yoshkitobxonuz | Неотсортированное

Telegram-канал yoshkitobxonuz - “Yosh kitobxon” INFO

119356

Respublika «Yosh kitobxon» tanlovining rasmiy sahifalari: 🔸Facebook.com/Yoshkitobxon.uz 🔸Instagram.com/yoshkitobxonuz 🔸YouTube.com/channel/UCn6yaYA6UNKrL6AnJhRXdQA 📩Murojaat uchun: @Kitobxonmurojaatbot

Подписаться на канал

“Yosh kitobxon” INFO

Odamni yo‘q qilish mumkin – yengib bo‘lmaydi: Hemingueyning “Chol va dengiz” idan 10 iqtibos

🔴Mening zangsoatim — qarilik. Qariyalar nega buncha erta uyg‘onadilar? Ehtimol, hech bo‘lmaganda kunini biroz cho‘zish niyatidadir?

🔴Endi o‘zingda yo‘q narsa haqida o‘ylashning vaqtimas. Yaxshisi bor narsa bilan nimadir qilish haqida fikrlagan yaxshi.

🔴Baxt odamga turfa ko‘rinishda beriladi, uni qanday tanir eding ham? Men, masalan, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, chimdim bo‘lsa ham baxt olar va uning haqiga nima so‘rashsa, to‘lar edim.

🔴Dengizdagi odam hech qachon yolg‘iz bo‘lmaydi.

🔴Odam mag‘lubiyat payti tishini-tishiga bosish uchun yaratilmagan. Odamni yo‘q qilish mumkin – yengib bo‘lmaydi.

🔴Uning bari narsasi eski edi – faqat ko‘zlari, uning ko‘zlari dengizdan rang olgan, yengilish nima bilmaydigan quvnoq kishining ko‘zlari edi…

🔴U ahvolimni yaxshi deb o‘ylagani tuzuk, shunda mening ahvolim ham yaxshi bo‘ladi.

🔴Nimaning gunoh, gunoh emasligi haqida o‘ylashning keragi yo‘q.

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

"Yosh kitobxon" oshiqlar suhbati qanday bo'lar edi?🤔😉

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://telegra.ph/Yosh-kitobxonlar-monologi-18-04-10

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Bir odam qo‘shnisidan so‘rabdi:

-Siz kitob o‘qiysizmi?
-Yo‘q, umuman o‘qimayman. Buni yomon tarafi yo‘q. Menga sezilmaydi,-debdi qo‘shnisi.
Shunda haligi odam:
-Lekin, bizga seziladi!

Ta’siri uch soatga yetadigan lavash va burgerning narxiga teng bo‘lgan bitta kitob sizga bir umr siyosiy, tarixiy va hayotiy masalalarda foyda keltiradi.

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

https://youtu.be/IAaUP8CN7rE

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Kitobxonlar bir emas, bir qancha tillarini bemalol o’rgana oladilar. Eng muhimi endi tillarni professional pedagoglardan bepul o’rganish mumkin.

Marhamat:👉 ibratfarzandlari" rel="nofollow">https://youtube.com/@ibratfarzandlari

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

⚡️Do‘stlar, bugundan sizlarga shaxmatni noldan boshlab o'zbek tilida eng tajribali ustozlardan, mutlaqo bepul o’rganish imkoniyatini taqdim etuvchi darslarni berib boramiz:

1-dars - shaxmat taxtasi
2-dars - shoxning yurishi
3-dars - rux bilan tanishuv
4-dars - filning yurishi
5-dars - farzinning yurishi
6-dars - otning yurishi
7-dars - piyodalar yurishi
8-dars - shaxmatda dona olish
9-dars - shaxmat yozuvi
10-dars - shaxmat mashqlari

Bu imkoniyatni do’stlaringiz va yaqinlaringizga ham yetkazing.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

📚“Yosh kitobxon” 2023 respublika bosqichining 10-14 yosh toifasi finalini YouTubeda tomosha qiling.

10-14 yosh toifasi:
1-shart - Badiiy asarlar bilimdoni
2-shart - Insho yozish
3-shart - Buyuk mutafakkir va adib
4-shart - She’riyat
5-shart - Tezkor savol-javob

👉 https://youtube.com/playlist?list=PL8pO1lF5ej0mSk0DgrbigugSxrD3EYOcL

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Har bir millatning kelajagi istaymizmi-yo'qmi, o'qituvchilar saviyasiga bog'liq. Bu haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim.

©️ Erkin Vohidov.

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Yosh kitobxon”ni YouTube’da tomosha qiling!

“Yosh kitobxon” tanloviga yoshlarimizning qiziqishi kun sayin ortib bormoqda.
Ushbu tanlovining 2022-yilgi mavsumi respublika bosqichi YouTube’dagi kanalimizga to‘liq joylandi. Quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin.

10-14 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart

15-19 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart

20-30 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

🗞 "Yoshlar ovozi" gazetasining Navro‘z sonida qanday mavzular dolzarb?

🟢Ot bosmagan joylarni toylar bosadi!

🟢60 ga yaqin loyiha muallifi

🟢2x2=5 yoxud katta og‘a seni kuzatyapti

🟢Yosh oila: topgani — qarzga

Ushbu maqolalarni batafsil "Yoshlar ovozi” gazetasining 14-sonida o‘qing.

📥 Yuklab olish

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

⚡️“Yosh kitobxon” tanlovining yangi mavsumiga 17-mart holatiga ko‘ra, 37 369 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi

Xususan:
1. Toshkent viloyati — 11 391 nafar;
2. Samarqand viloyati — 3 630 nafar;
3. Surxondaryo viloyati — 3 554 nafar.

Eng past o‘rinlarda esa Jizzax viloyati, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyati bormoqda. Afsuski, ayrim tumanlarda eng kam kitobxonlar ro‘yxatdan o‘tishgan yoki targ‘ibot yetarli emas. Jumladan, Mo‘ynoq 11 nafar, Sayxunobod 16 nafar, Yangi Namangan 20 nafar, Ulug‘nor 20 nafar, Yozyovon 24 nafar, Zafarobodda bor yo‘g‘i 27 nafar kitobxon ariza berishgan.

Ma’lumot o‘rnida arizalar qabuli 1-sentabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshkitobxon_bot.

P.S. Siz istiqomat qiluvchi tuman kitobxonmi? Nechanchi o‘rinda ekan?

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#tonggi_tavsiya

Nega kitob o‘qiyotganda uyqu keladi? Bunga qarshi nimalar qilish mumkin?

Kitob o‘qiyotganida uxlab qolmagan odam bo‘lmasa kerak. Garchi, kitob zerikarli bo‘lmasa ham. Kitobni o‘qib tugatishingiz kerak bo‘lsa yoki uxlab qolmasdan uzoq vaqt kitob o‘qishni xohlasangiz, quyidagi 8 ta usuldan foydalanganingiz ma’qul:

1.  Kitob o‘qish uchun qulayroq joy toping, lekin juda qulay bo‘lmasin. Yotoqda kitob o‘qigandan ko‘ra, kresloga o‘rnashib oling. U yerda ham uxlab qolayotgan bo‘lsangiz, stulda o‘tirib kitob o‘qing.

2.  Kitob o‘qiyotganingizda xona yorug‘ligini oshiring.

3.  Xonani shamollating, u biroz salqin bo‘lishi kerak. Issiq havoda tez uxlab qolasiz. 

4.  Kitobni o‘qib tugatishingiz zarur bo‘lsa, o‘qishga kirishishdan oldin, tetiklashishga harakat qiling. Badantarbiya mashqlarini bajaring, qahva iching, sovuq dush qabul qiling va hokazo. 

5.  Tanaffuslar qiling, “porsiyalar” bilan o‘qing. Bir soatdan ortiq davomiy kitob o‘qimang. Turing va biroz qadam bosing – qoningiz yurishib, tetiklashasiz. 

6.  Oldingizda suv, sharbat solingan stakan yoki bir piyola choy bo‘lsin.

7.  Faol o‘qing – iqtiboslarni belgilang, qaydlar qiling. Elektron kitobda ham iqtiboslarni belgilash diqqatingiz konsentratsiyasi uzoq vaqt saqlanishiga yordam beradi. Tana faol bo‘lsa (sahifalarga stikerlar yopishtirish, qalam ushlash, fikrlarni yozib qo‘yishda), miya ham faollikni saqlaydi. 

8.  Kitob o‘qish vaqtingizni o‘zgartiring. Agar har doim kechqurun uyqudan oldin kitob o‘qisangiz kitob va uyquni bog‘lovchi shartli refleks hosil bo‘ladi. Kunduzi o‘qishni sinab ko‘ring.

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

"Yosh kitobxon" tanlovi bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar:

Tanlovda ishtirok etish uchun @yoshkitobxon_bot 👈 orqali ro‘yxatdan o‘ting;

• Tanlovda o‘z xohishingizga ko‘ra, o‘zingiz yashayotgan yoki o‘qiyotgan (ishlayotgan) muassasa joylashgan hududdan ishtirok etishingiz mumkin;

• Tanlovda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishing;

• Tanlovda:
2009–2013-yillar 10-14 yosh toifasida;
2004–2008-yillar 15-19 yosh toifasida;
1993–2003-yillar 20-30 yosh toifasida ishtirok etishlari mumkin;

• Tanlovga arizalar qabuli 1-sentabr kuniga qadar davom etadi va saralash bosqichlari sentabr oyida o‘tkaziladi;

• "Yosh kitobxon" tanlovi bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni @yoshkitobxonuz 👈 kanalida kuzatib boring.

#savoljavob

👉 @yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Millionlab yoshlarni birlashtirgan “Yosh kitobxon” tanlovining joriy mavsumi finali YouTube’da e’lon qilinmoqda. Eng chekka hududlardan ham ishtirok etib, gʻolib boʻlgan va kitob o‘qib qahramonga aylangan yoshlarimizning finaldagi chiqishlarini farzandlaringiz bilan birga tomosha qilishni tavsiya etamiz!

https://youtu.be/mYazkqFGHiE

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

"Agar siz farzandingizga dangʻillama uy qurib bersangiz - vaqti soati kelib, u eskirishi mumkin.
Аgar eng zoʻr mashina olib bersangiz - uy ham tez orada eskirishi mumkin. Аgar unga moddiy boylik, pul qoldirsangiz - u ham bir kun sarf boʻlib tugashi mumkin.
Аmmo dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yoʼqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham boʼlsa farzandingizga bergan bilim va hunardir. Lekin bilim va maʼrifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Аvvalo, kitob degan xazinadan".

Sh. Mirziyoyev

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

⚡️"Yosh kitobxon" tanlovi kitoblari elektron holatda

“Jadidlar” to‘plamida 8 nafar jadid ma’rifatparvarlar:
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Munavvar qori Abdurashidxonov
Is’hoqxon to‘ra Ibrat
Abdulla Avloniy
Abdurauf Fitrat
Abdulla Qodiriy
Abdulhamid Cho‘lpon
G‘ulom Zafariyning
hayoti, faoliyati, ijodi, asarlarining mazmun-mohiyati, g‘oya va qarashlari o‘z ifodasini topgan.

@yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

"Kitobni tushunib mutolaa qilish kerak. Ba'zan tushunib mutolaa qilishning o'zi kifoya qilmaydi. Fikrlar tez unutilishi mumkin. Bunday hollarda ayrim zarur fikrlarni yod olish kerak bo'ladi".
Abdulla Qodiriy

Bugun 10-aprel o'zbek romanchiligida o'chmas iz qoldirgan Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.
Maʼrifatparvar Аbdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprel kuni Toshkentda tug'ilgan. U XX asr yangi oʼzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʼzbek romanchiligining asoschisi hisoblanadi. Аynan Аbdulla Qodiriy yozgan «O'tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlari bugungi kungacha xalqimiz tomonidan sevib o'qiladi.

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Stimul koʻrsatuvida "Yosh kitobxon" tanlovi gʻoliblarining bosib oʻtgan yoʻli, ularning gʻalaba sirlarini koʻrishingiz mumkin!!! Ketgan vaqtingizga achinmaysiz...

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

⚡️”Yosh Kitobxon” tanlovi ro’yxatidagi "Liderlar kitobi"ni endi mobil ilovada bepul yuklab oling!

Dunyo miqyosida TOP-30 menejmentiga oid bestsellar kitoblar tahlili natijasida yaratilgan Otabek Hasanovning "Liderlar kitobi" asari interaktiv mobil ilovasi o'zbek va ingliz tilida yaratildi.

"Premium"
bo‘limi orqali kitobni tinglashingiz mumkin. Shuningdek, video va audiolar muallifning o‘zi tomonidan qiziqarli qilib tayyorlangan.

Eng muhimi, mobil ilovadan foydalanish bepul!

️Play Market

️App Store

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

⚡️“Ibrat farzandlari” orqali chet tillarini bepul o‘rganing!

🇬🇧 Ingliz tilini “0”dan o‘rganish;
🇷🇺 Rus tilini “0”dan o‘rganish;
🇹🇷 Turk tilini “0”dan o‘rganish;
🇩🇪 Nemis tilini “0”dan o‘rganish;
🇰🇷 Koreys tilini “0”dan o‘rganish;
🇨🇳 Xitoy tilini “0”dan o‘rganish;
🇪🇦 Ispan tilini “0”dan o‘rganish;
🇯🇵 Yapon tilini “0”dan o‘rganish;
🇸🇦 Arab tilini “0”dan o‘rganish;
🇮🇳 Hind tilini “0”dan o‘rganish;
🇫🇷 Fransuz tilini “0”dan o‘rganish;
🇮🇹 Italyan tilini “0”dan o‘rganish;
🇺🇿 O‘zbek tilini “0”dan o‘rganish.

Xorijiy tillarni “ibratfarzandlari">Ibrat farzandlari” bilan oson, kreativ va mutlaqo bepul usulda o‘rganing!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

10-14 yosh toifasidagi kitobxonlar qidirgan kitoblardan biri- "O'zbek xalq ertaklari" to'plami. Siz kitobni o 'qir ekansiz, yoshlikdagi Muqbil toshotar, Badalqaroch kabi qahramonlarni yodga olasiz. Yoqimli mutolaa tilaymiz!!!

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

⚡️Zo'r yangilik!

Endi “Yosh kitobxon”
2022-2023 respublika bosqichini You Tube’dagi kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

10-14 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart
15-19 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart
20-30 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Kitob oʻqishning taʼmini bilganlar biladiki, kitob oʻqish dengiz suvini ichishga oʻxshaydi. Ichganingiz sari chanqaysiz, chanqaganingiz sari ichasiz.
✍️Hikmet Amil Oʻztekin

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

"Yosh kitobxon" tanlovi bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar:

Tanlovda ishtirok etish uchun @yoshkitobxon_bot 👈 orqali ro‘yxatdan o‘ting;

• Tanlovda o‘z xohishingizga ko‘ra, o‘zingiz yashayotgan yoki o‘qiyotgan (ishlayotgan) muassasa joylashgan hududdan ishtirok etishingiz mumkin;

• Tanlovda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishing;

• Tanlovda:
2009–2013-yillar 10-14 yosh toifasida;
2004–2008-yillar 15-19 yosh toifasida;
1993–2003-yillar 20-30 yosh toifasida ishtirok etishlari mumkin;

• Tanlovga arizalar qabuli 1-sentabr kuniga qadar davom etadi va saralash bosqichlari sentabr oyida o‘tkaziladi;

• "Yosh kitobxon" tanlovi bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni @yoshkitobxonuz 👈 kanalida kuzatib boring.

#savoljavob

👉 @yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#befarqemasman

Jamiyatimizda shunday odat bor oila qurayotganda kattalarning roziligi bilan kelin va kuyovning roziligi inobatga olinmagan holda oila quriladi. Oila o'xshab ketsa-ku, mayli mayli, lekin o‘xshamasa, ana oilalar buzilyapti, ajralishlar ko‘paymoqda degan gaplar paydo bo‘ladi.

Xolboyeva Shohsanam, "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi,
Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktoranti.

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

"Yosh kitobxon" tanlovining 6-mavsumi respublika bosqichini efirda koʻrishni kutayotganmidingiz!!!! Unda 18-martdan boshlab har kuni soat 15:15 da "Yoshlar" telekanalini tomosha qilishni unutmang!!!

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

"Kitob o'qigan kam bo'lmasligini isbotladik"

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

⚡️“Yosh kitobxon” tanloviga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

Millionlab yoshlarni birlashtirib, kitobxonlarni kashf etayotgan “Yosh kitobxon” uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Kitobxonlarning takliflari asosida adabiyotlar ro‘yxati 10-14 yosh toifasida 50 tadan 40 taga, 15-19 yosh toifasida 60 tadan 50 taga, 20-30 yosh toifasida 70 tadan 50 taga kamaytirildi va mazmunan qaytadan ko‘rib chiqildi. 10-14 yosh toifasida gazeta va jurnallar ro‘yxatdan olib tashlandi.

Barcha kitobxon yoshlarga omad tilaymiz! Ro‘yxatdan o‘ting: @yoshkitobxon_bot

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Chekka bir qishloqning maktab o‘qituvchisi, ikki nafar farzandning onasi, Namangan viloyatidan Zamira Abdullayeva “Yosh kitobxon” tanlovining joriy mavsumida minglab yoshlar ichidan 20-30 yosh toifasi bo‘yicha g‘olib bo‘lib, “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

Singlimizga yoshligidan kitobga mehr uyg‘otgan, o‘qishiga sharoit yaratib bergan ota-onasiga, kitob o‘qishiga imkon bergan va qo‘llab-quvvatlagan qaynona-qaynotasiga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz! Jamiyatimizda mana shunday oilalarning ko‘payishi barchamizning yutug‘imizdir!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

🌷1-mart – Xalqimizning atoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!

📆Taniqli o'zbek shoirasi Zulfiyaxonim 1915-yil 1-mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

⚜️Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli janrlarda asarlar yaratgan. Shoiraning xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Falak”, “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Mushoira” kabi sheʼrlari mashhur.

Sheʼriyat malikasining hayot yoʻli barcha zamonlar avlodi uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli boʻlib qolaveradi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал