yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Ijodiy uchrashuv

📹Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyid ishtirokida talabalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Ey, manim ko‘nglimda unayotgan gul,
Jonim ichidagi sirdan xabar ber.
Ishqni hovuchingda puflab tutgin-u,
Vido yetmaydigan yerdan xabar ber.

So‘z aytma, ey dardi dilorom, menga,
Na bo‘lsa, dil aytar beorom menga,
Senga tong tutmasam, tun harom menga,
Faqat ko‘zlarimga nurdan xabar ber.

Har dard Ilohiyga tortilgan chiziq,
Oh ketsa sabringni tasbehday uzib,
Jonimning ipiga g‘amingni tizib,
Ismingday safo takbirdan xabar ber.

Qildan ham ingichka dil ko‘priklari,
Sabr birliklari, dard ko‘pliklari,
Pichirlab aytilgan ishq to’rtliklari,
Baxt degan bir uzun she’rdan xabar ber.

Suhrob Ziyo

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Jurnalimizning 2023-yilgi 2-sonining PDF formatini havola qilyapmiz!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Men aprelda...


Xayollari to‘zg‘idi bog‘ning,
Changlar soldik gohi o‘tlarga.
Sochlariga oq tushar, deb, oq
Salom berdik qoqio‘tlarga.

Qoqio‘tlar momoqaymoqqa,
Do‘ndi. Bizlar og‘iz juftladik.
Bog‘ ajoyib sehrga to‘ldi,
Biz bearmon chopdik, ufladik.

Bolalik bu kattakon sandiq,
Afsus, uni yopdik, qulfladik.
Biz o‘shanda momoqaymoqni
Qayerdaki topdik, ufladik.

Uddaladik ulg‘ayishni ham,
Ado etdik yorug‘ yuz bilan.
Bahor ketdi, bolalik ketdi,
“Uf”larimiz qoldi biz bilan.

Ba’zan to‘yib uf tortgim kelar,
Men aprelda dalliroq, daydi.
Ishim tushar momoqaymoqqa –
Xudoyimga uflab bo‘lmaydi.

Xudoyimga uflab bo‘lmaydi!

Kumush Abdusalomova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Eslasam

Katta yo‘lning suyunchisi


O‘ylab qarasam, haqiqatan “Yoshlik” ka­mina uchun “katta yo‘lning suyunchisi” vazifasini ado etibdi. 1985-yildan toki 2014-yilga dovur suyukli jurnalimizda ko‘plab she’riy turkumlarim, tarjimalarim, maqolalarim yoritilgani fikrim tasdig‘idir. Mana, ishxonamdagi javonda “Yoshlik” jurnalining 2014-yilgi 1-soni…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Qutlov

Bugun shoir Jo‘rabek Jahon tavallud topgan kun!

Telba


Shivirlading. Qulog‘im tutdim,
Yolg‘iz edik xonada biroq.
Mening juda qitig‘im keldi,
Seni esa chulg‘adi titroq.

Eshitmadim. Shamol turdi so‘ng,
Raqsga tushib ketdi pardalar.
Qo‘shiq aytgan yo‘q edim, balkim,
Tinmay berar edim va’dalar.

Pichirlading, keyin turding-da,
Farishtadek ohista yurding.
Ko‘zlarimga termulib mamnun,
Chapak chalib kulib yubording.

Eshik taqilladi, ochmadim,
Kuylarding men sevgan qo‘shiqni.
Telefon jiringladi ko‘tarsam,
“Ochmaysizmi, derding, eshikni”.

Jo‘rabek Jahon

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Satrlar

YOSHLIGIM


Olis qishlog‘imning ko‘chalarida
Tuproqni changitib yurgan yoshligim.
Janubning yulduzli kechalarida
Uxlamay xayollar surgan yoshligim.

Orzular qaygadir chorladi bir choq,
Ortda qolib ketdi u aziz tuproq.
Kimgadir shogirdu kimgadir o‘rtoq,
She’r bilan suhbatlar qurgan yoshligim.

Tanidim yurtimni, qadim elimni,
Alisher so‘zlagan suluv tilimni.
Va lekin yovlarim to‘sib yo‘limni,
Ne zabun kunlarni ko‘rgan yoshligim.

Dunyoda birovni kamsitmoq yomon,
Yomondir seniki bo‘lmasa zamon.
Topolmay bir chora, topolmay imkon,
Yo‘lni yolg‘izlikka burgan yoshligim.

Shukr, to‘zonlarda qolmadim so‘lib,
Keldi xush davron ham shavqlarga to‘lib.
Endi ro‘paramda nabiram bo‘lib,
Mardona qad kerib turgan yoshligim.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#hajviya

Nimadan qo‘rqaman?

Kim? Men? Qo‘rqoq? Kim aytdi meni qo‘rqoq deb? Hamma gapiryapti? Mening qo‘rqqanimni kim ko‘ribdi, qachon ko‘ribdi? Yolg‘on! Qo‘rqmayman men, hech kimdan qo‘rqmayman. Nimaga qo‘rqarkanman? Odamning odamdan qo‘rqishi nimasi endi…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xanda

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi
Normurod NORQOBILOVga


Ijodkorlar ichida
Eng polvoni – Nor aka.
Ham jurnalist, ham adib,
Ikki “nor”i bor aka.

Kurash maydoni desak,
Adabiyot sahnini.
Aka kiritar edi –
Ko‘pchilikning “aql”ini!

Orif TO‘XTASH

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Men yer bo‘ldim, ota, yer…
Usmon Azim

Biz osmon bo‘lmadik cheksiz ulug‘vor,
Sonsiz yulduzlarga boshpana bergan.
Biz shamol emasmiz chapdast va asov,
Vodiylar bag‘rida daydigan yelgan.

Biz quyosh emasmiz butun dunyoni,
Yoritmoq ishqida to‘lg‘ongan yongan.
Daryo bo‘lolmadik tashna insonni,
Qaqragan labidan dardini olgan.

Tog‘lar dastorini bezagan qorning,
Yomg‘ir bo‘lmoqlikka bor edi haqqi.
Biroq yuksaklikka o‘gay bo‘lardi,
Odatda yolg‘izlik buyuklik narxi.

Lekin tuproq bo‘ldik yer bo‘ldik bizlar,
Endi yashash kerak aylab tavallo.
Ishqida yonolsak bir kuni albat,
Bizdan ham odamzod yasaydi Xudo.

Akbarshoh

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Men hali o‘lmayman,
Xudo istasa...
Garchi umid kabi ilinjlar yarim.
Hali ko‘p do‘stlarga ko‘ngil sotaman -
Hali ko‘p sotadi meni do‘stlarim.

Men hali o‘lmayman,
Xudo istasa...
Yuragim hali ko‘p dardlarni elar.
Kulib yurganimga kulgim qistasa-
Yig‘lolmaganimga yig‘lagim kelar.

Men hali o‘lmayman,
Xudo istasa...
Savdolar sabrimni qilolmas xatm.
Hali ko‘p bezaman hayotdan, shaksiz.
Sen ham ko‘p bezasan mendan, hayotim.

Men hali o‘lmayman,
Xudo istasa...
Jonimni metinday yasagan Karim.
Bolamning to‘yida o‘ynaydi onam.
Soqolimni o‘ynar nabiralarim...

Rashid Xo‘jamov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xanda

Yosh ijodkor Jasur KENGBOYEVga


Jurnalist-da!
Yarashar –
Jasurbekka jasurlik.
Har yozgan maqolasi
Chiqayapti ta’sirlik.

Ijodiy qirralari
Boraversin kengayib.
Keng maydonda kurashib
Bo‘sh kelmasin Kengboyev!

Orif TO‘XTASH

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Taqdir


– Bilasanmi, do‘stim, bugun dunyoda mendan baxtiyor inson yo‘q! – Xo‘sh, eshitaylik-chi?
– Men... men Sadoqatni sevib qoldim...
– Tabriklayman.
– Ammo, do‘stim, bilasanmi, men dunyodagi eng baxtiqaro insonman!
– Nimalar deyapsan?
– Men Farog‘atga uylanyapman...

Do‘stlar

O‘ttiz besh yoshlardagi erkak sekingina, bildirmasdan yonidagi do‘stining cho‘ntagiga qo‘l solib, kavlay boshladi. Sezib qolgan do‘sti gap qotdi:
– Nima qilyapsan?
– Seni sinayapman!
Shunda ikkinchi do‘st cho‘ntagidagi bor-budini chiqarib, do‘stining kaftiga bosdi.
– Nima qilyapsan?
– O‘zimni sinayapman!

Kamoliddin Shukur

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Bari o‘tdi.
Umrim – talotum –
Sudralganim rangsiz kunlarim...
O‘tdi
ko‘zda qotib qolgan xun –
tanholikning xudkush tunlari.
Bunda faqat bexud hechlikda
ich-ichimga cho‘kmish qarolig‘.
To‘larkanman shaffof bo‘shliqqa
ketdi tashlab soyalar – og‘riq.
Endi
o‘lim saqlar menda jon,
unutganman yormi, do‘stlarmi...
Og‘ritarmi tuproqni, zotan,
yuzidagi oyoq izlari?!
Bari o‘tdi.
Ko‘z yosh qurigan.
Vijdonga ham sepilmagay suv –
Xudo bergan xudosiz kunlar
iymonida quruq tazarru.
Tark ayladim
har ne mahduddir,
vaqtda mavjud sasu sukutni.
Shamollarning topgan shamoyil
ruhi yanglig‘ o‘tdimu ketdim.
Hammasi shu: munglig‘ xotima,
Toki yodim yitgayki...
Balkim,
unutilgan mangu xotira –
bu dunyodan
o‘tayotgan
men.

Asliddin Abdurazzoq

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#sh

***
Yomg‘ir yog‘sa, umid gulday unar bo‘lsa,
Kemtik ko‘ngil xalqobdayin to‘lar bo‘lsa.
Yo‘l chetida yomg‘irpo‘shsiz turgandir deb,
Ketgan yoring qaytishiga ko‘nar bo‘lsa.

Ko‘lob yo‘llar yag‘rinida yo‘l ko‘rsatib,
Yolg‘izlikning azobini mo‘l ko‘rsatib.
Pinhon tutgan sog‘inchini etib oshkor,
Boshlab kelsa ro‘molchasin ho‘l ko‘rsatib.

Nigohidan yomg‘ir yuvgan so‘z taralsa,
Ifor sochib barmog‘ingda soch taralsa.
Peshonangga bitgan taqdir bo‘lib mulzam,
Ul yor bilan bir ketgulik yo‘l yaralsa.

Xovuchida gulgun gulob quyib bersa,
Tag‘in yomg‘ir tinmay battar quyib bersa.
Tosh ko‘chada chopsalaring qo‘l ushlashib,
Oh, bu dunyo o‘z holingga qo‘yib bersa.

Olib borsang, qo‘rg‘oningda issiq tancha,
Ostonada oyoq ilsa rafiq kecha.
Derazadan borligini etib isbot,
Yomg‘ir tinmay yog‘aversa jon chiqquncha.

Bir tong kelsa avvaliga o‘xshamayin,
Yengillashib borsang quyosh chiqqan sayin.
Yomg‘ir tingan dunyosiga etak siltab,
Uchib ketsang ul yor ila bir bug‘dayin.

Yomg‘ir yog‘sa...

Najmiddin Ermatov

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Ertak_hikoya

O‘zimizning Quqquboy yoxud kelajakka sayohat

Bu dunyoda muxbirlikdan qiyin yumush yo‘q. Sichqonning teshikdan chiqishini poylagan mushukdek, quloqlarni ding qilgancha qayerda yangi xabar bor ekan, deb kutib yashaysan. Yangilik – muxbir qozoniga tashlangan to‘ma. U bo‘lmasa, tirikchiliging ham rasvo: maqola kam yozilgach, oylikning ham cho‘g‘i bo‘lmaydi. Nachora, peshonaga bitilgani shu ekan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#suhbat

Ijodkor, avvalo, hayot kitobini o‘qigan bo‘lsin


– Yaxshi asar yozilishi uchun ko‘p o‘qish kerakmi?

– Ijodkor uchun bosh kitob bu – hayot. Ko‘pchilik – “kitob o‘qib yozuv­chi bo‘lish mumkinmi?” yoki “Siz asarlaringizni qaysi kitoblarni o‘qib, qaysi asarlardan ta’sirlanib yozgansiz?” kabi savollar ham berib qolishadi. Kitob o‘qib asar yozadigan yozuvchi-shoirlar ham bor, albatta.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mushohada

«Xos»lar kimlar?


«Ommaviy madaniyat»ning millat ongini qamrab olishiga qarshi kurasharkanmiz, ko‘pincha, uni kompyuter o‘yinlari, nobop kinolar va ko‘rsatuvlar orqali kirib keladi deb o‘ylaymiz. U faqat o‘qimagan, ilmsiz kishilarnigina komiga tortmoqda, degan fikr ham o‘rinsiz.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Yo‘lda


Avtobus og‘ir siltanib yo‘lga tushdi. Munira haydovchining orqasidagi o‘rindiqda o‘tirardi. Shaharda yomg‘ir yog‘ar, to‘kilayotgan yaproqlar asfalt yo‘lga chippa yopishardi.
Registon yaqinidagi bekatga kelganda avtobus to‘xtadi. Qiz birovga joy bermaslik uchun yuzini ters o‘girib oldi.
Avtobus liq to‘ldi. Manzilga yetgach, qiz oynadan nigohini olib, shundoq yonida sumka ko‘tarib turgan onasini ko‘rdi.
– Voy, oyi, siz...
– Charchagandirsan, qizim.

Shoniyoz MELIBOYEV

(Mahmud Eshonqulovning karikaturasidan foydalandik!)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Jurnalimizning 2023-yilgi 1-sonining PDF formatini havola qilyapmiz!

@yoshlikjurnali
yoshlijurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Tog‘a


U – obro‘li odam. Universitetda dars beradi. Fan doktori. Davralarning to‘ri, maqtovlarning zo‘ri uniki. Tengqurlari orasida birinchi bo‘lib unga so‘z beriladi, tabrigu tilaklarni ham birinchi bo‘lib shu inson aytadi. Mehmonga boradigan bo‘lsa, uyning to‘ri unga. Tag‘in «bizda shu bel yo‘q-da...» deb ikkita yostiqni olib, darrov yonboshlab oladi-da, gurung beraveradi. Bu olimning suhbatlari-da obro‘siga yarasha...
Ammo u faqatgina bir joyda uyning to‘riga o‘tmaydi, yonboshlab ham o‘tirmaydi. Bu – tog‘asining uyida va tog‘asining oldida...

Xoliyor SAFAROV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_odamlar

Qishloqi sevgilim


Bulbulday sayroqi sevgilim,
O‘lguday yig‘loqi sevgilim.
Ertaga Toshkentga ketyapman,
Alvido, qishloqi sevgilim.
O, mening mohtobim, oftobim,
Ishqimda tuzalmas betobim.
Sog‘insang varaqla kitobim,
Alvido, qishloqi sevgilim.
Qo‘lida o‘rog‘i, ketmoni,
Mehnatdan, zahmatdan but noni.
Qalbimning qadrdon insoni,
Alvido, qishloqi sevgilim.
Shoirlar – o‘zga bir olamdan,
Odam-u, pand yeydi odamdan.
Foyda yo‘q ko‘zyoshdan, motamdan,
Alvido, qishloqi sevgilim.
“Qishloqdan ket” deydi yuragim,
Shaharga bordir-da keragim.
Nachora ikkinchi bo‘lagim,
Alvido, qishloqi sevgilim.
Qishloqqa qaytmasam agarda,
Yig‘lama oqshomda, saharda.
Balki jon berarman shaharda,
Alvido, qishloqi sevgilim.
Bulbulday sayroqi sevgilim,
O‘lguday yig‘loqi sevgilim.
Peshona bu yog‘i, sevgilim,
Alvido, qishloqi sevgilim.

Nizomiddin Madrahimov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

ʼʼYoshlikʼʼ jurnali arxivi toʻliqroq koʻrinishga keldi. Chunki baʼzi sonlarimiz jurnal arxivida ham yoʻq edi.

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Eslaganim

Lolaqizg‘aldoq she’ri tug‘ilishi


Rahmatli (bu so‘zni tilga olish naqadar og‘ir!) Yo‘ldosh Sulaymon, Muhammad Yusuf uchalamiz “Neksiya”da Qo‘qonga ketayotgandik. Muhammad akaning mashqi pastroq edi. Angrenda ovqatlangandik, taomlardan nomiga totinib qo‘ydi, xolos.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xanda

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Abduqayum YO‘LDOShEVga


Abduqayum Yo‘ldoshni
Tanimagan kishi yo‘q.
Doim ijod o‘yida,
Birov bilan ishi yo‘q.

Boshqa biror narsaga –
Chalg‘imaydi xayoli.
Shirin “asar” pishirib
Kutar uyda ayoli!

Orif TO‘XTASH

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Notanish qiz

U bu qizni tanimasdi. Shunchaki tabassumi yoqardi uning. Har kuni erta tongda shohbekat tomon yurarkan, bu go‘zal tabassum sohibasiga bir nigoh tashlamay o‘tmasdi. Kunlari farahbash edi. Qaytayotganida ham o‘ziga qadrdon oynani uzoqdan mo‘ljalga olardi. Yana fusunkor tabassum… Qanchalar baxt!
Bir kuni va, nihoyat, u qat’iylashdi. Muyulishdan gul sotib oldi-da, o‘sha qadrdon deraza tomon dadil yurdi. O‘sha go‘zal tabassum. Gullarni uzatar ekan…
– Uzr, qizim tug‘ma nogiron, – yosh to‘la ko‘zlari bilan tabassum qildi ona. – Uning qo‘llari yo‘q.
Gullarni mushtiparga tutqazsa bo‘lardi, qimmatga olgani miyasida yarq etdi.

Mehmon
– Bir kuni qaytishingizni bilardim!
Ayolning siniq tabassumini o‘zgacha tushundi u:
– Kutganing uchun rahmat senga… sevgilim! – oxirgi so‘zni biroz o‘ylanib va qiynalib aytdi u!
– Kim ekan, azizam?! – ichkaridan quvnoq ovoz eshitildi.
– Tilanchi, – javob berdi siniq tabassumli ayol.

Alloma HAKIMOVA

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Ota, paykallarga she'rlarimni ek,
Chaqir, dalalarda boʻlsa ne yumush.
Tuproqdan koʻz ochsin, yorib chiqsin erk,
Va uchsin koʻksimda qiynalyotgan qush.

Ota, yoʻllarimga she'rlarimni soch,
Soʻnggi manzilgacha qolmadi choram.
Qolmadi na bir soʻz, na bitta iloj
Qirq bitta jonimga qirq yoʻl bilan ham.

Ota, izgʻib ketgan oʻylarni oʻzing,
Choʻpon boʻlib qaytar, qaytar barini.
Meni asov qildi shu chanqovuzing
Sel qildi koʻksimning kuyuklarini.

Ota, Xudoyimga aytarlarim bor,
Yozganlarim endi bermoqda taskin.
Togʻlarga oshiqib intilgan mador,
Bugun huzurida boʻlyapti taslim.

Bugun Huzurida bo‘lyapman taslim...

✍️Sevinch Abdazova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Xanda

Shoir Shodmonqul SALOMga


Surxon eli azaldan –
Chin san’atga shaydodir.
Baxshiyona asarlar
Shul sababdan paydodir.

Ustozlarga ergashib,
Ko‘ngillarni shodmon qil.
Ashaddiy she’rxonlardan
Salom senga, Shodmonqul!


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Baxtsiz o‘g‘ri


Singlisini shundoqqina ko‘chalaridan o‘g‘irlab ketishgani alam qilgan yigit o‘g‘rilik yo‘liga kirgan edi.
Bunga o‘ttiz yildan oshdi. Navbatdagi «ov»da guvoh bo‘lib qolgan uy sohibasini tinchitarkan, u o‘zining yo‘qolgan singlisi ekanini bilmasdi.

Do‘st

– Nima bo‘ldi, suhbatdan o‘tdingmi so‘radi? – u rahbar yonidan chiqqan do‘stidan.
– Ha, qabul qilindim. Dushanbadan birga ishlaymiz, do‘stim.
Do‘st shunday qildiki, o‘sha dushanba hali hamon kelgani yo‘q.

Ta’lim

Uy ivirsib yotardi. Bir haftadan beri yuvilmagan idishlar ustida pashshalar g‘ujg‘on o‘ynardi.
Bu paytda uy sohibasi talaba qizlarga ozodalik, uy tutishdan ma’ruza o‘qirdi.

Saida IBODINOVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#jurnal_arxividan

@yoshlikjurnali

Читать полностью…
Подписаться на канал