#qardoshlar_adabiyotidan
Ishq maktublari
Rasim bir kuni maktabdan qaytgandan so‘ng, stolining ustida turgan xatjildni ko‘rdi va qiziqsinib ochdi. Qarasa, atrofida jimjimador naqshlar chizilgan bir maktub. Unda shunday deyilgandi: “Rasim og‘a, men bir yosh qizman va sizni sevaman. Men juda ham go‘zalman, hatto sizga buni qo‘rqmasdan ayta olaman.
👉davomi...
(Turk tilidan Ozodbek Ravshanov tarjimasi)
@yoshlikjurnali
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Qadam bossam gullaydi chechak,
Yurgan yo‘lim – o‘tmishdagi bog‘.
Qo‘llarimni tutaman senga,
Gulbog‘imga qo‘ndirmagin zog‘.
Oramizda Amu oqar tinch,
Osmondagi yulduzlarcha kek.
Umidlarga qanoting bog‘lab,
O‘zing birlan yashnat g‘unchadek.
Yaqin qolmish baxtning qasrida,
Mening uchun yasalar taxtim.
O‘zgalardan axtarmoq nechun?
O‘zligimda yashaydi baxtim.
Sarvinoz Tuliyeva
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
ONA
Yolg‘iz dildoshingga aylandi bu kuz,
Xazonlar qopladi yana yo‘lingni.
She’r ishqi mast qildi o‘g‘lingni, afsus,
Hatto so‘ramadim bir bor ko‘nglingni.
Ona, omonmisan, salomatmisan?
Bog‘larda kezadi g‘arib bir shamol,
Daraxtlar chayqalar, garchi ohang yo‘q.
Sochlaringni o‘pib yig‘laydi ro‘mol,
Nahot shu ro‘molday sodiq bolang yo‘q?
Ona, omonmisan, salomatmisan?
Qarshimda sollanib o‘tar fasllar,
Men faqat o‘zimga omad so‘radim.
Qaniydi chin farzand bo‘lolsa agar,
Ajinlar tushmagan mening suratim.
Ona, omonmisan, salomatmisan?
Bu dunyoda og‘ir sinovdir sog‘inch,
Sog‘inch – umrimizning mazmuni garchi.
Negadir bu oqshom kuzgi bog‘lar tinch,
Negadir nur istar ko‘nglimning arshi –
Ona, omonmisan, salomatmisan?
Bahodir BAHROM
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#izoh_sizdan
- "Yoshlik" jurnalini oʻqisang, shuytib sen ham uchasan.
@yoshlikjurnali
#Bir_kuni
Til... shapka emas
Tahririyatga she’rlarini olib kelgan shoirni xodimlar o‘rtaga olib, asarlarining tili g‘aliz, nochor ekanligini uqtirishar, shoir esa o‘jarlik qilib, tanqidni tan olmas, nuqul o‘z fikrini ma’qullar edi.
Nogoh bahs ustiga G‘afur aka kelib qoladi. Hamma jim bo‘lib, ustozning og‘ziga tikiladi.
Qaysar shoir hamisha eski shapkasini qiyshiq kiyib yurar, hozir ham shu alpozda edi.
G‘afur aka shoirning shapkasiga ijirg‘anib qarab qo‘ygach, shunday deydi:
– Og‘ayni, shapkani qiyshiq kiyasizmi, teskari kiyasizmi – ixtiyoringiz. Shapka sizniki. Lekin til xalqniki, baraka topkur. Unga oliftagarchilik ketmaydi.
Sh.O
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#kun_xazili
Shuhrat ORIFga
Shuhrat Orif degan shoir
Ishlayapti bank“a”da.
Kredit olsa gar shoirlar
O‘sha bo‘lar “tanka”da.
A.Obro‘y
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#bir_kuni
Eng yaxshi gazeta
Kunlardan bir kuni adabiy anjumanda muxlislar G‘afur G‘ulomdan so‘rab qolishdi:
– Ustoz! Sizningcha, respublikamizdagi qaysi gazeta eng yaxshi?
– Qaysi gazetada she’rlarim ko‘p bosilsa – o‘sha gazeta yaxshi-da! – deydi shoir “kamtarlik” bilan.
«Zo‘r» yozuvchi
G‘afur G‘ulomdan noshudroq bir yozuvchi haqidagi fikrini so‘rashadi.
– Ha, u juda «zo‘r» yozuvchi? – deydi shoir tagdor qilib.
– Qiziq, uning nimasi zo‘r, ustoz?
– U kamalakni ikki rangda tasvirlay oladi.
Sh.O
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#boqiy_satrlar
ONAM DERMAN
Bu olamda ulug‘ zot kim
Desang, doim onam derman.
Hayotim ustuni sinmas,
Madadkorim onam derman.
Gul umrim mash’ali o‘chmas,
Xayoldan suvrati ko‘chmas.
Dilimga oq dili payvast,
Vafodorim onam derman.
Ko‘zim nur-iyu darmonim,
Umid-shodlik va armonim,
Kecha-kunduz nigohbonim,
Xaloskorim onam derman.
Ona farzandga bol bergay,
Saodat chechagin tergay.
Ham ardoqlab, ham o‘rgilgay,
Chamanzorim onam derman.
Uzoq ketsang qolar dog‘da,
Kutar bedor sahar chog‘da.
Muqaddas ona tuproqda
Umidvorim onam derman.
Ayo Yong‘in, onang et shod,
Yozib madhini qilgin yod.
Ona birla hayot obod
Charog‘bonim onam derman.
Yong‘in Mirzo
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
* * *
Qaydan ko‘chdi zulmatga bu rang,
Tun ko‘ksiga yulduzlar insin.
Tonglarimning quyoshi qochgan,
Xayr dema, xayringni bersin.
Eng o‘tli so‘z sukunatniki –
Ovoz pardalarga sig‘magan.
Sen jim turib so‘zlagin, mayli,
Va jim turib tinglayman men ham.
Yarim baxtdan butun dard yaxshi,
To‘kislikni etasan-da his.
Ammo yarim yo‘lda qoldirmoq...
Pushaymonga cho‘kib qo‘yma tiz.
Yo‘q, mumkinmas bundayin yakun,
Tashrifingning so‘ngi dard bilan?!
Muhabbatdan buyukroq so‘z top,
Ketolmaysan to‘rtta harf bilan!
Xayr dema, xayringni bersin.
Zarnigorxon ABDUOLIMOVA
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#mushohada
Insoniylik mezoni nima?
Insoniylikning yana bir mezoni ilmdir. Insoniylik ta’limoti hisoblanmish Qur’oni karimda “Biluvchilar bilan bilmaydiganlar bir bo‘lurmu?”, “Ilm zulmatda nur” mazmunida o‘nlab oyatlar bor. Bu muborak kalomlar ilmning fazilatini ifodalamoqda.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#kun_xazili
Fozil FARHODga
Ijod qilar berilib,
Kitob turar terilib.
– Fozil biz-la qalin, – deb,
Biz yuribmiz kerilib.
Abdurazzoq Obro‘y
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#olis_yaqin_ovozlar
Sevdim
Niholman, shamolda ketmadim sinib,
Kutaman, yomg‘irlar qoladi tinib,
Yurganda changlari egniga inib,
Bobom shudgor etgan zaminni sevdim.
Qasam ich, dedilar, rostini so‘zla,
Dedim, otar bo‘lsang manglayni ko‘zla,
Tuproqni bezagan xazonlar uzra,
Momom mangu yotgan zaminni sevdim.
Yo‘llarga sochildim, borimni to‘kdim,
Goh she’rga aylandim, o‘qib o‘tdi kim...
Aning borligini kuzatganda jim,
Falak yulduz otgan zaminni sevdim.
Dilnoza KAMOL
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#kun_xazili
Aziz SAIDga
Deydi gapning yo‘q nafi,
Deydi gapning ko‘p xavfi.
Faqat to‘la kitobga
Aziz Saidning qopi!
A.Obro‘y
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#xazina
Markes bilan uchrashuv
Markes ijodi bilan tanishganimdan va, ayniqsa, “Yuz yil tanholikda” romanini Nurali Qobul bilan birga o‘zbekchaga o‘girganimdan so‘ng bu ulkan so‘z san’atkoriga, adabiyotshunoslar ta’biri bilan aytganda, zamonamiz adabiyoti marshali bo‘lmish alloma adibga nisbatan yuragimda cheksiz ehtirom tug‘ildi. Adibning yangi asarlariyu ijodi tadqiq etilgan risolalar undagi yangi-yangi xislatlarni namoyon etgani sari bu tuyg‘u tag‘in zo‘raydi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#qutlov
Talaba bo‘lgan yoshlarning hammasi “Yoshlik” jurnalini o‘qib xursandchilikka erishdi! Tabriklaymiz, barcha talaba bo‘lgan yoshlarni!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#mulohaza
Fojialar tasodifan bo‘lmaydi!
Zamonaviy adabiyotda inson ruhiyatini tasvirlash muammosi tobora keng ko‘lam kasb etib bormoqda. Inson barcha jonzotlardan aziz-u mukarram qilib yaratilgan ekan, uning ma’naviy, ruhiy qiyofasi doimo eng e’tiborli o‘rinda turadi. Shu sababli ham insonning ma’naviy, ruhiy qiyofasi tasvirini badiiy adabiyotning muhim omili sifatida e’tirof etishimiz mumkin.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#yoshlar_ovozi
JAHON CHЕMPIONLARIGA
Parijda uyg‘ondi bir sharqona tong,
O‘zbekona qudrat, shonli qaroshlar.
Mard-u maydon uzra yangragancha bong,
Madhiyamiz bir-la tarala boshlar.
Bunda asrorlarni mahv eta olgan,
G‘oliblar ko‘ksida yonmoqda ilinj.
Bugun dahri dunni larzaga solgan,
Elimning savlati arimaydi hech.
Bedor ko‘zlardagi ishonch hurmati,
Yana yetib keldi afsonaviy on.
Kechmishi zulfiqor xalqning jur’ati,
Minorlardan baland, ishongil, ishon!
Bu kun – yuzni yorug‘ etmoqqa fursat,
Sening har qadaming – bir yangi g‘oya.
Dunyoni lol ayla, porlashing ko‘rsat,
Janglarda nomingni etib himoya.
“Yelkadoshim, elim, qardoshim”, – degan,
Ne ajab, titrasa zafarlar tog‘i?!
Quyoshni bag‘riga bosishar ekan,
Hamroh bo‘layotir Vatan bayrog‘i!
Hulkaroy SATTOROVA
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Diqqat!
Yaxshi asarlarni o‘qishdan charchamang!
Jurnalimizni targ‘ib qilib, tekin mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ling!
Kanalimizga:
– 30 ta odam qo֪‘shganga – 2024-yil 3 oylik obuna;
– 40 ta odam qo‘shganga jurnalimiz eski sonlaridan 5 tadan tanlab olasiz;
– 50 ta odam qo֪‘shganga – 2024-yil 6 oylik obuna;
– 100 ta odam qo֪‘shganga – 2024-yil bir yillik obuna;
Siz kanalning taklif havolasini tarqatasiz, va qo‘shilgan odam sizning nomingizdan sekretshot qilib quyidagi havolaga jo‘natadi: @Narzullayevich04
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#tarjima_hikoya
Valya
Bu yil yozni qishloqda – ota-onamnikida o‘tkazdim. Dastlabki kunlarning birida tomorqada ishlayotib devor ortidan bolakayning amirona ovozini eshitdim:
– Valya!.. Va-lya!
– Ho‘-o‘v, – deya birozdan so‘ng zaifona keksa ovoz javob qaytardi.
– Ayam qachon keladi?
– A?
– Ayam qachon keladi, deyapman!
👉davomi...
(Rus tilidan Sayfiddin OKANOV tarjimasi).
@yoshlikjurnali
#kun_xazili
Orif TO‘XTASHga
Orif To‘xtash ajoyib,
Faqat chalop simirar.
Bolalarga she’r yozib,
Har kun qopday semirar.
A.Obro‘y
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#hikoya
Hovur
...Yangi, do‘mpaygan qabr paydo bo‘ldi. Qabrning ustlari o‘xshatib chimlandi. Imom janozani o‘qidi. U odatdagidan kaltaroq qildi, o‘zi tugatgach, yonboshida cho‘kkalagan cho‘qqisoqol, g‘undalak cholga “O‘qing!” deganday qaradi. Cho‘qqisoqol g‘udrangan bo‘lib, tilovatni toza ham qisqa qildi. Omin bo‘ldi. Marosim tugadi. Olomon tarqalishga shoshildi. Oqsoqol “Marhum qanday odam edi?” – deya tarqaluvchilarga azaliy savolni tashladi. Bir lahza tin olindi, ammo gap qotilmadi. Kimdir nimjongina “yaxshi odam edi”, dedi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#kun_xazili
G‘iyos O‘NARga
Hozir “Yoshlik” paxta termaydi,
Shiyponda joy, taxtda ko‘rmaydi.
Gar ilhomi kelsa G‘iyosning,
Jurnalga bir hafta kelmaydi.
A.Obro‘y
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#mulohaza
Tirilgan tarix
Adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov “Imom Moturidiy” romani haqida “Yoshlik” jurnalida shunday yozadi: “Yozuvchi tarix sahifalarida yetib kelgan ma’lumotlarni misqollab yig‘ib, o‘rganib, tahlil va talqin qilib, buyuk ilohiyotshunos olimning badiiy qiyofasini hayotiy, insoniy tarzda yoritishga muvaffaq bo‘ldi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#Qutlov!
Bugun yozuvchi va tarjimon Gulnoz MAMARASULOVA tavallud topgan kun!
U 1990-yili 13-avgustda Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida tug‘ilgan.
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Ijod” jamoat fondi tomonidan “Kutayotgan ayol” nomli ilk kitobi nashr etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
👉davomi...
@yoshlikjurnali