yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bobom_haqida

Quvonch bilan aytaman…

Aziz o‘quvchi, otam Habibullo Qodiriyning “Otam haqida” xotira kitobida bobom – o‘zbek xalqining zahmatkash farzandi Abdulla Qodiriy haqidagi kichik xotiralaridan birini “Chiroqpoya” deb nomlagan. U budir: “Dadamning ijodxonalaridagi tokchalarga qator terilgan chinni va boshqa ro‘zg‘or buyumlari uyimizni bezab turardi. Ayniqsa, undagi bir juft xitoyi ko‘ra va qo‘sh lagan (bu ko‘ra va laganlarni dadam 1925–1926-yillarda xarid qilib keltirgan edilar) o‘z chiroyi bilan kishi diqqatini jalb etardi.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

***
Nima deb zeb beray rost so‘zlarimga,
Nima deb yashiray ko‘zdagi g‘amni.
Peshonamga o‘yib qo‘yilgan qismat
O‘g‘irlab olishgan kulgularimni.

Nima deb pand berdi do‘stim xiylagar,
Yelkamga suyangan bosh endi qani?
Yurakda borini to‘kib kuylayman,
Bir silkinib tushsin to‘tr tomon – g‘anim.

Nima deb yashadim yigirma uch yil,
Yelkamga yiqilgan iztirob g‘olib.
Qishloqni orqalab shaharga chopdim,
Ko‘ngilga bir uyum orzuni solib.

Elyor Haydarov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Bilimli va intiluvchan ishtirokchilar “Yoshlik” jurnalini ma’qul ko‘rishmoqda.

📺 “Siz efirdasiz”

@mm_telekanal

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Sobir_Onarning_60_yilligi

***
Sobir O‘narga

Xotiralar aytib yurishlik
Nazdimizda, shunchaki himmat.
Ammo ular odamzod uchun
Tushar ekan juda ham qimmat.

Yo‘qotmasang – bilinmas qadri,
Sog‘inmaysan – tushmasdan ayro.
Baland tog‘lar – judolik adri,
O‘, Ayriliq – bashavqat dayro!

Jigardagi qurtdek qimirlab,
Yuragingni yeydi xotirlar.
...Yo‘qotganda mehribonlar ko‘p,
Yov qochganda esa, botirlar.

Olloyor Xo‘jandiy

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Hirot qayerda?

Taniqli olim Begali Qosimov bir kuni talaba qizdan imtihon olayotgandi. Talaba Navoiyning Hirotda tug‘ilgani, Husayn Boyqaro bilan bolalikdan do‘st bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni tutilmay, burro so‘zlab beradi. Gap Hirot haqida aylanavergach, domla talabaning bilimini durustroq sinamoqchi bo‘lib, chalg‘ituvchi savolni beradi:
– To‘g‘ri, Xirot Alisher Navoiy tug‘ilgan joy. Endi ayting-chi, Xirot qayerda joylashgan? Toshkent bilan Samarqand orasidami yoki Toshkent bilan Bekobod orasidami?
Talaba o‘ylanib qoladi. U Toshkent-Samarqand oralig‘ida Guliston, Jizzax shaharlari borligini yaxshi bilsa-da, Toshkent-Bekobod tomonlarga yo‘li tushmagan, geografiya fanidan savodi o‘ziga yarasha ekan. Shu bois yana biroz o‘ylangach, domla qo‘ygan tuzoqqa osongina ilinadi:
– Xirot Toshkent bilan Bekobod orasida joylashgan, domla.
– Hmm, shunaqa deng? – domla hafsalasi pir bo‘lib, talabaning sinov daftarchasini qo‘liga tutqazadi. – Boring, yaxshiroq tayyorlanib keling.

Sh.O.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

Musavvir Mahmud Muzahhibning
“Alisher Navoiy” asari

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Buyuklar_hayoti

* * *
Musiqiy ilmida zamonasining yagonasi bo‘lmish mavlono Alishoh bir kuni davlatmand oliy hazrat Navoiyga arz qilib, “Sizning oliy iltifotingizdan va marhamatingizdan umid shulki, vaqf boshqaruvchilari olti oylik maoshimni birdaniga bersalar, har oyda ularga bosh og‘rig‘i bo‘lib yurmasam”, dedi. Oliy hazrat javob qildi:
– Mavlono, umrimizdan olti kun qolganmi-yo‘qmi, bilmaymiz. Nima uchun siz omonat hayotga bu qadar e’tiqod qilib, olti oylik maoshni oldindan talab qilasiz?
Mavlaviy janoblari dedi:
– Siz buyruq beravering, ular pulni beraversinlar. Bordiyu o‘lib qolsam, o‘sha pul go‘ru kafanimga yarab qolar.
Shunda on hazrat dedilar:
– O‘ligi ham bir balo, tirigi ham bir balo deganlari siz ekansiz-da?!

Xondamir,
“Makorim ul-axloq”dan


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun shoir Alisher Sabriy tavallud topgan kun!

U 1995-yili 8-fefralda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti adabiyotshunoslik yo‘nalishini magistraturasini tamomlag. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi (2018).

HOLAT...

Gulqizim, jannatim saboqda bu chog‘,
Bilmaydi, bexabar bundagi zordan.
Gulqizim ko‘zdan-u, dil o‘zdan borgan,
Simoblar qalqiydi qaboqda bu chog‘...

Sog‘inchga tor kelib qoldi bu quchoq...

Gulqizim, jannatim ranjurmi bu dam,
Otmoqdan toymasmu do‘zax komiga –
Solmoqdan qaytmasmu hijron domiga,
Jonga zang bosgan tig‘ sanchurmi bu dam?

Borlig‘im hilpirar g‘amda, bir tutam...

Gulqizim, jannatim, g‘olibo, shu on
Shubhalar, gumonlar ichra iskanja –
Chekmoqda, o‘zini mazlum sezgancha...
Va yoki parvosiz holi bor shu on.

Ming bir o‘y bag‘rimni o‘ymoqda chunon!

Gulqizim, jannatim, bahorim shu tob
Boqmasa bemajol dilxastasiga,
Do‘stlarim, bir o‘tib gul rastasiga,
Yosuman olingiz bir dasta shitob –

Tuprog‘im qolmasin sizni ko‘p kutib.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Sobir_Onar_tavalludining_60_yilligi

Inson, kim bo‘lmasin, yagona yo‘ldan ketishi – qalbga intilishi zarur.

Sobir O‘NAR

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Tejamkor shoir

Taniqli shoir Ikrom Otamurodov yayov yurishni yoqtirardi. “Ko‘pgina she’rlarimni yo‘lda yurib yozganman” deydi. Shoir poytaxtning Qorasuv dahasidagi uyidan shahar markazidagi ishxonasiga ham erinmay piyoda kelaverardi.
Bir kuni “Mushtum” jurnali bosh muharriri Nosirjon Toshmatov shoirning radiojurnalist o‘g‘li Boburni uchratib, shunday deydi:
– Otang juda hafsalali odam-da. Ishxonasigacha shuncha olis yo‘lni piyoda bosib keladi. Bu yillarda qancha avtobus pulini tejab qoldi.
– E-e, qo‘ying, gapirmang, – deydi Bobur hafsalasi pir bo‘lib. – Otam har oyda tuflisini yangilaydi.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yoshlar_ovozi

Shudringlar

Erkalatib uyg‘otar quyosh,
Sochlarimni o‘ynaydi shamol.
Bog‘da yursam yaproq ko‘zi yosh,
Yig‘lagandir tunda, ehtimol...

Asta bog‘ni kezsam tong chog‘i,
Ona zamin mehri sezilar.
Bilinadi yurak titrog‘i,
Tabiatning sehri bilinar.

Ushlolmasdan gul yaprog‘ini,
Shabnamlardan uzmasman ko‘zim.
Yoshligimning guldek chog‘ini
Shabnamlarga o‘xshatdim o‘zim.

Xumora KELDIYOROVA,
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod
maktabi o‘quvchisi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yoshlar_ovozi

Ayol

Bahor doim sizlarga sirdosh,
Tongdan qutlar sizlarni quyosh.
Mehringizdan quvnaydi gullar,
Ishqingizda sayrar bulbullar.

Tabiat lol, farishtaginam,
Zarracha yo‘q yurakda g‘ubor.
Doim guldek sarishtaginam,
Hayo-ibo, muhabbat bisyor.

Ko‘rkam dunyo xilqati – Ayol,
Iforli dil topmasin zavol.
Sadoqatda bebaho timsol,
Mo‘tabarsiz, azizsiz – Ayol.

Gulira’no Anvarova,
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod
maktabi o‘quvchisi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

“Duming” qani?

Turli tahririyatlarda uzoq yillar samarali xizmat qilgan zukko muharrir Mahmud Sa’diy juda ko‘p yosh qalamkashlarga ustozlik qilgan. Mahmud aka biron tahririyatda to‘rt qatorgina narsasi chop etilsa ham, musahhihlarga ishonmay, shaxsan o‘zi borib asarini o‘qib berardi. Savodxonlik bobidagi talabchanligi ibratli.
Kunlardan bir kun Mahmud aka ko‘chada shogirdlaridan birini uchratib qoladi.
– Ha shoir, ko‘rinmaysan? – Mahmud aka xuddi ustoz Nosir Fozilovday, ijodkorlarni “Shoir” deb atardi.
– Yuribman, ustoz, tuproqdan tashqari, – deydi shogird.
– Menga manzilingni yozib ber, kerak bo‘lib qolsang qidirib yurmay.
Shogird shosha-pisha manzilini bir parcha qog‘ozga yozadi-da, bekatga kelib to‘xtagan avtobusga intiladi. Ustoz tezgina qog‘ozga ko‘z yugurtirib, peshonasi tirishadi.
– To‘xta! – deydi “shoir”ning orqasidan. – Duming qani?
“Shoir” gap nimadaligi anglolmay, talmovsiraydi.
– Mahorating g‘ovlab ketibdi! Ismingdagi “x”ga dum qo‘ymabsan-ku? O‘zing tuzat xatongni!
“Shoir” xatosini tuzatgachgina ustozning iskanjasidan qutuladi.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xabar

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga yangi rahbar tayinlandi

Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgan Otabek Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markazining yangi rahbari bo‘ldi.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

Yoqimtoy shamol

Yashnoq dalalarda yoqimtoy shamol,
Yashnagisi kelar samo tagida,
Yashnagisi kelar yana haligi
Momo Havolarning
belanchagida.

Yashnoq dalalarda yoqimtoy shamol,
Parchalanib ketar, turtinib toshga,
Va tiklay boshlaydi o‘zini
Tomchiday sochilib, to‘zg‘irlar – boshqa.

Yashnoq dalalarda yoqimtoy shamol,
Yoqilgisi kelar saraton taftga,
Yoqilgisi kelar hatto malaklar
Yuziga yuzlatgan hafifa kaftga.
Yashnoq dalalarda hafifa shamol...

Munira MUHIDDIN

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mitti_hikoya

O‘ZBEK
Aravakash. Yig‘layapti. Vahimaga tushgan. Yukning egasini yo‘qotib qo‘yibdi. Endi nima qiladi?

ESHIK
Opamning yana ko‘zi ko‘kargan. Bu gal ham eshikka urib olibdi.
– Bo‘ldi, bas, – dedi onam. – U bilan yashamaysan. Ajrashasan.
Opam javob berdi:
– Yo‘q, o‘sha eshik – mening hayotim.

DARD
– Oyijon, qo‘g‘irchog‘im dunyodagi eng qimmat o‘yinchoqmi?
– Ha, qizim, ko‘ylaging ham shunday.
– Unda ikkalasini sotib yuborib, puliga bitta dada olaylik.

Dilobar ASLIDDIN qizi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Buyuklar_hazili

Mopassan aka

Habib Temirov ishqiy-sarguzasht asarlar yozishning hadisini olgan, taniqli yozuvchi. Asarlari xorijda ham tarqalgan. Uni tanqid qiladiganlar ham yo‘q emas. Ammo muxlislari ko‘proq.
Kunlardan bir kun ziyofatda Habibning hamkasbi qarshisidagi odamga uni “Bu kishi – o‘zbekning Mopassani” deb tanishtiradi. Adabiyotdan yiroq, umrida kitob o‘qimagan bu odam hazilni to‘ppa-to‘g‘ri tushunadi. Xayrlashayotganda nazokat bilan qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, yozuvchiga iltifot qiladi:
– Biz tomonlarga ham mehmon bo‘lib keling, Mopassan aka!

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

...Битта шоир акамиз бўларди. Кун ора эмаса-да, ҳафтада бир ғалати гап эшитардик у кишидан. Масалан, бундай: «Кеча энди ётувдим, қўнғироқ жиринглаб қолди, – деб гап бошларди ҳирқироқ овозда. Тағин: ичидан шундай қувонч тошиб келаётирки, гапини тезроқ тугатмаса, бўғилиб қоладигандай энтикиб. – Трубкани кўтарсам, Шароф Рашидов, – дер эди, энди «улфати чор»дан бири ҳақида гапираётгандек. – «Ҳозир «Комсомол» достонингни ўқиб чиқдим», – дедилар. – Кулиб, ҳиринглаб қўярди. – Менга ёқди. Омон бўл, шоир. Раҳмат», дедилар-у, трубкани жойига қўйдилар».
Биз билардик, бу гапларнинг ёлғонлигини. Бироқ шоир акамиз шундай ҳикоя қилардики, ишонмай иложинг қолмасди.
У кишининг бу одатлари хусусида Эркин Воҳидов бир гурунгда шундай деган эдилар: «Шоир акамиз, айтайлик, достони чиққанидан кейин Шароф аканинг қўнғироқ қилишларини орзу қилади. Тўшакда ётиб, хаёл суриб... Эрталаб хотинларига таваккал айтадилар: «Сен ухлагандан кейин шундай-шундай бўлди», деб. Тушда редакцияга келиб, танишларига айтадилар. Энди жуда ўхшатиб... Кечқурун бўлса шу воқеага ўзлари ишониб қолади».

Шукур Холмирзаев

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mashhurlar_xulosasi

Gabriel Garsia Markes: “Umrim haqida”

15 yoshda angladimki,
yaxshi narsalarni ko‘proq onalar bilishadi, ba’zida esa otalar.

20 yoshda angladimki, egri ishning hech qanday nafi yo‘q, u hatto o‘ta mohirlik bilan bajarilgan bo‘lsa ham.

25 yoshda angladimki, bola onani sakkiz soatlik kunduzdan, otani esa sakkiz soatlik kechadan mahrum qilarkan.

30 yoshda angladimki, erkakning jozibasi kuchida, ayolning kuchi esa jozibasidadir.

35 yoshda angladimki, kelajak – insonga meros qoladigan narsa emas, balki o‘zi yaratadigan narsa.

40 yoshda angladimki, baxtiyor yashash siri o‘zing sevgan ishing bilan shug‘ullanishda emas, balki qilayotgan ishingni sevishdadir.

45 yoshda angladimki, inson hayotining 10 foizi boshiga tushgan balolardan, 90 foizi esa ularga bo‘lgan munosabatdan iborat.

50 yoshda angladimki, kitob – insonning eng yaqin do‘sti, ko‘r-ko‘rona taqlid esa eng ashaddiy dushmanidir.

55 yoshda angladimki, kichik qarorlar miya bilan qabul qilinadi, katta qarorlar esa yurak bilan.

60 yoshda angladimki, sevgisiz qurbonlik bo‘lishi mumkin, lekin qurbonliksiz sevgi bo‘lmaydi.

