yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Kitob yoki jurnalni internet sahifalaridan ham oʻqisa boʻladi. Ammo internetda kitobga xos hid yoʻq, sahifalarini varaqlashdek huzur yoʻq. Eng asosiysi, uni yostigʻing tagiga qoʻyib boʻlmaydi...

Togʻay Murod

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#ramz

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
!

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#ramz

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Sartaroshxonada kitob o‘qiganlarga 30 foiz chegirma bor

💇🏻 Hindistondagi Tutikorin shahrida sifatli ta’limdan uzilib qolgan yoshlarning o‘qishga qiziqishini oshirish uchun sartarosh Ponmariappan ajoyib g‘oya o‘ylab topdi.

📚 U sartaroshxonasida navbat kutayotgan mijozlar uchun mo‘jazgina kutubxona tashkil qildi va "Kitob o‘qiganga 30 foiz chegirma", deb yozib qo‘ydi.

Batafsil: 👉🏽 http://oyina.uz/uz/article/176

📲 Kanalga ulanish: @oyina_portali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hozir_javob

Bir savol bo‘ldi: “Domla, nimaga maktabdagi o‘quvchilar ustozlarini hurmat qilmay qo‘yishdi?”
Dedimki: “Aslida, o‘quvchilar emas, balki ularning ota-onalari o‘qituvchilarni hurmat qilmay qo‘yishgan! Ota-ona ustozni hurmat qilsa bolasi ham hurmat qiladi.”
Yana savol: “Bolalar kitob o‘qimay qo‘ydi, ularni qanday qilib kitobga qaytarsa bo‘ladi?”
Yana dedimki: “Qush uyasida ko‘rganini qiladi. Uyida kitob o‘qilganini ko‘rmagan bola qanday qilib kitobga qiziqsin?! Endi sal o‘ylab ko‘raylik: “uyimizda kitoblar yoki kutubxona bormi?”

Baxtiyor Abdug‘afur

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#xotirot

Bilmadim aylandi necha bir fasl,
Necha bir asrlar shamoldek yeldi.
Men koʻngilma-koʻngil, nasilma-nasl,
Seni izlab oʻtmish qaʼridan keldim.

Matnazar Abdulhakim


Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#adib_ijodxonasi

Kitob qahramonlaridan kimnidir sevib qolganmisiz?


“Yoshlik”ning qadrli o‘quvchilari!
Sizlarga ba’zi savollar bilan murojaaat qilmoqchiman.

Biror-bir asar qahramoni bilan “do‘stlashganmisiz?”
Biron roman yoki qissa qahramonini “sevib” qolganmisiz?
Qaysi asar qahramonlarining gaplarini eshitganmisiz?
Umuman, shunday holatlar sizda bo‘lganmi?
Shular haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Masalan, menda shunday bo‘ladi…
Bu haqda keyinroq gaplashamiz…

…Kitob nima uchun va qanday o‘qiladi? Kimdir shunchaki, vaqt o‘tkazish uchun o‘qiydi, yana birov nimadir o‘rganish niyatida, boshqasi esa ilmiy ish qilish maqsadida o‘qiydi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#latifa

* * *
Shogird ustozidan so‘rabdi:
– Ustoz bizning futbolchilar hujumda yaxshi o‘ynaydimi yo himoyada?
Ustoz javob berib:
– Eh bo‘tam bizning futbolchilar to‘yda zo‘r o‘ynaydi, to‘yda debdi ustoz.

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi!)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlar_ovozi

Kuz


Kuzak yaproqlari yeladi mayin,
Goh sog‘inch, goh quvonch yetib keladi.
Har yoq salqinlashar, kundan kun sayin,
Ortiq xazonrezgi barglar yeladi.

Sevgimdirsan o‘zing, umidimsan – kuz,
Sen bilan yashasam men doim baxtli.
Kuzak doim baxt soch, bu g‘amlarni uz,
She’rlar bitma endi, ko‘p dardli, dardli...

Mohinur Farmonova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

https://youtu.be/vc7yc1l7oT4?si=twmRIt0vAd1H-_U2

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Tun


Tushlarimni o‘g‘irlaydi tun
Va berkitar qaroqlariga.
Bardoshimni topshirdim bugun
Shaharning oq chiroqlariga.

Jim kezaman sochlarim silab,
Yuragimday kengdir ko‘chalar.
Boshqa yo‘qlab kelmasmi, yo Rab,
Mendan ko‘ngli qolgan g‘unchalar?

Dil tubiga ekkandim, kelsang,
Qarshi olar deya, baxtlarni.
O‘chirmoqqa shaylandim, bilsang,
Tunga o‘yib yozgan xatlarni.

Maysalarning uyqusi ro‘yo,
Shamollarning xonishlari chin.
Tun kechirim so‘raydi go‘yo,
“Kechikkan dil izhori uchun”.

Yangi ertak to‘qiydi xayol,
Shomlarida bezabon dilmiz.
Olis tongdan umidvor, alhol,
Tunga singib ketdik ikkimiz.

Mushtariybegim Ismoilova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Vaziyat


Bazm ajoyib o‘tardi. Bir-birini maqtashar, yo‘q sifatlar bilan olqishga zo‘r berishardi. Davra oxirlay bordi. Vaqtga qarab birin-ketin tura boshlashdi.
Endi esa ketganlarning g‘iybati boshlandi. Davrada bo‘lmagan kishi – nishonda...

Zikrilla Mamatov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#latifa

Tejamkorlik


Talaba avtobus orqasidan yugurib ketmoqda. Buni ko‘rgan bir kishi:
– Nega avtobus orqasidan yugurib ketyapsan
Talaba:
– 2000 so‘m tejab qolish uchun
Kishi:
– Undan ko‘ra, taksining orqasidan yugur, 20 000 so‘m tejaysan!

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi!)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hozir_javob

– Yaratish va aks ettirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni biz badiiy ijod jarayonida ko‘ra­miz. Sizningcha ham, adabiyot hayotning in’ikosimi?


Guljamol Asqarova: – Adabiyot hayotning in’ikosi ham, aynan o‘zi ham emas. Adabiyot hayot bilan omixta, uyg‘un, shu bilan birga, ilohiy va ruhoniy olam bilan bog‘liq deb o‘ylayman. Yashalgan tuyg‘ular, fojialar, zamiriga bashariy bir iztirob singigan quvonchlar va ruhiy larzalardan adabiyot yaraladi.
Adabiyot hayot qanday bo‘lishligi yoki bo‘lmasligi kerakligi haqida ham, yetishib bo‘lmas hayot haqida ham so‘z ayta oladi. Men adabiyot­ni hayotning ilohiy bir qo‘shig‘i deb o‘ylayman.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#latifa

Talaba shoir


Talaba yigit yaxshi ko‘rgan qizi bilan do‘konga kirib, narsa xarid qildi-da o‘zini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lib, sotuvchiga:
– Qaytimi kerak emas! – desa.
Sotuvchi:
– Pulingiz kam chiqdi, to‘xtang! – deb qolsa bo‘ladimi…

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi!)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Bir_kuni

Yozmasa bo‘ldi


G‘afur G‘ulom bemaza she’rlari bilan hammani, ayniqsa, tahririyat xodimlarini bezor qilib yuradigan bir shoirni ko‘chada uchratib, dangal so‘raydi:

– Menga qara, uka, shu she’rlaringga bir oyda qancha qalam haqi olasan?

– Ko‘p emas, yuz so‘m atrofida, G‘afur aka.

– Agar mutlaqo boshqa she’r yozmaslikka so‘z bersang, o‘zim senga oyiga ikki yuz so‘mdan berib turaman. Kelishdikmi?

Shoiri tushmagur hijolatdan bir zambil loy bo‘lib qoladi.

Sh.O

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#nazm

Vatan

Necha tog‘lar turibdi tikka,
Mardonavor, mag‘rur va bardam.
Boshiga qor tushsa ko‘nikkan,
Yelkasini oftob ursa ham.

Necha bog‘lar ochmoqda chiroy,
Maysalarga burkanar dovon.
Xarsanglarga urilsa-da soy,
Etar ezgu yo‘llarda davom.

Men-chi, bitta so‘zni loaqal
Topmadim dil lug‘atidan.
Baxtiyorman boshim silagan
Insonlarning muhabbatidan.

Ishon, oldga tashladim qadam,
Hayotimda ko‘rdim ko‘p mani.
Hech bo‘lmasa –
Shamol bo‘larman
Bayrog‘ingni hilpiratgani!

🗞Muallif: Mahfuza Imomova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mujda

Muqovada rassom Alisher Aliqulov asaridan foydalanildi!

@yoshlikjunrali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Ko‘ksimizda pitirlar yurak,
Qo‘yib bersak qanotlar qoqsa.
Ko‘nglimizdan uchib hovuch cho‘g‘,
Ko‘nglingizda alanga yoqsa!

Yonib bitsa hijronlar lov-lov,
Armon kulga aylanib qolsa.
Baxt otilsa shafaqqa faqat,
Quvonchimiz samoni olsa.

Shodligimiz tursa mavjlanib,
Kulgichimiz to‘qnashib ketsa.
Bir baxt bersa Allohim, shunday
Bir baxt – ikki dunyoga yetsa!


Lola

Rayhonlar-u mitti gullar
O‘sar ariq yoqasida.
Hamma gul ham lola emas,
Tog‘lari yo‘q orqasida...

Dilobar MEHMONOVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mujda

Yangi son mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun yosh shoira Gulhayo Anorova tavallud topgan kun!

Gulhayo Anorova 1998-yili 15-noyabrda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tamomlagan. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi (2019). “Aks sado” nomli she’riy to‘plami chop etilgan.

***
Chayqalaman shamchiroqdagi
O‘ynayotgan yog‘du singari.
Chayqalaman, manzil sòngiga
Tortqilaydi qadim langarim.

Chayqalaman, yelkamda shamol –
Qahratondan hayiqqan oqqush.
Chayqalaman kimning bazmida,
Buncha òychan, bunchalar xomush?

Chayqalaman, qaro kechaning
Qolib ketar dog‘lar izida.
Chayqalaman, qadahsòz aytib
Jom tòldirgan soqiy izmida.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tarjima

To‘yga bir kun qolganda…


– Allo!..
– Allo. Kim bu?
– Kechirasiz… nol besh, yuz ellik uch, ellik sakkiz, yetmish oltimi?
– Ha, shunday.
– Oxirgi raqami o‘n uch.
– Ha, o‘n uch. Kechirasiz, men sizni tanimadim. Kimsiz, adashib tushmadingizmi?
– Men-ku adashganim yo‘q, bu – aniq, ammo sizga nima bo‘ldi? Biror joyga shoshib turibsizmi deyman, yo uyingizga o‘t tushdimi?
– Nima, nima? Tushunmadim. Kim o‘zi bu? Qanaqa o‘t? Adashdingiz…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Давлатимиз раҳбари Бокуда озарбайжонлик адабиётшунос ва шоир Акиф Бағиров билан учрашди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#latifa

* * *
Bir kuni adabiy jurnal muharririga she’r qo‘lyozmasi yuborildi. She’r “Men nechun tirikman?” deb atalarkan. She’rning o‘zi esa juda uzun va zerikarli ekan. Muallifga juda qisqa javob jo‘natildi: “Siz she’ringizni pochta orqali yuborganingiz uchun tiriksiz. Agar uni idoramizga o‘zingiz olib kelganingizda, shubhasiz, bu yerdan tirik chiqmasdingiz”.

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Umr_hikmati

Gabriel Garsia Markes: “Umrim haqida”

15 yoshda
angladimki, yaxshi narsalarni ko‘proq onalar bilishadi, ba’zida esa otalar.
20 yoshda angladimki, egri ishning hech qanday nafi yo‘q, u hatto o‘ta mohirlik bilan bajarilgan bo‘lsa ham.
25 yoshda angladimki, bola onani sakkiz soatlik kunduzdan, otani esa sakkiz soatlik kechadan mahrum qilarkan.
30 yoshda angladimki, erkakning jozibasi kuchida, ayolning kuchi esa jozibasidadir.
35 yoshda angladimki, kelajak – insonga meros qoladigan narsa emas, balki o‘zi yaratadigan narsa.
40 yoshda angladimki, baxtiyor yashash siri o‘zing sevgan ishing bilan shug‘ullanishda emas, balki qilayotgan ishingni sevishdadir.
45 yoshda angladimki, inson hayotining 10 foizi boshiga tushgan balolardan, 90 foizi esa ularga bo‘lgan munosabatdan iborat.
50 yoshda angladimki, kitob – insonning eng yaqin do‘sti, ko‘r-ko‘rona taqlid esa eng ashaddiy dushmanidir.
55 yoshda angladimki, kichik qarorlar miya bilan qabul qilinadi, katta qarorlar esa yurak bilan.
60 yoshda angladimki, sevgisiz qurbonlik bo‘lishi mumkin, lekin qurbonliksiz sevgi bo‘lmaydi.
65 yoshda angladimki, inson hayotdan zavq olishi uchun kerakli narsadan tashqari o‘zi xohlaganini ham yeyishi kerak.
70 yoshda angladimki, hayotdagi eng muhim narsa qo‘lingizda yaxshi kartalar bo‘lishi emas, balki yomon kartalar bo‘laturib yaxshi o‘ynay olishingizdir.
75 yoshda angladimki, inson o‘zini komil hisoblamaguncha harakatda davom etadi, o‘zini komil sanagan zahoti esa harakatdan to‘xtaydi.
80 yoshda angladimki, sevish va sevilish dunyodagi eng totli lazzatdir.
85 yoshda angladimki, hayot haqiqatan go‘zal.

Rahmat Bobojon tarjimasi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#iqtibos

Adabiyot uchun insondan qiziq, insondan qadrli, insondan aziz va insondan vahshiy, yovuz, yirtqich “muammo” yo‘q ekan!

Shukur Xolmirzayev,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#munosabat

Millat taraqqiyoti, ma’rifati, tamadduni ochun ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta, albatta.
Bugungi kundagi shunday ijtimoiy-adabiy jurnallardan biri “Yoshlik”dir. 1982-yildan buyon bosiladigan bu jurnal o‘tgan vaqt davomida ko‘plab iste'dodlarni kashf etdi. Mustaqillikdan avval ham Tog‘ay Murod, Shavkat Rahmon, Murod Muhammad Do‘st va yana bir qancha ijodkorlarning o‘lmas asarlari ilk marotaba aynan “Yoshlik” jurnalida muxlislar e'tiboriga havola etilgan.
Bundan tashqari, jurnalda yoshlar uchun foydali asarlardan tarjimalar, ustoz ijodkorlar bilan jurnalistik suhbatlar ham berib boriladi.
Shaxsan o‘zim ham maktab paytidan boshlab jurnal orqali Nigora Muhammad, Parizoda Ro‘ziboyeva, Bobomurod Sa'dullayev, Mahliyo Xurram, Bayram Ali va boshqa ko‘plab ijodkorlar ijodi, asarlari bilan tanishdim.
2024-yilning 5-sonida o‘zimning ijodiy ishlarim e'lon qilinishi esa kutilmagan va quvonchli hodisa bo‘ldi. Chunki oddiy maktab o‘quvchisining she'riy mashqlari ustozlar imtihonidan o‘tib, tahririyat talablariga javob berib, jurnal sahifalarida joy olishi quvonarli holat. Zotan, ijodkorning ko‘ngil so‘zlari, qalb kechinmalari jurnal sahifalari orqali qanchadan qancha dil sahifalariga ko‘chadi...
Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki, “Yoshlik” chin ma’noda iste'dodlarni kashf etadigan va ko‘ngillarga so‘z yog'dularini ulashuvchi ko‘ngilnomadir!

Rayhona Davronova

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Umr


Umr – dengiz, to‘lqinlar aro
G‘arq bo‘ladi harakatsizlar.
Odam zoti hayot ekan to,
Baxtiyorlik sohilin izlar.

Umr – dengiz, uning bag‘riga
Qismat durlar aylagan nihon.
Yetib borib bir kun qa’riga,
Olib chiqqum javohir, marjon.

Umr – dengiz, dolg‘alari ko‘p,
Mashaqqatdir manziling qadar.
Yutib ketar to‘lqin, taloto‘p,
Tushib qolsang domiga agar.

Umr – dengiz, mavjlanib goho,
Jilvalari olar hushingni.
Aldanmagin unga mutlaqo,
Suvga aytib yurma tushingni.

Feruza RAHMATOVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mulohaza

Xayriyat, uyg‘onmadi!

Dunyo. Xuddi toshbaqaga o‘xshaydigan g‘alati va sehrli xilqat... Uxlamoqchi bo‘lsa, kichkintoy qo‘llarini Quyosh chirog‘iga sekin uzatadi va pishillab uxlab qoladi, u bilan bag‘ridagi sakkiz milliard mardum ham uyqu ayiqchasini bag‘riga bosadi. “Azal va abad yo‘li”da dunyo onaga o‘xshatiladi... Ha, dunyo – ona... Dunyo deganda, ko‘zlarim o‘ngida cheksizlik qa‘rida “sarson gizgizlagan”, sabr ila mushtipar nigohini Allohning rahmatiga tikkancha, og‘irlashib borayotgan dardlari – bolalarini zo‘rg‘a ko‘tarib, jim yashaydigan, goho o‘ziga o‘zi o‘ranib kapalakday ma’sum uxlaydigan, yum-yumaloq Yer sharimizni aytyapman.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…
Подписаться на канал