yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Adibning_yon_daftaridan


Qarz olsang, soqovdan ol.

* * *
Tekin ishlag‘onda sekin ishla.

* * *
Hatto ayg‘oqchi ersang-da, arilar suhbatiga burun tiqma.

* * *
Itga tosh otsang, cho‘log‘iga ot.

* * *
Yo‘qotgan iymoningni oshqozoningdan axtargil.

* * *
Ishtoning eski bo‘lsa bo‘lsun, ishtonbog‘ing mo‘rt bo‘lmasun.

* * *
Buqaning oldida turma, eshakning ortida turma.

* * *
Qo‘shning olma eksa, devoringni pastroq ur.

* * *
Do‘stga sir aytib, ul bechoradan sotqin yasamagil.

* * *
U betingga urg‘onning bu betini pachoqla.

Anvar Obidjon

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Noyob

Yangi yilda “Yoshlik” jurnalini ham qo‘ldan qo‘ymay o‘qiydigan yoshlar ko‘paysin!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Kim fashist?

Bir kuni Yunusoboddagi qo‘shni bolalardan biri Anvar Obidjonning uyiga kirib, shikoyat qilib qoldi: “Ko‘chada marojna yeb o‘tirsam, Bunyodingiz qo‘limni qayirib, yarmini yalab qo‘ydi”. Shoir bolakayga pul berib, yupatgan bo‘ldi.
Oradan bir haftacha o‘tib, televizorda urush haqidagi bir kinoni ko‘rib o‘tirishganda, kino qahramonlaridan biri nemis askarini “fashist” deb so‘kdi. Shunda Bunyod “Fashist qanaqa odam?” deb so‘ragan edi, dadasi shunday g‘aroyib javob qiladi:
– Bir qaraganda u ham sen bilan menga o‘xshagan odam, – deydi. – Yoshligida birovning muzqaymog‘ini yalab qo‘yib, fashist bo‘pketgan-da.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Yollanma shoir

Anvar Obidjon jurnalistika kulliyotida o‘qiydigan Abdumalik Isomiddinovni yoniga olib, uyga xarajat qilish uchun Yunusobod bozoriga qarab borayotsa, mardikor bozorida bir yigit yo‘lni to‘sib, xizmat bo‘lsa, bizga ayting, aka debdi. Shoir yigitning kasbini surishtirsa, dunyodagi hamma ish qo‘limdan keladi, aytavering, deb ko‘kragini keribdi. Buni eshitib, ustozningg birdaniga chehrasi ochilibdi:

– Seni uchratganim juda zo‘r bo‘ldi-da, uka! Qancha desang to‘layman, o‘rnimga hech bo‘lmasa bir-ikki hafta she’r yozib turgin.

Sh. Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Buyuklarning nomeri bo‘lmaydi

Anvar Obidjon yangi chiqqan kitoblarini eng avval suyukli shogirdlariga sovg‘a qiladigan odati bor edi. Bir kuni u yangi chop etilgan kitobiga shunday dastxat bitadi: "Bolalarning birinchi nomerli shoiri Hamza Imomberdievga ijodiy yutuqlar tilab..."
Rahmatli shogird bunday dastxatdan ham g‘ururlanib, ham andak hayratlanib, sekin so‘raydi:
– Ustoz, men birinchi nomerli shoir bo‘lsam, unda siz nechanchisiz?
Ustoz pinak buzmay, darhol javob beradi:
– Buyuklarning nomeri bo‘lmaydi!

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tirik_satrlar

Yillar umrimizga qilarmi shafqat!..


yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Suhbat

– Ilmda ustoz-shogirdlik an’anasiga qanday qaraysiz? Adabiyotshunos olim sifatida shogirdlaringizga qo‘ygan talablaringiz biz uchun qiziq.

– Ustoz bo‘lish oson emas. Munosib shogird bo‘lish undan ham qiyin. Universitetda kimki saboq bersa, talaba xalqi barchasiga “ustoz” deb murojaat qiladi. Har ikki tomon – talaba va muallim shu maqomga munosibmi? Shu savol meni ko‘p o‘ylantiradi. Muallim talabaga ko‘ngildagidek bilim bermasa, ustoz nomiga isnod keltirgan bo‘ladi.

👉davomi...
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Bolaning hurmati

Anvar Obidjon avtobusda ketayotsa, bekatlardan birida bir juvon chiqib kelibdi. Anvarjon shartta o‘rnidan turib, unga joy bo‘shatibdi.
– Voy, odamni uyaltirmang, – debdi juvon. – Shu yoshingizda sizni tik turgizib qo‘yamanmi?
Shunda Anvarjon ayolning do‘mpaygan qorniga ishora qilib, debdi:
– Unaqa bo‘lsa, mayli, anavi bola o‘tiraqolsin.
Ayol bir jilmayib qo‘yib, indamasdan o‘rindiqqa cho‘kibdi.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov

Bugun shoir Shodmonqul Salom tavallud topgan kun!

Shodmonqul Salom 1980-yili 23-dekabrda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda Termiz Davlat universitetining “Kimyo” fakultetini, 2005-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oliy adabiyot kursini tamomlagan. “Chag‘oniyon”, “Turkiston”, “Kitob dunyosi” gazetalari, “Saodat” jurnalida faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. “Yurak iqlimi”, “Ko‘ngil kitobi”, “Borligini bilganlar” sheʼriy to‘plamlari va “Oqqapchig‘ay to‘lqinlari” nasriy kitobi chop etilgan.

***
Yurib kir qildimmi, dunyongni, Tangrim,
Hurlar yuvmaganmi oyoqlarimni?
Daydib kir boʼldimmi dunyongda, Rabbim?
Eshitib turarsan soʼroqlarimni…
Аytmaganing yaxshi javoblaringni…

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Taqdirlanganlar

“Yoshlik” jurnali tarjima yo‘nalishi mualliflarini taqdirlaydi! Sovg‘larini olib ketishi uchun kutamiz!

1) Lev Tolstoy – “Markyor xotiralari” (hikoya) Humoyun tarjimasi 6-son.
2) Arkadiy Averchenko – “So‘qirlar” (hikoya) Rahmat Bobojon tarjimasi 2-son.
3) Temur Po‘latov – “Amirlik sharafi bilan” (hikoya) Sherzod Komil Xalil tarjimasi 9-10-son.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun shoira Shohsanam Nishonova tavallud topgan kun!

Shohsanam Nishonova 1995-yili 22-dekabrda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Iqror” nomli she’riy to‘plami O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etilgan (2017). “Yurt kelajagi” Respublika ko‘rik tanlovi g‘olibi.

Tong

Osmon yechib tashlar qop-qora to‘nin,
Qiru adirlarga sachrab ketar nur.
Yangi g‘unchalarda yangi hayajon,
Maysalar bo‘yniga taqib olgan dur.

Hayqirar hayrixoh xo‘rozlar bunda,
Soatlar baxt uchun urmoqdadir bong.
Zero, mana shunday tunning ortidan
Oppoq orzu kabi otib borar tong.


Bu uyda

Bu uyda sen uchun bari muhayyo,
Yashasang bo‘lgani betashvish, beg‘am.
Ammo ko‘zlaringni shift tomon qadab,
Qaysi xotiralar qo‘zg‘atar alam?

Barini o‘qib ol, mana yuragim,
Katta dard emasmi, axir, dardsizlik.
Tushingin, bu uyda haddan tashqari
Zeriktirib qo‘yar muhabbatsizlik.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bildirgi

Bugun e'lon qilgan so‘rovnomamizning👆g‘oliblari uchun sovg‘alarimiz tayyor!!! Eng ko‘p ovoz yiqqan: tarjimon va nosirlarimizga topshiramiz!

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun shoir Masihulloh tavallud topgan kun!

Masihulloh 1998-yil 21-dekabr Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanida tugʻilgan.. O‘zbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” ruknida “Ertakli kunlar” she’riy to‘plami chop etilgan (2022).

Qismat

Tog‘larning chekiga o‘smoqlik tushdi,
Osmonning haqqiga muallaq turmoq.
Odamning loyiga qo‘shib mulkini
Bag‘rini toptatib yotibdi tuproq.

Kiyikning bo‘g‘ziga tish izi indi,
O‘laksa qo‘ymadi o‘z odatini.
Nahotki, burch deya ishondi-qo‘ydi
Vahshiyga o‘rmonning nazoratini.

Bu ko‘kda qushlar ham bor edi, ammo
Parvozni unutdi, qanoti qotdi.
Baliqlar erk deya sakragan mahal
Oy ipak to‘rini daryoga otdi.

Yana parvonaga tekkani mardlik,
O‘t bilan o‘ynashish, oqibat – kuyish.
Menga ham bitgani Parvardigorning:
She’r yozib dunyoning ustidan kulish.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

G‘irromlikni epladiki...

Anvar Obidjon harbiy xizmatdan qaytgach, paxtachilik brigadasida tabelchi bo‘lib ishlaydi. Birinchi ish kuni sira yodidan chiqmaydi. Eng keksa kolxozchi Bozor qantovuz Turg‘un polvonni ko‘rsatib, shunday shart qo‘yadi:
– Mana shu polvonni kurashib, yiqitsang bizga tabelchilik qilasan, mabodo yiqilsang bu yerdan tuyog‘ingni shiqillatasan.
Shart juda og‘ir, ismi jismiga monand polvon bilan bellashadigan odamning beli chiqishi tayin edi. Yangi tabelchi noiloj shartga rozi bo‘ladi. Maydonga sekin borarkan, o‘zicha bir xiylani o‘ylab topadi. Polvonni “Ana bu nima?” deya gap bilan chalg‘itib, oyog‘idan chalib yiqitadi.
Polvon “G‘irrom! G‘irromlik qildi!” deya norozi bo‘ladi. Shunda Bozor qantovuz “Bo‘ldi, yutqazding, Turg‘un!” deydi oraga tushib va bo‘lajak adib keyinchalik yon daftariga yozib qo‘ygan shunday g‘aroyib “hikmat”ni aytadi:
– G‘irromlikni epladiki, amalniyam eplaydi!..

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Dunyo_adabiyoti

Gul va muhabbat

Tina bogʻda turar ekan, uning oʻzi tomon chopib kelayotganini koʻrdi.
– Tina! Mening gulim! Hayotim!
Nihoyat shu gapni aytdi-ya!
– O, Tom!
– Tina, o, gulim!
– O, Tom, men ham seni sevaman!
Tom Tinaga yaqin keldi-da, uni nari itarib, engashdi.
– Mening gulim! Sevimli atirgulimni bosib olding!

Xoup Ey Torres

Saidjalol Saidmurodov tarjimasi

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Olis_yaqin_ovozlar

***
Dil. Bizning tushlarga ta'bir ne hojat?
O‘ttiz qush ko‘zimdan uchdi parlanib.
Qarasam, qorayib moviy sarhadlar,
qarasam, yomg‘irlar tushdi sirg‘anib.

Asrorlab qo‘yilgan tilsimmi dilim,
yildirim sovurgan xashak - tanim(mi?)
Taqdirimga shohlik bitilgan, bildim,
tushundim quduqda tug‘ilganimni.

Kimsasizlik ichra kimligim mavhum.
Borliq yo‘q,
yo‘qlik yo‘q mendan tashqari...
Va "men"dan tashqari chiqmoqlik uchun
(va mendan ichkari kirmoqlik uchun)
chirigan tanimni yechib tashladim.

Dil. Ruhlar isyoni bizning yoqlarda,
boqsang, til uchidan tazarru uchar...
O‘zimdan O‘zimga yetarmikansiz,
ko‘zimdan sachragan mastona qushlar?!

Asliddin Abdurazzoq

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

✍️Erkin Vohidov

Yoshlik...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Nigoh

BU BOLALARNING KO‘ZLARIGA QARAB BO‘LMAYDI

Kecha televizorda G‘azoda ochlikdan azob chekayotgan bolalarni ko‘rsatishdi. Chodirga suyanib, mung‘ayib o‘tirgan besh yashar bolakay, yo‘l chetida o‘tgan- ketganlarga umidvor boqayotgan ma’suma qizaloq... va boshqa shu kabi mudhish xarobalar ichidagi dilezar manzaralar.

Bu bolalarning ko‘zlariga qarash qiyin, garchi bu ko‘zlar televizordan boqayotgan bo‘lsa-da. Bu go‘daklarning achchiq nigohlariga bardosh berish qiyin. Garchi bu nigohlar suratlarda aks etayotgan esa-da.

Uch yuzu o‘ttiz besh mingta bolaning umidvor javdiragan ko‘zlari diydasi qotib qolgan dunyoni oyoqqa turg‘izolmayapti.
Dunyodagi hamma kattalar shu norasidalar oldida nomard bo‘lib qolayapti.
Butun jahon jamoatchiligi shu zaif va ojiz go‘daklar qoshida uyatlidir.

Eshqobil ShUKUR

@Eshqobil_Shukur_ijodi

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hayrat

Shahboz Fayzullayev sahifasidan olindi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Latifa

Shogird:
– Ustoz, qurbaqa suvda koʻp suzaverganidan oyoqlarida suzgichlar paydo boʻlgan, degan nazariyaga qanday qaraysiz?
Ustoz:
– Oʻsha nazariyaga koʻra, burgut toshbaqaning ustini choʻqiyverib toshga aylantirib yuborgan boʻlsa kerak.

"Hikmatli latifalar va nishonga urilgan soʻzlar" kitobidan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Taklif

"Yoshlik" har doim yoshlarni qo'llab-quvvatlagan!

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Qoʻrboshilar qoʻshigʻi

#Sheʼriy_lahza

Shimoldan yog‘iy kelar
Talab qilib Turonni,
Ming asr esh bo‘lsak ham ,
Bizga qo‘shilmas qoni.
O‘rningdan qo‘zg‘al endi,
Turkiy elning o‘g‘loni,
Tulporingga qamchi ur
Selday qalqi, bovurim,
Bizlardan shon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.

Turonning er-u qizi
To azaldan mard kelar,
Turklar dunyo so‘rar deb
Qadimdan bir shart kelar,
Dushmanga qul bo‘lganning
Avlodi nomard kelar,
To abad tinmasin-a
Meros charxi, bovurim,
Bizlardan or so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.

To‘tiga oshno bulbul
Chamanga arzimaydi,
Dushmandan qochib o‘lgan
Kafanga arzimaydi,
Mustabidga qul elat
Vatanga arzimaydi,
Balki ko‘rar umrning
Keldi gashti, bovurim,
Bizlardan hol so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.

Turkiy elat boshida
Begona taxt ko‘rmasin,
Bosh egar omonlikni
O‘ziga baxt ko‘rmasin,
Kun kelib farzandini
Yovga ulfat ko‘rmasin,
O‘zliging ko‘rsatmoqning
Keldi vaqti, bovurim,
Bizlardan kor so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.

Bobomdan meros vatan
Bolamga meros o‘tsin,
Shuuriga mangulik
Uyg‘otar ovoz o‘tsin,
Yovga qahri qattiqlik
Turkiylarga xos o‘tsin,
Ko‘zlardan olov o‘tsin,
O‘tsin shaxti, bovurim,
Bizlardan yurt so‘rmoqqa,
Avlod haqli, bovurim.

Yurt deb yo‘lga otlandik,
Buyukroq safar qayda,
Shu yo‘lda shahid ketsak,
Boshqa bir zafar qayda,
Qul bo‘lgan tiriklikdan
Ortiqroq xatar qayda,
Otlangan har yigitning
Shudir ahdi, bovurim,
Bizlardan qon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.

Agar yotga qo‘shilib,
Qondoshlar sotsa bizni,
Nomimizga tupurib,
Xoindek otsa bizni,
O‘tmishidan yuz burib,
Bir kun unutsa bizni,
Yashamoqdan mani ne,
Bu jon nadir, bovurim?..
Bizlardan jon so‘rmoqqa
Vatan haqli, bovurim.

Najmiddin Ermatov

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mujda

Muqovamizda jadid bobomiz Munavvarqori Abdurashidxonov.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov

Bugun yozuvchi Bobo Ravshan tavallud topgan kun!

Bobo Ravshan (G‘oziddinov) 1985-yil 23-dekabrda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2004-yili shu tumandagi 37-maktabni tamomlagan. 2005 – 2011-yillarda Surxondaryo viloyatining turli gazetalarida jamoatchi muxbir, muxbir vazifalarida ishlagan. 2013 – 2022-yillarda “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Zukkolar davrasida”, “Hordiq plyus”, “Yoshlar ovozi”, “Mahalla” kabi gazeta-jurnallarda faoliyat yuritgan. Uning ijodiy mashqlari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Kitob dunyosi”, “Yoshlik”, “Ma’naviy hayot” kabi bir qator nashrlar va almanaxlarda e’lon qilingan.
2019-yilda G‘ofur G‘ulom nashriyoti tomonidan “Tong va shom orasida” nomli qissa va hikoyalar to‘plami chop etilgan.
Yozuvchining “Shom va tong orasida” qissasi, “Kalsiy”, “Suv”, “Mehribon” hikoyalari jurnalimizda nashr qilingan. Va, ular o‘z o‘quvchilari ko‘nglidan joy olgan. Bobo Ravshanga ijodiga baraka, asarlari odamlar ko‘nglida abadiy qolsin.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Taqdirlanganlar

“Yoshlik” jurnali nasr yo‘nalishi mualliflarini taqdirlaydi! Sovg‘larini olib ketishi uchun kutamiz!

1) Manzura Abdullayeva – “Beshik” (hikoya) 2023/1-son.
2) Xoliyor Safarov – “Dog‘” (hikoya) 2023/1-son.
3) Lazizbek Bozorov – “Tufli” (hikoya) 2023/1-son.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Hisobli dunyo

Anvar Obidjon maktabda o‘qib yurganida kechalari she’r yozib, satrlarning bo‘g‘inini sanab chiqardi. Dadasi buni kuzatib yurgan ekan, bir kuni oldiga kirib, nimalarni sanayotganini so‘raydi.
– Bo‘g‘in sanayapman.
– Bu nimasi?
– She’r yozganda bo‘g‘inlarning soni bir-biriga mos kelishi kerak, shuning hisobini chiqaryapman.
– E, shuni oldinroq aytmaysanmi? Bo‘pti, ertagayoq senga bo‘g‘oltirlarning cho‘tidan olib kelib beraman.
Keyinchalik, ota farzandining tuzukroq shoir bo‘lishini istab, o‘g‘lini moliya sohasida o‘qitadi.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Dunyo_adabiyoti

Eng qaygʻuli hikoya

Uch kishi toʻqsoninchi qavatga zinapoyadan koʻtarila boshlashdi. Lift dushanbagacha ishlamas ekan, dam olish kunlari Semga u-bu hujjatlari kerak boʻlib qolgandi. Qavatma-qavat koʻtarilisharkan, vaqtni oʻldirish hamda zerikib qolmaslik uchun galma-gal turli-tuman – quvnoq va qaygʻuli hikoyalarni aytib berishga kelishib olishdi. Nihoyat, toʻqsoninchi qavatga chiqishganda, eng qaygʻuli hikoyani Sem aytib berdi.
– Pastda kalitni unutib qoldiribman, – dedi-yu, behush boʻlib yiqildi.

Norman va Ben Lir

Saidjalol Saidmurodov tarjimasi

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Mujda

Jurnalimizning yangi soni mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Hajviya

Ijaraga ota kerak(mas)mi?

…Ayolning ko‘z yoshini ko‘rib rektorning ham ko‘ngli yumshadi. Bo‘lmasa-ku, shuncha vaqt darslarda qatnashmagan talabani hech qachon kechirmagan bo‘lardi. Mushtiparning yurakni ezib yuboruvchi hasratu nolalaridan keyin fakultet dekanini koyidi – talabasining holidan xabar olmaganim uchun. Axir bechora to‘rt oydan buyon og‘ir ahvolda yotgan bemor otasiga qarash bilan ovora ekan. Oilasi ham nochorligini bilishmabdi. Muhokamayu munozara ancha cho‘zilib ketdi. Yigit qayta-qayta tavba qildi.

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Oshiq bolakay

Anvar Obidjon to‘rtinchi sinfda o‘qiyotganda o‘zidan katta, oltinchi sinfda o‘qiydigan bir qizni yoqtirib qoladi. Yursa-tursa uni o‘ylaydigan bo‘ladi. Axiyri jur’at qilib, qizni uchrashuvga taklif etib, xat yozadi va uni tanaffusda qizning qo‘liga tutqazadi. Navbatdagi tanaffusda “sevgilisi” ham javob xatini yozib, zarda bilan cho‘ntagiga tiqib ketadi. Oshiq bolakay tezkor javobdan hayajonlanadi. Sekin panaga o‘tib xatni o‘qiydi. Unda shunday so‘zlar bitilgan ekan: “Gaping bo‘lsa sariqning o‘ziga ayt. Men sening malaying emasman, bildingmi?!”
Ma’lum bo‘lishicha, “sevgili”sining birinchi sinfda o‘qiydigan sap-sariq singlisi bor ekan.

Sh.Otabek

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал