yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

⚡️ "Jadid" gazetasini elektron holda yangi formatda o‘qib zavq oling:

👉 1-sonni o‘qish uchun bosing.
👉 2-sonni o‘qish uchun bosing.
👉 3-sonni o‘qish uchun bosing.

Gazetaning telegram kanali: @Jadid_media

🚀 🔵 🎬 📷 🐤
🔗Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hikoya

So‘z

G‘alati kun bo‘ldi. Ertalab turib, gapirolmay qolsam deng. Tilimga na bir so‘z keladi, na og‘iz ocha olaman. Tavba, shunaqasi ham bo‘lar ekan. Bitta menmi desam, yo‘q, erim tura solib, har kerak narsani bitta-bitta so‘ray boshlardi. Sochiq qani, maykam qayerda, paypog‘imni topolmayapman… Siz o‘ylaysizki, har narsaning o‘z o‘rni bo‘ladi, shu joyiga qo‘ymas ekansan-da, deb. Yo‘q, sochiq o‘n yillik ilgakka ilingan, mayka tortmada taxlangan, paypoq o‘z joyida turibdi. Erkak kishining havosi bu. Shunga o‘rganib qolishgan.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Haydovchi shoir bo‘lsa...

Azim Suyun yangi mashina sotib oladi. Bir-ikki oy mobaynida mashina haydashni chala-chulpa o‘rgangach, yurak yutib rulga o‘tiradi. Katta yo‘lga chiqqach, orqa va oldidan, yon-veridan xuddi o‘zaro quvlashmachoq o‘ynagandek g‘iz-g‘iz o‘tayotgan mashinalarni ko‘rgach, ko‘zi tinib, vahimaga tushadi. Shosha-pisha mashinani bir amallab yo‘l chetiga oladi-yu shu ko‘yi to‘xtab qoladi. Oradan ancha vaqt o‘tsa hamki nimadandir umidvor bo‘lib, atrofga alanglab qaragancha kutib o‘tiraveradi. Shu mahal og‘aynilaridan biri shoirni tanib, to‘xtaydi.
– Ha, Azimjon, nima bo‘ldi?
– Hech narsa bo‘lgani yo‘q, kutib turibman.
– Nimani kutyapsiz?
– Mashinalarning o‘tib bo‘lishini.
– Iye, bu nima deganingiz? Axir...
– Ko‘rmayapsizmi mashinalarning g‘izillashini. Bunaqada yurib bo‘ladimi? Yaxshisi, harakat to‘xtashini kutib tura qolaman. Zaril ishim ham yo‘q.
Haydovchining «shoir»ligidan zavqlangan og‘aynisi kulib yuboradi.

Sh. Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Tarjima

Bo‘lajak shoir

Bu tayoqdek qiltiriq, pardek oppoq yuzli, dengizdek moviy ko‘zli, sochlari to‘zg‘ib ketganidan jingalaklashgan bolakayni ko‘chaning boshqa bolalari uncha yoqtirishmasdi. Nima uchun degan savol paydo bo‘lgandir sizda. Ehtimol, boshqalarning Kostinikidek moviy ko‘zlari yo‘qligi, ko‘pchilik insonlar moviy ko‘zlarni yaxshi ko‘rishi bunga sababdir.

Qolgan bolalarning Kostiga bo‘lgan munosabatlari shunday: “Guruhga olmang, yaramaslarga oramizda o‘rin yo‘q…”

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Kim she’r yozadi?

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev tahririyatga she’r olib keladigan mualliflardan juda bezor bo‘lgan edi. Sababi – she’rlarning aksariyati foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lar, ammo ularni o‘qib, javobini aytish uchun qimmatli vaqt bekor ketardi. Hazilkash, ishning ko‘zini biladigan muharrir buning ham yo‘lini topadi. Huzuriga she’r ko‘tarib kelgan muallif bilan qisqacha hol-ahvol so‘rashgach, o‘zini yaqin tutib, hasrat qilib qoladi:
– Bu odamlarga nima bo‘lgan o‘zi, hamma she’r yozishga o‘tib ketdi. Ishqilib, oxiri baxayr bo‘lsin. Yaxshiyam, men shoir emasman.
She’r ko‘tarib kelgan muallif o‘ng‘aysizlanib asarini bir chetga yashiradi. Gaplari mo‘ljalga bexato ketayotganidan dadillangan muharrir masalaga nuqta qo‘ygisi keladi.
– Darvoqe, bizga nima xizmat?
– Xizmat... yo‘q, o‘zim... yo‘lim tushib qoluvdi, bir kirib o‘tay devdim...
Yelkasidan tog‘ ag‘darilgan muharrir muallifni izzat-hurmat bilan ostonagacha kuzatib qo‘yadi.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

O‘rtama

O‘rtama bag‘irni, ey pari,
Hiqillab ko‘ksimga qo‘yma bosh.
Bilasan, sog‘inchim – zangori,
Ko‘z yoshim olovga qarindosh.

Tovlanar yulduzdek nigohing,
Quchadi nurafshon ko‘z meni.
Yomg‘irga ag‘darib gunohin,
Uyalmay sevadi kuz meni.

Mening-ku bilganim keng dala,
Bejirim soy taraf saharlar.
Ruhimga murakkab masala,
Yo‘limga mahliyo shaharlar.

Kulasan, chorlaydi qarog‘ing,
Boraman ko‘zlarim mo‘ltirab.
Qaytaman, qiynaydi firog‘ing,
Nima dey?
Qolgani – iztirob.

O‘rtama bag‘irni, ey pari,
La’nati sog‘inchga egma bosh.
Bilasan, hislarim – zangori,
Yuragim olovga qarindosh.

Shukrullo Sheraliyev

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Bir haftalik obuna

Yozuvchilardan biri adabiyot gazetasiga hajmi ancha katta maqola olib keladi. Ahmadjon uni o‘qib, keraksiz, qaytariq joylarini qisqartiradi.
– Muharrir uka, sizga juda hurmatim baland, – deydi muallif iltifot bilan, – maqolamni qisqartirmay bersangiz, ko‘p yaxshi bo‘lardi-da. Qalam haqiga gazetangizga obuna bo‘lmoqchiman.
Muharrir bamaylixotir javob qaytaradi:
– Qisqartirmasam ham bo‘lar edi-yu, ammo bizda bir haftalik obuna yo‘q-da...

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

1937
Tongmidi ul – yulduzlarni o‘chirgan ul tong?
Oldingizdan otdilarmi, hazrati Fitrat?
Orqangizdan otdilarmi, hazrati Cho‘lpon?
Boshingizdan otdilarmi, Qodiriy hazrat?
Yuragingdan otdilarmi, kun ko‘rmagan xalq?
Ko‘zlaringdan otdilarmi, mag‘lub Turkiston?
Bo‘g‘zingdan yo otdilarmi, ey ehmolga g‘arq?
Jigaringdan otdilarmi, xuni za’faron?
O‘ng yog‘ingdan otdilarmi, og‘riq jigarim?
Ko‘kragingdan otdilarmi, ey xoki turob?
So‘l yog‘ingdan otdilarmi, yuragim manim?
Peshonangdan otdilarmi, yulduzin ko‘rib?
Chal, ruhingni yemirmasin ko‘zi ko‘r hasad,
“Shashmaqom”dan qadimroq bir kuyingdir “Uyg‘on”.
Musiqorsan, ming yeridan teshilgan jasad.
Bahri jadid nafasdursan, ey chiqmagan jon!

Nodira OFOQ

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Bir kun tomchilarni tutdim so‘roqqa,
“Nimasiz?”
Mavjlangan ko‘lmiz, deb aytdi.
Sochilgan bo‘lsa-da qumlar har yoqqa,
“Barchamiz asli bir cho‘lmiz”, deb aytdi.

Terakdan, gujumdan, toldan, qayindan
So‘radim. “Daraxtmiz”, dedilar shu on.
Qarg‘a, laylak, bulbul, chumchuq, lochindan
So‘rasam, “Biz qushmiz”, dedi begumon.

Shahar ko‘chasida har yonga qarab,
Ketib borar edi bo‘lib turfa rang,
Turk, yapon, habash, kurd, indonez, arab,
Rus, lo‘li, mo‘g‘ul, hind, chinlig-u farang.

Ulardan “Kimsiz?” deb so‘raganim kez,
Javragancha ketdi, ortga qaytmadi.
“Men mo‘g‘ul, men farang, menman indonez…”
Hech biri “Odammiz” deya aytmadi.

Humoyun QUVONDIQOV

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Dildaftar

Hassasin do‘qillatib kelar edi bu gado,
Har uydan xayr-ehson tilar edi bu gado.
To‘xtab o‘tmasdi faqat boylarning eshigida,
Chamamda, bir narsani bilar edi bu gado.
***
Qal’ayi iymonning posboni edim,
Ishq-u muhabbatning dostoni edim.
Vah, mardum bilmadi jon fido qilsam,
Balki, men yerdan-mas, osmoni edim.
***
Yolg‘onni qo‘ymading, bo‘ldi, desak ham,
Sabrimiz kosasi to‘ldi, desak ham.
Endi tobutingni kim ko‘taradi,
Kimsa ishonmaydi, o‘ldi, desak ham.
***
Tuyogʻidagi “xat”ni och boʻriga “oʻqitgan”
Ot yollarin shamollar hali-hamon taraydi.
Eminlikdir, hushyorlik yovuzlikni yiqitgan,
Tushovdagi tulporni itpashsha ham talaydi!

Muhammad Rahmon
“Hazrati Bashir hikmatlari” turkimidan

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikhurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Teshilganmi, dedim bu osmon,
bu yomg‘irlar ayting, nimasi?..
Men tuproqman, changim bosilar,
o‘tib ketar balkim hammasi.

Bir shamolmi kutdim men, ammo
tashqarida yonardi olov.
Yomg‘ir suvi ko‘zyoshi kabi
yuzlarimga to‘kildi birrov.

Bosilganday yuragim hovri
yo‘l olsammi yana qaylarga?
Huzuringga bormoqlik uchun
aylansammi yo shamollarga…


Alisher Narzullo

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муборак бўлсин!

@davlat_boshqaruvi

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Eng_yaxshi

Rahmat Bobojon “Yoshlik” jurnalida nashr etilgan Arkadiy Averchenko – “So‘qirlar” hikoyasi uchun tahririyatimizning 2023-yildagi “Eng yaxshi tarjimoni” bo‘lgan edi. Mana, sovg‘alarini qabul qilib oldi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Xurmo bo‘lmaganda

Kunlardan bir kun Shukur akaning Do‘rmondagi bog‘iga jurnalist muxlislari – Baxtiyor Ollomurod bilan Egam Do‘st yo‘qlab kelishadi. Dasturxonga mehmonlar olib kelgan xurmo ham qo‘yiladi. Yigitlarning qorni och ekanmi, mezbon choy-poy qo‘yguncha xurmoni o‘zlari paqqos yeb bitirishadi, hatto mezbonga bir dona ham qoldirishmaydi.
Shukur aka xurmodan bo‘shab qolgan idishga qarab turib shunday gap qotadi:
– Yaxshiyam xurmo olib kelibsizlar, aks holda meniyam yeb qo‘yardinglar!..

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jarayon

Xurmachangiz qachon to‘ladi?

Bir necha yildirki, poytaxtimiz dunyo rakordlarini qo‘ldan boy bermay kelmoqda! Afsuski, inson sog‘ligi uchun eng xavfli shaharlar ro‘yxati bilan. Dehli, Islomobod, Pekin, Nyu York… kabi shaharlar bilan solishtirganda aholi soni, ishlab chiqarish va sanoat sohasida anchaginina orqadamiz. Ammo bu shaharlarni ham ba’zan havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha ortda qoldirmoqdamiz!
2024-yil 11-yanvar ertalab soat 8:00 holatiga koʻra, Toshkent havosidagi RM2,5 zarralari miqdori 85,5 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu JSST tavsiyasidan 17 barobar yuqori. Sanasangiz tabiatni asrash bo‘yicha, javobgar tashkilotlarning adog‘iga yetmaysiz yoki hali-hamon xurmachasi to‘lmayotgan Qurilish vazirligi va Toshkentda qurilayotgan inshootlarga javobgar shaxslarni qo‘yavering!
Bu bilan aybdorni topmoqchi emasmiz, balki-da shu yurtni aziz tutgan, vatanning kelajagi bo‘lgan, unib-o‘sayotgan bolalarning sog‘lig‘iga barchamiz mas’ul emasmizmi?

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jadidlar_gapi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlaymiz!

Orifjon KOMIL

1985-yili 22-yanvarda tug‘ilgan. Samarqand davlat tibbiyot instituti pediatriya fakultetida tahsil olgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Ijod” jamoat fondi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasida “Xayol raqsi” she’riy to‘plami chop etilgan.

TIRIKLIK

Tiriklik nimadir,
bir hayallik vaqt
va oniy lahzaday o‘tkinchi bari
va yo bir manzildan boshqasi taraf
jim ketib bormoqmi o‘limlik sari.

Tiriklik nimadir,
xotiralarda
bir zaif nuqtaday yashashmi ingrab
va yo mo‘min bo‘lib kirmoq qabrga,
tiriklik yashashmi osmonga qarab.

Tiriklik nimadir,
g‘ussalar aro
mustahkam tutmoqmi
bandalik yo‘lin...
Haq sori yuzlanib so‘ng g‘amginsaro,
tiriklik – ketmoqdir,
tiriklik – o‘lim!

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov!

Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kun!

Adabiyot milliy masaladir

Bugunga kelib shahar tasarrufiga kiritilgan Samarqand yaqinidagi qishloqlarning biri – Chordarada tug‘ilganman. Mana shu qishloqda ona tarafdan bobolarimning qo‘rg‘oni bo‘lgan. Bolaligimda o‘sha qo‘rg‘onning izlari qolgan dalada mol boqib, futbol o‘ynab, kitob o‘qib ulg‘ayganman.

Ota-bobolarim haqida onamning hiko­yalari orqali bilaman. Uning xotirasi kuchli edi. Bolaligimdayoq yetti ota-bobomning nomini sanar edim, lekin o‘shanda onam tez-tez takrorlaydigan “Biz Maxdumi A’zamning avlodimiz” degan so‘zlarning ma’nosini to‘liq anglamaganman. U paytlari onamning aytganlari bizga ertakday tuyulardi.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jadidlar_gapi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_odamlar

Eng oliy ne’mat

Umrimiz shamolday yelib chopmoqda,
O‘tib borayotgan har on bir tarix.
Go‘yo bir shom kirib yilni yopmoqda,
Bu tun orzularni biturmiz fasih.

Boladek ko‘nglimiz xayollarga boy,
Loladek sochilgan qir-adirlarga.
Go‘yo ortimizdan chopayotgan oy,
Nurida bir sir bor chin taqdirlarga.

Bugundan boshlanar kelajak hayot,
Samodagi yorqin yulduzlardek ko‘p.
Yilning oxiri ham, boshi ham qanot
Bo‘lgancha yo‘llaydi bizlarga maktub.

Niyatlar to‘kilar bo‘lib oppoq qor,
Archalar shoxidan taraladi nur.
Hamma qalb qo‘rini qilgancha izhor,
Ajib tuyg‘ulardan oladi huzur.

Go‘dak ko‘zlaridek boqmagin hayron,
Zavq olib yashagin, bu on g‘animat.
Mehr-oqibatga to‘lganda har yon,
Shukrona ayt, shodlik – eng oliy ne’mat!

Hamid IKROM
(Hamidjon Ikromjon o‘g‘li Pozilov)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ibrat

TUZ PULI

Adolati bilan dong taratgan hukmdor No‘shiravon ayonlari bilan ovga chiqdi. Ov baroridan kelib, bir qancha kiyik ovlashdi. Ammo kiyik pishirilayotganida, oshpazlar tuz olmagani maʼlum boʻldi. Bir kishini yaqindagi qishloqdan tuz olib kelishga joʻnatishga kelishishdi.
Bundan xabar topgan No‘shiravon xizmatkorni chaqirib, pul berib:
– Tuzni shu pulga sotib ol. Oʻzimizdan yomon bir odat qoldirib, qishloq ahlini ogʻir ahvolga solmaylik, – debdi.
Hamma ajablanib:
– Ozgina tuz olsak nima boʻlibdi? – debdi.
No‘shiravon:
– Dunyoda zulm dastlab oz edi. Biroq har kelgan zolim zulmni oz-ozdan koʻpaytirdi. Natijada zulm bugungi darajaga yetib keldi, – debdi.
Sulton boqqa kirib, bir dona olma uzsa, uning yuzlab odamlari daraxtlarni tomiri bilan qoʻporadi.
Lashkarboshi besh dona tuxumni tekinga olsa, qoʻshin besh ming tovuqni haq toʻlamay qovurib yeydi.
Zolim, nihoyat, oʻladi-ketadi. Lekin uning laʼnat bilan eslanadigan oti qoladi.

Saʼdiy Sheroziyning “Guliston” kitobidan.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jadidlar_gapi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Shilqim shoir

O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning “Ajinasi bor yo‘llar”degan kitobidan ta’sirlanib, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida taqriz yozib chiqdim. Oradan kunlar o‘tgach, bir tanish tanqidchi menga telefon qilib, iddao qilib qoldi:
– Aka, Anvar Obidjonning kitobini rosa maqtabsiz. Axir shoir yoshligida juda shilqim bo‘lgan ekan-ku! Yursa-tursa qizlarga tegajoqlik qilarkan. Bunaqa asarning tarbiyaviy ahamiyati nima bo‘ladi?
Yuzaki qaraganda bu e’tirozlarda jon borday tuyulardi. Ammo bu tanqidchiga hazil tuyg‘usi pand bergani aniq edi. Shu bois, e’tirozdan o‘zimni yo‘qotmay, dadil jvob qildim:
– Siz aytayotgan o‘sha voqealarni muallif nim tabassum, yengil bir kinoya bilan tasvirlayapti-ku! Sezmadingizmi?
– E, darvoqe...

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Oyina

Har qanday madaniyatni vayron qilishning uchta yo‘li bor...

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#kayfiyat

Tinish belgilari kifoya
Bir yosh shoir o‘z she’rlarini atoqli nemis adibi Teodor Fontanega jo‘natar ekan, shunday deb yozdi:
– Janob Fontane, men o‘z she’rlarimda nuqta va vergullarni ataylab ishlatmadim, chunki menimcha, ular butunlay ortiqcha. Agar siz ularni ishlatish lozim deb topsangiz, marhamat, xohlagan joyga qo‘yishingiz mumkin.
Fontane she’rlarni avtorga qaytarib jo‘natar ekan, shunday ilova qilibdi:
– Yosh do‘stim, iltimos, kelgusi safar redaksiyaga faqat nuqta va vergullarni jo‘natsangiz. She’rlarni esa o‘zimiz bir amallarmiz.

"Yoshlik" jurnali 1986/4

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

ТУШ

Гоҳ танам тор келган окопчаларда
Аёвсиз эзғилаб ўтади танкчи.
Юрагим тортилар ликопчаларда
Додлаб уйғонаман – қўлимда санчқи!

© Исломжон ҚЎЧҚОРОВ

@islomjon_ijodi

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Oyina

HAQIQATNI IZLAGAN ODAM

Nihoyat, u dunyoning bir chekkasidagi ovloq qishloqda umr boʻyi izlaganini topdi. Haqiqat omonat bir kulbada zoʻrgʻa miltillab turgan oʻchoq yonida mungʻayib oʻtirardi.
Izlab borgan odam umrida bunday xunuk va qarimsiq ayolni hali koʻrmagan edi.
– Siz – Haqiqatmi? – deb soʻradi ovozi titrab.
Yetti qat bukchaygan kampir tantanavor bosh silkidi.
– Ayting, men insoniyatga qanday haqiqatni aytishim kerak? Qaytishimni kutayotgan odamlarga sizdan qanday xabar yetkazay?
Yuzi almisoqdan qolgan misday koʻkargan kampir yonib turgan oʻchoqqa qarab tupurdi-da, tirjayib javob berdi:
– Odamlarga meni yosh va sohibjamol deb ayt!

Robert Tompkins
Xurshid Davron tarjimasi

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Adib_ijodxonasi

Yoshlik bu – dunyoning ozodlik fasli

Odam bolasining tushlari ham umr fasllariga qarab o‘zgarib turarkan. Bolaligimda nuqul ulg‘aygan paytlarimni tush ko‘rardim. Razvedkachi bo‘lib xatarlar ichida yurardim. “Hozir fosh bo‘laman”, degan qo‘rquv ichida uyg‘onib ketardim. Bu – albatta, bolalikdagi orzularim bilan bog‘liq tushlar edi. Bu orzu o‘qigan kitob­larim, tomosha qilgan kinolarim ta’sirida shakllangan. Chunki onam bizga hamisha vatanparvarlik mavzusidagi kitoblarni olib berardilar.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Jurnal_arxividan

Muqovadagi bokschini kim tanidi?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Yomon yozolmaydi

Atoqli yozuvchi Shukur Xolmirzayev bir kuni Murod Muhammad Do‘st bilan Do‘rmon bog‘larini aylanib yurib, gurung orasida shunday deydi:
– Murodjon, menga asarlaringizdan, ayniqsa, «Dashtu dalalarda» degan hikoyangiz ko‘proq yoqadi.
– Yomon yozolmasam nima qilay, Shukur aka! – deydi Murod «kamtarlik» bilan.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал