yoshlikjurnali | Неотсортированное

Telegram-канал yoshlikjurnali - “Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

977

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

Подписаться на канал

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Yolg‘on

Og‘ir sumkalarni ko‘targan ayol taksi to‘xtatdi. Yonida bolasi. Manzilga yetib borishganda kirakash odamgarchilik yuzasidan ayolning sumkalarini ko‘tarishib eshigigacha olib bordi. Bolakay to‘xtab unga savol berdi:
– Siz dadam bo‘lasizmi?
Erkak tushunmay, bolaning onasiga qaradi.
Ayol dovdirab qoldi. U dadasining qayerdaligini ko‘p so‘raydigan o‘g‘liga doim “Otang bir kun uyimizga keladi. Uning mashinasi bor” derdi. Dadasi ularni tashlab ketganda bolakay juda kichkina edi...

Sitora AZIZOVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Kinotavsiya

"O‘rtoq Boykenjayev" filmi.

Bolalar uyining sobiq tarbiyalanuvchisi O‘rtoq Boykenjayev o‘zini "odam" qilganlarga butun umr yukunib yashaydi. Shuning uchun ham yangi qurilayotgan "Hamdoʻstlik qabristoni"ga ko‘mish uchun zir yugurib mayit qidiradi...

Film davomida kichkina jussasiga tushgan "katta vazifa"ni bajarayotgan Boykenjayev qiyofasida biz jamiyatimizdagi tanish chehralarni, tanish muammolarni ko'rib boramiz.

Rejissor:
Yusuf Roziqov
Senariy mualliflari:
Abduxoliq Abdurazzoqov, Yusuf Roziqov
Rollarda: Farhod Abdullayev, Matluba Alimova, Fotih Jalolov va boshqalar.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#tahlil

Manglaydagi dog‘ iztirobi


Yozuvchi Xoliyor Safarov “moziyga qaytib ish ko‘rish” orqali bugungi kun ziyolilari bilan o‘tmish mutafakkirlari o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy yaqinlikni topish ilinjida o‘z asarlarida ajdodlarga murojaat qiladi. Adibning 2023-yil “Yoshlik” jurnalining 1-sonida e’lon qilingan “Dog‘” nomli hikoyasi fikrimizning dalilidir. Barcha qulayliklar mavjud bo‘lgan hozirgi zamonda ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish haqidagi o‘ylar adibni dolzarb mavzuda hikoya yozishga undagan bo‘lsa, ajab emas.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#saboq

Agar yerda va ko‘kda ikki xudo bo‘lsa, jahonning ishi buzilur.

Amir TEMUR

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#drabbl

Statistika


Juvon gazeta o‘qib o‘tirar ekan, g‘alati bir statistikaga duch keldi: «Mamlakatimizda har bir oilaga uch yarimtadan farzand to‘g‘ri keladi».
– Yolg‘on! G‘irt uydirma bu! – deya gazetani irg‘itib yubordi juvon. − Ishonmayman bu statistikaga!
«Bizda, hech bo‘lmasa, shu yarimta ham yo‘q-ku!» – deya unsiz yig‘lardi u.
Sababi, juvon tirnoqqa zor edi.

Jasur KENGBOYEV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
O‘zingga kelmasang, o‘zimga kelgin,
Billur daryo bo‘lib ko‘zimga kelgin…
Bahorim kelmadi… Baxtim kelmadi…
Hech yo‘qsa tiyrarang ro‘zimga kelgin…

Bo‘g‘zimga kelgil-ey so‘nggi so‘z bo‘lib,
Kuz bo‘lib pajmurda ruhingni keltir!
Men axir yoningga so‘zsiz va sassiz
G‘ussangdan bir ho‘plam totgani keldim…

Suyganim, kuymagim ko‘pdir bunchalar?
Sur chalar Isrofil ruhimga qaydin?
Bugun qo‘llarimni o‘pgan g‘unchalar
Erta qabrim uzra kulmoqqa shaydir…

Anordek donalab ushatsam dardim,
Yelka bo‘l, yelkan bo‘l ketaylik olis…
Qiyg‘os g‘uncha chog‘im nechun sarg‘ardim
Qarg‘anma ichimni tirnayotgan his…

Shaffof qonga to‘lsa qalb-u qarog‘lar
Kimsalar maroq-la jonimni tilsa…
Maylimi… Maylimi dardim ortmoqlab
O‘zimga kelmasam… O‘zingga kelsam?..

Iroda Rahmonaliyeva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hokoya

Ijodkor


– Men katta yozuvchi bo‘lmoqchiman! – dedi u xotiniga, farzandlariga. – Ijod qilayotganimda halal bermanglar!
U tunu kun ijod qildi. Unga ko‘zlarini mo‘ltiratib tikkan qizini ham, yurak yutib bo‘yniga osilolmagan o‘g‘lini ham ko‘rmadi.
Juftiga bag‘ishlay olmagan izhorlarini kitobiga bitdi. Farzandlariga aytolmagan shirin so‘zlarini kitobiga yozdi. Oilasiga ko‘rsatolmagan g‘amxo‘rlikni kitobda isbotladi!
U tanildi. Shoh asarlari minglab nusxalarda chop etildi. U shon-u shuhratga burkandi.
– Endi yetar, – dedi bir kun qo‘lidagi qalamni qo‘yib, – keksayibman...
Shunday deya atrofiga qaradi: hech kim yo‘q edi.
U bir uyum kitoblari ichra yolg‘iz qolgan edi.

Yo‘qlov

– Meni kechir, o‘g‘lim... o‘sha kuni tezlikni oshirganimdan afsusdaman.
Jajji qabrdan sado bo‘lmadi.

Nodirabegim Ibrohimova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

Халқ депутатлари Тошкент шаҳар кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида Сирожиддин Саййид “Халқим деган зотларни Ҳақ ҳам қўллар экан-ку!..” номли шеър ўқибди.

Шеър “Ахборот” дастурида ҳамда марказий нашрларда тўлиқ эълон қилинган.

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Ko‘ngil


Ular uchrashishdi.
Ikkisi ham bir-biriga yoqmadi. To‘y bo‘lmaydi endi.
– Nega?
– Chunki ikki ko‘ngil ham norizo.

* * *
Ular uchrashdilar.
Ikkisi ham bir-biriga yoqdi. Ammo ota-onalariga ma’qul tushmadilar. To‘y bo‘lmaydi.
– Nima uchun?
– Chunki ota-onalar ko‘ngli norizo.

* * *
Ular uchrashishdi.
Qiz ko‘ngli to‘ldi, ammo yigitning didi nozik ekan. To‘y bo‘lmaydi endi.
– Nega?
– Chunki yigit ko‘ngli norizo.

* * *
Uchrashishdi.
Yigit ko‘ngli rozi, ammo qizning ko‘ngliga ma’qul bo‘lmadi. To‘y bo‘ladi endi.
– Nega?
– Chunki yigitning ko‘ngli rozi.
Ammo...
Ammo qizning ko‘ngli-chi? Kim quloq tutadi uning nolalariga? Kim? Nega uning qalbiga e’tibor bermaydilar? Nega?
Jim! To‘y bo‘ladi, to‘y...

Zilolabonu XOLIQOVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Aks-sado


Ona o‘smir o‘g‘li bilan suhbatlashyapti:
– Katta bo‘lsang kim bo‘lishni xohlaysan?
O‘g‘il faxrlanib javob berdi:
– Dadamga o‘xshagan odam. Choy ichayotgan otaning qo‘llari bexos titradi, boshi egildi, labida bir so‘z unsiz titradi: “Demak, qaytar dunyo deganlari rost ekan-da!”

Boy

Bir kun qizaloq otasiga savol berdi:
– Dada, nega biz boy emasmiz?
– Kim aytdi senga buni?
– Qo‘shni amakidan suyunchi so‘rasam: “Shu otangga beshinchi farzand nega kerak? Qo‘l uchida kun ko‘radigan bir kambag‘al bo‘lsa”, dedi.
Qo‘shni puldor, amaldor, bir necha yil farzand ko‘rmagay, opasining qizini asrab olgan, qaysidir firmada direktor bo‘lib ishlardi.
Ota qadoq bosgan qo‘li bilan qizining jingalak sochlarini silar ekan, shunday dedi:
– Qo‘shni amaking bilmaydi, biz judayam boymiz, qizim, hammadan boymiz.

Daryo MIRZO

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Tong


U tug‘ildi.
− Uyg‘on, o‘g‘lim. Tong otdi.
− Siz kimsiz?
− Onangman.
Yillar o‘tdi.
− Uyg‘on, o‘g‘lim! Tong otdi.
− Siz kimsiz?
− Vaqtman.
Yana yillar o‘tdi.
− Uyg‘on, o‘g‘lim... Tong otdi.
− Kimsiz?
− Iymonman.
Yillar yakunlanib qoldi.
− Uyg‘on, o‘g‘lim... Endi tong otmaydi.
− Siz kimsiz?
− Senman.

Haqiqiy umr

U kasal edi. Hayotining ko‘p qismini kasalxonada o‘tkazdi. Taqdir yozig‘i ekan, umr-kuni tugab qazosi yetdi. Ko‘mishdi, lekin u hali hayot edi.

Ulg‘ayish

– Ulg‘ayishni istamayman!
– Nega?
– Chunki... Otam qarib boryapti.

Ma’ruf MENGLI

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlik

UMRIM BAHORI


Baxtim koshonasi sening-la goʻzal,
Qalbda bir his paydo azaldan azal.
Nomingga baxshida qaynoq har gʻazal,
Navqiron yoshligim – umrim bahori.

Har giyoh yer bagʻrin yorar kungacha,
To xazon boʻlguvchi qaro tungacha.
Sen yorugʻ yulduzsan, toki ungacha,
Navqiron yoshligim – umrim bahori.

Qalbda pinhon ishqim sadosi oʻzing,
Koʻngilda shirin soʻz nidosi oʻzing.
Ezgulik bogʻining safosi oʻzing,
Navqiron yoshligim – umrim bahori.

Ijodga muhabbat bogʻlagan faslim,
Shoirlar dilida abadiy tilsim,
Sen mening o‘zligim, sen mening aslim,
Navqiron yoshligim – umrim bahori.

Farangiz Abruyeva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Kinotavsiya: Okaxon filmi.

Suratga olinganidan so‘ng uzoq muddat taqiqda bo‘lib, efirga berilmagan ushbu kartina jamiyatimizdagi ayrim qusurlarni satirik tilda ayovsiz fosh qiladi.

Filmda o‘z ishlarini yuritish uchun aslida yo‘q bo‘lgan “Okaxon”ni to‘qib chiqarib, uning soyasida ish bitirgan kino qahramoni oxir-oqibat o‘zi to‘qigan yolg‘onining soyasiga aylanib qoladi.

🎬 Rejissyor: Mirmaqsud Oxunov
Ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do‘st.
Rollarda: Faxriddin Shamsimatov, Farhod Abdullayev, Nigora Karimboyeva va boshq.

🎥 1 soat 29 daq.(473 mb)

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Tasalli

Gullar xarid qildim o‘zimga o‘zim,
Qutladim hayotda borligim uchun
Va tabassum qildim oynaga qarab
Gullarga ko‘milib ketdi bu ochun.

Sababsiz gul olsang, naqadar yaxshi!
Minnatsiz odamdan,
Ta’masiz qo‘ldan.
Kutmasang, bayramu muhim sanani
Sevinsang, qiyqirib va chin ko‘ngildan.

Birgina go‘zallik baxsh etadi baxt,
Ko‘z tikib kuningiz bo‘lmaydi qaro.
Uyimga!
Uyimga!
Lek o‘zimizga
Shugina gulni ham ko‘rmaymiz ravo...

Parizoda Ro‘ziboyeva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#yoshlar_ovozi

Laqab

Laqabim borligini fotiha to‘yimda bilib qoldim. Ko‘pincha qizlarda laqab bo‘lmasligini mendan-da yaxshiroq bilasiz. Har holda, o‘qimishlisiz. Bizning qishloqda laqablar hadsiz edi. Botir sirqov, Salomat tolpish, Bolta ko‘zir, Ahmad poygachi, Tesha gung, Sherali po‘kka, Ashir kal, Rashid mo‘ylov, Doston qorsaq…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Kulgu

Qo‘lga tushgan (hokim) yozuvchi

Ko‘rmagan, bilmagan kishi haqida yozish ijodkorning fantaziyasiga bog‘liq. Tabiiy chiqsa, marra uniki. Bo‘lmasa…

👉Davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

TЕMUR

Har qancha faxr etsang arziydi, o‘zbek,
Balqibsan bir zotning yuksak shonida.
Temurbek yulduzi Oltin qoziqdek
Charaqlar buyuklar kahkashonida.

Vo ajab, yolg‘iz bir Zanjirsaroyning
O‘chini O‘rdadan ola bilgan zot.
Turon deb atalmish kattakon joyning
Bag‘riga shuncha yil sig‘mabdi, nahot?!

Jahonni mo‘g‘ullar istilosidan
Qo‘tqarib qololgan barlosiy botir –
Qocholmay taqdirning taqozosidan
Fotih deb nom olmish o‘zi ham oxir.

Eng ulug‘ binolar mujassam bo‘lmish
Olamda tengi yo‘q Samarqand-ku bor:
Temurbek jang-jadal shavqiga to‘lmish,
Qo‘lida shamshiru tagida tulpor.

Hukmi oliy bilan etmish namoyon
“Kuch bu – adolatda”, degan so‘zlarin.
Qon to‘kmish Jahongir goho beomon
Yovlari tikmasdan qonli ko‘zlarin.

Otani boladan tirik ayrib,
Toju taxt taloshi qizirkan borho.
Sulton ne zotlarning qo‘lin qayirib,
Muhtasham saltanat aylamish barpo.

Allohim baxsh etmish shunchalar shukuh,
Komilu yetukdir shajara, zoti.
Bir yon Bibixonim, bir yonda Shohruh,
Bir yonda Ulug‘bek — sinmas qanoti.

Ne baxtkim, tuqqan yurt bo‘lganda ozod,
Muborak Vatanga qaytib kelmishsiz.
Quloq tutgaymi, deb noahil avlod,
Tashakkur, bizlarni ko‘zga ilmishsiz.

Hamon yer yuzida shayton tug‘yoni,
Tillarda duo-yu dillarda zarda.
Ko‘rib bu noqisu notinch dunyoni
Qayta bosardingiz balki, sarkarda.

Sa’yi niyatlarda ruhingiz sardor,
Yovuzlik chekingay, o‘chgay yomonlik.
Dastingiz shamshirga bormasin zinhor,
Hazrat, barchamizga tilang omonlik!

✍️1993-yil 30-avgust
Abdulla Oripov

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Biyron ketaverdi ko‘zi ko‘r Ochun,
Biyronlik qilardi qora qarg‘alar.
Garchi igna bilan quduq qazish-chun
Igna axtaradi tanbal nag‘malar.

Faqat jim ishiga kirishdi shamol,
Faqat daryo qoldi yo‘ldan qaytmagan.
Na boshi-oxirin qilmagan xayol –
Hudhudlar tug‘ilmish nag‘ma aytmagan.

Ochilmay qirrasin yo‘ndilar bir-bir,
Qoliplar yasaldi iste’dod uchun.
Bilmaslar – “Shamolni tutib bo‘lmaydir”.
To‘xtab qolmagaydir ko‘zi ko‘r Ochun.

Shahrizod SHODIYEV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#Adib_ijodxonasi

Ruhiyat farroshi


Adabiyotsiz tiriklik suvsiz qaqrab yotgan daryo o‘zanini eslatadi. Adabiyot – ruh farroshi. Inson ruhi poklanmas ekan, vujudi og‘irlashadi. Borlig‘i yuragi tubiga qulaydi. Adabiyot insoniyatni ma’naviy yuksaklikka yetaklaydi. Adabiyoti yuksalmagan millat erta qariydi, qurigan og‘ochga aylanadi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#qutlov

Bugun shoira Shohista Ergashevaning tavallud topgan kuni!

Shohista Ergasheva 1997-yili 8-aprelda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasi asosida “O‘n sakkizim” nomli she’riy to‘plami nashr etilgan (2017).
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi (2019).


Anglam

Quldan ziyod qul edim men, taxt chalg‘itdi.
Yolg‘izga yor edim, yolg‘on axt chalg‘itdi.
Uchsiz qalam va uchqir dard berdi Xudo.
Yaxshi shoir bo‘lar edim, baxt chalg‘itdi...

Sochlarim rangini unutsin ochun.
Chalg‘idim, chalg‘imay sevganim uchun.
Dini nokomildan ranjiyin nechun,
Ki, Shayx Sa’noni tarsoyi raxt chalg‘itdi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Sevsam ham mukammal sevganman Sizni,
Unutsam, kam-ko‘stsiz unutdim g‘oyat.
Ming marta tuslanib qolipga tushdim,
Ming marta aldanib pishdim, nihoyat.

Bilaman, Sizni ham charchatdi oxir,
Ming o‘chib, tiklanib yurgan xotiram.
Shuncha tor asabim, injiq fe’limni,
Ming yil so‘roq qiling,
Roziman!

Shunda ham ko‘rsangiz qilasiz havas,
Kuzda ham bahorni qilib tasavvur.
Bugun hayotdagi muhim xulosam,
Baxtli deb o‘ylaysiz,
Xudoga shukur!

Kumush O‘sarova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mehmon

Jurnalimizga taniqli san’atkor va shoir Dadaxon Hasanning shogirdi Ramzbek Abdurahmonov hamda farg‘onalik adabiyot ixlosmandlar qadam ranjida qildi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Bahor keldi deysan, ko‘z yosh to‘kasan,
Yuz yilda bir marta kelarmidi u?
Har yili kelsa-da, har gal kutasan,
Sening kutganingni bilarmidi u?!

Bahor keldi deysan, buncha xursandsan,
Nega meni ko‘rib bo‘lmaysan shodon?
Tashrifim tinimsiz, lek bepisandsan,
Shu sabab bahorni ko‘raman yomon.

Bahor keldi deysan, takrorlab bot-bot,
Men esa dilimni chok-chok etaman.
Qizg‘aldoqlar bilan quchoqlashib yot,
Seni ko‘klamlarga tashlab ketaman.

Bekor ketdi deysan, ko‘z yosh to‘kasan,
Ming yilga ketarman balki... bilmayman.
Har yili keladi,
har kun kutasan ―
Men bahorga o‘xshab qaytib kelmayman!..

Mansur Nazarov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#uchrachuv

* * *
Qaydan ko‘chdi zulmatga bu rang,
Tun ko‘ksiga yulduzlar insin.
Tonglarimning quyoshi qochgan,
Xayr dema, xayringni bersin.

Eng o‘tli so‘z sukunatniki –
Ovoz pardalarga sig‘magan.
Sen jim turib so‘zlagin, mayli,
Va jim turib tinglayman men ham.

Yarim baxtdan butun dard yaxshi,
To‘kislikni etasan-da his.
Ammo yarim yo‘lda qoldirmoq...
Pushaymonga cho‘kib qo‘yma tiz.

Yo‘q, mumkinmas bundayin yakun,
Tashrifingning so‘ngi dard bilan?!
Muhabbatdan buyukroq so‘z top,
Ketolmaysan to‘rtta harf bilan!

Xayr dema, xayringni bersin.

Zarnigorxon ABDUOLIMOVA

2022/12

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

***
Tunning armonlari yulduzlardan ko‘p,
Quyoshning toqati qizil shomgacha.
Kel, yelkangni tutgil, ko‘zlarimdan o‘p,
Yig‘lashib chiqaylik to azongacha...

Bizga umrlik baxt berilmas – ayon,
Fursatlar ichinda xushnudlik kezar.
Men taqdir izmiga ko‘nmagan ayol,
Sening tomiringda darveshlik suzar.

Qismatga tik boqib yashamoq mushkul,
Undanda mushkulroq o‘zni aldamoq.
“Shu qismating” derlar, “taqdiring shudir!”
Bu dunyo qamoqdir, bu dunyo qamoq!

Dashtga boshing ursang sahrosi to‘zg‘ib,
Tunga darding aytsang kunlari yig‘lar.
Har oqshom bir sharpa bo‘yningni bo‘g‘ib,
“Eng so‘nggi so‘zingni ayt” deb qitig‘lar.

So‘nggi so‘z – so‘ngisi bo‘lmasa ne tong,
Jimlikdir aslida – yurakning so‘zi.
Ko‘zlaring Xudoga tikilgan zamon,
So‘zga aylanajak yurakning o‘zi...

Orzigul Muzrobova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#badia

Navqiron shoirning yangroq sozi

Shoirning o‘sha davrlarni sog‘inib, xotirlab yozgan she’rlari talaygina. Bolalik, o‘smirlikning il­hombaxsh harorati “Hanifaga bag‘ishlangan qo‘shiq”, “Qaydan boshlanasan, qishlog‘im?”, “Arava haqida qo‘­shiq”, “Hamqishlog‘im Husniddinga”, “Dunyo” kabi she’rlarga sog‘inch va armon, umid va orzu bo‘lib ko‘chgan.
“Yurak mulki” turkumida shunday satrlar bor:

Ana, ko‘r, zovurning bo‘yida
Bir sigir sudraydi arqonni.
Bolakay so‘zlarning ko‘yida
Ilk bora taniydi armonni…


👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

Dori

Qiz dorixonada ishlardi. Ishdan qaytishda kunora, uch kunda bir qo‘shni cholga dori olib kelardi. Harna-da! Yaqinda qiz ishdan bo‘shadi. Otaxon ham ko‘pga bormadi.

Insho

«Qayta tug‘ilishning imkoni bo‘lganida edi...» Insholar tanlovida mavzu e’lon qilingach, ishtirokchilarning ko‘pchiligi o‘ylanib qoldi.
Bir chekkada qimtinibgina o‘tirgan bolaning yuziga tabassum yugurdi. U o‘ylab ham o‘tirmay yoza boshladi: «Agar qayta tug‘ilishning imkoni bo‘lganida, onamning onasi bo‘lishni xohlardim. Shundagina u bergan mehr-e’tiborni qaytarishim mumkin. Uni xuddi o‘zi meni parvarish qilgandek, avaylab suyib, qo‘llarimda ko‘tarib katta qilardim...»
Shu yerga kelganda bola to‘xtadi, o‘zi o‘tirgan aravachaga bir zum boqdi. So‘ng yana inshosini davom ettirdi: «Hozir yaxshi o‘qish va onamning ko‘z yoshlarini artishdan boshqa hech ish qo‘limdan kelmaydi...» Insho qisqa edi, biroq shuning o‘zi ham birinchi o‘ringa kifoya qildi.

Malika JO‘RAYEVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mulohaza

Insoniylik mezoni nima?

Insoniylikning yana bir mezoni ilmdir. Insoniylik ta’limoti hisoblanmish Qur’oni karimda “Biluvchilar bilan bilmaydiganlar bir bo‘lurmu?”, “Ilm zulmatda nur” mazmunida o‘nlab oyatlar bor. Bu muborak kalomlar ilmning fazilatini ifodalamoqda.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#olis_yaqin_ovozlar

Sevishganlar

Kechqurun yigitning telefoniga “SMS” keldi: “Hammasi tugadi. Endi menga yozmang, men ham sizga yozmayman. Xayr...”
U kutilmagan xabardan bir zum dovdirab qoldi. Qayerda xatolikka yo‘l qo‘yganini o‘ylab, kechasi bilan uxlolmay chiqdi.
Ertalabga yaqin telefoni yangi xabar keldi:
“Sevgilim, uyg‘ondingizmi?”

Sevgi

– Menga birgina taroq kifoya. Sochlaringni tarab o‘taman, – derdi chol kampiriga.

Yulduz Ro‘ziyeva

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

#mitti_hikoya

MEN QAYTDIM!

– Ketdim, – dedi yigit ortiga o‘girilib, – bizning bitta ham o‘xshash tomonimiz yo‘q ekan.
Yetim qiz ota-ona roziligini qayoqdan bilardi, deb o‘yladi yigit. U ko‘chani darbadar kezib yurdi...
Ertasi tongda shaxsi noma’lum qizni mashina urib ketgani haqida xabar atrofga yoyildi. Qiz sezilmas darajada nafas olardi.
Karavot yonidagi kursida bir yigit o‘tirardi: «qon guruhimiz bir ekan, men keldim, ko‘zlaringni och!»
O‘lim vaqti 17:50.


SIR

Bola velosipeddan tushdi:
– Ayt, yoqtirganing bormi?
Qizning yuzlari qizardi, yosh bolalarcha dedi:
– Yo‘qol, jinni!
Maktabni bitirib, oxirgi marta uyga birga qaytishardi. Yigit:
– Yoqtirganing bormi?
Qiz:
– Bu sir.
Yillar o‘tdi. Qiz taklifnoma olib keldi.
Yigit:
– O‘sha sen sir degan odammi?
Qiz:
– Yo‘q, boshqasi.
Yigit:
– Nima, u to‘ying bo‘layotganini bilmaydimi?
Qiz:
– Biladi. Faqat sirimni bilmaydi.

© Nuriyaxonim Mamadalimova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал