yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Yoshlar_ovozi

* * *
Pashshadan fil yasar ba’zi odamlar
Arzirmi bu hayot qovoq uyishga.
Bolalik – naqadar go‘zal u damlar
Ulgurmadim uni saqlab qo‘yishga.

Hech ham birim ikki bo‘lmadi derlar,
Axir, bir abadiy o‘zgarmas son-ku.
Doimo nolirlar tajang, beorom
Biling, qaro tunlar – bo‘lajak tong-ku!

Kosam oqarmadi, derlar nolishib
Muhimi, kosang bor, to‘ldir, kech emas!
Va o‘zni yengishga qilgin harakat,
O‘zidan kechmagan botir sanalmas.

Baxtlarin izlashar, Gobi cho‘lidan
Yo o‘zi chiqarmu bir kun yo‘lidan
Baxtlari arzimas chaqadek arzon
Tolein so‘rashar, mo‘lton lo‘lidan.

Yaratmoq istasang go‘zal hayotni
Qur o‘zing, qo‘ling bor, Tangridan tila!
Men ham qo‘lim bilan yozib bayotni –
Deyman: yozganlarim – Tangridan tila!

Rahimov Ro‘zimbek1993-yili Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida tug‘ilgan, hozirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisod yo‘nalishi 4-kurs talabasi.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shukuh

* * *
Bor bisotim oldi yoshligim,
Yurak shunga ko‘ndi-yu ketdi.
Yodda shunday qoldi yoshligim:
Qush daraxtga qo‘ndi-yu ketdi.

Demak, dunyo shunday tor ekan,
Demak, vido kuni bor ekan,
Tushib kelding oyning oldidan,
O‘t bilganim tindi-yu ketdi.

Dunyoda eng katta boy edim,
Gijinglagan yakka toy edim,
Sharqiragan toshqin soy edim,
Suvi qurib tindi-yu ketdi.

Yetishmaydi menga ne jihat?
Allaqayerlarimdur diqqat.
O‘sha qomat, o‘sha bo‘y, faqat
Yurak chil-chil sindi-yu ketdi.

Do‘stlarim ko‘p edi, do‘slarim.
Keskir-keskir edi so‘zlarim,
Xira tortib qoldi ko‘zlarim,
Sochga qirov indi-yu ketdi.

Daraxtga qush qo‘ndi-yu ketdi...

Muhammad Yusuf,
O‘zbekiston xalq shoiri

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Dildaftar

XIRGOYI

Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz,
qachon tiz choʻkuvdik,
hamon izzamiz,
sirqirab ogʻriydi shishgan tizzamiz,
oʻrindan ozgina tursak maylim-u?
Oʻtganlar bari bek,
qolgan javdirar,
gardinda koʻrinmas gʻullar shaldirar,
mehnatdan yorilgan qoʻllar qaltirar,
oʻz bekim yerida yursak maylim-u?
Nasimlar gullamish ozod togʻlarda,
ozodlik mujdasi soʻl-u sogʻlarda,
bobolar qiynalib tikkan bogʻlarda
agʻanab bir xayol sursak maylim-u?
Necha ming alloma, joʻmardlar oʻlgan,
tafakkur sasigan,
ruhlari soʻlgan,
urugʻlar aynigan tap-taqir choʻlda
oʻz bekim davlatin qursak maylim-u?
Yuz ellik yildirki mana shu holat,
hanuz davom etar makkor tijorat,
bilmadim, qayerdan ushbu jaholat,
nega siz boʻlmaysiz sira xijolat?
Nega men soʻrayman sizdan ijozat?!

Shavkat Rahmon

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Buyuklar_hazili

Shamol bo‘lmasa...

Bir kuni moliya institutida bo‘lgan uchrashuvdan qaytishayotganda adabiyotshunos Rahmon Qo‘chqor Iqbolga Isajon Sultonning yangi hikoyasi haqida hayajonlanib gapirib qoladi.
– Bunisidayam shamol tasvirlanganmi? – deb so‘raydi shoir kulimsirab.
– Bunisi shamol haqida emasu, lekin shamolning ta’rifi anchagina bor, – deya izoh beradi Rahmon Qo‘chqor.
– Ha endi, – deydi Iqbol Mirzo tomoq qirib, – shamol bo‘lmasa qalamning uchi qimirlarmidi...

Shogird

She’riyat kechalarining birida davrada she’r o‘qigan yosh ijodkorning mashqidan zavqlangan Iqboljon yonidagi ustoz shoirlardan biriga:
– She’rlari yaxshi ekan-a? – desa haligi shoir:
– Mening shogirdim-da, – deb maqtanibdi.
– Baribir yaxshi ekan, – deya hazil qilibdi Iqbol aka.

Sh.O.

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

DIQQAT, TANLOV!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi yangi adabiy tanlov eʼlon qilmoqda.
“Ibratli umr” deb nomlanuvchi adabiy tanlov bolalar va o‘smirlarni hayot mashaqqatlaridan cho‘chimaslikka o‘rgatish, ularni yuksak maqsadlarga intiluvchan, harakatchan, hayotda o‘z o‘rnini topish, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida yorqin iz qoldirgan siymolardan ibrat olishga chaqirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Tanlovga asarlar 2024-yil 2-dekabrgacha qabul qilinadi. G‘olib deb topilgan asarlar 2025-yil davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan kitob holida chop etiladi va albatta, qalam haqi to‘lanadi.
Tanlovga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi eʼlon qilgan ro‘yxatda ko‘rsatilgan, mamlakatimiz ilm-fani va adabiyotida yorqin iz qoldirgan shaxslarning bolalik va yoshlik yillari haqida hikoya qiluvchi badiiy-publitsistik asarlar (esse) qabul qilinadi.
Tanlovga qatnashish uchun ishtirokchilarning yoshi, tajribasi va nufuzi ahamiyatga ega emas.

TANLOV QOIDALARI:

Bir muallifdan faqat bitta asar qabul qilinadi. Muqaddam OAVda eʼlon qilingan, kitob holida chop etilgan yoki boshqa tanlovlarda ishtirok etgan asarlar qabul qilinmaydi.
Asar hajmi word shaklida 80 betdan kam bo‘lmasligi, lekin 100 betdan oshmasligi kerak. Tanlovga jo‘natiluvchi asarlar “.doc” formatida, Times New Roman shriftida, 14 kegelda yozilgan bo‘lishi kerak.
Tanlovga kelgan asarlarga taqrizlar berilmaydi, qo‘lyozmalar egalariga qaytarilmaydi.
Tanlovga quyidagi kishilar haqida yozilgan asarlar qabul qilinadi:

1. Alisher Navoiyning yoshlik yillari.
2. Boburning bolalik va o‘smirlik yillari.
3. Fitratning yoshlik yillari.
4. Abdulla Qodiriyning yoshlik yillari.
5. Akademik Tesha Zohidovning yoshlik yillari.
6. Akademik shoir G‘afur G‘ulomning bolalik yillari.
7. Akademik Xadicha Sulaymonovaning yoshlik yillari.
8. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning bolalik va o‘smirlik yillari.
9. Akademik Saʼdi Sirojiddinovning yoshlik yillari.
10. Akademik Habib Abdullayevning hayoti va faoliyati.
11. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning bolalik va o‘smirlik yillari.
12. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning bolalik va o‘smirlik yillari.
13. O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Hamid Sulaymonovning bolalik va o‘smirlik yillari.
14. Akademik Aziz Qayumovning yoshlik yillari.

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mushohada

Ezgulik taronasi

G‘ayrat Majid she’rlarining bosh mavzusi – muhabbat. Olimlarning e’tirofiga ko‘ra, muhabbat – insonning ilohiy ekanligini isbotlash vositasi.
Ketmaydigan bahor – muhabbat, sensan,
Hamisha tong, nahor – muhabbat, sensan.
Har doim yig‘latgan, intiq, zor etgan,
O‘zi ham intizor muhabbat, sensan.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Tuzoq

Kunlardan bir kun shoir, Davlat mukofotlari qo‘mitasining mas’ul kotibi Jumaniyoz Jabborov kabinetida ishlab o‘tirganda qo‘shni xonalardan bir xonim chiqib, iltimos qilib qoldi:
– Domla, telefonimiz ishlamayapti. Siznikidan telefon qilib olsam...
– Mayli-mayli, bemalol, – dedi Jumaniyoz aka oldidagi telefonga ishora qilib.
Xonim telefon tomonga o‘tayotib, stol ortidagi bir necha telefon apparatining chuvalashib yotgan simlariga oyoqlari o‘ralashib, yurolmay qoldi. Buni ko‘rgan Jumaniyoz aka darrov hazil qiladi:
– Biz xonimlarga mana shunday tuzoq qo‘yamiz-da!..

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov
#Yoshlik_2005_2_son

Nargiza Asadova – 1984-yili 27-yanvarda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Gul qishlog‘ida tug‘ilgan.
Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutini (2006y.) imtiyozli tamomlab, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Oliy adabiyot kursida tamomlagan. (2007-2009 yy.)
Uning “Ishq ostonasi” (2006), “Yuragimning sarhadlari” (2011), “Nastarin” (2015), “Atalgan kunlar” (2019) va “Mujde” (Turkiya. 2020), “Helva” (Turkiya. 2021), “Sabah çizgeleri” (Turkiya. 2022) nomli she’riy va nasriy to‘plamlari nashr etilgan.
Jurnalistlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Atirgul” tanlovi g‘olibi. (2011)
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tahlil

Uch shoir, uch olam…

Shoirlar – Shodmonqul Salom, Behzod Fazliddin, Nosirjon Jo‘rayev ijodini qariyb o‘n yildan beri kuzatib-o‘qib kelaman. Orada she’rga oshiftalik, adabiyotga muhiblik bor. Qolaversa, kasb taqozosi tufayli o‘rtamizda iliq do‘stona munosabat paydo bo‘ldi. Nosirjon bilan magistraturada, Behzod bilan aspiranturada birga o‘qidik. Shodmonqul aka bilan esa, odatdagidek, dramatik, she’rbop kayfiyat umidida har muyulishdan, tanish-notanishdan she’r axtarib yurgan dilgir paytlarida yuzlashib-do‘stlashib ketdik.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Nazm

YOG‘AYOTGAN OPPOQ QORLAR TINDIMI

Yuragimga qorparchalar qo‘ngandi,
Qor ostida boychechaklar ungandi,
Kiprigimga pok zarralar ingandi,
Ko‘ngil chalgan ishq rubobi sindimi,
Yog‘ayotgan oppoq qorlar tindimi?

Garchi oftob ko‘rinmas ko‘p samoda,
Lekin tafti yurakdagi ma’voda,
Yupanch yo‘qdur sevgi degan samoda
Aytgil, ey yor, ishq rubobi sindimi,
Yog‘ayotgan oppoq qorlar tindimi?

Oppoq edi go‘yo bu jumla jahon,
Har zarradan o‘qir edim bir doston,
Nahot erib ketsa bu oppoq bo‘ston,
Ko‘ngil chalgan ishq rubobi sindimi,
Yog‘ayotgan oppoq qorlar tindimi?

Qorparchalar oshiq qalbim yog‘dusi,
Oyog‘ingni o‘pib yo‘lda qolg‘usi,
Erisa ham yuragingga tomg‘usi,
Aytgil, ey yor, ishq rubobi sindimi,
Yog‘ayotgan oppoq qorlar tindimi?

Minhojiddin MIRZO

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mulohaza

Yozuvchi shuuridagi asar

Yaqindagina qo‘limga olgan kitobim o‘z yakuniga yetdi, ammo tasavvurimda hali davom etishi kerakdek tuyilmoqda. Bu asar – yozuvchi Ne’mat Arslon qalamiga mansub “Savti-sarvinoz” romani. Bugungi kunga qadar yozuvchi tomonidan adabiyot dunyosining ulkan kutubxonasiga “Ayol suvratiga chizgilar”, “Oldinda yana tun bor” kabi hikoyalar to‘plami, “Qizil shisha siniqlari”, “Mahbusning ikkinchi hayoti”, “Sangsopoltosh”, “Vaqt falsafasi” singari novellalari, “Bigiz” detektiv qissasi, “Mavhumot”, Adam vodiysi” va yaqindagina e’lon qilingan “Oksimoron” romani taqdim etilgan. Kuni kecha muallif “Oksimoron” romani orqali Moskva shahrida “Yil yozuvchisi” deb e’lon qilindi.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Eng_yaxshi

Xoliyor Safarov “Yoshlik” jurnalida nashr etilgan “Dog‘” hikoyasi uchun tahririyatimizning 2023-yildagi “Eng yaxshi hikoyasi” bo‘lgan edi. Mana, sovg‘alarini qabul qilib oldi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

So‘z va ilhom

Bizdan ketsa ketsin, qolmaymiz kamib,
Qayta gullamoq bor – azaliy odat.
Yuragimga qo‘ngan isyonkor qushning
Qo‘nim topgan joyi bo‘ldi samovot.
Qaqnus tumshug‘ida eltadi olov,
Qanotin silkisa titraydi olam.
Ruhimga sachrasa siyohiy bir rang,
Jondosh bo‘lib yonar qog‘oz-u qalam.
So‘ngra, ketib qolar Behustungacha,
Yana sahar chog‘i qaytar erinmay.
Bu safar ichirdi tashna holimda,
Xayyom tashlab ketgan bir kosada may.
Bizdan ketsa ketsin, qolmaymiz kamib,
Yupqarib qolmaydi yursam tovonim.
Bir chimdim baxt bersam, yurakni yoqsam,
Azal bitmaguncha o‘lmaydi jonim,
Azal bitmaguncha o‘lmaydi jonim!

Shodiya Umrzoda

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Kulgining qudrati

Farg‘onalik ajoyib inson va taniqli ijodkor Yo‘ldosh Sulaymonning o‘ziga xos kulgisi haqida ko‘p va xo‘p yozilgan. Ustoz Said Ahmad u haqda g‘aroyib hangomalar to‘qigan. Kunlardan bir kun majlis o‘tkaziladigan zalda o‘tirgan ustoz Hamid G‘ulomning yoniga Yo‘ldosh aka kelib o‘tiradi. Shunda Hamid aka sekin iltimos qiladi:
– Yo‘ldoshboy, iltimos, sal nariroq surilib o‘tiring.
– Nega endi? Tushunmadim, Hamid aka?
– Kulsangiz yiqilib tushishim mumkin-da!

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun shoir Shahriyor Shavkat tavallud topgan kun!

Shahriyor Shavkat 1998-yili 23-yanvarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tug‘ilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Ruhim qushlari” kitobi chop etilgan.
2020-yilda Respublika yosh ijodkorlari kengashi tomonidan tashkil etilgan “Duel” adabiy tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi.
“Mahalla” teleradiokanali katta muharriri.

Qaydaki, o‘zbek bor…


(Afg‘onistonlik millatdoshim Hashim Hamdamga bag‘ishlanadi)

Qaydaki, raqib bor – rafiq topilgay,
Qaydaki, ta’qib bor – tavfiq topilgay,
Qaydaki, mal’un bor – dardlari bo‘lsin,
Qaydaki, mardum bor – mardlari bo‘lsin!

Qaydaki, ifrot bor – to‘g‘on tilarman,
Qaydaki, sharrot bor – imon tilarman,
Qaydaki, manhus bor – quzg‘un sherikdir,
Qaydaki, nomus bor – qasos tirikdir!

Qaydaki, mazlum bor – tarafdoriman,
Qaydaki, mahkum bor – najotkoriman,
Qaydaki, g‘azo bor – yorgunman o‘zim,
Qaydaki, Muso bor – Horunman o‘zim!

Qaydaki, toshqin bor – bandi buzilgan,
Qaydaki, qochqin bor – qo‘lman uzalgan.
Qaydaki, zindon bor – zamondoshiman,
Qaydaki, afg‘on bor – fig‘ondoshiman!

Qaydaki, Mashrab bor – dor unda hosil,
Qaydaki, ishrat bor – o‘ynar Azozil,
Qaydaki, o‘zbek bor – o‘zagim bog‘liq,
Ko‘ksiga tig‘ botsa, ko‘ksimda og‘riq…

Qaydaki, ig‘vo bor – urchiydi qobon,
Qaydaki, g‘avg‘o bor – erk so‘zi tobon.
Qaydaki, arzon bor – zargari yo‘qdir,
Qaydaki, sarson bor – sarvari yo‘qdir!

Qaydaki, ifrot bor – to‘g‘on tilarman,
Qaydaki, sharrot bor – imon tilarman,
Qaydaki, mal’un bor – dardlari bo‘lsin,
Qaydaki, mardum bor – mardlari bo‘lsin!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Moziydan_sado

Umr chun bordi havodis, g‘ofil odam bilmadi,
Oy-u kun oromig‘a bir lahza fursat emas.

MASHRAB

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kun

Pastmodernizm

Kunlardan bir kun postmodernizm usulidagi she’rlari bilan tanilgan shoir Bahrom Ro‘zimuhammad shoir do‘sti Muhammad G‘afforga telefon qiladi:
– Muhammad! Eshitdingmi, biz pastmodernizm haqida kitob chiqaryapmiz.
– Juda yaxshi! Darvoqe, bu kitobda men ham bormanmi?
– Sen tushunmading, – deydi shoir masalaga aniqlik kiritib. – Men postmodernizm emas, pastmodernizm deyapman.
– E shundaymi? Unda kerak emas, past ketish yo‘q!

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Shukuh

YOSHLIK

Kunlarimni yoshligimdan ayamadim,
Menda yoshlik nokaslikni hech ko‘rmadi.
Qiz sevganda, ho‘ngir-ho‘ngir qon yig‘ladim,
Go‘yo, qalbim amri ‒ azmimni bir so‘rmadi.

Yoshligimning tarozusi beposangi,
Bir pallasi bahor toshi bilan og‘ir:
Sevinchim ko‘p... shodligim zo‘r... tilim biyron,
Qaysi umr shunday yoshlik ko‘rdi, axir?

Yuragimga achchiq-achchiq botar edi,
“Bog‘ ko‘chada” sharsharaning mungli kuyi...
Hayron bo‘lib, bolalikda o‘ylar edim,
Qaydadir deb bu oftobning yotar uyi?

Bolaligim gul bog‘larni ko‘rolmagan,
G‘arib bo‘lib, mungshib yurgan ko‘chalarda.
Yulduz sanab, yildan uzun kechalarda
Hisobiga sira, azal yetolmagan.

Ayamadim yoshligimdan kunlarimni,
Nokaslikni ravo ko‘rmay sevintirdim,
Chunki, unga yuragimda o‘lib qolgan
Bolaligim erkaligin tiriltirdim.

Yoshligimning sarguzashti benihoyat,
Bisoti ham tasodifga to‘lib bitgan...
Keyin bilsam, tasodiflar zarur ekan,
Hodisani yetaklarkan sababiyat.

Toshkent, 1934

Usmon NOSIR

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xalq_gapiradi

Ot egarlash

Go‘ro‘g‘li sultonning Soqi bulbul degan, G‘irotga qaraydigan sayisi bor edi. Soqiga qichqiryapti. Ey Soqi-ya, boshingga tillo taqi-yo, jonboshingda ovursmoq1 bilan paki2-ya, jeganing gulli qoqi-ya, G‘irotni sozlab kel tezroq, Soqi-ya, deb qichqiraverdi. Ana Soqi ham qoldi shoshib, jurar jo‘ldan adashib, goh dustaman3 tushib, goh o‘ngmoqdan oshib, har jig‘ilganda manglayi o‘rikday, yong‘oqday shishib, bordi G‘irotga jetishib, Go‘ro‘g‘li poshshoning siyosati oz bo‘lama, sozlab kel deganda uning jon-poni qolmadi, o‘rmalab borib jetishib, G‘irotning jilovidan ushladi, ana jilovdan ushlab, ko‘nglini xushlab, otni yalong‘ochlab, badanini qoshilab, otning ustiga egar-abzallarini tashlab, xirgoyi qilib, ikki og‘iz g‘azal aytib, Beksoqi G‘irotni sozlab turgan joyi ekan.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Faxr

Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor.

Islom KARIMOV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Dildaftar

Men baxtsiz yashadim...
Sen baxtsiz boʻlma!

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Sobir_Onarning_60_yilligi

Yo‘qlov

Sobir O‘nar xotirasiga

Birovdan kam emas, ko‘p ham emasding,
Birovning haqini bersa yemasding,
Chaqirmagan joyga zinhor kelmasding,
Bu ne qazo bo‘ldi, kim bilar ayting?

Balki ketgandirsan qoldirib dog‘da,
Betovfiq qavmdosh ko‘pchigan chog‘da,
Birov haqin yegan yurar ardog‘da?
Bu ne qazo bo‘ldi, bilganlar ayting?

Qismat tor kelgani sezdirdimi yo?
Yoningda lallaygan bezdirdimi yo?
Kir bosgan dunyodan o‘zdirdimi yo?
Bu ne qazo bo‘ldi, bilganlar ayting?

Obro‘ talosh bunda, oqibat zabun,
Firqalar ko‘paydi, ko‘paydi tabo‘n,
Senga yoqmadimi, yosh ketding beun,
Bu ne qazo bo‘ldi, bilganlar ayting?

Dunyo ziynatiga ko‘zlar qamashdi,
Odam odam bilan itdek savashdi,
Bilmadingmi ular nima talashdi,
Bu ne qazo bo‘ldi, bilganlar ayting?

Ajdar changalida g‘irromlar olg‘ir,
To‘g‘ri gap aytguvchi hamon bir sag‘ir,
Qoraygan zaminda sovqotgan bag‘ir,
Bu ne qazo bo‘ldi, bilganlar ayting?

Yusuf Xudoyqul

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

1917–1940-yillar prokuratura xodimlaridan 150 nafari qatagʻon qilingan, 30 nafari otib tashlangan

O‘zbekistonda SSSR davrida qatagʻonga uchragan prokuratura xodimlarining xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

You tubeda ko'rish:
https://www.youtube.com/watch?v=dpiSCHE5_qM

Telegram | Facebook | YouTube |X

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Maxfiy gap

Mirpo‘lat Do‘rmonda ijod qilayotgan kunlarning birida zerikib, gurunglashish uchun keksa yozuvchi Isoq O‘ktamovning xonasiga chiqadi. Shoir Mirzo Kenjabek bilan nimanidir qizg‘in muhokama qilayotgan otaxon noqulay bo‘lsa-da, tashrifning bemavrid ekanligini aytadi:
– Mirpo‘lat, kechirasiz, Mirzo bilan maxfiyroq gapimiz bor edi...
Shoir mutlaqo o‘zini yo‘qotmaydi:
– Juda yaxshi-da. Shu yerda gaplashasizlarmi yoki tashqariga chiqasizlarmi?
Beixtiyor hamma kulib yuboradi. Ko‘ngillarda zarracha g‘ubor qolmaydi.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Sobir_Onarning_60_yilligi

SOBIR O‘NAR XOTIRASIGA

Qandoq bordi bu ishga qo‘ling,
Sabr qilsang bo‘lmasmidi sal?
Sening sabring yo‘qmidi, o‘lim,
Sening sabring yo‘qmidi, ajal?!

2023.19.12

© Nasrullo Ergash

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tomonidan jadid taraqqiyparvarlari xotirasini abadiylashtirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Mazkur ishlar doirasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ofisining yangi binosi devorida iste’dodli dizayner va rassomlar tomonidan jadid ma’rifatparvarlariga bag‘ishlangan maxsus mural yaratildi. Muralda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy kabi jadidchilik harakatining eng yorqin vakillari suratlari aks etgan.

Mazkur mural “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasining bir qismiga aylandi.

---

Общественный фонд поддержки и развития национальных массмедиа и Государственный музей памяти жертв репрессий продолжают последовательную масштабную работу по увековечиванию памяти представителей движения джадидов, выступив инициаторами создания монументального мурала.

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Kitobxon_bolalarga_8_tavsiya

1.
Kuniga bir soatni kitob o‘qish uchun ajrating. Bunda davomiylik muhim ahamiyatga ega. O‘zingizga har kuni kamida bir soat kitob o‘qishni vazifa qilib oling. Shu tarzda kitob o‘qish tezligingiz muntazam oshib boradi. Sekin-asta kunlik kitob o‘qish soatini ham oshirib borish mumkin.

2. O‘zingizga yoqadigan qulay joyda mutolaa qiling. Yotib o‘qimaslikka harakat qiling — ko‘zingiz charchaydi. Kitobni ko‘zingizdan 30-40 sm uzoqlikda, 45° burchak ostida o‘qing. Yorug‘lik chap tarafdan tushgani ma’qul, muhimi yetarli darajada bo‘lsin. Kitob tanlashda matnning hajmi, shrifti sizga qulay ekaniga e’tibor qarating.

3. Mutolaaga eng qulay vaqtni tanlay biling. Uxlashdan avval kitob o‘qish tavsiya qilinmaydi — kun davomida turli axborotlarni qayta ishlagan miyangiz kechqurun biroz toliqishi va ma’lumotni yaxshi qabul qilmasligi mumkin. Erta tongdagi mutolaa esa juda foydali — yaxshi dam olgan miyangiz axborotlarni oson qayta ishlaydi va uzoq vaqt eslab qoladi.

4. Kitobdan olgan eng yaxshi fikr va faktlarni qayd etib boring. Ba’zilar bunda kitobning o‘ziga chizish yoki bo‘yashdan foydalanadi. Unday qilmang — sizdan keyin ham birov o‘qishi mumkin. Alohida daftar tutib, unga yozib borsangiz foydaliroq. Mutolaadan so‘ng kitobdan olgan xulosalaringizni ham qayd eting.

5. Qo‘lingizga tushgan har qanday kitobni ham o‘qiyvermang. Kitobni tanlay bilishni o‘rganing. Avvalo ota-onangiz, ustozlaringizdan kitob tavsiyalarini oling. Yoshingizga mos, sizga qaysi biri foydali ekanini ular yaxshiroq bilishadi. Tavsiyalar asosida o‘qishingiz kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini tuzib oling. Reja asosida mutolaa qiling.

6. “To‘g‘ri o‘qish” bu tez o‘qib tugatish degani emas. Muhimi — tushunib o‘qish. Kitob o‘qish salmog‘i uning betlari soni bilan emas, qanchalik tushunganingiz bilan o‘lchanadi. Kitobdagi tushunarsiz so‘z va jumlalar ma’nolarini bilish uchun lug‘at va ensiklopediyalar titkilashdan erinmang yoki yaqinlaringizdan so‘rang.

7. Hadeb bir xil mavzu va janrdagi kitoblarni o‘qiyvermang. Bir marta sarguzasht qissa o‘qisangiz, keyingi safar tarixiy asar o‘qing. Ilmiy adabiyotlar, axloqiy kitoblar, psixologik qo‘llanmalar ham foydali. Imkon boricha turli mavzulardagi kitoblarni mutolaa qiling — dunyoqarashingiz kengayadi.

8. Kitob yoqmasa — o‘qimang. Avvalo kitobning mundarijasi bilan tanishing. Agar kitob ilmiy-ommabop bo‘lsa, oldin o‘zingizga yoqqan mavzularni o‘qing. Kitob yoqmadimi, miyangiz qabul qilmayaptimi, charchadingizmi — davom ettirmang. Tanaffus qiling. Istasangiz ovoz chiqarib o‘qing. Yoqtirmagan kitobingizni o‘zingizni majburlab tamomlashingiz kerak emas. Muhimi — o‘zingizga foydali va tushunarli kitobdan zavq olish.

Davronbek Tojialiyev, Ziyouz.com kutubxonasi asoschisi

2021-yili chop etilgan 3-sinflar uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligidan

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Eng talantli shoir

Aytishlaricha, bundan ko‘p yillar muqaddam Yerevanda o‘tkazilayotgan bir yig‘inda shoir Usmon Azim o‘zini anjuman qatnashchilariga shunday tanishtirgan ekan:
− Men eng talantli shoir Usmon Azim bo‘laman!..
Oradan yillar o‘tgach, dangalchi shoirning o‘sha “kamtar” e’tirofi o‘z isbotini topdi. Usmon Azim faqat shoirgina emas, dramaturg va nosir sifatida ham barakali ijod qilib, adabiyotimiz ravnaqiga katta hissa qo‘shdi.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал