib-surtinib ulg‘aygan ko‘cham.
Ayanchmas ummon yo sahro, o‘rmonda
O‘limga tik boqib, qolmog‘im tanho.
Do‘st-u yor bo‘lsa-yu to‘rtala yonda,
Hech kim tushunmasa, shudir muammo.
Ranjima, cho‘chitmas, gulim, so‘lishing,
To‘kis baxt yo‘q azal sevgi yurtida.
Asl foje menga sening bo‘lishing
Qarsillab yopilgan eshik ortida...
Shukur Latif
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Hajviya
Cho‘ponning choponi
– O‘v, jurnalist! Menga qara, qachon yozishni o‘rganasanlar-a? Sizlarga universitetda nimani o‘qitishgan o‘zi? Buni qara, sarlavhaning o‘zidan bema’niligi bilinib turibdi. Tavba, “Cho‘poning choponi”. Nima bu? Sen tikuvchi emasmisan? Cho‘poning choponi bilan nima ishing bor. Endi buyog‘iga, maqolaning boshlanishiga qara: “Cho‘ponning tayog‘i og‘ir, yegan noni qattiq bo‘ladi… Ihm, ihm… Yomg‘irda shalobbo bo‘lgan choponi hali qurimasdan, yana suruv ketidan chopib ketdi. Ihm, ihm… Tavba-yey… Qo‘y: “meni tuyog‘imdan qattiq odam boqadi, degan ekan. Shuning uchun ham hammayam cho‘ponlik qilavermaydi…”
👉Davomi...
@yoshlikjurnali
#Mulohaza
Qirq yillik qadrdonim – “Yoshlik”
Hash-pash deguncha sevimli va qadrdon jurnalimiz “Yoshlik”ning ilk soni chiqqaniga qirq yil bo‘libdi. Yillar oqar suvday oqib ketaverar ekan-da. Suv-ku borgan joyini qondiradi, yashnatadi. Tabiat-u odamzodning bahri-dilini ochadi. Ammo biz – insonlar qirq yillik umrimizda nimalar qila oldik, nimalarni qila olmadik.
👉 Davomi...
@yoshlikjurnali
#Anglam
***
Dunyo bir sinov maydoni. Bunda hamma narsa sinaladi va sinovdan o'tkaziladi. Jumladan, ishq va e’tiqod ham.
***
Dunyoning barcha fidoyi, zahmatkash va fikrchan kishilari yurak bilan tug‘ilgandirlar.
***
O‘limni bilish – o‘limdan qo‘rqish yoki dunyo zavqi, hayot go‘zalliklaridan ko‘z yumib, qabrga yuz burmoq degani emas. Aksincha, tiriklik va go‘zallikni sevish, vaqtni g‘animat bilib amalga oshiriladigan har bir ezgu ishni kechiktirmasdan sadoqat ila bajarish, foniy umrni yuksak haqiqatlarga bag‘'ishlashdir.
Ibrohim Haqqul
yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Olis_yaqin_ovozlar
* * *
Muddat bor – zamonga daxl qilmagan,
Nur bordir – tegmagan birorta manglay.
Voqe bor – hech bir zot ko‘ra bilmagan,
Hech kimning boshini chertmagan anglam.
Sabil koinotda azim safar bor,
Charxfalak kaftidan oqar tamaddun.
Tosh kabi yo‘llarga muk tushar asror,
Irmoqlar amallab o‘tar qamaldan.
Parilar pinjida mujdalar yashnar,
Qanotlar ostida avom bor gavjum.
Tasavvurdan nari cheksizlik yashar,
Devorlar ortida bir qudrat mavjud.
O‘z o‘rnin topadi omonat anjom,
Ketarmiz asta bu go‘shani tashlab.
Biroq do‘st-u dushman bordir har qachon,
Sening ham, mening ham qonimga tashna…
Muhammad SIDDIQ
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Sobir_Oʻnar_60_yilligi
***
Sevimli adib, ustoz Sobir O‘nar xotirasiga bag‘ishlayman
Ne istaysan mana jonim ol,
Ruhim so‘lg‘in dard qiynaydi.
Tashqarida yog‘ar oppoq qor –
Sog‘inch bezar ko‘kka bo‘ylaydi.
Xayollarim qor kabi to‘zg‘ir,
To‘zg‘ib yotar bu ko‘ngil mana.
Yo‘llar yiroq qadamlar og‘ir,
Yo‘qlab bordim. Siz yo‘qsiz, ona!
Yo‘lchiman men uzoq ketdim rost,
So‘z zahmati taqdirim dedim.
Olis ketdim, sen kutding ilhaq –
O, ona-qishlog‘im, men keldim.
Bola ko‘nglim dasht-u biyobon,
So‘zga soldim tanish yuzlarni.
“Bibisora” o, suluv ko‘zlar –
Ishqqa qasam terdim so‘zlarni.
Yillar o‘tdi, o‘tdi lahzalar,
Charx aylanar ko‘ngil to‘lmaydi.
Ne istaysan mana jonim ol,
Ruhim so‘lg‘in dard qiynaydi.
Xayrulla Xolto‘rayev,
shoir
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Eslash
Bugun shoir Azim Suyun tavallud topgan kun!
EY DO‘ST
(Qayirmalar)
* * *
Ey do‘st!
Odam Atoni, Tangrim, odam yaratdi,
Momo Havoni unga hamdam yaratdi.
O, aslida aklu kuch egasiga
Ilohiy muhabbatu ilhom yaratdi.
* * *
Ey do‘st!
Gulsiz meva tutar anjir degani,
Yor gulsiz bo‘lsa ham bir kelsa qani?
Chechakni yelkada tutgan qoyadek
Boshimga ko‘tarib yurardim uni.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Prezident qaroriga asosan bir guruh qizlar Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi (roʻyxat)
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/21804
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube |X
#Adib_ijodxonasi
Xotiram kengliklarida
Qish kunlarining birida onam og‘ir shamollashdan to‘shakda yotib qoldi. Bir kuni maktabdan kelishim bilan, apil-tapil non-choy ichib, onamning “ketma” deyishiga quloq solmay, hovlimiz etagidagi yalanglikka, futbol o‘yiniga chopganman.
Bir payt uyimizdan yig‘i ko‘tarildi. Uyga yugurib borsam, Enam (onamning onasi, buvim) qo‘shni ayollar bilan meni quchib, onangdan ajralib qoldik, bolam, deb faryod solishdi. Hovlimiz bir zumda odamlar bilan to‘lib ketdi. Men va ukalarim dildiragancha otam boshchiligida onamni qabristonga qo‘yib qaytdik. Biz – olti yetimcha Enam bilan shumshayib qoldik…
👉Davomi...
@yoshlikjurnali
#Saboq
– Sen ishlash deganda ertadan kechgacha yozishni tushunasanmi? Bir oy o‘ttiz kun bo‘lsa, men shundan o‘n kunini asar yozish uchun ajrataman. Qolgan yigirma kunini o‘qib-izlanish uchun bag‘ishlayman. Shahar kutubxonasidan deyarli barcha Moskva gazeta-jurnallarini olib kelib o‘qiyman. Ijtimoiy-siyosiy kitoblarni o‘qiyman. Masalan, “Otamdan qolgan dalalar” romanimni yaratish uchun... yuzlab qishloq xo‘jalik darsliklari, siyosiy qo‘llanmalarni o‘qib chiqdim, yuzlab! Dalama-dala yurib, o‘nlab paxtachilikka oid darsliklarni... paxtapaykallarga solishtirib-solishtirib o‘qidim! Ayni kunlarda Sholoxovning “Tinch Don” romanini o‘qiyapman. Adashmasam, mazkur romanni yo to‘rtinchi bor, yo beshinchi bor o‘qidim. Har o‘qishimda badiiy ko‘zim qaytatdan ochiladi. O‘zimni... go‘dak bir qalamkash his etaman! Ana shu go‘daklikdan ulg‘ayish uchun tag‘in qo‘limga qalam olaman.
Tog‘ay Murod
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Yoshlar_ovozi
***
Kunlar biroz og‘ir, biroz zalvorli
Hayot tashvishlari qo‘limdan tutgan,
Men balki unutdim zavqlanish nima
Balki tabassumlar meni unutgan…
Balki, bir maromga soldim kunlarni
Endi tizginida kechar hammasi,
Balki, yaxshi endi mening hayotim
Yoki men boriga ko‘ndim chamasi…
Hammasi joyida, hammasi yaxshi
Shukur, kunlar kechar bari beqiyos,
Kuchliman, yaxshiman, bitta lekini
Tabassum qilishni unutdim xolos…
Mahliyo KARIMOVA
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Rivoyat
Aqlli eshak
Bir kuni eshak quduqqa tushib ketdi va yordam so‘rab hangray boshladi. Uning ovozini eshitib egasi keldi va vaziyat bilan tanishgach, noiloj yelkasini qisib qo‘ydi – eshakni quduqdan chiqarib olishning hecham iloji yo‘q edi. «Eshagim qarib qolgan, hademay o‘zi o‘lar edi, baribir boshqa, yoshroq eshak sotib olishim kerak. Bu quduq ham suvsizlanib, qurib qolayozdi, baribir yangisini qazishim lozim. Shunday ekan, bir o‘q bilan ikki quyonni urganim ma’qul: quduqqa qo‘shib birato‘la eshakni ham ko‘mib yuboraman», deb o‘yladi sohib va tezda qo‘ni-qo‘shnilarini hasharga chaqirdi. Ular qo‘llariga kurak olib, birgalikda quduqqa tuproq tashlay boshlashdi. Eshak odamlarning niyatini darrov ilg‘adi va yana bor ovozi bilan hangrashga tushdi. Odamlar uning fig‘oniga e’tibor ham qilishmadi. Oxiri eshak ham jimib qoldi. Ancha tuproq tashlangach, sohib sekin quduqqa qaradi va shu manzarani ko‘rdi: eshak tepadan kelayotgan tuprog‘u kesaklarni oyog‘i bilan qabul qilgancha to‘zg‘itib yuborar, natijada tuproq uning ustiga emas, ostiga tushar, quduq borgan sari sayozlashib, tubi ko‘tarilib borar edi. Ko‘p o‘tmasdan, hammani hayron qoldirganicha, eshak tepaga chiqib oldi va quduqdan sakrab chiqib, bandilikdan xalos bo‘ldi.
@yoshlikjurnali
#Qutlov
Nargiza Odinayeva 1988-yili 28-fevralda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.
“Kelajak ovozi” tanlovi viloyat bosqichi g‘olibi.
“Iste’dod maktabi” III respublika yosh ijodkorlar seminari ishtirokchisi. “Yo‘ldagi maktublar”, “To‘rt tomon”, “Muallaq lahza” nomli she’riy to‘plamlari chop etilgan.
E’tiqod
Tuproq bo‘lib yashashni o‘rgan,
Qo‘shilib ol to‘rt fasl bilan.
Oq tonglardan Xizr tush ko‘rgan
“Vatan” degan bir tuyg‘u tilan.
Shu daraxtlar tafting oladi,
Yuragi bor har to‘rt tomonning.
Gar qoqilsang, suyab qoladi
Yelkalari zangor osmonning.
Shu zaminda tog‘lar viqorli,
Shu zaminda shamol mayindir.
Shu zaminda shomlar iforli,
Shukrlaring umr sayindir.
Qo‘l tashlagan quyosh yelkamga,
Ko‘zlarimdan mehr unadi.
“Vatan” desam, dil shu kalomdan
Mehr-muhabbatga qonadi.
Ey vatandosh, inib gullarga,
Egachingga o‘xshab qo‘yaman.
O‘g‘il-qizing yurgan yo‘llarga
Bor jonimni to‘shab qo‘yaman.
Oy tunlarni yoritar atay,
Yo‘l boshiga so‘zsizdek borma.
Qulog‘iga ismingni aytmay,
Kunlaringni qo‘yib yuborma.
Aylanadi ko‘hna charxpalak,
Bu umrning yomg‘irlari bor.
Boshqasining sajdasi bo‘lak,
O‘zing tomon o‘zingni yubor.
Hovuchimga olaman joylab,
Bir qarichmas dunyoning eni.
Had bilmagan kengliklar bo‘ylab
Har tong Vatan uyg‘otar meni.
Batafsil 👉https://yoshlikjurnali.uz/nazm/oltin-beshigini-axtaradi-oy/
@yoshlikjurnali
#Bir_kuni
Havaskorning ishtahasi
Jurnalist Jabbor Razzoqov yoshlar gazetasida bosh muharrir bo‘lgan kezlar viloyatdan bir keksa havaskor xom-xatala she’rlarini yuboraverib, tahririyat xodimlarini bezor qiladi. Asari chiqavermagach, yuqoriga shikoyat ham yozadi. Bosh muharrir axiyri adabiyot bo‘limi mudirini huzuriga chorlaydi:
– Yaxshilab tahrir qilib, iloji bo‘lsa qayta yozib, bitta she’rini chiqarmasak qutilmaymiz, shekilli.
Xullas, havaskorning kichkina she’ri obdan silliqlangach, gazetada bir amallab chop etiladi. Oradan hafta o‘tar-o‘tmas, havaskordan kattagina xatjild keladi. Unda shunday so‘zlar bitilgandi: “She’r uchun katta rahmat. E’tiboringizdan ilhomlanib, sizlarga yangi dostonimni yuboryapman. Qolgan asarlarimni dostonim e’lon qilingandan keyin jo‘nataman...”
Sh.Otabek
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Olis_yaqin_ovozlar
•••
Xudoga baribir xush kelmaydi bu,
Baribir kechirib, qiladi rahm...
Dunyoda eng kuchli tarafim oʻzing,
Sen – mening yagona ojiz tarafim.
Koʻzimni chirt yumib sevaman seni,
Boʻgʻzimni boʻgʻizlab aytaman izhor.
Axir sen bilmasang, biladi Xudo,
Agar sen boʻlmasang, axir Xudo bor...
Lekin nimadandir koʻnglim boʻlar gʻash,
Nimadir suqilib qiynaydi koʻzni.
Boshqacha sevsak ham negadir Xoliq
Hammaga oʻxshatib yaratdi bizni.
Muhammad Qodir
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Sobir_Oʻnar_60_yilligi
***
Inson, kim bo‘lmasin, yagona yo‘ldan ketishi – qalbga intilishi zarur.
***
Adabiyotda yangi mavzu yo‘q, faqat mahorat bor.
***
“…hayot bemaqsad odamlarni birinchi jazolaydi, keyin yaxshi niyat bilan harakat qilganlarni, eng so‘nggida yaxshilarning payini qirqqanlarni…”
***
Arzon adabiyot, arzon matbuot bizning ham bozorimizga allaqachon bostirib keldi.
***
O‘zi adabiyotda ham hech kim aks sado bermaydigan turg‘unlik davri bo‘ladi shekilli.
***
Shukur akaga o‘xshab “hayt!” deya hamma narsadan voz kechib uzlatga ketish, asli – jasorat.
***
Adabiyot muammoshunoslik yoki shaklbozlik emas, san’at.
Sobir O‘nar
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Dunyo_kezgan_so‘zlar
MAGAZINDAGI XAZINA
Magazin – bir qarashda bu soʻz ruscha soʻzga oʻxshaydi. Lekin u asli sharqqa oid, yaʼni arabcha boʻlib, maxazin shaklida boʻlgan va boshqa tillarga koʻchgan. Alisher Navoiyning mashhur
Yigitlikda yigʻ ilmning maxzani,
Qarilik chogʻi xarj qilgʻil ani,
– satrlaridagi maxzan soʻzi ham asli shu soʻzga borib taqaladi. Bu soʻzlarning shakliga diqqat bilan qaralsa, ularning tarkibida xazina soʻzining borligini sezish mumkin. Maxazin soʻzining tub ildizi “saqladi”, “toʻpladi” degan maʼnoni anglatgan.
Magʻoza soʻzi ham “magazin” soʻziga yaqin. “Xoʻja Nasriddin” filmida “Magʻoza – almashtirish degani”, degan gap bor.
✍️ Eshqobil SHUKUR, “Bobosoʻz izidan” kitobidan.
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Bir_kuni
Mansabga ko‘nikkuncha
Azim Suyun “O‘zbekiston ovozi” gazetasiga bosh muharrir etib tayinlangach, ancha vaqtgacha yangi mansabga ko‘nikolmay yuradi. Yangi ish boshlagan kunlarning birida yuqori idoradagi majlisga chaqiriladi. Shoir majlisdan qaytib chiqqach, ishga shoshadi. Katta yo‘l chetida taksi to‘xtatmoqchi bo‘lib, goh u mashina, goh bu mashina tomon yelib-yuguradi. Shu mahal kimdir orqadan ovoz beradi:
– Azim aka! Hoy Azim aka!
Shoir orqasiga o‘girilib, qo‘shnisi, jurnalist Abdukarim Rahimberdievni ko‘radi. U negadir o‘zicha kulimsirab turardi.
– Ha, Abdukarim, nima gap?
– Nima qivotsiz, Azim aka?
– Taksi to‘xtatmoqchi edim, to‘xtamayapti.
– Siz... Azim Suyunmisiz o‘zi?
– Tushunmadim?
– Yo‘q, savolimga javob bering – Azim Suyunmisiz?
– Ha, xo‘p...
– Siz hozir mashhur “O‘zbekiston ovozi” gazetasining bosh muharirisiz!
– Bosh muharrir... Ha-a...
– Sizning xizmat mashinangiz bor, ana, shofyoringiz Muhammadjon aka kutib turibdi.
– E-e, darvoqe, mashinada keluvdim, esimdan chiqib ketibdi, – deydi yangi rahbar boshini qashlab.
Sh.Otabek
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Nazm
DIYDOR QIYOMATGA QOLMASIN
Nima bo‘lsa bo‘lsin demang dunyoda,
Ko‘ngil g‘am toshlarin qilmang ziyoda.
Siz bugun otlisiz, bizmiz piyoda,
Diydor qiyomatga qolmasin, keling.
Yor, deb atamoqqa jur’atimiz yo‘q,
Zarimiz, zo‘rimiz, himmatimiz yo‘q.
Borimiz – sevgimiz, g‘iybatimiz yo‘q,
Diydor qiyomatga qolmasin, keling.
Rangimiz sarg‘aydi – zarg‘aldoq rangi,
Holimiz parishon – tuyoqning changi.
Umr deganlari qo‘ng‘iroq zangi,
Diydor qiyomatga qolmasin, keling.
Siz yor bo‘lmog‘ini kutgan Azim bu,
Vafo iforgulin tutgan Azim bu.
Sizsiz bu jahonni netgan Azim bu,
Diydor qiyomatga qolmasin, keling.
Azim Suyun
yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#Qutlov
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Xoliyor Safarov tavallud topgan kun
Xoliyor Safarov 1983-yili 21-fevralda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Oy botmagan kechalar”, “Qanotsiz qushlar”, “Nomus va hayot” kitoblari nashr etilgan.
Yozuvchining “Mag‘lubiyatidan g‘alaba” asarini shu havoladan o‘qishingiz mumkin. 👉Davomi...
@yoshlikjurnali