65 yoshda angladimki, inson hayotdan zavq olishi uchun kerakli narsadan tashqari o‘zi xohlaganini ham yeyishi kerak.

70 yoshda angladimki, hayotdagi eng muhim narsa qo‘lingizda yaxshi kartalar bo‘lishi emas, balki yomon kartalar bo‘laturib yaxshi o‘ynay olishingizdir.

75 yoshda angladimki, inson o‘zini komil hisoblamaguncha harakatda davom etadi, o‘zini komil sanagan zahoti esa harakatdan to‘xtaydi.

80 yoshda angladimki, sevish va sevilish dunyodagi eng totli lazzatdir.

85 yoshda angladimki, hayot haqiqatan go‘zal.

Rahmat Bobojon tarjimasi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yoshlar_ovozi

Mashina mashmashasi

Karim, Kamol, Ashurjon
O‘ynab yurgan chog‘ida,
Mashina topvolishdi
Sulton aka bog‘ida.

– Topib oldik uchovlon
Uchga bo‘lib olamiz.
– Agarda uchga bo‘lsak,
Mashinasiz qolamiz.

Tortishdilar ancha vaqt:
Mashinani kim olar?
Axir usiz qolishni
Istashmasdi bolalar.

Karim dedi: – Shu bog‘ning
Daraxtiga chiqqanga,
Mashinani beramiz
Pastga olma qoqqanga.

Kamol va Ashur chiqdi
Bir daraxtga tezgina.
Keyin-chi olma qoqdi,
Juda ko‘pmas, ozgina.

Karim-chi, olmalarni
Etagiga solgancha
Mashinani oldi-yu,
Qochib qoldi tirrancha.

Bahodir UBAYDULLAYEV,
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod
maktabi o‘quvchisi

2022/4

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hikmat

Zahmat bila topqoningni o‘zingdin ayama va mehnat bila yiqqoningni do‘stlar bila dushmanlar uchun asrama.

Alisher NAVOIY

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Saboq

Tuproqda IRODAdan goʻzal giyoh oʻsmaydi! Zero, u Yaratganning eng ajib asaridir!

***
Odamzod garchi yaxshi boʻlgani uchun jazolanayotganini bilsa ham, tanlagan yoʻlidan qaytmasin! Chunki, u eʼzoznimas, anglash va anglanishni soʻragan edi!

***
Hech narsani istamaslik qullikka chaqiruvchi dav’atdir!

Fridrix Nitshe

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yoshlarga

“Yoshlik” bizga kerak!

Adabiy bosma nashrlarimiz sanoqli. Ayniqsa, yoshlar uchun. Esimda, talabalik vaqtim “Yoshlik” jurnalida chiqqan hikoyamdan so‘ng ko‘pchilikning iliq fikrlari menga katta motivatsiya bergandi. Ayniqsa, o‘sha paytdagi bosh muharrir Sobir O‘narning ushbu hikoyani qissaga aylantirish kerak, deb maslahat berishi ishonchimni oshirgan. “Yoshlik”da hozir kitoblari chop etilayotgan ko‘plab nosiru shoirlarning ilk mashqlari chop etilgan. So‘nggi sonlarini varaqlarkanman, unda munosib yosh ijodkorlar o‘rin olayotganidan quvonaman. Prezidentimiz Yozuvchilar uyushmasi qoshida faoliyat olib borayotgan jurnallar har bir maktab kutubxonasidan o‘rin olishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Bu ro‘yxatda albatta, “Yoshlik” ham bo‘lishi shart. Yosh o‘qirmanlar uchun u yerda hikoya va she’rlar, maqola va tarjimalar talaygina. Ayniqsa, maktablarga biriktirilgan ijodkorlar faoliyatini boshlagach, “Yoshlik” ular uchun yaxshi qo‘llanma bo‘ladi. Jurnal har bir maktabga kirib borishi, adadi ko‘tarilishi albatta biz qalamkashlarga ham foyda. Bizni ko‘pchilik o‘qiydi, tiraj oshsa, qalam haqi ham oshadi, yozgan hikoyalarimiz uchun maqtangulik gonorar olamiz. Xullas, adabiy jurnallar yurtimiz bo‘ylab qancha keng tarqalsa, hammaga birdek foyda!

Nodirabegim Ibrohimova,
yozuvchi va tarjimon

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun Shoir Alisher Boymurodovning tavallud kuni!

Alisher Boymurodov 1993-yili 7-fevralda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan.
Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” ruknida “Soyabon” nomli she’riy to‘plami chop etilgan. Shoirga sog‘lik, baxt, omad va tuganmas ilhom tilaymiz!


Bilib qo‘ying

Dashtda yurgan toshbaqa yanglig‘,
Ninachiday qo‘nib qiyoqqa.
Qarmoqdagi baliq singari
Tuyg‘ularni soldim qiynoqqa.

Oqqushlarni haydagan ko‘lday,
Kalamushday teshib kemani.
Molga o‘xshab podadan ayri
Tuyg‘ularni yuldim, yemadim.

Toshning nusxi urdi yuzimga,
So‘nib qoldi, ko‘zlarim – Orol.
Manglayidan sho‘rladi sevgi
Men yashadim chanqab, bemalol.

Sipqorilgan, so‘ngra hijronda,
Suv qo‘shilgan obi zam-zamman.
Natijada bilib-bilmasdan
Sizga o‘xshab qoldim – odamman.


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mumtoz

***
Oʻlduroyin dermusan yo kuyduroyin dermusan,
Yona boshimga balolar yogʻduroyin dermusan?

Koʻzlaring jallod etib, mijgonlaring bedod etib,
Kashmiri til birla holimni soʻroyin dermusan?

Osmondin yerga tashlab, xalq aro rasvo qilib,
Qush kabi bol-u parimni yulduroyin dermusan?

Shohbozi lomakon koʻngul qushini ovlabon,
Tabl urub, dolboy qoqibon qoʻnduroyin dermusan?

Men shahidi ishqman, oʻlsam kafanga choʻlgʻamang,
Oh, qizil qon birla qoʻynum toʻlduroyin dermusan?

Mansuri Hallojdek ichib sharobi antahur,
Sudratib dor ostiga olib boroyin dermusan?

Sendin oʻzgani agar koʻngluma solsam, ey pari,
Tasmadek ushbu tanimni tilduroyin dermusan?

Bu muhabbat shurishi jonimdin oʻtti, voy-voy,
Ishqi yoʻq bedardlarni kuyduroyin dermusan?

Bu hama dard-u balolarniki soldi boshima,
Ishq, Mashrab, jannat ichra kirdiroyin dermusan?

Boborahim Mashrab

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mumtoz

Lutfiy gʻazaliga nazira

Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.

Gʻam shomi firoqingda kabob etti falakni,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.

Nogoh sari kuying aro boʻldim senga moyil,
Ey toji sarim, xoh inon, xoh inonma.

La’ling gʻamidin koʻnglum erur gʻunchalari qon,
Gulbargi tarim, xoh inon, xoh inonma.

Zahri gʻami hajring meni oʻldurgʻali yetti,
Ey lab shakarim, xoh inon, xoh inonma.

Mashrab kabi koʻyingda boʻlub barqi tajalli,
Qolmay asarim, xoh inon, xoh inonma.

BOBORAHIM MASHRAB

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shukuh

***
Yoshlik zangor fasl. kechdi. sarg‘ardi,
To‘kildi u. Shafqat bilmas bargrezon.
Qora sovuqlarga otib yubordi,
Shamollar poyida sinmoqda xazon.
Yoshlik zangor fasl. Kechdi. Sarg‘ardi.

Harna o‘tdi, mendan o‘tdi, omon bo‘l,
Qancha faryod qilmay qaytarib bo‘lmas.
Har qalay oldinda bordir so‘nggi yo‘l.
Toki yetguningcha xotirot o‘lmas.
Harna o‘tdi, mendan o‘tdi, omon bo‘l.

Vido tabassumli olam, yoshligim,
Ko‘zlarimda qotgan jolam, yoshligim.
Ko‘klarga yetmagan nolam, yoshligim,
Suvga cho‘kib ketgan bolam, yoshligim,
Vido tabassumli olam, yoshligim.

Rauf PARFI

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#boqiy_satrlar

DIL BONGI

Bir go‘zal qo‘shiqlar kuylagim kelar,
Nigohlari so‘lim, ohangi sokin.
Lek ichimga singmish shamollar, yellar,
Yuragimda shovqin, ruhimda shovqin.

Kimning ismidir bu ilhaq, titrak sas,
Hayot qaysi dildan chalayapti bong?
Haddidan o‘tolmay, kunlarimgamas,
Tushlarimga shoshib kirayapti tong.

Men ham shoshayapman betoqat va zor,
Qadamin tezlatar ko‘zimdagi yosh.
Faqat… ketmasa-yu bog‘lardan bahor,
Botgani shoshmasa bo‘ldiydi quyosh.

Turnalar qaytadi, ha, ular qaytar,
Kelarim, ketarim bir yo‘l mening ham.
Dunyo ermak uchun yozmasin qaydlar –
Yuzingni bekitgin, bekit, peshonam…

Bir go‘zal qo‘shiqlar kuylagim kelar…

Baxtiniso MAHMUDOVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yoshligim

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yondaftardan


* * *
Manzilning borligiga ishonaman, yo‘lga shubham bor.

* * *
Yolg‘izlikka ko‘nikkan odam orada odamlar davrasida bo‘lib, yana yolg‘izlikda qolsa, depressiya avvalgidan ko‘ra kuchliroq bo‘ladi.

* * *
Inson hech bo‘lmasa san’atda erkin bo‘lishi kerak, hayotdagi to‘siqlarning o‘zi yetib ortadi.

* * *
O‘quvchida eshitayotgandek emas eshitilayotgandek taassurot qoldiradigan narsa yozish kerakdek.

* * *
Bir yozuvchining faqat bitta asarini o‘qib, hukm chiqarish noto‘g‘ri.

* * *
Yozadigan odam baribir yozishga ko‘proq vaqt ajratishi kerak.

* * *
Bir betlik narsa bir jumlaga sig‘dirilsa va butun boshli roman faqat shunday jumlalardan iborat bo‘lsa, mana, mahorat.

* * *
Adabiyot taqlidsiz bo‘lmaydi. Uning o‘zi hayotga taqlid.

* * *
Menga qisqalik yoqadi. Iloji boricha qisqalikka intilaman. Gap asarning hajmi haqida ketmayapdi. Roman qisqa, hikoya uzun ham bo‘lishi mumkin.

* * *
Adabiyotda bittagina qonun bor – soxta bo‘lmaslik.

* * *
Iste’dod bilan maddohlikning bir-biriga aloqasi yo‘q. Maddoh kimsa talantli ham, talantsiz ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘rtamiyona tuyilganlarda maddohlikdan asar ham bo‘lmasligi mumkin.

* * *
Odamda kamroq tanlov bo‘lishi kerak, ko‘pi xarob qiladi.

* * *
Borgan sari sevgi, muhabbat, yaxshilik kabi so‘zlar erishdek tuyilib boryapti. Nega? Chunki ularga ishonmay qo‘yyapmiz.

* * *
Yaqinlaring seni tushunmas ekan, begonalardan najot kutma.

* * *
Band bo‘lish – depressiyadan chiqishga yordam berishi mumkin.

* * *
Odamlarning gapirishiga qo‘yib berish kerak, shunda qiyofasi ochilib boraveradi.

* * *
Chegaradan chiqdim deganing bilan, baribir chegaraning ichida bo‘lasan.

Zoir Zokirov

@yoshlikjurnali

Читать полностью…
Подписаться на канал